O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
IV KURS BITIRUVCHISI
RAJABOV NIZOMIDDINNING
"ABDUVALI QUTBIDDIN IJODIDA LIRIK TUYG'U VA LIRIK "MEN" ”
mavzusidagi
5220100-Filologiya va tillarni o'qitish (o`zbek ) ta'lim yo`nalishi bakalavri
ilmiy darajasini olish uchun yozgan
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
(2020-2021- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: D.Z.Rajabov. f.f.dok.,dotsent
Rasmiy hakam:
Buxoro-2021
MUNDARIJA:
Kirish …………………………………………………
I BOB. Istiqlol davri she’riyatiga xos yetakchi estetik tamoyillar.
l.1 90 – 2000 – yillar she’riyatining o’ziga xos jihatlari.
1.2 A.Qutbiddin she'riyati va adabiy tanqid
II BOB. A.Qutbiddin lirikasining tabiati.
II.1. Lirik tuyg'u tabiatiga xos asosiy jihatlar
II. 2. Lirik kechinmani ifodalashda shoir mahorati
III BOB Lirik qahramon talqini va unga munosabat.
III.1. She’riyatda lirik qahramon o’rni.
III.2. A. Qutbiddin ijodida lirik “men”
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XXI asr o'zbek she'riyatida badiiy so'zning turli tovlanishlari, lirik obraz ko'lamining kengligi, yuksak estetik idealga boy shoirlar poetik tafakkurining betakrorligini kuzatish mumkin. Zotan, she'riyatda shoirning so'zi muhim; so'z shoir qiyofasi va "men"ligini, so'z - shoir badiiy g'oyasini ifoda etadigan mo'jizaviy vosita. Ijod ahli o'z individual poetik olami, san'atkorning so'zi, original ifoda usullari bilan xalqining qalbidan o'rin oladi. Shoirning go'zal she'riy asarlari yuksak adabiy, ijtimoiy, ma'naviy muhitni yuzaga keltiradi.
O'zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov: "Ma'naviyat -insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir",- deb e'tirof etganlaridek, ma'naviyatning muhim bir xususiyati odamning ichki dunyosi va ifodasini baquvvat, iymon -e'tiqodini butun qilishda erkin namoyon bo'ladi. Xalqimizning asrlar sinovida toblanib borgan mustahkam irodasi qadimiy ma'naviyatimiz, milliy o'zligimizni saqlab qolishga asos bo'ldi.
Ma'lumki, XXI asr keskin burilishlarga boy. Shuningdek, adabiyot, xususan, she'riyatda ham turli o'zgarish va yangilanishlarga uchradi. Adabiyot tarixi chinakam ijod ahlining betakror ijod namunalarini bunyodga keltiradi. Original badiiy asarlar esa o'zizga xos poetik xususiyati bilan ajralib turadi.
Muayyan bir tarixiy davrga baho berishda eng faol adiblarning ijodiy asarlarining barcha qirralariga e'tibor berish lozim bo'ladi. Bu holatning o'z sabablari bor. Ushbu davr avlodlari o'zbek adabiyotiga yangi ko'rinishdagi she'riyat namunalarini ham tuhfa etishdi. Bu kabi yangiliklar ushbu avlod ijodi, ularning asarlariga xos xususiyatlarni ilmiy- nazariy jihatdan maxsus tadqiq qilishni talab etadi. Bunday ilmiy tadqiqot, bir tomondan, davr adabiyotining umumiy tarixiy manzarasini, ikkinchi tomondan, har bir ijodkorning o'zizga xosligi, adabiyot rivojiga qo'shgan hissasini aniqlashga yordam beradi. Shu jihatdan, o'zbek she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri iste'dodli shoir Abduvali Qutbiddin she'riyatining o'zizga xosliklarini tahlil qilish orqali, shoir she'riyatidagi lirik qahramon va kechinmalar ifodasini yoritib berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |