Toshkent davlat yuridik universiteti


nternet orqali onlayn tarzda roʻyxatdan



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

nternet orqali onlayn tarzda roʻyxatdan 
o‘tkazish
shaxsan kelgan holda roʻyxatdan o‘tkazish nisbatan bir qator 
quyidagi ustunliklarga ega: 

roʻyxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning 
asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi, natijada arizachilarni 
roʻyxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, roʻyxatdan o‘tkazishga 
davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif buyurish 
zaruriyatidan xalos etadi, bu esa arizachilarning bilvosita sarf-xarajatlarini 
kamaytiradi; 

hujjatlar internet orqali onlayn topshirilganda biznesni roʻyxatdan 
o‘tkazish, shu jumladan, qayta roʻyxatdan o‘tkazish uchun davlat bojlari 
stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga nisbatan ikki barobar kam qilib 
belgilangan; 

biznesni roʻyxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va 
topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash, 
to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi; 

roʻyxatdan o‘tkazishga so‘rovnoma tanlanayotgan firma nomini 
avtomatik tarzda tekshirishni inobatga olgan holda arizachi tomonidan 
maʼlumotlarni asosan ochiladigan menyudan tanlash yo‘li bilan onlayn 
to‘ldiriladi, bu esa noaniqliklarni bartaraf etadi, taqdim etilayotgan 
maʼlumotlarni standartlashtiradi va ularni qayta ishlashni soddalashtiradi; 

biznesni roʻyxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni elektron raqamli 
imzo bilan imzolash talab etilmaydi, bunda Oʻzbekiston Respublikasi 
fuqarolari yagona portalda unda ko‘rsatilgan usullardan biri orqali 
masofadan roʻyxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi; 

arizachilarning xohishiga ko‘ra avtomatlashtirilgan tizim arizada 
ko‘rsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib shakllantiradigan, ta’sis 
hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanish yoki arizaga skaner 
qilingan ta’sis hujjatlarini ilova qilish mumkin. 


79 
Ushbu sohada olib borilgan islohotlar samarasi o‘laroq endilikda 
yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) o‘z faoliyatlarini vaqtinchalik 
to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi arizani avtomatlashtirilgan 
tizim orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi, bu esa YaTTning soliqlar 
to‘lamaslik bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiliklarini soddalashtirish va 
pasaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlik subyekti barcha tegishli 
vakolatli davlat (litsenziyalovchi va hokazo) organlarini uning manzili 
(joylashgan 
joyi, 
yashash 
joyi) 
o‘zgarganligi 
to‘g‘risida 
avtomatlashtirilgan tizim vositasida bir vaqtning o‘zida xabardor qila oladi, 
bu esa davlat organlariga alohida xabarnomalar jo‘natishga zarurat 
qoldirmaydi. Shuningdek, qayta tashkil etish to‘g‘risidagi axborotni bosma 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish to‘g‘risidagi talabni bekor qiladi, 
bunda axborot bilan kreditorlar tanishib chiqishlari uchun yagona portalda 
e’lon qilish yetarli bo‘ladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish