O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

1.
 
Kirish qismi, 
bu yerda tadqiqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, unga 
sabab bo‘lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‘tkazganligi yoziladi. 
2.
 
Dastur qismi,
bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va 
vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi. 
3.
 
Tadqiqot ob’yekti va uslublar
empirik tadqiqot ob’yektining xususiyatlari, 
tanlangan metodlar, sinov bosqichida to‘plangan ma’lumotlar, ularning ishonchliligi 
qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi. 
4.
 
Gipotezalardan 
keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi 
kichik jadvallar yoki grafiklarda ko‘rsatiladi. 
5.
 
Xulosa va tavsiyalar
ular tadqiqotning mantig‘idan chiqariladi. 
6.
 
Yakuniy,
barcha qilingan ishlar bo‘yicha yakun yasalib, kelajak uchun 
rejalar belgilanadi. 
7.
 
Ilova.
Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, 
kompyuter dasturlari, statistika ma’lumotlari, katta jadvallar va shunga o‘xshash 
tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi. 
Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning 
sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi 
ko‘rsatkichlar hisoblanadi va u o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi. 
 
III.2. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi
Sotsial 
psixologiyada 
qo‘llanilgan 
metodlar 
psixologiyaning 
boshqa 
tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko‘ra farq 
qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o‘ziga xos xususiyatlarga hamda 
ko‘rinishlarga ega. Bu o‘ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial 
kontekstdan, uning xilma-xil ko‘rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib 
29


chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o‘tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda 
nimani o‘rganish qancha vaqt mobaynida o‘rganish kabi muhim muammolar hal 
etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.
Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo‘lsak, u sotsial 
psixologiyada o‘ziga xos sotsial sharoitlarda o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum 
guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l 
bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt 
mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy 
tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja 
asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu sotsial xulq-atvor shakllari qayd etiladi. 
Bu uslub qo‘llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. 
Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos 
kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab 
chiqish, ma’lum reja sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish, olingan 
natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko‘rish.
Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko‘ra kuzatish har xil 
bo‘ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish ob’yekti bo‘lmish odamlar 
guruhi bilan birga yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot 
to‘playdi. Bunday kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi. Bunday 
kuzatishning klassik misoliga amerikalik sotsial psixolog U.Uaytning o‘smirlar 
psixologiyasi, ular guruhidagi sotsial psixologik hodisalarni o‘rganishga qaratilgan 
mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi 
og‘ir o‘smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o‘rganish maqsadida ular bilan 
uzoq vaqt mobaynida bo‘lib, ma’lumot to‘plagan. U kuzatishlari oqibatida 92% 
tarbiyasi og‘ir bolalarning o‘z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo‘lmaganligini 
aniqlagan.
Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o‘z ob’yektini chetdan kuzatadi, shuning 
uchun ham bunday kuzatuv turi «chetdan kuzatuv» yoki «ob’yektiv kuzatish» deb 
ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-atvorini qayd 
qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni 
30


isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham sotsial psixologiyada yordamchi usul sifatida 
ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob’yektiv kuzatishning «muhim vaziyatlarni qayd etish» 
formasi keng qo‘llanilmoqda. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda alohida 
shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinib, ularning shu 
vaziyatga munosabati, undan chiqish yo‘llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda 
o‘zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o‘quvchilar 
guruhlarida turli munozarali o‘yinlar sharoitini yaratish yo‘li bilan har bir shaxsning 
sotsial psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin.
Bizning fikrimizcha sotsial psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning 
xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda 
kuzatish metodiga xos bo‘lgan eng qimmatli narsa sharoitning tabiiyligi saqlanib 
qolinadi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish