1. Kirish qismi yoki
«respondentga murojaat» deb ataladi, bu qismda odatda
tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning
qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan
ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to‘ldirish
yo‘llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi
bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.
2. Asosiy qism
. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor
berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho‘chitib
qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham
mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini
qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana «neytralroq»
savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism
respondentning shaxsiy sifatidagi ob’yektiv ma’lumotlarni
olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va
boshqalar so‘raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali
yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi.
34
To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular
kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
III.5. Sotsial psixologik testlar
Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo‘lib, ular
yordamida u yoki bu sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul –
testda tekshiriladi. Testlar 20-30-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, ular hayotga,
amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo
bo‘ldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob’yektning u
yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish, bu testni faqat
qanday turdagi ob’yektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’yektlardagina qo‘llash
mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin
shunday bo‘lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib
keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot
sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs
aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’yektlarda
sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani,
olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi
Kettel
shaxs sifatlarini
sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni
o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik
sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash).
Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs
xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel
testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya,
faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z «kaliti»
bo‘ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuviga ko‘ra ishonchli
shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni hech
kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo‘lgan
35
testlarga kelsak, masalan, o‘sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning
O‘zbekiston sharoitida ishlatish kerak bo‘lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni
amaliyotda qo‘llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3
ming kishilik ob’yekt, ya’ni odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan va
to‘plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |