O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Birinchidan
, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni ko‘p turdagi 
ma’lumotlarni sotsial psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, 
bixevioristlar 
bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qiladiganlar xulq-
atvor shakllarini qabul qilishsa
, kognitiv 
psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli 
bo‘lgan belgilarini tushunadilar. 
Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, 
avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy 
jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi 
aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi 
masalasi ham muhimdir. Masalan, sotsial psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish 
qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan miqdordagi kishilar yoki 
guruhda tadqiqot o‘tkazish mumkin bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Lekin, 
ba’zan tadqiqotchi ko‘p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko‘radiki, bunda turli 
guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi 
aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi.
Ikkinchi
metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida 
qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot 
boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq 
chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq, puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita 
bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘pincha fan sohasiga endigina qadam qo‘ygan yosh 
27


olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial 
psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali 
o‘tkazilmaydi.
Uchinchi
muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’ni 
qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.
Sotsial psixologik ma’lumotlarning ishonchliligi. 
Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob’yektini qanchalik 
to‘g‘ri tanlangani hamda to‘plagan ma’lumotlarining ishonchliligini qanday usullar 
bilan tekshirganligi nazarda tutiladi. 
Ba’zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu 
narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan yana bir kamchilik bu o‘sha o‘rganish ob’yektining hajmi yoki soni xususida. 
Chunki amaliyotda ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot 
shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish 
boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini, tadqiqotning nazariy asosini 
yaxshi bilgan holda to‘g‘ri ilmiy tahminlar, gipotezalar ilgari surilgan bo‘lsa, u 
kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarning ma’lumotiga ham ishonishi mumkin 
(masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akademik guruhida 
o‘rganish mumkin).
Lekin tadqiqot uslubini, metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj-sinov tadqiqoti 
o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Unda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini 
ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar 
ob’yektining to‘g‘ri tanlanganligini ham ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini 
ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment 
yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining 
ishga qanchalik yaroqliliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Lekin asosiy tadqiqot o‘tkazilgandan so‘ng tekshiruvchi to‘plagan 
ma’lumotlarning asosligi (validlilik), ya’ni tanlangan uslubining aynan shu sifatlarni 
tekshirishga qaratilganligini, ularning turg‘unligini, ya’ni har qanday sharoitda ham 
shu metod yordamida va shu sharoitda ayni shu xildagi ma’lumot to‘plashini va 
28


ma’lumotlarning aniqligini, ya’ni tanlangan uslub maqsadga muvofiqligini isbotlab 
berishi kerak.
Nihoyat, ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan 
hisobotiga ham bog‘liq. Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi 
bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish