Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Go‘rlar qisir 
– 
tug‘ishdan qolgan
»
 
she‘ri faqat bir qadar estetik tayyorgarlikka ega o‗quvchigagina ta‘sir 
ko‗rsatadi va uning xayolot olamini bezovta qiladi. Hissiy va intellektual hozirligi bor 
odamgina to‗rt so‗zdan iborat bu asarda bir olam ijtimoiy dard ifodasini topganligini ko‗rishi 
mumkin: bir vaqtlar yurt egasi bo‗lmish Go‗ro‗g‗lini tuqqan O‗zbekyurtning go‗rlari bugun 
qisir. Shu bois go‗ro‗g‗lilar tug‗ilmayotir. Binobarin, o‗zining sha‘ni va yurtining ozodligi 
uchun kurasha oladigan erkaklar yo‗q bu yurtda va h.k. O‗quvchi qancha o‗ychil va 
ta‘sirchan bo‗lsa, she‘rdan shuncha kuchli ta‘sirlanadi va aksincha... Shu bois bunday 
she‘rlarning o‗quvchilari iste‘molchigina emas, yaratuvchi ham.
B.Ro‗zimuhammadning bir she‘rida shunday misralar bor: 
ko‗zdan ichkarida yo‗l yo‗q
so‗zdan ichkarida yo‗l yo‗q
ammo xo‗roz qichqirig‗i
ortiga shafaqrang qishlog‗im bekinib olgan 
Bu satrlarda odatdagi she‘rlar kabi qofiya ham, turoq ham, musiqiylik ham yo‗q. Ammo 
unda ijodkorning chigal kayfiyati bor. Xo‗roz qichqirig‗i – tongning belgisi. Demak, tong 
otsa, xo‗roz qichqiradi va uning qichqirig‗i barobarida shafaqrang qishloq namoyon bo‗ladi. 
Qishloqning shafaqrangligi ham bejiz emas. Ehtimol, qishloq endigina ko‗tarilayotgan 
quyosh nuriga ko‗milganligi uchun ham shunday ta‘riflanayotgandir. Ehtimol, bu o‗rinda 
shoir xo‗roz qichqirig‗idan so‗ng tunning ko‗rpasi ko‗tarilib, ostidan qishloq ko‗rinishini 
nazarda tutgandir. Shoir she‘riyatning odatiy tartibini inkor qiladigan uslubga murojaat etgan. 
Uni oddiy mantiqning qoliplari bilan izohlab bo‗lmaydi. Ushbu she‘r faqat shu ijodkorgagina 
taalluqli bo‗lgan badiiy mantiq qonuniga muvofiq yaratilgan. Odatda, chinakam badiiy 
hodisa o‗ziga xos olam va u o‗zining qoidalarigagina muvofiq keladi. Shu bois asl badiiy 
hodisa bir bor yaraladi, unda takror yo‗q. Qonuniyat esa takrorni taqozo qiladi. Yuqoridagi 
parchada shoirning alohida ruhi, o‗zigagina xos nuqtayi nazari sezilib turadi. Ayni vaqtda, 
she‘r o‗quvchini jalb etadi, uning e‘tiborini tortadi, o‗yga toldiradi. Uning tafakkuriga-da 


407 
nimadir yangilik yetkazadi, ko‗ngliga-da qandaydir yengillik bag‗ishlaydi. Dunyoni shu 
tarzda ko‗rgan, olam ranglarini shu taxlit tuygan shoirga e‘tiroz qilib, tayyor qoliplarni 
tiqishtirib bo‗lmaydi.
Poeziyaning o‗z asl manbasiga qaytganligi, ko‗ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlarni nozik 
ishoralar, nazokatli obrazli ifodalar orqali tasvirlashga o‗tilganligi istiqlol davri o‗zbek 
she‘riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo‗ldi deyish mumkin. Bu davr milliy she‘riyatida 
ommaviylikdan, hammaboplikdan qochishga urinish kuchaydi. She‘riyat omma uchun emas, 
balki, avvalo, muallifning o‗zi uchun, qolaversa, ijodkorga tuyg‗udosh shaxslar uchun 
yaratiladigan bo‗ldi. Shu bois she‘rxonlar adadi birmuncha kamaygan esa-da, ularning poetik 
so‗zni, obrazli ifodani anglash darajasi ortdi. Chunki baland she‘riyat yuksak didli she‘rxonni 
talab qiladi va uni shakllantiradi. Mustaqillik davrida o‗zbek poeziyasi o‗quvchi darajasiga 
tushishdan she‘rxonni o‗z darajasiga ko‗tarish pallasiga kirdi. Shu tariqa azaldan she‘rparast 
bo‗lgan millatning badiiy zavqi ingichkalashib, so‗z jozibasini anglash qudrati sezilarli 
darajada oshib bormoqda.
O‗zbek she‘rxonlarida birorta tinish belgisi ishlatilmagan tizmadan ham, murakkab 
mavhum assotsiativ obrazlilikka to‗la she‘riyatdan ham, tasavvufiy ilhom samarasi o‗laroq 
dunyoga kelgan munojotlardan ham, poetik san‘at deyish mumkin bo‗lgan ramziy 
ifodalardan ham, meditativ nazm namunalaridan ham ta‘sirlanish, ularni baholay olish 
ko‗nikmasi shakllanib bormoqda.
Nasr 
istiqlol adabiyotining salmoqli va og‗irkarvon turidir. Agar mustaqillik davri 
she‘riyatida yoshlar faol, yangi avlod shoirlari ko‗zga yaqqolroq tashlangan bo‗lsa, nasrda 
ijodiy davomlilik ustuvorligi namoyon bo‗ldi. Taniqli nosirlarimiz ham ijodiy tajribalar 
o‗tkazish, yangi usullarni qo‗llashdan cho‗chiyotganlari yo‗q. Keyingi o‗n yillikda 
O.Yoqubov, Sh.Xolmirzayev, Muhammad Ali, O‗.Hoshimov, O.Muxtor, T.Malik, Tog‗ay 
Murod, A.Dilmurod, N.Norqobilov, X.Do‗stmuhammad, N.Eshonqulov, T.Rustamov, 
A.Yo‗ldoshev, U.Hamdam, S.Vafo, Z.Qurolboy qizi, A.Nurmurodov, Abbos Said singari 
turli avlodga mansub ijodkorlar o‗ziga xos yo‗sinda qalam tebratib milliy proza taraqqiyotini 
ta‘minlayotirlar.
Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‗sinlarini qo‗llash, badiiy ifodaning yangi 
tamoyillaridan foydalanish o‗zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlardir. 


408 
O.Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofa», «Ko‗zgu 
oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu», «Ayollar saltanati va mamlakati», «Maydon» 
romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‗or tajribalari asosida sof milliy 
obrazlar yarata olgan «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‗lmaydi», «Tobut shahar», 
«Quyun» hikoyalari, X.Do‗stmuhammadning «Bozor» romani, «Oromkursi» qissasi, 
«Jajman», «Qorachiqdagi uy» hikoyalari tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks 
ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko‗ra milliy adabiyotimiz 
uchun yangi badiiy hodisalar bo‗ldi.
N.Eshonqul milliy istiqlol davri o‗zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning 
«Shamolni tutib bo‗lmaydi» hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs 
tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‗zgachaligi bilan ham 
kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko‗p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining 
o‗zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‗q edi 
hisob. Nazar Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‗zbekka xos 
jihatlarni ifodalash imkoniyati jihatidan tengsizdir: 
«

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish