www.ziyouz.com kutubxonasi
60
akasining murdasini bosib o‘tgan bo‘ladi. Zohidning sergak ongi bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Hozir pora taklif etayotgan bu juvonga qarab, g‘azabini ichiga yutdi. «Bu ayol chaynalib
gapiryapti. Umrida birovdan o‘zi uchun bir narsa so‘ramagan, ta’ma qilmagan odam
shunaqa bo‘ladi. «Men sizga shuncha beray, erimni qo‘yib yuboring», deyishga andishasi
yo‘l bermayaptimi?»
— Sizga bu gaplarni birov o‘rgatdimi yo o‘zingiz o‘ylab topdingizmi?
Zohidning ovozida qahr, g‘azab zohir edi. Nasiba bu yigitning tez o‘zgarishini kutmagani
uchun bir seskanib tushdi, tamom o‘zini yo‘qotdi.
— Bunaqa gaplar uchun...
Nasiba yig‘lab yubormay, deb pastki labini tishladi. «Mayli, meni ham qamay qoling.
Sizlar begunoh odamlarni qamash, mayib qilish, xo‘rlash uchun dunyoga kelgansizlar.
Sizlar biz bechoralarning ko‘z yoshlarini, jigar qonlarini tilla tog‘larga aylantirasizlar.
Harom non yeb qorinni qappaytirasizlaru yana bizlarga do‘q urasizlar?!» degan hayqiriq
ko‘kragini ezdi, ammo bo‘g‘zidan nariga ko‘tarilmadi. Dardi ichida qolaverdi. Haqiqatni
aytish shunaqa qiyin. Ayniqsa nopok odamlarga (Nasibaning nazarida Zohid ham
nopoklardan edi) bas kelish mushkul. Undan ko‘ra o‘ttiz besh ming so‘mni topib berish
osonroq. Nasiba «bu yigitga bekor uchrabman. Endi o‘rtaga qo‘ygan odami bilan
gaplashaveraman», degan fikrga kelib joyidan qo‘zg‘oldi.
— Kennoyi, kim nima desa so‘ziga uchavermang. Besh qo‘l barobar emas. O‘ylab ish
qiling.
Zohidning muloyimlashgani juvonni yana o‘rniga qaytardi.
— Axir xat olib kelishdi-ku? — dedi ajablanib.
— Qanaqa xat?
Nasiba cho‘ntagida g‘ijimlab turgan xatni chiqarib uzatdi. Zohid shoshib olib o‘qidi.
— Dastxat eringiznikimi, aniqmi?
— O‘zlariniki, xatlarini tanimaymanmi?
Zohidga voqea ravshanlashdi. U turmalardagi ahvolni bilardi. Lekin juvonga xatning
yozilishi tarixini aytolmasdi. Aytsa, bu xotinning esi og‘ib qolishi hech gapmas.
— Siz... uyingizga boring. Bu ishni bizga qo‘yib bering. Agar pulni so‘rab kelishsa, ikki
soatdan keyin keling, dengu menga xabar bering.
Zohid gapini tugatishi bilan eshik ochilib, bashang kiyingan yigit kirib keldi. Zohid
prokurorning yordamchisi bilan yaqin aloqada bo‘lgan bu tergovchini tanirdi, ammo
hamsuhbat bo‘lmagan edi. Uning xonaga beruxsat kirib kelib, yana o‘tirib olishi g‘ashini
keltirdi. Nasibaga «boravering» deganday qarab qo‘ydi. Juvon o‘rnidan turganida yigit
uni to‘xtatdi.
— Kechirasiz, opa, siz kim bo‘lasiz?
— Bu kishi Namozova, suhbatga chaqirgan edim, — dedi Zohid sovuq ohangda.
— E, anavi bechoraning xotinimisiz? — dedi yigit achingan odamday. — Eringizni
tushunmovchilik bilan qamashibdi. Bugun qo‘yib yuboramiz.
Ayol tushimi yo o‘ngi ekanini bilmay tamom gangidi.
— Siz ketavering. Osh-posh pishguncha eringiz uyingizga kirib boradi.
— Rostmi... voy...
— E, odamlarga yaxshi gap aytsang ham ishonishmaydi-ya! Prokuror yordamchisi hozir
buyruq berdi. Eringiz ozod. Tezroq boring uyingizga.
Ayol ajablanib, Zohidga bir qarab oldiyu xonadan shoshilib chiqdi.
Zohid juvonning savol nazariga javob berishga ojiz, chunki uning hayronligi ham
ayolnikidan kam emasdi.
— Gapingizga tushunmadim? — dedi Zohid, ayol chiqib ketishi bilan.
— Vinzavod direktori prokuror yordamchisiga kelib hammasini o‘zi tashkil qilganini
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |