O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
III.4. Anketa metodi 
Anketa metodi
hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha 
anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan 
ma’lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga 
kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo‘linadi.
Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi
yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi 
o‘ziga ma’qul bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni belgilab 
beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan 
vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni 
statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketadan respondentga 
tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham 
hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmasligidir. Shunday holatlarda 
respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi 
mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa 
tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish 
uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketaga kiritilgan savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin. Masalan, «... 
xususida Sizning fikringiz?», «... ekanligini bilasizmi?», «... Sizga ma’qulmi?» va 
shunga o‘xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, 
«Ba’zi odamlar ... deb hisoblaydilar. Sizchi?» yoki oilaviy daromad qiziqtirgan 
sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Daromadingiz qancha?» demasdan, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari ro‘yxati va boshqa pul bilan bog‘liq narsalarning bor-yo‘qligini so‘rash 
yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin.
33


Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiruvchilarga «proyektiv» savollar ham beriladi. 
Bunda shaxsga bir qancha hayotiy vaziyatlar, u yoki bu xulq-atvor shakllari taklif 
qilinib, ular ichidan o‘ziga ma’qul, u ma’qullashi mumkin bo‘lganini tanlash 
topshirig‘i 
beriladi. 
Vladimir 
Aleksandrovich 
Yadov 
shunday 
hollarda 
munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ba’zi 
odamlar «Mening fikrimga to‘g‘ri kelmaydigan narsani gapirishsa, men hattoki ularni 
eshitishni ham xohlamayman», deydilar. Sizning fikringiz qanday? 
1.
Ularga to‘laligicha qo‘shilaman.
2.
Ularga qo‘shilaman.
3.
Qo‘shilaman, faqat butunlay emas. 
4.
Ularga qo‘shilolmayman. 
5.
Ularga tamoman qo‘shila olmayman. 
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi: 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish