«Shohnoma» tasvir manbasiga ko‘ra uch qismga bo‘linadi:
1. Qayta ishlangan eng qadimiy afsonalar bayoni.
2. Xalq qahramonlari haqidagi afsona, rivoyat va qissalarning badiiy talqini.
3. Tarixiy shohlar hayotidan olingan voqea-hodisalar asosidagi qissalar.
VI.
«
Shohnoma
»
ning bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalari
418
Asarda shohlar hayotini yoritish vositasida xalq hayoti, tarixi, tiynati (mentaliteti),
orzu-maqsadlari, armon va o‗kinchlari aks etgan.
Bu yirik asarning bosh g‗oyasi, asosiy g‗oyalari va boshqa g‗oyalari mavjud. Har bir
qissa yo hikoyada, rivoyat yo voqea tasvirida, kattadir-kichikdir, bir muayyan g‗oya ilgari
surilgan. Biroq shu bo‗laklardan yig‗ilib keladigan bir bosh g‗oya ham bor. Ya‘ni barcha
qism va bo‗laklar birgalikda amalda ana shu yetakchi g‗oyani yuzaga chiqarishga xizmat
qilgan.
Bosh g‗oya – vatanni ulug‗lash, xalq qudrati va salohiyatini ko‗z-ko‗z qilish, elning
yetuk farzandlari qadrini ko‗tarish, shu tariqa o‗quvchiga kuchli vatanparvarlik hissini
singdirish.
«Shohnoma»ning bir xususiyati shuki, u forsiyzabon xalqning islomdan oldingi davri
hayotini qalamga oladi.
Ma‘lumotlarga qaraganda, Firdavsiy ko‗plab she‘rlar yozgan, «Yusuf va Zulayxo»
dostoni ham bo‗lgan. Biroq ulardan birortasi bizgacha yetib kelmagani uchun bir narsa
deyish qiyin.
V.
«
Shohnoma
»
va o‘zbek adabiyoti: tarjima va ta’sir
«Shohnoma» forsiy tilda bitilgan bo‗lsa ham, Eron va Turon xalqlari uchun
mushtarak badiiy meros hisoblanadi. Birinchidan, unda ana shu ikki ko‗hna zamin xalqi
tarixiga oid voqea-hodisalar qalamga olingan. Ikkinchidan, mana o‗n bir asrdirki, u shu
yurtlarda asliyatda o‗qiladi. Uchinchidan, bu yirik milliy badiiy yodnoma yaratilgan
davrdan buyon o‗zbek adabiyotini qiziqtirib keladi. Oradan bir asr ham o‗tar-o‗tmay
turkiy tilda «Qutadg‗u bilig» yaratilib, muallifning o‗zi tomonidan eronliklar uni
«Shohnomayi turkiy» deyishi qayd etilgani ham shundan dalolat beradi.
Bu asardan qismlar XVIII asrda Shoh Hijron, Homushiy, XIX asrda Nurmuhammad
Buxoriy, Ochildimurod Miriy, XX asrda Shoislom Shomuhamedov, Hamid G‗ulom,
Nazarmat, Jumaniyoz Jabborovlar tomonidan o‗zbekchaga tarjima qilindi.
Keyingi tarjima uch jildda 1975-, 1976-, 1977-yillari chop etildi. Lekin hali asar
to‗lig‗icha tilimizga o‗girilmagan.
Forsiy-turkiy dostonchilik, xususan, xamsanavislikni Firdavsiy ta‘siridan xoli holda
tasavvur qilish mumkin emas. Bu jihatdan, ayniqsa, «Xamsa»ning Iskandar Maqduniy
419
hayoti asosida bitiladigan beshinchi dostoni tamoman «Shohnoma» vazni va yo‗nalishida
ekani bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |