lirik, epik, dramatik
kabi turlarga bo‗linadi. Bu adabiy turlarning har
biri, o‗z navbatida, bir qancha janrlarga bo‗linib ketadi.
Bir yoki bir necha odamning hayoti, taqdiri, ularning boshqa odamlar bilan
munosabati haqida hikoya qiluvchi, obrazlarning xarakter xususiyatlarini aks ettiruvchi
badiiy asarlar
epik
turdagi asarlar deyiladi. Epik tur yunoncha
epos
so‗zidan olingan
bo‗lib, rivoya, hikoya ma‘nolarini anglatadi. Epik turdagi asarlarning o‗zi hikoya, qissa,
roman singari bir qator janrlarga bo‗linadi. Ko‗p ertak, hikoya, qissa va romanlar,
xususan, Abdulla Qodiriyning «Uloqda», Abdulla Qahhorning «Bemor», «Dahshat»,
«O‗g‗ri» singari asarlarida bir yoki bir necha obrazning hayoti, taqdiri, ularning atrofida
yashayotgan, ular bilan aloqada bo‗lib turgan boshqa kishilarning hayoti, tabiati haqida
muallif hikoya qilib bergan.
Qo‗shiq qilib kuylanadigan, shoirning tuyg‗ulari, kechinmalari aks ettirilgan badiiy
asarlar
lirik
asarlar deyiladi. Lirika yunonlarning rubobga o‗xshab ketadigan cholg‗u
asbobi (lira) nomidan olingan va lira jo‗rligida aytiladigan ijrochining kechinma,
tuyg‗ularini tasvirlovchi qo‗shiqlar ma‘nosini bildiradi. Muallifning tuyg‗ulari u yoki bu
hayot hodisasi natijasida tug‗iladi. Cho‗lponning «Binafsha» she‘rida binafshaning
qayerdan paydo bo‗lib qolganligi, qanday o‗sganligi, kim tomonidan, qachon yulib
tashlanganligi hikoya qilinmaydi. Balki shoir toptalgan binafshani ko‗rgandan so‗ng
o‗zida paydo bo‗lgan kechinmalarni, hissiyotlarni aks ettiradi. Lirik turdagi asarlarning
ham ruboiy, tuyuq, to‗rtlik, muxammas, g‗azal, murabba‘, musaddas, musamman,
muashshar, sonet va hokazo janrlari mavjuddir.
Sahnada qo‗yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bo‗lgan,
muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‗z
munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar
dramatik
asarlardir. Dramatik
turdagi asarlarning o‗zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga
bo‗linadi. Drama yunoncha «harakat» degan ma‘noni ifodalaydigan so‗zdir. Bunday
nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning
harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan.
8
Chinakam badiiy asar inson ichki olamini turli ramzlar, tasviriy ifodalar, voqealar
syujeti orqali o‗zida haqqoniy aks ettiradi. Bu adabiyot doirasida yuz beradi. Ana shu
yaratilgan badiiy asarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, xos xususiyatlarini aniqlash, boshqa
asarlar bilan qiyoslash adabiyotshunoslikning vazifasi hisoblanadi.
Adabiyotshunoslik, o‗z o‗rnida, quyidagi yo‗nalishlarda ish olib boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |