Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

O‘ninchidan
, bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‗la boshladi. 
Natijada xaridorgir, ommaning o‗tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga 
harakat kuchaydi. Shuning oqibati o‗laroq o‗zbek adabiyotida erotik tasvirlar, sarguzasht 
yo‗nalishidagi oldi-qochdi bitiklar ko‗paydi.
Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko‗nglini, ruhiyatini tasvirlashga 
e‘tibor qaratmoqda. Natijada inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi.
She’riyat
bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo‗lib qolmoqda. 
A.Oripov, Rauf Parfi, H.Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, 
Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‗zimuhammad, 
Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Halima Ahmad, Rustam 
Musurmon singari shoirlarning she‘rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga 
ko‗tarilgani namoyon bo‗ladi.
Bu davr she‘riyatida o‗tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‗rgatish emas, balki 
inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e‘tibor ortdi. Hissiyot 
qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga 
urinish kuchaydi. Istiqlol she‘riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Sharq nazmidan ham, G‗arb 
adabiyotidan ham samarali o‗rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda 
she‘rxonlik ko‗ngilochar mashg‗ulot bo‗lmay qoldi. She‘r bilan tillashadigan o‗quvchining 
tafakkuri ham, qulog‗i ham, ko‗zi ham, hatto tuyg‗ulari ham bir qadar zo‗riqishi, she‘r 
o‗qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo‗lib qoldi. 
Rauf Parfining: 
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim,
Chopilgan oyog‗im bilan chopdim men.
Kesilgan qo‗limni sizga uzatdim,


405 
Bu dunyo gullarga to‗ldi. Qotdim men, – 
singari badiiy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual tayyorgarlik zarur 
bo‗ladi. O‗ziga xos shoirlardan biri Faxriyorning bir she‘ri mavjud imlo qoidalariga mutlaqo 
rioya etilmay bitilgan: 
qobirg‗alar qabarar suyaklarim qadoqdir
qaboqlarim o‗q tugab bo‗shab qolgan sadoqdir
kuyib kuyib kul bo‗lgan nafratlarim adoqdir 
chuchmomalar ko‗k kiygan
namozshomgul gul gulim
hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum 
Gap bu yerda imlo qoidalarining inkor etilganidagina emas. Shoir ifodalayotgan dardning 
ko‗lami naqadar yirikligini, uning biz bilgan insoniy o‗lchamlarga to‗g‗ri kelmasligini she‘r 
mazmunidan anglatish bilan kifoyalanmay, uning shakli vositasida o‗quvchiga ko‗rsatib ham 
qo‗yadi. «
hey tulugim, hey tulum
» so‗zlari hazrati Navoiy tomonidan ham ishlatilgan. Lekin 
uning she‘ridagi ruh bo‗lakcha edi. Faxriyor esa qo‗li yoki oyog‗i emas, qobirg‗alari qabarib, 
suyaklari qadoq bo‗lgan, o‗ksiz hayotiga yig‗layverib ko‗z yoshlari qurib ketgan, qismatidan 
kuyaverib nafratlari ham adoq bo‗lgan baxtsiz shaxsning kayfiyatini ifodalashda bu 
so‗zlardan foydalanadi va ko‗rganingizday yaxshi badiiy natijaga erishadi.
Milliy poeziyamiz tarixida birgina qatordan iborat butun boshli she‘r hech qachon 
bo‗lmagan. Faxriyor shunday she‘r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu she‘r yordamida atama 
yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki o‗ziga xos musiqaga ega, muayyan kayfiyat 
ifodalay oladigan, o‗qiganga o‗zgacha ruhiyat baxshida qiladigan tugal asar yaratilgan: 
Go‘rlar qisir – tug‘ishdan qolgan.
 
Istiqlol davri she‘riyatining qisqalikka intilishi shunchaki modaning ketidan quvish 
bo‗lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she‘riyat o‗quvchiga ishonch, uni badiiy so‗zning 
iste‘molchisigina emas, balki she‘riy holatni tuyish, badiiy manzaralarni jonlantirish 
jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko‗tarishning natijasidir. She‘r qancha qisqa bo‗lsa, 


406 
unda aytilmasdan ishora qilingan narsa shuncha ko‗p bo‗ladi. Bunda she‘rxonga matndan 
turli-tuman kashfiyotlar qilish imkoniyati ko‗proq beriladi. Chunonchi, «

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish