90
Ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish jarayonida
axborot texnologiyalaridan
foydalanish kam xarajatlik, tezkorlik,
monitoring qilish va korrupsiyaning oldini olish imkoniyati bilan
ahamiyatli. Ruxsat berish tartib-taomillarining elektron tizimga o‘tishini
ham Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari boshlab
berdi. Hozirda Buyuk Britaniya, Italiya, Meksika, Yangi Zelandiya,
Koreya va Yaponiya, MDHga a’zo mamlakatlarda ham elektron
litsenziyalashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, onlayn rejimida ruxsat berish
xususidagi hujjatlarni berish orqali litsenziya olish tartibini soddalashtirish
jarayoni ketmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlar mamlakatni
taraqqiyotga olib chiquvchi,
tinib-tinchimas, yangilikka intiluvchi
aholining ilg‘or qatlami hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat
roʻyxatidan o‘tkazish turli mamlakatlarda turlicha tashkil etilgan. Bu, o‘z
navbatida, davlatlarning iqtisodni qanchalik erkinlashtirgani, zamonaviy
axborot texnologiyalaridan qanchalik foydalanayotganligi
va tadbirkorlar
hamda davlat o‘rtasidagi munosabatlarning holati bilan bog‘liq. Shu
sababli biz uchun tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishda
rivojlangan xorijiy davlat tajribasini o‘rganish va ularning ijobiy jihatlarini
o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, AQSHning tadbirkorlik
subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga oid tajribasi tahlili shuni
ko‘rsatadiki, AQSHning turli shtatlarida tadbirkorlik subyektlarini davlat
roʻyxatidan o‘tkazish markazlari turli nomlar (one-stop centre, business
one stop centre va h.k.) bilan yuritiladi.
Soliq sohasidagi imtiyozlar
yuzasidan ularni qaysi shtatda roʻyxatdan o‘tkazish ham muhim
ahamiyatga ega. Chunki shtatlar tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va
qulayliklar yaratib berish borasida bir-biri bilan musobaqalashadi. Ayniqsa,
AQSHning “Korporatsiyalar uchun jannat” (“Heaven for corporations”)
degan nomga sazovor bo‘lgan Delaver shtati tadbirkorlik subyektlariga
qulay sharoit yaratishda yetakchilik qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarga
xos xususiyat shuki, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish
elektron shaklda amalga oshiriladi, xususan,
AQSH bu masalada boshqa
mamlakatlardan ildamlab ketgan. AQSHda tadbirkorlik subyektlariga
ko‘rsatiladigan xizmatlar, jumladan, davlat roʻyxatidan o‘tkazish ham haq
to‘lash asosida amalga oshiriladi. Masalan, firma nomlarini olish bizdan
farqli o‘laroq davlat boji to‘lashni talab qiladi. Firma nomini zaxiraga
olganlik uchun 30 dollar miqdorida haq to‘lanadi.
Bu shuni anglatadiki,
yagona darcha markazlarining o‘zlari ham tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanadi.
91
Tadbirkorlik subyektlari haqidagi yillik maʼlumotlar olish, arizadagi
o‘zgarishlarni qayta roʻyxatga olish, qayta davlat roʻyxatidan o‘tish kabi
harakatlar uchun haq olinadi. Yagona darcha markazlarida davlat
xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun haq markaz xarajatlarini o‘zini o‘zi
qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak. Ushbu mexanizm
rivojlangan mamlakatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Hattoki AQSHning Delaver shtatidagi shunday markaz shtat
byudjetining 5/1 qismini shakllantiradi. Yana
bir farqli jihati shundan
iboratki, AQSHda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish
markazlari korxonaning ta’sis hujjatlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishni
talab qilmaydi. Ushbu hujjatlar AQSH qonunchiligiga ko‘ra korxonaning
ichki me’yoriy hujjati sifatida qaraladi. Tadbirkor o‘z xohishidan kelib
chiqib, ta’sis hujjatlarini tuzadi.
AQSHda tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan o‘tkazilayotganda
ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 90 kunlik muddat belgilandi.
Tadbirkor o‘z xohishi va imkoniyatidan kelib chiqib, markazga qaysi
kundan tadbirkorlik faoliyatini boshlashini ma’lum qiladi. Ana shu kundan
boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash boshlanadi.
Ushbu amaliyotni mamlakatimizda joriy etish juda muhim ahamiyatga ega.
Chunki ko‘plab tadbirkorlik subyektlari bankdan kredit olib nima qilishni
bilmay bir jiddiy qarorga kelganda kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatib
qo‘ymoqda. Yoki endigina ish boshlab mahsulot ishlab chiqarib, uni sotish
uchun bozor izlayotgan, hali daromad olishga ulgurmagan bir paytda soliq
organlari soliqdan paydo bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashni talab qilmoqda.
Bunday holatlar tadbirkorning faoliyatni erta tugatishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi tajribaning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorning oyoqqa turib
olishiga imkoniyat yaratadi va erta to‘lovga qobiliyatsizlikning oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: