Taqrizchilar:
S.M.Musinov – SamDU psixologiya kafedrasi dotsenti
A.I.Saidov – SamDChTI pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti
Z.E.Abduraxmonova – O‘zMU psixologiya kafedrasi dotsenti
ISBN –
2
KIRISH
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning
ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi
yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq
amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz
yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.
Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun
zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz
1
”, deb ta’kidlagan edi.
Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston
Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning
Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni
tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik
diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z
iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial
munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy
qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa,
inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom
insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning
uchun bugungi kunda Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial
1
Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston,
2016. – B. 14.
3
psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy
vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy
munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini
hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha
dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga
ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga,
fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar
manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga
majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish,
uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish
uchun
bo‘lg‘usi
mutaxassis,
pedagog-o‘qituvchi,
ziyoli
ijtimoiy
borliq
qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalanib, turmush normalariga
bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado
etishga tayyor bo‘lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar
hukmiga havola etilayotgan “Sotsial psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi shaxs va jamiyat
munosabatlari qonuniyatlarini tavsiflashga bag‘ishlangandir.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |