Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Kommandit shirkat
o‘zining huquqiy xususiyatlari bilan ham to‘liq 
shirkatga, ham xo‘jalik jamiyatlariga o‘xshab ketadi. Shuning uchun uni 
to‘liq shirkat bilan xo‘jalik jamiyati oralig‘idagi yuridik shaxs desa ham 
bo‘ladi. Shuning uchun ham to‘liq sheriklar bilan bog‘liq munosabatlar 
to‘liq shirkatga oid normalar bilan tartibga solinadi. Kommandit shirkatni 
ham to‘liq shirkat kabi ishtirokchilarning soni uncha ko‘p bo‘lmagan 
tijorat tashkilotlariga o‘xshatish mumkin. Bunda ishtirokchilarning eng 
kam miqdori ikki shaxs (bitta to‘liq sherik, bitta kommanditchi)dan iborat, 
eng ko‘p miqdori esa qonun bilan cheklanmagan. Kommandit shirkatdagi 
to‘liq sheriklar to‘liq shirkatdagidek shirkatning nomidan xo‘jalik 
faoliyatini amalga oshiradi. 
Kommanditchilar shirkat faoliyatini boshqarishga hamda uning 
nomidan faoliyat ko‘rsatishga haqli emas. Shirkat nomidan vakolatnoma 
berilgan hollar esa bundan mustasno, shuning uchun ham kommanditchilar 
shirkat faoliyatida passiv ishtirok etadi. Biroq kommanditchi to‘liq 
shirkatga nisbatan muayyan ustunliklarga ega, ya’ni birinchidan, uning 
shirkat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi qo‘shgan hissasi bilan 
cheklangan bo‘lsa; ikkinchidan, shirkat tugatilayotganda kreditorlarning 
talabi qondirilgach kommanditchilarning ham talabi qondiriladi. 
Agar kommandit shirkatning firma nomiga kommanditchining nomi 
qo‘shilgan bo‘lsa, u to‘liq sherikka aylanadi hamda o‘ziga tegishli bo‘lgan 
barcha mol-mulklari bilan shirkat majburiyatlari boʻyicha javobgar 
bo‘ladi. 


51 
Yuqorida kommandit shirkat ayrim xususiyatlari bilan xo‘jalik 
jamiyatiga o‘xshab ketishi aytilgan edi. Bu yerda kommanditchini xo‘jalik 
jamiyati a’zosi yoki aksiyadordan farqini bilib olish katta ahamiyat kasb 
etadi. Agar xo‘jalik jamiyatining ishtirokchi (aksiyador)lari umumiy majlis 
orqali jamiyat boshqaruvida ishtirok etishsa, kommanditchi esa shirkat 
boshqaruvida ishtirok eta olmaydi, balki uning faoliyatini nazorat qiladi 
xolos. 
Kommandit shirkat kommanditchilarning barchasi undan chiqib 
ketganda yoki to‘liq shirkatni tugatish uchun asos bo‘lgan holatlar vujudga 
kelganda tugatilishi mumkin. Kommandit shirkatda kommanditchilar 
qolmaganda u to‘liq shirkatga aylantirilishi mumkin. Shuning uchun 
Fuqarolik kodeksining 58-moddasida yakka tadbirkorlar va (yoki) 
tijoratchi tashkilotlar to‘liq shirkatlarning ishtirokchilari hamda 
kommandit shirkatlarda to‘liq shirkatlar bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan, 
chunki aynan ular tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. 
Mazkur talab Oʻzbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari 
to‘g‘risida”gi qonunida ham o‘z aksini topgan. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish