Toshkent davlat yuridik universiteti


qo‘shimcha  mas’uliyatli jamiyat



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyat
ham mavjud. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning 
faoliyati asosan mas’uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari 
bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining
63-moddasiga muvofiq qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi 
jamiyatning nomini, shuningdek, “qo‘shimcha mas’uliyatli” degan 
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat 
majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida 
javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi.
 
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav fondining 
(ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira 
fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning 
ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan 
ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. 
Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, 
lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof 
foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.


48 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini 
jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan 
ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya’ni jamiyatining ishtirokchilari uning 
majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan 
hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali 
miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladi. 
 
Xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar) 
Avvalambor, xo‘jalik shirkatining ustav kapitali xo‘jalik jamiyatining 
ustav kapitalidan iqtisodiy hamda huquqiy jihatlari bilan farqlanadi. 
Xo‘jalik shirkatida ustav kapitali uning ish faoliyatini boshlash uchun 
zarur bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatida ustav kapitali uning kreditorlari oldidagi 
javobgarligining kafolatidir. 
Xo‘jalik shirkatining xo‘jalik jamiyatlaridan farqi shundaki, shirkat shaxslarning 
birlashuvini hamda ularni shirkat faoliyatida faol ishtirokini talab qilsa, xo‘jalik 
jamiyatlarida mablag‘ (kapital) birlashtiriladi va unda ishtirokchilarning jamiyat 
faoliyatida shaxsan ishtiroki talab qilinmaydi. 
Qonun xo‘jalik shirkatining ustav fondini uning asosiy aktivlari bilan 
bevosita bog‘lab qo‘ygan. Agar shirkatning zarar ko‘rishi natijasida uning 
asosiy aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, shirkat 
tomonidan olingan daromad uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi. 
Asosiy aktivlarning qiymati ustav kapitali miqdoridan oshgandagina 
daromadlar uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Shirkat 
kreditorlari manfaatlarining asosiy kafolati uning ishtirokchilarining 
o‘zlariga tegishli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan bo‘lgan javobgarligidir. 
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat bo‘lishi uchun uning ishtirokchilari o‘z 
o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanishlari hamda uning majburiyatlari boʻyicha 
o‘zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob berishlari lozim. To‘liq 
shirkatning holati ishtirokchilarning soni uncha ko‘p bo‘lmagan tijorat 
tashkilotlariga ko‘proq mos keladi. To‘liq shirkatda uning ishtirokchilari 
soni cheklanmagan, biroq uni ta’sis etish uchun kamida ikki ishtirokchi 
bo‘lishi shart. 
Agar qandaydir sabablar tufayli to‘liq shirkat faqatgina yagona 
ishtirokchidan iborat bo‘lib qolsa, mazkur holat yuz bergan vaqtdan 
boshlab olti oy muddat ichida mazkur to‘liq shirkatga yangi to‘liq sheriklar 
qabul qilinib, u saqlab qolinishi yoki unga hissa qo‘shuvchi a’zo topilib, u 
kommandit shirkatga aylantirilishi yoxud tugatilishi lozim. Mazkur holatda 


49 
to‘liq shirkat yagona ishtirokchi bilan xo‘jalik jamiyatiga aylantirilishi 
mumkin. To‘liq shirkatni ta’sis etish xo‘jalik jamiyatini ta’sis etishdan 
ko‘ra birmuncha osonroq, ammo to‘liq shirkatning o‘ziga xos kamchiligi 
mavjud. Bu shirkat ishtirokchilari shirkat majburiyatlari boʻyicha o‘zlariga 
qarashli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan solidar tarzda, subsidiar tarzda 
javobgar bo‘lishidir. Demak, to‘liq shirkatning qarzini qoplash uchun mol-
mulki yetarli bo‘lmasa, undiruv shirkat ishtirokchilarining mulkiga 
qaratilishi mumkin. Xo‘jalik jamiyatlarida esa ishtirokchilar uning 
majburiyatlari boʻyicha faqatgina ustav kapitaliga qo‘shgan hissalari 
qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish