Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Dehqon xo‘jaliklari 
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi 
hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. 
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda 
foydalanishi mumkin emas.
Dehqon xo‘jaligi
oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy 
mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga 
berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi
 (1998-
yil 
30-apreldagi 
“Dehqon 
xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi 
qonunning
1-moddasi).
 
Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon 
xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (er), bolalari, 
shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-
onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi 
berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biri.
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini 


56 
yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini 
bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqli. 
Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga 
belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat 
roʻyxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. 
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-
daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek, zaxira 
yerlarda tashkil etiladi. 
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj 
bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining 
tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza 
beradi. 
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) 
masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon 
xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish boʻyicha 
asoslantirilgan rad javobini yuboradi. 
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish 
to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi 
organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. 
Dehqon xo‘jaligi davlat roʻyxatiga olingach, unga dehqon xo‘jaligi 
boshlig‘iga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi 
davlat hujjati hamda davlat roʻyxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi 
belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. 
Dehqon xo‘jaliklarini davlat roʻyxatidan o‘tkazganlik uchun davlat 
boji undirilmaydi.
Yer uchastkasi qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila 
ehtiyojlari uchun yetishtirish, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi 
hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish