2
Uqtirish xati
Adabiyot inson qalbini poklaydigan, komillikka yetaklaydigan, so‗z bilan hayratga
soluvchi mo‗jiza bo‗lib, u bilan qiziqish faqat va faqat ijobiy hodisadir.
Adabiyotni
ma‘naviyat va ma‘rifat bo‗stoni deb ta‘riflashimiz mumkin.
Har bir millatning, xalqning o‗z adabiyoti mavjud. Adabiyotning boy va
ko‗lamdorligi o‗sha xalqning ma‘naviy dunyosi qanchalik boy ekanligini bildiradi. O‗zbek
adabiyoti musulmon Sharqi adabiyotining bir qismi sifatida shakllangan bo‗lib, ming
yillar davomida yaratilgan ijodiy xazina kelajak avlod kamolotida muhim o‗rin tutadi.
Mazkur qo‗llanma oliy o‗quv yurtiga kiruvchilar, maktab, akademik-litsey va kollej
o‗quvchilari hamda barcha adabiyot muhiblari uchun mo‗ljallangan bo‗lib,
adabiyotshunoslik nazariyasi, o‗zbek
mumtoz va zamonaviy adabiyoti, qisman jahon
adabiyoti bilan bog‗liq muhim ma‘lumotlarni qamrab olgan.
Qo‗llanma ikki yirik qismdan iborat: adabiyotga doir barcha ma‘lumotlar matni
hamda ushbu qismni o‗zida jadval va chizmalarda aks ettiruvchi qism.
Birinchi qismda adabiyotshunoslik bilan bog‗iq tushunchalar,
adabiy turlar, janrlar,
maxsus atama va istilohlar ta‘riflari; shoir va yozuvchilarning hayotiga doir muhim
ma‘lumotlar, ijodiy faoliyati, yaratgan asarlarining qisqacha mazmuni yoritilgan. Ikkinchi
qismda esa mazkur ma‘lumotlar alohida tarzda ishlab chiqilgan jadval va chizmalarda aks
etgan. Bu muayyan maqsadlarni nazarda tutadi.
Ta‘kidlash joizki, matn ichidan kerakli ma‘lumotni izlab topish foydalanuvchidan
ancha vaqt va mehnatni talab qiladi. Asosan abituriyentlarga mo‗ljallangan ushbu
qo‗llanmada
mazkur holat hisobga olinib, foydalanuvchilar qisqa vaqt ichida ko‗proq
ma‘lumotga ega bo‘lishlari va muhim nuqtalarni yaxshi o‗zlashtirishlari uchun birinchi
qismda keltirilgan asosiy ma‘lumotlar aniq va lo‗nda tarzda tartib berilgan jadval va
chizmalarda aks ettirildi. O‗quvchining biror dalilni qayta eslashi uchun kitobni yana
varaqlashiga ehtiyoj qolmaydi: istalgan zaruriy ma‘lumotni jadval va chizmalardan topish
mumkin.
Shuningdek, maktab, akademik litseylar va kollejlardagi ta‘lim
jarayonida
tarqatmalardan, slaydlardan unumli foydalanish o‗zlashtirish samaradorligini oshiradi.
3
Yangi mavzuni bayon etishda o‗qituvchi keltirayotgan ma‘lumotlar, tushuncha va
atamalarni o‗quvchi o‘z qo‗lidagi tarqatma asosida yana ham mustahkamroq o‗zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‗ladi. Demak, mazkur qo‗llanmaning jadval va chizma qismidan
pedagoglarimiz tarqatma material sifatida ham foydalanishlari mumkin, deb o‗ylaymiz.
Qo‗llanma uchun tayanch manba sifatida maktab,
akademik litsey va kollej
darsliklaridagi ma‘lumotlar asos qilib olindi, shu ma‘noda mazkur ishga mualliflik ishidan
ko‗ra tasniflash nuqtayi nazaridan yondashish to‗g‗riroqdir. Bundan tashqari, mavzuni
chuqurroq yoritish uchun qo‗shimcha adabiyotlarga ham murojaat qilindi. Qo‗llanmani
shakllantirishda foydalanilgan ushbu darslik-majmualar, ilmiy adabiyotlar ro‗yxati ham
ilova qilindiki, foydalanuvchi ular yordamida bilimlarini
yana ham kengaytirish
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Umuman olganda, qo‗llanma adabiyot va adabiyotshunoslikka doir eng muhim
ma‘lumotlarni bera oladi deb umid qilamiz. Qo‗llanma bilan bog‗liq mulohazalaringizni
quyida ko‗rsatilgan elektron pochta manziliga yo‗llashingiz mumkin, bu bizni mamnun
qiladi. Bildirilgan
mulohazalarni inobatga olib, keyingi nashrlarda kerakli o‗rinlarni
to‗ldirib borish nazarda tutilgan.
Elektron pochta manzili: fayziy@inbox. ru