Toshkent davlat yuridik universiteti


Tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar
 
№ 
Roʻyxatdan o‘tkazish 
maʼlumotlarining nomi 
Amalga oshirish muddati 
1. 
Joylashgan joyi (pochta manzili)ning 
o‘zgarishi 
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun 
mobaynida 
2. 
Ta’sis hujjatlari maʼlumotlaridagi, 
shu jumladan, ta’sis hujjatlarining 
firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy 
shakllaridagi, ustav fondi 
miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, 
shuningdek, boshqa o‘zgarish 
(qo‘shimcha)lar 
tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs 
tomonidan tasdiqlangan paytdan 
boshlab 30 kun mobaynida 
3. 
Muassis (ishtirokchi)larning ustav 
fondidagi ulush (hissa)lari 
o‘zgarishi, aksiyadorlik jamiyatlari 
bundan mustasno 
tegishli bitim amalga oshirilgan 
paytdan boshlab 30 kun mobaynida 
4. 
Tadbirkorlik subyektlarining qayta 
tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, 
qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, 
ajratib chiqarish) 
qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 
30 kun
mobaynida 
Qayta roʻyxatdan o‘tkazish ham internet tarmog‘i orqali, ham o‘zi 
kelgan holda amalga oshirilishi mumkin. 


84 
Quyidagi hujjatlar qayta roʻyxatdan o‘tkazish so‘rovnomasiga ilova 
qilinadi: 

tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis 
hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulush (hissa)ning boshqa 
shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risidagi qarori; 

davlat tilidagi ta’sis hujjatlari; 

topshirish dalolatnomasi – qo‘shib yuborilganda va qayta 
tuzilganda; 

taqsimlash balansi – ajratib chiqarishda; 

tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon 
qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat – ustav 
fondi miqdori oshirilganda; 

tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan 
qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi 
hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar – ustav fondi miqdori 
oshirilganda; 

ulush (hissa)ning boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat 
(shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) – 
ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. 
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis 
hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda 
ariza beruvchi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllaridan yoki boshqa 
shakllardan foydalanish huquqiga ega. 
Davlat boji to‘langandan keyin tizim roʻyxatdan o‘tkazuvchi organ 
mas’ul 
xodimiga 
tegishli 
bildirishnoma 
yuboradi, 
kiritilgan 
o‘zgartirishlarni davlat roʻyxatidan o‘tkazadi va ularni elektron hujjatlar 
repozitoriysida saqlaydi. 
Ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulush (hissa) ning boshqa shaxsga 
o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan qayta roʻyxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan 
taqdirda “yagona darcha” markazi mas’ul xodimi taqdim etilgan hujjatlarni 
rad etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan ko‘rib chiqishi va qayta 
ishlashi shart. Umuman olganda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik 
hujjatlarida nazarda tutilgan, biznesni roʻyxatdan o‘tkazish tizimini isloh 
qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish davlat 
xizmatining – biznesni roʻyxatdan o‘tkazishning shaffofligi va sifati 
sezilarli darajada oshdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekistonni 2017–2021-yillarda 
rivojlantirishga doir “Harakatlar strategiyasi”da Jahon bankining


85 
“Doing Business – 2018” tadqiqotlaridagi mamlakatning xalqaro 
reytingini oshirishni ta’minlashga oid vazifa qo‘yilgan. Shu sababli 
korxonalarni roʻyxatdan o‘tkazishning yangi mexanizmi Jahon bankining 
navbatdagi “Doing Business–2018” tadqiqotlarida 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish