Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

To‘liq shirkat
ishtirokchilari javobgarligining solidar xususiyati 
shundan iboratki, bunda shirkatning kreditori mulkiy talabni shirkat 
ishtirokchilarining barchasiga yoki bo‘lmasa ularning istalgan biriga 
qo‘yishi mumkin. 
To‘liq shirkatning ishlarini boshqarish barcha ishtirokchilarning 
o‘zaro kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Shirkatning ta’sis 
shartnomasida boshqa qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, shirkat faoliyati 
bilan bog‘liq masalalarni hal etishda har bir ishtirokchi bitta ovozga ega 
bo‘ladi, ya’ni ishtirokchilar ustav kapitaliga qancha hissa qo‘shganligidan 
qat’i nazar, ular boshqaruvda tengdir. 
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning 
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan 
ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun 
o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir nechta 
ishtirokchilar (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat 
kommandit shirkat hisoblanadi. 
Shirkatning ishtirokchisi undan o‘z erki bilan chiqib ketishi mumkin. 
Cheklanmagan muddatga ta’sis etilgan to‘liq shirkatdan uning 
ishtirokchilari o‘z xohishi bilan chiqib ketishini qonun man etmaydi. 
Ishtirokchi shirkatdan chiqib ketganligi to‘g‘risida hech kimga hisobot 
berishi shart emas, biroq u uch oy oldin bu haqida shirkatni xabardor 
qilishi lozim. Agar to‘liq shirkat muayyan muddatga tuzilgan bo‘lsa, 
ishtirokchining shirkatdan muddatidan avval chiqib ketishiga uzrli sabab 
bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Uzrli sabablar roʻyxati esa ta’sis 
shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 


50 
To‘liq shirkatning ishtirokchilari yetarli asoslar mavjud bo‘lganda o‘z 
majburiyatlarini jiddiy ravishda buzayotgan hamda shirkat faoliyatida 
yetarli darajada ishtirok etmayotgan sheriklarni sud orqali uning tarkibidan 
chiqarib yuborishlari mumkin. 
To‘liq shirkat huquqiy holatining asosiy xususiyatlaridan biri shuki
undan chiqib ketayotgan ishtirokchilar chiqib ketayotgan yil uchun hisobot 
tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki yil ichida shirkatning majburiyatlari 
boʻyicha boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda solidar tarzda subsidiar 
javobgar bo‘lishadi. 
Ulushni o‘tkazish yoki merosni qabul qilish tufayli to‘liq shirkatga 
qabul qilingan ishtirokchilar uning avvalgi majburiyatlari boʻyicha boshqa 
ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgar bo‘ladi. To‘liq shirkat ta’sis 
etilganidan so‘ng unga a’zo bo‘lgan ishtirokchi faqatgina u sherik bo‘lib 
kirgan vaqtdan boshlab vujudga kelgan majburiyatlar uchun javobgar 
bo‘ladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish