Bu holat uch fazali tizimlarni bir fazalilarga nisbatan quyidagi bir qator afzalliklari bilan izohlanadi:
1) elektr energiyasi uch fazali toklar sistemasi ko„rinishida uzatilganda bir fazali tok ko„rinishida uzatilgandagiga nisbatan qariyb 50% rangli metall tejaladi;
2) uch fazali toklar sistemasi tuzilishi jihatdan sodda, yaxshi ish xarakteristikalariga ega bo„lgan, ishlashda ishonchli va arzon hamda bir necha 10 Vt dan 100 kVt va undan katta quvvatli motorlar, transformatorlar va boshqa qurilmalarni yaratish imkonini beradi;
3) uch fazali simmetrik va to„rt simli nosimmetrik sistemada birbiridan
3 ga farq qiluvchi ikkita kuchlanishdan foydalanish mumkin bo„ladi. Uch fazali zanjirlarni hisoblash bir fazali sinusoidal tok zanjirlarini hisoblashga ma‟lum jihatdan o„xshash bo„lsa-da, zanjirda boshlang„ich fazalari har xil bo„lgan bir nechta EYK va toklar ishtiroki hisoblashni ancha murakkablashtiradi.
Nosinusoydal tok kattaliklari
Davriy signal (tok va kuchlanish)lar qiymatlari vaqt bo„yicha sinusoidadan farqli bo„lsa, bunday signallar nosinusoidal deb ataladi. Nosinusoidal signal shakli, davri va eng katta qiymati bilan aniqlanadi. Demak, davriy nosinusoidal tok va kuchlanishlar deb, vaqt bo„yicha davriy ravishda nosinusoidal qonun bilan o„zgaruvchi tok va kuchlanishlarga aytiladi. Nosinusoidal tok asosan elektr zanjirlarining quyidagi uch xil ishlash rejimlarida yuzaga keladi: a) agar chiziqli zanjir nosinusoidal EYK yoki tok manbayidan ta'minlanayotgan bo„lsa; b) agar EYK yoki tok manbayi sinusoidal bo„lib, zanjirdagi bir yoki bir nechta elementlar VAX lari nochiziq bo„lsa; v) agar nochiziq elementlarga ega bo„lgan zanjir nosinusoidal EYK yoki tok manbayidan ta'minlanayotgan bo„lsa.
Magnit maydonning vaqt bo‘yicha o‘zgarayotgan
kuch chiziqlari berk o‘tkazgichni
kesib o‘tayotganda o‘tkazgichda elektr
tokining hosil bo‘lish hodisasi elektromagnit
induksiya deb ataladi. Bu
hodisa natijasida hosil bo‘lgan tok
induksion tok deyiladi.
«Induksiya» so‘zi lotinchada «uyg‘otish» ma’nosini
bildiradi.
Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasis.dan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi.
Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi — -0,8 kVt/m2quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.
Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang Geliokonsentrator).
Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |