2-mavzu. Badiiy obraz
San’at asari tasvirda badiiy obraz mavjud bо‘lgandagina yuzaga
kelishi mumkin. Tasvirdagi u yoki bu predmet yoki holat asar
yaratuvchining ma’lum bir fikri yoki hissiyoti bilan sug‘orilgan bо‘lishi
shart. Badiiy obraz har qanday san’atning о‘zagini tashkil etadi. Shuning
uchun rangtasvirning xususiyatlari haqida sо‘z yuritilganda san’atning shu
turidagi badiiy obraz haqida sо‘z yuritilyapti deb tushunmoq kerak.
Tasviriy san’atda badiiy obraz deganda, birinchi navbatda san’atning
bu turi badiiy adabiyot, kino yoki televideniye kabi zamon va makondagi
harakatni, ya’ni jismoniy harakat va hayotning vaqtdagi о‘sish jarayonini
bera olmaydi. Lekin tasviriy san’atning bu “ojizligida” san’atning boshqa
turlarida bо‘lmagan kuchi va imkoniyatlari yashiringan.
Hayotning shunday lahzalari bо‘ladiki, inson uni tо‘xtatib
lazzatlangisi keladi, qayta-qayta shu onga qaytgisi keladi. Mana shu farishta
kabi uchib о‘tuvchi lahzani butun jozibasi va tо‘laligicha matoda tasvirini
yaratish, uzoq davrlargacha insonlar uchun qoldirishga faqat tasviriy san’at
qodir.
Rangtasvir kartinasida tasvirlangan lahza tо‘xtatilgan kino va
telekadr yoki fotokamerada olingan fotosurat emas. Rangtasvirda obraz
nihoyatda beqiyos keng hayotiy va estetik qiymatni qamrab oladi. Yuzaki
qaraganda voqelikning biron-bir lahzasining tasviridek tuyulsada, badiiy
obraz hayotdagi voqelik bо‘laklarining umumlashgan sintezining natijasidir.
Rangtasvir asari borliqning shakli, rangi, tо‘qimasi kabi xususiyatlari
va unga bо‘lgan rassomning subyektiv munosabatini, rassomning modelni
“kо‘ra olish” va unga tо‘g‘ri baho bera bilish qobiliyatini va albatta uning
uslubini о‘z ichida mujassam etadi.
1888 yilda rassom Valentin Aleksandrovich Serov (1865 - 1911) “Quyosh
nuri yoritgan qiz” asarini yaratadi. (M. YA .Simonovich portreti) Serov
kartina uchun tanlangan modelini tabiat qо‘ynida yozadi. Asarda daraxtga
suyanib, kitob о‘qib о‘tirgan qiz tasvirlangan. Kartinada aks ettirilgan
manzara portret uchun topilgan chiroyli fon emas, balki asar uchun zarur
bо‘lgan komponentdir.
V. Serov bu portretda yoshlikning qaytib kelmas gо‘zal onlarini kuylaydi.
Quyosh nuri modelga tushayotgan yerdagi rang-barang reflekslar asar
yaratilishida rassom о‘z oldiga qо‘ygan asosiy maqsadini ochib berishda
muhim vosita bо‘lib xizmat qiladi. Modelning yuzi, qо‘li va oq koftasiga
tushayotgan reflekslarni rassom yuksak mahorat bilan tasvirlay olgan.
Rassom kartinada nozik ranglar munosabatini topa olgan. Qо‘ng‘ir rangli
daraxt pо‘stlog‘i fonida qizning qora sochlari farqini ustalik bilan ajrata
olgan. Yorqin zumrad rang kо‘katlarga hamohang qizning moviyrang
yubkasini yuksak mahorat bilan tasvirlagan.
Serov model - M. YA . Simonovich hayotining bir lahzasinigina о‘z
asarida tasvirlaydi. Lekin rassom mо‘yqalami vositasida “tо‘xtatilgan”
hayotning bu lahzasi - tasvirdagi qiz portreti, gо‘zal yoshlikning, ma’naviy
pok insonning badiiy obrazi bо‘lib qoldi.
Naturaning tasviri, u qanchalar о‘xshash bо‘lmasin, bu hali badiiy obraz
emas. Badiiy obraz faqat tasvir va ifodaning bog‘liqligi natijasida yuzaga keladi.
Rassom hayotning ma’lum lahzalarini tasvirlamay turib, bironbir fikrni ifodalay
olmaydi. Uning tasvirlashdan maqsadi - bizga nimalardir haqida hikoya qilishga,
rangtasvir tilida ifodalashga bо‘lgan xohishidir. Shu bois ijod jarayonida badiiy
obrazni yuzaga keltiruvchi tasvir va ifodaning yaxlitligini amalga oshirishda
rassom maqsadi yetakchi о‘rin tutadi va tasvirning yuzaga kelish natijasiga
ifodalilik orqali baho beriladi.
Tasviriy obraz bizning tashqi muhitni qabul qilishimizda, tasvir va hayotiy
tajribamiz orasidagi assotsiativ aloqalar natijasida ham vujudga keladi. Har bir
inson hayoti boshqa insonlar bilan muloqotda, tabiat va buyumlar muhitida
о‘zaro uzviy aloqada kechadi va albatta bu turfa holatlar ongimizda u yoki bu
darajada nafaqat bizni о‘rab turgan borliq haqidagi bilim sifatida, balki unga
bо‘lgan emotsional munosabat, hissiy tajriba sifatida muhrlanadi. Tasvirni
tomosha qila turib biz faqat unda nima tasvirlangan ekanligini kuzatmaymiz,
ongimizda tasvir ta’siri natijasida iliq xotiralar uyg‘onadi – biz kartinaning faqat
tasvirini emas, uning ichki ifodasini ham kо‘ramiz.
Borliqqa his-tuyg‘u orqali yondashishga asoslangan rangtasvir obrazi haqida
gapirganda, biz asarning g‘oyaviy jihatlarini yodda tutishimiz zarur. Zero u har
qanday badiiy obrazga u yoki bu darajada xosdir. Bunday obrazlar rassomning
ma’lum ijodiy yо‘nalishga mansubligiga hamda uning tabiati va talanti bilan
uzviy bog‘liqdir. Rangtasvir san’ati tabiatdan his-tuyg‘u orqali ta’sirlanish
natijasidagi tasvir yaratish asosiga ega, lekin bu tabiatni badiiy umulashtirish
darajasi turlicha. Bu yо‘nalishda ijod qiluvchi rassom tasvirni ifodalashda о‘z
ichki kechinmalarni tabiatga tadbiq qilmaydi, aksincha tabiat kо‘rinishlarini о‘z
ichki kechinmalari orqali ifodalab, tabiat holatlarini umumlashtiradi.
Uning kо‘z orqali kо‘riluvchi jihatlarini tanlab tasvirlaydi. Albatta rassom
kо‘z imexanik optik vujud emas, u fikr yurituvchi, gо‘zallikni his qiluvchi tirik
kо‘zdir. U alohida sezgir, boshqalardan farqli о‘laroq о‘tkir, estetik nuqtai
nazardan tarbiyalangan, kengroq, yaxlitroq, о‘tkirroq kо‘ruvchi kо‘zdir. Bu bilan
rangtasvir obrazi tabiatini, ayniqsa, his-tuyg‘uli rangtasvir obrazini tabiatini
tushunish uchun о‘ta muhim bо‘lgan ikki komponent bog‘liqdir: ular rassom
nigohining alohida individualligi va uning estetik ideali. Bu ikki komponent bir-
biri bilan uzviy bog‘liq va shu bila birga ular nisbatan bir-biridan ozoddir.
Rassomning yashagan davri, uning kelib chiqishi yoki yashagan jamiyat qatlami,
dunyoqarashi orqali yuzaga kelgan estetik ideali о‘z navbatida rassomning
tasavvurini, о‘z nuqtai nazarini, uning ijtimoiy hayot va tabiatdagi u yoki bu
holatlarga bо‘lgan munosabati hamda nafislikni tushunishi, buning natijasida
tasvirlash kerak bо‘lgan obyektni tanlay bilishiga bog‘liq. Xullas estetik ideal
rassom nigohini boshqaradi.
Estetik ideal va rassom nigohining individualligi shu rassomning hamma
asarlarida о‘zini yaqqol kо‘rsatadi va rassomning individual uslubi yoki rassom
usuli sifatida namoyon bо‘ladi. О‘zbek rassomlari CH.Ahmarov (1912 – 199...),
B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Mirzayev uslubi shunchalar taniqliki, ular asarlari
rangtasvir san’atini endigina о‘rganayotganlar ham tezda ajrata olishadi.
Mashhur rus rassomi I.I.Levitan (1860-1900) manzaralarini ham bu
asarlarning nafaqat mashhurligi tufayli, balki ulardagi manzaralarning levitancha
nigoh orqali yaratilganligi sababli ajratamiz. Bu yerda biz rangtasvir obrazning
boshqa kо‘rinishiga, agar uni shartli ravishda ataydigan bо‘lsak, kayfiyat
uyg‘otuvchi obraz haqida sо‘z yuritishga о‘tamiz. Bu kо‘rinishda rassom tabiat
manzarasida nafaqat shakl va rang, tabiatning о‘zgaruvchanligi, uning nigohiy
gо‘zalligini kо‘radi, u tabiatning qalbiga kirishga, uning kо‘zdan yashirin
xususiyatlarini ifodalashga harakat qiladi.
Rassom I.Levitan ongidagi ona yurt tabiatining maftunkorligidan uzoq yillar
davomidagi olgan hissiyotlari taassurotlarining yig‘indisi sifatidagi bir-biriga
yaqin, shu bilan birga mazmunan turlicha bо‘lgan “Osuda makon” (1890,
“Tixaya obitel”), “Oltin kuz” (1895, “Zolotaya osen”), “Kechki jarang” (1892,
“Vecherniy zvon”) kabi asarlarida о‘z ifodasini topdi. Rassom bu asarlarida turli
kayfiyat va hissiyotlar gammasini, xotirjamlik osoyishtaligi, sokin quvonch, siru
sinoat, yengil mayuslik va boshqa shunga yaqin his-tuyg‘u va holatlarni ifodaladi.
Natyurmortda, ayniqsa manzara janrida nafaqat his-tuyg‘u uyg‘otuvchi
kayfiyat ifoda etilishi, balki asar aniq fikr va mushohadaga chaqirishi mumkin.
Bunga misol tariqasida yana I.Levitan asarlariga murojaat etsak. Rassomning
1892 yilda yaratgan “Vladimirka” asarining yaratilish tarixini eslasak.
I.Levitanning “Vladimirka” asari kayfiyat – obrazini uyg‘otuvchi, chuqur
fikrga boy asar namunasidir. Bu yerda his-tuyg‘u Vladimirni yо‘lidagi mahbuslar
chekkan jabrlar haqidagi xotiralar bilan bog‘lanib ketadi va kartinaning
nomlanishi asarning g‘oyaviy yо‘nalishiga shama qiladi.
Rassom hayotining ma’naviy jihatlariga yaqinroq kirib borishi uni albatta
obrazlarda nafaqat о‘zining his-tuyg‘u, kayfiyat va qayg‘urishlarini ifodalashga
balki ma’lum fikr, о‘y-fikrlar intiqosi, jamiyat muammolariga bо‘lgan о‘zining
nuqtai nazarini ham ifodalashga olib keladi. Hayot va tabiatga chuqur falsafiy
nuqtai nazardan yondashib yaratilgan kо‘pgina asarlar mavjud. Bunday
asarlarning individualligi va tarixiy о‘ziga xosligiga qaramay ularni mavzumiz
maqsadi yо‘lida rangtasvir – badiiy obrazlarning uchinchi kо‘rinishiga
birlashtirib uni shartli ravishda obraz-fikr deb atashimiz mumkin.
Rembrandt, Repin, Surikov va boshqa yirik rassomlar yaratgan jahon
rangtasviri shohasarlari hissiy rangtasvir qarashning rang-barangligiga,
emotsional qayg‘urish hamda tasvir va ifodaning intelektual yо‘naltirilganligiga
ega. О‘z fikrini tomoshabinga yetkazish uchun mashhur rus rassomi P.A.Fedotov
(1815 – 1852) о‘z kartinalarini rangtasvir hikoyalaridek, asar syujetini aniq
о‘ylab chiqib uning kompozitsiyasini quradi: qatnashuvchi shaxslarni tanlash,
ularning о‘zaro munosabati plastikasi, muhit kо‘rinishi – hammasini eng mayda
detallarigacha rassom fikrini ochish uchun bо‘ysundiriladi. Asardagi odam va
buyumlar yordamida keng kо‘lamli hikoya qilish, ularning syujetdagi о‘zaro
munosabati bir-birini о‘zaro tо‘ldirishi yaxlit obrazni shakllantiradi, biz uni tezda
fahmlaymiz, u bizni sekin-asta asarning har bir detali, bо‘lagi mazmuni-mag‘zini
chaqishga, fikr yuritishga majbur qiladi. Fedotovning “Mayorning sovchiligi”
(1848) asarida tasvirlangan har bir detal xonadon sohiblarining xarakteri, turmush
tarzi haqida hikoya qiladi. Kartinada bironbir noaniq, aytilmagan, ifodalanmagan
holat qolmagan. Bundan obrazlar ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ochishda
katta imkoniyatlarga egadir.
Rangtasvirni о‘rganishdagi keyingi qо‘yiladigan qadamimiz bizni badiiy
obraz deb ataluvchi umumiy yaxlitlikni uni tashkil qiluvchi bо‘laklarga bо‘lib
birma-bir tanishib chiqishimizga olib keladi. Ungacha biz tasvir va ifoda haqida
faqat umumiy fikrlar orqali, rassomchilik faoliyatining chuqur jihatlariga, uning
sir-asrorlari ichiga kirmay fikr yuritdik. Endi esa bu jihatlarga chuqurroq kirib
borib, uning komponentlari bilan yaqinroq tanishamiz.
Rangtasvir obrazi elementlariga chuqurroq kirib borib, ayniqsa uning eng
asosiy komponentlari – rasm, kolorit va kompozitsiyaning qonuniyatlari bilan
tanishib, о‘zimizning rangtasvir haqidagi umumiy tasavvurimiz va bilimimizni
boyitib, obrazning ichki tizimi bilan tanishamiz. Bu elementlar bilimimizni
oshirish uchun ularni tasvir va ifodaviylik bilan birgalikdagi yaxlitlikda kо‘rib
chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |