O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


III.3. Hujjatlarni o‘rganish metodi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

III.3. Hujjatlarni o‘rganish metodi
Hujjatlarni o‘rganish metodi
sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu 
metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning 
mahsulini tekshirishga 
imkon beradi hamda 
to‘plangan 
ma’lumotlarning 
ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. 
Hujjat deganda og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olgan 
qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazetalar, jurnallardagi 
maqolalar, xatlar, siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan 
ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham 
miqdoriy analiz qilish usuli sotsial psixologiyada 
kontent analiz 
deb ataladi.
Kontent analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda 
ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni 
ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik 
sotsiologlar Garold Duayt Lassuell va Bernard Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni 
birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmunini, 
g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy 
amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent analiz qilib, ularni 
31


fashistik yo‘nalishdagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini 
ta’qiqlashga erishgan edilar.
Kontent analizni qo‘llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu 
tekshiruv birliklari kategoriyalarini aniqlashdir. Chunki, bunday birliklar tadqiqotning 
maqsadi va tadqiqotchining e’tiqodi va dunyoqarashiga ko‘ra har xil bo‘lishi 
mumkin. Masalan, o‘sha kontent analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar 
bunday birlik ramziy birlik yoki simvollar bo‘lishi mumkin, deb hisoblashgan 
bo‘lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi Leo Lyovental’ bunday birlik yaxlit mavzu 
bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Rus sotsiologlari va tadqiqotchilari esa Sotsial g‘oya 
yoki ahamiyatli mavzu bo‘lishi kerak, degan fikrga to‘xtalishgan. Aslida, ma’naviy 
birliklar kontent analizda ilmiy tahmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan 
belgilanishi kerak. 
Shuning uchun ham ko‘pgina tadqiqotlarni umumlashtirib, analiz uchun 
birliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz: 
a) alohida iboralar yoki so‘zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, 
demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo).
b) yaxlit abzatslar, matnlar, maqolalarda ko‘tarilgan mavzular (masalan, 
millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va 
hokazo) 
v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; 
g) sotsial hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy 
mojarolar, O‘zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga 
o‘quvchilarning munosabati va shunga o‘xshash).
Yaxshi o‘tkazilgan kontent analiz – aslida sotsial psixologik tadqiqotlarda juda 
muhim ahamiyatga ega. Lekin olingan ma’lumotlarning ishonchliligi shu borada 
ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa 
metodlarni ham qo‘llash va ma’lumotlarni solishtirish hamda ayni ob’yektni ayni 
vaziyatda qayta tahlil qilish yo‘llari bilan erishiladi. To‘plangan miqdoriy 
ma’lumotlar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlovdan o‘tkazilmog‘i 
lozim. Kontent analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir 
32


tomondan u yoki bu matnni tushunish mahoratining bo‘lishi, ikkinchidan, tadqiqot 
so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy natijalarni yana qayta sifat shakliga keltirish va 
tushuntirib berish lozim.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish