A. Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim va STI yo`nalishi
306- guruh rahbari va talabalari tomonidan o`tkazilgan sayohat
BAYONNOMASI
20-aprel 2022 yil Jizzax shahar
Qatnashdilar:
Boshlang`ich ta`lim fakultetuti Boshlang`ich ta`lim va STI yo`nalishi
306 – guruh rahbari Sh.Siddiqova , 306 – guruh talabalari
KUN TARTIBI:
1.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 19 martdagi videoselektorda ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining 4-tashabbusi‘‘Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish‘‘tashabbusining ijrosini ta`minlash va yoshlar orasida badiiy asarlarni ko`proq o`qib, tahlil qilib, ulardan kerakli mulohaza chiqarish maqsadida sayohat tashkil etish;
2. Boshqa tashkiliy masalalar.
Joriy yilning 20- aprel kuni O`zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 19 martdagi videoselektorda ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining 4-tashabbusi ‘‘Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish‘‘tashabbusining ijrosini ta`minlash va yoshlar orasida badiiy asarlarni ko`proq o`qib, tahlil qilib, ulardan kerakli mulohaza chiqarish maqsadida Boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim va STI yo`nalishi 306-guruh rahbari Sh.Siddiqova ,306-guruhning barcha talabalari ishtirokida sayohat tashkil etildi.
306-guruh rahbari SH.Siddiqova va guruh talabalari Viloyat kutubxonasi va Viloyat Bolalar kutubxonasigatashrif buyurdi.Viloyat kutubxonasi xodimlari tomonidan kutubxona va undagi kitoblar tanishtirildi va kutubxona audioxonasiga kiritildi.Uyerda O`.Xoshimovning‘‘ Dunyoning ishlari‘‘ asaridan parcha taqdim etildi.Talabalar bu lavhani ko`rgandan so`ng, bu asar haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.Elektron xona bilan ham tanishildi. G.Musurmonova, N. Shukurullayeva D.Muqimjonova, M.Utamurodova va boshqa talabalar kutubxonaga a`zo bo`lishdi .
So`ng guruh rahbari va guruh talabalari Viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdi.Xodimlar talabalarni kutubxona va kitoblar bilan tanishtirdi
Guruh rahbari Sh.Siddiqova talabalarga kutubxona va undagi kitoblar haqida o`z fikrlarini aytdi, badiiy asarlar mohiyati haqida tushuncha berdi.Guruh talabalari ham kutubxonadan olgan taassurotlari to`g`risida fikr almashishdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh rahbari Sh.Siddiqova guruh talabalarining kiyinish madaniyati haqida fikr bildirdi.
Qaror qildi:
‘‘Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish‘‘tashabbusining ijrosini ta`minlash va yoshlar orasida badiiy asarlarni ko`proq o`qib, tahlil qilib, ulardan kerakli mulohaza chiqarish maqsadida tashkil etilgan sayohat qoniqarli deb topilsin.
Sayohat bayonnomasini tayyorlash guruh faollari zimmasiga yuklatilsin
Yig`ilish raisi: SH.Siddiqova
Kotiba: N.Shukurullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |