Mavzu:MC DONALD'S tarixi 2-bosqich talabasi Baratov Abbos - McDonald’s (talaffuzi: MakDonalds) — Amerika korporatsiyasi boʻlib, bugungi kunda jahondagi eng yirik fastfood restoranlar tarmogʻi hisoblanadi.1940-yili Richard va Maurice McDonald tomonidan AQShning Kaliforniya shtati San Bernardino shahrida restoran oʻlaroq asos solingan. 1955-yilda ishbilarmon Ray Kroc ushbu shirkatga franshiza agenti sifatida qoʻshildi va keyinchalik aka-uka McDonaldlardan uni sotib oldi. McDonald’s shirkati shtab-kvartirasi Illinois shtatining Oak Brook shahrida boʻlgan, 2018-yilning iyunida esa shtab-kvartirasi Chicagoga koʻchirildi.
- McDonald’s daromadiga koʻra jahondagi eng yirik restoranlar tarmogʻi boʻlib, 2018-yilga koʻra, 100 dan oshiq mamlakat va hududlarda 37 855 ta doʻkonlarga egadir. Bu restoran tarmoqlari har kuni 69 milliondan oshiq mijozlarga xizmat koʻrsatishadi. McDonald’s hamburgerlari, chizburgerlari va kartoshka frilari ortidan tanilgan boʻlsa-da, mahsulotlari qatoriga gazli ichimliklar, sut va muzqaymoqli ichimliklar, vraplar va desertlar ham kiradi. Mijozlarning taʼbi oʻzgarishi va korporatsiya oziq-ovqatlarining nosogʻlomligiga salbiy reaksiyasiga[14] javoban kompaniya menyusiga salatlar, baliq, smuzilar va mevalarni qoʻshdi. McDonald’s korporatsiyasi franchayzilar tarafidan toʻlanadigan ijara va toʻlovlar, shuningdek, kompaniya boshqaradigan restoranlardagi savdodan foyda koʻradi. 2018-yilgi ikki hisobotga koʻra, McDonald’s 1.7 million ishchisi bilan jahondagi ikkinchi eng yirik ish beruvchi xususiy shirkatdir (birinchi oʻrinni 2.3 million ishchisi bilan Walmart egallab turibdi). 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, McDonald’s brend bahosiga koʻra, jahonda toʻqqizinchi oʻrinni band etib turibdi
McDonald’s McDonalds haqida ma’lumot - Tarmogʻi Restoranlar, koʻchmas mulklar[1][2]
- Qachon asos solingan 15-may, 1940-yil (82 yil avval)
- AQSH bayrogʻi San Bernardino, California, AQSh
- Hududiy xizmati Umumjahon (119+ davlat)
- Asoschi(lari) Richard va Maurice McDonald
- Ray Kroc
- Xoʻjayinlar
- Enrique Hernandez Jr.[3]
- (xoʻjayin)
- Chris Kempczinski
- (prezident va bosh direktor)
- Mahsulot(lar)i
- Hamburgerlar Joʻja Kartoshka frilar Ichimliklar Sut va muzqaymoqli ichimlik Salatlar Desertlar Kofe
- Aylanma daromadi Green Arrow Up Darker.svg AQSh$21,076 milliard
- Operatsion foydasi Green Arrow Up Darker.svg AQSh$9.070 milliard
- Boyligi Decrease AQSh$32.811 milliard
- Toza foyda Green Arrow Up Darker.svg AQSh$6.025 milliard
- Ishchilar soni Tax. 210 000 (2018)
- Vebsayti www.mcdonalds.com
- corporate.mcdonalds.com
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |