Toshkent davlat yuridik universiteti


-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 56,1 mingtaga yaqin



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

2019-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 56,1 mingtaga yaqin 
korxona va tashkilotlar tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 
26,7 mingtaga ko‘pdir. Roʻyxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2018-
yilning shu davriga solishtirganda 67,9 mingta (21,1 %)ga o‘sgan hamda 
ularning umumiy soni 389,2 mingtani tashkil etgan
(https://stat.uz/uz/press-
sluzhba – Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra yuridik 
shaxs bo‘lgan korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha tahliliy maʼlumoti 
(fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari).
 
B

es

ta
db
irk
orl
ar 
xa
raj
atl
ari
ni kamaytiradi. Biznesni roʻyxatdan o‘tkazishni rad etish uchun 


80 
asoslarning batafsil roʻyxati belgilangan. Demak, roʻyxatdan o‘tkazish 
uchun 
so‘rovnoma 
to‘ldirilayotganda 
ko‘rsatilgan 
maʼlumotlar 
avtomatlashtirilgan tizimning tegishli maʼlumotlar bazasi boʻyicha 
avtomatik tarzda tekshiriladi. 
Yuridik shaxsni va YaTTni davlat roʻyxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
guvohnomani, shuningdek, ularning dublikatlarini maxsus blanklarda 
qog‘oz ko‘rinishida berish amaliyoti hozirda bekor qilingan, bu esa 
roʻyxatdan o‘tkazuvchi organlarning tayyorlash uchun ketadigan yillik 
xarajatlarini qisqartirmoqda. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan 
o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va ta’sis hujjatlarini istalgan vaqtda 
hamda istalgan nusxada nashr qilib olishlari mumkin. 
Shu tarzda davlat organlari yagona portaldagi elektron hujjatlarning 
repozitoriysi orqali qayta tashkil etish to‘g‘risidagi guvohnomadan 
foydalanish (shu jumladan, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega 
hujjatlar berishda, bank hisobraqami ochishda va boshqa turdagi davlat 
xizmatlarini ko‘rsatishda), shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim 
vositasida, tadbirkorlardan talab qilib olmasdan ta’sis hujjatlaridan 
foydalanishga tadbirkorlardan ruxsat olishlariga imkon beruvchi 
mexanizm yo‘lga qo‘yildi. Avtomatlashtirilgan tizimda mavjud bo‘lgan, 
biznesni roʻyxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha elektron 
hujjatlar, shuningdek, skaner qilingan hujjatlarga giperhavolalar, axborot 
xavfsizligini ta’minlash hamda ulardan foydalanish qulayligini inobatga 
olgan holda elektron hujjatlarning repozitoriysida saqlanadi. 
Tadbirkorlik subyektiga tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda 
unga taalluqli bo‘lgan hujjatlar va maʼlumotlar davlat organlari tomonidan 
so‘ralgan holatlari to‘g‘risida axborot olish huquqi berilgan, qonun 
hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyekti erkin foydalanishi taqiqlangan 
axborot bundan mustasno. 
Yuritilishi markazlashtirilgan tarzda elektron ko‘rinishda amalga 
oshiriladigan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestrida (TSYDR) 
mavjud bo‘lgan dolzarb maʼlumotlarning shaffofligini va ulardan erkin 
foydalanish imkonini oshirish o‘ta muhimdir. Yagona portalga 
joylashtiriladigan va ular o‘zgarishi bilanoq har soatda yangilanib 
boriladigan maʼlumotlarning eng kam hajmi belgilandi. Demak, yuridik 
shaxslar to‘g‘risidagi quyidagi axborotdan ommaviy foydalanish mumkin 
bo‘ladi: nomi, STIR, maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatilish jarayonida, 
faoliyatini to‘xtatgan), tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ustav 


81 
fondining miqdori, qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi axborot, manzili va 
boshqalar; YaTTlar qismida esa: ismi, familiyasi, STIR, amalga 
oshirilayotgan faoliyat turi, jinsi va boshqalar. Roʻyxatdan o‘tkazish 
maʼlumotlari o‘rtasidagi farqlanishlarning oldini olish maqsadida ularning 
nisbatan ustunligini aniqlash qoidalari belgilangan. Demak, ta’sis 
hujjatlaridagi maʼlumotlar bir-biridan farq qilganida, roʻyxatdan 
o‘tkazuvchi organda saqlanayotgan hujjatlar nisbatan ustunroq kuchga ega 
bo‘ladi. TSYADRdagi ta’sis hujjatlari va yozuvlardagi maʼlumotlar bir- 
biridan farq qilganida TSYDRdagi yozuvlar nisbatan ustunroq kuchga ega 
bo‘ladi. TSYADRdagi va 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritiladigan 
reyestrlardagi yozuvlar bir-biridan farq qilganida, TSYADRdagi yozuvlar 
nisbatan ustunroq kuchga ega bo‘ladi. Roʻyxatdan o‘tkazish maʼlumotlari 
o‘rtasidagi farqlanishlar ta’sis hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 
yoki qo‘shimchalarni kiritish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektining o‘zi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Shu bilan bir qatorda, roʻyxatdan o‘tkazuvchi va vakolatli organlar 
o‘rtasidagi hamkorlik, maʼlumotlar almashish, ularni solishtirish hamda 
boshqa masalalar alohida hujjatga ajratilgan, bu esa ham tegishli davlat 
organlari xodimlari uchun, ham tadbirkorlik subyektlari uchun 
(tadbirkorlarga taalluqli bo‘lmagan ichki tartibotlarni o‘rganib chiqish 
zaruratini istisno qilgani holda) qo‘shimcha qulayliklar beradi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini 
tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
275-son qaroriga asosan mamlakatimizda Yevropa Ittifoqining iqtisodiy 
faoliyat turlarini statistik tasniflashi (KDES/NACE) negizida ishlab 
chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlarining 
umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) o‘tildi va kichik tadbirkorlik 
subyektlariga 
tegishli 
bo‘lgan 
tashkilotlarning 
IFUT 
asosida 
takomillashtirilgan tasniflagichi tasdiqlandi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika 
qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining davlat boshqaruvi organlarining 
idoralararo o‘zaro hamkorligida statistika, soliq va moliyaviy hisobot 
shakllarida IFUTdan majburiy tartibda foydalanishi belgilab qo‘yilgan. 


82 
Davlat roʻyxatidan o‘tayotgan va o‘z biznes faoliyatini boshlayotgan 
tadbirkorlik subyektlarining IFUTdan foydalanishning asosiy afzalliklari 
quyidagilardan iborat. Avvalambor, tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin 
bo‘lgan faoliyat turlari roʻyxati sezilarli darajada kengaytirildi. 
Ikkinchidan, 
tashkilotlar 
turlarini 
aniqlashda 
kichik 
tadbirkorlik 
subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlarni shakllantirish va tasniflash 
aniq qilib belgilab qo‘yildi. Uchinchidan, ushbu tadbirkorlik subyektlari 
xodimlarining 
o‘rtacha 
yillik 
sonini 
aniqlash 
tartibi 
ancha 
takomillashtirildi. To‘rtinchidan, ayrim “tadbirkorlar”ning yashirin 
iqtisodiy faoliyatlarining oldi olindi va kichik tadbirkorlik subyektlari 
faoliyati qonuniylashtirildi. Beshinchidan, ushbu qulayliklar IFUTda 
mavjud tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq statistika, soliq va 
moliyaviy hisobot tizimini yanada takomillashtirdi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish