Iv kurs bitiruvchisi rajabov nizomiddinning abduvali qutbiddin ijodida lirik tuyg


I.2 A.Qutbiddin she'riyati va adabiy tanqid



Download 230 Kb.
bet7/20
Sana14.01.2022
Hajmi230 Kb.
#361581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
diplom ishi tayyor[1] — копия[1]

I.2 A.Qutbiddin she'riyati va adabiy tanqid
Xalq hayotining burilish pallalarida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-ma’naviy sohalarda tub o‘zgarishlar kuzatiladi. Millat ruhining ko‘zgusi bo‘lgan adabiyot ham bunday sharoitda jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. 90-yillar o‘zbek she’riyatidagi yangiliklar, shakliy-mundarijaviy izlanishlar mustaqillikning qo‘lga kiritilishi tufayli milliy tafakkurda paydo bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlash zarur. Milliy badiiy tafakkurning yangilanishi tufayli 90-yillardan e’tiboran o‘zbek adabiyotida badiiy asar tili, adabiy matnning qurilishi, ritm, vazn, qofiya, she’riy san’atlarni qo‘llash odatdagidan boshqacha ma’no kasb eta boshladi. Bu davrda ruhni anglatishga bo‘lgan intilish, ziddiyat va qarama-qarshiliklar mohiyatiga chuqurroq kirib borishga harakat, ranglar uyg‘unligi va tasvirning quyuq bo‘lishiga e’tibor kuchaydi. Shoirlar ijodida olam hodisalariga, hayot manzaralariga turli tomondan yondashish keng yoyildi. “Bir predmetga bir talay nigoh tashlash” o‘zlashtirildi. Hayot va insondagi o’zgarish va kechinmalar shoir qalbida sintezlashadi. Ijodkor har bir voqelik, hayot haqiqatiga o`z badiiy g`oyasi ko’zi bilan qarab, yondashib, undan ma’ni, ramz topib o’z dunyoqarashi va estetik ideali kuchi, aqliy va hissiy qobiliyati, aniq maqsadi bilan go`zal obrazlar yaratadi. Chunki obraz badiiylikning gultoji bo’lib fikr, g’oya ifodalash, o’zgalarga hissiy ta’sir etish, fikrlatish, hamdard tuyg’ular, qarashlar uyg’otishning eng zarur va zarif usuli, yo’li. Ijodkorning betakrorligi ham u yaratgan, topa olgan obrazlar qamrovi, hayotiyligi, ta’sirchan, samimiy va haqqoniyligi, estetik munosabatidadir lirikasida yaratilgan betakror obrazlar silsilasi ana shu qarashni isbotlaydi. Shoir she’riyatida lirik qahramon iztiroblari turfa xil obrazlar asosida o’z aksini topgan.

XX asrning 90-yillari shoirlarida ijtimoiy faollikdan ko‘ra ruhiy faollik ortiq bo‘ldi. Shoirlar ko‘proq ichki sezgilarining jilvalarini ko‘rsatishga, ko‘ngil manzaralarining tasvirini berishga intila boshladilar. O‘zbek she’riyatida ijodkorlarning o‘z ichki dunyosi sirlarini inkishof etishga kuchli urinishlari ko‘zga tashlandi. 90-yillar she’riyatiga modernizm, formalizm, simvolizm singari yo‘nalishlarga xos belgilar kirib keldi. Buning oqibatida she’rning shakli, shoirlarning uslubi o‘zgardi va she’riyat oldingi davrlarga nisbatan ranginlashdi. Ruhiyat manzaralarini aks ettirish ehtiyoji badiiy matn tiliga mavhumlik unsurlari va serqirra ishoralar singdirdi.

Adabiyotshunos N.Rahimjonov shunday yozadi: “Iste’dodlarning san’atkorligi – bu bashariy qadriyatga, umumbashariy madaniyatga daxldor ilohiy hodisa. U qo’l bilan ushlanadigan, ko’z bilan ko’riladigan oybolata-yu belkurak emas. U shuurimizga tafakkur yog’dularini olib kiruvchi, tuyg’ularimizni tarbiyalovchi, ko’ngil ma’rifati, ma’naviyat hikmati”.1 Qayd qilingan bu tushunchalarga asoslanib, Abduvali Qutbiddin she’riyati ma’naviyatimizni, tafakkurimizni yuksalishida o’ziga xos o’ringa ega ekanligini ta’kidlash zarur.

O‘zbek she’riyatida ijodkorlarning kechinmalari va ruhiy holatiga e’tiborning kuchayishi shakliy izlanishlarning ko‘payishiga olib keldi. 80-yillar she’riyatida bo‘y ko‘rsata boshlagan bu holat 90-yillarga kelib, yosh ijodkorlarning deyarli barchasida namoyon bo`la boshladi. Shakliy izlanishlar samarasi bo‘lgan va o‘zbek kitobxoni ko‘nikib ulgurmagan asarlar o‘quvchilar tomonidan har xil kutib olindi. Haqiqiy iste’dod egasi uchun kitobxonning talab va xohishi yagona mezon bo‘la olmaydi. Oddiy kitobxon saviyasiga moslashish adabiyotni taraqqiyotga emas, tanazzulga yetaklashi ham mumkin. Ijodkor o‘zi egallab turgan cho‘qqidan kitobxon tomon tushmasligi, aksincha, uning saviyasini ko‘tarishga harakat qilishi lozim. Bahrom Ro‘zimuhammad, Zebo Mirzayeva, Iqbol Mirzo, Isroil Subhoniy, Rustam Musurmon, Salim Ashur, Faxriyor, G‘ulom Mirzo, Abduvohid Hayit she’riyatida ayni holatni kuzatish mumkin. Bu ijodkorlar she’rlarida ijtimoiy voqelikni real tasvirlashdan ko‘ra, ifodaning ta’sirchan, kutilmagan bo‘lishiga ko‘proq e’tibor qaratdilar. O‘zgarishga yuz tutgan 90-yillar she’riyatida o‘quvchiga shoirning o‘zi ham izohlab, to‘la tushuntirib berishi qiyin bo‘lgan she’rlarda dunyoga keldi. XX asr аdаbiyotining оtаshnаfаs vа millаtpаrvаr shоirlаridаn biri Abduvali Qutbiddindir.

Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug’ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini 1983 yili tugatdi. U juda erta she’r va badiiy so‘z bilan oshno tutindi, xalq termalari, so‘z shalolalari ichida ongi va badiiy didi shakllandi. Abduvali Qutbiddinning ilk kitobi ,,Nayson” nomi ostida ijodkorning 28 yoshida kitobxonlar etiboriga havola qilindi. O‘sha vaqtlar bir qator ijodkorlar o’z asarlariga odamni hayratda qoldiradigan nomlar qo’ya boshladilar. chamasi, o’sha davrda shoirlarimiz majoziy ma’noda mozeyda qazishma ishlari olib borayotgandek kishida tasavvur uyg’otardilar.
Abduvali Qutbiddin ham ilk kitobini “Nayson” deb nomladi. Bundan o‘n yetti yil ilgari Faxriyorning “Ayolg‘u” degan she’riy kitobi chiqqanda, mutafakkir adib va tanqidchi Ahmad A’zam: “Ayolg‘u” – g‘aroyib so‘z: tarixning ohangi keladi… Hamda ma’nosi ravon, tanish-tushunarli bo‘lgan muayyan so‘z – aslida she’r emas, shunchaki uqtirish…”, deb yozgandi. Bu tariflar Abduvali Qutbiddin she’rlariga ham to’laqonli mos keladi deya olamiz. “Nayson” bilan 2011 yili nashr etilgan “Bor” saralanma kitobi orasida “Humo”, “Baxtli yil”, “Xayol Kechasi”, “Sen va sen uchun”, “Uzoqdan olisga” kitoblari chiqdi. Shoir Abduvali Qutbiddin Ellik yoshi arafasida “Do‘stlik” ordeni, “O‘zbekis­ton Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” degan unvonlar bilan taqdirlandi.
Abduvali Qutbiddinning adabiyotimizga olib kirgan yangiligi shunda ediki; Yangilik shakllarda ham, mazmun-mundarijani ifodalashda ham, leksika va sintaksisda ham, she’riy vositalardan foydalanishda ham aniq ko‘zga tashlanardi. Shoir Rauf Parfining ,,Nayson” to’plamiga bergan so’zboshisida : ,, ,,Nayson”- yosh, istedodli shoir Abduvali Qutbiddinning ilk kitobi . Abduvali she’riyati dunyoni obrazli idrok etishning o’ziga xos namunasidir” deya tarif beradi.
Shoir so‘zni shunday mahorat bilan o’ynatadiki sherdagi tasvirlar raqqosa raqsidek kitobxon ko’z oldida gavdalanadi, va shu tariqa so’z – she’rning tasvir predmetiga, obrazga aylanadi. Ijodkor so‘z va ohang go‘zalligini, she’riy satrning noyobligini go‘zallik shaydosi darajasida anglaydi va his qiladi.
Istardim,

Falakning qabog’i bo’lsa

Va qabog’ ichida bo’lsa chimildiq.

Atrofim sabuhiy mushklarga to’lsa,

Ham sen kutsang meni

Dilintiq


Biz she’rni o’qiganimizda go’yoki ijodkor murakkablikka tomon borayotgandek tuyuladi. Xo’sh, aslida ham shundaymikin , agar shunday bo’lsa ham, buning shoirga nima keragi bor degan savolni o’rtaga tashlasak. Shoir uchun badiiy sodda, to’g’ri yozishning o’zi kifoya qiladimi? Yo’q, she’rni badiiy murakkablashtirish yangicha badiiy tafakkurga intilish, yangi olam, yangi ifoda yaratish maqsadidan tug’uladi.Badiiy murakkablikni teranlik, kashfiyotchilik belgisi deb qarab,shoir psixologiyasi,ichki va tashqi olam bilan butunlik manzaralari aks etgan jihatlarga odilona baho berish lozim deb o’ylayman. Shoirning quyidagi she’riga ham e’tibor qaratamiz.

Tarozi ko’tarib kelgan farishta,

Iqror etsa etar, g’am yema jonim.

Toparman men seni o’sha gardishda,

Yana bir qucharman toza armonim.

Itlar qopsalar ham yong’in kunlarda,

Samolarda isming aytgum chirqillab.

Ruhim yirtsalar - da xalqob tunlarda,

Yana bir labinga qo’yajakman lab.

Satrlarga e’tibor bering. Shoir ishq olamida o’zini naqadar erkin his etadi. O’zini bamisoli yovvoyi qush, yoxud, jilovlanmagan tulpordek tutadi. Majozan o’xshatish joiz bo’lsa, ijodkor oshiq ko’ngliga oppoq qog’ozdan tulpor yasaydi-da, yasagan asov yo’rg’asiga oshiq ko’nglini mingazib qo’yadi. Qamchi o’rniga esa ,,chavandoz”iga qalam tutqazadi, va boshi oqqan tomonga ketishiga izm beradi. Bundan shuni anglash mumkinki Shoir o’z qahramonini qo’rquvsiz , balolardan hayiqmaydigan qilib tarbiyalaydi.



Adabiyotshunos olim Q.Yo’ldosh shoirning lirik qahramoni haqida shunday yozadi “ A.Qutbiddinning lirik qahramoni 80-yillar farzandini turg’unlik yillari tarbiyalab, hayotga yo’l ko’rsatgan edi. 80-yillar avlodi oldida mashaqqatli vazifa- juda ko’p yolg’on aralashgan kechagi va bugungi hayotdan insoniy haqiqatni zarra-zarralab terib Buyuh Haqiqatning yaxlit vujudini yaratishi zarur edi.bunga esa buyuk va sohir badiiyat qodir xolos. Faqat ugina sohir aqldan ilgarilab ketishi, tarix sahifalari bo’ylab sochilib ketgan hayotni faqatgina badiiy obrazlarni bir nuqtaga jamlab, ko’ngil mulkiga aylantirishi mumkin”.
Endi shoirning o‘zi uchun suyukli va qimmatli, qolaversa, ijodida ham muhim rol o’ynaydigan Osima degan ayolga qarata yozilgan bir qator she’rlari haqida va undagi sirli ohanglarning xuddi yonib bo‘lgan gulxanning cho‘g‘laridan ko‘tarilayotgan qaynoq hovurning tafti singari odamni kuydiradigan, o‘ylantiradigan jihatlariga nazar solamiz. O‘quvchi hech bilolmaydi Osima kim? U Pushkinning Natalisi, Usmon Nosirning Nasimasi, telba dunyoning sevgi ma’budasimi? Shoir o‘zini anglash va qayta baholashga ehtiyoj tug‘ilganda, Osimaga murojaat qiladi. Osima ismining o‘zi ham juda qimmatbaho topilma desak bo’ladi. Agar buning o’rniga boshqa nom bo’lgandachi, yo’q unda shoir o’z maqsadi yo’lidan og’ib qolishi mumkin bo’lardi.Keksalar aytganidek ,,Ismda hikmat ko’p”. Abduvali Qutbiddin esa, she’r sinoatlarini zo’r biladi. “So‘z” deb atalgan she’r shunday boshlanadi:

Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish