Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni



1-mavzu. 
Tasviriy san’at tur va janrlari 
Nafis san’at, rang – tasvir (jivopis) – tasviriy san’at turi bo’lib, u boyoq 
yordamida yaratiladi . Badiiy asar sifatida insoniyat uchun ta’lim – tarbiya, estetik 
zavq berish vazifasini o’taydi , ayrim namunalari esa ma’rifiy ma’lumotlar 
qimmatiga ega. Ijodning bu turi bilan shug’ullanuvchi san’atkor – rassom ranglar 
vositasida tabiatni, muhitni (uning ma’lum bir qismini, ma’lum bir daqiqadagi 
holatini) gavdalantirish bilan birga, roy berayotgan voqea, hodisa mohiyatini, 
kishilarning ichki dunyosini va ma’lum bir q’oyani aks ettiradi. Vazifasi va 
obrazlari xarakteriga ko’ra rassomlik san’atingng me’moriy bezak bo’lib ham 
xizmat qiladigan monumental dekorativ, devoriy rasmlar (panmo), teatr va 
kinofilmlar uchun tayyoelanadigan dekoratsiya, panorama, kichik hajmli 
miniature xillari ham bor. Boyoq hili va tasvir hosil qilishdagi texnologik 
usullariga ko’ra moyboyoq rassom rassomligi, freska, keramika boyoqlari 
rassomligi, silikar rassomligi va h.k.z turlarga bo’linadi .
 
Tasviriy san’at turlari, ularning tabiati о‘ziga xos. Ular umuminsoniyat 
ongining tarixiy rivoji va olamni badiiy nuqtai nazardan anglash ehtiyoji tufayli 
yuzaga kelgani haqiqatdir. Har bir san’at turining umumiy estetik tabiati uning 
turli kо‘rinishlarida turlicha – faqat о‘z spetsifikasida bо‘lgan kо‘rinishda 
namoyon bо‘ladi. Rangtasvir san’ati va janrlari. Grafika san’ati va janrlari. 
Xaykaltaroshlik va janrlari. Monumental rangtasvir. Monumental-dekorativ
san’at. Plakat. Miniatyura san’ati. 
Tasviriy san’at ustalari yaratgan asarlarni tahlil qilib, shuni anglab yetish 
mumkinki, kompozitsiyaning ayrim usul va qoidalari keyingi avlod rassomlari 
faoliyatidan tushib qolayotganligi – ular о‘z qiymatini yо‘qotayotganligini sezish 
mumkin. Ayni davrda о‘z ahamiyatini yо‘qotganlari о‘rniga kompozitsiyaning 
yangi usullari yuzaga chiqib, yangi qoidalari kuchga kirmoqda. 
Badiiy asar yarata turib rassom, intuitiv yoki ongli ravishda kompozitsiya 
qonunlari asosida ijod qiladi, aks holda u haqiqiy muvaffaqiyatga erishishi 


mumkin emas. Kompozitsiyaning qoida va usullaridan esa turlicha foydalanib, 
ularni badiiy asarning aniq g‘oyaviy mazmuniga bog‘liq holda qо‘llashadi. 
Ularning barchasi bir asar tizimida birgalikda foydalanish juda kam uchraydigan, 
tо‘g‘rirog‘i uchramaydigan hol bо‘lib, shunday qoidalar mavjudki, ularning xatto 
ikkitasi yaxlit kompozitsiyada bir-biri bilan “murosaga kela olmaydi”. Masalan, 
aniq simmetrik kompozitsiya asimmetrik usulni qat’iy rad etadi, yoki uning aksi. 
Ritmik elementlarning ketma-ket takrorlanishi natajasida yuzaga kelgan friz 
kompozitsiyasi aniq ifodalangan syujetli-kompozitsion markazni inkor etadi. 
Lekin, syujetli-kompozitsion markazga ega bо‘lgan asarlarda ritm uyushtiruvchi 
asos sifatida mavjud bо‘ladi. 
Janr sо‘zi fransuz tilidan - tur kо‘rinish degan ma’noni anglatadi. Umumiy 
tushunchasi bu - chegaralangan mavzuni о‘zida aks ettiradigan san’at asarlari. 
Masalan, manzara, tabiat kо‘rinishlarini aks ettiradigan rasmlarni manzara 
janriga oid rasmlar deyiladi. Alohida yoki odamlar tо‘pini aks ettiradigan rasmlar 
esa portret janridagi rasmlar deyilsa, meva, gul, uy buyumlari va shunga о‘xshash 
narsalarning tasvirini aks ettiruvchi rasmlar natyurmort janridagi rasmlar deyiladi 
va x. k. Portret (frans. portrait,. portraire - tasvirlash) – Odam yoki odamlar 
guruhini aks ettiruvchi tasviriy san’at janri. Mazkur janrda mavjud bо‘lgan yoki 
о‘tib ketgan biror bir shaxs yoki shaxslar guruxi, rassom (ijodkor) tasavvurida 
paydo bо‘lgan hayoliy qiyofalar aks etishi mumkin. P. ham san’atning boshqa 
turlari singari ijodkorning dunyoqarashi bilan , uning hayotga , borliqqa bо‘lgan 
munosabati bilan bog‘liq. Portretning muhim tomoni bu tasvirlanuvchining 
aynan о‘ziga о‘xshatish bilan bog‘liq. Portret iborasining kelib chiqishi va 
dastlabki ma’nosi ham eski fransuz tilida «о‘xshatish», «bor narsani о‘ziga 
о‘xshatib qaytarish» mazmunidan olingan. Lekin bu rassomning tasvirlanuvchiga 
bо‘lgan munosabati( xurmati, nafrati va x.k. )ni aks ettirishga xalaqit bermaydi. 
Rassom portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma’naviy dunyosining boy 7 yoki 
qashshoqligini, ijtimoiy hayotdagi о‘rni, kasbi, jamiyatdagi mavqini aks ettirishi 
va uning shu jixatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida 


ma’lumot beraoladi. Bu esa rassomning g‘oyaviy estetik va siyosiy qarashlari 
darajasi bilan bog‘liq. Shuning uchun yetuk portret asarlari orqali na faqat shaxs 
haqida balki shu shaxs yashagan davr, muxit haqida ma’lumot olish mumkin. 
Rassomning professional maxorati, portret ishlash uchun tanlagan materiallari 
(bо‘yoq,rasm ishlanadigan asos, ish asboblari va x.k.) esa uning yaratgan 
asarlariga qaytarilmas, betakror о‘ziga xoslik baxsh etadi va dastxatini belgilaydi. 
Tarixan Portret san’atida xilma xil tur va kо‘rinishlar shakllangan. P. ishlanish 
uslubi (texnikasi), bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab Dastgoh, monumental 
portret tarzida tasvirlanuvchi(yoki tasvirlanuvchilar) ning faqat bosh qismi, bosh 
va yelka qismi, beligacha, butun bо‘y basti bilan uning old , yon tomonidan 
ishlanishi mumkin. Mazmuniga qarab tantanovor parad portret, intim, intim lirik 
portret bо‘lishi mumkin. Portret turli nishon, tanga, medallar yuzasiga 
ishlanishi(Medalyer san’ati), gemma(Gliptika)da, medalyonlarda uchraydi. 
Portretda tasvirlangan odamlar soni, ular tasvirlangan muxit(zaminfon) va 
mazmuniga kо‘ra yakka, qо‘shaloq va guruh portretlarga ajraladi. Portretning 
yana bir turi avtoportret bо‘lib, rassomning о‘zini о‘zi ishlagan portretlar nazarda 
tutiladi. Portret san’tida tasvirlanuvchi 8 sof xolda atrofdagi muxitni 
kо‘rsatmasdan tinch xolatda tasvirlanishi yoki uning biror faoliyati bilan ma’lum 
muxitda ishlanishi mumkin. Bunda tasvirlanuvchi faoliyatini bildiruvchi 
buyumlar, ularning sifati va xususiyati, yashayotgan muxit va x.k tasvirlanuvchi 
fyeli va faoliyati mohiyatini tushunishga xizmat qiladi. Shuning uchun 
portretlarni shartli sof partret va portret – kartinaga, aniqrog‘i janrli portretga 
ajratish mumkin, Janrli portret mazmuniga kо‘ra tarixiy portret yoki maishiy 
portret deb nomlanadi. Portret san’atining yana bir kо‘rinishi bu yig‘ma portret- 
portret tipdir. Bunday portretlarda rassom turli odamlarning eng xarakterli 
tomonlarini yig‘ib, jamlab yangi umumlashma qiyofa yaratadi. Bunday portretda 
birir aniq shaxs bо‘lmasligi , lekin davrning eng xarakterli shaxsi qiyofasini aks 
ettiradi. Shahsning faqat ijobiy tomoni emas, balki uning salbiy tomonlarini aks 
ettiruvchi satirik portret, kulgili tomonini kо‘rsatuvchi sharj portretlar ham shu 


janrga mansub. Satirik portretlardan sharjning farqi u xazil mutoiba, samimiy 
tarzda bо‘ladi va shaxsning sha’ni, g‘ururini kamsitmagan xolda uning fyel 
atvoridagi ayrim о‘ziga xos tomonlarini kо‘rsatishi mumkin. Manzara janri 
Tasviriy san’atning lirik turlaridan biri , unda real yoki hayoliy tabiat kо‘rinishlari 
orqali rassomning xis tuyg‘ulari, о‘y xayollari, orzu istaklari о‘z ifodasini topadi. 
Bu janrda inson faoliyati bilan о‘zgarib borayotgan tabiat manzaralari, me’moriy 
qurilmalar, tog‘ 9 manzaralari, dengiz tо‘lqinlari tasvirlanadi. Tabiat kо‘rinishlari 
mavzuli kompozitsiyalar mazmunini tо‘ldiruvchi vosita sifatida ham ishtirok etib 
rangtasvir va grafika asarlarida, haykaltaroshlikning bо‘rtma kо‘rinishlarida keng 
ishlatiladi. Tabiat manaralarining aksi qadimdan rassomlarning diqqatini о‘ziga 
jalb etib kelgan. Turli maishiy, tarixiy va batal janrida ishlangan rasmlarda tabiat 
kо‘rinishlari va uning unsurlari keng uchraydi. Qadimgi Sharq mamlakatlari 
jumladan Ossuriya, Bobil, Misr devoriy rasm va bо‘rtma tasvirlarida shuni 
kо‘rish mumkin. О‘rta Osiyo madaniyatida Qadimgi Xorazm devoriy suratlarida 
manzara janrining о‘rni salmoqli. О‘rta asrlarga kelib manzara janri 
miniatyuralarda, monumental devoriy rasmlarda uchraydi,О‘rta asrlar Xitoy 
san’atida ham manzara janri muxim о‘rinni egallab «tog va suvlar» turkum 
asarlarida о‘z aksini topdi.О‘rta asr xitoy rassomlari Go Si( 11 asr), Ma Yuan, 
Sya Guy (xar ikkisi. 12 asrning 1-yarmi. 13 aa..), Mu-si (13 a. 1-yarmi..) manzara 
janrida salmoqli asarlar yaratib qoldirdilar.О‘rta asr yapon manzarachiligi ham 
sezilarli yutuqlarga erishdilar.Insonning tabiat qо‘ynidagi faoliyatini manzara 
kо‘rinishlarida ifodaladilar. Katsusika Xokusay va Ando Xirosige ijodi shu 
о‘rinda e’tiborga loyiq. 13-15 asrlardan boshlab yevropa rassomchiligida 
manzara muxim о‘rinni egallay boshladi. Va yaratilayotgan asarlarning ajralmas 
qismiga aylana bordi. Uyg‘onish davri rassomlari tabiatni о‘rganish, insonni 
о‘rab turgan muxitni tо‘laqonli tasvirlashga intilish realistik sa’at rivojida 10 
muxim о‘rinni egallay boshladi. Shu xarakatlar manzara janrining mustaqil janr 
darajasiga kо‘tarilishiga zamin yaratdi..17 asr boshlariga kelib qator rassomlar 
ijodida, jumladan italiyalik aka uka Karrachilar ijodida mumtoz manzara 


tamoyillari shakllandi. Manzara janri ham о‘zida yuksak ideallarni aks ettiruvchi 
san’at turi qatoriga о‘ta boshladi. Nikola Pussen, Klod Loren ijodi, Salvador Roza 
va b ijodi shu xususiyatlarni о‘zida ifodaladi. Manzara janri rivojida golland 
rassomlari ham sezilarli о‘rinni egalladiar..Y. van Goyen, X. Segers, Y. van 
Ryoysdal, M. Xobbema, Rembrandt, Y. Vermer Delftli va boshqa rassomlar о‘z 
asarlarida tabiatning jonli kо‘rinishini о‘z xissiy kechinmalari, о‘y xayollari bilan 
boyitdilar. Manzara mustaqil janr sifatida hayotga keng kо‘lamda kirib keldi. 
Manzara janrining yangi bosqichi 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlandi . 
Tabiat kо‘rinishlarini xaqqoniy tasvirlashga nur - xavo tо‘la asarlar yaratishga 
xarakat qilish fransuz rassomlari ijodida sezilarli о‘rinni egalladi. 19 asr 
о‘rtalaridan boshlab ochiq kenglikda (plenerda)rasm ishlash odat tusiga kira 
bordi. Bu xususda Buyuk Britaniyada J.Konstebl, Rossiyada A.Ivanov kabi 
rassomlar faollik kо‘rsatdilar. Asta Fransiyada barbizon maktabi vakillari, 
shuningdek K.Koro shu masala bilan jiddiy shug‘ullanib uning rivojiga о‘z 
xissalarini qо‘shdilar.Plenerning haqiqiy rivoji 19 asrning ikkinchi yarmiga 
tо‘g‘ri kelib ayni shu davrdan boshlab Pleneer iborasi hayotga kirib keldi, 
muomalada qо‘llanilib fransuz impressoinist rassomlari –K.Mone, K.Pissaro, 
O.Renuar ijodiga 11 nisbatan ishlatila boshlandi. 19 asr oxri 20 asr boshlarida 
plener rangtasviri Yevropa, Osiyo, Amerika rassomlari ijodida о‘z ifodasini 
topdi. О‘zbekistonga bu rangtasvir 19 asr oxrilaridan kirib keldi. L.Bure, 
I.Kazakov, O.Tatevosyan, A.Isupov va b., keyinroq P.Benkov va uning 
shogirdlari(R.Timurov, A.Roziqov va b.) ijodida rivojlandi. 20 asr manzara 
rassomligi shu davrning g‘oyaviy plasti izlanishlari bilan uzviy bog‘liq. Turli 
oqim va yо‘nalishlar manzara janrida ham о‘z ifodasini topdi..О‘zbekistonda 
manzara janri ham uzoq tarixga ega bо‘lsa ham lekin uning keng kо‘lamda 
rivojlanishi 20 asrning о‘rtalaridan boshlandi. Urol Tansikboyev, Rashid 
Timurov, Nikolay Koraxon, Ne’mat Qо‘ziboyev keyinroq Anvar Mirsoatov, 
Abdumannop Yunusov va bosh. ijodi shu janrning turli kо‘rinish va 
yо‘nalishlarini namoyon etadi. Ne’mat Qо‘ziboyev Marina (ital.dengizniki, 


dengizdan) janri- dengiz kо‘rinishlari, undagi hayot, inson va dengiz 
munosabatlari , insonning dengiz ichidagi kurashlarini aks ettiruvchi san’at(rasm, 
rangtasvir, gravyura, relyefbо‘rtma tasvir) turi. XVII asrda Gollandiyada 
mustaqil janr sifatida shakllangan. Italiyalik J.Verne, ingliz J.Terner, rus 
I.Ayvazovskiy, Bogolyubovlar shu janrda samarali ijod qilishgan. О‘zbekistonda 
bu janr XX asrning 50 - yillardan shakllanib Madgazin va Matevosyanlarning 
Orol dengiziga bag‘ishlangan asarlarida, G.Abduraxmonovning Gurzufda 
ishlagan kompozitsiyalarida о‘z ifodasini topgan. 12 Natyurmort (frans. nature 
morte, ital. natura morta, о‘lik tabiat) insonni о‘rab turgan borliq - turli buyumlar, 
ovda otilgan qush va hayvonlarning jonsiz tanalari, ov , mehnat va jang qurollari, 
gul va mevalar va boshqa shunga о‘xshash buyumlarlarni о‘zida aks ettiradigan 
tasviriy san’at turi. Bu janr asosan 17 asrda shakllangan va rivojlangn. Bunga 
qadar u mavzuli kompozitsiyalarning tо‘ldiruvchi , mazmunini chuqurroq 
tushunishga xizmat qiluvchi vosita sifatida qо‘llanilib ramziy mazmunda 
ishlatilgan Natyurmort janri unsurlari qadimgi dunyo san’atida uchraydi, lekin 
mustaqil janr bо‘lib shakllanishi yangi davr bilan bog‘liq. Moddiy dunyogi 
qiziqishning ortishi bilan natyurmort janri ham rivoj topa bordi. Italiya, 
niderlandiyalik rassomlar shu janrda dastlabki asarlarini yaratdilar. 17 asrga kelib 
bu janr о‘zining gullash davrini boshidan kechirdi.uning turli tip va shakllari 
paydo bо‘ldi., milliy maktablar shakllandi. Italiyalik Karavajo va uning 
davomchilari- karavajistlar shu janr rivojida katta xissa qо‘shdilar. Italiya, 
Ispaniya va gollandiya rassomlari shu janrning boy imkoniyatlarini о‘z ijodlari 
bilan namoyon etdilar. Natyurmort ishlovchi rassomlarning sevimli mavzulari 
gullar , meva va sabzovotlar, oshxona anjomlari, dengiz noz nematlari edi. V. 
Xeda va P. Klas «nonushtalari», V.Kalfning «disertlari, A.Beyren «baliqlari» va 
boshqa natyurmortlar uning rangbarangligini bildiradi. Rasm. V. Xeda. 
«Nonushta» .17 asrning oxri 18 asrlarda Fransiya san’atida ham natyurmort 
janrida muxim asarlar yaratildi. J. B. S. Sharden natyurmortlari о‘zining nozik 13 
koloriti, erkin kompozitsiyasi bilan esda qoladi. Rasm. J. B. S. Sharden.San’at 


atributlari. 19-20 asrlarda yaratilgan natyurmort asarlari shu yillarda badiiy 
hayotda sodir bо‘lgan jarayonlar bilan uzviy rivojda bо‘ldi. 19 asrning 
о‘rtalaridan birin ketin paydo bо‘lgan turli saye’at yо‘nalishlari natyurmort 
janrida ham о‘z ifodasini topdi. E.Mane, K.Mone, P. Sezann, V. van Gog A. 
Matiss ,J. Brak, P. Pikasso, X. Gris va b ijodida yangi jarayonlar о‘z ifodasini 
topdi. О‘zbekiston san’atida natyurmort janrining ayrim kо‘rinishlari qadimgi 
dunyo va ilk о‘rta asrlar san’atida uchrasa ham, masalan Tuproq qala shoxlar 
saroyi devoriy rasmlarida gul va mevalar tasviri, Afrosiyob devoriy rasmida tus 
tovuqlar oldida turgan vazadagi mevalar, о‘rta asr naqqoshlik va devoriy 
rassomligida uchraydigan guldondagi gullar va x., lekin uning rivojlanishi va janr 
tarzida shakllanishi 20 asrning 20-30 yillariga tо‘g‘ri keladi. Latif Nasriddinov, 
Shamsirо‘y Xasanova kabi о‘zbek rassomlari shu janrning dastlabki dastgox 
kо‘rinishlarini 
yaratdilar.Rasm. 
SH.Xasanova. 
Natyurmort. 
1943yil. 
Y.Yelizarov, N.Kashina, Z.Kovalevskaya, R. Axmedov, / Abduraxmonov va b. 
shu janrda sezilarli asarlar yaratdilar. Bugungi kunda bu janr о‘zbek 
rassomlarining kо‘pchiligining sevamli janri xisoblanadi, A.Yunusov, 
A.Ikromjonov, V.Burmakin, YE. Melnikov va b.larning shu janrdagi asarlari 
muzey ekspozitsiyalaridan о‘rin olgan. Rasm. A.Ikromjonov, natyurmort, 14 
Tarixiy janr. Tasviriy san’atning muxim janrlaridan biri tarixiy janr xisoblanadi. 
Ijtimoiy xayotda sodir bо‘lgan va jamiyat rivojida burilish nuqtalarini belgilagan 
voqea va xodisalar, tarixiy shaxslar rassomning dastgox va maxobatli asarlarida, 
bо‘rtma tasvirlarda, haykal va yodgorliklarda, kichik xajmdagi miniatyuralaru 
dastgox grafika asarlarida о‘z ifodasini topishi mumkin. Tarixiy manzillar, 
qadamjolar ham shu janrning syujeti isoblanadi. Tarixiy janr batal janri bilan 
yaqinlashib ketadi. Jang voqealarining xal qiluvchi damlarini aks ettiruvchi 
kompozitsiyalar shunday asarlar qatoriga kiradi. Jumladan Aleksandr 
Makedonskiyning Doro bilan bо‘lgan jangini aks ettiruvchi mozayika, (mil. av 4-
3 asrlar) 1.2. Animalistik, batal, maishiy janrlarning о‘ziga xos jixatlari 
Animalistik janri. Tasviriy san’at janrilari ichidagi «keksa» janrlardan anima janri 


bо‘lib unda hayvonlar hayoti, ularning xususiyatlari, fel atvori о‘z ifodasini 
topgan. Anima sо‘zining ma’nosi ham lotincha bо‘lib hayvon ma’nosini anlatadi. 
Ibtidoiy davr rassomi о‘z atrofida mavjud bо‘lgan zubr, mamont, kiyik va boshqa 
hayvonlarning kо‘rinishini haqqoniy tasvirlab bugungi kun tamoshabinini hamon 
lol qoldirib kelmoqda. Deyarli 10-15 ming yil avval ishlangan bu rasmlarda 
rassom xayvonlarga xos epchillik, kuch qudratlilikni maxorat bilan tasvirlaydi, 
bо‘rtma tasvirini ishlaydi. Yevroosiyo xududida yashab ijod 15 qilgan skiflar ham 
san’at tarixida xayvonlarni tasvirlash uslublari bilan shu janr imkoniyatlarini 
kengaytirdilar. Rasm. Qadimgi Misr tarixi ham anima janriga boy. Bu yerda 
hayvonlarning ulug‘vor va haqqoniy haykallarni yaradilar. Chunki misrliklar 
xayvonlarga nisbatan xurmat bilan qaraganlar va ularni xudo darajasida 
e’zozlaganlar. Rasm. Qadimgi Amerika madaniyatida, u yerning maxalliy axolisi 
- xindular ham animal janrida betakror asarlar yaratdilar. Xitoy madaniyatida bu 
janrda о‘ta xarakatli ajoib xayvonlarning xaykallarini yaratdilar. Rasm Old 
Osiyoda buqa boshi tasviri keng uchraydi. Bunday deyarli 5000 yil avval 
ishlangan arfa asbobi tepa tomoniga ishlanga buqa boshi haykali 
о‘zininghayotiyligi bilan xarakterlansa. Ikkinchi tomondiye ishlanish 
maxoratining yuqoriligi bilan ham kishini hayratlantiradi. Inkrustatsiya uslubida 
bajarilgan bu haykalda turli qimmatbaxo madanlar uyg‘unlikda yaratilgan. 
Ossuriya bо‘rtma tasvirlaridagi ov manzaralarining aks ettiruvchi bо‘rtma 
tasvirlar jahon haykaltaroshligining ajoyib namunasi xisoblanadi. Ov paytidagi 
xarakat. Yaralangan sherlar dagi sо‘nib borayotgan kuch xaykaltarosh tomonidan 
ustalik bilan kо‘rsatilgan. Rasm Yaralangan sher bо‘rtma tasviri. Uyg‘onish 
davriga kelib hayvonlarning о‘ziga qarab rasmini ishlash odati kengayib bordi. 
Shunday rasmlarni italiyalik rassom Leonardo da Vinchi, nemis rassomi Albrex 
Dyurer ijodida uchratamiz. Anima janrining rivojlanishi va mustaqil janrga 
aylanishi 15-17 asrlarga borib taqaladi. Shu janrni boshlovchilari gollandiyalik 
A.Keyp 16 va P. Potter xisoblanadi. Ular uy hayvonlarini tabiat qо‘ynida, 
yaylovlarda moxirona tasvirlaydilar. 19 asrning yirik rassomi fransuz A.Bari 


hayvonlarni erksevar va yengil xolda aks ettiradi. K.Truayon qishloq manzarasi 
qо‘ynida osoyishta о‘tlab yurgan hayvonlarni mexr bilan tasvirlaydi. Rus 
rassomlari V.Vatagin, xaykaltarosh va rassom I. Yefimov о‘z asarlarida 
hayvonlarning о‘ziga xos fazilatlarini moxirona tasvirlaydilar. Rasm...О‘zbek 
san’atida bu janr qadimiy bо‘lib ibtidoiy davrning paleolit va ayniqsa mezolia va 
neolit davrida hayvonlarga bag‘ishlangan kо‘plab asarlar yaratildi. Zarautsoy 
rasmlari, Taqatosh, Xо‘jakent tasvirlari shunga misol bо‘laoladi. Tuproq qala
Varaxsha, Afrosiyob devoriy rasmlarida ham hayvonlar taviri keng uchraydi. 
Turli qushlar yirtqich hayvonlar. Yengil bezakka boy ot va arxarlar tasviri shu 
davr devoriy rasmlariga aloxida payz kiritgan Rasm.О‘zbek zamonaviy tasviriy 
san’atining rivojlanishi ham shu janrda boshlandi desak mubolag‘a bо‘lmaydi, 
Chunki 19 asr oxrida о‘zbek san’tidagi yangi jarayon ayni shu san’atda kо‘rina 
boshladi. Abduraxim toshtaroshning Buxoro amiri Olimxon saroy kira verishiga 
ishlagan sherlar haykali, knyaz Romanov saroyi atrofiga о‘rnatilgan kiyik, it va 
qurbaqalar haykali shu yangi davr qarashining natijasi edi. 20 asr о‘rtalariga kelib 
bu janr keng kuloch yoya boshladi. Uning ijodkorlari paydo bо‘la boshladi. Xalq 
ustalari Usto Umar Jо‘raqulov, Xamro Raximova, keyinroq Abduraximovlar 
ijodida xalq san’ati uslubida bajarilgan afsonaviy hayvonlar, haykalchalari 
kо‘rgazmalarda namoyish etila boshlandi. 17 Professional haykaltaroshlik 
A.Boymatov, M.Ivanov, T.Qosimov, SH. Mо‘minova va b. ijodida rivojlanib 
bordi. Animalist (latin. "animal" - xayvon) - xayvonlarni tasvirlovchi rassom yoki 
xaykaltarosh. Botal janr - “botal” frantsuzcha so’z bo’lib, “jang”, “urush” 
ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini o’zida aks ettiradi. Bu janrda jang va 
xarbiy yurishlar manzarasi asosiy o’rinni egallaydi. Maishiy janr- jamiyat va 
shaxsiy xayotdagi kundalik turmush tarzini о‘zida aks ettiruvchi tasviriy san’at 
janri. Bu janrda rassom(haykaltarosh) о‘z zamonasidagi kundalik turmushda 
bо‘layotgan voqea va xodisalarni, odamlarning yashash tarzi, dam olishi, mexnati 
va sport bilan shug‘ullanishi, xullas ularning kundalik faoliyati bu janrning 
mazmunini tashkil etadi. Insonlarning maishiy hayotini aks ettirishga qiziqish 


qadimdan mavjud bо‘lsa ham lekin uning rivojlanishi va mustaqil janr darajasiga 
aylanishi 17 asrdan boshlab jamiyatda sodir bо‘la boshlagan demokratik 
tamoyillarni ortishi bilan bog‘liq, Shu davrdan boshlar rassomlar ijodida oddiy 
xalq xayotiga bag‘ishlangan asarlar kо‘paydi, mavzusi kengaydi.Bu janr 
Gollandiyada keng rivojlandi. Buyuk Rembrandt, kichik golandlar Piter de Xoox, 
Terborx, Yan van Ostade va bosh. ijodida shu janr yetakchi о‘rinni egalladi. 
Fransiyada Jan Batist Sharden, Angliyada Uiyam Xogart, Rossiyada P.Fedotov, 
V. Perov, I.Repin va bosh. ijodida ham shu janr xususiyatlari о‘z ifodasini topdi. 
О‘zbek san’atida mayishiy janr 20 asrning 20-30 yillaridan boshlab rivojlana 
boshladi. B.Xamdamiy, L. Abdullayev , 18 X.Raxmonov, Z.Inog‘omov va 
boshqalar 
shu 
janrning 
dastlabki 
namunalarini 
yaratdilar.N.Kashina, 
Z.Kovalevskaya, M.Saidov ijodida xam shu janr yetakchi о‘rinni 
egallaydi.Bugungi kunda ham bu janr kо‘plab ijodkorlarni о‘ziga jalb etib 
kelmoqda. 

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish