Ta’sis-farmoyish usul bilan asosan
davlat mulkiga asoslangan
korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda
tadbirkorlik subyekti davlat vakil qilgan shaxs tomonidan tashkil etiladi.
Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
20-avgustdagi PF–5517-son farmoniga asosan “Namangan” erkin iqtisodiy
zonasi,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2019-yil 17-yanvar 44-son qarori bilan MJCh shaklidagi “Termiz” erkin
TASHKIL ETISH
Ta’sis farmoyish
Ta’sis
Shartnomaviy
ta’sis
sis
73
iqtisodiy zonasi, 2009-yil 7-avgust 224-son qarori bilan esa xorijiy
investitsiya ishtirokidagi MChJ “JV Man Auto – Uzbekistan”
korxonasining tashkil topganligini keltirish mumkin.
Ta’sis etish usuli
bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham
tuzilishi mumkin.
Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo‘ladi.
Misol uchun,
bitta shaxs tomonidan xususiy korxonani tashkil etish.
Shartnomaviy-ta’sis usuli
bilan
ikki va undan ortiq ta’sischilar
tomonidan o‘zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida ta’sis
shartnomasi tuzish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining
faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi va tuziladi.
Misol uchun,
bir yoki bir necha shaxslar tomonidan aksiyadorlik
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyat va shu kabilarni tashkil etish
va tuzish.
Shu bilan birgalikda, yuridik shaxslarni, jumladan, tadbirkorlik
subyektlarini tashkil etish usullari to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda turli
yondashuvlar mavjud bo‘lib, sivilistik yondashuv boʻyicha ular quyidagi
usullarni o‘z ichiga oladi:
a)
farmoyish berish orqali vujudga kelish. Bunda yuridik shaxs
muayyan davlat organining farmoyishi orqali vujudga keladi;
b)
murojaat qilish usuli. Bunda tadbirkorlik subyektini tashkil
qiluvchi muassisning erki-irodasi asosiy rol o‘ynaydi;
c)
ruxsat berish usuli. Bunda vakolatli davlat idorasining ruxsati
asosida vujudga keladi;
d)
normativ murojaat qilish usuli. Bunda muayyan turdagi
tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelish imkoniyatlari qonun
hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi va unga muvofiq ravishda
tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan o‘tkaziladi;g) xabardor qilish usuli.
Bunga ko‘ra tadbirkorlik subyekti o‘zini vujudga kelganligi to‘g‘risida
vakolatli davlat idorasini xabardor qiladi va ushbu organ tadbirkorlik
subyektini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga majbur.
Bunda roʻyxatdan o‘tkazuvchi idorani roʻyxatdan o‘tkazishni rad etish
boʻyicha vakolati mavjud emas. Biroq roʻyxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq
barcha oqibatlar (agar bunda qonun hujjatlarining birorta talabi buzilgan
bo‘lsa) tadbirkorlik subyektining zimmasiga tushadi
1
.
1
O. Oqyulov. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning mohiyati va ahamiyati /
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishni takomillashtirish masalalari: milliy va xorijiy
tajriba. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘
plami. – T.:TDYU
, 2017. – B. 8–15.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |