411
orzu
qilib yashagan, ammo vaqtida qo‗li kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan
ovora farzandlarining e‘tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko‗rmay o‗tib ketgan
qariya va uning atrofidagilar ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko‗rsatilgan.
Dramaturgiyada shakliy, ijodiy tajribalar o‗tkazish yo‗nalishidagi izlanishlar to‗xtagan
emas. U.Azim va A.A‘zam qalamiga mansub dramalar sahna
asarlari yaratishdagi dadil
tajribalar mahsulidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bo‗lishi mumkinligi va
undagi o‗zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jiddiy
evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari
ifoda shakllarni o‗ylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini
ta‘minlagan.
E.Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida esa insoniyat paydo
bo‗lgandan beri hal bo‗lmay kelayotgan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va
farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o‗rtasidagi to‗qnashuv bobolarimiz
taqdirlari misolida ta‘sirli tasvirlab berilgan. Harbiy qudrati bo‗lishiga qaramay, o‗zining
yovuz farzandlariga qarshi qo‗shin tortishni istamagan Arabmuhammadxon
shaxsiyatidagi
yuksak sifatlar va o‗z otalarining ko‗ziga mil tortish darajasida yirtqich bo‗lgan Habash va
Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda juda ta‘sirli yo‗sinda ko‗rsatib berilgan. Ayni vaqtda
milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo‗lga kiritilishi og‗ir
kechayotgan soha bo‗lib qolayotganini ta‘kidlash kerak. Dramaturgiya bozor iqtisodi
talablariga eng ko‗p berilgan adabiy tur bo‗ldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmay qolmadi, albatta. Aytish kerakki, miqdor jihatidan dramachilik taraqqiyotiga
e‘tiroz bildirib bo‗lmaydi. Keyingi yillarda dunyoga kelgan
dramalar uchdan biri turli
yubileylar munosabati bilan yozilganligi aniqlandi. Komediya degan nomga da‘vogar sahna
asarlarining esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan. Albatta, ijtimoiy
buyurtma yo‗li bilan ham yetuk badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin. Bunga milliy va jahon
adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo‗ladi. Ammo butun boshli milliy
dramaturgiyani faqat buyurtma yo‗li bilan taraqqiy ettirishga urinishni badiiyat nuqtayi
nazaridan sog‗lom hol deb bo‗lmaydi.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e‘tiroz va jiddiy xavotir uyg‗otadi. Negaki o‗zbek
komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo‗lgan. Hamza,
412
Qahhor, Sh.Boshbekovlarning teran ma‘noli kulgi asarlarini eslashning o‗zi da‘vomizning
nechog‗liq haq ekanligini ko‗rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na ijrochilarga, na
tomoshachilarga va na o‗quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi.
Sahnaviy ijodning
komediya deb atalmish bir turiga ko‗cha so‗zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik
o‗ta surlik bilan kirib kelmoqda. Mualliflar to‗qnashuvlar tarangligi haqida emas, so‗zlarning
pardasizligi haqida ko‗proq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar to‗xtovsiz
sahnalashtirilayotganligi,
boz ustiga, ko‗plab tomoshabinlarga ega bo‗layotganligi jiddiy
estetik xavfdir. Chunki millatning badiiy didi shakllanishiga to‗g‗ri yo‗nalish bermay turib
uning ma‘naviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behuda.
She‘riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo‗lgan yaqin o‗tmishdagi estetik
yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho‗qqilarni egallash imkoniyati yuzaga
kelganligi ayon haqiqat bo‗lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha erishilgan sahnaviy
yuksaklikka yaqin kelinmayotgani ham bor gapdir.
Davr
ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi
taranglik hali-hanuz pyesalarga ko‗chganicha, sahna realligiga aylanganicha yo‗q. Ehtimol,
milliy tafakkurdagi to‗xtamlarning, estetik qarashlardagi qanoatlarning qat‘iylashmaganligi,
hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi,
shu hayot tufayli yuzaga
kelgan hissiyotlar jumbishining tiniqmaganligi, ijtimoiy to‗qinishlar ruhiyatlarda bergan aks
sadoni sahnabop shaklda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning ro‗y berishiga sababdir.
Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o‗zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi
asarlar yaratilishi uchun mo‗l-ko‗l material bera oladi.
Ma‘lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning unchalar muhim
bo‗lmagan oddiy talabiga aylandi. Milliy dramaturgiyamiz esa hanuzgacha zarur gapni
keskinroq yo‗sinda aytishni fazilat sanab kelmoqda.
Har bir alohida odamda bo‗lgani kabi, har bir millatning va har bir davrning ham o‗z
mo‗ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo‗ladi. Mustaqillikka erishilganidan
keyingi davr o‗zbek adabiyoti uchun inson ma‘naviyati qirralarini tekshirish, odam
ruhiyatidagi ko‗z ilg‗amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki,
milliy adabiyotimiz uni egallash sari og‗ishmay borayotir.
413
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog‗lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda.
Hozir
yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng
ta‘sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e‘tibor berilyapti.