O’zbek adabiy tanqidi tarixi” fani haqida Muayyan sanat asari yaratilar ekan,uni tushunish va tushuntirishga doimo ehtiyoj bolib kelgan. Shu jihatlardan qadimgi Sharqda tanqid fani vujudga kelgan. Garbda kritike Sharqda naqada kabi baholash, saralash ilmlariga keng yol ochilgan. Bu fanlar muqaddas manbalar zamirida shakllangan. Keyinchalik badiiy asarlarni olchash, izohlash ehtiyoji paydo bolib, tanqid fani vujudga kelgan. Fanning maqsadi mavjud badiiy asarlarni chuqur organish ba ularni xolis bahlashdan iboratdir.Adabiy tanqid qadimiy hodisa sifatida dastlab Platon, Aristotel, Aristarxlarning adabiy-ijtimoiy faoliyatlarida antik zamondayoq namoyon bolgan edi. Aslini olganda, tanqidning ilk unsurlari xalq ogzaki ijodida boshlangan. Utmishda badiiy asar haqida ikki xilda: ham ogzaki, ham yozma shakllarda fikr bildirilganiga duch kelish mumkin. Badiiy asarning ilk yaratuvchisi xalq bolganidek, ularga ilk munosabatni bildiruvchi ham xalqning ozidir.
Xalqning badiiy asarlarga ogzaki tarzda munosabat bildirish ananasi asrlar osha turli shakllarda davom etdi. Keyinchalik esa yozma adabiyot namoyandalari. Ham oz mushoira va adabiy anjumanlarida shunday yol tutdilar. Bunday holatning mavjudligi yozma yodgorliklarda qayd qilingan. Ozbek va fors-tojik adabiy harakatchiligida Xorun ar-Rashid (IX asr), Abu Bakr al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning u yoki bu badiiy hodisa, asarga munosabatlari jarayonida, shuningdek, Nasr Hasan Margiloniyning "Mahosin ul-Kalom" ("Sozlarning gozalligi"), Muhammad Roduyoniyning (X1asr) "Tarjimon-ul-baloga" ("Nozik manolarning talqinlari"), Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning "Funun al-baloga" ("Yetuklik ilmlari". XU asr), Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon" va "Majolisun-nafois" (XU asr), Husayn Voiz Koshifiyning (XU asr) "Mahzanul-insho" ("Insho xazinasi"), "Sahifai Shohin" ("Shohona sahifa"), Zahiriddin Boburning "Muxtasar"(XU1 asr) va boshqa qator xilma-xil asarlarida u yoki bu holda namoyon bolib kelgan. Togri, yuqorida sanab otilgan asarlarning aksariyatida adabiyotshunoslik va adabiyotning nazariy masalalari yoritilsa-da, aslida, u yoki bu nazariy qarash bahonasida tanqidiy mulohazalar ham ilgari surilgan. Shu manoda ozbek adabiy tanqidi shu sarchashmalardan suv ichgan goyat qadimiy estetik hodisadir.
"Tanqid" - arabcha soz. Uning ozagi "NQD", yani "naqada" feli. Naqd sozi ham shu ozakdan. Tanqid arabcha "naqada" sozidan kelib chiqqan bolib, muhokama qilmoq, tekshirmoq, organmoq, nimaningdir xaqqoniyligi va togriligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini belgilash va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi manolarni ifodalaydi. Arabiy lugatlarning shahodat berishicha, "naqd" sozining bosh manosi -"saralamoq", yani yaxshini yomondan yoki aslni noasldan ajratishdir. Unutmaylikki, bunda dastlab, asosan, pulni saralash kozda tutilgan, hozirgi tilimizdagi "naqd" (nasiyaniig ziddi) ham shundandir. Pulni saralovchi esa "noqid yoxud naqqod" deyilgan1.
Buning adabiyot ilmiga qanday daxli bor? Shunisi ayonki, Sharq mumtoz poetikasi ananasi uchlikdan-ilmi qofiya, ilmi aruz, ilmi badedan tarkib topgan edi. Tanqid esa ana shu uchlik ichida shakllana boshlagan. Vazn, qofiya va ifoda, tasvir, bayondagi tipik xatoyu kamchilikdar "ayb" (kopligi "ayyub") degan umumiy istiloh ostida maxsus organilib, har bir muayyan ayb mustaqil nom bilan yuritilgan. Bora-bora adabiyotshunoslikning ana shu ayblarini korsatadigan, yani badiiy asarlardagi kamchiliklardan voqif etadigan sohasi alohida fan sifatida ajralib chiqqan va uni "ilmi naqd" deya alohida hodisa sifatida qarash ananaga aylana borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi badeda har birining ozida naqd qismi sifatida singgan holda mavjud bolgan.
XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy "Al- Mojam" kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi.
1483 yili Alisher Navoiyning bevosita moddiy va manaviy homiyligida bitilgan Atoulloh Husayniyning "Badoyi us-sanoye" asarida ham ayblar alohida bobda bayon etilgan. Alisher Navoiyning yana bir zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning "Badoyi ul afkor fi sanoyi ul ashor" kitobida Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asarning badiiy sanatga bagishlangan ananaviy kitoblardan farqi shundaki, uning birinchi bobi badiiy sanatlar, ikkinchi bobi ilmi nakd, yani adabiy tanqidga bagishlangan. Koshifiy bu adabiy ilmni yanada mukammallashtirdi, osha ichida topgan juda kop ayonlarni ajratib oldi. Kitobda naqdning lugaviy va istilohiy manosi, bu adabiy ilmning vazifalari va ahamiyati juda aniq tariflangan: "Nazm aytmak bayonidakim uni naqd ilmi derlar va adabiy ilmlarning biri deb bilurlar va naqd lugatda "saralamoq" va "sof" tangani qalbaki tangadan ajratmoq degani. Istilohda eng yaxshi sherni yomonidan ajratish va ularni ozaro farqlash ilmidan iborat va bu ilmni shuning uchun naqd deganlarki, tanga naqqodi (saralovchi) qalbaki tangalar orasidagi haqiqiy tangani ajratsa, bu ilm sohibi (tanqidchi) ham pokiza va beayb suxanni noshoista va ayblik suxanlar orasidan saralab aytishi kerak. Har holda kimki sher ayblaridan ogoh bolmasa, unga beayb sherni namuna qilib korsatishi lozim"2. Korinib turibdiki, olimning adabiy tanqid oldiga qoygan talabi hozir ham oz ahamiyatini yoqotgan emas.
Qolaversa, grekcha "critike" soz bilan ifodalangan (bu sozni ruslarda ilk bor Kantemir 1799 yilda "kritik" shaklida taomilga kiritgan) tanqid. V.G.Belinskiy talqinicha, "hukm qilmoq", keng manoda esa, mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq manolarida qollangan. Shu sababli tanqid faqat sanat va adabiyot asarlarigagina xos bolmay, turli fanlarga, jumladan, tarix, axloq va boshqa sohalarga ham taalluqlidir. Demak, tanqid tushunchasi doirasining kengligi uning hayotdagi barcha hodisa voqealarga tegishli ekanini korsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bolsa, osha jabha nomi bilan ham atalishi ananaviydir, aytaylik, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid kabi.
Shuni alohida takidlash joizki, rus va Yevropadagi qator xalqlarda realistik adabiy tanqidning sanat va fan sintezidan iborat holda shakllana boshlashi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga togri keladi. Adabiy tanqid harakatdagi estetik tafakkur tarzida adabiy jarayon mohiyatini tahlil qilish va baholash xususiyatini kasb etgan va ijtimoiy-falsafiy estetik qarash shaklida adabiyot va jamiyat munosabatlari qay darajada inikos topganligini zamon mafkurasi priemasidan otkazgan holda umumlashtirish sanati darajasiga kotarilgan. Binobarin, sanat qanchalik ichki xilma-xillikka ega bolsa, tanqid ham osha sohalarga tegishlilik kasb etadi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi hodisalarini misol qilib korsatish mumkin. Sanat sohalaridan biriga taalluqli adabiyot bilan bogliq tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini soz orqali tasvirlash sanati deb yuritiluvchi adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqidning rivojlanishi ozbek vaqtli matbuoti bilan chambarchas boglikdir. Vaqtli matbuot adabiyotga aloqador bu yangi sohani taraqqiy ettirishga oz hissasini qoshdi. Nashr etilgan badiiy va tarjima asarlarga birinchi marta vaqtli matbuot oz sahifalarida taqrizlar bera boshladi. Bu taqrizlar esa adabiy tanqidga keng va izchil shakllanish yolini ocha bordi.
Ozbek vaqtli matbuoti XX asr boshlaridan etiboran oz sahifalarida adabiy tanqid haqida, uning ahamiyati, bolajak asarlarga ijobiy tasiri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli ilmiy maqolalar chop etib bordi. Inchunin, "Sadoi Turkiston" gazetasi tanqid istilohi va uning adabiyotga birinchi marta kirib kelayotganligi haqida shunday malumot beradi". Ushbu kalima qolimizda bolgan lugat kitoblarining bazilarida bolsa ham bazilarida yoqdir. Turkiston viloyatida istemol qilinadurgon lugat kitoblarida bolmaganlik togrisinda bu "tanqid kalimasi bizning istiloh orasida yangidir". Gazeta tanqid istilohi "Axbori kabir" lugatida "alnoqid" kalimasiga togri kelib "yaxshi narsaning orasidan yomonini ajratib chiqarib tashlamoq" manosini bildirishi, lekin endilikda bu istilohni tatar matbuoti va adabiyotida qollanilayotgan manosida ishlatish lozimligini uqtiradi. Maqola muallifi Ahlullo Habibullo ogli "tanqid" istilohining bu davrga kelganda butunlay yangi mano kasb etishini aytish bilan birga badiiy asarlarga vaqtli matbuot orqali baho berish deb ham tushunadi va shu mantikdan kelib chiqqan holda asarlarning yutuq va kamchiliklarini korsatishi lozimligini uqtirmoqni unutmaydi.
Uningcha, "Tanqid demak bir musannifning yozib maydoni intishorga qoygan kitobinda kelishmagon iboralarni matbuot vositasi ila yozib korsatmoq demaqdir". Ahlullo bu bilan adabiyotning kelgusi taraqqiyoti bevosita vaqtli matbuotga uzviy bogliqligini uqtiradi. Shu bilan birga u tanqidchi odob doirasidan chiqmasligini ham alohida takidlaydi. Muallif maqolasida adabiy tanqidning rus, tatar, ozarbayjon vaqtli matbuotida faol korinayotganligini etirof etadi va ozbek tanqidchilarini ham ulardan organishga davat etadi.
"Oyna" jurnalining 1913 yil 32-sonida chiqqan Behbudiyning "Tanqid saralamoqdur" deb nomlangan maqolasi ham tanqidning osha davrdagi ahvoli togrisida malumot beradi: "Oqilgan kitoblarni manan taftish etib, undagi nuqsonlarni bayon etmak tanqiddur, taaruz va dushmanlik emas. Bizni Turkistonda yangi maktablar ancha bordur, yangi risolalar xiyla bosilib turibdur, jaridalarda maqola va ashorlar oqilib turibdur, ammo hanuz tanqid davriga yetushganimiz yoq"3. Chindan-da, ilk ozbek vaqtli matbuoti adabiy tanqidning shakllanish omillaridan biriga aylana bordi, desak yanglishmaymiz
ADABIY TANQID FANI TAMOYILLARI
(Boynazar Yoʻldoshev maqolasi)
Oʻzbekistonda adabiy-tanqidiy qarashlar va adabiyotshunoslik ilmining rivoji XIX asrning ikkinchi yarmidan yangicha tamoyillar kasb eta boshladi. Taniqli adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarovning taʼkidlashicha, XIX asrning ikkinchi yarmidagi oʻzbek matbuotiga, xususan, “Turkiston viloyatining gazeti”ga nazar tashlansa, bugungi tushunchamizga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan adabiy-tanqidiy maqolalarga duch kelish mumkin va, aynan, oʻsha davrdan boshlab tom maʼnodagi malakali tanqidchilikka asos solindi.
XX asr shoʻro tanqidchiligi esa adabiy jarayon va yozuvchi erkiga zoʻrakilik bilan taʼsir oʻtkazishga moslashgan edi. Bu hol xatolarni keltirib chiqardi. Lekin kommunistik mafkuraviylik va davr siyosatidan qatʼi nazar, adabiy tanqidning bosib oʻtgan ogʻir yoʻlida maʼlum ijodiy samaralar, jumladan, badiiy mahorat, ijodiy oʻziga xoslikning xususiyatlarini ochib bergan tadqiqotlar yuzaga keldiki, ularni bugungi kunda har tomonlama oʻrganish muhim ahamiyatga ega.
Masalan oltmishinchi yillardan boshlab, adabiy tanqidchilikda yozuvchining hayotiy voqealarning falsafiy mohiyatini chuqur tushunishiga va istiqbolni koʻrishiga yordam beradigan dolzarb maqolalar yuzaga keldi. Tanqidchilikdagi bir qolipli qarashlar va sunʼiylikdan bar qadar voz kechildi. Badiiy asarni sanʼat hodisasi tarzida tahlil qilishga, yaʼni, koʻproq badiiy-estetik masalalarga eʼtibor berildi.
Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Vohid Zohidov, Gʻulom Karimov, Matyoqub Qoʻshjonov, Aziz Qayumov, Ozod Sharafiddinov, Laziz Qayumov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Ibrohim Gʻafurov, Nuriddin Shukurov, Sobir Mirvaliyev, Baxtiyor Nazarov, Norboy Xudoyberganov singari tanqidchilar adabiy jarayonda yuz berayotgan hodisa va oʻzgarishlarni oʻzlarining maqolalari hamda ilmiy ishlarida umumlashtirdilar. Ularning adabiyotimizning tarixi, oʻsha davrdagi adabiy jarayon haqidagi mulohazalari natajasida oltmishinchi-yetmishinchi yillar oʻzbek adabiy tanqidchiligida uslubiy rang-baranglik, risolalar yaratish tanqidchining tarixiy-biografik yondashuvi borasida maʼlum muvaffaqiyatlarga erishildi.
Maʼlumki, oʻzbek adabiy tanqidchiligining yaxlit tarixi XX asrning saksoninchi yillarigacha ham yaratilmagan edi. 1987 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot institutining adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid boʻlimi ilmiy xodimlari oʻzbek adabiy tanqidi tarixini yozib, chop ettirdi. Oʻzbek adabiy tanqidining tugʻilishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan mazkur ikki tomlik milliy adabiy tanqidchilik haqida toʻliq tasavvur bera oladi. Lekin, unda adabiy tanqidning juda koʻp muhim masalalari xususida umumiy tarzda fikr yuritilgan. Masalan, oltmishinchi-yetmishinchi yillar adabiy tanqidchiligidagi mahorat va uslub rang-barangliklari hamda oʻzaro taʼsir masalalari, tarixiy-biografik yondashuv tarzidagi risolalar talqini, yozuvchi-tanqidchi faoliyatining oʻziga xos jihatlari haqida umumiy fikrlar bilan chegaralanib qolgan. Shuning uchun ham mazkur masalalar atroflicha tahlil etilib, ularga doir maxsus tadqiqotlar yaratish zarurligi oʻz-oʻzidan ravshandir.
XX asr tanqidchiligida oʻzbek romani, qissachiligi, dramaturgiya, poema va hikoyachiligi kabi adabiy tur va janrlarning tarkib topishi hamda taraqqiyot bosqichlarini ham keng tahlil kiluvchi tanqidiy biografik tadqiqotlar amalga oshirilishi va ularning dunyoga kelishida jahon adabiy tanqidchiligining bu sohada qoʻlga kiritgan yutuqlarining taʼsiri sezilarli boʻldi.
Adabiy tanqid rivojiga jurnallar va gazetalar sahifalarida badiiy adabiyot va adabiy tanqidchilikning muhim masalalariga bagʻishlangan yozuvchi va tanqidchi bahs-munozaralari ham salmoqli taʼsir oʻtkazdi. Bunday tadbirlar adabiy tanqidchilik yutuq va kamchiliklarini oʻz vaqtida aniqlashda muhim ahamiyat kasb eta bordi. Ayni paytda, tanqid nazariyasiga oid ilmiy-nazariy fikrlar ham rivojlandi. Oʻzbek mumtoz va XX asr boshidagi jadid adabiyotining atoqli namoyandalari ijodi yangicha talqinlarini yaratish borasida bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi, qolaversa, jadidlar hayoti va ijodini oʻrganish bobida dastlabki qadamlar tashlandi. Bugungi kunda XX asr adabiy tanqidchiligi qoʻlga kiritgan yutuq va kamchiliklar haqida bahs ochish, ularni ilmiy tadqiq etish hozirgi davr oʻzbek adabiyoti va tanqidchiligining tayanch nuqtalarini yanada kengroq idrok qilish, mustaqillik sharofati asosida oʻzligimizni anglashdagi vazifalarimizni yanada chuqurroq tushunishimizga yordam beradi.
Ayni paytda, oʻzbek adabiy tanqidchiligida yutuqlar bilan birga, Gʻarb tanqidchiligidagi shablon va sxemalar toʻgʻridan-toʻgʻri olib kirilganligi, uning oʻziga xos milliylik qiyofasiga maʼlum darajada putur yetishiga sababchi boʻlgan. Bu holatlarning tub mohiyatini, endilikda, jiddiy oʻrganish zaruriyati va imkoniyati yetilganligi ham sezilmoqda. Qolaversa, adabiy tanqidchilik bosib oʻtgan yoʻlni bugungi istiqlol va mustaqillik tafakkuri va mafkurasi nuqtai nazaridan turib tadqiq qilish adabiy tanqid tarixi haqidagi yangicha tafakkur yoʻlini kengaytiradi.
Adabiy tanqid birinchi navbatda, badiiy asarning yutuq va kamchiliklari, mahorat sirlari, hayot bilan adabiyotning chambarchas aloqasi haqida fikr yuritadi. Demak, u, ayni zamonda, maʼlum ijtimoiy tuzum, maʼlum muhitda faoliyat koʻrsatgan ilgʻor ziyolilarning falsafiy, huquqiy, axloqiy qarashlarini ham oʻzida mujassam etadi. Adabiy tanqidda sanʼat turlari va estetikaning uygʻunligini tabiiy hol deb qaramoq lozim. Bu uygʻunlik adabiyot va sanʼatning obrazlilik asosidagi fikrlash doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi va adabiy tanqidning baʼzida sanʼat darajasiga koʻtarilishiga ham olib keladi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, tanqidchi faylasuf, huquqshunos, siyosatshunos sifatida faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, sanʼatkor, yozuvchi yoki huquqshunosdan koʻp hollarda adabiy tanqidchi erishgan fazilatlarga ega boʻlish ham talab etilgan. Fransuz maʼrifatparvarlarining faoliyatida bunday uygʻunlik, mushtaraklik, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Shuningdek, adabiy tanqidchi yoki huquqshunosning yozuvchilik faoliyati bilan shugʻullanishi koʻp hollarda amaliy muvaffaqqiyatlarga sabab boʻlishi azaldan maʼlum. Shu bois, shaxsning oʻz haq-huquqlari uchun kurash, sinfiy, siyosiy, iqtisodiy tengsizliklarning barcha koʻrinishlariga barham berish gʻoyalari ifodalangan badiiy detektiv asarlar va filmlarning mualliflari koʻproq huquqshunos-yozuvchilar ekanligi ham tabiiy holdir.
Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Qodiriy, Oybek, Ayniy, Choʻlpon, Fitrat kabi mashhur yozuvchilarimiz ham badiiy asar yozishga kirishishdan oldin, eng avvalo, mavzu taqozosiga koʻra, qalamga olinayotgan maʼlum tarixiy davrni chuqur ilmiy va huquqiy asoslarida oʻrganib chiqqanlar. Masalan, Choʻlpon oʻzining “Kecha va kunduz” romanini yozishdan oldin chor Rossiyasi mustamlakasi boʻlgan tuzumdagi oddiy mehnatkashlarning ogʻir ahvoli va ularning huquqiy jihatdan nihoyatda himoyasiz ekanligini chuqur his etgan va tahlil qilgan. Yozuvchi asarida chor Rossiya idora usuli va davlat boshqaruvidagi maʼmuriy tartib-qoidalar faqat hukmron doira uchun xizmat qilib, mahalliy xalqni qullik kishanida ushlab turishga qaratilganligini sanʼatkorona aks ettirolgan. Romanda Akbarali mingboshining zaharlab oʻldirilishi bilan bogʻliq sahna vositasida uning kichik xotini Zebining mazkur jinoyatda ayblanishi va sud qilinishi jarayoni tasviri bu borada ahamiyatlidir. Sud hayʼati begunohligi shundoqqina koʻrinib turgan, aybsiz aybdor Zebi ustidan nohaq hukm chiqaradi. Hakamlar sud hukmi bilan begunoh bir ayolning hayotiga zomin boʻlayotganliklarini ich-ichidan tan oladilar hamda yerli xalqning qanchalar himoyasiz va huquqsiz ekanligidan rohatlanib, kinoyali kulib qoʻyadilar. Koʻramizki, Choʻlpon ijodkor sifatida mazkur parchaga chuqur hayotiy mazmun bagʻishlagan, uni oʻsha tuzumni fosh etuvchi qurolga aylantira olgan.
Umuman, oʻzbek yozuvchilari ijtimoiy-huquqiy mavzularda muntazam qalam tebratib, jamiyatdagi adolatsizliklarni fosh etganligi haqida yana koʻplab misollar keltirish mumkin. Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Mirmuhsin, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shukur Xolmirzayev asarlarini tahlil qilar ekanmiz, ularni hayot muammolaridan, xususan, dolzarb ijtimoiy-huquqiy masalalardan xoli holda oʻrganib boʻlmaydi. Ularning ijodida zamondoshlarimiz hayotining turli qatlamlari jiddiy toʻqnashuvlar, keskin ziddiyatlar, qarama-qarshi kuchlar kurashi vositasida yorqin obrazlarda jonlantirildi. Adolat, haqiqat uchun faol kurashuvchi qahramonlar taqdiri koʻplab kishilarga maʼnaviy saboq berdi, dunyoqarash, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim omil boʻldi. Xullas, adabiy tanqid atrofidagi munozaralar, ilmiy bahslar, bir-birini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi turli xil qarashlarning yuz berishi tabiiy hol boʻlib, ular sogʻlom adabiy muhit shakllanishida asosiy tamoyil sifatida xizmat qiladi.
Boynazar YOʻLDOSHYeV
“Sharq yulduzi”, 2012–5
Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyatlari
Adabiy tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi orni. Adabiy tanqid hayotning badiiy ozlashtirilish jarayonini organuvchi va shu jarayonga faol ishtirok etuvchi, undagi oqimlarga tasir korsatuvchi ilm oziga xos ijod turidir. Bu esa uning xos talablari, xususiyatlari qonuniyatlari hamda manaviyatga, badiiyatga, hayotga tasir etuvchi kuchi oorligidan dalolat beradi. Adabiy tankid mohiyatidagi ana shu xosliklarni aniqlamay turib, badiiy asar haqida chuqur ilmiy-estetik fikr yuritish mumkin emas.
Adabiy jarayonda tankidning roli haqida V.Belinskiyning quyidagi fikri etiborga molik: "Adabiyot va sanat tanqid bilan qol ushlashib boradi va oir-biriga ozaro tasir korsatadi". Darhaqiqat, biron bir xalq va muayyan bir davrning adabiy-tarixiy jarayonini, adabiy tanqidning ishtirokisiz tasavvur etish mumkin emas. Hatto adabiy tanqidda yangi fikrlar aytish, yangi xulosalar chiqarish uchun unga aslida badiiy asarlar asos bolsa-da, bazi xalqlarda ayrim tarixiy davrlarda adabiy tankidning yutuqlari adabiyot va sanatning yutuqlaridan ham salmoklirok bolib, umumiy jarayondan bir qadar ilgarilagan va hatto adabiyot va sanatning yangi-yangi yutuqlari uchun nazariy zamin hozirlashga xizmat kilgan. Masalan, V.G.Belinskiy "Tanqid haqida nutk" makolasida aytgandek, XVIII-X1X asr nemis adabiyotida tanqidiy fikrning rivoji kop jihatdan badiiy adabiyot va sanatning tarakkiyot yollarini avvaldan tayyorlab bergan Turgenovning haqqoniy etiroficha, XIX asr rus adabiyoti taraqqiyotida tankidchi V.G.Belinskiyning ayricha orni bor va u shu adabiyotning eng kozga koringan vakillari qatorida katta rol oynaydi.
Ijtimoiy hayot va adabiy jarayonning shakllanishida adabiy tanqidning tutadigan mavqei - uning grajdanlik pozitsiyasi barqaror xususiyatlaridan hisoblanadi. Tankid muhokamalari, xulosalari ijgimoiy ongga, adabiy taraqqiyotga muayyan shaklda, muayyan yonalishda hamisha tasir otkazadi. Bunga eng qadimgi va eng yangi tarixdan otmishdan va bugundan istagancha misollar keltirish mumkin. Basharti tarixda bir kator badiiy yodgorliklar tankid tufayli abadiy yashab koldi desak, mubolaga bolmaydi". Aytaylik, Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida zamonasining shoirlari, ustozlari-yu va izdoshlari togrisida malumot berar ekan, ularning ijodiy oziga xosliklariga alohida toxtaladi, ayrim asarlardagi muayyan badiiy nuqsonlar xususida tanqidiy mulohazalarini aytadi, ayni vaqtda mualliflar hayoti va ijodining muhim nuqtalarini yoritadi. Shu bois "Majolisun nafois" oz davrida ham, bugun ham ahamiyatini yoqotmay kelayotir. Yaratilganiga besh asr bolgan bu asar ozbek mumtoz adabiyotining u yoki bu davrini tadqiq etish, organishda hamon nodir manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Yana bir misol: Hamzaning bizgacha yetib kelmagan Qaxramon Oguz dramasi haqida 1922 yilda "Qizil bayroq" gazetasida paydo bolgan qisqagina taqriz orqaligina malumotga egamiz. Yoki oz vaktida O. Sharafiddinovning Abdulla Qahhorning Tobutdan tovush dramasi haqidagi maqolasi mafkura zugumiga qaramay, adolat prinsipining qaror topa borishida katta tasir korsatdi. Vaqtida aytilgan bitta salmoqli fikr ayrim hajmdor kitoblarga qaraganda koproq naf keltirishi isbotlangan. Behbudiy, Cholpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Ayniy, Hamza, H.Olimjon ijodiga bildirilgan ayrim siyosiy aybnomalarga qaramay, otgan asrning 20-30-yillarida Vadud Mahmud, Otajon Hoshim, Olim Sharafiddinov, Oybek, H.Yoqubov, M.Shayxzoda kabi tankidchilar tomonidan "oz vaktida aytilgan sozlar tufayli ularnnng adabiyotimiz tarixidagi orinlarini belgilashda muxim rol oynadi. Ayrim hollarda mafkurabozlikka berilib, adabiyot ravnaqiga va adiblar qismatiga, hatto mudhish tasir otkazib bolsa-da, yuqoridagi misollar asosidagi tanqidning bu ijobiy roli adabiyot tarixining har bir bosqichiga oid talay misollar bilan kayta-kayta tasdiq etilishi mumkin. _
Adabiy tanqid sanatkor mahoratining takomillashuviga, kitobxon estetik didining kamol topishiga komaklashadi, U estetika ananalarini rivojlantirish bilan birga goyaviy-badiiy jihatdai beriladigan baho va mezonlarning ham teranlashuviga oz tasirini otkarmogi joiz.
Adabiy tankid ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Shu sababli tanqid tarixini organish fakat tarixiy-marifiy jihatdan emas, balki ijtimoiy-estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi: adabiy-badiiy tanqid tarixi saboqlari sanat va adabiyotning bugungi hamda ertangi taraqqiyoti, yollari va vazifalarini tayinlashga yordam beradi. Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika ananalarini rivojlantirish vazifalari turadi. Demak tankid: 1) ijtimoiy hayotda ham: 2) ijodkor faoliyatida ham: 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham oz orniga ega. U: a) ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarni; b) ijodkor dunyoqarashi, va mahoratini v) kitobxonning estetik talab va badiiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda sanatning oz-ozini, anglash shakli sifatida korinadi, muayyan davr, xalq va millat estetik tafakkurining umumiy va ichki rivojlanish qonuniyatlarini oydinlashtiradi. Zero, Belinskiy takidlaganidek, "adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir "Hukm qiluvchi tanqid bilan, hukm qilinuvchi adabiyotning mazmuni birdir".
Adabiy tanqid "harakatdagi, estetikadir. Adabiy tanqid adabiyot hodisalarini, adabiy asarlarni tahlil qiladi, ularga baho berar ekan ozining ichki xususiyatlarini kashf eta boradi. Ilgor adabiy tankid 1) badiiy, asarlarni keng targib etishga; 2) xalqaro miqyosdagi ilgor tamoyillardan muayyan xalq adabiy jarayonini voqif qilishga 3) kitobxonlarning estetik idroki va zavqiii oshirishga; 4) soz sanatkorlarining shaxs va ijodkor sifatidagi takomiliga xizmat qiladi.
V.G. Belinskiy adabiy tanqid va ijtimoiy fikr ortasidagi aloqani kozda tutib, haqqoniy tanqid hamisha jamiyatning oy va orzularini ifodalaydi, degan edi. Tanqid, yuqorida qayd etilganidek, imkoniyatlar doirasida davr va ruhiyat uchun tamoman yangi haqiqatlarni kashf etib zamonasining sanat va adabiyoti rivojida yangi bosqich boshlanishiga asos solishi mumkin. Ammo bu hodisa, Belinskiyning tabiri bilan aytganda, buyuk va nodir hodisadir".
Tanqid "oz zamonasining gozallik haqidagi hukmdor tushunchalarini aniqlash, va ommalashtirish"ni ham oz oldiga vazifa qilib oladi. Nazariya gozallik qonunlarining tizimli va uygun birligidir: ammo uning bir kemtik tomoni bor: u malum vaqt doirasida qolib ketadi tanqid esa betoxtov davom etadi, olga boradi, fan uchun yangi materiallar, yangi malumotlar yigadi. Bu harakatdagi estetikadir..."
Tankidning yana bir xususiyati - uning publitsistika bilan chambarchas aloqadorligi. Adabiy jarayon hodisalarini va adiblarning ayrim asarlarini tahlil etib, ularning qimmatini keng ommaga tushuntirib berishga va ommaning estetik didini tarbiyalashga moljallangan tanqid oz oquvchisiga vaqtli matbuot orqali murojaat etadi. Xalk va uning adabiyoti tarixida boshlanayotgan yangi davrlarda bu xususiyat, ayniqsa, bortib korinadi. Yangi uygonish davri hisoblangan XX asr tongidagi ozbek jadid tanqidchiligi, Istiklol arafasi hamda Mustakillikning dastlabki yillaridagi ozbek tanqidchiligi tarixi buning yorqin dalilidir. XIX asrning birinchi yarmida Belinskiy: tanqid allakachon bizning ommaning (oquvchilar va tomoshabinlar ommasining) extiyoji bolib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tankid va biobliografiya bolimisiz yashay olmaydi", -deb yozgan edi. Bu hol hamma madaniy xalqlar tarixi, shu jumladan, Orta Osiyo xalqlari tarixidagi dalillar bilan ham tasdiq etiladi. Shuni esda tutish kerakki, tanqidning adabiyotshunoslikdan uning mustakil qismi sifatida ajralib chiqishi qator xalqlarda, asosan, XIX asrning ikkinchi choragida sodir boldi. Hatto Belinskiy zamonasida ham, jumladan, uning asarlarida adabiyotshunoslik kopincha bir butun hodisa sifatida maydonga chiqqan.
Tanqidchi obrazli fikrlashi kerak, lekin obrazli fikrlash zorma- zoraki bolmasligi, haddan ortiq estetchilikka berilib ketmasligi kerak. U ilmiy fikrlashga boysunishi va bu tabiiy ravishda kechishi shart. Bunda tanqiddagi obrazlilikni adabiyotdagi obrazlilik tushunchasiga tenglashtirmaslik, badiiy tafakkurni ilmiy tafakkurdan yuqori qoymaslik lozim. Rus yozuvchisi Ye.Vinokurov: "Men adabiy-tanqidiy maqolalar toplamini roman kabi okishni xohlardim ,- deganida tankidiy asardan roman fazilatlarini emas, uning oqishliligidagi jozibani fikrlash tarzidagi esse uslubini, fikrlar ifodalashdagi ommaboplikni nazarda tutadi. Tanqidchi, albatta, obrazli fikrlashi mumkin, obrazli fikrlashi shart ham, biroq obrazli tafakkur ilmiy tafakkurga boysunishi va tabiiy bolmogi lozim.
Afsuski, ozbek adabiy tanqidchiligida bazan ilmiylik ota kuchli bolgani holda badiiylik zalvori deyarli sezilmaydigan maqolalar oz emas. Bunday tanqidchilar ilmiy fikrlash, mantiqiy fikrlashdan boshqasini tan olmaydilar. Oqibatda ularning asarlari "akademizm" illatiga mubtalo bolib, uni keng kitobxonlar ham, soz sanatkorlari ham oqishga qiynaladilar. Bunday asarlarda ehtirossiz, quruq hukm va xulosalar asosiy orinni egallaydi. Bu hukm va xulosalarga keltiruvchi rang-barang dunyo shu hukm va xulosalarni yaratuvchi jonli tahlil tanqidchining oz kalbi korinmay qoladi. Holbuki, adabiy tanqidga xos obrazli tafakkurgina tanqidchilikni ilm bilan bir qatorda, sanat asari ham deb baholashga imkon beradi. Rost, obrazli tafakkur mashhur fiziolog I.P.Pavlovdan tortib, matematik Qori Niyoziy asarlarigacha uchrab turadi. Ammo bu asarlarga biz sanat asarlari sifatida emas, fan asari sifatida qarash lozimligini yaxshi bilamiz. Adabiy - tanqidiy asarlarda esa sanat sifatlarini ham korgimiz keladi. Bu shunchaki istak emas, ayni vaqtda biologik jarayon hamdir. Lekin bundan qati nazar adabiy-tanqidiy fikrni badiiy tafakkur sintezidan otkazishning ozigina adabiy tanqidni sanat deyish uchun asos bola olmaydi. Ayni vaqtda tanqidchi obrazli fikr yuritsa-yu, sanatkor tomonidan yaratilgan asarni hayot bilan taqqoslash asosida jonlantirib korsata olmasa, u ozini haqiqiy adabiy tanqidchi sifatini namoyon etolmaydi chunki haqiqiy tanqidchi tahlil jarayonida kitobxonga badiiy asarni faqat tushuntirib berish bilan cheklanmaydi, okilgan narsani birgalikda ozlashtirib olishga yordam beradi. Badiiy asardan kitobxon olgan zavq, qaygu va shodlikni, badiiy taassurotni tolatadi, jonlantiradi. Kitobxonga ana shu taassurotni yuqori saviyada ravshan va tushungan holda yana bir karra boshidan kechirishga, mazkur asar haqida togri tasavvur hosil qilishga imkoniyat beradi.
Qisqasi, kitobxon tanqidiy asardagi munaqqidning joshqin hissiyoti, ehtirosini sezib turishi lozim. Ana shundagina tanqidiy asarlar qoldan-qolga otadi, tez tarqaladi. Tanqidchilar ham muayyan darajada sanatkorga oxshab kitobxonlarning hurmat-ehtiromiga sazovor boladilar. V.G.Belinskiy tajribasiga nazar solaylik. U qaysi janrdagi asarni tahlil qilmasin, shu janrda soz sanatkori yaratgan obrazlarni badiiyatni qaytadan yana bir marta yaratadi, ularni boyitadi takomillashtiradi, tarashlaydi, kamchiliklarini aniqlaydi. Oz qalbi va estetik hissiyoti orqali shoir yaratgan badiiy asarga bamisoli qaytadan jon kiritadi. Uning "qoli tegishi" bilan badiiy asar bamisoli hayotdan yangi kuch-quvvat oladi: undagi obrazlar ravshanlanadi, teranroq ifodasini topadi, tasir kuchi oshadi. Jarayondagi adabiy oqim, tamoyilning togri yonalishdan borishga yoki uni togri yolga solib yuborishga kuchli tasir korgazadi.
Asr boshlarida Fitrat va Cholpon kabi munaqqidlar ijodida obrazli tanqidiy tafakkurning turli korinishlari uchraydi. I.Sulton, M. Qoshjonov va O.Sharafiddinov, I.Gafurov kabi tanqidchilar ijodi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Adabiy tanqidning bu xususiyati tanqidchining malum manoda sanatkor ham bolishini taqozo qiladi.
Adabiy tanqidchi asarni ham tafsilotlarda, ham qismlarda yaxlit kora bilish qobiliyatiga ega bolmogi darkor. Bu qobiliyat tanqidchidan ilmiy teranlik qatorida hayotni malum darajada obrazli anglashni talab qiladi. U badiiy asarni qayta yaratish jarayonida ijtimoiy va axloqiy muammolarni asardagi jonli obrazlar, xarakterlar tasvirini tahlil etish orqali namoyon etadi. Asarda kotarilgan masalalarning ijtimoiy-estetik mohiyatini ochadi. Shu manoda adabiy tanqid adabiyotshunoslikning muayyan bir qismi bolish bilan birga, badiiy adabiyotning ozi kabi malum darajada oziga xos insonshunosligi hamdir.
"Tanqidchilikning ahvoli bevosita butun adabiyotning marifati darajasini korsatadi, - deya tanqidni fan qatorida koradi A.S. Pushkin. Songra yana quyidagilarni etirof etadi, - tanqid sanat va adabiyot asaridagi latifliklar va kamchiliklarni kashf etuvchi fandir . Ozbek adabiyotida A.Oripov, R.Parfi noyob istedodlarning asarlari ayrim mafkuraviy korchalonlar hamda didi otmas bazi kitobxonlar tomonidan nohaq qoralanib va qabul qilinmay turgan kezlarda, didli, haqiqii asarning qadriga yeta oladigan tanqidchilik bu asarlarning qadr- qimmatini togri belgilay oldi va ular ijodining ommalashuvida muhim rol oynadi. Mafkura botqogiga botgan tanqid Qodiriy, Cholpon, Fitrat, Usmon Nosir asarlarini yer bilan yakson qilib turgan bir paytda ilgor millatparvar tanqidchilar (V.Maxmud, Oybek, H.Yoqubov va x.) ular asarlaridagi qadriyatni togri baholadi va bu tamoyil vaqt otishi bilan ozbek tanqidchiligida ustuvor bolib qoldi.
Adabiy tanqidchilik ilmiy-estetik hodisa sifatida. Ozbek adabiy tanqidchiligi rang-barang, barakali, lekin murakkab, ogir yolni bosib otdi, undagi ijobiy va salbiy hodisalarni tarixiylik talablari asosida haqqoniy tahlildan otkazish zarur. Endi har bir ishimizda milliy mafkura asos bolishi kerak. Chunki "milliy mafkura, avvalambor ozligimizni, muqaddas ananalarimizni anglash tuygularini, xalqimizning kop asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldiga bugun qoyilgan oliy maqsad va vazifaparni qamrab oladi.
Ozbek adabiy tanqidchilik janrlari
Tanqid janrlarini shartli ravishda ikki yo‘nalishga adabiy jarayonni hamda yozuvchi hayoti va ijodi masalalarini yorutuvchi yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Ammo mazkur bo’linish o‘ta shartli, chunki adabiy jarayonni yorutuvchi sof janrlar bo‘lmaganidek, faqat ijodkor hayoti va ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar ham yo‘q. Haqiqatan ham, tanqidchilik janrlari qaysi janrda bo’lmasin, bevosita adabiy jarayon bilan bog‘liq holda ijodkor va uning asari haqida fikr yuritadi.
Malumki, otmishda adabiyotshunoslik va adabiyot tanqid tushunchalari ozaro chambarchas bogliq bolib, adabiyotshunoslik atamasi hozir ishlatayotganimiz shaklda uchramaydi. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllar xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixojayev va Abdugafur Rasulovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Shuning uchun ham biz mazkur mavzuni yoritishda ularning darslik va ilmiy maqolalari, maruza matnlari manbalariga asoslanib ish kurdik. Tanqid arabcha-naqada sozidan tashkil topgan bolib, muhokama qilmoq, topshiriq, organmoq, nimaningdir haqqoniyligi va togriligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarni belgilamoq va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi manolarni ifodalaydi. Demak, bu hol tanqid tushunchasi doirasining kengligi, uning hayotdagi barcha hodisa-voqyealarga tegishli ekanini korsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bolsa, u shu nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo.
Sanatning turli-tuman sohalari va uning oziga xos xususiyatlari nazarga olinib, hozirgi kunda har bir sohaga tegishli tanqid bir-biridan farq qiladi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi va boshqalarni misol tarzida keltirish mumkin. Sanatning sohalaridan biri bolmish adabiyot bilan bogliq bolgan tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini soz orqali oymakorlarcha tasvirlash sanati hisoblangan adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqid, bir tomondan, badiiy tanqidning shakllaridan hisoblansa, oziga xos xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi boladi. Otmish adabiy tanqidchiligini 2 guruhga bolish mumkin: Birinchi guruh: 1) Faxriya, 2) Sheriy parchalar-gazalning ayrim baytlari, qita, soqiynoma, kichik masnaviy; 3) Ilmi adabga bagishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin.
2- guruh. Bevosita janrlar, yani adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi. Bu guruhga: 1) Tazkira; 2) Manoqib-holatlar, Faxriya; 3) Aruz, qofiya va sheriy sanatlarga bagishlangan risllalar; 4) Debocha; 5) Roznoma va oynomalarda (XIX asrning II yarmi va XX asrning avvali) elon qilingan taqriz va ixcham maqolalarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruhga kiritilganlarni otmish adabiyotshunosligi va adabiy tanqidning maxsus janrlari sifatida qarash mumkin.
Tazkira-arabcha zikr sozidan olingan bolib, esdalik daftari manosini anglatadi. XIII asrda Muhammad Avfiy Buxoriyning Lubob ul-albob (Bilimlar magzi) tazkirasi yaratilgan. Muhammad Avfiy aslan Buxorolik bolib, Samarqandda yashab, keyinchalik Xurosonga safar qilib va, nihoyat, Hindistonda turgun bolib qolgan adiblardandir. Uning Lubob ul-albob tazkirasi 1221 yilda hind olkasida yozib tugatilgan. Taskirada sher va shoirlar xususiyatlariga bagishlangan alohida boblardan tashqari uch asr mobaynida yashab ijod etgan 300 shoirlarning tarjimai holi va ijodi haqida malumot hamda asarlardan namunalar keltirilgan. Muallif shoirlarni zikr etar ekan, osha davrdagi jarayonda mavjud bolgan ikki yonalishni takidlab, bir guruh shoirlar ijodiyotini Rudakiy uslubiga (Ravoni Rodakiy) mansubligini qayd qilsa, boshqa bir guruhdagi shoirlar ijodiyotini Unsuriy uslubiga (Ravoni Unsuriy) mansub deb biladi. A.Navoiyning Majolisun-nafoisi XV asr adabiy muhiti, aniqrogi shu asrning 39-90 yillari orasida faoliyat korsatayotgan 459 shoir haqida malumot beradi.
20-yillardan boshlangan ozbek professional tanqidchiligi taqriz, adabiy obzor, problematik maqola, badia, xotira-memuar, tanqidiy-biografik ocherk, adabiy portret, ilmiy-biografik tadqiqot singari janrlar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, taqriz-monografiya, maqola-dialog, maqola-suhbat, portret chizgilari, adabiy oylar singari shakllardan keng foydalanib keldi.
Tanqidchilik janrlarini shartli ikki guruhga bolish mumkin.
1.Adabiy jarayonni tahlil etuvchi janr va shakllar.
2.Yozuvchining hayoti va ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllar.
Umuman, adabiy jarayonni yorituvchi sof janrlar bolmaganiday, faqat ijodkor hayoti, ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar yoq. Tanqidchilik va adabiyotshunoslik adabiyot tarixi bilan ozviy birlik va bogliqda rivojlangan. Ozbek adabiyoti tarixida adabiyotshunoslikka oid asarlarni, adabiy jarayon haqida malumot beruvchi tazkiralar biz yuqorida qayd etib otgandik. Adabiyotshunoslik va tanqidchilikka oid asarlar janrini biz endigina belgilamoqdamiz. Bunda Navoiy, Boburlar ilmiy-nazariy tadqiqot yaratganligini, Majolisun-nafois adabiy portret va portret chizgilaridan tashkil topganligini, Boburnomada, Ogahiy, Munis asarlarida xotira, portret chizgilari janrlari diqqatni jalb qilishligini, nihoyat klassik adabiyotda biografik asarlar paydo bolganligini nazarda tutmoqdamiz. XX asr arafasida taqriz, maqola singari janrlar vaqtli matbuotda uchray boshlaganligini aniq faktlar misolida aytish mumkin. Asrimiz boshlarida talay gazeta va jurnallar chop etildiki, ular tanqidchilik janr va shakllarining paydo bolishi, rivojlanishiga hissa qoshdi.
Taqriz Adabiy tanqidning eng qadimiy janri. V.G.Belinskiyning Aqllilik balosi, A.S.Griboyedov asari, Zamonamiz qahramoni. M.Lermontov asari, N.G.Chernishevskiyning Kambagallik ayb emas. A.Ostrovskiy komediyasi, N.Ogoryov sherlari, N.A.Dobrolyubovning Zulmat ichra nur singari monografik taqrizlari qimmatbaho uzukka qoyilgan bebaho koz vazifasini otadi. Shoh asar shuhratini yetuk taqrizlar avloddan avlodga yetkazganday, tanqidchilikning toji bolgan maqolalar taqrizlarning uzoq umr korishida olmas asarlarning hissasi katta. Demak, taqriz-tanqidchi qalamining qayroqi, tanqidchining tikonli guli (I.Gafurov), tanqidiy bahoning izchil olchovi, adabiy talqinning londa, siqiq korinishi. Har zamon ruhi taqrizda aks etadi. 20-50-yillar tanqidchiligida, xususan, taqrizda vulgar-sosiologik qarash aks etdi. Asarning qanday yozilganligidan kora u kim tomonidan yaratilganligiga etibor berildi. Taqrizchi asarning goyaviy asosi, qahramonlarning qaysi sinf vakili ekanligi, sosialistik realizm metodi talablariga qanchalik mosligi singari masalalarga birma-bir toxtalish joiz edi. Taqrizlar goyaviy-estetik yaxlitdan kora, anketa savollariga javobga oxshab qolardi. 60-yillardan boshlab ozbek tanqidchiligida goyaviy-estetik tahlil jonlana bordi. 60-yillardan boshlab, hayotimizda demokratiya, oshkoralik ruhi aniq sezila boshlandi. Sinchalak, Muqaddas, Qadrim, Qaro kozlar, Sevgim, sevgilim singari asarlarga yozilgan taqrizlar sistemali tahlil, asarning badiiy-estetik mohiyatini ochishga harakat sezildi. Ulugbek xazinasi romani yaratilgach, tanqidchilikning diqqati shu asarga qaratildi. P.Shermuhammedovning Ulugbek xazinasi (Sovet Ozbekistoni, 1973 yil 26 avgust), N.Xudoyberganovning Ikki hayot, ikki olim (Toshkent oqshomi, 1973 yil 14 sentyabr), I.Gafurovning Roman tarix oynasi (Ozbekiston madaniyati, 1974 yil 6 avgust) taqrizlari bosildi. Mazkur taqrizlarda goyaviy-estetik tahlil, har bir munaqqidning uslubi, nihoyat, turgunlik yillarining ayrim belgilari aks etdi. P.Shermuhamedov taqrizida roman tili masalasi, N.Xudoyberganov maqolasida qarama-qarshi obrazlar qiyosi, I.Gafurov ishida romandagi uslubiy toblanishlar har xilligiga urgu beriladi. Goyaviy-badiiy mukammal asarlar haqida ijobiy taqriz yozilsa, yaxshi asarni alo deb uluglansa, unga katta gunoh bolmaydi. Otkir Hoshimovning Dunyoning ishlari qissasi yetuk tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. O.Sharofiddinov Ona (Ozb. Adabiyoti va sanati) gazetasi, 1982 yil 23-son), M.Qoshjonov Onaga tazim (Qishloq haqiqati gazetasi, 1982 yil 66-son), S.Mirvaliyev Ona haqida qoshiq (Yosh leninchi gazetasi, 1982 yil, 23-son), B.Gulomov Mehr dostoni (Toshkent oqshomi gazetasi, 1982 yil, 23-son) taqrizlarida Dunyoning ishlari qissasidagi yuksak badiyilikni, emosional tasirlilikni alohida takidladilar. Tanqidchi N.Xudoyberganov Meyor va tasvir maqolasida Dunyoning ishlari yaxshi asar ekanligini tan oladi-yu, biroq uning ota maqtab yuborilishiga, qissa muallifini, ozbekning Aytmatovi, Markesi darajasiga kotarib qoyilishiga qarshi chiqadi. N.Xudoyberganov asarda kamchilik bor ekanligini his qiladi, lekin u nimalarda korinishini aniq aytib berolmaydi. Turgunlik yillarining illatini taqriz janriga munosabat, uning adabiy jarayondagi ornida aniq sezish mumkin. Turgunlik yillari (70-80) taqrizchiligida ofarinbozlik, kotar-kotarchilik ruhi yetakchilik qildi,-deb togriqayd etiladi Norboy. Xudayberganov va Abdugafur Rasulovlarning «Ozbek adabiy tanqidchiligi tarixi»darsligida.-Ortaga, hatto yaroqsiz asarlar haqida maqtov taqrizlar bosildi. 70-80-yillardagi taqrizlarga qarab ozbek adabiyoti haqida fikr yuritsak, bizda kashfiyot, nodir, mojiza asarlar tolib-toshib ketdi. Bosh asarlar bosh taqrizlarda, havaskor tanqidchilar tomonidan maqtalsa, uni tushunish mumkin. Yomoni shundaki, estetik didi yuksak, kitobxonni oz ogziga qaratib organgan tanqidchilardan M.Qoshjonov, I.Gafurov, N.Xudoyberganov, O.Abdullayev, U.Normatovlar Navroz, Momaqaldiroq (N.Safarov) Songgi barxan, Degrez ogli, Chotqol yolbarsi singari asarlarga maqtov taqrizlar bitdilar. Ortamiyona asarlar kopaya borgani, maqtov taqrizlar soni orta borgani sayin tanqidchilikda tang ahvol yuzaga keldi. Tanqidchi Rafael Mustafin taqriz-soz bilan berilgan pora degan aybnomani aytgan edi. Ustiga ustak taqrizni adabiy-tanqidiy janrdan chiqarib tashlashni taklif qildi. Emishki, taqriz adabiy-tarixiy jarayondan chetda turib metodologik asoslarga suyanmasdan yaratiladigan, demakki, ilmga aloqasi yoq janr deb ham elon qildilar (Voproso lit-ro jurnali, 1985, 10-son, 76-bet). Taqriz madhiyabozlik, oshna-ogaynichilik kasriga qolib yomon otliq boldi. Lekin u adabiy jarayondagi ornini zinhor yoqotmadi.
Adabiy obzor tanqidning qadimiy janrlaridan. V.G.Belinskiy koplab adabiy obzorlar yaratib, mazkur janrni yuksak darajaga olib chiqqan edi. Uning 1841 yil rus adabiyoti, 1842 yil rus adabiyoti, Kitob dokonida eshitilib qolingan adabiy gurung obzor maqolalari yuksak kotarinkilik va zavq-shavq bilan yozilgan dialog shaklidan unumli foydalangan, kimlar bilan bahsga kirishgan, jonli takliflarni bayon qilgan edi. Shiddatli Vissarion xronologik obzor yaratadimi, tematik obzorga qol uradimi, shoh asarlarni kashf etishni maqsad qilib qoyadi, osha yillar rus adabiyoti umri boqiy asarlar yaratilmaganidan afsuslanadi. Hozir ham adabiy obzor yaratuvchining maqsadi jonli adabiy jarayondagi kurashlar, holatlar, intilishlar samarasi olaroq mojizani, shoh asarlarni kashf etishdir. Obzorchi malum chegaradagi, doiradagi asarlarni organadi. Zamonaviy obzorchi vazifasining mushkulligi shundaki, u jahon adabiyotidagi, aniqrogi, dunyodagi eng rivojlangan adabiyotlardagi holatni yaxshi bilmoqi, ilgor tendensiyalardan xabardor bolmoqi, insonni mukammal tasvirlayotgan ulug ijodkorlarning izlanishlarini ziyraklik bilan kuzatib bormoqi, nihoyat jahondagi ilgor adabiyotlar tarixidan xabardor bolmoqi lozim. Togri, adabiy obzorni hamma adabiyotshunos, tanqidchi yozaverishi mumkin. Lekin donishmand, bilogon tanqidchi, adabiyotshunos obzorida ostki oqim, yashirin mano sezilib turadi. Bunday obzorlar zamonlar otishi bilan eskirmaydi, ulardagi ichki mazmun, badiiy ijod qonuniyatlari xususidagi fikrlar hamisha kitobxon diqqatini jalb etib boradi.
O.Sharafiddinovning Yillar va yollar asarini ilmiy-nazariy obzor desa boladi. 1966 yilda yozilgan. Unda Cholpon, Usmon Nosir haqida gaplar aytilgan. M.Qoshjonovning Qayta qurish va ozbek romani, K.Yashinning Ozbek adabiyoti yuksalishida (T., 1964, Ozbekiston nashriyoti), M.Qoshjonovning Mano-mahoratning bosh masalasi. 1972 prozasi, I.Gafurovning 1973 yil prozasi haqidagi Nasrimizning bugungi tendensiyalari kabi obzorlari bor. I.Gafurovning 1973 yil ozbek prozasi haqidagi Nasrimizning bugungi tendensiyalari obzorida tarix va inson konsepsiyasi masalasida jiddiy mulohazalar bayon etiladi. Muhimi, munaqqid ozi yashab turgan sharoitni eng mukammal, haqiqat tantana qilgan davr deb biladi. Munaqqid: Biz tariximizni sevamiz dedik. Lekin tarix, uning qaysi sahifasini ochib kormang, dahshatli fojialar, dramalar bilan toliq, nahot biz shu fojialar va dramalarni sevsak? Yoq, biz osha fojialardan omon chiqqan, ozining ulugvor va olijanob ruhini saqlab qolaolgan va doimo adolat tantanasi uchun kurashgan, adolat va hurriyat qachon bolmasin barqaror bolishiga ishongan xalqimizning bosib otgan yolini, uning yengilmas soglom irodasini sevamiz,-deb yozadi. P.Shermuhammedovning Nuqtai-nazar haqida (Umid muhabbatdadir... kitobi, 5-47-betlar) obzorida muallif 70-yillarning 2-yarmida yaratilgan proza asarlari, bolalar sheriyati, osmirlar adabiyoti haqida fikr yuritadi. Ikkinchidan, obzorda Alpomish dostonidan tortib Ibn Sinoning Salomon va Ibsol, A.Jomiyning Bahoriston, Abu Rayhon Beruniyning Kitobut-tahorim, Boburnoma va Shohnoma asarlarigacha tilga olinadi. Uchinchidan, mazkur obzorda umumittifoq adabiyoti qamrab olinadi. Shukshinning Nuqtai nazar hikoyasidan tortib, Yuriy Skopning Xavfsizlik texnikasi, Ch.Aytmatovning Dengiz sohilidagi olapar hikoyasi va boshqa romanlargacha qamrab oladi.
Problimatik maqola mutaxassislargina adabiy-badiiy tanqid janrlarini farqlaydilar, ularning oziga xosliklari haqidagi bilimga ega boladilar. Oddiy kitobxonlar uchun taqriz-u obzor, badia-yu tanqidiy ocherk, adabiy portretu xotira-hammasi maqola. Problematik maqola (bahs-maqola, tadqiqot-maqola) tanqidchilik va adabiyotshunoslikning tayanch, asosiy janri. U biron asar poetikasiga bagishlangan monografik xarakterda, badiiy ijod muammosi, nazariya masalalarini yorituvchi ilmiy bahs shaklida bolishi mumkin. Problematik maqolada ilmiy-nazariy mohiyat, tadqiqotchi konsepsiyasi muhim ahamiyatga molik boladi. V.G.Belinskiy ijodida tanqidiy-falsafiy tajriba nomi bilan yuritiladigan maqolalar diqqatni jalb etadi. Getening Rim ellegiyalari, Odoyevskiy asarlari, Appalon Maykov sheriyati singari tanqidiy-falsafiy tajribalarda shiddatli Vissarionning joshqin subyektiv qarashlari bilan teran ilmiy mushohada ozaro birlashib, konseptual yaxlitlikni vujudga keltirgan. Bir qancha maqolalarda ilmiy muammoni keng va ishonarli yoritish, olimning subyektiv qarashlari va uslubi, adabiyotshunoslik ilmidagi yangi qarashlardan xabardorligi diqqatni tortadi. Masalan, M.Qoshjonov maqolalarida mantiqiy izchillik, ilmiy muammo mohiyatini ochishga intilish kozga yaqqol tashlanadi. Olim diqqatidan kichik detal, kozga tashlanmaydigan u yoki bu belgi chetda qolmaydi. M.Qoshjonov maqolalarida zorma-zorakilik, kuchanish sezilmaydi. O.Sharafiddinov maqolalarida hayotiy va adabiy faktning ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga toliq boysundirilganligi yaqqol korinadi. Haqiqiy olim faktlar mohiyatini yoritadi, ularni quruqdan-quruq sanayverishdan ozini tiyadi. Faqat aql-zakovat yordamida faktlarni haqqoniy talqin etish mumkin. Buning uchun fantaziya ham darkor. Manbalardagi faktlar tosh va gisht misoli. Haqiqiy sanatkor shu materialdan xushbichim imorat quradi,-deb yozgan edi V.G.Belinskiy.
Badia (esse) adabiy-tanqidiy mavzularda yozilgan, adabiyotshunoslik, estetika, falsafa masalalari erkin talqin qilinadigan janrga badia (esse) deyiladi. Badiada adabiyotshunoslik qonun-qoidalariga tola-tokis rioya qilinishi, dalillarning ilmiy jihatidan har tomonlama isbotlangan bolishi kopam talab qilinmaydi. Badia janrning Yevropa adabiyotidagi asoschisi fransuz yozuvchisi-gumanist va filosof M.Monten bolib, 1580 yilda inson va jamiyat taqdiri haqida mulohaza yurituvchi Esselar kitobini yozgan. Sharq adabiyotida badianing tarixi ancha qadimdan boshlanadi. Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshgariy ijodida badianing yetuk namunalari mavjud. Ular noma, holat, xotira shakllarida kozga tashlanadi. Yozuvchi tanqidi kopincha esse janrida yoziladi. Unda ijod va hayot tajribasidan kelib chiqqan xulosalar, qarashlar, kuzatishlar aks etadi. Badia ozbek tanqidchiligida adabiy oylar nomi bilan ham ataladi. A.Muxtorning Yosh dostlarimga (1971, 1980), P.Qodirovning Oylar (1971), A.Oripovning Ehtiyoj farzandi (1988), E.Vohidovning Shoiru sheru shuur (1987) toplamlarini asosan badialar tashkil etsa, badiada ham yozuvchi-tanqidchining betakror qiyofasi aks etib turadi. Tanqidiy-biografik ocherk janri yozuvchi hayoti, adabiy-ijtimoiy mohiyati, asarlarining yaratilishi tarixi, mohiyati xususida, ijodkorning adabiy-tarixiy jarayondagi orni, qiyofasi haqida malumot beradi. Tanqidiy -biografik ocherk faktlar va ilmiy xulosalar birligidan tashkil topadi. Munaqqid yozuvchi hayoti, ijodi faktlaridan tahlillar, taxminlar, qiyoslar, munozaralar orqali ilmiy xulosalar chiqaradi. Ilmiy-biografik tadqiqot - adabiyotshunoslikning asosiy janrlaridan biri. 60-yillarga kelib ozbek adabiyotshunoslari ijodkorning hayoti va ijodini mukammal yorituvchi monografiyalar yaratishga kirishdilar. XX asr adabiyotining asoschilari, yirik nomoyandalari haqida salmoqli tadqiqotlar paydo boldi. Lekin hozirgi kun nuqtai-nazaridan yondashsak ularda ancha-muncha yetishmovchiliklar mavjudligini anglaymiz. Tadqiqotchilar yozuvchilar ijodi va hayoti mukammal yoritilayotgan yozuvchilarni imkoni boricha uluglashga, ular hamisha ham goyaviy, ham badiiy yuksaklikka kotarilganliklarini taminlashga intiladilar. Bu holat ular ruhiyatida yetakchi edi. Ilmiy-biografik asar yaratishdagi ikkinchi manba-jonli, ishonchli xotiralardir. Ayniqsa 70-yillardan boshlab ozbek adabiyoti klassiklari haqida xotiralar yaratila boshlandi. Tanqidchilik janrlaridan biri bolgan xotiralarni yozuvchilar, sanatkorlar, olimlar yaratmoqdalar. Shu kungacha Hamza zamondoshlar xotirasida (1978), Oybek zamondoshlar xotirasida (1979), Abdulla Qahhor zamondoshlar xotirasida (1987), Maqsud Shayxzoda zamondoshlar xotirasida (1983), Mirtemir zamondoshlar xotirasida (1982), Islom shoir zamondoshlar xotirasida (1981) nomli kitoblar chop etildi. 70-80-yillarida onlab avtorlarning bitta qahramon-yozuvchi haqidagi xotiralari yozilgan bolsa, 80-yillarning ortalaridan boshlab bitta avtorning bir qancha yozuvchilar ijodiga bagishlangan asarlari ham paydo bola boshladi.
Adabiy tanqid fanining tarixiy bosqichlari. Abdurauf Fitrat, Cho`lponning adabiy tanqidiy qarashlari
XX asr 20 yillaridan adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi munaqqidlarni ham ikki guruhga ajratib yubordi. Vadud Mahmud, Abduhamid Cholpon, Abdurauf Fitrat kabilar soz sanatining chin ixlosmandi bolib adabiyotga sadoqatini toliq namoyon etdi.Ular badiiy asarni siyosatdan holi baholashni maqsad ayladi.Abdurahmon Sadiy,Sotti Husayn kabilar asardan siyosiy xato topishga urgu berdilar.Tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagikuzatishlari,tanqidchining tanqidchi maqolasiga munosabatini organish masalaga oydinlik kiritadi. Bunda asosiysi ,xolis va adabiyotning mohiyati togri anglangan mulohazalar tanqid kelajagi uchun asos sanaladi. Munaqqidlar faoliyatini organish talabaning mustaqil muqoyasa etish,aniq xulosa chiqarish malakasini orttiradi.
Adabiy tanqid badiiy asar yutuq hamda kamchiligini shaxsiy garaz, maqtovsiz xolis aytish, togri baholash, fikrni ilmiy asoslashni talab etadi. Adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlashishi munaqqidlarni ham ikkiga ajratdi. Vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar S.Husayn,A.Sadiy,J.Boybolatov kabilar ijodida yetakchilik qiladi. Marifiy, ilmiy yonalishdagi fikrlar A.Fitrat, A.Cholpon ,V.Mahmud kabilar ijodining bosh mezoni edi. Mumtoz adabiyot namunalarini elon qilish,zamonaviy yozuvchilar ijodining xos jihatini yoritish,adabiy janrlar taraqqiyoti borasidagi fikrlarni namoyon etish munaqqidning sharafli burchi. Fitrat, Qodiriy, Cholponlar badiiy asar jozibasi,estetik qimmati masalasini jiddiy organib, ozlari ham yetuk asarlar yaratishga munosib hissa qoshdilar.Adabiyot nadir,Adabiyot qoidalari kabi asarlarda tanqid,soz sanati,ijodkorga yondashuv yuksak darajada namoyon bolgani kuzatiladi. Ular ijodini noxolis baholagan tanqidchilarning maqolasini organish masalaga oydinlik kiritadi .Ozbek yosh shoirlari,Ozbek adabiyotida chigatoychilik,Roman ham haqiqat kabi maqolalarda ijodkor,badiiy asarni baholash jarayoni kuzatilib tahlil etiladi. Badiiy asarga biryoqlama yondashuv,zamonasozlikka berilish tanqid rivojiga putur yetkazishi malum.
"Butun jamiyatimiz tarixi kabi, adabiyotimiz tarixi kabi tanqidchiligimiz tarixi ham bagoyat murakkab bolgan, uning har lahzasi ijodiy fikr bilan dogmatizm, haqiqat bilan yolgov vijdoniylik bilan murosasozlik ortasidagi kurashga tola" deb yozgan O.Sharafiddinov yuqorida eslatganimiz maqolasida. Binobarin, yaratilajak tanqid tarixi rivojlanish yollaridagi keskinlikni sira yumshatmay, boyamay, roy-rost korsatib bermogi darkor. Shu mantiqqa suyangan holda asr boshidagi adabiy tavqidni xolis, obektiv yul bilan tahdid etishga kirishish boshlandi. Bu silsilada H.Boltaboyevning Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlariga bagishlangan qator maqolalari va Fitrat ilmiy merosi tadqiq etilgan doktorlik ishi, Sh.Yoqubovning "Otajon Hoshimning adabiy-tanqidiy faoliyati", U.Sultonovning "Cholponning adabiy-tanqidiy qarashlari", B. Karimovning "Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi orni", H.Umrzoqovning "Gozi Yunusning ijodiy yoli", U.Joraqulovning "Fitratning tadqiqotchilik mahorati", R. Tojiboyevning "Ozbek adabiy tanqidi tarixidan" deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyalarini misol qilib korsatish mumkin.
XX asr professional ozbek tanqidchiliga shakllanishida Vadud Mahmud hissasi katta. Badiiy idrok tanqidchining asosiy xususiyatlaridan biri. Alisher Navoiy, Cholpon ijodi Vadud Mahmud talqinida. «Alisher Navoiy», «Turk shoiri Ajziy», «Cholponing «Buloqlari» maqolalari va taqrizining tahlili, Vadud Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining orni. Tanqidchi asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlarga munosabat. Unnng maqolalarida vorisiylik masalasi. Navoiy, Fuzuliy, Ajziy asarlarining xolis talqini. Mazkur maqolalardagi ishqi ilohiy, ishqi majoziy haqidagi mulohazalar. V.Mahmud ijodi haqida 20-30 yillar tanqidchiliga.
Adabiy tanqid gozallik kashf etishi zarurligi haqida. V.Mahmud «Yosh ozbek shoirlari», «Sadiyning savodi» singari maqolalarda didsizlik, gozallikni his etmaslikning tanqid qilinishi.
Tanqidchi ijodida bahsning orni. Vadud Maxmudning vulgar sotsiologizmga qarshi kurashi. Vadud Mahmud va Abdurahmon Sadiy. Vadud Mahmud va 20-yillardagi Samarqand adabiy-tanqidiy muhiti. Vadud Mahmud va tojik marifatchilari, yozuvchilari, olimlari.
XX asrning birinchi yarmi adabiy-tanqidiy jarayonda Abdurahmon Sadiyning orni. Unga rus va turk mumtoz adabiyotshunosligining tasiri. A.Sadiy ijodida turkiy adabiyot. Ozbek yozuvchilari ijodining talqini. Navoiy, Yassaviy, Cholpon haqidagi maqolalari.
A.Sadiy ijodi va mafkura. Mafkura tomonidan tanqidchi erkining bogilganligi. Vulgar sotsiologizmning A.Sadiy ijodidagi korinishlari. Uning V.Mahmud, H.Olimjon haqidagi maqolalari. Oybekning «Tanqid sohasidagi savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi ot ochaylik» maqolasida A.Sadiyga munosabat.
A.Sadiy Navoiy ijodi tadqiqotchisi. «Navoiy ozbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining yuksak bosqichi» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasidagi yutuq va kamchiliklar haqida Ye.E.Bertels.
A.Sadiy ozbek tanqidchiligida obzor maqolalarning asoschilaridan biri ekani. Ozbek yosh shoirlari (1923), Olti yil ichida ozbek sheriy adabiyoti (1924), «Ozbek burjua adabiyotda maqolalarining tahlili.
Adabiy tanqid XX asr boshlarida ancha ijodiy yutuqlarga erishgan esa-da, malum nuqsonlarga yol qoydi. Shular haqida fikr yuritishdan oldin asr boshlarida paydo bolgan har xil tashkilotlar va ularning adabiyot hamda adabiy tanqidga munosabatini korsatib otish joiz. Zero, XX asrning 20-yillarii adabiy jarayoni uchun mushtarak xususiyatlardan biri har xil adabiy tashkilotlarning mavjudligi va bir-biriga oxshamasligi edi. Buning natijasida ijodkorlarni proletar va dehqon yozuvchisi, inqilobiy yozuvchi va "poputchik" (yolovchi) kabi toifalarga ajratish odatga aylangan edi. Jumladan, osha davrdagi adabiy-tanqidiy maqolalarda Gayratiy, U.Ismoilov, G.Gulom -proletariat yozuvchilari, H.Olimjon, Oydin, Sh.Sulaymon, S.Abdulla-inqilobiy yozuvchilar, Elbek va Oybek -"poputchiklar" deb baholangan edi. Bu davrdagi adabiy tanqid: 1) adabiy tansidiy shakllar (janrlar) sohasida; 2) mumtoz merosga munosabat; 3) yangi insonni yaratishga munosabat kabi uch sohada izlanganini kuzatish mumkin.
Adabiy tanqidning shakllanish bosqichida ozining ilk qadamlarini, asosan, taqrizdan boshlaganin takidlash joiz. Adabiy taqrizlar avval teatr spektakllariga nisbatan koproq yozilgai bolsa, keyinchalik badiiy asarlar yoki alohida toplamlar nisbatan ham yozila boshlandi. Bunga "Za-nay" imzoli muallifning "Xalil farakt"."Chol bolasi" taxallusiy muallifning "Yer yulduzlari", S.Ayniyning qissalari, A.Qodiriyning romanlariga yozgan taqrizlari misol bola oladi.
Ayni chogda otmishdagi ijodkorlar va zamondoshlar hayoti, adabiy faoliyatiga bagishlangan maqolalar yuzaga kela boshladi. Togrulning "Eski shoirlarimizdan Muqimiy", L.Olimiyning "Unutilgan shoir" (Sofizoda haqidagi) kabi adabiy portret harakteridagi, Fitratning "Muqaddimatul-adab, Cholponning "Tagor va tagorshunoslik", "500 yil" maqolalarida mumtoz badiiy xazinamizning qimmatini yoqotmagani va uning yangn avlodga xizmat qila oladigan tomonlari ochib beriladi. Bu maqolalarning har biri oziga hos fazilatlarga ega, albatta.
Yozuvchi va tanqidchilarning kopchiligi ozbek adabiyotining dolzarb masalalari bilan shugullandilar. Fitrat, A.Qodiriy, Cholpon, A.Sadiy, Elbek, yoshlardan esa H.Olimjon, G.Gulom, Mirtemir, Botu, Sh.Sulaymon, Sotti Husayn, A.Qahhor, Oltoy, O.Hoshim, Yunus Latiflar tanqidiy, ilmiy-marifiy ishlari bilan matbuot sahifalarida tez-tez korinib turdilar. Ular ozbek adabiyotining shakllanishiga doir eng muhim muammolar ustida bahs yuritganlar. Shu tariqa, adabiy tanqid oz tadrijiy shakllanish jarayonida tubandagi ikki shaklda korinib turdi:
1. XX asr boshlaridagi ozbek matbuotida "tanqid" rukni ostida, asosan, turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy mavzudagi bazi adabiy, ilmiy maqolalar, feleton, ocherk, hikoyalar, har xil munozaralar, publitsistik maqolalar shaklida korinib turdi, janriy xilma-xillik asosida shakllandi, biroq ularda hali qorishiqlik ustivor edi.
2. Yigirmanchi yillarga kelib, matbuotda "Tanqid va adabiy mubohasalar", "Fanniy tekshirishlar", "Matbuot va adabiyot","Sanoi nafisa olamida" kabi yangi ruknlar ochildi, ularda badiiy toplamlar, sahna asarlari, darsliklar, nashriyot ishlariga oid taqrizlar elon qilindi. Adabiy jarayonga doir bu xildagi original maqolalar, taqrizlar qatorida qardosh xalqlar adabiyoti, ularning sanatkorlariga oid maqolalar yoritib borildi.
Sharq va Garb sanati, gozallik haqidagi qarashlar xususida, shuningdek, V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, V.Plexanov va A.Lunacharskiylarning estetik qarashlariga bagishlangan maqolalar berila boshlandi, adabiyot va sanatni partiya itoatiga otkazishga oid korsatmalarni kengrok yoyish harakati boshlandi.
Ozbek adabiy tanqidining shakllanishida ozarbayjon publitsisti N.Narimonov va tatar adibi O.Ibrohimovlarning ilmiy-nazariy maqolalarining tasiri sezilarli boldi. Osha davrda ozbek matbuotida ular yozgan materiallarning bosilishi ijobiy hodisa edi. Ayni zamonda turli adabiy tur va janrlardagi asarlarni baholash zarurati adabiy-tanqidiy fikrning jonlanishiga sezilarli tasir korsatdi.
Ozbekistonda yashagan B.Pestovskiy, M.Sheverdin kabi rus yozuvchi va tanqidchilarining ozbek adabiyoti va teatr sanatiga bagishlangan chiqishlari adabiy tanqidning faollashib borayotganidan darak berib turadi. Natijada XX asr boshlarida adabiy tanqidning vujudga kelishi jarayonida bir-biridan tubdan farq kiladigan ikki tamoyil kozga tashlanib koldi:
1. Xolisona ilmiy izlanishlar yolidan borish. Bu silsilada Fitrat, Cholpon, A.Sadiy, S.Ayniy, V.Mahmud, Olim Sharafiddinov, O.Hoshim kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar va ular qatorida endigina tanqidchilik faoliyatini boshlagan H.Yoqubov, Oybek, Sh.Sulaymonlar izlanishlari kiradi.
2. Vulgar sotsiologizm asosidagi izlanishlar yoli: Bu guruhga mansub adabiyotshunoslar madaniy merosga nigilistik munosabatda bolib, adabiy dalillarni talqin qilishda sxematizmga yol qoydilar. Masalan, talantli tanqidchi S.Husayn ozbek adabiyotining yosh xodimlarini tarbiyalashda, istedodlarni adabiyotga olib kirishda yaxshi tashabbus korsatdi. Ammo A.Qodiriy ijodini vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan turib, sxematik tarzda tahlil qildi. Bunday nuqsonlar Miyonbuzruk Solihov, Ziyo Said, Umarjon Ismoilov, Yunus Latif, J.Boybolatov kabi tanqidchilar ijodida kop uchrar edi.
Tanqid nima?" degan savolga birinchilardan bolib Axlullo Haybul, Elbek, Vadud Mahmud, Nemat Hakim, Abdurahmon Sadiy oz maqolalarida javob izlay boshladilar.
Oz davrining ziyoli kishilaridan biri, shoir, nosir, pedagog Elbek tanqidchilik sohasida samarali ishlar qildi. Uning tanqid haqidagi fikrlari V.Belinskiy qarashlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. U tanqid deganda har qanday sohada ishlovchi kishilarning oz kasbi boyicha yaratilgan asarlarining yutuq va kamchiliklarini shaxsiy garaz yoki maqtovlarsiz, xolisona aytib, ularga togri yol-yoriq korsatishni nazarda tutadi. "Tanqid demak, bir ishda yo bir narsada bolaturgon kamchiliklarni shul ishning ishlovchilariga korsatib, kuzatdiruv va toldiruv uchun aytiladurgon soz demakdur".
Nemat Hakim esa tanqidnint fannny (ilmiy) tanqid, satirik tanqid, adabiy-badiiy tanqid kabi turlari hakida gapirarkan, ilk bor uning ichki tasnifini amalga oshiradi va har biriga xos farqli xususiyatlarinn tushuntiradi, shu tariqa adabiy tanqid xususidagi tushunchalarni kengaytirishga harakat qiladi. U tanqidchilar orasida A.Sadiy faoliyatini maqullaydi. Chindan-da, A.Sadiy jiddiy masalalar haqida birinchilardan bolib fikr yuritardi, binobarin, uning tanqid haqidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor.
XX asr boshi adabiy tanqidchiligida: a) tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi kuzatishlari; b) yozuvchining badiiy asarlarga bahosi yoki yozuvchi tanqidi; v)tanqidchining tanqidchilar maqolalariga munosabati singari uch yonalish kozga tashlanadi.
Aytib otish joizki, uchala yonalishda yaratilgan tanqidiy ishlar orasida ilmiy, obektiv mulohazalarga ega ishlar qatorida dalillarni buzib korsatadigan subektiv namunalar ham uchraydiki, bunday qarashlar adabiyotning, adabiy tanqidning togri rivojlanishiga salbiy tasir korsatar edi.
Adabiy tanqidning jonlanishida tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi xolisona fikrlari muhim rol oynadi. Jumladan, Hamza va A.Qodiriy ijodi haqidagi dastlabki ilmiy maqolalar shunday qimmatga ega.
A.Sadiy Hamza ijodi haqida fikr yuritar ekan, unga shoro davri va uning mafkurasi nuqtai nazaridan baho bersa-da, jumladan, uning quyidagi sozlari Hamzaning adabiyotda tutgan ornini togri belgilagani bilan bugungi kungacha oz ahamiyatini yoqotgan emas: "Xususan asarlarining kopi ozbeklarning zamondagi oz turmushlaridan, shu vaqtdagi turli ijtimoiy hayot voqealaridan olinib yozilgan bolmoqlari ayrim diqqatni jalb etib turadi. Ozida yurak shoiri bolish, muzikachilik va turli kuylar ixtiro etish, dramaturglik ham artistlik yigilgan bir shaxsni ham biz hali yolgiz Hakimzoda ortoqda koramiz".
XX asr boshlaridagi adabiy tanqid Hamza ijodini organishda ikki yoldan : biri Hamza ijodiga obektiv, sanat mezonlari asosida baho berish va ikkinchisi Shoro mafkurasi taqozosiga kora Hamza ijodini soxtalashtirish yoki uni mohiyatan shoro mafkurasi talablariga muvofiqlashtirgan holda talqin qilish yolidan bordi. Shu qarashdagi mudaqqidlar unga "shoro ijodkori" degan siyosiy yorliqni sharafga aylantirdilar.
Birinchi yonalishda izlangan "Bogbon" taxallusi, munaqqidning "Iffat qurboni", "Yulginboy" kabi taqrizlari etiborli. Muallif ularda "Boy ila xizmatchi" "sanoyi nafisa" nuqtai nazaridan talabga javob bermasligini etirof etib, aktyorlar oyinidagi zaif tomonlarni togri korsatadi.
Teatr tanqidchisi Mirmulla Shermuhammedov Hamza asarlarini odilona va xolis, ozi aytganidek, "betarafona" tahlil etadi.
Shu tariqa matbuotda "Qizil qalam" majmuasida Hamzaga bagishlab yozilgan maqolalar, shoir asarlariga berilgan taqrizlar malum manoda hamzashunoslikning oziga xos ozanga aylana boshlanganini taminlaydi. Ammo hamzashunoslik shoir ijodini shoro tuzumi manfaatlari nuqtai nazaridan baholashni ham unutmadi. XX asrning 20-yillari oxirlarida boshlangan bu qusurli biryoqlama jarayon 80-yillargacha adabiy tanqidda davom etdi. Shu uzoq muddat davomida hamzashunoslik murakkab yolni bosib otdi. Hamza shaxsiyatini "qip-qizil" proletar shoiri, kompartiya mafkurasiga sodiq, diniy etiqoddan qaytgan ijodkor tarzida korsatish asosida uni "ozbek sovet adabiyotining asoschisi, yalovbardori"ga aylantirdi. Adabiyotshunos Q. Yoldoshev togri takidlaganidek: "Hamza bir umr davridan oldin yurgan. Shu bois bir umr fojeaviy hayot kechirgan. Bir umr oz xalqini otli muhabbat bilan suygan, biroq osha xalq zakovatli ogloni qalbini na tirikligida, na hayotdan ketgach, toliq tushunolmagan...
Hamza ijodi ataylab kotar-kotar qilindi. U oziga davrdosh, kayfiyatdosh bolgan ijodkorlarga qarshi qoyildi"4. Binobarin, Hamza ijodini qanday bolsa, shundayligicha, obektiv baholash zarurati istiqlol tufayli jiddiy ehtiyojga aylandi.
Otgan asrning 20-yillaridan etiboran adabiyot va adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi - ularning muhim xususiyatidir. Bunga Cholpon asarlarining adabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bolganini misol qilib korsatish kifoya.
Adabiy jarayondagi munozaralar ikki yonalishda olib borildi. Birinchi yonalishga shoir ijodiga obektiv, togri baho berilgan. Bunga A.Qodiriy, A.Sadiy, V.Mahmud, A.Alaviya, qisman Z.Bashir va Oybeklarning taqriz va maqolalarini mansub deyish mumkin.
Ikkinchi yonalishga Ayn, Usmonxon, Miyonbuzruk Solihov, 30-yillardan boshlab esa A.Sadiy va Tuygunlar yozgan taqriz va maqolalar mansub, bolib ular Cholpon ijodiga sof "markscha-lenincha" estetika nuqtai nazaridan baho berish asnosida shoir qismatining fojeaga giriftor etilishini tezlashtirishga sabab bolishdi5.
Afsuski, ozbek adabiyoti va tanqidchiligining tugilishi hamda shakllanishi jarayonida, aniqrogi, XX asrning 20-30-yillarida istedodlarga shunday yondashish qaror topa boshlagan edi. Ayniqsa, Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Akmal Ikromovning davr mafkurasiga asoslanib, Cholpon ijodiga notogri yondashuvi bu jarayonni yanada keskinlashtirdi. Bunday biryoqlama qarashlar A.Qodiriy, A.Cholpon, A.Fitrat singari adiblarning nohaq qamalib, fojeali qatl etilishlariga olib keldi.
Badiiy ijodda goyaviylik bilan badiiylik bir-biriga shu darajada birlashib, qorishib ketgandagina chinakam sanat asari paydo boladi. Ularning birini ikkinchisidan yuqori qoyish, badiiy ijod mohiyatini ijtimoiy borliq taraqqiyoti qonuniyatlaridan kelib chiqib tushuntirish, talqin etish vulgar sotsiologizmga olib keladi, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur ravnaqiga putur yetkazadi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmiga kelib qator yosh shoirlarning kitoblari nashr etildi, jumladan, 1925 yil Oltoyning "Yer yulduzlari" toplami bosib chiqdi-yu, unga adabiy tanqid darhol oz munosabatini bildirishga shoshildi.
Oltoy "Nafis adabiyotda soglom mafkura va soglom tanqid kerak" (1928), Sotti Husayn "Ozbek adabiyotining hozirgi muhim masalalari" maqolalarini proletar adabiyoti muammolariga bagishlashdi. 1929 yili nashr etilgan "Kormana" toplamiga yozgan soz boshisida S.Xusayn undan orin olgan yigirmaga yaqin ijodkorlarning hammasini proletar yozuvchilari tarzida baholab, subektivlikka yol qoyadi. Shu tariqa adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlasha bordi.
Sheriyat, nasr va dramaturgiyada aksini topgan yangi inson obrazini tahlil qilishga adabiy tanqid sustroq kirishdi. Bu masalada ham taqriz oldinda bordi. Taqrizchilar M.Shermuhammedov, Ayniy, Gayratiy, Elbek, Oybek, X.Olimjon, Ziyo Said singari ijodkorlar va O.Sharafiddinov, O.Hoshim, S.Xusayn, A.Sadiy, Anqaboy kabi tanqidchi, adabiyotshunoslar edilar. Bular orasida ismi sharifi aniqlanmagan, faqat shartli taxalluslari malum mualliflar ham bor. Chunonchi, "Mudbir" taxallusli tanqidchi Hamzaning "Istibdod qurbonlari'' dramasi haqida fikr yuritdi, undagi yangi obrazlarni osha davrga mos holda tahlil qildi.
Choʻlpon «ADABIYOT YASHASA - MILLAT YASHAR...»(Ozod Sharafiddinov)
Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bolishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, oziga xos tarzda fikrlaydigan sanatshunos ham bolgan.
Uning badiiy asarlari xalq manaviyatini shakllantirishda qancha muhim rol oynagan bolsa, adabiy-tanqidiy maqolalari ham shunchalik katta qimmatga ega. Ammo istibdod zamonida Cholpon ijodini organish u yoqda tursin, nomini tilga olish taqiqlangani uchun keng jamoatchilikkina emas, hatto adabiyotshunos mutaxassislar ham Cholpon ijodining bu qirrasi togrisida goyat mavhum va tumanli tasavvurga ega edilar. Faqat songgi yillardagina Sh. Turdiev, N. Karimov, B. Dostqoraev, M. Olimov, U. Dolimov, Z. Eshonova, D. Quronov, U. Sultonov kabi adabiyotshunoslarning harakati bilan Cholponning. inqilobdan oldin va keyin chop etilgan, hozir esa topilishi amri mahol bolib qolgan, jurnallar va gazetalarda sochilib yotgan adabiy-tanqidiy asarlari ilmiy muomalaga kira boshladi. Surxondaryolik yosh cholponshunos N. Yoldoshev esa Cholpon hayoti va ijodiga doir bibliografiya elon qilib, unda birinchi marta Cholpon maqolalarining royxatini berdi. Bibliografiyada korsatilishicha, shoirning 19141937 yillar mobaynida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalari hozircha 63 ta ekan. Izlanishlar davom ettirilsa, bu raqamning kopayishi turgan gap.
Maqolalar bilan tynishish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Cholpon ozini professional munaqqid yoki muayyan akademik qoidalar asosida ish yurituvchi adabiyotshunos olim deb hisoblagan emas. Cholpon estetika bobida, sanat nazariyasida yangi sahifa ochgan emas, jahon sanatini va sanatshunosligini batamom yangi yollarga burib yuboradigan tugal talimot ham yaratmagan. Shunga qaramay, yangn ozbek adabiyoti tarixini Cholponning adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasavvur qilib bolmaydi. Yangi ozbek adabiyotini shakllantirishda, 2030-yillardagi goyat murakkab ijodiy kurashlar muhitida unda izchil realistik uslubning ustivorligini taminlashda Cholponning adabiy-tanqidiy qarashlarining ahamiyatini kamsitish mumkin emas. Cholpon munaqqid sifatida, birinchi navbatda, adabiyot va sanatning amaliy masalalari bilan shugullangan, yanada aniqroq aytganda, manaviy uygonish va madaniy rivojlanish asosida adabiy jarayon davomida qondalang bolgan dolzarb muammolarga javob topishga intilgan, shu tarzda adabiyotni oz davrining ilgor goyalari bilan boyitishga, Sharq va Garbning bebaho tajribasini yangi ozbek adabiyotiga olib kirishga harakat qilgan.
Cholpon adabiy-tanqidiy merosining ahamiyati faqat shu bilan cheklanmaydi. Yuqorida aytganimizdek, Cholpon tanqidiy faoliyati bilan estetika sohasida yangi bir talimot yaratishni maqsad qilib qoymagan bolsa-da, uning maqolalarini ichki yaxlitlikdan mahrum, har xil yillarda har xil munosabatlar bilan yozilib, har xil narsalar togrisida bahs yurituvchi parokanda asarlar yignogidan iborat deb qarash mumkin emas. Aksincha, har bir maqolaniyg yugurik misralari ortidan Cholponning ozi qarab turganday boladi. Har bir maqolada Cholpon shaxsiyatining aniq muhri borki, xuddi shu narsa ularni bir yaxlit holga keltirib turadi. Cholponning adabiy-tanqidiy merosi bu ulug adib shaxsiyatining turli qirralarini, madaniy saviyasini, etiqodi va dunyoqarashini organishda, ijtimoiy hayotning muhim jihatlariga uning munosabatini aniqlashda, ijodiy biografiyasining bazi nuqtalarini tolaroq yoritishda ham goyat ahamiyatlidir. Biz bu merosni muayyan tartibda organish natijasida Cholponning goyaviy-estetik evolyutsiyasi qanday kechgani haqida tasavvurga ega bolamiz, hatto «ijtimoiy tuzum va istedod» degan muammoni qoyib, sovet voqeligi Cholponning sanatkor sifatida osishiga qanday salbiy tasir etganini, bir sanatkor taqdiri misolida totalitar tuzumning chinakam istedodga qanchalik dushman ekanini tolaroq tasavvur etishimiz mumkin.
Cholponning birinchi tanqidiy asari «Adabiyot nadur?» degan maqola bolib, «Sadoi Turkiston» gazetasida 1914 yil 4 iyun kuni elon qilingan. Bu maqola, umuman, Cholponning matbuot yuzini korgan ilk asarlaridan biridir. Cholpon uni 16 yoshida yozgan. Maqola shaklan juda ixcham bolsa-da, mazmunan goyat teran. Undagi fikrlar va mulohazalar shu qadar pishiqki, 16 yashar osmirning shunchalik tiyraklik bilan qalam tebratganiga qoyil qolmay ilojingiz yoq. Faqat favqulodda iqtidorga ega odamgina 16 yoshida tafakkurning bunchalik yuqori pogonalariga kotarilishi mumkin. Sarlavhaning ozidanoq ayon korinib turiptiki, maqola juda muhim masalaga bagishlangan. Adabiyot adabiyot bolgandan beri Sharqda ham, Garbda ham ne-ne buyuk istedod sohiblari «Adabiyot, sanat nadur? Uning kimga keragi bor? Sanatkor kim? U jamiyat oldida burchdormi? Burchdor bolsa, bu burch nimalardan iborat? Burchdorlik bilan ijod erkinligi ozaro qanday chiqishadi?» kabi muammolarga ropara kelishgan. Korinib turiptiki, bular ijodning hayot-mamot masalalari, ijodkor ularni loaqal ozi uchun hal qilmay turib, etiqod qilib olsa arziydigan estetik nrintsiplarni aniqlamay turib samarali ijod qilolmaydi. Lekin shunga qaramay, hanuz adabiyot va sanatning yetakchi xossalarini qamrab oladigan, hamma davrlar uchun baravar maqul boladigan universal tarif, mukammal javob topilgani yoq. Buyuk sanatkorlarning javoblarida ham masalaning ayrim jihatlarigina, adabiyot va sanatning ayrim xislatlari, ayrim fazilatlarigina ifodalanadi.
Tabiiyki, Cholpon ham adabiyot olamiga qadam qoyishi bilanoq shu muammoga ropara keldi va unga javob nzlashga majbur boldi. Shunisi diqqatga sazovorki, Cholpon oz izlanishlarida yolgiz emas edi. Xuddi shu davrda boshqa ozbek ziyolilari ham «adabiyot nadur?» degan muammoga javob izlab ancha urinishgan. Masalan, qoqonlik mashhur marifatparvar, «Ashori nisvon» degan majmuaning muallifi Ibrohim Davron 1909 yildayoq «Turkiston viloyati gazetasi»da «Shoir nadur?» degan maqola elon qiladi. Yoki adabiyotshunos olim Begali Qosimovning takidlashicha, 1914 yilda Mirmuhsin Shermuhamedov bilan Saidahmad Vasliy ortasida adabiyotning mohiyati, vazifalarn va jamiyat oldidagi burchi togrisida bahs-munozara bolgan. Qolaversa, bunday izlanish faqat turkistonlik ziyolilar ortasidagina sodir bolgan emas. Xuddi shu yillarda qoshni Qozogistonda ham, Ozarbayjon yohud tatarlar yurtlarida ham adabiyotning, mohiyatini izlash, uning jamiyat hayotidagi, millat ravnaqidagi ahamiyatini aniqlash harakati ancha avj olgan edi. Natijada, «adabiyot nadur?» degan mangu savolga turli mintaqalarda bir-biriga yaqin javoblar paydo bola boshlagan edi, Ozarbayjon adiblari Jalil Mamadqulizoda yohud Abdurahim Haqverdievlarning, tatar yozuvchilari Abdulla Toqay, yohud Olimjon Ibrohimovlarning XX asr boshlarida chop etilgan adabiyot haqidagi maqolalari fikrimizning dalili bola oladi. Oz izlanishlari oqibatida ular naqadar bir-biriga yaqin xulosalarga kelganini korsatish uchun bir konkret misolga murojaat qilaman: taniqli qozoq jurnalisti, marifatparvar va demokrat M. Seralin ozi muharrirlik qylgan «Ayqap» jurnalining 1922 yildagi 1-sonida yozadi: «Til va adabiyot xalqning qalbi va ruhidir... adabiyotsiz xalq zabonsiz boladay gap. Bunday bola boshqalarga ozining dardu quvonchlarini gapirib berolmaydi. Xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan eng kuchli vosita til va adabiyotdir. Oz adabiyotining haqiqiy qadr-qimmatini bilgan xalqlarning farzandlarigina oz tilini chinakam ardoqlay oladi. Qozoq xalqining oz tili va oz adabiyoti bor... bizning burchimiz unutilib yotgan ulkan xazinalarni yuzaga olib chiqish va hammaning mulkiga aylantirishdir»[1].
Endi Cholponga murojaat qilaylik. «Yosh munaqqid «Adabiyot nadur?» maqolasida, birinchi navbatda, adabiyotning ijtimoiy mohiyati togrisida fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning manaviyatiny taminlaydigan omil. Cholpon bu xulosaning chinligiga shu qadar ishonganki, maqolada hech qanday etirozga orin qoldirmaydigan tarzda «adabiyot yashasa millat yashar» deya tasdiqlaydi:
«Ha, toxtamasdan harakat qilib turgon vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bolsa, maishat yolida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa millat yashar. Adabiyoti olmagan va adabiyotining taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, oydan, fikrdan mahrum qolib sekin-sekin inqiroz bolur».
Biri Turkistonda, biri Qozogistonda turib, bir-biridan bexabar holda ikki muallif deyarli bir xil tarzda adabiyotning mohiyati, jamiyat hayotidagi, millat ravnaqidagi ahamiyati togrisida fikr yuritmoqda. Bundagi mushtaraklik tasodif emas, albatta. Bu shu bilan izohlanadiki, XX asr boshlarida Turkistonda ham, Qozogistonda ham ulug Uygonish shabadalari esa boshlagan edi. Turkistonda shu kezlarda tarix maydoniga kirib kelgan, keyinchalik «jadidlar» deb nom olgan fikri ochiq, taraqqiyparvar ziyolilar bu uygonishni taminlagan asosiy kuch boldi. Ular mustamlakachilik siyosati tufayli Turkiston zabun ahvolga tushib qolganini, xalq jaholat va nodonlik qoynida, erksizlik boyinturugi ostida ikkiyoqlama zulm iskanjalari ostida qattiq ezilib yotganini chuqur angladilar va bunday hayotni ozgartish, yangilash zarurligi haqidagi goyalarni olga surdilar. Ular xalqni marifatli qilishni, saviyasini kotarib, oq-qorani taniydigan qilishni yangilanishning birlamchi sharti deb bildilar va shu olijanob niyatni amalga oshirish uchun fidoyilik bilan ishga kirishdilar. Ular har xil taqib va taqiqlarga qaramay, moddiy qiyinchiliklarni yengib maktablar ochdilar, darsliklar yaratdilar, gazetalar chiqardilar, nashriyotlar ochib kitoblar chop etdilar, turli madaniy-marifiy togaraklar ochdilar... Xullas, qisqa muddat ichida jadidlar millatning sadoqatli va fidokor farzandlari sifatida tanildi.
Cholpon shu ulug marifatparvarlik harakatining qanotlarida ijod maydoniga kirib keldi. U mustaqil oqib organish oqibatida goyat yuksak madaniy saviyaga ega edi. Sharq klassiklari, ayniqsa, turk va hind yozuvchilarining asarlari bilan, shuningdek, Ovropa va rus adabiyoti bilan puxta tanish edi. Shuning uchun 1516 yoshlaridayoq marifatparvarlik goyalarini qabul qilishga har jihatdan tayyor edi. Shuning uchun Cholpon yoshligiga qaramay, Turkistonning taqdiri togrisida, millatning istiqboli haqida chuqur qaygurish bilan oylay boshladi. U ham jadidlarga ergashib, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqogidan qutqarib olishning birdan-bir yoli marifat degan etiqodga keldi. Millatni ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda, uni mustamlaka asoratidan xalos etish kerak, buning uchun esa xalq ozinn ozi tanigan bolmogi, hammani birlashtiradigan, yakdil qiladigan milliy iftixor tuygusiga ega bolmogi kerak. Cholpon xalqni shu darajaga yetkazishga yordam beradigan imkoniyatlar, chora-tadbirlar izlaydi va adabiyot ularning eng samaralisidir degan toxtamga keladi. Shuning uchun ham yosh munaqqid komil ishonch bilan hatto millatning yashashini adabiyotning yashashiga bogliq qilib qoydi. Ehtimol, Cholpon bu orinda biroz ehtirosga berilgandir. Biroz mubolagaga yol qoygandir, lekin hech shubha yoqki, XX asr boshlaridagi Turkiston sharoitida «adabiyot yashasa millat yashar» degan formula togri va samarali formula edi. Muhimi shundaki, adabiyotga bunday qarash, uni xalq hayotini yangilashning muhim vositasi deb hisoblash Cholpon ijodida shunchaki yol-yolakay aytilgan bir fikr sifatida qolib ketgani yoq, balki uning keyingi ijodi davomida doimiy ravishda rahnamolik qiluvchi dasturilamal boldi. Cholpon shu etiqoddan kelib chiqib, 20-yillarda yangi niqobga kirib olgan mustamlakachilikni fosh etdi, xalq uchun kishan yasovchi turli-tuman toralar va afandilarni qoraladi, hurlikni, erkinlikni uluglovchi otashin sherlar yaratdi, keyinchalik esa xalq hayotining turli qatlamlarini haqqoniy aks ettiruvchi roman va dramalar yaratib, xalqning manaviy ulgayishiga katta hissa qoshdi.
«Adabiyot nadur?» maqolasining kishini lol qoldiradigan yana bir juda muhim tomoni shundaki, 16 yoshlik munaqqid adabiyotning ijtimoiy vazifasini takidlash bilan cheklanmaydi, balki uning spetsifikasiga, yani obrazli tabiatiga alohida urgu beradi. Yosh munaqqid uchun adabiyot quruq goyalar majmuasi emas, balki, birinchi navbatda, inson ruhiyati bilan bogliq bolgan hodisadir. U odamlarning shuurigagina emas, his-tuygulariga ham tasir etishi, ularni quvontirib, yohud mahzun ahvolga solib, shu orqali ijtimoiy burchini otashi zarur. Cholpon bu fikrlarni oziga xos obrazlarda bunday ifodalagan:
«Adabiyot chin manosi ila olgan, songan qaralgan, ochgan, majruh yarador kongilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, otkir yurak qirlarini yuvadurgon toza marifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug va ravshan qiladurgan, chang va tuproqlar tolgan kozlarimizni artub tozalaydurgon buloq suvi bolganlikdan bizga goyat kerakdur».
Qadim-qadimlardan beri malumki, badiiy asar chinakam sanat darajasiga kotarilmogi uchun unda goyaviylik bilan badiiylik chambarchas birikib ketgan bolmogi kerak. Badiiyatsiz goyaviylik adabiyotni muqarrar olimga mahkum etadigan rak kasaliga oxshaydi. Adabiyot faqat badiiyati orqaligina, yani teran hayotiy mazmunni, muhim hayot haqiqatini odamlarni hayajonlantiradigan, tolqinlantiradigan badiiy shakllarda ifodalaganidagina jamiyat ehtiyojini qondira oladigan qudrat kasb etadi. Buni yaxshi anglagan Cholpon badiiyatning mohiyatini oziga xos tarzda shunday uqdiradi:
«...bazi vaqtda falak bir odamni qayguga solar, ul ozi tushunib, oylab turib, oh tortib yiglar. Bu hasratlarni oz ichiga sigdirolmas. Birovga aytsa, «voy, bechora» dermukin deb, albatta, oz qaygusini birovga aytmakka tilar. Tub togri aytganda ul qadar tasir qilmas. Adabiyot ila aytganda, albatta tasir qilar. Mening bir oshnamning oldigi xabari kelar. Men hech xafalanmayman. Bir vaqtda maktub kelar, maktubda alarning korgan kunlari adabiyot ila bunday yozilur:
Gullar bila pok qayguli mahzun boqurdi,
Koz yoshlarimiz toxtamay tun-kun oqurdi.
Mana shuni oqib albatta, bir tasir ila alarning qaygusiga qoshilurmiz».
Cholpon adabiyotning yangi goyaviy mazmuni uchungina emas, ayni choqda uning yuksak badiiyati uchun ham kurashganida, albatta, osha davrdagi adabiy jarayonning xususiyatlariga tayangan. Malumki, jadidlar XX asr boshlarida marifatparvarlik goyalari bilan sugorilgan yangi mazmundagi adabiyot yaratdilar, ammo turli sabablarga kora bu adabiyot hamma vaqt ham yuksak badiiyat bilan omuxta bolavermas edi. Shuning uchun bolsa kerak, Cholpon adabiyotni yeanatga yaqinlashtirish imkonlarini izladi va bunga erishishning eng chogri yoli haqqoniylikda degan xulosaga keldi. Haqqoniylikning ildizlari esa xalqchillikda. Adib yoxud shoir xalq hayotyning ichida bolmogi kerak va bu hayotning hamma zamzamalarini aks ettirishga intilishi kerak. Ehtimol, yosh Cholpon bunday qarashlarga stixiyali tarzda kelgandir, lekin nima bolganda ham, u «qalam ahllari»ni xalq hayotiga yaqinroq «aralashib» yurishga undaydi. «Adabiyot nadur?»dan keyin yozilgan va «Sadoi Turkiston» gazetasining 1915 yil 6 fevral sonida chop etilgan «Muhtaram yozguvchilarimizga» degan murojaatnomada Cholpon shunday xitob qiladi:
«Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zohirda bolsa ham toylarda, gapxonalarda, bachchabozlar majlisida, bazmlarda va shunga oxshash millatning eng tanqid qiladurgan orinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil osha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib, yozgunday bolsunlar. Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, komilib ketaberadilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi sozlarni, odatlarni organmoqqa boladurki, kitob betlariga kochurib yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasidan olinur».
Cholpon inqilobdan keyin ham ozining estetik printsiplarini shakllantirib bordi. U kopgina maqolalarida konkret ijodkorlar misolida yoki muayyan asarlar tahlili orqali realizmning turli-tuman masalalarini ortaga qoydi. Jumladan, uning maqolalarida talant va ijodiy mehnat, hayotiylik va haqqoniylik, samimiyat va suniylik, matn ustida ishlash, badiiy tasvirning chinligi va rangdorligi, tabiat manzaralari va psixologizm kabi masalalar qalamga olingan va ular togrisida bugun ham ahamiyatini yoqotmagan qimmatli fikrlar aytilgan. Masalan, Cholpon maqolalaridan birida adabiyotning «tugallanishi», yani takomillashishiga katta etibor berib, bunga «adabiyotga kira olmagan narsalarni shafqatsiz suratda maydondan haydash» bilan va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb hisoblaydi. Cholpon «Chigatoy gurungi»ga mansub odamlar xuddi shu yolda faoliyat korsatganini aytadi. Malumki, bizning «sovet» adabiyotshunosligimizda bu tashkilot hamisha panturkistik tashkilot sifatida, aksilinqilobiy goyalarni oldinga surgan guruh sifatida qoralanib kelindi.
Buning natijasida biz bugun «Chigatoy gurungi» haqida deyarli hech narsa bilmaymiz. Bugunga kelib bilganimiz shu boldiki, «Chigatoy gurungi» haqida aytilgan gaplarning bari bohton ekan. Shuning uchun Cholpon maqolasidan olingan quyidagi parcha shoirning chin adabiyot uchun kurashini korsatish bilan birga, osha togarak haqida qisman bolsa-da, malumot beradi: «...u jamiyatga mansub kishilar tilni soddalashtirmak maqsadini asos qilib ushlaganlari holda ozbek adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurgon adabiyot chin adabiyot bolmogi kerak. Shuning uchun ular adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib, adabiyotga kiraolmagan narsalarni shafqatsiz suvratda maydondan hayday boshladilar... «Chigatoy gurungi» asosini mahkam qurgonligi va chinakam togri chizgonligi uchun ozi yoq ketsa ham, ozbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharafli sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir».
1918 yilda Cholponning ozi ham «Chigatoy gurungi», togaragining faol azosi bolganini aytsak, «chin adabiyot» uchun kurashda uning xizmatlari ayon boladi.
Albatta, bizning maqolamizda Cholponning hamma adabiy-tanqidiy maqolalarini tilga olib, ularda kotarilgan masalalarni batafsil sharhlab chiqish imkoni yoq, Biroq yangi ozbek adabiyoti uchun uning izchil kurashi haqida gap borar ekan, bir maqolani sira ham chetlab otib bolmaydi. Bu «Ulug hindi» degan maqola bolib, unda olga surilgan fikrlar goyat printsipial qimmatga ega.
«Maorif va oqitguvchi» jurnalining 1925 yil 78 qoshma sonida chop etilgan bu maqola bir qarashda juziy masalaga buyuk hind shoiri va mutafakkiri Rabindranat Tagor siymosini targib qilishga bagishlanganday korinadi. Biroq aslida esa Cholpon Tagor bahonasida ozbek adabiyotining rivoji qay yoldan borishi kerakligi haqidagi mulohazalarini bayon qiladi. Maqolada Tagor asarlari ideal darajasiga kotarilgan chinakam sanat namunalari sifatida talqin qilingan. Xosh, Cholpon Tagor ijodini qay jihatdan ideal ijod deb biladi? Shunisi muhimki, Cholpon bu togrida fikr bildirar ekan, faqat ozbek adabiyoti yohud ozbek yozuvchilarinigina nazarda tutmaydi, balki, umuman, yangi adabiyotning XX asr boshlarida adabiyotga kirib kelgan Sharq yoshlarini nazarda tutadi. Cholponning nazarida bu yoshlar «yolsizlik» kasaliga chalingan. Qolaversa, Cholponning ozi ham «yolsizlik» dardidan kop aziyat chekadi. Nima uchun? «Yolsizlik» deganini qanday tushunmoq kerak? Cholpon yozadi: «Eski adabiyot bilan yangi adabiyotning ortasida qolgon sharqlik yosh chinakam chuchmal bir vaziyatdadir. Eski adabiyot bir shirin: yangisi yana shirin: garbniki tagin yana shirin. Qaysi bittasiga koproq berilsin? Afsuski, Cholpon bu orinda eski va yangi adabiyotning «shirinligi» nimalarda ifodalanishini aytmaydi, faqat maqola davomida yoshlarning yolsizligi, «boshlab ozi yolsiz» ekanini aytib, uning mohiyati nimadaligiga ishora qiladi:
«Ozimning yolsizligimdan biroz sozlab otayin: Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni oqiyman: bir xil, bir xil, bir xil... Kongil boshqa narsa qidiradir. Botu, Gayratiy, Oltoy, Oybek, Julqunboylarni oqiyman: quvontiradir, xolos! Ular mening uchun yongon chiroqlar bolsa ham, mening ertam uchun! Avloniy, Tavallo, Siddiqiy va Hakimzodalarni oqimayman, oqimayman. Meni shu holga solgan oshalar!...»
Bu parchada Cholpon ozbek namoyandalarining nomlarini tilga olyapti, ularning ijodida bir xillik borligidan, bazilarida esa bundan ham jiddiyroq nuqsonlar borligidan zorlanyapti. Shu parchaga qarab turib Cholponning ozbek klassiklariga salbiy munosabati yoxud mensimay qaragani haqida gapirish mumkinmi? Afsuski, men Cholpon haqidagi risolamda shunga yaqinroq gapni aytganman va klassiklarimizni ozimcha Cholpondan himoya qilmoqchi, Cholponning ozini ham oz maqolasidan himoya qilmoqchi bolganman. Mana osha parcha:
«Oylamanki bugun Cholponning bu xulosasi bilan unchalik kelishib bolmaydi klassiklarimizning har qaysisi oziga xos qiyofaga, bir-birinikidan farq qiluvchi uslubga ega ekan, olamni idrok etishlari va olam haqidagi qarashlari bilan ham, estetik printsiplari jihatidan ham bir-birlarini takrorlamasliklari isbot qilinadi. Lekin Cholpon ularni «bir xil, bir xil, bir xil!» deb baholayotgan ekan, bunda Sharq sheriyatining oziga xos bazi sifatlarini nazarda tutayotgan bolishi mumkin».
Gap shundaki, Cholpon bu maqolada faqat ozbek adabiyoti haqidagina mulohaza yuritayotgani yoq, balki u Sharq adabiyotidan ham, Garb adabiyotidan ham kongli uncha tolmasligini aytyapti, bu adabiyotlar yo «ortiqcha sharqliligi» yoxud «ortiqcha garbliligi» bilan taassuf tugdirinpshi izhor qilyapti. «Toqaydan tortib Qavi Najmiygacha tatar adabiyotini, Hodidan tortib H. Javodgacha ozarbayjon adabiyotini (Husayn Jovidni ajratib olib qoldim!) Nomiq Kamoldan Ali Sayfiga dovur usmonli adabiyotini oqiyman: yo ortiqcha yangilik, garblilik yo ortiqcha sharqlilik, faqat usmonlichadan Rizo Tavfiqning bazi bir yangi shakl bilan eski ruhda aytgan sofiylarcha sherlarini oqiyman, shularga durustgina qonaman. Undan keyin Yahyo Kamolning «Saydobod» ruhida bazi narsalari. Faqat ular shu qadar ozki...»
Savol tugiladi: nima uchun Cholpon bir varakayiga ham ozbek, ham tatar, ham ozarbayjon, ham turk adabiyotlarining namunalaridan qoniqmaslik tuygularini izhor etyapti? Menimcha, buning birdan-bir sababi shundaki, Cholpon Uygonish davrining odami bolgani uchun adabiyotning ham yangicha bolishini xohlagan, Yangi adabiyot Uygonish davrining mohiyatiga mos keladigan, xalq hayotiga yaqinroq turadigan adabiyot bolmogi kerak. Ortiqcha «sharqlilikka» yoki ortiqcha «garblilikka» berilgan adabiyot esa bu talablarga javob berolmaydi. Xosh, nima qilmoq kerak? Adabiyotni, «shirinlikdan», «bir xillikdan» qutultirishning yoli qanaqa boladi? Cholpon bu savollarning javobini Tagor ijodidan izlaydi. Munaqqid Tagor asarlarini oqib, «ulardan qonganini» malum qilar ekan, buning asosiy boisi deb Tagorning «Sharq va Garb ortasidagi oltin koprik» ekanini aytadi. Darhaqiqat, Tagor ijodi tolaligicha Hindiston zaminida osib-ulgaygan bolsa-da, betakror milliy ranglarga ega bolsa-da, bu ijod milliy mahdudlikdan uzoq. U oz ijodida ham milliy, ham Sharq, ham Garb ananalarini birlashtirdi. Uning sheriyatida va romanlarida Sharqqa xos shartlilik, kotarinkilik, donishmandlik ham, Garbga xos psixologizm, xarakterlar mantigiga amal qilish, dalillash ham bor. Buning oqibatida u hind xalqining hayotini shunday tasvirladiki, bu tasvir butun jahon kitobxoniga uning millati va yashash joyidan katiy nazar baravar tasir qiladigan kuchga ega boldi. Yuksak badiiyat bilan tahlil qilingan umumbashariy muammolar Tagor asarlariga alohida teranlik va oziga xos falsafiylik baxsh etdiki, xuddi shu sifatlar ularni Cholpon uchun bagoyat jozibador qildi.
«Ulug hindi» maqolasida Cholpon Tagordan olingan saboq sifatida yana bir masalani qoyadi. Shu munosabat bilan yuqorida maqoladan keltirilgan matn parchasidagi bir nuqtaga diqqatni jalb qilmoqchiman. Cholpon boshqalarga qaraganda Avloniy, Tavallo, Siddiqiy va Hamza Hakimzoda shaniga keskinroq ohangda gapiradi, «meni shu holga solgan», «yani «yolsizlikka» «mubtalo qilganlar «oshalar» deb, bir marta emas, ikki marta ularni «oqimayman, oqimayman» deb takidlaydi.
Afsuski, bizning ozbek «sovet» adabiatshunosligida Cholponning bu mulohazasi ham ilmiy asosda xolisona tahlil qilinish orniga unga siyosiy ayblar taqish uchun yana bir bahona boldi. Hatto «jiddiy adabiyotshunoslardan biri» sifatida tanilgan Izzat Sulton ham shu «dalil» asosida Cholponni ayblashdan tiyina olmaydi. «Bu yerda sovet voqeligini sozsiz va izchil qabul qilgan shoirlarga salbiy baho berganligi (aftidan, Hamza va Avloniy nazarda tutilyapti, shekilli. Unda Tavallo bilan Siddiqiy nima boladi? O.Sh.) Cholpon «yolsizligi» ning manosini ochib beradi: u hali shoir sifatida yangi voqelikni tushunishga va madh etishga (! O. Sh.) tayyor emas».
Cholponning adabiyotdagi «yolsizlikdan» qutulish yollarini izlagani tosatdan kattakon siyosiy aybga aylanib qolgan. Holbuki, Cholponning maqolasida na sovet voqeligi, na inqilob haqida gap ketayotipti, ayrim shoirlar haqida keskinroq ruhda gapirilayotgan ekan, buni Cholpon ularning inqilobni «sozsiz» qabul qilganlari uchun emas, boshqa sabablar tufayli qilyapti. Malumki, jadidlar adabiyotdan jamiyatni yangilash jarayonida muhim qurol sifatida foydalanishgan. Ammo ayrim jadid yozuvchilarining ijodida goyalar targibotiga koproq etibor berilib, badiiyat masalalari keyingi orinlarga tushib qolgan edi. Natijada sanatning eng muhim shartlaridan biri bolmish mazmun bilan shakl birligiga putur yeta boshlagan, goyaviylik badiiyat hisobiga ustivor orin egallay boshlagan edi. Bu nuqson na faqat Hamza, Siddiqiy yoxud Avloniy asarlarida, hatto jadidchilik harakatining eng yirik siymosi Mahmudxoja Behbudiy ijodida ham kozga tashlanadi. Aftidan, Cholpon bu hodisani juda chuqur his qilgan, uning xavfini juda aniq anglagan va maqolalarida bunga qarshi ogohlantirgan. Uning ayrim asarlarni «oqimayman» deb zorlanishining asosiy sababi ham shunda bu asarlarda goyaga urgu berilgan-u, badiiyat oqsab qolgan.
Shunday qilib, Cholponning 20-yillardagi bir qancha maqolalarida tilga olingan va «Ulug hindi» maqolasida ancha toliq ifodalangan masala yangi ozbek adabiyotini yaratish masalasi edi. Cholponning nazarida bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun Tagordek buyuk sanatkorlar tajribasidan kelib chiqib, Sharq va Garb sanatlarini sintez qilmoq va mazmun bilan shaklning uygunligiga erishmoq kerak, zinhor-bazinhor sanatni quruq goyalar majmuasiga aylanib qolishiga yol qoymaslik zarur.
Afsuski, 20-yillarda ham, undan keyingi davrlarda ham Cholponning bu xitobi hech kimning qulogiga yetib borgani yoq. Chunki sovet hokimiyati yillarida amalga oshirilgan adabiy siyosat chinakam sanat namunalarini yaratishdan kora yozuvchilarni hukmron mafkuraning sodiq soldatlariga aylantirishga qaratilgan edi. Yozuvchi oz «yogiga ozi qovrylib, ming xil ijod iztiroblarini kechirib, matn ustida jon kuydirib ishlab otirishi shart bolmay qolgandi u «dolzarb» mavzuni tanlasa, ilgor ishchi yo sadoqatli kommunistni qahramon qilib olsa, xalqlar dostligini uluglab, ulug ogamizga madhiyalar oqisa, «hayotimiz farovon, kelajagimiz porloq, partiyaga ming rahmat!» degan gaplarni aytsa kifoya edi. Bunday asar, badiiy saviyasidan qatiy nazar, haqiqiy adabiyot deb baholanar, ortiqcha tosiqlarsiz chop etilar, boshqa tillarga tarjima qilinar, har xil mukofotlar-u unvonlar bilan ragbatlantirilar edi. Bu siyosat muqarrar ravishda adabiyotda «sxematizm» degan dahshatli illatni tugdirdi, haqiqiy istedod egalarini qadrsizlantirdi, ortamiyonachilikka keng yol ochdi, sanat bobida talantsiz, lekin igvolarga, fisqu fasodlarga, xushomad va laganbardorlikka, zamonaga moslashishga ustasi faranglar, nafsi uchun vijdonini sotishga tayyor odamlar suv betida kopikdek qalqib yurishiga imkon, yaratdi. Afsuski, bu gayritabiiy, teskari hodisaning oqavalari hozirgi kunga qadar ham sirqib yotipti. Cholponning zorlanishlariga va ogohlantirishlariga etibor berib, osha mahaldayoq bu hodisaning oldi olinganda, ehtimol, ahvol boshqacha bolishi mumkin edi, ozbek, yozuvchilarining asarlari ham hozirgidan koproq darajada jahon miqyosida tay olingan va tanilgan bolarmidi? Nima bolganda ham, bizni goyat quvontiradigan joyi shundaki, shoir va dramaturg, nosir va publitsist Cholpon tanqidchilik bilan ham jiddiy shugullanib, bugun ham qimmatini yoqotmagan asarlar meros qoldirgan. Uning maqolalari bu ulug insonning chinakam xalq farzandi bolganini, millat ravnaqi yolida astoydil qaygurib cholishganini, ozbek adabyyotining tom manodagi yuksak adabiyot bolishi uchun qimmatli fikrlar bayon qilganini korsatadi. Cholpon bu fikrlarni bayon qilish bilan, yangi adabiyot yaratish yolidagi mulohazalarini ortaga tashlash bilan cheklangani yoq, balki ozining amaliy ijodida bu etiqodlarga amal qilib, ozi ham «Garb va Sharq ortasida oltii koprik» boladigan asarlar yaratdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Yangi estetik tushunchalarni ustuvor etib, kitobxonda chinakam insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi tanqid Ozbekistonda XX asr boshlarida yuzaga kela boshladi. Albatta, uning yuzaga kelishida mumtoz adabiyotshunosligi, jahon ilmiy-estetik tafakkuri mustahkam zamin bolganini hamisha nazarda tutish lozim.
Ozbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tugilib, shakllanib, kamolot bosqichiga kotarilish yolida kechgan qiyinchilik va ziddiyatlar mohiyatini anglash uchun tarix sahifalarini birma-bir varaqlab kozdan kechirish, erishilgan ilmiy-estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan otkazish, adabiy-badiiy ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy yoritish zarur.
Ozbek tanqidchiligi ildizlari uzoq otmishdan boshlangan bolib, ularning fazilatlarini ozlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan otkazib, ularga barham berishda, adabiy tanqidning yozuvchilar va oquvchilar ommasiga tasiri doirasini kengaytirish zarur.
"Biz bugun yangi asrga qadam qoydik. Xosh, yangi asrga ozbek adabiyotshunosligi qanday yollanma bilan kiradi? U ozining qaysi jihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunohlaridan tavba qilib, qaysi fazilatlari bilan yangi davrga yuz tutadi?...
...Lekin shunga qaramay, butun umidsizlikni yigishtirmoq kerak va ahillik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol komaklashmoq kerak"6. Mazkur sozlarni adabiy tanqidga nisbatan bemalol qollash mumkin, chunki adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qilishi hammaga ayon.
Zero, har qanday ijtimoiy, hatto iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib organilmasa, maqsadga olib boradigan togri yolni topish qiyin. Shunga kora, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda roy bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davrlashtiriladi, bazan soddagina qilib, "20-yillar adabiyoti", "60-yillar adabiyoti" tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish tamoyillari hali qatiy belgilangan emas. Ammo shunisi ayonki, ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning oziga xos mazmuni, mundarijasi mzrkazida turadi.
Adabiyot rivoji tanqid rivoji bilan chambarchas bogliqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi gozallikni ifoda etadi, ular buni turlicha shaklda ifoda etadilar, V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: "Sanatkor va adabiyotchi ozining sanat va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining ozi bilan ifoda etadilar: tanqidchi esa sanat va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr vositasi bilan ongli ravishda ifoda etadi. Bu holda sanat va adabiyot tanqid bilan qolga-qol berishib boradilar va bir-birlariga ozaro tasir etadilar"7.
Buyuk munaqqid qayta-qayta takidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi organilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va toliq manzarasi yaratilishi mumkin emasligidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qoyadi. Shu mantiqdan kelib chiqilgani tufayli "Ozbek sovet adabiy tanqidi tarixi" (1987) ikki jildligi mualliflari ozbek adabiy tanqidi bosib otgan yolni osha davr mafkurasi asosida davrlarga bolib tahlil etadilar:
1. Ozbek sovet adabiy tanqidining vujudga kelishi va ilk qadamlari (1917-1932)".
2. Ozbek sovet adabiy tanqidi sotsialistik realizm estetikasi bilan qurollanish yolida (1932-1941).
3. Ulug Vatan urushi davri ozbek adabiy tanqidi tarixi (1941-1945).
4.Ulug Vatan urushidan keyingi davr ozbek adabiy tanqidchiligi (1945-1956).
5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956-1961).
6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yoliga kirishi(1962-
1972).
7. Ozbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972-1980)8.
Oz-ozidan korinayotirk, bunday davrlashtirishda suniylik ustuvor bolib, ozbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini -rivojlanish yolidagi haqiqiy manzara aks ettirilmagan. Unda adabiy tanqidda kechgan jarayonlar shoro mafkurasini moslashtirib talqin etilgan. Chunonchi, ozbek adabiy tanqidchiligining sotsialistik realizm bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviylashtirilishidan iborat bolib, partiyaning 1925 yil 18 iyunda qabul qilgan "Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati togrisida"gi qaroridan oz sarchashmasini olgan va to jamiyatda shaxsga siginish oqibatlarining fosh etilishigacha shiddat bilan davom etgan jarayondir. Demakki, ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yillar arafasigacha bolgan davrni qamrab oluvchi uch davr esa aslida ozbek adabiy tanqidchiligining shiddat bilan rivojlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurning parvozi, hayotiyligi, yangidan-yangi shakllarni zabt eta borishi va tom manodagi realizm uchun kurash yillari boldi. Albatta, bu jarayon ham shoro va partiyaviy mafkuraga toyingan holda kechgan esa-da, shaxsga siginish oqibatlarining tugatila borilishi tufayli har qalay adabiy tanqidda hur fikrning uygonayotganligiga omuxta holda voqelikka aylana boshladi. Adabiy tanqid stalincha qatagon qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, ijodkorning badiiy mahorati va adabiy jarayon xususiyatlarining estetik tahlilida dadillik korsatdi. Ayniqsa, tarixiy asarlarda ozlikni anglash va erk tuygularining jamiyatni uygotuvchi mohiyatini idrok etishga urindi. Qolaversa, adabiy jarayonda yuz berayotgan xilma-xil izlanishlar - ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bolsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildi, qisman malum natijalarga erishdi.
Adabiyotshunos N.Xudoyberganov va A.Rasulovlar masala mohiyatini shu nuqtai nazardan fahmlab, ozbek tanqidi tarixini ikki davrga bolib organishni tavsiya etadilar:
1-davr: 1917-1955 yillarni oz ichiga oluvchi bu bosqichda munosib ozbek tanqidchiligining tugilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir boladi.
2-davr: 1956 yildan to shu kunlargacha kechgan va kechayotgan vaqtni qamrab oladi. Bu davrda ozbek tanqidchiligi fan va sanat uygunligida tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib, ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechirayotir9.
Tabiiyki, N.Xudoyberganov taklif etgan ozbek adabiy tanqidi tarixini ikki davrga bolib organish nihoyatda shartlidir. Chunki adabiy tanqid soz sanati singari dunyoga kelib, rivojlanish jarayonida tosiqlarga duch keldi. Bazan kotarilish, bazan esa pastga tushish hollariga uchradi. Unda nimalardir ilgarilab bordi, nimalardir orqaga ketdi. Goh salbiy, goh ijobiy tomonga ozgardi. Shu sababli butun jarayonni bir xilda zamon tarozisida olchash qiyin.
Mustaqillik davrida yaratilgan oquv qollanmalarida ham davrlashtirish masalasiga etibor qaratilgan. Adabiyotshunos olim B.Raxmonov ozbek adabiy tanqidchiliginint butun taraqqiyot yolini uchga, yani "jadidchilik davri", shoro davri va hozirgi yillar singari katta bosqichlarga boladi"10.
B.Rahmonov taklif etgan davrlashtirishni munaqqid S.Sodiq tanqid qilar ekan, shoro davri tanqidchiligi tarixini 20-yillar, 30-yillar, urush davri, undan songgi davr, 1956 hamda 1972 yildan keyingi bosqichlar tarzida kichik-kichik etaplarga taqsimlaganini xato deb hisoblaydi. Bunga sabab tanqidchilik taraqqiyot yolini davrlashtirishda asosan, bitta prinsipga, yani jamiyat rivoji xususiyatlarini koproq inobatga olish tamoyiliga amal qilgani deb qaraydi.
S.Sodiq davrlashtirish masalasida ozining tubandagi taklifini
ortaga tashlaydi:
Ozbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri (1914-1932)
Tahlil kolamining kengayishi bosqichi (1932 -1961 yillar).
Umumlashmalar tomon burilish pallasi (1961-1991).
4. Talqinlarning yangilanish bosqichi (1991 yildan hozirgi kunlarga qadar)11.
Bunday davrlashtirishda ham munozarali orinlar yoq emas. Garchand S.Sodiq adabiyot rivojining oziga xosligi va tanqidchilikning ichki taraqqiyot qonuniyatlarini inobatga olish tamoyiliga tayangan bolsa-da, tasnifda jarayon tadrijiga etibor qaratilganday tuyulsa-da, aslida ijtimoiy-siyosiy tuzumdagi ozgarishlarni aks ettirmaydi. Natijada jarayon va zamon oraligida allaqanday larokandalik sezilganday tuyuladi. Aslida ozbek adabiy tanqidchiligi XX asr hosilasi, u asr boshida jadidchilik boshlagan milliy uygonish goyalaridan suv ichib bunyodga keldi va shakllanish jarayoniga kirdi. Shoro zamonida sotsrealizm bayrogi ostida mafkuraviy qurolga aylandi, nihoyat- istiqlol galabasi arafasida asl ozaniga qaytib, xolisona yangi taraqqiyot yolini tutdi. Shu mantiqdan qaralsa, XX asrda kechgan ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida ozbek adabiy tanqidchiligi tarixining taraqqiyot yolini quyidagi bosqichlarga bolib organish maqul:
Birinchi bosqich - ozbek adabiy tanqidchiligining paydo bolishi va shakllanishi tamoyillari (1905-1925).
Ikkinchi bosqich-ozbek adabiy tanqidi mafkuraviylashtirish va realizm uchun kurash jarayonida (1925-1985).
Uchinchi bosqich - ozbek tanqidchiligida istiqloliy hurfikrlilik tamoyillari (XX asrning 90-yillari va XXI asr boshlari davr).
Hozirgi adabiy jarayon va uning xususiyatlarini ochib berish tanqidchilik zimmasida turadi. Badiiy ijod haqidagi fikr-mulohazalar ilmiy-estetik tahlilda haqqoniy oz ifodasini topishi kerak. Bugungi kun - istiqlol mafkurasi hammadan har bir hodisaga xolis baho berishni talab qilyapti. Ammo taassuflar bolsinki, XX asr ozbek adabiyoti, shu bilan birga ozbek adabiy tanqidi ozining rivojini 20-yillardan, asosan, tontarishdan keyin boshladi degan bir tomonlama fikrlar oldingi darsliklarda uchraydi. Bu qarash 1987 yilda chop qilingan "Ozbek sovet adabiy tanqidi tarixi" ikki jildligida ham, N.Xudoyberganov va A.Rasulovlarning hamkorliqda yozgan "Ozbek sovet adabiy tanqidchiligi" (1990) darsligida ham oz aksini topgan. Binobarin, bugungi kun talablari asosida bu fikrga isloh kiritish zaruriyati davr talabiga aylanmoqda. Holbuki, adabiy tanqid juda qadimiy ildizlarga ega ekanligini inkor etib bolmaydi. Bu xususda professor A.Hayitmetovning "Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari" va akademik B.Valixojayevning "Ozbek adabiyotshunosligi tarixi" singari asarlarida goyat qimmatli malumotlar keltirilgan. Shu bois asr boshidagi adabiy hayotga nazar solish tanqidchilikning shakllanish jarayonini aniq va togri tushunib olishga yordam beradi.
Adabiyotshunoslikda istiqlol tufayli 20-yillardagi adabiy hayotga oid masalalar talqinidagi chalkashliklarni tuzatish sohasida jiddiy harakat boshlandi. Bir qator yozuvchilar va tanqidchilar ijodini, jumladan, Munavvarqorn Abdurashidxonov, Mahmudxoja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat; Abdulhamil Cholpon, Otajon Xoshim, Vadud Mahmud, Abdurahmoi Sadiy, Sotti Husayn, Kamiy, Ajziy, Ibrat, Abdulhamid Majidiy, Sofizoda, Elbek, Sidqiy-Xondayliqiy va boshqalar faoliyati, merosini, shuningdek, alohida nazariy masalalarni qayta korib chiqish va baholash sohasida koplab ishlar amalga oshirildi. Bu xususda qator dissertatsiyalar yozildi. Ilmiy risolalar va toplamlar, adabiy-tanqidiy maqolalar elon qilindi. Bular-ku kerakli va orinli ishlar, davr adabiyotini butunicha olib tekshirish, shu yol bilan uning adabiyot va madaniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida tutgan ornini belgilashga xizmat qiladigan izlanishlar edi, biroq bular hali osha davr adabiy hayotini va adabiy-tanqidiy fikrini organish sohasida amalga oshirilajak ishlarning hammasi emas.
XX asr boshlaridagi adabiy xayot ozbek adabiyoti tarixiy taraqqiyotida qanday orin tutishi, boshqa bosqichlardagi taraqqiyot jarayonidan qaysi va qanday xususiyatlari bilan farq qilib turishi-obektiv va ilmiy jihatdan togri ochilsa, kop chigal muammolar, jumladan, yozuvchi, shoirlar ijodini togri baholash imkoni tugilar, shu bilan birga adabiy tanqidga doir bir qancha muammolar yechimi topilgan bolar edi.
Ilk adabiy tanqidiy maqola va taqrizlar bosilganligi inobatga olinsa, adabiy tanqid namunalari 19-asrning oxirlaridan chop etila boshlangan. Biroq 1905 yildan song to 20-yillarning ortalarigacha bolgan davr - ozbek xalqining ijtimoiy hayotida ozining alohida xususiyatlari bilan ajralib turdi. Bu davrda yangi zamonaviy hayotga intilish, ilm-marifatni, maktab-maorifni targib qilish, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida ozgarish yasash uchun kurashish kun tartibida turdi. Bu uygonish harakatining boshida Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Komil Xorazmiy, Avaz Otar ogli, Ibrat, Anbar Otin, Nodim kabi marifatparvar-demokrat shoirlar turadilar. Ular oz ijodiy va amaliy faoliyatlari bilan ozbek xalqida yangi ong kurtaklarining uygonishida madad berib turdilar. Bu tarixiy-manaviy zamindan foydalanib, ozbek xalqi 1905 yildan keyin ijtimoiy, madaniy hayotning hamma jabhalarida ozgarishlar, yangiliklar yaratishga kirishdi. Bu davrda ulkan istedodli siymolar yetishib chiqdilar. "Cholpon yangi ozbek sheriyatining, Qodiriy ozbek nasrining, Fitrat yangi ozbek dramachiligi va adabiyotshunosligi ilmining eng gozal namunalarini yaratdilar"12.
Mahmudxoja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Hamza, Muhammadsharif Sofizoda, A.Shakuriy, Saidrasul Aziziy, Ajziy kabilar maktab-maorif sohasiga katta ozgartirishlar kiritdilar. Ozlari maktablar ochib, ozlari darsliklar yoedilar, xalq bolalarining kozini ochishga, zamonaviy bilimlardan xabardor qilishga intildilar.
Bu davrda Turkistonning deyarli hamma katta shaharlarida bosmaxona, litografiyalar ochildi, kitob, roznomalar nashr qilish ishi yolga qoyildi. Madaniy hayotdagi uygonish professional teatr sanatinish yuzaga kelishida ham korinadi. Bu sohada XX asrnnng 10-yillarida katta yangiliklar yaratilgani malum. Ayniqsa, bu davrda Mahmudxoja Behbudiyning Padarkush"idan oz sarchashmasini ochgan Ovropacha tipdagi ozbek dramaturgiyasi tugildi va tezlik bilan rivojlana boshladi. Ozbek adabiyoti tarixida yangi xodisa hisoblangan dramaturgiyaning paydo bolishi teatr tanqidchiligining tugilishiga olib keldi. Mirmuhsin Shermuhammedov, Hoji Muin kabi teatr tanqidchilari yetishib chiqdilar.
Tatar, turk, ozarbayjon, rus adabiyoti va sanatlari tasirida ozbek milliy adabiyotida yol taassurotlaridan iborat ocherk, feleton, hikoya, qissa, roman kabi janrlarniig ilk namunalari paydo bola boshladi.
M. Shermuhammedov, Hamza, S.Ayniy, A.Qodiriy, Cholpon kabi ijodkorlar ilk milliy romanlar ustida ish olib bordilar. Marifatparvar adiblar publitsist, shoir, yozuvchi, jurnalist, adabiy tanqidchi va pedagog sifatida kop qirrali faoliyat korsata boshladilar. Dastlabki ozbek romanini yozishga uringan M.Shermuhammedov ijodi nazarga tusha bordi. Hamzaning "Milliy roman yoki yangi saodat" asarida Olimjonning ilm-marifat orqali baxtga erishgani tasvirlansa, A.Qodiriyning "Uloqda", "Juvonboz" singari realistik hikoyalarida davr ruhini ifodalovchi izlanishlar mahsuli sifatida etiborni torta boshladi.
Marifatparvarlik jadid adabiyotining yetakchi tamoyiliga aylandi, milliy ozbek adabiyotining poydevoriga birinchi gishtlar qoyila boshlandi. Bu davr shoirlari ijodida taraqqiyparvarlik, tenglik, ilm, ozodlik haqidagi goya osha davr sheriyatining leytmotiviga aylandi. Asta-sekinlik bilan ozbek milliy adabiyotining tugilishi tufayli demokratik yonalish birinchi oringa ota boshladi. Davrning mavjud ijtimoiy tartibini tanqidiy realistik tarzda tasvirlab, uning ruhini yanada chuqurroq berish, xalq orzularini har tomonlama aks ettirish adabiyotda asosiy mavzuga aylandi. Ammo davr adabiyotiga yetarli baho berishga osha zamondagi adabiy tanidning kuchi yetmas edi, chunki adabiy tanqid hali qorishiq, endi shakllanayotgan pallaga kirgan edi. Shuning uchun oziga xos fan, ilmiy-estetik tafakkur mahsuli sifatida endi dunyoga kelayotganligi tufayli ijtimoiy hayotga, ijodiy jarayonga sezilarli tasir korsata olmasligi tabiiy edi, 20-yillarning ikkinchi yarmida, xususan, 30-yillardan etiboran adabiyot butunlay mafkuralasha bordi va kor imkoniyatlari qoldan ketdi. "Sovet tuzumi uning markscha-lenincha mafkurasi, shubhasiz, adabiyotimizning kamoliga katta zarar keltirdi"13. Buning oqibatida adabiyotshunoslik ilmida jadid davri adabiyoti va uning namoyandalari hayoti va ijodi chetlab otila boshlandi. Natijada XX asr boshlarigacha ozbek adabiyoti bilan undan keyingi davrdagi adabiyotlar ortasida katta opirlishlar va uzilish paydo boldi. Holbuki, bu davr adabiyotini, tanqidchiligini barcha murakkabliklari bilan yoritish, barcha ijodkorlarning badiiylik mezonlariga javob beradigan asarlarini chop etish ozbek mumtoz adabiyotiga tutashtiruvchi koprikni tiklash zarur edi. Xuddi shu boradagi xayrli ishlarni E.Karimov va B.Qosimov kabi adabiyotshunoslar boshlab berdilar.
Tanqidning muhim xususiyatlaridan biri uning publitsistika bilan chambarchas aloqasidir. Joriy adabiy jarayonning hodisalarini va badiiy ijodning ayrim asarlarini tahlil etib, uning qimmatli fazilatlarini keng ommaga tushuntirib berish asosida uning estetgas didini tarbiyalashga moljallangan tanqid oz oquvchisiga matbuot -gazeta va jurnallar orqali murojaat qila boshladi. XIX asrning birinchi yarmida asosli ravishda V.Belinskiy: "Tanqid allaqachon bizning publikaning ehtiyoji bolib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tanqid va bibliografiya bolishisiz yashay olmaydi",- deb yozgan edi.
XIX asrning songgi choragi va XX asr boshlarida Turkistonda Ozbek milliy vaqtli matbuoti tugildi va tez suratlar bilan rivojlana bordi. Vaqtli matbuotning tugilishi roznomachilik ishining rivoj topishi munosabati bilan ozbeklarda ham dastlabki milliy jurnalistlar yetishib chiqa boshladi. "Turkiston viloyatining gazeti" (TVG) ozbek madaniyati, sanati, adabiyoti bilan birga tanqidchilikning yuzaga kelishida malum orin tutadi. U 1883 yildan boshlab ozbekcha gazeta sifatida nashr etilgan. Unda "Osh shahri xususidagi risola" haqida bosilgan taqriz, aytish mumkinki, shu janrdagi dastlabki namunalardandir.
Gazeta isyonkor ozbek shoiri Boborahim Mashrab ijodiyotiga oid maqola bilan ozbek adabiyotshunosligi ruknini boshladi. 1907 yildan etiboran unda M.Behbudiyning maqola va ocherklari nashr etila boshlandi. Gazeta XIX asrning oxirgi choragida ozbek demokrat shoirlari Furqat va Sattorxonni, 1903 yilda Muqimiyni, 1905 yilda, Nodim, Rojiy, Ibrat, Behbudiy, Vasliy, Ibrohim Davron kabilarni oz atrofiga toplagan bolsa, 1930 yilda bunday adiblar safiga M.Shermuhammedov, M.Sofizoda, Tavallo, A.Zohiriy, A. Qodiriy (Julqunboy) kabi ijodkorlar kelib qoshildilar. Ular tanqidchilik bilan ham shugullanib, adabiy jarayonda faollik korsatdilar. Garchi missionerlik maqsadi asosida ish korsa-da, uning muharriri N.P.Ostroumov marifatparvar ziyoli bolgani sababli ozbek adabiyoti namunalarini va ular haqidagi maqolalarni chop etishga katta-katta sahifalarni ajratdi. Chunonchi, 1914 yilda "Padarkush" dramasining sahnalashtirilishi munosabati bilan chop etilgan ozbek teatriga, sahna asarlariga bagishlangan taqrizlar etiborga loyiq. Bu jihatdan Hoji Muinning "Yangi asar" nomli maqolasi diqqatni tortadi. Unda "Padarkush" fojeasi kitob holida bosmadan chiqqanligi aytilib, asar mazmuni bayon qilinadi. Taqrizda Behbudiy asari ozbek dramaturgiyasining qaldirgoch namunasi sifatida baholanar ekan, uning xalq madaniy, marifiy tafakkuri rivojida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etishi alohida takidlanadi.
M.Shermuhammedov maqolasida ham bu fojia haqida ijobiy fikrlar bildiriladi va xalqni "Padarkushni oqishga chorlaydi. "TVG"ning 1914 yilgi 71-sonida Mirmuhsin imzosi bilan chop etilgan "Sabzazor risolasi" nomli maqolasi ham etiborlidir.Unda toplamning mundarijasi, qatnashgan shoirlar, ularning davr adabiy jarayonida tutgan orni haqida malumotlar beriladi. Vasliy ijodiga bagishlangan maqola esa Mirmuhsinning tanqidchilik istedodidan darak beradi. Gazetada bosilgan maqolalar tufayli ozbek tanqidchiligiga asos solina boshlandi.
"TVG" 1910-1916 yillardagi faoliyati davomida ozbek adabiyoti, madaniyati, tanqidi rivojiga ahamiyat bersa-da, chor hukumatiga sodiqligini sira unutmadi. Unda Ostroumov iltimosi bilan "buyurtma" tarzida yozilgan sherlar va boshqa asarlar bosilib turganini etibordan qochirmaslik kerak.
Bu davrga kelib, Turkistonda bir qator ozbekcha gazetalar nashr etila boshlandi. "Taraqqiy", Xurshid, Shuhrat, Sadoi Turkiston kabi gazetalarning paydo bolishida jadidchilik harakatining asoschisi I.Gaspirali va u tashkil etgan "Tarjumon" gazetasining tasiri beqiyosdir.
1913 yilda M.Behbudiyning say-harakati bilan "Samarqand" gazetasi nashr etildi. Behbudiy gazetada badiiy asarlarni koproq nashr ettirishga etibor qildi. Gazetada "Sayyohi hindi" asarining fors tilidan rus va ozbek tillariga tarjima qilinganligi, tez orada kitob holida nashrdan chiqishi haqida elon-maqola berilganligi harakterlidir. Maqolada Fitratning bu asarini fors-tojik tilini yaxshi bilgan rus polkovnigi A.Kondratov oz ona tiliga, ozbek marifatparvar shoiri, dramaturg Hoji Muin Shukrullo ozbek tiliga tarjima etganlari malum qilinadi.
"Sadoi Turkiston" ham 1914-1917 yillarda oz yonalishi va mavqei jihatidan ajralib turgan roznomalardek boldi. Uning atrofiga osha davrning ilgor fikrli ziyolilari Hamza, A.Qodiry, Cholpon, S.Ayniy, Mirmuhsin kabi ijodkordar toplangan edilar. Chindan-da, "Sadoi Turkiston" ozbek milliy adabiyotining qanday yonalishda bolishi kerakligini aniq tasavvur qildi. Uning sahifalarida Abdurauf Fitrat, Cholpon, S.Ayniy va Hamzalarning asarlari tez-tez korinib turdi.
Vaqtli matbuot milliy adabiyotning taraqqiyoti bilan birga ozbek tanqidchiligi rivoji uchun ham oziga xos minbarga aylana bordi. Nashr etilgan badiiy va tarjima asarlarga vaqtli matbuot oz sahifalarida taqrizlar bera boshladi; bu taqrizlar adabiy tanqidning rivojiga yol ochdi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: hozirgi adabiy tanqidning eng ommaviy, eng kop tarqalgan janrlaridan biri taqrizning tugilishi, rivojlanishi bevosita uygonish davri bilan bogliq. Buni taqrizlarning gazetada alohida "Tanqid" rukni ostida chop etila boshlagani haqqoniy isbotlay oladi.
Vaqtli matbuot oz sahifalarida adabiy tanqid, uning ahamiyati, yozilajak asarlarga ijobiy tasiri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli ilmiy maqolalar chop eta bordi. Chunonchi, "Sadoi Turkiston" tanqid istilohi va uning adabiyot sohasiga ilk bor kirib kelayotganligi xususida Ahlullo maqolasida berilgan sharhni eslatish mumkin. Maqola muallifi bu davrga kelib, "tanqid" istilohining butunlay yangi mano kasb etganligini aytish bilan birga adabiyotning kelgusi taraqqkyoti bevosita vaqtli matbuot va adabiy tanqidga bogliqligini qayta-qayta takidlagan edi.
Xulosa qilib aytganda, 1905-1920 yillardaga ozbek vaqtli matbuoti adabiy tanqidning yuzaga kelishini taminlashda, shakllanishi va keyingi rivojida muhim rol oynadi.
Professional o’zbek tanqidchiligining yuzaga kelishi va 20 -yillar tanqidchiligidagi bahslar Endi adabiyotshunoslik qatori tanqidchilik ham alohida fan tusini ola boshladi. Ilk bora tanqid sozi qollandi. Yangi yonalishdagi adabiy tanqidiy asarlar vujudga kela boshladi. Chopon, Fitrat, Vadud Maxmud, Behbudiy, Qodiriy va boshqalar adabiy tanqidning ham yangilanishiga xizmat etadigan asarlar yaratdilar.
XX asr 20 yillaridan adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi munaqqidlarni ham ikki guruhga ajratib yubordi. Vadud Mahmud, Abduhamid Cholpon, Abdurauf Fitrat kabilar soz sanatining chin ixlosmandi bolib adabiyotga sadoqatini toliq namoyon etdi.Ular badiiy asarni siyosatdan holi baholashni maqsad ayladi.Abdurahmon Sadiy,Sotti Husayn kabilar asardan siyosiy xato topishga urgu berdilar.Tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagikuzatishlari,tanqidchining tanqidchi maqolasiga munosabatini organish masalaga oydinlik kiritadi. Bunda asosiysi ,xolis va adabiyotning mohiyati togri anglangan mulohazalar tanqid kelajagi uchun asos sanaladi. Munaqqidlar faoliyatini organish talabaning mustaqil muqoyasa etish,aniq xulosa chiqarish malakasini orttiradi.
Adabiy tanqid badiiy asar yutuq hamda kamchiligini shaxsiy garaz, maqtovsiz xolis aytish, togri baholash, fikrni ilmiy asoslashni talab etadi. Adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlashishi munaqqidlarni ham ikkiga ajratdi. Vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar S.Husayn,A.Sadiy,J.Boybolatov kabilar ijodida yetakchilik qiladi. Marifiy, ilmiy yonalishdagi fikrlar A.Fitrat, A.Cholpon ,V.Mahmud kabilar ijodining bosh mezoni edi. Mumtoz adabiyot namunalarini elon qilish,zamonaviy yozuvchilar ijodining xos jihatini yoritish,adabiy janrlar taraqqiyoti borasidagi fikrlarni namoyon etish munaqqidning sharafli burchi. Fitrat, Qodiriy, Cholponlar badiiy asar jozibasi,estetik qimmati masalasini jiddiy organib, ozlari ham yetuk asarlar yaratishga munosib hissa qoshdilar.Adabiyot nadir,Adabiyot qoidalari kabi asarlarda tanqid,soz sanati,ijodkorga yondashuv yuksak darajada namoyon bolgani kuzatiladi. Ular ijodini noxolis baholagan tanqidchilarning maqolasini organish masalaga oydinlik kiritadi .Ozbek yosh shoirlari,Ozbek adabiyotida chigatoychilik,Roman ham haqiqat kabi maqolalarda ijodkor,badiiy asarni baholash jarayoni kuzatilib tahlil etiladi. Badiiy asarga biryoqlama yondashuv,zamonasozlikka berilish tanqid rivojiga putur yetkazishi malum.
"Butun jamiyatimiz tarixi kabi, adabiyotimiz tarixi kabi tanqidchiligimiz tarixi ham bagoyat murakkab bolgan, uning har lahzasi ijodiy fikr bilan dogmatizm, haqiqat bilan yolgov vijdoniylik bilan murosasozlik ortasidagi kurashga tola" deb yozgan O.Sharafiddinov yuqorida eslatganimiz maqolasida. Binobarin, yaratilajak tanqid tarixi rivojlanish yollaridagi keskinlikni sira yumshatmay, boyamay, roy-rost korsatib bermogi darkor. Shu mantiqqa suyangan holda asr boshidagi adabiy tavqidni xolis, obektiv yul bilan tahdid etishga kirishish boshlandi. Bu silsilada H.Boltaboyevning Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlariga bagishlangan qator maqolalari va Fitrat ilmiy merosi tadqiq etilgan doktorlik ishi, Sh.Yoqubovning "Otajon Hoshimning adabiy-tanqidiy faoliyati", U.Sultonovning "Cholponning adabiy-tanqidiy qarashlari", B. Karimovning "Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi orni", H.Umrzoqovning "Gozi Yunusning ijodiy yoli", U.Joraqulovning "Fitratning tadqiqotchilik mahorati", R. Tojiboyevning "Ozbek adabiy tanqidi tarixidan" deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyalarini misol qilib korsatish mumkin.
XX asr professional ozbek tanqidchiliga shakllanishida Vadud Mahmud hissasi katta. Badiiy idrok tanqidchining asosiy xususiyatlaridan biri. Alisher Navoiy, Cholpon ijodi Vadud Mahmud talqinida. «Alisher Navoiy», «Turk shoiri Ajziy», «Cholponing «Buloqlari» maqolalari va taqrizining tahlili, Vadud Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining orni. Tanqidchi asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlarga munosabat. Unnng maqolalarida vorisiylik masalasi. Navoiy, Fuzuliy, Ajziy asarlarining xolis talqini. Mazkur maqolalardagi ishqi ilohiy, ishqi majoziy haqidagi mulohazalar. V.Mahmud ijodi haqida 20-30 yillar tanqidchiliga.
Adabiy tanqid gozallik kashf etishi zarurligi haqida. V.Mahmud «Yosh ozbek shoirlari», «Sadiyning savodi» singari maqolalarda didsizlik, gozallikni his etmaslikning tanqid qilinishi.
Tanqidchi ijodida bahsning orni. Vadud Maxmudning vulgar sotsiologizmga qarshi kurashi. Vadud Mahmud va Abdurahmon Sadiy. Vadud Mahmud va 20-yillardagi Samarqand adabiy-tanqidiy muhiti. Vadud Mahmud va tojik marifatchilari, yozuvchilari, olimlari.
XX asrning birinchi yarmi adabiy-tanqidiy jarayonda Abdurahmon Sadiyning orni. Unga rus va turk mumtoz adabiyotshunosligining tasiri. A.Sadiy ijodida turkiy adabiyot. Ozbek yozuvchilari ijodining talqini. Navoiy, Yassaviy, Cholpon haqidagi maqolalari.
A.Sadiy ijodi va mafkura. Mafkura tomonidan tanqidchi erkining bogilganligi. Vulgar sotsiologizmning A.Sadiy ijodidagi korinishlari. Uning V.Mahmud, H.Olimjon haqidagi maqolalari. Oybekning «Tanqid sohasidagi savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi ot ochaylik» maqolasida A.Sadiyga munosabat.
A.Sadiy Navoiy ijodi tadqiqotchisi. «Navoiy ozbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotining yuksak bosqichi» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasidagi yutuq va kamchiliklar haqida Ye.E.Bertels.
A.Sadiy ozbek tanqidchiligida obzor maqolalarning asoschilaridan biri ekani. Ozbek yosh shoirlari (1923), Olti yil ichida ozbek sheriy adabiyoti (1924), «Ozbek burjua adabiyotda maqolalarining tahlili.
Adabiy tanqid XX asr boshlarida ancha ijodiy yutuqlarga erishgan esa-da, malum nuqsonlarga yol qoydi. Shular haqida fikr yuritishdan oldin asr boshlarida paydo bolgan har xil tashkilotlar va ularning adabiyot hamda adabiy tanqidga munosabatini korsatib otish joiz. Zero, XX asrning 20-yillarii adabiy jarayoni uchun mushtarak xususiyatlardan biri har xil adabiy tashkilotlarning mavjudligi va bir-biriga oxshamasligi edi. Buning natijasida ijodkorlarni proletar va dehqon yozuvchisi, inqilobiy yozuvchi va "poputchik" (yolovchi) kabi toifalarga ajratish odatga aylangan edi. Jumladan, osha davrdagi adabiy-tanqidiy maqolalarda Gayratiy, U.Ismoilov, G.Gulom -proletariat yozuvchilari, H.Olimjon, Oydin, Sh.Sulaymon, S.Abdulla-inqilobiy yozuvchilar, Elbek va Oybek -"poputchiklar" deb baholangan edi. Bu davrdagi adabiy tanqid: 1) adabiy tansidiy shakllar (janrlar) sohasida; 2) mumtoz merosga munosabat; 3) yangi insonni yaratishga munosabat kabi uch sohada izlanganini kuzatish mumkin.
Adabiy tanqidning shakllanish bosqichida ozining ilk qadamlarini, asosan, taqrizdan boshlaganin takidlash joiz. Adabiy taqrizlar avval teatr spektakllariga nisbatan koproq yozilgai bolsa, keyinchalik badiiy asarlar yoki alohida toplamlar nisbatan ham yozila boshlandi. Bunga "Za-nay" imzoli muallifning "Xalil farakt"."Chol bolasi" taxallusiy muallifning "Yer yulduzlari", S.Ayniyning qissalari, A.Qodiriyning romanlariga yozgan taqrizlari misol bola oladi.
Ayni chogda otmishdagi ijodkorlar va zamondoshlar hayoti, adabiy faoliyatiga bagishlangan maqolalar yuzaga kela boshladi. Togrulning "Eski shoirlarimizdan Muqimiy", L.Olimiyning "Unutilgan shoir" (Sofizoda haqidagi) kabi adabiy portret harakteridagi, Fitratning "Muqaddimatul-adab, Cholponning "Tagor va tagorshunoslik", "500 yil" maqolalarida mumtoz badiiy xazinamizning qimmatini yoqotmagani va uning yangn avlodga xizmat qila oladigan tomonlari ochib beriladi. Bu maqolalarning har biri oziga hos fazilatlarga ega, albatta.
Yozuvchi va tanqidchilarning kopchiligi ozbek adabiyotining dolzarb masalalari bilan shugullandilar. Fitrat, A.Qodiriy, Cholpon, A.Sadiy, Elbek, yoshlardan esa H.Olimjon, G.Gulom, Mirtemir, Botu, Sh.Sulaymon, Sotti Husayn, A.Qahhor, Oltoy, O.Hoshim, Yunus Latiflar tanqidiy, ilmiy-marifiy ishlari bilan matbuot sahifalarida tez-tez korinib turdilar. Ular ozbek adabiyotining shakllanishiga doir eng muhim muammolar ustida bahs yuritganlar. Shu tariqa, adabiy tanqid oz tadrijiy shakllanish jarayonida tubandagi ikki shaklda korinib turdi:
1. XX asr boshlaridagi ozbek matbuotida "tanqid" rukni ostida, asosan, turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy mavzudagi bazi adabiy, ilmiy maqolalar, feleton, ocherk, hikoyalar, har xil munozaralar, publitsistik maqolalar shaklida korinib turdi, janriy xilma-xillik asosida shakllandi, biroq ularda hali qorishiqlik ustivor edi.
2. Yigirmanchi yillarga kelib, matbuotda "Tanqid va adabiy mubohasalar", "Fanniy tekshirishlar", "Matbuot va adabiyot","Sanoi nafisa olamida" kabi yangi ruknlar ochildi, ularda badiiy toplamlar, sahna asarlari, darsliklar, nashriyot ishlariga oid taqrizlar elon qilindi. Adabiy jarayonga doir bu xildagi original maqolalar, taqrizlar qatorida qardosh xalqlar adabiyoti, ularning sanatkorlariga oid maqolalar yoritib borildi.
Sharq va Garb sanati, gozallik haqidagi qarashlar xususida, shuningdek, V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, V.Plexanov va A.Lunacharskiylarning estetik qarashlariga bagishlangan maqolalar berila boshlandi, adabiyot va sanatni partiya itoatiga otkazishga oid korsatmalarni kengrok yoyish harakati boshlandi.
Ozbek adabiy tanqidining shakllanishida ozarbayjon publitsisti N.Narimonov va tatar adibi O.Ibrohimovlarning ilmiy-nazariy maqolalarining tasiri sezilarli boldi. Osha davrda ozbek matbuotida ular yozgan materiallarning bosilishi ijobiy hodisa edi. Ayni zamonda turli adabiy tur va janrlardagi asarlarni baholash zarurati adabiy-tanqidiy fikrning jonlanishiga sezilarli tasir korsatdi.
Ozbekistonda yashagan B.Pestovskiy, M.Sheverdin kabi rus yozuvchi va tanqidchilarining ozbek adabiyoti va teatr sanatiga bagishlangan chiqishlari adabiy tanqidning faollashib borayotganidan darak berib turadi. Natijada XX asr boshlarida adabiy tanqidning vujudga kelishi jarayonida bir-biridan tubdan farq kiladigan ikki tamoyil kozga tashlanib koldi:
1. Xolisona ilmiy izlanishlar yolidan borish. Bu silsilada Fitrat, Cholpon, A.Sadiy, S.Ayniy, V.Mahmud, Olim Sharafiddinov, O.Hoshim kabi tanqidchi va adabiyotshunoslar va ular qatorida endigina tanqidchilik faoliyatini boshlagan H.Yoqubov, Oybek, Sh.Sulaymonlar izlanishlari kiradi.
2. Vulgar sotsiologizm asosidagi izlanishlar yoli: Bu guruhga mansub adabiyotshunoslar madaniy merosga nigilistik munosabatda bolib, adabiy dalillarni talqin qilishda sxematizmga yol qoydilar. Masalan, talantli tanqidchi S.Husayn ozbek adabiyotining yosh xodimlarini tarbiyalashda, istedodlarni adabiyotga olib kirishda yaxshi tashabbus korsatdi. Ammo A.Qodiriy ijodini vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan turib, sxematik tarzda tahlil qildi. Bunday nuqsonlar Miyonbuzruk Solihov, Ziyo Said, Umarjon Ismoilov, Yunus Latif, J.Boybolatov kabi tanqidchilar ijodida kop uchrar edi.
Tanqid nima?" degan savolga birinchilardan bolib Axlullo Haybul, Elbek, Vadud Mahmud, Nemat Hakim, Abdurahmon Sadiy oz maqolalarida javob izlay boshladilar.
Oz davrining ziyoli kishilaridan biri, shoir, nosir, pedagog Elbek tanqidchilik sohasida samarali ishlar qildi. Uning tanqid haqidagi fikrlari V.Belinskiy qarashlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. U tanqid deganda har qanday sohada ishlovchi kishilarning oz kasbi boyicha yaratilgan asarlarining yutuq va kamchiliklarini shaxsiy garaz yoki maqtovlarsiz, xolisona aytib, ularga togri yol-yoriq korsatishni nazarda tutadi. "Tanqid demak, bir ishda yo bir narsada bolaturgon kamchiliklarni shul ishning ishlovchilariga korsatib, kuzatdiruv va toldiruv uchun aytiladurgon soz demakdur".
Nemat Hakim esa tanqidnint fannny (ilmiy) tanqid, satirik tanqid, adabiy-badiiy tanqid kabi turlari hakida gapirarkan, ilk bor uning ichki tasnifini amalga oshiradi va har biriga xos farqli xususiyatlarinn tushuntiradi, shu tariqa adabiy tanqid xususidagi tushunchalarni kengaytirishga harakat qiladi. U tanqidchilar orasida A.Sadiy faoliyatini maqullaydi. Chindan-da, A.Sadiy jiddiy masalalar haqida birinchilardan bolib fikr yuritardi, binobarin, uning tanqid haqidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor.
XX asr boshi adabiy tanqidchiligida: a) tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi kuzatishlari; b) yozuvchining badiiy asarlarga bahosi yoki yozuvchi tanqidi; v)tanqidchining tanqidchilar maqolalariga munosabati singari uch yonalish kozga tashlanadi.
Aytib otish joizki, uchala yonalishda yaratilgan tanqidiy ishlar orasida ilmiy, obektiv mulohazalarga ega ishlar qatorida dalillarni buzib korsatadigan subektiv namunalar ham uchraydiki, bunday qarashlar adabiyotning, adabiy tanqidning togri rivojlanishiga salbiy tasir korsatar edi.
Adabiy tanqidning jonlanishida tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi xolisona fikrlari muhim rol oynadi. Jumladan, Hamza va A.Qodiriy ijodi haqidagi dastlabki ilmiy maqolalar shunday qimmatga ega.
A.Sadiy Hamza ijodi haqida fikr yuritar ekan, unga shoro davri va uning mafkurasi nuqtai nazaridan baho bersa-da, jumladan, uning quyidagi sozlari Hamzaning adabiyotda tutgan ornini togri belgilagani bilan bugungi kungacha oz ahamiyatini yoqotgan emas: "Xususan asarlarining kopi ozbeklarning zamondagi oz turmushlaridan, shu vaqtdagi turli ijtimoiy hayot voqealaridan olinib yozilgan bolmoqlari ayrim diqqatni jalb etib turadi. Ozida yurak shoiri bolish, muzikachilik va turli kuylar ixtiro etish, dramaturglik ham artistlik yigilgan bir shaxsni ham biz hali yolgiz Hakimzoda ortoqda koramiz".
XX asr boshlaridagi adabiy tanqid Hamza ijodini organishda ikki yoldan : biri Hamza ijodiga obektiv, sanat mezonlari asosida baho berish va ikkinchisi Shoro mafkurasi taqozosiga kora Hamza ijodini soxtalashtirish yoki uni mohiyatan shoro mafkurasi talablariga muvofiqlashtirgan holda talqin qilish yolidan bordi. Shu qarashdagi mudaqqidlar unga "shoro ijodkori" degan siyosiy yorliqni sharafga aylantirdilar.
Birinchi yonalishda izlangan "Bogbon" taxallusi, munaqqidning "Iffat qurboni", "Yulginboy" kabi taqrizlari etiborli. Muallif ularda "Boy ila xizmatchi" "sanoyi nafisa" nuqtai nazaridan talabga javob bermasligini etirof etib, aktyorlar oyinidagi zaif tomonlarni togri korsatadi.
Teatr tanqidchisi Mirmulla Shermuhammedov Hamza asarlarini odilona va xolis, ozi aytganidek, "betarafona" tahlil etadi.
Shu tariqa matbuotda "Qizil qalam" majmuasida Hamzaga bagishlab yozilgan maqolalar, shoir asarlariga berilgan taqrizlar malum manoda hamzashunoslikning oziga xos ozanga aylana boshlanganini taminlaydi. Ammo hamzashunoslik shoir ijodini shoro tuzumi manfaatlari nuqtai nazaridan baholashni ham unutmadi. XX asrning 20-yillari oxirlarida boshlangan bu qusurli biryoqlama jarayon 80-yillargacha adabiy tanqidda davom etdi. Shu uzoq muddat davomida hamzashunoslik murakkab yolni bosib otdi. Hamza shaxsiyatini "qip-qizil" proletar shoiri, kompartiya mafkurasiga sodiq, diniy etiqoddan qaytgan ijodkor tarzida korsatish asosida uni "ozbek sovet adabiyotining asoschisi, yalovbardori"ga aylantirdi. Adabiyotshunos Q. Yoldoshev togri takidlaganidek: "Hamza bir umr davridan oldin yurgan. Shu bois bir umr fojeaviy hayot kechirgan. Bir umr oz xalqini otli muhabbat bilan suygan, biroq osha xalq zakovatli ogloni qalbini na tirikligida, na hayotdan ketgach, toliq tushunolmagan...
Hamza ijodi ataylab kotar-kotar qilindi. U oziga davrdosh, kayfiyatdosh bolgan ijodkorlarga qarshi qoyildi"14. Binobarin, Hamza ijodini qanday bolsa, shundayligicha, obektiv baholash zarurati istiqlol tufayli jiddiy ehtiyojga aylandi.
Otgan asrning 20-yillaridan etiboran adabiyot va adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi - ularning muhim xususiyatidir. Bunga Cholpon asarlarining adabiy tanqidda jiddiy munozaralarga sabab bolganini misol qilib korsatish kifoya.
Adabiy jarayondagi munozaralar ikki yonalishda olib borildi. Birinchi yonalishga shoir ijodiga obektiv, togri baho berilgan. Bunga A.Qodiriy, A.Sadiy, V.Mahmud, A.Alaviya, qisman Z.Bashir va Oybeklarning taqriz va maqolalarini mansub deyish mumkin.
Ikkinchi yonalishga Ayn, Usmonxon, Miyonbuzruk Solihov, 30-yillardan boshlab esa A.Sadiy va Tuygunlar yozgan taqriz va maqolalar mansub, bolib ular Cholpon ijodiga sof "markscha-lenincha" estetika nuqtai nazaridan baho berish asnosida shoir qismatining fojeaga giriftor etilishini tezlashtirishga sabab bolishdi15.
Afsuski, ozbek adabiyoti va tanqidchiligining tugilishi hamda shakllanishi jarayonida, aniqrogi, XX asrning 20-30-yillarida istedodlarga shunday yondashish qaror topa boshlagan edi. Ayniqsa, Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Akmal Ikromovning davr mafkurasiga asoslanib, Cholpon ijodiga notogri yondashuvi bu jarayonni yanada keskinlashtirdi. Bunday biryoqlama qarashlar A.Qodiriy, A.Cholpon, A.Fitrat singari adiblarning nohaq qamalib, fojeali qatl etilishlariga olib keldi.
Badiiy ijodda goyaviylik bilan badiiylik bir-biriga shu darajada birlashib, qorishib ketgandagina chinakam sanat asari paydo boladi. Ularning birini ikkinchisidan yuqori qoyish, badiiy ijod mohiyatini ijtimoiy borliq taraqqiyoti qonuniyatlaridan kelib chiqib tushuntirish, talqin etish vulgar sotsiologizmga olib keladi, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur ravnaqiga putur yetkazadi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmiga kelib qator yosh shoirlarning kitoblari nashr etildi, jumladan, 1925 yil Oltoyning "Yer yulduzlari" toplami bosib chiqdi-yu, unga adabiy tanqid darhol oz munosabatini bildirishga shoshildi.
Oltoy "Nafis adabiyotda soglom mafkura va soglom tanqid kerak" (1928), Sotti Husayn "Ozbek adabiyotining hozirgi muhim masalalari" maqolalarini proletar adabiyoti muammolariga bagishlashdi. 1929 yili nashr etilgan "Kormana" toplamiga yozgan soz boshisida S.Xusayn undan orin olgan yigirmaga yaqin ijodkorlarning hammasini proletar yozuvchilari tarzida baholab, subektivlikka yol qoyadi. Shu tariqa adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlasha bordi.
Sheriyat, nasr va dramaturgiyada aksini topgan yangi inson obrazini tahlil qilishga adabiy tanqid sustroq kirishdi. Bu masalada ham taqriz oldinda bordi. Taqrizchilar M.Shermuhammedov, Ayniy, Gayratiy, Elbek, Oybek, X.Olimjon, Ziyo Said singari ijodkorlar va O.Sharafiddinov, O.Hoshim, S.Xusayn, A.Sadiy, Anqaboy kabi tanqidchi, adabiyotshunoslar edilar. Bular orasida ismi sharifi aniqlanmagan, faqat shartli taxalluslari malum mualliflar ham bor. Chunonchi, "Mudbir" taxallusli tanqidchi Hamzaning "Istibdod qurbonlari'' dramasi haqida fikr yuritdi, undagi yangi obrazlarni osha davrga mos holda tahlil qildi.
30-yillar tanqidchiligining oziga xos tamoyillari haqida
30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib o’zbek adabiy tanqidchiligi ham faollasha boshladi. Oybekning «Abdulla Qodiriy ijodi» (1934) monografiyasi bu yoldagi ilk va muvaffaqiyatli qadamlardan biri boldi. Bu asarda A.Qodiriyning yozuvchilik mahorati batafsil ochib berildi. 30-yillarda ozbek adabiyotshunosligi tomonidan erishilgan yutuqlardan biri «On besh yil ichida ozbek adabiyoti» (1939) ilmiy toplam holidagi kitobidir. Bu toplamga kirgan maqolalar ichida Olim Sharafiddinov va S.Husaynlarning «Ozbek adabiyoti», H.Yoqubovning «Ozbek sovet poeziyasi 15 yil ichida», Yusuf Sultonovning «Ozbek sovet prozasi», S.Husaynning «Ozbek sovet dramaturgiyamizga umumiy bir qarash». Sh.Sulaymon va G.Karimovlarning «Bolalar adabiyoti togrisida», M.Afzalov va B.Karimovlarning «Ozbek folklari» nomli chinakkam tadqiqot ishlari mavjud edi. Unda, ozbek adabiyotining taraqqiyot yollari ancha mukammal ochib berildi.
Adabiy tanqid badiiy adabiyotda zamondosh obrazini qanday yaratayotganligiga. xususan, ularning nuqsoniga alohida etibor bera boshladi. 20-yillarning birinchi yarmida "inqilob" mavzuidagi asarlar yaxshi kutib olingan bolsa, 20-yillarning ikkinchi yarmidan etiboran obrazlar tolaqonligi, yozuvchilar oz qaxramonlarining ichki dunyosini, ruhiyatini tasvirlayotirmi degan savollar qoyila boshlandi.
Uygun "Oz xatolarimiz ustida organamiz" maqolasida oz ijodiga tanqidiy koz yugurtiradi va malum xulosalarga kelganini bayon etadi. Bunday dalillar adabiy tanqidning sifat ustida ham, asarning badiiy yuksakligi ustida ham jiddiy izlana boshlaganini korsatadi. Shunday intilishlar tufayli 20-yillarning oxirlariga kelib, xususan, 30-yillarning boshlarida adabiyotda hayotga yaqin bolish istagi avj oldi. Birin-ketinlik bilan "Dilbar-davr qizi", "Baxtlar vodiysi", "Temirchi Jora", "Kokan", "Jontemir" kabi zamonaviy asarlar yaratila boshlandi. Biroq bu davrda ularga qarshi tanqidiy maqolalar emas, balki javobiya xarakteridagi asarlar yozish ananasi yuzaga keldi: Cholponning "Buzilgan olkaga" sheriga Gayratiy "Tuzalgan olkaga" sheri bilan javob qaytardi. Biroq adabiy tanqid bunday asarlarni chetlab ota boshladi. Faqat milliy istiqlol galabasidan song bunday hodisalarga xolisona baho berildi.
Ozbek adabiy tanqidida janriy izlanishlarga munosabat. XX asr boshlarida adabiyot yangi janriy izlanishlar davriga kirdi. Mavjud turli-tuman tashkilotlar bir-biriga oxshamagan uslub va estetik dasturlarga ega edi. Partiyaning, sovet davlatining adabiyotga buyruq berishi hali urfga kirmagan edi. Poetik ijod hali ustuvor ananaligicha davom etardi, shoirlar ananaviy aruzdan kengroq foydalanishar, biroq "inqilobiy" ruhni berish yangi vazn, yangi shakllar izlashni ehtiyojga aylantirayotgani tobora chuqurroq sezilmoqda edi. Ana shu ehtiyoj xalq ijodiga xos barmoq va sarbast vaznlarida jangovor shijoatkorlikka davat etuvchi asarlar (marshlar, qoshiqlar, ashulalar) yaratishga sabab boldi. Bunda Nozim Hikmat va V.Mayakovskiy ornagi va ijodining tasiri muhim rol oynay boshladi. Adabiy jarayondaga bunday izlanishlar adabiy tanqid etiboridan chetda qolmadi. Arabnejad (A.Alaviya) "Bizda shakl masalasi va Nozim Hikmat" maqolasida xuddi shu masalalarga toxtaladi: "Aruz va hijo vazni" ohista oqar vaznlar bolib, yangi hayotdagi surat va harakatni bera olishga qodir emasdur"-deb yozarkan, sarbast sherlarning afzalligani takidlaydi. Homil Yoqubov esa "Oybek va uning sherlari" maqolasida shoirning ijodiy osayotganligini tahlil qilarkan, uning etiborini yangi shakllarga qaratadi.
Mirtemir erkin sherni "nozimona sher" deb ataydi. Erkin sher ancha murakkab sanat bolib, uni ozlashtirish oson kechmadi. Aslida ozbek sheriyatini yangi ohang va vaznga kochirish harakati Fitrat va Cholpon ijodida XX asrning 10-yillaridayoq boshlangan bolib, 30-yillardagi adabiyotning mafkuraviylashtirila borishi sharoitida yangicha mohiyat kasb eta bordi. Shu zaylda sarbast G.Gulomning "Dinamo", H.Olimjonning "Koklam", Shokir Sulaymonning "Erk kuylari", Mirtemirning "Ashulalar qoynida" kabi ilk sheriy toplamlarida ozbek sheriyatida inqilob va shoro tuzumini alqovchi mazmunga sugorilgan holda namoyon bola bordi. Adabiy tanqid bu jarayonga madad berdi, Mirtemir sochma sherlar yozishga jazm etdi. Hatto "Sochma shoirning tuygu va fikrlari tolqinlanib, toshib ketgan vaqtda yoziladi", - deya unga muhabbatini izhor etgan edi. Qolaversa, osha davrda sochmani minbar adabiyoti deb ataganlar. Lekin sochmadagi hamma sherlar yuksak goyaviy-badiiy saviyada bolavermagani yosh tanqidchi Yunus Latif tomonidan ilgangan edi.
Bu davrda adabiy tanqid nasr rivojiga ham sezilarli tasir korsatdi. XX asr boshlarida A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, 20-30-yillarda esa H.Shams, Zarif Bashir, Ziyo Said, G.Gulom, Sh.Sulaymon, Gayratiy, H.Olimjon, Sobir Abdulla, Cholponlar hikoya yoza boshlagan edilar.
A.Sadiy hikoyachilikda A.Qodiriy ijodi sermahsulligini takidlaydi. U tahlil jarayonida u yoki bu janr tabiatiga toxtalishga, jumladan, hikoyaning xususiyatlari haqida nazariy mulohazalar bildirishga intiladi.
Abdurauf Fitrat esa "Adabiyot qoidalari" nazariy asarini shu masalalarga bagishlasa, Olim Sharafiddinov(Ayn), Sotti Husaynlar orni-orni bilan oz maqolalarida hikoya, povest janrlariga xos xususiyatlarga oid qimmatli fikrlarni aytib otadilar.
Ozbek adabiyotida roman janrining paydo bolishi A.Qodiriy, Hamza, Mirmuhsin Shermuhammed nomlari bilan bogliq. Roman nazariyasiga oid ilk nazariy mulohazalar esa A.Sadiyning "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari va Fitratning "Adabiyot qoidalari" asarlarida uchraydi. Ayniqsa, S.Xusayn "Otkan kunlar"ni tahlil qilish jarayonida janr sifatida romanning boshqa adabiy janrlardan farqini tushuntirishga harakat qiladi.
Miyonbuzruk Solihov esa ozbek adabiyotida romanchilik tajribasi - yoqligini takidlab, "Otkan kunlarini original asar deb hisoblaydi. Aslida esa chindan ham "Otkan kunlar" ozbek adabiyotida, Yevropada tushunilganidek, haqiqiy realistik roman bunyodga kelganining dalili edi. Adabiy tanqidda shu haqiqatning tasdiq topishi uning estetik jihatdan ancha balogatga yetganinn korsatadi.
Dramaturgiyaning tugilishi va rivoji masalasi ham adabiy tanqidning etiboridan chetda qolmadi. Dramaturgiya rivojining ilk bosqichida "ogzaki tanqid" (jonli tanqidiy amaliyot) asosiy rol oynadi va u kopincha tashkiliy shakllarda, aytaylik, u yoki bu asarni oqib muhokama etish va repertuarni komissiyalar orqali qabul qilish jarayonida royobga chiqdi. Shu tariqa teatr tanqidchiligi shakllana bordi. Ammo elon qilingan maqola va taqrizlarning kopchiligi teatr sanati masalalariga va aktyorlar mahorati tahliliga bagishlangan bolib, ular orasida spektaklning goyaviy-badiiy qimmatini, zamonaviy hayot bilan aloqasi va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur ochib beradiganlari hali yetarli emas edi. Jumladan, "Ch.Ogli" imzoli tanqidchi "Teatr asarlari janrning jon tomiridir. Yaxshi va nafis teatr adabiyotiga ega bolmasak, teatrdan sira foydalana olmaymiz",-deb yoesa, boshqa bir maqolada operetta, balet sanati togrisida ham ayrim mulohazalar bildirilgan edi.
Teatr tanqidchiligi ozbek teatrining yuksalishida katta rol oynadi. 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida K.Yashin, N.Safarov, Ziyo Said, Sobir Abdulla, U.Ismoilov, Z.Fatxullin kabi yosh dramaturglar badiiy ijod sohasida korinib qoldilar. Adabiy tanqid oz vaqtida ularning paydo bolishini tabriklash bilan birga mavjud nuqsonlarini korsatishga harakat qildi va ijodiy yuksalishlariga jiddiy tasir korsatdi.
Ozbek adabiyotshunosligida mumtoz merosga munosabatda ikki asosiy yonalish mavjud edi: 1) vulgar sotsiologik ruhdagi qarashlar yonalishi bolib, bu holat J.Boybulatov, Oltoy,Z.Bashir, 3.Said, Yu. Latif singari adabiyotchilar chiqishlarida kop uchraydi; 2) marifiy-ilmiy yonalish - bunday tamoyildagi professional tanqidchi va adabiyotshunoslar, shuningdek, tanqid bilan shugullanuvchi yozuvchilar orasida Fitrat, A.Sadiy. A.Majidiy, Ayn, S.Ayniy, L.Olimiy, O.Xoshim, Botu kabi ijodkorlar bor edi.
Ilmiy izlanishlar yolidan borgan Fitrat, A.Sadiy, A.Majidiy, Togrul, O.Hoshim, L.Olimiy kabi tanqidchilarning maqolalari, adabiyotshunoslikka oid tekshirishlari merosga togri yondashishga intilishning adabiy tanqiddagi namunalari edi. Bu jihatdan L. Olimiyning "Nodira", A.Majidiyning "Shoir Miriy" kabi maqolalari ayricha etiborga loyiq.
Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 20-yillardayoq ulug mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosini toplash, organish, nashr etish, boshqa tillarga ogirish oziga xos kolamdorlik kasb eta boshlagan edi. Bunda nafaqat ozbek, balki ozarbayjon, turkman, rus va boshqa adabiyotshunoslar ham salmoqli hissa qosha boshlagan edilar. Jumladan, Abdurauf Fitrat ilk bor shoirning forsiy ijodiga etiborni qaratib, "Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni togrisida" maqolasini yaratgan bolsa, "Muhokamatul-lugatayn"ning turkmancha tarjimasi 1925 yilda "Amir Alisher Navoiy" nomi ostida Turkmanistonda nashr etildi. Kitob kirish soz, shoirning qisqacha tarjimon holi va izohlar bilan taminlagan edi.
Navoiy merosini chuqurroq organgan, ilmiy jihatdan jiddiy ishlardan biri - 1928 yili Leningradda rus tilida bosilib chiqqan "Mir-Ali-sher" kitobi sharqshunoslikda sezilarli iz qoldirdi. Undan A.N.Samoylovich, Ye.E.Bertels, A.A.Romaskevich va V.V.Bartold kabi istedodli olimlarning maqolalari orin olgan. Ayiiqsa, Ye.E. Bertelsning maqolasi Navoiy ijodining mustaqil adabiy hodisaligi va originalligini dalillar bilan isbot etganligi tufayli muhim ilmiy qimmatga ega edi. Tajribali sharqshunoslar otmishni yaxshi bilmay turib, hozirgi zamonni baholash mumkin emasligini, binobarin, madaniyatlar, adabiyotlar ozaro aloqasi va hamkorligi ularning bir butunligi mohiyatini belgilashini korsatdilar. Shu tariqa ozbek, rus va boshqa qardosh xalqlarning sharqshunoslari tashabbusi bilan navoiyshunoslikning ilk namunalari yuzaga kelgan edi.
Mumtoz merosdan foydalanish kerakmi yoki kerak emas? degan masalada vulgarizatorlik usulini tanlaganlardan biri J.Boybolatov bolib, uning merosga ota nigilistik munosabati, hatto uni haqorat qilish darajasiga borishi "Ozbek adabiyoti namunalari" majmuasini baholashida ravshan korinadi. U "Namunalar"ni tuzgan Fitratni ham, unga sozboshi yozgan O.Hoshimni ham boralab sokishdan toymaydi. Uning Ozbek adabiyoti va chigatoychilik" maqolasi boshdan oxirigacha mumtoz ijodkor ijodiyotini qoralashdan iborat. Jumladan, u yozadi: ".. Qisqasi, chigatoy nafis adabiyoti mazmun jihatdan tasavvuflik bilan, shakl jihatdan arab ham forslik bilan sugorilgandir, Chigatoy shoirlari-bu mutasavvuflardan, xayolparastlardan, simvolistlardan va boshqalardan ozbek proletar adabiyoti uchun qanday bolsa ham bir narsa olishimiz shubhalidir"16.
J. Boybulatov maqolalaridagi bunday asoslanmagan ayblarga javob bermaslik mumkin emas edi. O.Hoshim "Adabiy meros va chigatoy adabiyoti" sarlavhasi ostida ikki maqola yozib, u bilan munozaraga kirishsa-da, osha davr mafkurasi tazyiqidan qutula olmaydi. Va yozadi: "Jadid adabiyoti ozbek burjuaziyasi adabiyotidir. Jadid adabiyoti ozbek burjuaziyasining fikrini va uning boshdan kechirgan holatlarini aks etadir. Uning uchun ishlaydir, kuladir, yiglaydir''17. Sirasini aytganda. bu "stalinchilik" siyosatining qoliplari asosida berilgan baho edi. Otajon Hoshim keyinchalik mumtoz adabiyotni baholashda avval yol qoygan shu xatolarini tuzatishga harakat qiladiki, bu haqiqiy tanqidchilarga xos fazilat edi. U merosdan foydalanishning bir necha bosqichlari borligini, uni diqqat bilan organish zarurligini takidlaydi. "Chigatoy adabiyoti kop badiiy namunalar bergandir, bu adabiyotning bir qancha sanatkor shoirlari bor"ligini etirof qiladi. Lutfiy, Navoiy va boshqa soz ustalari sherlaridan misollar keltirib, badiiy mahorat masalalariga toxtaladi. Uning fikriga kora, "hozirgi proletar shoirlarining kamchiligi ham shu tomonda", yani mahoratning yetishmasligida. Oz fikrini yaxshiroq tushuntirish va qanday qilib badiiy yetuk asarlar yaratish sanatini egallash mumkinligini uqtirish niyatida V.Mayakovskiyning "Sherni qanday yozish kerak?" nomli kitobidan misollar keltiradi.
A.Sadiy 1934 yili nashr etilgan "Ozbek burjua adabiyoti (XIX va XX asr)" darsligida merosga togri yondashib, uning zarur tomonlarini organish lozimligini uqtiradi.
"Qizil qalam" tashkiloti ham adabiy merosni tashviq qilishda malum ishlarni amalga oshirdi.
Qisqasi, uzoq yillar davomida Navoiy, Mashrab, Turdi, Muqimiy va boshqa ijodkorlarni "hozirgi zamon kemasidan" uloqtirib tashlamoqchi bolganlar kam emas edi. Nigilizm tasirida bolgan yoshlar mumtoz ijodkorlarga mensimaslik nazari bilan qarab, ulardan organish orniga mustaqil yol tutmoqchi boldilar.
Otmish tajribalarini qadrlamaslik kasali XX asrning 30-yillari birinchi yarmigacha davom etgan bolsa-da, adabiy tanqid bu masalani ijobiy hal qilgan edi. Tanqidchilar adabiy merosning ahamiyatini, hayotdagi rolini togri tushuntirdilar,
Xulosa shuki, XX asr boshlaridagi yosh adabiy tanqid adabiy-tarixiy jarayonda faol rol oynaydi. Adabiyot rivojiga oid kopgina asosiy masalalarni kotardi, adabiy hodisalar, yozuvchi asarlariga bazan notogri, lekin asosiy hollarda togri baho berishga intildi. Bu davrdagi adabiy tanqidga xos muhim xususiyat shunda korinadiki, u markscha-lenincha adabiy tanqidga aylana bordi, mafkuraviylashdi. Ammo adabiy tanqid mustaqil fan sifatida rivojlanib, qorishiklikdan qutula boshladi. O.Xoshim, Olim Sharafiddinov, R.Majidiy, S.Husayn va ulardan keyin oz faoliyatini boshlagan H.Yoqubov, Sh.Sulaymon, Yu.Latif, Yu.Sulton singari professional tanqidchi va adabiyotshunoslar yetisha borishadi.
Tanqidchilik va adabiyotshunoslikning alohida kasb sifatida namoyon bolishi yoki badiiy ijod turi sifatida ajralib, oz qonun va tamoyillari asosida rivojlanish jarayoniga kira borishi - osha davr madaniy hayotining katta yutugi boldi. Ayni choqda tanqidchilik bilan shugullangan yozuvchilar - Fitrat, Cholpon, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, Uygun, G.Gulom, Ziyo Said, M. Shayxzodalarning maqolalari, taqrizlari ham adabiy tanqidning saviyasi osishiga jiddiy tasir korsatdi. Adabiy tanqidda badiiy asar tahlilida shakl va mazmun birligiga diqqat qilish fazilati namoyon bola boshladi. Avvallari muayyan asar mavzui va syujetigina aytilib, badiiy shakl kopincha tilga olinmasa, endi tanqidiy asarlarning kopchiligida goyaviy mazmun qatorida kompozitsiya, stil, tasviriy -vositalar birlikda baholanadigan boldi. Badiiy tilga oid munozaralar uyushtirilib turildi.
Tanqid tafakkurni shakllantiruvchi vasitalardan biri bolib qoldi, chunki maqola va taqrizlar kopchilikda qiziqish uygotadigan boldi. Tanqid badiiy asar yaratishda maslahatchi, ijodiy hamkor bola boshladi. Ijodkorlarning izlanishlari, yangi janrlarni zabt etishdagi urinishlari qollab-quvvatlandi.
Adabiy tanqidning shakllanishi va rivojida yozuvchilarning roli katta boldi. Ular ozlarining adabiyotga va adabiy merosga aloqador fikrlari bilan tanqidning taraqqiyotiga yordam berdilar va matbuotda, jumladan, "Yangi Fargona"da Hamza, "Mushtum"da A.Qodiriy adabiyot bolimlariga rahbarlik asnosida adabiy tanqidga oid asarlarga keng yol berdilar. Natijada ozbek adabiy tanqidchiligi toxtovsiz osib; adabiy-tarixiy jarayonda oz maqsadiga erisha bordi.
Ikkinchi jahon urushi davri va 50-yillar ozbek tanqidchiligi muammolari. Vulgar sotsiologizm
Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuasiya qilinishi bu jonlanishga sabab boldi. Evakuasiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga malum darajada hissa qoshdilar. Orta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi.
Ozbek tanqidchiligi urush yillarida ozining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga kotarildi. Ozbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan otib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuygularini toblashda adabiy tanqid ozining munosib ulushini qoshdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Ozbekistonda ilmiy, madaniy va adabiy hayot yana ham rivojlandi. Fanlar Akademiyasining tarix, jahon adabiyoti, sharqshunoslik institutlari va boshqa bir qator ilmiy-madaniy markazlarning evakuasiya qilinishi bu jonlanishga sabab boldi. Evakuasiya etilgan rus olimlari bu yillarda respublikamizdagi fan rivojiga, ayniqsa, filologiya va sharqshunoslik fanlari rivojiga malum darajada hissa qoshdilar. Orta Osiyo Davlat universitetining filologiya va sharq fakultetlari shu davrda ochildi. S.Jora, K.Imomov, P.Tursun, M.Boboyev, N.Safarov, Z.Fatxullin, I.Rahim, A.Rahmat, M.Muhamedov, M.Ismoiliy, Shuhrat, A.Udalov, V.Kostirya, I.Muslim, Nazarmat, Akbariy va boshqa onlab adiblar harakatdagi armiya safida boldilar. Oybekning Quyosh qoraymas romanidan parchalar elon qilindi. G.Gulomning Sen yetim emassan, Men yahudiy, Soginish, H.Olimjonning Rossiya, Qolinga qurol ol, Roksananing koz yoshlari, Abdulla Qahhorning Xotinlar, Asror bobo, Oybekning Navoiy asarlari, Yashinning Olim bosqinchilarga, Shayxzodaning Jaloliddin Manguberdi, H.Olimjonning Muqanna, Oybekning Mahmud Tarobiy, I.Sultonovning Burgutning parvozi singari dramalari bu davrda sahnaga qoyilib, faqat urush davri ozbek adabiyoti emas, umuman, ozbek adabiyoti tarixidan mustahkam orin egalladi. Oydinning Qizlarjon, Shirin keldi hikoyalari toplami, Oybekning Xalq-qahramon, S.Ahmadning Farhod togining etaklarida, Oydinning Mening qahramonim, P.Tursunning Oq oltin ocherklarida davrning konkret qahramonlari qiyofasi aks ettirildi. Urush davri taqozasi bilan matbuotda adabiy tanqid uchun avvalgidan ancha kam joy ajratilsa ham, bu kamchilik ogzaki muhokamalar va munozaralar bilan bir darajada toldirildi. Bu davrda professional tanqidchilar bilan bir qatorda adabiy tanqid bilan sanatkorlarning ozlari ham shugullandilar. Uygun H.Olimjon ijodi haqida Shodlik va baxt kuychisi nomli maqola yozdi. Ozbek tanqidchiligi urush yillarida badiiy adabiyotda ozining chuqur ifodasini topgan xalqlar dostligi masalasiga alohida etibor bilan qaradi. 30-yillarda badiiy asarlar tahlil qilinar ekan, baxt tushunchasi Vatan farovonligi, ozod va baxtiyor mehnat talqin etilgan bolsa, urush davriga kelib bular yoniga Vatan ozodligi, fashizmni tor-mor qilish masalalari ham kelib qoshildi. 1943 yilning dekabrida Moskvada ozbek adabiyoti va sanati kunlari bolib otdi. Dekada ozbek tanqidchiligida ham munosib iz qoldirdi. H.Olimjon, Oybek, I.Sultonovlarning Ozbek xalqining adabiyoti, Ozbek adabiyoti, Katta imtihon singari maqolalarida bir tomondan, ozbek adabiyotining 25 yil ichida bosib otgan yoliga qisqacha yakun yasaldi, ikkinchi tomondan, ozbek adabiyotining urush davridagi ahvoli tahlil qilib berildi. I.Sulton Katta imtihon maqolasida ...poeziyamiz bu davrda jiddiy yutuqlarga erishdi; oz taraqqiyotida birdaniga bir necha pogona yuqori kotarildi deb yozgan edi. (I.Sulton. Pyesalar, maqolalar. T., 1959. 168-bet). H.Olimjon Ozbek xalqining adabiyoti maqolasida shu adabiyotning asosiy xususiyatlaridan tashqari, uning avvalgi bosqichlardan farqlanib turuvchi oziga xos belgilarini ham korsatib berdi. Bu davr ozbek adabiyoti rivoji avvalgi bosqichdan farqli olaroq Epik qahramonlar obrazini yaratishda namoyon bolmoqda, der ekan u Burgutning parvozi, Olim bosqinchilarga, Mahmud Torobiy, Jaloliddin, Ozbekiston qilichi kabi asarlar asosida haqli xulosa chiqargan edi. Uygunning Qilich va qalam bilan nomli maqolasida urush davri tanqidchiligi uchun eng xarakterli xususiyat - kuchli publisistik ruh ajralib turadi. M.Shayxzodaning Ozbekiston qilichi dramasi haqida (Qizil Ozbekiston, 1942. 7 may) maqolasi Ozbekiston qilichi dramasiga yozilgan taqriz edi. N.Pogodin, S.Abdulla, Uygun, H.Olimjonning Ozbekiston qilichi 1942 yilda elon qilindi. Ozbekiston qilichida Yunus ota ogli Arslonga ozi yasagan qilichini tutqazib jangga kuzatadi. Jangda qorqoqlik qilgan Toshmatni Arslon otishga buyuradi. Farzandi nobakorligidan aziyat chekkan Odil ota ogli ornini bosish uchun jangga otlanadi... Oybekning Navoiy romaniga tanqidchilik katta baho berdi. Ye.E.Bertels, M.Shayxzoda, I.Sultonlar 1945 yil fevralida Ozbekiston Yozuvchilar soyuzida muhokamada Navoiy romaniga munosabat bildirdilar. Bu asar,-degan edi I.Sulton,-ozbek xalqi tarixida olmaydigan roman bolishi bilan bir qatorda yirik siyosiy hujjat hamdir. (Qizil Ozbekiston 1945. 11 fevral). M.Shayxzoda Tirik Alisher degan maqola yozgan edi. Hodi Zarifovning Ozbek folklorida qahramonlik va vatanparvarlik maqolasida folklor namunalarini chuqur tadqiqot etdi.
Xulosa qilib aytganda ozbek tanqidchiligi urush yillarida ozining hozirjavoblik va jangovarligi bilan ajralib turdi. Badiiy asarlar peshma-pesh, tezkorlik bilan tahlil etildi, tanqidchilikda publisistik ruh yetakchi bosqichga kotarildi. Ozbek tanqidchiligi ham davr va hayot sinovlaridan otib xalq hayoti ichiga yanada chuqur kirib bordi. Xalqimizning vatanparvarlik, qahramonlik tuygularini toblashda adabiy tanqid ozining munosib ulushini qoshdi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida yozuvchilar etiborini zamonaviylik masalalariga jalb etuvchi jiddiy fikrlar ham aytila boshlandi. Masalan, 40-yillarning oxirida yozilgan (Sh.Yu., 1946, 7-8) bir tanqidiy maqolada respublikamiz hayotining bunyodkor korinishlari ozining har taraflama chuqur va haqqoniy ifodasini topayotgani yoq ekanligi takidlandi bizning qariyb hamma shoirlarimiz oz sherlarida Ozbekistonni jannatga, bogi Eramga oxshatadilar, Ozbekiston boy, farovon, obod, deb qayta-qayta takrorlanadi. Holbuki, davrni, zamonni, haqiqiy Ozbekistonning qiyofasini, uning buyuk qurilishlaridagi kurashlarni tasvirlash kerak, bu birinchidan asarning goyaviyligi uchun kurash degan gap edi, bu fikrlarda adabiyotimizda uch berib kelayotgan konfliktsizlikni tanqid qilish yotadi... 50-yillar ozbek adabiy tanqidchiligi shoirlarimizni umumiylikdan qochishga davat etdi va asar goyasining aniq va konkretligi, obraz va xarakterlarning haqqoniyligi uchun kurashdi. 50-yillar ozbek tanqidchiligining ilgor vakillari ijodida yana bir muhim xususiyat kozga tashlandi. Endi badiiy tanqidchilarimiz badiiy asarning goyasi asar tuzilishidagi boshqa barcha komponentlar bilan aloqadorlikda organa boshladi. Bu masalan, S.Azimovning H.Olimjon ijodiga bagishlangan turkum maqolalarida korina boshladi. S.Azimovning Sh.Yu. jurnalining 1954 yil 9-sonida elon qilingan H.Olimjon haqidagi maqolasida bu ulkan shoir mahoratini, uning goyaviy-badiiy konsepsiyasini atroflicha yoritishda ozbek adabiyotshunosligining jiddiy yutuqlaridan biri boldi. Ayniqsa, Zaynab obrazining prototipli ekanligi, lekin bu obraz badiiy tip darajasiga kotarilganligi eskilik bilan yangilik ortasidagi kurash zor mahorat bilan qoyilganligini takidlagan edi. Asarning goyaviy mazmuniga mos badiiy forma, asar qahramonlarining ruhiga mos badiiy vositalar topa olganligini tanqidchi yaxshi bayon etib beradi. 40-yillarning oxiri 50-yillar badiiy tanqidchiligi tarixida munaqqid Abdulla Olimjonning ijodi alohida ajralib turadi. Uning Ogriq tishlar va Yangi yer sahna asarlariga yozgan taqrizlari, R.Bobojonning Qadrdon dostlar S.Zunnunovaning Qizingiz yozdi, Mirmuhsinning Yashil qishloq, Shukrulloning Chollar, O.Yoqubovning Chin muhabbat nomli asarlari va toplamlariga bagishlangan maqolalari alohida ajralib turadi. 50-yillar adabiy tanqidchiligida muammoli xarakterdagi maqolalar yozish ham osha davr adabiy tanqidchiligining muhim oziga xos xususiyatlaridan biridir. Masalan, Abdulla Olimjon Oybek romanlarida ijobiy qahramon obrazi» mavzuida muammoli maqola yozdi. A.Olimjonning mazkur maqolalarida partiyaning 1946-1948 yillarda elon qilingan adabiyotning goyaviyligini yanada yuqoriga kotarish tadbirlari oz ifodasini topdi. 50-yillar boshlarida ayrim shoirlar ijodidagi kozga tashlanuvchi mayuslik motivlari bazan goyasizlik va tushkunlikda ayblandi. Bu kamchilik 50-yillarning ortalariga kelib bartaraf etildi. Ozbekiston Yozuvchilari III syezdi (1954) bolib otdi. Vera Inber Zulfiyaning Bahor keldi seni soroqlab sheri haqida: Sherda shoiraning oz sevgisidan judo bolganligi kuylanadi. Unga qiyin. U bahorni yolgiz ozi qarshilaydi. Lekin bu sherda juda katta hayotiy kuch bor. Sherni oqigan kishi ozini kuchsiz va alamli his etmaydi, aksincha, bardam his etadi (Sh.Yu., 1954, 9, 56-bet). Chindan ham yaxshi lirik sherda qayguni sosializm uchun ishlatish mumkin. Qanday qilib, axir, qaygu-hasratni kuylash bizning adabiyot uchun yot emasmi? Yoq, yot emas. Hamma gap qayguning qanday maqsadlar nuqtai nazaridan kuylanishida, uning nafasini qanday goyaviy niyat tashkil etishidadir. Goya, mazmun va pafosning ozaro munosabati masalasi 50-yillarning oxirida organila boshlanib, 60-70-yillarda chuqur ishlandi. Bu sohada I.Sulton, O.Yoqubov, M. Qoshjonov va I.Gafurovlar katta ish qildilar (M. 1977 yilda H.Yoqubovning Pafos jilolari maqolasi elon qilindi. I.Sulton, O.Yoqubov, H.Abdusamatov, S.Azimovlarning tadqiqotlarida ijodkorlarning goyaviy-badiiy evolyusiyasini kuzatishga jiddiy etibor berildi. 50-yillarning ortalarida ozbek tanqidchiligiga M.Qoshjonov, L.Qayumov, O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, T.Sobirov, X.Abdusamatov, B.Imomov kabi yangi guruh adabiy tanqidchilar kelib qoshildi. Ular urushdan keyingi davrda tanilgan S.Azimov, S.Qosimov, M.Yunusov, O.Ubaydullayev va boshqa tanqidchilar bilan hamkorlikda qator nazariy va amaliy muammolarni ishlab chiqdilar. 50-yillarda dramaturgiya sohasidagi qoloqlik va kamchiliklarni tugatish borasida katta ishlar qilindi. T.Sobirov, H.Abdusamatovlar dramaturgiya sohasida katta-katta maqolalar yozdilar. Masalan,T.Sobirov ozining Konfliktsiz dramaturgiya nazariyasiga qarshi (1953) nomli maqolasida adabiyotimizning muayyan bosqichida salbiy iz qoldirgan bu nazariyani keskin fosh etib chiqdi, shu masala nuqtai nazaridan kamchilikka yol qoygan asarlarni dadil tanqid qildi. Dramaturgiyani keskin hayotiy konfliktlar asosiga qurilgan asarlar yaratishga chaqirdi. Hayot haqiqatini tasvirlashga jiddiy toqnashuvlar zamirida ochila boruvchi qahramonlar xarakterini korsatish bilangina erishish mumkinligini takidladi. U.S.Abdullaning Muqimiy, Ishoq Oktamovning Kechirilmas gunohlar, Tuygunning Hikmat dramalari haqida ham maqolalar yozdi. H.Abdusamatov proza taraqqiyotini, ozbek lramaturgiyasini organish, ozbek satirasining taraqqiyot yollarini organish borasida koplab maqolalar yozdi. Masalan, uning Abdulla Qahhor ijodi haqidagi Dramaturgiyada hayotni haqqoniy aks ettirish masalasiga doir (1956) nomli umumlashma xarakterdagi maqolalari ibratli boldi. Uning Uygun-dramaturg (1956) asari ham qoniqish bilan oqiladi. 50-yillarning avvalidan ozbek tanqidchiligida faol ishtirok eta boshlagan yangi avlod vakillaridan biri Berdiali Imomov edi. U bolalar adabiyotiga alohida etibor bergan munaqqidlardan boldi. Agar 1950-1956 yillar oraligidagi adabiy jarayonga nazar tashlasak, uning Z.Diyor, Q.Muhammadiy, Mirmuhsin, Yo.Shukurov, A.Rahmat, J.Abdullaxonovning bolalarga bagishlangan asarlari haqida koplab maqolalar elon qildirdi. V.Zohidov Sharq klassik adabiyoti haqida, rus va jahon adabiyoti haqida, A.Navoiy ijodi haqida koplab asarlar yaratdi.
Adabiyotshunoslik metodolgiyasi va falsafiy dunyoqarash muammosi
Adabiy tanqid fani adabiy jarayon bilan shug‘ullanadi. Kundalik adabiy hayotda yozilayotgan asarlarni baholaydi. Adabiy-tarixiy jarayonda kechayotgan hodisalarni, yangiliklarni, tajribalarni tahlil qiladi. Ijodkor va kitobxon masalalriga diqqat qaratadi. Goyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarni targib va tashviq etadi; poetic jihatdan zaif asarlarga tanqidiy munosabat bildiradi. Tabiiyki, har bir davrning oz adabiy jarayoni boladi. Adabiy jarayon xususiyatlari vaqt otishi bilan ozgarib, yangilanib boradi.
Hazrati Odam tomonidan ogzaki shaklda dastlabki badiiy asar yaratilgan zamonlardan buyon odamzod matn organish, undan tasirlanish, ozlashtirish va har tomonla tahlil qilishga urinib kelmokda. Odamzod azal-azaldan gozalligi sirlarini anglab yetishga intilgan. Shuning uchun, ham odamiyat unga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblarni tushunishga intilgan va ularni imkoni yetgani qadar tafsir qilgan. Shuningdek, odamlar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarni idrok etish uchun ham deyarli hamisha muayyan komak talab etilgan.
Badiiy matnga tahlilchi oz etiqodi, dunyoqarashi, maqsad estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy saviyasi, badiiy didi kabi omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Bu omillar esa muayyan jugrofiy-tarixiy va ilmiy-estetik sharoit tasirida shakllanadi. Binobarin, turli mintaqalarda yashovchi kishilarda badiiy asarni tushunish hamda tahlil qilish borasida turlicha qarash va usullar tizimi qaror topganligi tabiiydir.
Kunchiqish va Kunbotish xalqlarida badiiy matnga yondashuv tizimi tamomila-oziga xos bolib, bir-biridan jiddiy farq qiladi. Xususan, Turkistonda sovet davrigacha bolgai ming yillar mobaynida korkam asardan, birinchi navbatda, sanat, badiiyat qidirib kelingan. Badiiy matnning tasirli, oziga xos, betakror, nafis va kutilmagan jihatlarini ochishga etibor qaratilgan. Etibor qilinsa, musulmon Chiqishidagi ijodkorlar uchun mazmunning originalligi bilan bir qatorda ifodaning betakrorligi ham juda muhim, bazan hatto, boshqa hamma narsadan muhimroq sanalgan. Gul, bulbul, oshiq, mashuqa, agyor, hijron kabi ananaviy timsollar tizimi mustahkam shakliy qolip va ananaviy yondashuvlar doirasida betakror korkam yangilik yaratish chinakam istedodning belgisi sanalgan.
Kunbotishda esa badiiy matndan koproq ijtimoiy mano izlash ananasi shakllangan. Bu hol badiiy tahlilda sotsiologik, funksional yondashuvlar ustuvor bolishiga olib kelgan. Shuning tasirida Kunbotishliklar adabiyotshunoslik ilmida badiiy asar funksiyalari insonning faoliyatini anglashga qaratilgani bois adabiyot oz-ozidan ijtimoiy mazmunga ega boladi degan qarash shakllangan. Bu estetik maktabga badiiy yaratiq tahlili mobaynida muayyan tekshirilayotgan igarda adabiyotning funksiyalari qay tarzda va qanchalik darajada ado etilganiga koproq etibor qaratilgan.
Natijada Kunbotish adabiyottanuv ilmida badiiy asarni oqish, organish va izohlashga qaratilgan ilmiy-estetik faoliyatning uzoq tarixi mobaynida asarning tahlili boyicha tarixiy-tipologik, tarixiy-madaniy, tsiyosiy-tarixiy, funsional, sotsiologik, formal, struktural, biografik, psixologik, psixoanalitik va bir qator yondashuvlar tizimi shakllangan. Shuningdek, badiiy matnni tahlil etishning bu tizimlaridan ikki yoki undan ortigini birgalikda qollash tufayli ham yana bir qancha tahlil turlari yuzaga kelgan. Tahlil amaliyotida ham badiiy asarlarga yondashuvning ayrim yonalishlari qaror topgan.
Malumki, bani basharga yuborilgan barcha muqaddas kitoblar ilohiy mazmunga egaligidan tashqari ifoda yosinidagi joziba va oziga xoslikka kora, ularda muayyan darajada, badiiylik xususiyatlari ham bordir. Tabiiyki, har qanday qavm vakillari ham oz muqaddas asarlarini togri anglab yetishni istaganlar. Natijada, bu bitiklarni izoxdash, tafsir qilish ehtiyoji yuzaga kelgan. Qadim Yunonistonda muqaddas kitob- larning shu xildagi tafsiri jarayoni «eksegetika» (yunoncha yexegiteka - tushuntiraman), deb atalgan. Antik zamondayoq diniy bitiklar bilan birga eski adabiy qolyozmalar ham eksegiz qilingan, yani tushuntirilgan. Ekzegetika «tashqaridan, dan manolarini ifodalash uchun qoshiladigan -ekz (ex) old qoshimchasi sharhlovchining matndan ozicha mano chiqarmokchi emasligini, balki matnning ozidan tabiiy ravishda mantiqan kelib chiqadigan manonigina anglatmoqchiligiii bildirgan. Bu bilan ekseget qilingan mano tafsirchining shaxsiy-subektiv fikri emas, balki matnning ozidan obektiv tarzda kelib chiqqan qarash ekani takidlangan.
Insoniyat jamiyatida badiiy adabiyot taraqqiy etib borgani sari uni tahlil qilish amaliyoti va ilmi ham rivojlandi. Antik davrlardayoq faqat ilohiy bitiklarning kadimgi qolyozmalarinigina emas, balki osha zamonda yashayotgan ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy matnlarni ham sharhlash ehtiyoji paydo boldi. Chunki har qanday korkam adabiy yaratiq oziga xos tabiatga ega ekani sababli hammaga ham tushunarii bolavermas edi. Ayni vaqtda jamiyat azolari orasida dunyya kelgan badiiy matnni tushunishga ehtiyoj sezadigan alohid» qatlam yuzaga kelgan bolib, u muayyan iqtisodiy, siyosiy, manaviy tasir korsata oladigan kuchga ham ega edi. Natijida, Kunbotishning osha davrdagi eng mutaraqqiy davlatlari bolmish Yunoniston va Rimda badiiy matnni organish tekshirishning hermenevtika va interpretatsiya kabi yonalishlari dunyoga keldi.
Kunbotish ellarida badiiy asarga interpretatsion yoki hermenevtik yosinida yondashish muayyan takomillashishlar bilan hozirga qadar ham davom etibgina qolmay, hatto Kunchiqish olkalariga ham bir qadar yoyilib bormoqda.
Kunbotish yurtlarida, umuman, sanatni anglash va izohlaya yosini, xususan, badiiy yaratiqni tekshirishning universal hamda kop qirrali usuli sifatida interpretatsiya alohida orin tutadi. Interpretatsiya ilohiy va badiiy matnni organish hamda izohlashga tatbiqan antik davrlardan buyon qollanib kelingan yondashuv tarzi bolib, «talsin tsilish, tushuntirish» manolaridagi lotincha interpretation sozidan olinib, badiiy asarni talqin qilish, uning goyasi, manosi yoki konsepsiyasini anglab yetishga, asar mazmunini qayta yaratishga qartilgan faoliyatni bildirgan. Atama sifatida esa a) «biror narsani «talqin qilish, tushuntirish;» b) biror asar yoki sanatkorni ijodiy jihatdan izohlash manolarini bildiradi. Dastlabki davrlarda bu atama adabiy asarning birlamchi manosi, goyasi va konsepsiyasini anglab, tushuntirish hamda uni biror-bir shaklda qayta yaratib berishga qaratilgan ilmiy faoliyatni anglatgan. Bugungi kunda u koproq badiiy asar mohiyatini turli yosinda talqin qilish, izohlash usuli manosida qollaniladi.
Vujudga kelgan davrda interpretatsiya asosan biror asarnipg mazmunini zamondoshlarga moslab aslidagiday qayta yaratib berishga qaratilgan faoliyatni ifodalagan. Hozirga kelib, badiiy mazmunni interpretatsiya qilish,yani qayta yaratish asosan uch yol bilan amalga oshirilishi kozda tutiladi. Virinchi yol biror badiiy asarni ilmiy tadqiq etishni kozda tutib, mantitsiy-tushunchaviy interpretatsiya deyiladi va bitikni adabiyotshunoslik yoki adabiy sinchilik asari tarzida qayta yaratishni anglatadi. Ikkinchi yol liriko-publitsistik int yerpretatsiya bolib, biror korkam asar matnini hissiyot Yoorishiqligida esse shaklida qayta yaratishni bildiradi. Uchinchi yol badiiy interpretatsiya deyilib, adabiy matn mazmunini sanatning rangtasvir, teatr, kino, opera, raqs, musiqa singari turlaridan biriga aylantirib interpretatsiya qilishni anglatadi. Korinadiki, biror badiiy asar mohiyati ilmiy yosinda adabiyotshunoslik yoki sinchilik nuqtai nazaridan tadqiq etilsa, mantitsiy-tushunchaviy interpretatsiya yuzaga keladi. Agar talqinchi tekshirayotgan badiiy matn asl goyasidan tasirlanib, uning mazmuniga oz hissiyoti va shaxsiy munosabatlarini qoshib esse yaratsa, liriko-publitsistik interpretatsiya paydo bolgan. Shuningdek, talqin etilayotgan badiiy asar mazmuni sanatning ozga biror turi vositasida ifoda etilsa, badiiy interpretatsiya hosil bolgan.
Interpretatsiya asarni tahlil qilishning usuli sifatida juda qadim zamonlardan beri qollanib kelinadi. Malumu mashhur Suqrot (miloddan oldingi 470/469-399 yilnar)oz zamondoshi bolmish shoir Simonidning qoshiqlari mazmunini mantiqiy-tushunchaviy yosinda talqin etgan. Demak, adabiyottanuvchilik ishini bajargan.
Interpretatsiyaning ilmiy-nazariy asoslari ilohiy kitoblarning talqinchilari tomonidan ancha keyin ishlab chiqilgan. Ularning bu jondagi talimotlari 19 asrda olmon esteti Fridrix Shelling tomonidan badiiy mazmun talqinining cheksizlik qadar kop bolishi mumkinligi borasidagi qarashlari bilan yanada boyitilgan va toldirilgan. Interpretatsiya togrisida nemis esteti F. Shleyermaxer qarashlarini shogirdi V. Diltey takomilga keltirgan bolsa, rus olimlari: S. Averinsev, M. Baxtinlar uni amaliyotda qollash yollari yuzasidan qimmatli fikrlar bayon qilishgan.
Yuqoridagi olimlarning qarashlari umumlashtirilganda badiiy asarning talqini asar muallifi, yani birlamchi subektning goyaviy-estetik nuqtai nazariga mumkin qadar mustaxkam bogliq bolishi kerak degan umumiy toxtam yuzaga keladi. Biror badiiy mazmunni ozlashtirib, qayta yaratish talqinchining ijodkor subekti bilan goyibona «ruhiy muloqoti» orqali amalga oshadi. Bunda talqinchining intuitsiyasi, yani muallif ruhiyati va fikrini gayrishuuriy tarzda tuyishi hal kiluvchi orin tutadi.
Talqinchi (interpretator) hamisha sanat asariga aksiologik, yani baholash pozitsiyasidan yondashadi. Binobarin, har bir talqinchi tekshirilayotgan, yanikim, qayta yaratilayottan badiiy asardan oz imkoniga yarasha va nazari ilgagan narsani koradi. Bu hol bazan talqin qilinayotgan asar mazmunining muallif nazarda tutganidan boshqacharoq anglanishi va talqin qilinishiga olib kelgan. Natijada asl matn va asl badiiy-goyaviy niyatdan uzoqlashilgan. Shunday bolmasligi uchun ham interpretatsiyada talqinchining oz dunyoqarashi, mayl va istaklari minimal darajada bolishi kerak deb qaraladi. Talqinchi uchun organilayotgan badiiy asarning dastlabki mazmunini topib olib aslidagiday talqin etish muhim hisoblanishi zarur. Buning uchun interpretator bugundan uzilib, tendensiozlik qilmasdan toligicha asar yaratilgan davr va muallif holatiga «kochib» otib, asarning ichiga kirgan holda uning sirgdan kozgatashlanib turmaydigan yashirin manolarini topishga urinishi kerak boladi.
Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, matnning birlamchi mazmunini aniqlash va undan uzoqlashib ketmaslik muhim bulgani sababli tekshirilayotgan matnning nafis sanat asari ekanidan kora, undan kelib chiqadigan ijtimoiy-ruhoniy manoga asosiy etibor berilgan. Negaki, interpretatorning diqqat markazida adabiy matnda dastlab nima hakda gap borganini anglash va qayta yaratish turgan. Shu tariqa interpretatsiyada tekshirilayotgan matnga u yaratilgan davr talabidan kelib chiqib yondashish va muallif aytmoqchi bolgan asl fikrni aniqlash birlamchi vazifa deb qaraladi.
Adabiyotshunoslik tajribasida adabiy asarning tushunilish bosqich va darajalaridan kelib chiqqan holda birlamchi yoki oqirman interpretatsiyasi, ikkipamchi yoki ilmii interpretatsiya hamda badiiy (obrazli-ijodiy) yoki uchlamchi interpretatsiya singari interpretatsiya turlari borligi ham malum. Birlamchi interpretatsiya oqirmanning badiiy asar bilan tanishganda olgan ilk taassurot va tushunchalariga asoslanadi va u kitobxonda kopincha taassurot, kechinma, hissiyot, kayfi- yat holida bolib, hamisha ham mantiqiy sillogizmlar sifatida shakllanavermaydi. Sinchi ozining oqirmanlik mahorotlari bolmish birlamchi interpretatsiyani aniq mantiqiy tushunchaviy ifoda shakliga soladi va ularni tahlil yordamida asoslab tekshirib koradi, natijada haqiqatlikni davo qilish huquqiga ega hamda faktik, mantiqiy va hissiy isbot talab qilinadigan ikkilamchi, yani ilmiy interpretatsiya yuzaga keladi. Uchlamchi yoki badiiy interpretatsiya adabiy asarni boshqa sanatlar tiliga agdarish demakdir. Boshqacha aytganda, badiiy interpretatsiya adabiy asarning butunlay boj sanat turi sifatida qayta yaratilishidan iboratdir.
Oldiniga adabiy asarning asl mazmunini togri tushunish uchun interpretatsiya qilingan. Talqinning togriligi aniqligi badiiy istemolchilarning doimiy diqqat markazida turganligi interpretatorlarning yondashuvlari haqligi borasida hamishalik bahs hamda tanqidiy qarashlarni keltirib chiqargan. Korinadiki, interpretatsiya kechimi uchun marifiy, yani bilish vazifasi birlamchi ahamiyatga ega va uni talqinning boshqa biror funksiyasi bilan tenglashtirib almashtirib ham bolmaydi. Demak, interpretatsiyada retsipi yentning ongiga tasir korsatish ustuvor maqomda boladi.
Tekshirilayotgan matnni, hech bolmasa, nazariy jihatdi aslidagiday talqin qilish mumkinmi yoki yukmi degan masalani interpretatsiya nazariyasi oldida turgan eng muhim va asosiy muammo deyish mumkin. Adekvatlik deganda tekshirilayotgan obekt togrisida muayyan darajada izohlash quvvatiga ega bolgan xolis va ishonchli bilimga egalik kozda tutiladi. Interpretatsiyadagi asosiy qiyinchilik shundaki, muayyan badiiy mazmun badiiy bolmagan tushunchaviy mantiqiy vositalar orqali ifodalanadi. Semiotika nuqtai nazaridan ekstralingvistik, yani tilga doir hodisani tildan boshqa vosita bilan tarjima qilishning bir korinishi bolgan bunday holatda mano buzilishlariga yol qoymaslyaik imkonsizdir. Lekin interpretatsiyada semiotik xarakterdagi chetga chiqishlardan chochimaslik kerak. Negaki, birinchidan halol, ayniqsa, talantli interpretator bunday chetga chiqishlarni minimal darajaga keltirishga intiladi va natijada ularning borligi kopincha bilinmay ham ketadi. Juda muhim bolgan ikkinchi jihat shundan iboratki, sodir bolayotgangan ozgarishlarning tabiati va yonalishini bilib olgach ularni hisobga olib, interpretatsiyani tahrir etish mumkin Deylik, tushunchaviy tafakkur badiiy mazmunni mantiq qoliplariga solishga moyil ekanidan kelib chiqib, talqin etilayotgan asarning ruhi va bu ruhni ifodalagan vositalarga ustuvor diqqat qaratiladi. Shuningdek, talqinda kopincha matnning badiiy goyasini kozga tashlanib turadigan yosinda jonlashtirishga intilish kuchli bolishi kozda tutilib, asardagi nozik belgilar, sirtdan bilinavermaydigan ziddiyatlarni izohlashga koproq etibor qaratilishi mumkin.
Bugun interpretatsiyaga badiiy butunlikni ilmiy vositalar bilan anglab yetish kechimi sifatida qarash yoyilgan. Shu orinda adabiy asarni anglab yetish mumkinmi, ilm jiddiy yoqotishlarsiz bunga erisha oladimi qabilidagi savollarning paydo bolishi tabiiydir. Rus adabiyotshunosi A. Bushmin «Adabiyot haqida fan» kitobida bu togrida haqli ravishda: «Ilmiy shakl badiiy obrazni tola qamrab ololmaydi, undagi manolar serqatlamligini tola ilgay bilmaydi, obraz uygotgan taassurotni kozgay olmaydi. Agar shularni qilish mumkin bolganda, sanatning keragi bolmay qolardi. Boshka tomondan, agar badiiy obrazni ilmiy shaklda ifoda etish mutlaqo mumkin bolmaganda, sanat togrisidagi fan dunyoga kelmagan ham bolardi. Badiiy obrazni mantiqiy tushunchalarga aylan- tirish mumkin emas, ammounimantiqiy tushunchalar tiliga agdarish mumkin» deydi. Chindan ham oxshashlik, muvofiqlik bir xillik degani emas. Ilmiy interpretatsiyadan badiiy butunlikni uning hissiy toyintirilganligi, badiiy tasirchanligi, oziga xos ishontirish quvvati kabi jihatlarini tolik saqlagan holda anglashni talab etish oxshashlikni emas, balki bir xillikni talab qilishdir. Ikki mustaqil hodisani bir xillishtirish istagi amalga oshuvi mumkin bolmagan yumushdir.
Aslida biror badiiy asarni uning asl mazmuniga muvofiq ilmiy talqin qilish interpretatsiya muammolari zanjirining birinchi halqasidir, xolos. Bu muammolarning eng otkiri va asosiysi badiiy asarni har xil talqin qilish masalasidir. Ushbu muammo interpretatsiyalarning kop va xilma-xilligi hamda shunga muvofiq talqin sifatining turfaligidan kelib chiqadi. Ayni bir adabiy asarning turli, hatto, bir-birini inkor etadigan darajadagi turfa bir necha interpretatsiyasi yuzaga kelsa, tabiiy ravishda bularning qaysi biri togri talqin degan masala kotariladi. Muammoga yanada kengrok qaraladigan bolsa, «Bitta badiiy asarning nechtagacha har xil, ammo har holda, mazmunga muvofiq talqini bolishi mumkin va bu talqinlarning ozaro nisbatalari qanday boladi?» degan savol tugiladi. U yoki bu interpretatsiyaning badiiy asar mazmun-mohiyatiga adekvat yoki mos emasligini qay yosinda aniqlash va isbotlash mumkin? Mumkin boladimi ozi?
Poetika nazariyasining ulkan bilimdoni A. A. Potebnya ushbu chigallikni kozda tutib yozadi: «Xuddi soz har bir ijodkorda aynan u kozda tutgan manoni ifodalagani kabi poetik obraz ham har bir tushunuvchi tomonidan va har bir tushunilish vaziyatida qayta-qayta yangicha qabul etilaveradi... Shu singari biror badiiy butunlikni sharhlamoqchi bolgan kishi ham asarning osha vaqtdagi oz poetik yoxud ilmiy anglami va tushunchasi darajasidagi korinishini taqdim etadi»]. Demak, badiiy asarning turli kishilar tomonidan qilingan interpretatsiyasi turlicha bolishiga, buning ustiga, bir kishi tomonidan turli vaqt va kayfiyatda qilingan ilmiy talqinlarda ham jiddiy farqlar bolishi mumkinligiga konikilishi kerak boladi. Potebnyaning yuqoridagi fikri ham badiiy asarning interpretatsiyasi aslida birovning fikrini anglab yetishdangina emas, balki asardagi fikrga qay darajadadir bogliq bolgan oz qarashlarini hosil qilishdan iboratligini korsatadi.
Shuning uchun talqinning xilma-xilligi kopchilik adabiyot tanuvchi va oqirmanlarda etiroz uygotishi, ular: «Bu qanaqasi? Demak, «Alpomish» yoki «Farhod va Shirin,» degan asarlar bittadan yemas balki oqirman qancha bolsa, ular ham oshancha ekanda?»- deya norozi bolishlari mumkin. Bu savollarga hozirgi rus adabiyottanuvchiligining ham yetuk vakili bolgan faylasuf Mixail Epshteynning biroz keskin, ammo umuman, togri bolgan: «Interpretatsiya har qanday badiiy obrazning toligicha ochiq va kopmanoli ekaniga asoslangan hodisa bolib, asar mohiyati tola anglab yetilishi uchun cheklanmagan miqdordagi, shu shumladan, notogri va asossiz talqinlar ham bolishi mumkinligini kozda tutadi»,- degan qarashi javob bolishi mumkin. Chindanda badiiy asar ham tirik odam kabi tinimsiz ozgarishlar ichidadir. Odam oz umrining turli davrlarida ayni bir narsa-hodisaga turlicha munosabat bildirishi tabiiy bolganidek, badiiy asarni ham bir davrdagi turli kishilarning, shuningdek, turli davrlardagi turli odamlarning bir-biriga oxshamaydigan yosinda talqin qilishlarini tabiiy qabul qilish kerak.
Odamlar xilma-xil bolgani holda ular orasida kop umumiylik borligi singari badiiy asarlar qanchalik oziga xos, ularning talqini neqadar turlicha bolmasin, baribir, har qanday badiiy yaratiqni idrok etish va baholashning universal jihatlari mavjuddir.
Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yoli kontekstida organishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator orinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga kora, biografik metod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, yuzaki qaraganda, A.Qahhorning «Ogri» va «Dahshat» hikoyalari o'tmishdan bahs yuritadi, «qora otmish»ni sho'ro adibi goyaviy mavqeyidan turib tasvir- laydi, xolos. Biroq ular biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini qalamga olgani, atrofida kechib turgan ijtimoiy hodisalar mohiyatini anglash va ozi anglagan haqiqatlarni ifoda- lashga harakat qilgani korinadi.1 Yozuvchi ozi bevosita korgan, guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, ozi kuzatgan hayotiy holatlar-u manzaralar, turfa fel-xoyli odamlar-u ularning o'zaro munosabatlari yozgan asarlarida u yoki bu yo'sinda, turli maqsadlar bilan oz aksini topadi. Masalan, Oybekning «0ch» poemasi, «Qutlug qon» romani, «Mah- mud Torobiy» dramatik dostoni - bularning hammasi «Bolalik» qissasidan ancha ilgari yaratilgan. Shunga qaramay, masalan, «0ch»dagi qozoq dashtlari tasviri, «Qutlug qon»dagi Shokir ota do'koni, «Mahmud Torobiy»dagi isyon manzaralari «Bolalik» qissasidagi muqobilini yodga soladi. Yani «Bolalik» qissasi adib bolaligida ko'rgan-kechirganlarini keyincha yaratgan asarlari badiiy voqeligiga singdirib yuborganini namoyish qiladi. Avtobiografik qissaning borligi uchungina biz adib asarlaridagi biografik izlarni komil ishonch bilan ko'rsatyapmiz. Shundan ham ko'rsa bo'ladiki, biografik metodning qanchalik samarali bolishi birinchi galda tadqiqotchi ixtiyorida mavjud biografik materialga bogliq bo'lib qoladi. Biografik metod kabi muallifga yo'naitirilgan psixologik, psixoanalitik tahlil metodlarida bu bog'liqlik yanada kuchli. Zero, masalan, psixoanalitik tahlil amalga oshirish uchun tadqiqotchiga yozuvchining bolaiik chog'lari, oilasi, o'qish va mehnatfaoliyati kechgan muhit- xullas, hayotiga oid aniq faktik materiallar, hatto birqarash- da arzimas mayda-chuydadek ko'rinuvchi tafsilotlargacha kerak bo'ladi. Aytish kerakki, o'zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan qo'llan- may kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi biian izohlanadi. Mazkur holning sababi esa, birinchidan, shaxsiy va oilaviy arxiv yaratish ananasi- ning shakllanmagani, ikkinchidan, milliy mentalitet bilan bog'liq holda malumotlarning kuchli «filtrlanishi»dadir.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo'llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishni maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matn- ning sayqallanish yolini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod adabiyotshunosning biografik materiallar bilan birga o'rganilayotgan asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va hokazolarni chuqur tadqiq etishini, konkret faktlar asosida uning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. Ozbek adabiyotshunosligida ijodiy-genetik metod asosida amalga oshirilgan jiddiy tadqiqotlardan biri sifatida R.Qochqorning A.Qahhor romanlari ijodiy tarixini yoritishga bagish!angan ilmiy ishini ko'rsatish mumkin.
Sotsiologik tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni organishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va hokazo badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog'liq muammolarni o'rganishda ham sotsiologik yondashuv asos vazifasini o'taydi. Shubhasiz, sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga molik, u adabiy asar bilan bogliq kop masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi, Biroq uni boshqalardan ustun qoyish, adabiy asarning g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini ijtimoiy omillar bilangina izohlashga intilish - xullas, uni mutlaqlashtirish adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni shoro adabiyotshunosligidan istalgancha topish mumkin. Masalan, 20 - 30-yillar sho'ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm adabiyotda ijtimoiylik rolini, shunga mos ravishda sotsiologik metod mavqeyini mutlaqlashtirish natijasi olaroq vujudga kelgan edi. Adabiy hodisalarni, adabiy ijod va adabiy asar xususiyatlarini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita boglab qo'yish sotsiologik metodni jon tushunish- ga olib keldi. Natijada badiiy asarlar sotsiologik metodga tayanibgina tahlil qilingan, ijtimoiy ahamiyati va g'oyaviy jihatidangina baholangan tanqidiy maqolalar urchidi. Keyinchalik shu ruhdagi maqolalar Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon kabi istedodlarni qatagon qilish uchun dastak boldigina emas, o'quvchi ommani ularni «xalq dushmani», asarlarini «zararli» deb tushunishga tayyorlashga ham xizmat qildi. Shoro adabiyotshunosligi, garchi vulgar sotsiologik yondashuvni qoralasa-da, undan butkul forig bololmadi: adabiyotga mafkura xizmatchisi deb qarash, baholash mezonlari ichida g'oyaviy jihatga ustuvorlik berish amaliyoti shoro tuzumi yemirilgunga qadar davom etdi. Shuning tasirida keyingi yillarda sotsiologik metodga nisbatan sovuq munosabat shakllandi. Biroq, tabiiyki, ayb metodda emas, uni adabiyotga boshqa maqsadlarni kozlab qollaganlarda. Holbuki, metod organilayotgan obyekt tabiatiga muvofiq bolishi etiborga olinsa, adabiyotni organishda sotsiologik metodni inkor qilish nojoiz. Aksincha, metodni adabiyot bilan bog'liq muammolarni organish, jumladan, badiiy asarlar tahliliga tatbiq etish ilmiy jihatdan zarurdir.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi asarni milliy-madaniy ananalar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o'rganishga qaratilgandir. Malumki, badiiy asar muayyan madaniy-adabiy ananalar zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin na- moyon boladi, anglashiladi. Masalan, Cholponning qator sherlari (masalan, «Qalandar ishqi»), ayrim nasriy asar- lari («Yol esdaligi») borki, ularning zamirida botin ramziy manolar mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf sheriyati kontekstidagina ozini namoyon etishi, tushunilishi mumkin boladi. Yoki «0tkan kunlar»dagi bir qator syujet motivlari («tilab olingan farzand», «safarga chiqish», «dor ostidan qaytish»), poetik xususiyatlar («oshiq - yor - agyor» sxemasi; oshiq holati tasviri va b.) folklor va mumtoz dostonchilik ananalari zaminida yetilgani shundoq kozgatashlanadi. Eng muhimi, tarixiy-madaniy yondashuv badiiy asarga milliy madaniyatning vakili sifatida qarashga yonaltiradi. Natijada asarning milliy adabiy-madaniy kontekst bilan bogliq mano qirralari ochiladi, asarni katta vaqt olchamida idrok etish kishida shunga daxldorlik hissini paydo qiladi.
Qiyosiy metod deyilganda badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilish nazarda tutiladi. Konkret asarni o'tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki ozi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyosan tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda beigilanadi. Deylik, asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi anana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash orqali adabiy aloqa va tasir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun, Navoiy va Nizomiy «Xamsa»larini qiyosiy tahlil qilish asosida har ikki asarning poetik o'ziga xosligi, syujet motivlaridagi o'xshash va farqli jihatlar, bu farqlarni yuzaga keltirgan omillar, dunyoqarashlaridagi mushtarak va farqli jihatlarni anglash, pirovardida Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi.
Ko'rib otilgan metodlarning hammasi asarning tashqi aloqalarini o'rganishga qaratilgan bolib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Ulardan farq qilaroq, immanent tahlil adabiy asarning ichki aloqalarini organishga qaratiladi, uning uchun faqat bitta obyekt - muallifdan, voqelikdan, adabiy-madaniy muhitdan uzilgan asarning o'zigina mavjuddir. Immanent tahlil metodlari sifatida struktural, stilistik va semiotik metodlarni ko'rsatish mumkin. Strukturai metod adabiy asarga sistema deb qaragan holda, undagi qismlarning bari muayyan badiiy maqsadga muvofiq tarzda butunga birikadi degan qarashdan kelib chiqadi. Umumlashtirib aytganda, struktural tahlil oz oidiga qo'yadigan maqsad asar qismlarining butun tarkibidagi orni va vazifatari, ularning ozaro aloqa-munosabatlari va shu asosda butunlikning mantiqiy tashkillanishini tadqiq etishdan iboratdir. Albatta, xususiy holatda tadqiqotchi matnning tashkillanishi yoki badiiy voqelikning tashkillanishini diqqat markaziga qo'yishi mumkinligi ham istisno emas. Faqat bu holda ham tadqiqot predmetiga butunning qismi sifatida, badiiy asarning sathlaridan biri sifatida qaraladi. Stilistik tahlil ko'proq matnning til xususiyatlarida namoyon bo'luvchi ijodkor uslubiy oziga xosligini o'rganishni maqsad qiladi. Nisbatan yangi hisoblanuvchi semiotik tahlil esa asardagi badiiy obrazlarga belgi sifatida qaragan holda ularning mano qirralarini ochib berishni maqsad qiladi.
Adabiy asar retsepsiyasi, aniqrogi, uning ijtimoiy mavjudligini o'rganish adabiyotshunoslik uchun muhim xulosa va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi. Songgi yillarda bu boradagi izlanishlar ham ommalashib borayotgani shundan. Hozircha adabiy asar retsepsiyasini organish metodlari yetarli darajada ishlab chiqilgani ham, sinovdan o'tkazilgani ham yoq. Shu bois boshqa ijtimoiy fan sohalarida qo'llanib kelayotgan konkret sotsiologik tadqiqot metodlaridan foydaianilmoqda. Jumladan, o'quvchi omma orasida turli anketa sorovlari o'tkazish, kitobxonlar konferensiyalarini tashkil qilish, insholar konkurslari o'tka- zish kabilarni hozircha ushbu metod doirasidagi tadqiqot shakllari sifatida ko'rsatish mumkin. Albatta, ushbu tadbirlar oz-ozicha tadqiqot shakli bo'lib qolmaydi. Buning uchun ularning, birinchidan, tadqiqiy maqsadni ko'zda tutgan (yani avvaldan muammoni oydinlashtira oladigan savollar tuzgan, insholar mavzularini maqsadli belgilagan, konferensiya ishini malum yo'nalishga solgan) holda tashkil qilinishi, ikkinchidan, olingan natijalarning atroflicha va chuqur ilmiy tahlil qilinishi taqozo etiladi. Agar mazkur metodlar adabiy konkret asar retsepsiyasini sinxroniya aspektida o'rganishga xizmat qilsa, uning adabiy tanqid- chilikdagi talqinlarini tadqiq etish orqali muammo diaxronik aspektda o'rganiladi. 0zbek adabiyotshunosligida alohida olingan asarning tanqidchilikdagi talqinlarini o'rganishga bagishlangan maxsus tadqiqot hanuz yaratilmagan esa-da, muayyanadib yoi shoir ijodining organilishi tadqiq etilgan ishlarda bu masala ham qisman yoritilgan.
Sotsiologik hamda biografik metodlarning xususiyatlari
Agarda nazariya sotsial voqelikni tushuntirsa va uning taraqqiyotini bashorat qilsa, metodologiya bilishning umumiy strategiyasini ishlab chiqsa, metod esa bilimlarga erishish va voqelikni tubdan ozgartirish uchun oziga xos bolgan asbob-uskuna bolib xizmat qiladi. Bolgariyalik sotsiolog Nikola Stefanov tanlaganidek, fan tarixida bir an'ana borki, u orqali har qanday yangi paydo bolgan fan avvalambor metod nuqtai nazardan baholanadi. Bu tasodif emas, chunki faninng amaliyligi metod orqali namoyon boladi va metod fanning yutuqlaridan amaliy foydalanishlik uchun hurmat qiladi. Metod bu ma'lum bir bilim vositalarni (fikrlashlik, predmetlik, belgichilik) konsepsial qolash bolib, uning asosiy vazifasi yangi bilimlarga erishishni ta'minlashdir. Boshqacha sozlar bilan aytganda metod bu bilishda kerakli natijalarga erishish vositasi yoki voqelikni tubdan ozgartirish vositasidir. Har bir metod ozida bilib olingan qonuniyatlar, xususiyatlar va aloqalarni mujassamlashtirgan bolib, ular uning ob'ektiv tomonini tashqil qiladilar. Ular asosida shakllangan usul, vosita va qoidalar sub'ektiv tomon deb ataladi.
Tomonlarni ob'ektivlik va sub'ektivlika ajratish metodning mohiyati va strukturasini tushunish uchun juda muhimdir. Ob'ektiv tomon shunday nazariy asoslarni ozida ifoda etadiki, ular fan tomonidan hozirda ishlab chiqilgan.
Ob'ektiv tomon bu nafaqat usul va qoidalardir, balkim yana tadqiqotning ma'lumoti darajasi, dunyoqarashi bolib, ular individual-shaxsiy alohidalik bilan ham bogliqdirlar. Bu ikki tomon bir-birlari bilan ozapo dialektik munosabatdadirlar.
Ob'ektiv tomon bilimlar sistemasida ornashgan bolib metodda toliq realizatsiya qilinmaydi, chunki u metodga nisbat salmoqliyroqdir. Shu bilan birgalikda ushbu sistema asosida bunyod bolgan metod ozining rivojlanishida albatta uning chegarasidan chiqib ketadi va uni ozgarishiga olib keladi.
Sotsiologiyada ob'ektivlik va sub'ektivlik ozaro harakatlari misli korilmagan murakkab xarakterga ega boladi, chunki metod sub'ektni 2 ta aspektda: ham biluvchilikda, ham bilinishda korib chiqaddi. Bunda bilish jamiyatni tahlil qilish darajasidan, soha xususiyatlaridan (iqtisodii, siyosiy, ma'naviy), ichki tashqi voqealardan, kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan jarayonlar bogliqdir.
Sotsiologik metodni shakllanishidagi boshqa bir murakkablik fanning oz-ozini belgilash jarayonlari, uning nazariya va metodologiyalarini endi oyoqqa turishligi bilan bogliqdir.
Nazariy va metodologik plyuralizm sharoitlarida turli xil sotsiologik metodlar shakllanadilar. Sotsiologik metod mohiyati uning boshqa fanlar metodiga nisbatan xususiyatlari masalasi kopgina sotsiologlar fikrini band etdi va sotsial voqelikning umumnazariy tasavvurlarini sotsiologiyaning ob'ekti sifati deb talqin qilishlik bilan hal qilinishga harakat qilinayapti.
Metod strukturasida ob'ektivlik va sub'ektivlik tomonlaridan tashqari yana tadqiqotning ob'ekti va predmeti vositalari ham mavjuddirlar. Ob'ekt haqidagi masalani qilishlik metodni qollash darajasi va kolamini belgilaydi.
Sotsiologiyada fanning toliq yahlit ob'ektini qamrab oladigan metod ishlab chiqilgan emas, vaxolanki shunday metodni yaratish harakatlari boshlanib ketgan. Oz vaqtida pozitiv, psixoanalitik, naturalistik, empirik va boshqa yolishlar sotsiologiyada umumiylikka da'vogarlik qildilar, lekin vaqt otishi bilan ularni statuslari sotsiologiya tadqiqotlarini ma'lum bir sohasi deb e'tirof etildi.
Metodning ob'ekti ham jamiyat ham uning alohida sohalari, shuningdek ma'lum bir voqea va jarayonlar namoyon bolishlari mumkin.
Metodning predmeti bolib ob'ekt mohiyati haqidagi bilimlarga erishish uchun ma'lum bir bilish vositalari va harakatlari tartiblashtirilgan va asoslangan qollanishga hizmat qiladi. Bilish vositalari tushunchasiga tadqiqot vositalari (blanka, anketa, apparatura, texnik vositalar) belgilar sistemasi, tafakkurning mantiqiy shakllari va tushunchalar kiradi.
Sotsiologik metod strukturasida shuningdek qollashning mazmuni va maqsadi natijalarini ajratib korsatish lozim. Aynan metodning mazmuni tufayli sotsial voqealikni tashkil qilish chogida boshqa fanlarga nisbatan sotsiologik yondashishning xususiyatlari keng kolamliroq; namoyon boladi. Metodning mazmuni sotsiologiyaning nazariy bilimlari tushunchalari va kategoriyalari yordamida belgilanadi.
Mazmun metodining ob'ekt va predmeti, uning maqsadi protseduralarning izchilligi va mantiqiy empirik ma'lumotlarni interpretatsiya qilish vositalarini belgilaydi.
U yoki bu metodning effektivligi (sermahsulligi) sotsiologiyaning nazariy metodologik asosiga bogliqdir. Xorijiy nazariyotchilarning tadqiqotlarida shunday qarashlar mavjudki, unga muvofiq metod shakllangan uslubiyatlarning toplami bolib, bu tadqiqotchining nazariyasi bilan boglangan. Ma'lum bir ma'no va sharoitlarda sotsiologik metodning usullari va protseduralari nisbatan nazariya va metodologiyadan holi bolishi mumkin, lekin ularni qollash, natijalarini qayta ishlash tadqiqotchining konsepsiyasi, metodning nazariy modeliga bogliqdir.
Neopozitivizmning eng muhim hizmatlaridan biribu eksperiment, kuzatish, hujjatlarni organish va sorov metodlarini ishlab chiqish boldi. Sotsiologik tadqiqotlarning amaliyoti empirik metodlarni bilish imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Shu bilan birgalikda makro va mikro sotsiologiyalar shakllana boshladilar, ya'ni jamiyat hayotining tahlil qiluvchi bilimlarning turli darajalari vujudga keldi. Ushbu darajalarni munosabatlarini muvofiqlashtirish, turli xil; empirik tadqiqotlar natijalarini umumsotsiologik bilimlarga boglash muammolari kelib chiqdi. Bu hamma muamolarni struktur funksionalizm hal qilishga harakat qiladi.
Yangi umumiy yondashish yaratish uchun sistema-funksional maktablar sotsiologiyaning barcha yutuqlarini qaytadan qilib tahlil qilib chiqadilar, chunki harakatning umumiy analitik nazariy sistemasini yaratish sotsial voqelikni barcha turli-tumanligini qamrab olishlikni taqazo etadi.
Shuningdek ayni vaqtda, sistemalik va struktur yondashishlar vujudga keladi.
T. Parsons, R. Merton va stuktur-funksional yondashishning boshqa vakillari sotsial harakatning sub'ektiv aspektlarnni metodning komponenti (elementi) sifatida talqin qiladilar. Ammo umuman olganda sistemali, struktur; funksional yondashuvlar sotsial ozaro harakatning ob'ektiv va mustaxkam shakllariga yonaltirilgan. Shuning uchun ozining; akademik sotsiologiya degan mavqeiga qaramasdan struktur funksionalizm umumiy, yalpi metodga da'vogarlik qila olmaydi.
Yalpi umumiy yondashishlarni sotsiologiyadagi boshqa yunalnshlar ham ishlab chiqishga harakat qilganlar. Bu maqsada ular filosofiyaga, K. Marksning dialektik materializmiga Gusserlning fenomenologiyasi K. Yaspers va M. Haydeperlarning ekzistensializmiga murojaat etadilar. Shu bilan bir qatorda O. Kont, E. Dyukrgeym, M. Veber va boshqa sotsiologlarning ilmiy meroslarini qaytadan tahlil qilish jarayonlari ham sezilarli darajada kuchayadi.
Sotsiologiyadagi dialektik metod turli oqim vakilari Xorkxaymer Fromm, Markuze, Gurvich va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgandir. Ular sotsial jarayonlarning, empirik bilishning xususiyatlarini aks ettira oladigan dialektikaning yangi kategoriyalarini ishlab chiqishga harakat qildilar. Sotsiologiya dialektik metodi ratsionaya va irratsional, ongli va ongsiz, real va nominal, individual va ijtimoiy kabi tushunchalardan foydalangan holda sotsial jarayonlarni muhim tomonlarini tadqiq qiladi.
Sotsiologik metodining yana bir alohida hususiyati shundaki uni ob'ektivlik va subektivlik ozaro harakati maxsus bir xarakterga ega boladi. Sotsiologik metodni diqqat markazida inson va uning ham tabiiy, ham ijtimoiy olam bilan ozaro harakatining turli shakllari yotadi. Metodlarni ob'ektivlik va sub'ektivlikka bolish metodologlarni shunday yondashishlarni izlashga majbur qiladiki, ular sotsial jarayonlarni ham ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarni qamrab olishlari kerak boladi.
Shunday yondashishlar deb ramziy yondashishlarni va keyingi paytlarda intensiv ishlab chiqilayotgan strukturalistik metodni e'tirof etish mumkin.
Struktura tushunchasiga nafaqat guruhlar, muassasalar, munosabatlar, ma'naviy omillar, mentalitet, tilning ma'nolik va tushunishlik aspektlari ham kiradilar. Strukturalistik metod yana insonlarning sotsial xulq- atvorini milliy-madaniy xususiyatlarini ham tahlil qiladi.
Sotsiologik metodni yana bir xususiyati uning kop darajaligi sotsial voqelikni qamrab olishdagi turli-tumanlik, voqealar tadqiqotida umumiyligini ta'kidlash mumkin. Fanda metodlarni nazariy va empirik jihatlarga ajratish mavjuddir. Nazariy metodlarga bilishning mantiqiy-ma'naviy tushunchaliri, tahliliy deduktiv va induktiv va boshqa shakllariga asoslangan metodlar taalluqlidir. Yana ular safiga ratsional, birlashtirish, tarixiy-genetik taqqoslash va boshqa metodlarni qoyish mumkin.
Empirik metodlarga esa voqelikni organilayotgan sohasi bilan bevosita xissiy chin muloqatda bolgan metodlar taalluqlidir.
Nazariy metodlar odatda sotsial voqelikni, uning tamoyillarini yaxshi qamrab olishga intiladi, umumiylik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Empirik metodlar mikrojarayonlarni guruhlar, individlar, konkret institutlar faoliyat darajasida organadi.
Sotsiologik metodlarni turlash ham muhim ahamiyatga egadir. Bu turlarning asosi bolib metodning muhim komponentimazmun xizmat qiladi. Bu asos boyicha fundamental, maxsus empirik metodlarni ajratib korsatish mumkin. Agarda tushuchalar ozlarida sotsial voqelikni mohiyatini yaxlit mujassamlashtirsalar unda bunday metodlar sotsiologiyada fundamental metod roliga da'vogarlik qiladilar.
Keyingi on yillikda umumsotsiologik fundamental metod roliga fenomenologiya va realistik yondashuvlar da'vogarlik qilyaptilar. Ayniqsa realistik yondashuvlar tarafdorlari keyingi yillarda kopayib bormoqdalar. Realistik yondoshuvning mohiyati quyidagicha. Sotsiologiya fanining ob'ekti bolib rang-barang omillar xizmat qiladilar, ularni esa bir-birlaridan farqlash zarurdir. Masalan insonning harakatlari, intilishlari, rejalari va boshqa omillardir. Buning uchun esa reallik, haqiqiylik va empiriklikni ajratib olish kerak.
Maxsus metodlar deb ijtimoiy hayotni organishda va uni tubdan ozgartirishda qollanilayotgan metodlar aytilali. Amaliy sotsiologiya va tarmoq yonalishlarning shakllanish jarayonlarida maxsus sotsiologik metodlar yaratiladi. Ular ijtimoiy: aniq, bir sohasiga yonaltirilgan bolib, ma'lum bir muammolar tadqiq qiladilar. Turli xil nazariy-metodologik yonalishlar doirasida insonning hulq-atvori guruh, ma'lum bir instituti hokimiyat, boshqaruv, oila, sotsial munosobatlar: konflikt birdamlik va boshqalar va boshqalarni tadqiq qiladigan metodlar ishlab chiqilyapti.
Amaliy tadqiqotlar metodining markaziy muammosi nazariy va empirik bilimlarni konkret, hammabop qismlarga aylantirish va ularni sotsial mexanizmda qollash muammosini Sotsiologiya fanining muhim bir metodi bolib empir metodlar namoyon boladilar. Empirik sotsiologik metod bu sotsial faktorlarni belgilash dastlabki sotsiolog ma'lumotlarni olishdir. Metodika esa metodlar toplami bolib undan ushbu tadqiqotlarda foydalaniladi. Texnika ee tadqiqotlarda empirik metodlardan unumli foydalanish usulidir. Empirik metodlarni sotsiologik ma'lumotlar yigish metodi, qayta ishlash va tahlil qilish metodlariga ajratish mumkin. Ularning birinchisiga sorov, kuzatish xujjatlarni organish, eksperiment taalluqli bolib, ularning har biri ozining obektiga ega va jarayonlarning ma'lum tomonini organishga qaratilgan, sorov metodining diqqat markazida insonlarning qarashlari, motivlari, ya'ni sub'ektivlign namoyon bolsa, kuzatuv koproq, insonlar xulq- atvorini, xujjatlarni organish metodi esa voqealarning guvohlanganligini qayd qilinganligi bilan qiziqadi. Va nihoyat eksperimental metod jarayonni yaxlit tahlil voqealarning chuqur aloqadorligini yuzaga chiqaradi.
Empirik metodlar empirik voqelikni bevosita organsa ham ammo lekin metod mazmuni uning tadqiqotdagi orni, shuningdek natijalar tadqiqotchinnng nazariy pozitsiyasi, tadqiqot konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Empirik metodlarda formal va mazmunli tomonlarni ajratib korsatish mumkin. Formal tomon ma'lum bir standartlashtirilgan usullarni: savollar tuzishni, yozma yoki ogzaki anketa otkazishni, olingan ma'lumotlarni qayta ishlash toplamini ifoda etadi. Lekin metodning mazmunli tomoni tadqiqotchining nazariy dunyoqarash va boshqa qarashlari bilan bogiqdir. Masalan, neopozitivizm individ xulq-atvorini sotsiologiya fanining predmeti deb hisoblab uni organish negizida sotsial ozaro harakat nazariyasini yaratishga harakat qiladi. Shuning uchun bu yonalish asosiy metod sifatida kuzatish metodini e'tirof etadi. Fenomenologik sotsiologiya esa sotsiologiyaning predmeti sifatida mental jarayonlarini tan olib, neopozitivizm ishlab chiqqan empirik metodlarni tanqid qiladi. Eng mos keladigan empirik metod deb, bu yonalish kuzatishlarida ishtirok etish, laboratoriyadagi sharoitda eksperiment va tasmaga (plyonka) yozib olingan nutqiy ozaro harakat tahlilini hisoblaydi. Shunday qilib nazariy baxslar oz ifodalarini empirik metodlarda namoyon qiladilar. Empirik metodlar doimiy ravishda rivojlanyaltilar, yangi nazariyalar negizida yangi empirik metodlar vujudga kelmoqdalar.
Empirik tadqiqotlar otkazish natijasida sorov, kuzatuv, eksperiment va xujjatlarni organish metodlarini qollash tufayli turli jarayonlarning xislatlari, strukturasi va munosabatlari haqida empirik ma'lumotlar toplanadi. Bu ma'lumotlarni taxlil qilish uchun matematik va statistik metodlar majmuasi ishlatiladi. Bunda hal qiluvchi rol gruppalash, regressiv, korrelyatsion, faktorli tahlillar, shkala metodi va boshqalarga taalluqlidir.
Matematik metodlar sotsiologiya faniga shiddat bilan kirib kelmoqda. Lekin ularning qollanishi bilan bogliq bolgan ayrim muammolar ham paydo bolmoqda. M.Kendal sotsial ob'ektning matematik tasavvurini 2 xil korinishdagi qiyinchiliklarini ajratib korsatadi. Birinchi toplamlik muammosidir, ya'ni voqealarda koplab komponentlar (qismlar) ishtirok etadi va ularning qaysi birlari shu voqeaga taalluqlidir va qaysi bir boshqasi bu voqea bilan vaqtinchalik bogliq. Ikkinchisi birlashtirish muammosi bolib, unda sotsial sistemaning qaysi bir elementini asosi deb hisoblashimiz kerak. Buni yechimini topish juda mushkuldir.
Lekin shunga qaramay matematik vositalarni sotsiologiyadagi orni va miqdori salmoqlidir, hozirgi sotsiologiyada butun bir yonalish matematik metodlarini qollash masalasini ishlab chiqayapti. Matematik metodlarni qollash natijasida sotsiologiyada quyidagi masalalar hal etiladi: tanlash (viborka) hisobi, olingan ma'lumotlar taxlili, modellashtirish va olchov. Ushbu masalalar sotsiologiyadagi matematik metodlarni qollashning dolzarb muammolari deb tan olinadi.
Shunday qilib sotsiologik metod haqidagi fikrlarga yakun yasab xulosa chiqarish mumkinki, bu soha muammolari sotsiologiyada muhim orin tutadi. Ularning takomillashib, rivojlanib borishi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ham yaxlit, ham alohida ilmiy tahlil qilishlik ma'lum bir muammolarni yechishga amaliy tavsiyalar berish mumkin.
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda kеng qo`llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog`liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" dеb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" dеgan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zеro, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o`qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish tushuniladi. Bu xil o`qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi.
Talqin atamasini biz "intеrprеtatsiya" istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsеpsiyani idrok etish dеmakdir. Kеng ma'noda "talqin" so`zi o`zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma'lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o`tmish ilmida "talqin" so`zining ma'nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham bеrilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o`girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.
Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o`quvchi badiiy asarni tushundi" dеgani, mohiyatan, "o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi" dеganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zеro, oddiy o`quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, pеrsonajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so`zlarini va h.), ularning o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdеk, konkrеt badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Dеmak, konkrеt asar talqinlari nеchog`li turfa bo`lmasin, ularning chеgaralarini bеlgilab bеruvchi muayyan asos, dеylik, yadro (javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo`ladi. Bu yadro esa — badiiy asarning o`zi, badiiyat hodisasini o`zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyеktiv va subyеktiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni subyеktiv ibtido dеb olsak, badiiy matn obyеktiv ibtidodir.
Bundan shunday xulosa kеlib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yеtarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning o`zaro aloqalarini yеtarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyеktivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e'tiborga olsak, talqinning subyеktsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli o`laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyеkt ongidagina (ya'ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo`ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o`quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kеlgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma'noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish va uqish dеmakdir.
Yuqoridagilardan ma'lum bo`ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo`sh, "asarni tushunish" dеganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyеktiv ibtidodan) kеlib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga ko`ra tushunish jarayonida tahlil yеtakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqеi ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o`rganishni (kontеkstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o`rganish (immanеnt tahlil) bilan chеklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib bo`lmaydi, bu o`rinda "oraliq" mavqеning egallangani, har ikki yo`sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko`zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani to`g`riroq bo`ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o`rganuvchi soha — gеrmеnеvtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo`sinlarining ikkisiga ham birdеk aloqador. Faqat bu o`rinda immanеnt tahlil "kontеkst" tushunchasini asar doirasi bilan chеklab olsa, kontеkstual tahlilda "kontеkst" tushunchasining ko`lami kеngayib boradi (konkrеt asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr shart-sharoitlari", "muallifning ijodiy mеrosi", "asar yaratilgan davr adabiyoti", "milliy adabiy an'analar" kabi kontеkstlar doirasiga kiradi). Kontеkstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo`l ochsa, immanеnt tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o`quvchiga o`z mazmunini shakllantirish imkonini bеradi. Mutaxassisdan farqli o`laroq, oddiy o`quvchilarning asarni tushunishida immanеnt tahlil unsurlari yеtakchilik qiladi (shu bois ham o`quvchilar ongida konkrеt asarning turfa talqinlari mavjud). Zеro, aksariyat o`quvchilar uchun konkrеt asarning qay maqsadda, qanday omillar ta'sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o`zinigina taniydilar, uning o`zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik mеtodlar (kontеkstual tahlil) asosida tеkshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga ham bilvosita ta'sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bеvosita ta'sir qilishga urinishning esa adabiyotga ziyon kеltirishi ehtimoli ko`proq. Buni qanday tushunmoq kеrak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy asar turli talqinlarga duch kеladi, zеro, har bir konkrеt davr uning mazmun qatlamlaridan birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy o`qish imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy asarning hali hеch kim e'tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali hеch kim ilg`amagan voqеlik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi. Agar biografik yoki boshqa xil mеtodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni yagona, eng to`g`risi dеb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi bo`lsak, bu bilan ijodiy o`qish imkoniyatlarini chеklagan, badiiy didga jiddiy zarar yеtkazgan bo`lib chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan asarlarning o`sha davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr adabiyoti haqida muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi mulohazalardan kеlib chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri dеb bo`lmaydi. Dеmak, talqinlar yangilanishi zarur. Zеro, adabiyotshunosning vazifasi ham mavjud talqinlarni bilish emas, balki ularga tayangan (ularga ba'zan qo`shilib, ba'zan inkor etib) holda asarni bugungi kun nuqtayi nazaridan talqin qilish va baholashdir. Xulosa qilib aytsak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontеkst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, faqat har ikkisining ham o`z o`rni, vazifasi va maqsadi tayinli ekanligini unutmaslik darkor.
Badiiy asarni kontеkstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil mеtodlari haqida gapirish mumkin bo`ladi.
Sotsiologik tahlil mеtodi tadqiqotchini badiiy asar voqеligi bilan rеal voqеlik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o`rganishga yo`naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g`oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xaraktеr xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib bеradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xaraktеr va prototip, tarixiy shaxs obrazi va rеal tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog`liq muammolarni o`rganishda ham sotsiologik yondashuv asos vazifasini o`taydi. Sotsiologik mеtod adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo`yishlik, unga ayricha e'tibor bеrishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kеlishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho`ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo`ladi. Masalan, sho`ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko`rinishlari ayni shu mеtodning mavqеini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida shu mеtodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar kеyincha ularning mualliflarini qatag`on qilish uchun dastakka aylandigina emas, o`quvchi ommani o`sha ijodkorlarni "xalq dushmani", asarlarini "zararli" dеb tushunishga tayyorladi.
Tarixiy-madaniy tahlil mеtodi badiiy asarni milliy madaniy an'analar, shuningdеk, davr adabiy-madaniy kontеkstida o`rganishga qaratilgandir. Ma'lumki, badiiy asar madaniy-adabiy an'analar zaminida dunyoga kеladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontеkstdagina yorqin namoyon bo`ladi, anglashiladi. Masalan, Cho`lponning qator shе'rlari borki, ularning mazmun mohiyati mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf shе'riyati kontеkstidagina o`zining ramziy ma'nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo`ladi. Yoki "O`tgan kunlar"dagi bir qator xususiyatlar (Otabеkning oshiqligi sahnalari, sujеt motivlari, maktublar va h.) folklor va mumtoz dostonchilik an'analari zaminida yеtishgani shundoq ko`zga tashlanadi. Mazkur yondashuv badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash imkonini bеradi.
Qiyosiy mеtod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni ko`zda tutadi. Konkrеt asarni o`tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o`zi mansub adabiyotda yaratilgan asarga qiyoslab tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyеkti tadqiqot maqsadidan kеlib chiqqan holda bеlgilanadi. Dеylik, asarni o`tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an'ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar gеnеzisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta'sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o`rganishga kеng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy "Xamsa"larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san'atkorning ijodiy o`ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o`ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini beradi.
Biografik mеtod badiiy asarni muallifining hayot yo`li kontеkstida o`rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o`rinlar muallif biografiyasi kontеkstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko`ra, biografik mеtod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yеtakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning "O`g`ri" va "Dahshat" hikoyalari o`tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontеkstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, o`sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik mеtodning qanchalik samarali bo`lishi ko`p jihatdan tadqiqotchi qo`l ostidagi biografik matеrialga bog`liq bo`lib qoladi. O`zbеk adabiyotshunosligida biografik mеtodning yеtarli darajada samara bilan qo`llanilmay kеlayotgani ayni shu narsa — biografik matеrialning yеtarli emasligi bilan izohlanadi.
Ijodiy-gеnеtik mеtod biografik mеtodga yaqin va u bilan birlikda qo`llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o`rganishni maqsad qiladi. Bu mеtod adabiyotshunosga hayot matеrialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yo`lini kuzatish imkonini bеradi. Mazkur mеtod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va shu kabilarni chuqur o`rganishini, konkrеt faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib bеrishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-gеnеtik yondashuv samara bilan qo`llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo`chqorning A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko`rsatish mumkin.
Yuqoridagi mеtodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o`rganishga qaratilgan bo`lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, konkrеt badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo`llanadi, ya'ni tadqiqotchining tahlildan ko`zlagan maqsadiga bog`liq ravishda metodlardan biri yеtakchi bo`lib, qolganlari uni to`ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontеkstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanеnt tahlil mеtodlaridan ham o`rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kеngaytiradi.
Immanеnt tahlil mеtodlari sifatida struktural, stilistik va sеmiotik mеtodlarni ko`rsatish mumkin. Struktural mеtod badiiy asarning ichki qurilishi, undagi qismlar va ularning o`zaro aloqalari, qismlarning butunlikka birikish yo`llarini, xullas, asarning tashkillanishini o`rganadi. Bu o`rinda tadqiqotchi badiiy matnning tashkillanishini (bunda tahlil ko`proq tilshunoslik aspеktida bo`ladi) yoki badiiy voqеlikning tashkilanishini diqqat markaziga qo`yishi mumkin bo`ladi. Stilistik tahlil matnning uslubiy o`ziga xosligi, til unsurlari vositasida badiiy informatsiyaning qanday yеtkazilayotgani, qo`llangan uslubiy vositalarning funksionallagi kabi masalalarga diqqatni jalb etadi. Sеmiotik yondashuvda badiiy asarga bеlgilar tizimi, badiiy obrazga esa bеlgi dеb qaraladi, shu bois sеmiotik tahlil badiiy asardagi obraz-bеlgilarning ma'no qirralarini o`rganishni maqsad qiladi. Tahlilning bu usuli ramziylik darajasi yuqori bo`lgan asarlar talqinida, ayniqsa, samaralidir.
Psixologik metod va psoxoanaliz hamda Germenevtik metod asoslari
Adabiyotda psixologiya - bu belgilarni ichki dunyoqarash o'quvchilariga topshirish. Tuyg'u va hissiyotlarni etkazish va boshqa san'at turlariga ega bo'lish qobiliyati. Ammo adabiyoti uning tasvirlari tufayli insonning ruhini eng kichik detallarga namoyish etish qobiliyatiga ega. Qahramonning ichki dunyosini tasvirlashga harakat qiladigan yozuvchining tashqi qiyofasi, xonaning ichki qismlari haqida ma'lumot beradi. Odatda adabiyotda harflar psixologik holatini o'tkazish uchun manzara kabi bir usul ishlatilgan.
SHE'RIYAT
Adabiyotda psixologiya - qaxramonlarning ichki dunyosini ochib berishdir, ular turli xarakterga ega bo'lishi mumkin. She'riyatda u, odatda, o'ziga xos xususiyatga ega. Lirik qahramon o'z his-tuyg'ularini ifodalaydi yoki psixologik introspektsiya qiladi. She'riy ishda insonning ichki dunyosining ob'ektiv bilimlari deyarli mumkin emas. Tuyg'u va hissiyotlar juda sub'ektiv ravishda o'tkaziladi. Qahramonning ichki tajribasi monologlar orqali beriladigan dramatik asarlar haqida ham aytsa bo'ladi.
She'riyatda psixologiyaning yorqin namunasi - Eseninning "The Black Man" she'ri. Ushbu asarda, muallif o'zining his-tuyg'ulari va fikrlarini ifodalasa ham, uni bir tomondan kuzatib turganidek, uni bir oz ajratadi. She'rning lirik qahramoni ma'lum bir kishi bilan suhbatlashadi. Biroq ish oxirida suhbatdosh yo'q. Qora odam kasallik ongini, vijdon azobini, mukammal xatolar zulmini ramziy qiladi.
NASHRIYOT
XIX asrda fantastika psixologiyasi ayniqsa rivojlangan. Nashriyot insonning ichki dunyosini aniqlash uchun keng imkoniyatlarga ega. Rus adabiyotida psixologizm milliy va g'arb tadqiqotchilarining o'rganish mavzusiga aylandi. O'n to'qqizinchi asr rus yozuvchilari tomonidan qo'llaniladigan texnika, keyinchalik mualliflar tomonidan o'z ishlarida qarz oldi.
Leo Tolstoy va Fyodor Dostoyevskiyning romanlarida topilgan tasvirlar tizimi butun dunyodagi yozuvchilarga taqlid qilishning namunasi bo'ldi. Lekin siz adabiyotda psixologiyani inson insonga katta hurmatga sazovor bo'lsa, faqatgina mavjud bo'lishi mumkinligini bilishingiz kerak. Muallif avtoritarizmga xos bo'lgan madaniyatda rivojlana olmaydi. Har qanday g'oyalarni tadbiq qilishga xizmat qiladigan adabiyotda, individual shaxsning psixologik holatining obrazi bo'lishi mumkin emas va bo'lishi mumkin emas.
HISSIY DOSTOEVSKIY
Rassom qahramonining ichki dunyosini qanday ochib beradi? "Jinoyat va jazo" romanida o'quvchi Raskolnikovning his-tuyg'ulari va his-tuyg'ularini tashqi xonani, xonaning ichki qismini va hatto shahar qiyofasini tasvirlab o'rganadi. Qahramonning qalbida sodir bo'layotgan narsalarni ochish uchun Dostoevskiy o'z fikrlari va so'zlarini ifodalashga chek qo'ymaydi.
Muallif Raskolnikov turgan vaziyatni yozadi. Shkafga o'xshash kichik shkaf uning fikrining nomuvofiqligini ramziy ma'noga ega. Sonya xonasi, aksincha, keng va yorqin. Lekin, eng muhimi, Dostoevskiy ko'zlarga alohida e'tibor beradi. Raskolnikovda ular chuqur va qorong'i. Sonya muloyim va ko'k ko'zlarga ega. Va, masalan, Svidrigailovning ko'zlari haqida hech narsa aytilmagan. Muallif, bu qahramonning ko'rinishini tasvirlab berishni unutganligi uchun emas. Buning o'rniga, Dostoevskiyning fikricha, Svidrigailovga o'xshagan odamlar hech qanday ruhga ega emas.
TOLSTOYNING PSIXOLOGIYASI
"Urush va Tinchlik" va "Anna Karenina" romanlarida joylashgan har bir qahramon badiiy so'z ustasi nafaqat qahramonning azob-uqubatlariga va his-tuyg'ulariga, balki u tasvirlangan voqealarga olib kelgan hayotga qanday ta'sir qilishi mumkinligiga misol bo'la oladi. Adabiyotda psixologiya usullari nemis, amerika va frantsuz yozuvchilari asarlarida uchraydi. Lekin Leo Tolstoyning romanlari murakkab tasvirlar tizimiga asoslangan, ularning har biri suhbatlar, fikrlar, tafsilotlar orqali aniqlanadi. Adabiyotda psixologiya nima? Misollar - roman "Anna Karenina" dan sahnalar. Ulardan eng mashhurlari - bu poyga maydoni. Otning o'limi misolida muallif Vronskiyning takabburligidan dalolat beradi, keyinchalik u qahramonning o'limiga olib keladi.
Moskva safari ortidan Anna Kareninaning fikrlari juda murakkab va noaniq. U eriga ro'baro 'kelganida, u birdan qulog'ining noto'g'ri shakliga e'tibor beradi - ilgari e'tibor bermagan ma'lumot. Albatta, Kareninning tashqi ko'rinishining bu xususiyati xotinini daf qilmaydi. Ammo kichik bir tafsilot yordamida o'quvchi qahramonning og'riqliligi, ikkiyuzlamachilikka to'la va tushunmaydigan oilaviy hayot ekanligini bilib oladi.
CHEXOVNING PSIXOLOGIYASI
XIX asr rus adabiyotining psixologiyasi shu qadar yorqin ifodalanganki, bu davrning ba'zi mualliflari asarlarida bu qurilma fonga o'tadi. Bu xususiyatni Anton Chexovning hikoyalarida ko'rish mumkin. Ushbu asarlardagi voqealar katta rol o'ynaydi.
ad
Chexov, "Itga ega bo'lgan ayol" hikoyasida nafaqat uning kichik tafsilotlari bilan o'z belgilarining ichki dunyosini ochib bermoqda, balki atrofdagi dunyoga ham bir xil qarshilik yaratadi. Yalta landshaftini Moskva yozuvchisiga almashtirish orqali Gurov boshdan kechirgan hissiyotlarni ayta oladi. Suhbatlar va sahnalarda Chexovning rivoyatlarga kiritilgan tafsilotlari tasodifiy emas. Anna Sergeevna uning qalbini Gurovga ochib beradi va shu bilan birga u tangir tangerina tanovul qiladi. Xuddi shu Gurov, keyin sovuq kuzda Moskvada qolib, Yalta bilan tanishish uchun his-tuyg'ularini aytib berish uchun kimdir bilan izlanmoqda. Do'stiga Anna Sergeevna haqida gapirishni boshlaydi, lekin u eshitmaydi va restoranda ta'mga tushgan baliq ovining xiraligi haqida gapiradi. Hikoyada sevgi va yuksak hissiyotlar suhbat yo'li bilan zo'ravonlik va odatiylikdan farq qiladi.
RUHIY QIYOFANING SHAKLLARI
XIX asr adabiyotida psixologizm turli badiiy tafsilotlar orqali ifodalanadi . Ularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri qiymat va bevosita qiymatga ega bo'lishi mumkin. Agar matn qahramonning boshini qizdirib, tushirganini bildirsa, u ruhiy qiyofaning bevosita shakli hisoblanadi. Ammo klassik adabiyotlar asarida ko'pincha murakkab badiiy tafsilotlar mavjud. Ruhiy qiyofaning bilvosita shaklini tushunish va tahlil qilish uchun o'quvchi etarlicha rivojlangan xayolga ega bo'lishi kerak.
Buninning "Sir-San-Fransiskodan Sir" hikoyasida qahramonning ichki dunyosi manzara tasvirlangan. Ushbu asarning asosiy belgisi hech narsa demaydi. Bundan tashqari, uning ismi ham yo'q. Ammo o'quvchi birinchi sathidan nimani va uning fikrlash tarzini tushunadi.
XORIJIY YOZUVCHILAR NASRIDA PSIXOLOGIYA
San-Fransiskodan boy va baxtsiz odam haqida hikoya qilish uchun Bunin Tomas Mannning romanidan ilhom oldi. Nemis yozuvchisi o'zining kichik asarlaridan birida ehtiros va shahvoniylik uchun epidemiya bilan bezovtalanayotgan shaharda halok bo'lgan insonning psixologik holatini tasvirlab berdi.
Roman "Venetsiyada o'lim" deb nomlangan. Unda hech qanday muloqot yo'q. Qahramonning fikrlari to'g'ridan-to'g'ri nutq bilan belgilanadi. Biroq muallifning ichki qiynoqlari ramzlar majmuasi orqali uzatiladi. Qahramon qo'rqinchli niqobda odamni uchratadi, uni o'lik xavfli deb ogohlantiradi. Venetsiya - chiroyli eski shahar - niqobda o'ralgan. Va bu holatda, landshaft laskviy ehtirosning halokatli kuchini ramziy qiladi.
"BIRI QANDILNING UYASI USTIDA QOCHDI"
Ken Kesey ibodat qiladigan kitob yozgan. Psixiatriya klinikasida ozodlikdan mahrum qilishdan bosh tortish uchun kelgan odam haqidagi romanda asosiy g'oya qahramonlarning fojiali taqdiri emas. Ruhiy kasalliklar shifoxonasi qo'rquv va kamchiliklar hukmronlik qiladigan jamiyatni anglatadi. Odamlar hech narsani o'zgartira olmaydilar va avtoritar rejim bilan yarashadilar. Kuch, qat'iyatlilik va qo'rquvsizlik McMurphy ni anglatadi. Bu kishi taqdirni o'zgartirishga qodir emas, keyin esa, hech bo'lmaganda, buni qilishga harakat qiladi.
ad
Muallif qahramonlarning psixologik holatini faqat bitta yoki ikkita maslahat bilan etkazishi mumkin. Bunday qabul qilishning bir misoli, McMurfy tikish yakunlagan roman Kizi'nin bir qismidir. Qarama-qarshilikda g'alaba qozona olmaganligi boshqalarga o'xshab ko'rinadi, ular bahsga xursand bo'lishadi. U yo'qotadi. Pul beradi. Keyin u kalit so'zini aytadi: "Lekin men hali ham sinab ko'rdim, hech bo'lmaganda sinab ko'rdim". Ushbu kichik ma'lumot yordamida Ken Keyey nafaqat McMurphy aql-zakovatini va xarakterini, balki boshqa belgilarning ruhiy holatini ham etkazib bermoqda. Bu odamlar qat'iy qadam tashlashga qodir emaslar. Ularga chidab bo'lmas sharoitda bo'lish osonroq, lekin imkoniyat bermaymiz.
KIRISH Badiiy asar ijodkor tafakkuri mahsuli bolib, unda inson va jamiyat hayoti, uning taqdir yoli va qismati oz tasvirini topadi. Har bir badiiy asarda hayotimizda sodir bolib otgan yoki bolishi mumkin bolgan voqea-xodisalar muallif tomonidan oquvchi-kitobxonga badiiylik qonuniyatlariga asoslanib yetkazilar ekan, mazkur badiiylik qonuniyatlari turli davrlarda sayqallanib, an'anaviylik va novatorlik orasida muntazam shakllanishda davom etadi. Badiiy asarlarda kotarilayotgan muammolar, oquvchi e'tiboriga va xukmiga havola qilinayotgan masalalar badiiy asar mavzusi va mazmuni bevosita asar yaratilgan davr ijtimoiy muhiti bilan chambarchas bogliqdir. Ma'lum bir davr va uning vakillari haqida qiziqarli va muhim voqealarni toxtovsiz sozlash mumkin, ammo voqealarning shunchaki bayoni badiiy asar darajasiga kotarilishi uchun ijodkor turli badiiy tasvir vositalaridan foydalangan xolda voqealar bayonini san'at asari darajasiga olib chiqadi. Asardagi badiiy obraz xarakterini chuqur va toliq ochib berishda muallif badiiy tasvir vositalari bilan qatorda psixologik tasvir vositalaridan ham foydalandi. Asarda muallif tomonidan qahramon ichki dunyosiga chuqur kirib borish, obraz ruhiy olamining batafsil tavsifi, qalb kechinmalarining tasviri badiiy psixologizm deb yuritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Psixologizm atamasi psixologik tahlil, psixologik tasvir, psixologik obraz, psixologik roman, psixologik hikoya va psixologiya kabi atamalar bilan bogliq. A. B. Yesin ta'biri bilan aytganda, badiiy psixologizm bu asar personajining hayolot olami, fikrlari, mulohazalarining oziga xos badiiy vositalardan foydalangan xolda juda toliq, batafsil va chuqur ifodalab berish [7]. Rus adabiyotshunoslik ilmida ruhiyat mavzusida birinchilardan bolib tadqiqot olib borgan N.G. Chernishevskiy psixologik tahlil xilma-xil bolishi mumkin deydi va bir muallif xarakter qirralariri ochib berishga urinsa, boshqasi xarakter shakllanishiga jamiyat va turmush ta'sirini korsatib beradi; uchinchisi xattiharakatlarning his-tuygular bilan aloqadorligini; tortinchisi ehtiroslar tahlili tasvirlaydi [5]. Rus adabiyotshunosligiga psixologizm tushunchasi qariyb ikki yuz yil avval kirib ketgan bolsa, bu muammoni ilm dunyosiga olimlar A.A. Potebney, D.N. Ovsyaniko-Kulikovskiy olib kirgan, adabiyotshunoslikda M.M. Baxtin, Ginzburg, A.B. Yesin, D.S. Lixachev, psixologiya fanida esa L.S. Vigotskiy, I.V. Straxoviy, G.G. Granik, O.V. Soboleva tomonidan chuqur tadqiq qilingan. Adabiyotda psixologizmning rivojlanish tarixini tavsiflab, adabiyotshunos olim L.Ya.Ginzburg mavjud adabiy janrlarda psixologik yangiliklar endigina nish urayotgan bir vaqtda, badiiy adabiyotning yondosh janrlari bolmish rasoil, kundaliklar, memuarlar va avtobiografik janrlarda psixologizm allakachon ornashib bolgan edi deb yozadi[1, 29]. Oz ornida psixologizm atamasi turlicha ta'riflarga ega. Rus adabiyotshunolsik terminlari qomusida Psixologizm (adabiyotda) qahramonlar ichki olami: ularning oy-xayollari, orzu-umidlari, iztiroblarining chuqur va batafsil tasviri[2] . L.Ya.Ginzburg esa ... kongil olami ziddiyatlarining chuqur tadqiqi deya ta'riflasa, A.B. Yesin psixologizmni keng va tor ma'nolari mavjud ekanligiga toxtalib otadi keng ma'noda inson hayotini tarannum etuvchi va xarakterini tasvirlab beruvchi barcha san'at turlarining xususiyati tushunilsa, tor ma'noda esa inson ichki olamidagi hayot va jarayonlarning tasviri deyiladi [3, 10]. Ozbek adabiyotshunos olimlari tomonidan tuzilgan adabiyotshunoslik terminlari lugatida badiiy psixologizm atamasiga badiiy asarda tolaqonli inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri; personaj ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-sozlarining psixologik jihatdan asoslanishi, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi usul va vositalarning jamlanmasi [4, 48] deya ta'rif berilgan. Ozbek adabiyotshunosligida badiiy psixologizm masalasi ilmiy maydonga otgan asrning ortalarida kirib kelib, Milliy adabiyotshunosligimizda bu atama sintez bolgan holda ozining ruhiyat (psixologizm), ruhiyat tasviri (psixologik tasvir), ruhiyat talqini (psixologik talqin), ruhiyat tahlili (psixologik tahlili)- kabi nomlariga ega boldi. Ruhiyat atamasining psixologizm (yun. psyche qalb; logos organmoq) termini bilan sinonim sifatida qollanilishini joiz deyish mumkin, sababi 5 jildli Ozbek tilining izohli lugati [6]da ruhga jon, ruhiyatga esa jonning holati, deya izoh berilgan. Bu izoh albatta adabiy termin uchun nomukammal bolsada, ammo ma'no jihatdan ikkila termin ham bir mazmunni beradi. Ozbek adabiyotshunos olimlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalasiga bagishlangan izlanishlar olib bordilar. Jumladan, A.Rasulovning Xarakter molodeji v sovremennix uzbekskix sovetskix povestyax , N.Shodievning Abdulla Qahhorning asarlarida psixologik tahlil mahorati , N.Yuldashevning Problemi psixologicheskogo analiza v uzbekskoy proze (Vnutrenniy monolog v romanax A.Kadiri, Aybeka, A.Kaxxara, A.Yakubova) nomzodliy dissertasiyalari, X.Umurovning Ozbek romanlarida ruhiy tahlil muammosi doktorlik dissertasiyasi , A.Xolmurodovning Odil Yoqubov romanlarida psixologizm , P.Kenjaevaning Hozirgi ozbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari nomzodlik dissertasiyasi hamda monografiyasida , M.Boboxonovning Hozirgi ozbek qissachiligida badiiy psixologizm nomzodlik dissertasiyasida, M.Sheralievaning Hozirgi ozbek nasrida kinoya (ijtimoiypsixologik omillari, poetik tizimdagi orni) , Yu.Eshmatovaning Istiqlol davri ozbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini , Sh.Botirovaning Hozirgi ozbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulugbek Hamdamning Muvozanat, Isyon va itoat, Sabo va Samandar romanlari misolida) filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalalarini turli aspektlarini tadqiq etgan bolsalar, M.Kilichevaning Ingliz va ozbek adabiyotida psixologik holatlar talqinida adabiy ta'sir muammosi (yolgizlik motivi misolida) , N.Qobilovaning Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm mavzusidagi filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va ruhiyat mavzularida qiyosiy tadqiqot olib borganlar. Garchi, ozbek adabiyotshunosligi ilmiy davralarida psixologizm hamda ruhiyat bilan bogliq tushunchalar XX asrning ortalarida e'tirof etila boshlagan bolsada, shaxs ruhiyati talqini va tahlili Sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodida ham yetakchi orinni egallagan. Birgina ozbek adabiyotining ozida Alisher Navoiy tomonidan epik dostonlarda, lirik asarlarda inson ruhiyatining qavat-qavat sirlari ochilgani, Sharqning buyuk shoiri tomonidan badiiy psixologizmning xilma-xil usul va vositalari qollangani ham haqiqat [8, 63-81; 9, 128-130] Ammo, ayrim adabiyotshunos olimlarning fikriga kora, adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm masalasi xali-xanuz toliq nazariy asoslab berilmagan va adabiyotshunoslik ilmida semantik jihatdan yetarli darajada aniq emas [10, 6]. Adabiyotshunoslikka oid ilmiy manbalarda badiiy psixologizmning uchta asosiy prinsiplari dinamik prinsip, analitik prinsip va tipologik prinsip ajratib korsatiladi. Dinamik prinsipda qahramon ruhiyati uning xatti-harakatlari, mimika va qiliklari, turli hayotiy vaziyatlarda ozini tutishi va gap-sozlari orqali ifodalab beriladi, mohiyatan bu dramatik asar personajlari ruhiyatini ochish usuliga oxshash, shu boisdan dinamik prinsip ba'zan psixologik tahlilning dramaturgik uchuli deb ta'riflanadi [4, 49]. Tipologik prinsipda obraz ruhiyati uni shakllantirgan va qurshab turgan muhit shart-sharoitlari bilan boglab tasvirlab beriladi. Analitik prinsipda qahramon ichki kechinmalari, qalbidagi his-tuygulari, tafakkur va mulohazasi, oyfikrlari dinamikasi tasvirlanadi. Bunda bir hisdan boshqa his, bir oydan boshqa fikr osib chiqadi, ular bir-birini toldiradi, sifat jihatidan ozgartiradi [4, 49]. Bu shakl personajlar taqdiri va tafakkurida keskin burilishlarni korsatib berishga imkon beradi, shu sababli ham ayrim tadqiqotchilar qalb dialektikasi shakli deb ham ataydilar. Ta'kidlab otish joizki, muallif badiiy obraz xarakteri va uning ruhiyatini ochib berishda yuqorida zikr etilgan uchchala shakldan birgalikda, bir-birini toldirgan holda foydalanishi mumkin. Bunda prinsiplardan biri yetakchi bolsa, qolgan ikkitasi uni toldirish uchun xizmat qiladi. Umumman olganda, badiiy psixologizmga oid tadqiqotlarda xarakter tushunchasi yetakchi orinni egallaydi. Sababi, bu yonalishdagi tadqiqotlar adabiyotshunoslik ilmiga oid bolsada, bir tomondan ruhiyatshunoslik ilmi bilan bevosita bogliq bolib, mazkur ikki soha kesishmasiga asoslanadi. Bu esa oz navbatida xarakter tushunchasini ham adabiyotshunoslik, ham ruhiyatshunoslik nuqtai nazaridan aniqlashtirib olishni taqazo etadi. Adabiyotshunoslik terminlar lugatida xarakter (yun. character belgi, farqlovchi xususiyat) tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni ozida uygun mujassam etgan inson obrazi [4, 352]. Rus olimlari taqdim etgan adabiyotshunoslik terminlari ensiklopediyasida esa xaraakter atamasiga ta'rif berib, uni quyidagicha toifalarga ajratib kursatadi xarakter bu adabiyotda va san'atda obrazning aniqligidir: ijtimoiy, milliy, maishiy, psixologik. Agar tip bu umumiylikni individuallikda korsatib berish bolsa, xarater eng avvalo individuallikni namoyon qiladi [2]. Yuqoridagi ta'riflarning ikkisi ham xarakterning ruhiyatshunoslik nuqtai nazarini ta'kidlamoqda; ruhiyatshunoslik lugatlarida xarakter shaxsning xatti-harakati va atrof muhitga munosabatida namoyon boladigan individual xususiyati [11] deya ta'riflanadi. Rus ruhiyatshunoslik ilmi dargasi S. JI. Rubinshteyn Xarakter haqida gapirganda, u odatda shaxsning barcha korinishlarida ma'lum bir iz qoldiradigan va unga dunyoga, avvalambor, boshqa odamlarga nisbatan oziga xos munosabatini bildiradigan xususiyatlar jamlanmasini anglatadi [12] deb ta'rif beradi va shaxsning ichki xususiyatlari deya terminga yanada aniqlik kiritadi. Shunday qilib, ruhiyatshunoslik fani shaxs axloqiy asosining xarakter shakllanishidagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Badiiy adabiyotda asarning goyaviy-estetik ahamiyatini personajlar xarakteri ochib bersa, personaj xarakterining yozuvchi tomonidan ochib berilishi psixologik tahlil vositasi hisoblanadi. Badiiy asarda asosiy urgu qahramon ichki olami, botiniy hayoti, oy-kechinmalariga qaratilmagan bolsa, u xolda har qanday obraz xarakteri xam badiiy psixologizm namunasi bola olmaydi. Chunki, psixologizm adabiy asar badiiyatining asosiy, ammo yagona bolmagan mezoni [13] hisoblanib, psixologizm agar badiiy asar uchun botinan zarur bolsagina, u asarning yutugi bola oladi [3]. Yozuvchi personaj xarakterini yaratar ekan, uni ruhiyatini bevosita yoki bilvosita ochb berishi mumkin. Personaj uy-kechinmalari, his-tuygularining "ichki monolog", "ong oqimi" tarzida yoki muallif tilidan (oziniki bulmagan avtor gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli xisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-x;arakatlari, gap-sozlari, yuz-koz ifodalari(mimikasi), undagi fiziologik ozgarishlarni korsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir. Ruxiy tasvirning bu ikki korinishi bir-birini toldiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning har ikkisidan ham orni bilan unumli foydalanadi [14, 67]. Badiiy psixologizm tushunchasi bilan psixologik tahlil yoki psixologik tasvir kabi tushunchalarning ozaro aloqasi bor-ki, olimlar va tadqiqotchilar ortasida baxsli xolatlarni yuzaga keltiradi. Ammo bu savollar nazariy jihatdan bugunga qadar ochiq qolmoqda ayrim tadqiqotchilar bu terminlarga aniqlik kiritsalar, boshqa guruh olimlar bu nazariyani chetlab otishga harakat qiladi. Psixologizm Abdulla Qahhor tili bilan aytganda Yozuvchi mahoratining muhim jihatidir. Bunda yozuvchi qahramon ichki dunyosini, psixologiyasini oz uslubi orqali ochib beradi. Unda yozuvchi ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, gallyusinasiya, tush kabi psixologik tasvir vositalaridan foydalanib, qahramon ichki olamini ochib beradi. Bunda yozuvchi qahramon tashqi dunyoga faqatgina ichki dunyosini yoritib berish uchungina murojaat qiladi. Ozbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidida psixologizm va psixologik tahlil terminlari farqlanmay ishlatiladi. Ammo bu ikki terminni bir ma'noda qollash noorindir, deya e'tirof etadi professor H.Umurov, Psixologizm psixologik tahlil tushunchasiga nisbatan keng bolib, u ozida bevosita avtorning psixologiyasini qamrab oladi. U adabiyotning oziga xos qonuniy hodisasi bolib, yozuvchining xohishiga bogliq bolmagan holda namoyon boladi. Psixologik tahlil esa, inson psixikasi jarayonlarini, uning fikr va hissiyotidagi turlituman ohanglar rivojini aks ettiruvchi, qahramon ruhiy dunyosini analitik prinsipda ochuvchi estetik kategoriyadir. Shuningdek, psixologizmga nisbatan psixologik tahlil ozining ichki monolog, oziniki bolmagan nutq, psixologik portret, ikki syujetli diolog kabi aniq belgilariga ega. Shunday qilib, psixologizm adabiyotning qonuniy badiiy hodisasi, psixologik tahlil esa ana shu qonuniy badiiy hodisaning murakkab korinishi (kategoriyasi)dir. Bundan tashqari, yuqoridagi terminlarning ozbekcha variantlari ham kop bolib, ularning hammasi ham bir xil ma'noda qollanadi. Masalan, Adabiyot nazariyasida psixologizm, ichki dunyo tasviri, psixologik analiz; M.Abdurahmonovaning broshyurasida ruhiy dunyo tasviri, ruhiy tahlil, psixologik tasvir; N.Shodievning Ruhiyat rassomi risolasida psixologik tahlil, ichki hayot tasviri kabi [15, 17]. Bizningcha, psixologik tahlil obraz ruhiyatini, ichki olamini ochib berish yoli bolsa, psixologizm uning yanada takomillashgan, chuqur hamda mukammalrok ishlangan korinishidir. Psixologik analiz, psixologik tahlil, ruhiy tahlil atamalari ham ozaro ma'nodosh. Ammo psixoanaliz terminini psixologik analizning qisqartmasi tarzida bu qatorga qoshib bolmaydi. Chunki bu soz XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik vrach-psixoterapevt Zigmund Freyd asos solgan nazariy qarashlar tizimini anglatadi. Psixoanaliz termindir [16, 20]. Psixologik tahlil hamda psixologik tasvir vositalariga keladigan bolsak, ijodkor personaj ruhiy holatini, uning ichki kechinmalari va ichki hayotini korsatib berish uchun badiiyat qonuniyatlarga tayangan holda odatiy va noodatiy tasvir vositalaridan foydalanishi mumkin. Ichki monolog (monolog muhokama, monolog xotira, monolog-mulohaza), nutqiy xarakteristika, takror sozlar, ong oqimi, psixologik portret (dinamik portret, statik portret), ramzlardan unumli foydalangan holda, noodatiy badiiy tasvir vositalari gallyusiyanasiya, shaxsiyatning ikkilanuvi, ozi bilan suhbat, maktub va kundaliklari, tush kabilardan ham foydalanishi tez-tez kuzatiladi. Adabiyotshunoslikda bugungi kunda badiiy psixologizmni tadqiq qilishning metodologiyasi toliq ishlab chiqilgan. Bu masalaga bagishlangan deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlari adabiy asar yozilgan davr tarixiy-ijtimoiy jarayonlari, yozuvchining shaxsiy uslub va metodi inobatga olgan xolda bajarilgan. Rus adabiyotshunos olimasi M. JI. Bedrikova oz tadqiqoti doirasida psixologizm darajasi atamasini kiritadi hamda uni quyidagicha kriteriylar asosida tasniflaydi: 1) matnda psixologizmni kuchaytiruvchi vositalar (psixologik detal', psixologik tafsilot, personajlarning psixologik hatti-xarakatlari, psixologiklashtirilgan (psixologizirovanniy) tavsif); 2) qahramonlarni tavsirlash vositalari (psixologik portret, psixologik xarakteristika, psixologik konflikt, psixologiklashtirilgan syujet, "qalb dialektikasi"; 3) xarakter i vaziyat nisbati (qahramon tomonidan xronotopning qalban ozlashtirilishi, qahramonnig oz-ozini anglashi, vaziyat taqazosi bilan qahramonni ruhan ozgarishi) [17]. Badiiy asar psixologik darajasini belgilashda adabiy tur va janrlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, lirika inson qalbi va ichki his-tuygulari kuychisi ekanligi ma'lum, demak u bevosita ruhiyat tasviri bilan bogliq holda shoir psixologiyasi va ichki olamini tarannum etadi. Dramatik turda ruhiyatni tasvirlash dinamik prinsip asosiga qurilishi haqida yuqorida batafsil toxtalib otgan edik . Epos inson ruhiyatini tasvirlashning xilma-xil vositalari, usullaridan iborat keng imkoniyatlarga ega. Epik turda lirika va dramadagi barcha usul va vositalar oziga xos ravishda sintezlashadi. Yozuvchi lirikadagi singari oz qahramonining ichki dunyosidan turib ham, qahramonning oz nutqi vositasida ham, tashqi xarakteristika va holatlar tasviri orqali ham ruhiyat dunyosiga daxl qilaveradi. Ayni paytda badiiy psixologizmdan foydalanish epik tur janrlariaro ham farqli xususiyatlarga ega . Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning
orni bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, epizodik tarzda unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramon ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, qalb dialektikasini chuqur va toliq ochib berish yozuvchidan katta mahorat va iste'dod talab qiladi. Roman va qissa kabi katta yoki orta hajmdagi nasriy asarlarda qaxramon xarakteri, uning ruhiyati, botiniy hayoti va ichki kechinmalarini ochib berish uchun yozuvchida imkoniyat va vaqt koproq boladi [16, 19]. Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning orni bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, epizodik tarzda unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramon ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, qalb dialektikasini chuqur va toliq ochib berish yozuvchidan katta mahorat va iste'dod talab qiladi. Roman va qissa kabi katta yoki orta hajmdagi nasriy asarlarda qaxramon xarakteri, uning ruhiyati, botiniy hayoti va ichki kechinmalarini ochib berish uchun yozuvchida imkoniyat va vaqt koproq boladi. XULOSA Badiiy psixologizm masalasi tarixini rus va ozbek adabiyotshunosligi doirasida qorib chiqar ekanmiz, ozbek adabiyotshunosligida bu masalada amalga oshirilishi lozim bolgan ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda dolzarb va zarur ekanligining guvohi bolamiz. Rus adabiyotshunos-olimlarining ilmiy tadqiqotlarida badiiy psixologizm muammosi nisbatan ancha chuqur organilgan bolib, mazkur nazariyaga oid qarashlari batafsil ochib berilgan. Jahon adabiy jarayonlari shiddat bilan rivojlanib, osib va kun sayin ozgarib borayotgan modern adabiyoti namunalari orasida psixologik roman, psixologik qissa va psixologik hikoya kabi nasriy janrlarni har bir xalq adabiyoti doirasida tadqiq etish va organish bugungi kun fani oldidagi dolzarb masalalardan biridir.
Germenivtika
Har qanday ilmiy tadqiqotning muvaffaqiyati uchun usul tanlash muhim ahamiyatga ega. Ko'pincha, fanda eng keng tarqalgan usullarni qo'llash - bu norma va aynan qanday muammolar bu usullar yordamida hal qilinadi. Ammo metodologiya nima ekanligini va muammoni hal qilish uchun qaysi usul afzal ekanligini aniq va aniq tushunmasdan ishlash, noma'lum yo'llar bo'ylab kompassiz yurish bilan bir xil.
Metodologiya va usul nima? Metodologiya - bu faoliyatni tashkil etish haqidagi ta'limot, metod esa bu faoliyatni amalga oshirish vositasidir. To'g'ri tanlangan usul nafaqat tadqiqot jarayonini malakali tashkil etishga, balki ishning muvaffaqiyatini aniqlashga yordam beradi.
Adabiyotshunoslikda metodologiya boshqa fanlarga qaraganda muhim rol o'ynaydi. Adabiy uslublar badiiy asarni, uning asosiy jihatlarini, masalan, muallifning niyati, matni va o'quvchi idrokini o'rganishga qaratilgan. Qaysi jihat diqqat markazida bo'lishiga qarab, tadqiqot usuli ham tanlanadi.
So'nggi paytlarda germenevtika usuli gumanitar fanlar sohasida universal uslubga aylandi. Adabiyotshunoslikda bu usul o'quvchiga qaratilgan, chunki germenevtika asar matnini talqin qilishga yordam beradi. Tafsirning mohiyati - bu matnning imo -ishora tizimidan jismoniy narsadan ko'proq narsani yaratish, uning ma'nosini yaratish. Tushuntirish vositasi - bu asarni idrok etayotgan odamning ichki dunyosi. Germenevtik talqinda badiiy matnni tarixiy rekonstruksiya qilish va tarixiy kontekstimizni adabiy asarning konteksti bilan izchil muvofiqlashtirish muhim emas, balki o'quvchining xabardorligini kengaytirish, uning mohiyatini chuqurroq tushunishga yordam berish muhimdir. o'zi [1].
Germenevtika antik davrdan kelib chiqqan. Shuningdek, u mifologik mazmundagi adabiyotni o'qishni o'rgatgan Qadimgi Yunoniston faylasuflariga ham taqdim etilgan. Antiqa badiiy adabiyot matnlari tarjima qilinishi boshlanganidan beri filologik germenevtika vujudga keldi. XVIII-XIX asr nemis olimlari germenevtikaning etakchi nazariyotchilaridan biri hisoblanadi. F. Schlegel va F. Schleiermacher, bu vaqtda germenevtika gumanitar fanlar metodi haqidagi ta'limot sifatida qaraldi. Zamonaviy germenevtika fan sifatida nemis olimi X. Gadamer va amerikalik olim E. Xirsh tomonidan ishlab chiqilgan. Germenevtika (yunoncha hermeneutikos - tushuntirish, talqin qilish) matnlarni talqin qilish nazariyasi va metodologiyasini bildiradi. Germenevtika ko'pincha "tushunish san'ati" deb nomlanadi.
Germenevtika - hozirgi G'arb adabiy tanqidida keng tarqalgan matni talqin qilish nazariyasi va ma'noni anglash haqidagi fan. Oxirgi adabiyot nazariyasi qurilishi germenevtika tamoyillariga asoslanadi. Germenevtika an'anaviy ravishda gumanitar fanlar bo'yicha universal usul g'oyasi bilan bog'liq. Tarixiy faktlarni filologik ma'lumotlar asosida talqin qilish usuli sifatida germenevtika adabiy yodgorliklarni talqin qilishning universal printsipi hisoblangan. Tushuntirish vazifasi - badiiy asarni badiiy qiymatiga qarab qanday tushunish kerakligini o'rgatish. Tushuntirish vositasi - bu ishni idrok etuvchi odamning ongi, ya'ni. talqin adabiy asar idrokining hosilasi sifatida qaraladi. Zamonaviy germenevtika asoschisi nemis olimi Fridrix Shleyermaxer (1768 - 1834), "Germenevtika" risolasining muallifi hisoblanadi. Shleyermaxer uslubining o'ziga xos xususiyati - bu asarni faqat mantiqiy va ritorik toifalar, balki instinkt, "ichki mantiq" yordamida asarni "ongsiz" tushunishni o'z ichiga oladi. Boshqa bir nemis olimi V.Diltey "Germenevtika kelib chiqishi" kitobini yozgan, unda u rassomning ma'naviy hayotining "ichki haqiqati" ni tushunishga chaqirgan. Adabiy germenevtikada badiiy asarni ijodiy faoliyatning yagona mahsuli sifatida tushunish mumkin emas degan xulosa asoslanadi. San'at asari - bu madaniy tajriba an'anasining moddiy ob'ektivligi; shuning uchun uning talqini faqat madaniy an'analarning davomiyligiga chiqish yo'lini ko'rsatganida mantiqiy bo'ladi (Gadamer). San'at asari madaniyat omilidir va uni talqin qilishda insoniyatning ma'naviy tarixidagi o'rnini qayta tiklash zarur.
Germenevtik tahlil - bu matnni qayta tiklash. Asarning talqini muallifning qadriyatlar tizimi, uning axloqiy tanlovi bilan belgilanishi kerak.Agar matnni dekonstruktsiya qilish jarayonida uning mutlaqo o'zboshimchalik bilan va mustaqil izohlanishi yaratilsa, u holda matnni qayta qurish jarayonida. Xirshning fikricha, yaratilgan barcha talqinlar muallifning niyati bilan bog'liq bo'lishi kerak. Muallifning maqsadi - Xirshning "markaz", "asl yadro", uning ko'plab talqinlari paradigmasida asar uchun yagona ma'no tizimini tashkil qiladi. Xirsh asos sifatida "mualliflik huquqi printsipi" ni kiritadi, uning yordamida talqinning ishonchliligi yoki ishonchsizligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin. Germenevtik talqinda asosiy narsa nafaqat badiiy matnni tarixiy qayta qurish va tarixiy kontekstni tarixiy asar mazmuni bilan izchil o'rtacha hisoblash, balki o'quvchining xabardorligini kengaytirish, uning o'zini chuqur anglashiga yordam berishdir. Germenevtika retseptiv estetika bilan bog'liq, chunki u belgilangan printsiplarni ijtimoiy-tarixiy g'oyalar bilan to'ldiradi. Germenevtikaning asosiy tushunchalari. Germenevtik davr - bu matnni mantiqiy izchil algoritmga tushunish va talqin etishning paradoksidir. Ko'pgina olimlar germenevtikaning an'anaviy boshlang'ich qiyinchiliklarini aynan Gadaner kontseptsiyasida, "qism va butun doirasi" deb nomlangan tushunchada ko'rishadi. Bu hodisa eng aniq tarzda V. Diltey formulasida qayd etilganki, har qanday talqin aniq taraqqiyot bilan tavsiflanadi, bu aniqlanmagan qismlarni idrok etishdan bir butunning ma'nosini egallashga urinish bilan o'zgaradi. bu butunning ma'nosi, qismlarni aniqroq aniqlash. Ushbu usulning muvaffaqiyatsizligi alohida qismlar aniq bo'lmaganda paydo bo'ladi. Er -xotin kod - bu badiiy modernistik matnlarning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirishi kerak bo'lgan germenevtika kontseptsiyasi.Fransuz olimi R.Bart poststrukturalizm nazariyotchisi va postmodernizmdan oldingi sifatida har qanday san'at asarida beshta kodni (madaniy, germenevtik, ramziy, semik va pro-Ayretik yoki hikoya). Bu erda "kod" so'zini qat'iy, ilmiy ma'noda qabul qilmaslik kerak. Biz kodlarni shunchaki assotsiativ maydonlar deb ataymiz, ma'lum bir tuzilma haqidagi g'oyalarni yuklaydigan ma'nolarning supertekst tashkiloti; kod, biz tushunganimizdek, asosan madaniyat sohasiga tegishli; kodlar - bu allaqachon ko'rilgan, o'qilgan, bajarilgan ba'zi turdagi; kod - bu "allaqachon" ning aniq shakli. Har qanday hikoya, Bartning so'zlariga ko'ra, har xil kodlarning o'zaro bog'lanishida, ularning bir -biri bilan doimiy "uzilishida" mavjud bo'lib, bu ma'noning abadiy tushunib bo'lmaydigan nuanslarini tushunishga urinishda "o'quvchining sabrsizligini" keltirib chiqaradi. Gollandiyalik olim D. Fokemaning ta'kidlashicha, postmodernizm kodi matn ishlab chiqarishni tartibga soluvchi ko'plab kodlardan biridir. Yozuvchilar rahbarlik qiladigan boshqa kodlar - bu birinchi navbatda lingvistik kod (tabiiy til - ingliz, frantsuz va boshqalar), o'quvchini badiiy matnlarni yuqori darajada izchil o'qishga undaydigan umumiy adabiy kod, janr kodi. bu tanlangan janr bilan bog'liq qabul qiluvchining ma'lum umidlarini va yozuvchining idiolektini faollashtiradi, bu esa takrorlanuvchi xususiyatlar asosida ajralib turadigan darajada maxsus kod hisoblanishi mumkin. F. Jeymson "ikki tomonlama kodlash" tushunchasini ilgari surdi. Uning fikriga ko'ra, bir tomondan, Bart tomonidan aniqlangan barcha kodlar va postmodernistik stilistikaning ongli ravishda o'rnatilishi, turli adabiy uslublar, janr shakllari va badiiy tendentsiyalarni istehzo bilan taqqoslash, boshqa tomondan, postmodernizm badiiy amaliyotida paydo bo'ladi. ikkita katta kodli super tizim. Interpretatsiya (talqin) - ongni dunyoning ob'ekti deb hisoblaydigan Kant g'oyasiga asoslangan germenevtikaning asosiy atamasi. Dunyo barcha sub'ektiv-ob'ektiv munosabatlardan oldin tushuniladi. Haqiqiy san'at dunyoni qayta ko'rishni o'rganadi. Germenevtika uchun nafaqat tushunish hodisasi, balki tushunilganlarni to'g'ri taqdim etish muammosi ham muhim ahamiyatga ega. Til va dunyo o'rtasidagi asosiy bog'liqlik ontologik mohiyat va tushunish va talqin qilish yo'nalishini bildiradi. Insonning shaxsiy tajribasi faqat tilda eng to'liq, to'liq va ob'ektiv tushunarli ifodani topadi, talqin asosan "inson ruhining yozma yodgorliklari" (Diltey) talqini atrofida rivojlanadi. Vaqt o'tishi bilan bu yodgorliklarning talqini filologiyaning boshlang'ich nuqtasiga aylandi. Germenevtika uchun talqin - bu nimani anglatishini ilmiy asoslashga intiladigan ma'lum bir bilim turi. F. Shlayermaxerning fikricha, talqin san'ati "o'zini matn muallifiga ob'ektiv va sub'ektiv tomondan yaqinlashtirish" dir. Ob'ektiv tomondan, bu muallifning tilini tushunish, sub'ektiv tomondan, uning ichki va tashqi hayoti faktlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Faqat matnlarni talqin qilish orqali muallifning so'z boyligini, xarakterini, hayotining sharoitini ochib berish mumkin. Muallif davrining so'z boyligi va tarixiy -madaniy qatlami yaxlit yaxlitlikni tashkil etadi, shu asosda matnlarni elementlar sifatida tushunish kerak, va ulardan butun tushuniladi. Shunday qilib, talqin san'ati to'g'ridan -to'g'ri germenevtik doiraning kontseptsiyasi bilan bog'liq bo'lib, u o'zgacha bo'lgan hamma narsani faqat uning umumiy qismi bo'lgan umumiydan anglash mumkinligini tasdiqlaydi va aksincha. Shleyermaxer "germenevtika" asarida tarjimon uchun umumiy uslubiy qoidani chiqaradi: "a) butun haqida umumiy tasavvurdan boshlash kerak;
b) bir vaqtning o'zida ikki yo'nalishda oldinga siljish - grammatik va psixologik; v)
faqat har bir alohida joy uchun ikkala tur ham (talqin) bir -biriga to'g'ri kelsa, oldinga boring
bermoq, xuddi shunday natijani bermoq; d) agar nomuvofiqlik bo'lsa, orqaga qayting va xatoni toping. "
Shunday qilib, adabiyotni o'rganishning zamonaviy usullarining xilma -xilligida ikkita asosiy omilni ajratish mumkin.
Yangi yo'nalishlar.
Birinchi yo'nalish - sotsialistik - bu, birinchi navbatda, ularning ilmiy izlanishlar metodologiyasini tuzish, o'z tushunchalariga aniq fan shaklini berish va dunyoqarashni ko'rib chiqish doirasidan, ijtimoiy va mafkuraviy muammolardan chetlashtirish istagi bilan bog'liq bo'lgan usullardan iborat. rasmiy, tizimli, intertextual, dekonstruktiv usullar).
Adabiy tanqid doirasida germenevtikaning bir qancha etakchi tamoyillarini ajratish mumkin.
Dialoglik printsipi. Asarda to'plangan ruhiy hayot muallif va tarjimonlarni (o'quvchilarni) an'analar bilan bog'laydigan rishtalar bilan belgilanadi.
Emotsionallik printsipi. Badiiy matnni talqin qilish, adabiyotni yaratish bilan muloqotda bo'lgan estetik his -tuyg'ularsiz mumkin emas.
Kontekstual va kulturologik tamoyil. "Ruh hayoti" ning assimilyatsiyasi asar muallifi tanlagan ma'lum bir madaniy va tarixiy an'anaga "botish" tufayli sodir bo'ladi, ularsiz badiiy matnni talqin qilish mumkin emas.
Butunlik printsipi. Faylasuf va tarixchi V.Diltey "germenevtik doirani" aniqladi, bu qismni va butunning dialektikasiga asoslangan matnni tushunish tamoyilidan iborat: butunni tushunish uning alohida qismlarini tushunish va qismlarni tushunishdir. hammasini oldindan tushunishni talab qiladi [2]. Bu bog'liqlik asarni tushunish uchun ajralmas hisoblanadi.
O'zgaruvchanlik printsipi. Germenevtik davr o'zining progressivligi va uzluksizligi bilan bir asarni ko'p talqin qilish mumkinligidan dalolat beradi. Ya'ni, tarjimonning badiiy asarda tasvirlangan tarixiy va madaniy voqealar haqidagi dunyoqarashi va xabardorligiga qarab, matnni har bir o'quvchi o'ziga xos tarzda qabul qilishi mumkin.
Shakl va mazmun birligi printsipi. Asar tahlili matnning shakli va mazmuni o'rtasidagi umumiylikni izlash bilan emas, balki adabiy asar bilan o'quvchi-tarjimon o'rtasida shaxsiy tushunishni o'rnatish bilan tugaydi [3, s.22].
Bu tamoyillarga asoslanib, xulosa qilishimiz mumkinki, germenevtika usuli o'quvchi-tarjimonning sub'ektiv individualligini ham, badiiy asar yozish davrining ob'ektiv holatini, an'analar va madaniy kontekstni ham hisobga oladi. Bularning barchasi, umuman olganda, matnni doimiy ravishda yangilab turish va shu bilan birga etarli darajada idrok etish imkonini beradi. Bu muammoning epigrafi sifatida tanlangan M. Xaydeggerning iqtibosining ma'nosi shu.
Tarixiy-qiyosiy metod va qiyosiy tipologik metod
Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning uchun ham qiyoslash metodologiyasi odamlarning hayotiy faoliyatida keng tarqalgan va qollanilmoqda. Bugungi kunda qiyoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish jarayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalarida qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi. Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazifalarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy asoslar mavjud. Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va manaviy obyektlarga bolinadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisalar guruhlari bir-biriga uygun boglangan. Aynan ular bir butunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy adabiyotda obraz shaklida oz ifodasini topadi. Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay, ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyingina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda, tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shugullangani bois ular oz manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga ozlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning natijasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili malum darajada ijtimoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar tasirisiz tabiat hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bola olmaydi. Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini ijtimoiy hodisalar tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi oz xususiyatlariga ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil korsatkichlari soni ortadi. Sababi, bu orinda ijtimoiy taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtisodiy, siyosiy, manaviy-goyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, harbiy, ekologiya va boshqa koplab munosabatlar etiborga olinadi. Manaviy-goyaviy masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon manaviy-goyaviy soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bogliq. Demak, badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va manaviy-goyaviy hodisalar qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo bu obyektlar oziga xos bolib, ular ozining bir qator xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. 16 17 Qiyosiy tahlilning vazifalari Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gnoseologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi vazifalari mavjud1 . Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan otamiz. Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi. Uning mohiyati va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va konikmalarga ega bolishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalarga erishamiz: Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadigan obyekt haqida yangi malumot olamiz. Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning ozaro tasiri haqida yangi tushunchalarga ega bolamiz. Uchinchidan, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli darajada toliq va aniq bolsa, unda ularning otmishi, buguni va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz. Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi. Adabiy hodisalarni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi. Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: 1.Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash mantiqqa togri kelmaydi. Kopincha adabiy hodisalarni qiyosiy tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda qiyoslash jarayoni ozining aniqligini yoqotadi. U kop jihatdan predmetsiz, demak, samarasiz bolib qoladi. Qiyoslash uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh1 Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение (Компаративистика). Учебник. – М.: Юрайт, 2018; Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение // Изб. тр. – М.: Наука, 1979; Кокорин А.А. Сравнительный анализ: теория, методология, методика. – М.: МГОУ, 2009. qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan, asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi; 2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tahlildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bolmaydi; 3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, ota qarama-qarshi bolgan personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bolmagan umumiy tomonlar topiladi. Qiyosiy tahlilning metodologik vazifasi. Qiyoslash jarayonida biz koplab metod va usullardan foydalanamiz. Bu esa bizning nafaqat obyekt haqidagi bilimlarimizni, balki hayotdagi ayrim muammolarni hal qilishdagi emperik bilimlarimizni, yani tajribamizni ham oshiradi va amaliy imkoniyatimizni kengaytiradi. Qiyosiy tahlilda dunyoqarash vazifasi. Malumki, har bir jarayon insonlarning bilimi va dunyoqarashiga bogliq holda amalga oshadi. Qiyosiy tahlilning qanchalik keng qamrovli bolishi, aynan inson dunyoqarashi, bilimi va saviyasining qay darajada bolishiga bogliq. Demak, dunyoqarash bu jarayonda muhim rol oynaydi. Subyektlarning dunyoqarashi, omma dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi. Qiyosiy tahlilning baholovchi (akseologik) vazifasi kopgina shaklda, kopgina jihatlarda namoyon boladi. Biz nimaniki qiyoslamaylik, albatta, xulosada ilmiy-nazariy fikrlarimizga yakun yasab, u yoki bu adabiy hodisani baholaymiz. Shuning uchun ham qiyosiy tahlil mohiyatan akseologikdir, yani, uning mazmunida ozaro oxshashlik va tafovutlari nuqtayi nazaridan qiyoslanadigan hodisalarning bahosi mujassamlashgan boladi. Bu esa nafaqat nazariy dargalarni boyitadi, balki ayrim masalalar yechimida amaliy ahamiyat ham kasb etadi. 18 19 Qiyosiy tahlilning emperik vazifasi asosan amaliy vazifalarni hal etishni taminlashga yonaltirilgan. Bizning qarshimizda har kuni amaliy masalalar silsilasi paydo boladi. Qiyosiy tahlil amaliyotga xizmat qilsa va inson hayotida ahamiyatga ega bolsagina, u chinakamiga natija beradi. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun tadqiqotchi nima qilishi, qanday bosqichlardan otishi kerak? Avvalo, tadqiqotchi qiyoslash obyektlarini togri tanlab olishi kerak. Chunki qiyoslash obyektlarining mavjudlik vaziyati bu bosqichlarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, hodisalarning ichki xususiyatini, ichki parametrlarini qiyoslamay turib, ularni qiyoslash, oxshashlik va farqlarini aniqlashning iloji yoq. Ularning asosiylari qiyoslanadigan obyektlarning mazmun, mohiyat, sifatlaridir. Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari orasidagi oxshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jarayonidagi birinchi bosqichdir. Ikkinchidan, bilamizki, hodisalarning ichki xususiyatlari, yani ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda oziga xos shaklda namoyon boladi. Demak, qiyoslash obyektlarining ichki xususiyatlarini, muhitda namoyon bolish darajasidagi oxshashlik va tafovutlarni organish kerak. Bu qiyosiy tahlilning keyingi bosqichidir. Uchinchidan, nafaqat qiyoslanadigan obyektlar muhitga tasir korsatadi, balki muhit ham ularga oz tasirini otkazadi. Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga tasir etish xususiyatlarini qiyoslashni kozda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda hodisalarni qiyoslash bosqichida uchinchi yonalish belgilanadi. Uning mohiyati muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga tasiridagi oxshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat. Tortinchidan, har qanday hodisaning, jumladan, adabiy hodisaning paydo bolish sababi, zaruriyati mavjud. Qiyoslash chogida albatta, ularni ham etiborga olish zarur. Har bir hodisaning vujudga kelishi, mavjudligi, rivojlanishi va faoliyat korsatishida koplab zaruriyatlar rol oynaydi va ular orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega boladi. Buni adabiyotda kopincha motiv deb ataymiz. Demak, bizga kerak narsaning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida oxshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning uchun biz zaruriyat (motiv) obyekt mohiyat (natija) algoritmi asosida qiyosiy tahlilni amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq boladi. Demak, zaruriyat (motiv)larni qiyoslash obyektni tahlil qilishning muhim bosqichi. Chunki ehtiyoj va zaruriyatsiz hech narsa yuzaga kelmaydi. Axir, Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida asl manzilga yetish uchun tanlangan yettita vodiyning birinchisi aynan talab bolgan1 . Qiyoslanishi mumkin bolgan tipik vaziyatlar Bazida qolimizda shuncha material bola turib, nimani nima bilan qiyoslashni yoki taqqoslashni bilmaymiz. Malumki, qiyosiy tahlil jarayoniga, uning natijalariga kopgina holat1 http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy 20 21 lar tasir qiladi. Masalan, qiyoslash obyektlarining mazmuni; tahlildagi metodologik vositalar; qiyosiy tahlilni otkazish usullari va h.k. Bularning barchasini hisobga olgan holda, qiyoslanishi mumkin bolgan quyidagi tipik vaziyatlarni korsatish mumkin: Birinchi vaziyat. Bir makon va zamonda mavjud bolgan adabiy voqea hodisalarni qiyoslash. Bunday qiyoslash jarayoni oziga xos xususiyatlariga ega. Birinchidan, qiyoslanayotgan obyektlarning makoniy birligi, muhit umumiyligi uning bu xususiyatlarga tasir qilishini organishni kun tartibidan chiqaradi. Umumiy makon va zamon esa, qiyoslash obyektlarining muhiti bir ekani haqida dalolat berib, bu muhit ularga asosan bir xil tasir korsatadi. Bu esa qiyosiy tahlilning birmuncha «soddalashuviga», yengillashuviga olib keladi. Ikkinchidan, qiyoslanuvchi fenomenlarning bir makon va bir zamonda mavjudligi, tabiiyki, ularning tarixiy birligi haqida gapirishga imkon beradi. Masalan, Otkir Hoshimov va Tohir Malik ijodini qiyosan organsak, bir makon va zamonda yashab ijod etgan yozuvchilarning umumiy va xos tomonlarini aniqlay olamiz. Ikkinchi vaziyat. Bir makon, lekin har xil zamondagi adabiy hodisalarning qiyosidan tashkil topadi. Malum bir sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mavjud, mavjud bolgan yoki mavjud bolishi mumkin bolgan adabiy hodisalarni qiyoslash kerak bolganda, ikkinchi vaziyat yuzaga keladi. Shu bilan birga, turli vaqtda, ammo juda oxshash vaziyatlarda mavjud bolgan hodisalarni qiyoslash qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyinchiliklar, jumboqlar yuzaga keladi. Kopincha xuddi osha bir makon, masalan, bir mamlakat sharoitlarida mavjud bolgan hodisalarni vaqt omilini inkor etgan holda qiyoslashga harakat qilishadi. Bu notogri. Masalan, bir makonda, ammo har xil zamonda yashab ijod qilgan shoirlar: Muqimiy bilan Muhammad Yusufning yoshlar yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt oz hukmini otkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar aynan bir muhitda mavjud bolsa ham, oz taraqqiyotining turli davrlarida vaqt masalaning mohiyatiga turlicha tasir korsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud bolgan sharoitlar (mamlakat, qandaydir bir makon) tubdan ozgarmagan bolsa-da, bu vaqt ichida qiyoslash obyektlarining ozi ozgargan bolishi mumkin. Uchinchi vaziyat. Bir zamon, lekin har xil makonda mavjud bolgan obyektlarni qiyoslash. Masalan, bugungi kunda bir zamonda, ammo har xil makonda yashab ijod qilayotgan ozbekistonlik yozuvchi Nosir Zohid bilan amerikalik yozuvchi Viktoriya Shvabning bir xil nomdagi «Qasos» romani mavjud. Har ikkala romandagi qasos motivini taqqoslashda, albatta, muhitning qiyoslash obyektlariga tasirini hisobga olish juda muhim. Bu jarayon tadqiqotchidan alohida etiborni talab qiladi. Chunki qiyosiy tahlil jarayonida sharoit va sabablarning qiyoslanuvchi obyektlarga tasirini hisobga olish kerak boladi. Tortinchi vaziyat. Har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va turli zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakkabi sanaladi. Masalan, Shekspir va Alisher Navoiy asarlarida marifat talqini yoki Abdulla Qahhor va Jek London asarlarida badiiy psixologizm masalasini organish uchun quyidagilarni hisobga olish kerak: Birinchidan, qiyoslanadigan hodisalarning mohiyatini tushunish lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bolgan oldingi sharoitlar va muhitlarni ham imkon qadar 22 23 chuqurroq organish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdulla Qahhor va Jek London dunyoqarashiga tasirini ochib berish darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima birlashtirib turganini bilish uchun kopgina adabiy hodisalarni yuzaga chiqarish lozim. Qiyoslash obyektlarining makon-zamon korsatkichlari munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida koplab qiyinchiliklar paydo boladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalarning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qiyosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, ziddiyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga ega bolsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi. Nazorat savollari: 1. Tabiiy, manaviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biridan qanday farq qiladi? 2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat? 3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering? 4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun, tadqiqotchi qanday bosqichlarda ish olib borishi kerak? 5. Zaruriyat obyekt mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni amalga oshirish mexanizmini tushuntiring? 6. Qiyoslanishi mumkin bolgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz? 7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qiyoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakkabi sanaladi?
QIYOSIY TAHLIL METODOLOGIYASI
Qiyosiy tahlil borliqdagi hodisalarni bilish va ozgartirish boyicha metodologiya bosqichlaridan biridir. Qiyoslash metodologiyasi malum bir makon va zamonda mavjud turli jarayonlarni qiyoslash uchun asoslarni shakllantiradi. Shuning uchun ham metodologiyada qiyosiy tahlilning ornini aniqlash zaruriyati mavjud. Malumki, metodologiya ilmiy tadqiqot metodlari haqidagi talimotdir. Barcha fanlarda ilmiy tadqiqot metodlari empirik va nazariy metodlarga bolinadi. Aynan empirik va nazariy metodlar asosida har bir fan, jumladan, adabiyotshunoslik ham oz tadqiqot usullarini shakllantiradi. «Tadqiqot metodlarisiz birorta fan oz maqsadiga (strategiyasiga), tadqiqot obyektining mohiyatini ochishga erisha olmaydi. Chunki u yoki bu fanning tabiat va jamiyat hodisalarini aniqlashi, ularga xos qonuniyatlarni topishi, ular haqida ilmiy-falsafiy goyalar 24 25 chiqarishi, shak-shubhasiz, muayyan metodlar orqali amalga oshiriladi»1 . Empirik metod kuzatish va tajriba otkazish bilan bogliq bolib, rejalashtirish, tavsiflash, statistika kabi bosqichlardan iborat. Nazariy metodlarga esa analiz, sintez, abstraksiya, induksiya, deduksiya, analogiya modellashtirish kabilar mansubdir. Nazariy metodlarning barchasi qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash (klassifikatsiya), baholash kabi bosqichlardan otadi. Demak, ayon boladiki, qiyoslash barcha nazariy ilmiy xulosalarning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun qiyosiy tahlilni amalga oshirishdan oldin ilmiy tadqiqot metodlarini yaxshilab organish, ularning qiyoslashdagi rolini tushunib yetish kerak. Nazariy metodlarni qisqagina tushuntiramiz: Analiz tahlil, sintez xulosalash, abstraksiya mavhumlashtirish, induksiya umumiylikdan xususiylikka otish, deduksiya xususiylikdan umumiylikka siljish, analogiya oxshash xususiyatlar tahlili, modellashtirish model yaratish (prototip yaratish: mas: olamning badiiy modeli, darslikning elektron modeli). Bu nazariy metodlarning har biri qiyoslash bosqichidan otishi mumkin. Qiyosiy tahlilda analiz, sintez, deduksiya va induksiya kabilar zarur unsurlar, ularsiz qiyosiy tahlilni amalga oshirish mumkin emas. Masalan, deduksiya hodisalarni tashkil etuvchilarga ajratish jarayoni, qiyosiy tahlil esa ana shu jarayon natijalarini ham o‘z ichiga oladi. Demak, qiyosiy tahlil voqelik hodisalarini bilish va o‘zgartirishga qaratilgan barcha nazariy metodlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, ilmda qiyosiy sintez, qiyosiy induk1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.291. siya, qiyosiy deduksiya kabi tushunchalar mavjud. Masalan, qiyosiy sintez – hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Bunda ularni tashkil etgan unsurlarida bilimlarni integratsiyalash natijalari asos qilib olinadi. Mohiyatan, qiyosiy sintez «qiyosiy tahlil obyektlari ortasidagi farq nimada?» degan savolga javob beradi. Qiyosiy induksiya xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy hodisalarning oxshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chogishtirish metodi Qiyoslash metodologiyasida qiyosiy-tarixiy va chogishtirish (yoki qiyosiy-chogishtiruv) metodi eng asosiy metodlardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, ammo farq qiladi. Qiyosiy-tarixiy metod adabiy hodisalarning umumiy va xos tomonlarini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bogliqlikda qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy fikrlar Arastuning «Poetika» asarida bayon qilingan. Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayonida ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiytarixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda koplab nazariy fikrlar bayon qilingan. Jumladan, adabiyotshunos, B.Karimov qiyosiy-tarixiy metoddan foydalanib, quyidagi yonalishlarda ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini takidlaydi: 1. dunyo adabiyoti durdonalari yoki milliy adabiyotning gozal namunalari ozaro qiyoslanadi; 2. adabiy asarlar yaratilgan davriga kora taqqoslab organiladi; 3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asarlari organiladi; 4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida tekshiriladi; 26 27 5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy hodisalarning farqli va oxshash qirralari tadqiq qilinadi; 6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan ozaro yaqin bolgan adiblarning asarlari tekshiriladi; 7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda malum bir adib tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi1 . Qiyosiy-tarixiy metodning nazariy asoslari A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy, N.I.Konrad, A.Dima, A.Dyurishin, V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan2 . Chogishtirish metodi filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asoslangan metod bolib, asosan farqli xususiyatlarni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb ataladi. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bolsa-da, antik davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chogishtirishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul lugatayn» asari chogishtirish metodining yorqin namunasidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformatskiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom ettirishgan3 . Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga kora, chogishtirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bolmagan tillarni, til hodisalarini ozaro qiyolash usuli 1 Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74. 2 Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 2008. №2. 3 Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, 1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988. bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taqqoslab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, chogishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chiqishiga genetik jihatlariga, taraqqiyotiga etibor bermaydi, ularga asoslanmaydi.1 Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, adabiy hodisalarning genetik jihatlariga etibor qaratilsa, bunda qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «ozbek mumtoz adabiyotida ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi va tahlili asosida (mas., rus va ozbek, ingliz va ispan) u yoki bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, chogishtirma metoddan foydalaniladi. Qiyoslash natijalarini baholashning mezonlari Qiyoslash natijalarini baholash yuqorida korib otilgan qiyosiy tahlil vazifalarining qay darajada bajarilganiga kop jihatdan bogliqdir. Ilmiy adabiyotlarda qiyoslash natijalarini xolisona baholashning tarixiy, gnoseologik, mantiqiy, metodologik, manaviy-goyaviy va boshqa mezonlari mavjud. Ularni aniqroq tasavvur qilish uchun, bazilarini korib chiqamiz. Tarixiy mezon qiyosiy tahlil natijalarining tarix faktlariga qanchalik mos kelishini baholashdir. Gnoseologik mezon qiyosiy tahlil natijalarini ularning bilish nazariyasi qonunlari va tamoyillariga mos kelishi nuqtayi nazaridan baho berishdir. 1 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Б.263. 28 29 Mantiqiy mezon – qiyosiy tahlil natijalarining mantiq qonunlari talablariga mos kelishini baholashdir. Metodologik mezon – qiyosiy tahlil natijalarining qaysi metodlarga togri kelishi yoki kelmasligi nuqtayi nazaridan baholashdir. Manaviy-goyaviy mezon bu qiyosiy tahlil natijalarining jamiyat manaviyati, goyaviy maqsadlariga qay darajada mos kelishini etiborga olib, baho berishdir. Xullas, yuqoridagi mezonlar qiyosiy tahlil natijalarini baholash, komparativistik tadqiqotning ilmiy-nazariy jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini taminlash shartlari Qiyosiy tahlilda haqqoniy, xolis natijaga erishish uchun quyidagilarga diqqatni qaratish lozim: Birinchidan, qiyosiy tahlilni yakuniga yetkazmoqchi bolgan tadqiqotchi qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy, metodologik va metodik asoslarini bilishi kerak. Bu borada ular bilishning nazariy va empirik vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalana olishi lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bolgan, mavjud yoki mavjud bolishi mumkin bolgan muhitning xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, ilmiy izlanuvchi, qiyosiy tahlil jarayoniga tasir etishi mumkin bolgan barcha holatlarni tahlilga tortishi kerak. Uchinchidan, qiyoslash faqat statistik malumot yigish va korsatishdan iborat bolib qolmasligi kerak. Qiyoslash obyektlari toxtovsiz ozgaradi, tadqiqotchilar ana shuni hisobga olishi kerak. Organilayotgan obyektlarning statistik manzarasi ularning dinamik xususiyatlari bilan toldirilishi, tadrijiy takomili korsatilishi kerak. Aks holda qiyosiy haqiqat tolaqonli, xolis bola olmaydi. Demak, olib borilgan statistika, dinamika bilan birga tahlil va talqin qilinishi lozim. Tortinchidan, tahlilda subyektivizmga yol qoymaslik. Soxta qiyoslash, muayyan manfaatlarga xizmat qilishi mumkin, lekin fan rivojiga xizmat qilmaydi. Bazi tadqiqotchilarning bir-biriga umuman togri kelmaydigan filologik jihatlarni qiyoslashi, ana shunday soxta qiyoslashga olib keladi. Natijada, qiyosiy tahlil mazmuni va natijalari buzib korsatiladi, odamlarning ijtimoiy ongida notogri tushuncha paydo boladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «Otkan kunlar» asaridagi Otabekning ishqiy sarguzashtlarini, Jorj Bayronning Don-Juan obrazi ishqiy sarguzashtlari bilan qiyoslash kutilgan natijani bermaydi. Demak, qiyosiy tahlilning asosiy qoidalari, talablari bajarilmasa, adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar beradi. Nazorat savollari: 1. Metodologiya nima va qanday ilmiy tadqiqot metodlarini bilasiz? 2. Qiyosiy-tarixiy metod chogishtirish metodidan qanday farq qiladi? 3. Qiyoslash natijalarini baholashning qanday mezonlari mavjud? 4. Qiyosiy tahlil natijalarining xolisligini taminlash shartlari nimalardan iborat? 5. Qanday holatlarda adabiy hodisalarni qiyoslash jarayoni noxolis natijalar beradi?
O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy qarashlari
Ozod Sharafiddinov adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmoqli ishi Lirika haqida mulohazalar maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib kozga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan konfliktsizlik nazariyasi keltirgan oqibatlarni lirik sherlar misolida ishonarli, tasirli tahlil etgan Ozod Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi ozbek tanqidchisi shakllanib kelayotganligi korindi.
Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul boldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid kolamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zugumiga qaramay, A.Qodiriy, Cholpon, Fitrat ijodi haqida oqtin-oqtin ijobiy fikrlar aytishga orindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh kotarganda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi.
XX asr ortalaridan ozbek tanqidchiligiga M.Qoshjonov, S.Mamajonov, L.Qayumov, N.Shukurov, N.Karimov, U.Normatovlar avlodi kirib keldi. Ozod Sharafiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan biri ekanini korsatdi. Bu yangi avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali avlod namoyandalari bilan yelkama- yelka turib, davr adabiy-tankidiy muammolarini yechish jarayonida ulgayib bordi.
Munakkidning adabiy-tanqidiy qarashlari, ozbek tanqidchiligida tutgan orni atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovning "Ozod Sharafiddinov nomli (1980) adabiy portreti boldi. 2000 yilda "Istedod va etiqod" nomli yangi adabiy portretini elon kildi. Unda jonkuyar tanqidchi, xassos shershunos ijodiy qiyofasi umumlashtirib berilgan. Bundan tashqari O.Sharafiddinov haqida P.Qodirov, U.Normatov, O.Togayev, B.Nazarov, I.Gafurov, M.Sharafiddinova,T.Yoldoshev kabi tanqidchilarning mazmundor maqolalarini eslatib otish orinli.
O.Sharafiddinov 1929 yili Qoqon yaqinidagi Oxunqaynard xizmatchi oilasida tugildi. Bolaligidan Toshkentda yashadi. Ziyrak va kobiliyatli Ozod 14-orta maktabni oltin medal bilan tugatdi. Orta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida oqidi (1946-1951). M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida tahsil oldi (1954). Ozbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib borib, "Hozirgi ozbek sovet poemalari" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini (1955) himoya kildi. XX srning 90-yillariga qadar ozi tahsil olgan Toshkekt davlat universiteti (hozirgi OzMU) filologiya fakultetining ozbek adabiyoti kafedrasida ishladi. Song "Sharq" matbaa konserni hamda Tafakkur jurnalining tashkilotchi va yetakchilaridan biri sifatida faoliyat korsatdi. Songra 1997-yilda tashkil etilgan Jaxon adabiyoti jurnalining bosh muharriri lavozimiga tayinlandi.
1970 yili Istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturi nomli yirik asar uchun bir guruh adabiyotshunos olimlar qatori O. Sharafiddinov ham Beruniy nomidagi Ozbekiston Davlat mukofotiga sazovor boldi. Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizgin faoliyati munosib taqdirlandi. Xukumatimizning qator orden va medallariga loyiq topildi. 2002 yilda esa Ozbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor boldi.
O.Sharafiddinovni adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmokli ishi "Lirika haqida mulohazalar" maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib kozga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan "konfliktsizlik nazariyasi keltirgan oqibatlarni lirik sherlar misolida ishonarli va tasirli tahlil etgan O.Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi ozbek tanqidchisi shakllanib kelayotgani korindi.
Tanqidchilikdagi ayrim biryoqlamaliklar tufayli M.Shayxzoda va Mirtemirdek ulkan shoirlar ijodi chuqur, haqqoniy bahosini olmay kelayotgan edi. Munaqqid navbatdagi ishlarini shu ikki ulkan shoir ijodiga bagishladi. M.Shayxzoda va Mirtemirning O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janrning ozbek tanqidchiligidagi gozal namunalari qatorida turadi,
Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul boldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuk va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashgirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid kolamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zugumiga karamay, A.Qodiriy, Cholpon, Fitrat ijodi haqida oqtin-oqtin ijobiy fikrlar aytishga urindi. A.Qahhorga nohak munosabatlar yana bosh kotarganda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi.
O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya yolakchasidan kirib keldi, adabiy jarayonda yetuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil yoritib beruvchi olim hamda mohir tarjimon sifatida tanildi. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qoshgan eng muhim hissasi-poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil kotarib chiqishida, bu muammolarni yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon boldi. U sanatkor har qancha ijodiy muammolarni kotarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bolsa, u tasir kuchiga ega bololmaydi degan qarashda muqim turdi.
Sheriyatning zukko tanqidchisi. Shaxsga siginish iskanjasidan ozod bola boshlagan ozbek sheriyati, nasri va dramaturgiyasida 50- yillar oxiri va 60- yillar avvalida jiddiy siljishlar, ozgarishlar roy berdi. Tanqid ham ana shu jarayonni tahlil qilishga otdi. Ijodkorlar oldiga yangi-yangi talablar qoydi. Ayniqsa, sheriyatda hayotga qizgin munosabat bildirilib, zamonaviy ruh chuqurlasha bordi.
Ozbek nazmida yuz berayotgan bunday ijodiy ozgarishlar Ozod Sharafiddinovning Zamon. Qalb. Poeziya" ( 1962) deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, ozbek sheriyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida oz ifodasini topdi.
Kitobdagi maqolalarida hatto Gafur Gulomdek avtoritetlarni asoslab tanqid qilishga, H.Gulom, A.Muxtor, Mirmuhsin ijodida Lenin, partiyani madh etish masalalarida nuqsonlarga yol qoyilayotganini aytishga jurat qildi. Bu - davr tanqidchiligi uchun katga gap, muhim hodisa edi. Shu manoda bu tadqikot faqat muallif ijodidagina emas, shu davr ozbek tanqidchiligining ham prinsipial yutuqlaridan biri bolib koldi. Tankidchi davr ozbek sheriyatining xarakterli tamoyillarini teran korsatdi, ularni aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi.
Zamonaviylik faqat mavzu yoki muammogina emas, ana shularni yorituvchi badiiylikdadir, shu maioda zamonaviylik asosi badiiylikda yotadi, degan qarash O.Sharafiddinovninggina emas, umuman, ozbek tanqidchiligining jiddiy yutuqlaridan biri edi. Kitobdagi makolalarda, shuningdek, poeziyamizdagi lirik qaxramon manaviy olami teranlashib borayotgani davrning muhim muammolarini kuchli emotsional shaklda aks ettirish chuqurlashayotganligi, bayonchilikka nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani korsatildi.
Olimning navbatdagi Adabiy etyudlar (1968) nomli kitobidan joi olgan makolalarda A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarlari tahlil kilindi. Qalbimizga yakin shoira maqolasida Zulfiyaning gozal va nafis ijodiy portreti yaratildi. Shoirning yoli maqolasida M.Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgai. Bu kamtar va zahmatkash kalam sohibi haqida, umuman, ozbek tanqidchiligida shu vaqtgacha yaratilgan etiborli ishlardan biri bolib kelmokda.
O.Sharafiddinov ijodida nafaqat sheriyat, balki nasr va adabiy tankid muammolariga ham etibor qaratadiki, buni uning "Gozallik izlab" kitobida korish mumkin. Munaqqid maqolalari zavq-shavq eilan oqiladi, doim tanqidchining meni va uslubi kozga yaqqol tashlanib turadi. Nasr va adabiy tanqid muammolari birdek organilishi ham mazkur kitobda yorqin namoyon bolgan. Unda, ayniqsa, 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi kator yosh shoirlar ijodining atroflicha tahlil etilishi jihatidan ham qimmatlidir. Usmon Azim avlodlariga mansub kator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda oz isbotini topdi.
O.Sharafidsinov adabiy tanqid va uning muammolari haqida astoydil qaygurgan olimlardan biridir. Xususan, uning "Talant xalq mulki (1979) deb nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari, sheriyat rivojiga bagishlangan tadqiqotlari orin olgan. "Tanqidchilik kasbi haqida" maqolasida munaqqid uchun zarur bolgan uch xislatga alohida etibor beradi. Bularning birinchisi-adabiyotdagi gozallikni, goyaviy va badiiy boylikni his qila bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, tanqidchi bolishni istagan odamda, birinchi navbatda, estetik tuygu benihoya otkir bolishi lozim, u sanat gozalligini nozik his qila bilishi, badiiy adabiyotdan chinakamiga zavqlana olishi shart".
Ikkinchi fazilat sifatida olim fikrlash qobiliyati ve undagn uzviylikni korsatadi. Tanqidchi oqigan narsalarini chuqur idrok etishi va tahlil qila bilishi, asardagi voqea va hodisalarni, xarakterlarni hayot hodisalari, hayotdagi jonli odamlar bilan taqqoslay bilishi, bu taqqoslardan ham adabiyot, ham jamiyat uchun zarur, foydali xulosalar, umumlashmalar chiqara olishi kerak.
Tanqidchilik talantining uchinchi zarur fazilati soz sanatiga ehtirosli, otashin muhabbatdir, deydi u. Uning fikricha, adabiyotni butun vujudi bilan sevgan, unga sidqidildan fidoiy kishigina haqiqiy tanqidchi hisoblanadi. O.Sharafiddinov ozi qoygan ana shu talablarga butun umri davomida amal qilishga intildi.
Ozod Sharafiddinov maqola va taqrizlari, ozining, ayniqsa, talabchanligi, prinsipialligi bilan ajralib turadi. Uning I.Rahim qalamiga mansub Sobir Rahimov haqidagi romani, O.Umarbekovning “Damir Usmonovning ikki bahori qissasi togrisidagi, shuningdek B.Boyqobilovning Ozbeknoma asariga bagishlangan Magzi puch sozlardan bir tosh nari qoch nomli taqrizlari badiiylik masalasida mualliflar yol qoygan kamchiliklar, ayamay, keskin fosh etildi. Bu taqrizlar adabiy jarayonga, yozuvchilar va tanqidchilarga faol tasir korsatish kuchi bilan XX asr songgi choragidagi ozbek tanqidida prinsipial ahamiyatga ega boldi.
Adabiy portret janri rivojida munaqqidning orni. Tanqidchi kop yillik ijodi mobaynida G.Gulom, Oybek, K.Yashin, S.Ayniy, A.Qahhor, A. Muxtor, O.Yoqubov, O.Hoshimov, A.Oripovlarning ijodiy portretlarini yaratdi. Bu yonalishdagi tadqiqotlar "Istedod jilolari" (1976) kitobida oz ifodasini topdi.
O.Sharafiddinov oz fikriga qatiy ishonuvchi munaqqid hisoblanadi. Shu bois kezi kelganda, u katta shuhrat egasi bolgan ijodkorlarning u yoki bu asari, fikriga ozining tanqidiy munosabatini bildirishdan chochimaydi. Masalan, G.Gulomning "Egalari egallaganda” dostoni badiiy jihatdan bosh ekanini dadil aytadi. Yoki S.Ayniyning dastlabki ijod namunalarini tahlil qilarkan, uning nazmdagi kamchiliklarini royi-rost korsatib, ularning omillarini aniqlaydi.
Shu bilan birga O.Sharafiddinovning S.Ayniy haqidagi adabiy portretida ayrim kamchiliklar ham kozga tashlanadi. Togri, maqolaning "Ulkan hayotning ilk sahifalari" deb nomlanishidayoq korinib turganidek, S.Ayniy ijodining dastlabki namunalarini tahlil etishga bagishlangan. Adibning keyingi bosqich ijodini organish maqsad qilib koyilmagan. Bunday maqsadni kozlasa, munaqqid boshqacha yoki boshqa maqola yozgan bolar edi, albatta. Lekin shunga qaramay, maqola adabiy portret xususiyatini kasb etishi uchun, u muxtasar ravishda bolsa ham, siqiq obzor xarakterida bolsa ham, adibning yaxlit ijodiyoti haqida tasavvur bergani nazarimizda orinli bolar edi. Hozirgi holatda ham, oquvchida adabiy portret nihoyasiga yetkazilmagandek taassurot qoldiradi. Oybek haqidagi adabiy portretda esa uning poetik mahorati va adabiy-tanqidiy mahorati tahlil qilingani holda adibning nasriy mahorati bir muncha etibordan chetda qoladi. Holbuki, adabiy portret janri ijodkor manaviy, ijodiy, ruhiy qiyofasini bir butunlikda yaratishni talab qiladi. Buni munaqqid bilmaydi emas, lekin maqolada bu muammolarning u yoki bu qirrasini yoritish bilangina cheklanadi.
O.Sharafiddinov tanqidchilikning tarixiy-biografik yonalishi rivojiga ham munosib ulush koshdi. Bu xislat, uning, ayniqsa, Yalovbardorlar kitobiga kirgan maqolalarida bortib korinadi. Kitobdagi mashhur yozuvchilar hayoti va ijodiga bagishlangan maqolalarda bazan davrining siyosiy va mafkuraviy ruhi sezilib tursa-da, adiblarning umumjahon madaniy-adabiy taraqqiyotiga qoshgan hissalarini yoritilishi jihatidan qimmatlidir.
Munaqqid kitobda turli millatga mansub yozuvchilar ijodini tadqiq etar ekan, ularning, eng avvalo, milliy qiyofasini hamda milliy xarakter yaratish mahoratiga alohida etibor beradi. Yalovbardorlar kitobidagi sotsialistik realizm bilan aloqadorlikda aytilgan ayrim mulohazalar eskirgan bolishiga qaramay, badiiy asarning gozallik va manaviyat bilan aloqador fazilatlarini chuqur his qilishi jihatidan ozbek tanqidchisining yuksak iqtidori va boy manaviy olamini korsata bilishi, shuningdek, oquvchilarga mahorat sirlarini tushuntirib bera olishi bilan oz ahamiyatini yoqotmay kelmoqda,
Cholpon ijodi tadqiqotchisi va jonkuyar targibotchisi. O.Sharafiddinov 60-70-yillardayoq Cholpon va Fitrat ijodi haqida goh pinxon, goh oshkor oz fikrlarini ayta boshlagan munaqiddir. Bu yonalishda u matbutotda fikrlarini ochiq aytish imkoniyatiga ega bolmadi, lekin talabalarga oqigan maruzalarida fikrini ochiq aytishdan ozini tiyolmadi. Buning uchun rasmiy doiralardan kop bor dakki ham eshitdi. Yoshlar dunyoqarashida Cholpon haqida tasavvur shakllanishiga va rivoj topishida jonbozlik korsatib, bu borada zimdan ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorgarlik korib bordi.
Cholpon singari qatagon bolgan shoirlar ijodidagi qator namunalardan tashkil topgan Tirik satrlar toplami tayyorlanishiga O.Sharafiddinov bosh-qosh boldi. Xuddi shu davrda ozbek adabiyotining fidoyilari E.A.Karimov va N.Karimovlar Ozbek tili va adabiyoti masalalari jurnalida Cholponning ayrim sherlari va maqolalaridan namunalarni yoritishga jurat etadilar. Har qalay, bu urinishlar 90-yillar ostonasidagi qarashlarning uygonishiga zamin boldi. XX asrning 80- yillar oxirida matbuotda Cholpon haqida qator maqolalar elon qilindi.
O.Sharafiddinovning "Cholpon" nomli (1991) asari ulug sanatkor haqidagi birinchi, xayrixohlik bilan yozilgan ilmiy-taxliliy, ayni vaqtda ommaviy tadqiqot asar edi. Kitob londa-londa besh bobdan - hayoti va ijod yoli, sheriyati tahlili, nasrining talqini, adabiy-tanqidiy faoliyatiga munosabat, tarjimonlik mahoratiga bir nazardan iborat. Kitobning birinchi bobi asosida keyinroq tanqidchi "Cholponni anglash" nomli teran va mazmunli asar yaratdi.
Muallif Cholpon haqida 20-yillardan shu kungacha kim, qayerda nima deganini yaxshi biladi, hatto xorijiy cholponshunoslik tarixi haqida ham malumot beradi. Elining asl ogloni, buyuk farzandi Cholponni asrab-avaylay olmagan, muhimi, uning shani-qadri uchun kurashmagan zamondoshlaridan xafa bolib ketishini ham yashirmaydi. U Cholponni qancha oqisa, anglasa, inson erki, ruhning ozodligini shuncha aniq his qiladi, aksincha, shoro hukumati mohiyatini uqishga qancha intilsa, erksizlik, tutqunlik qonun-qoidalarini aniq-ravshan idrok etadi. Demak, Cholpon ijodining mohiyati shoro tuzumi asoslariga zid edi. Insonning erkin ruhini tasvirlovchi asarga totalitar tuzumda orin bolishi qiyin. "Cholponni anglash" risolasining tub mohiyati mana shunda.
Kecha va kunduz romani O.Sharafidsinov sozboshisi bilan chop etildi. Uning rahbarligida Cholponning avval bir jildlik, song uch jildlik asarlari nashrga tayyorlandi Adabiyot nadur toplami bosilib chiqdi. Cholpon adabiy merosiga oid onlab maqolalar, ikkita risola yaratildi. Cholponga intilish, hatto, aytish mumkinki, O.Sharafiddinovning shaxs sifatida kamol topishiga tasir korsatdi, istedodini tarbiyaladi, aniq maqsadga yonaltirdi. Uning "Sher kop, shoir-chi?", "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi", "Haqiqatga sadoqat maqolalari Cholpon ruhida yozilgan. Olimning qator shogirdlari cholponshunoslikni rivojlantirib kelmokdalarki, bunda ustozning xizmatlari ulkan.
Munaqqidning Cholpon 100 yilligi munosabati bilan Fanlar Akademiyasi katga zalida qilgan maruzasi asosida "Xalq sozi gazetasida "Cholpon harakatga chorlaydi" maqolasi chop etildi. Unda Cholpon asarlari bizni erk, ozodlik, mustaqillikni ezozlashga orgatishiga urgu berildi. Cholpon ijodini targib qilish, uning asarlarini mehr va katta muhabbat bilan tahlil va talqin etish munaqqid ijodining yetakchi yonalishlaridan biri sanaladi.
Moxir qahhorshunos olim. Qahhorshunoslik Ozbekistonda adabiyot ilmining muhim tarmoqlaridan biri darajasiga kotarilgan. U haqda tadkikotlar, monografiya va dissertatsiyalar yaratilgan. P.Qodirov, I.Borolina, H.Abdusamatov, M.Koshjonov, V.Smirnova, U.Normatov, A.Rasulov, S.Sodiqov, I.Gafurov, R.Qochqorov hamda boshqa onlab tadqiqotchilar A.Qahhor ijodini tahlil qildilar. Har bir adabiyotshunos adib ijodining muayyan muammolari hamda muayyan adabiy-tanqidiy janr talabi asosida, oz uslubi yonalishida organadi, yozuvchining adabiyotdagi ornini belgilashga intiladi. O. Sharafiddinov ular ichida oz ovozi, oz sozi bilan alohida ajralib turadi.
Olimning A.Qahhor haqida yaratgan "Istedod jilolari portreti ilmiy-badiiy talqini teranligi bilan diqqatni tortadi. Bir qarasangiz, tanqidchi A.Qahhor asarlarining yaratilish tarixi haqida, bir karasangiz, adabiyotda kulguning orni haqida, yana bir bobda istedodning namoyon bolishi, uning kimga xizmat kilishi xususida, boshqa bir orinda yozuvchi mehnati togrisida fikr yuritadi. U yozuvchi ijodidagi "jonli odamlarni korsatish maqsadida "Ogri" hikoyasini "ich-ichiga kirib" tekshiradi. Bunda yozuvchiga samimiyatgina emas, umuman, soz sanatiga, soz jozibasiga ehtiromi aniq sezilib turadi.
Tanqidchi adabiy portret janrida ham masalaga malum bir muammo asosida yondasha olish namunasini korsatdi. Shu manoda portretda adabiyotning xalq uchun yashashi, jamiyatga xizmat qilishi masalasi markazga qoyiladi. Asarlardagi tabiiylik, xususan, hajvchi sifatidagi mahorati qirralari ochiladi. Shuningdek, yozuvchi mehnati, uning asar ustida chidam bilan ishlashi masalasiga ayricha diqqatini qaratadi.
Munaqqidning "Abdulla Qahhor"(1988) kitobi chop etildi. Bu asar yozuvchi hayoti va ijodi hakidagi badiiy lavhalardan iborat bolib, koproq esse janriga mansub, deyish mumkin. Kitobda yozuvchi tarjimai holi, ota- onasi, oilasi, farzandlariga oid malumotlar berildi. Yozuvchining hayot yoli, qiziqishlari, tabiati haqidagi kuzatuvlar qiziqarli, sodda tilda tasvirlangan. "Sarob", "Qoshchinor" romanlarining muhokamalari haqida oz davrining yangi malumotlari yozilgan.
O. Sharafidsinov mustaqillik yillarida ham A.Qahhor haqida yozishdan toxtamadi. Adib ijodi va shaxsining yangi-yangi qirrapari haqida yozdi. Ijodni anglash baxti (2004) kitobiga Abdulla Qahhor haqidagi etyudlar kiritilgan. Birinchisi Chinorlardan biri... (1995) da adibni adabiyotimizning qudratli, zabardast chinorlaridan biri deb hisoblagan tanqidchi asarlari, shaxsiyatining nozik jihatlari haqida fikr yuritadi. Bu uyning chirogi hamisha yoniq (2003) etyudi koproq xotiralarga asoslangan. Bu etyudda olim ozini A.Qahhorning shogirdi deyishdan istihola qilishini yozadi. Biz har qancha u odamga yaqin bolmaylik, lekin Abdulla Qahhor istedodi jihatidan ham, aql-zakovat bobida ham, odamgarchilik masapasida ham bizdan bir necha barobar yuqori turar edilar. Qalbida istiqlol yolqini bor edi (2002) qismida adib qalbidagi istiqlol yolqini asarlarida korinib turishi haqida fikr yuritiladi. Adibning Ozbekistonni shohi sozanaga oxshatgani, orzulari, haqiqatparastligini ochib beradi. Bir nutk tarixida osha davrdagi Milchakov degan uyushma raisining qiyofasini mardona turib ochib bergan adibning jasorati yoritiladi. Bir asar muhokamasi (1998)da Sinchalak qissasining yozilishi va birinchi muhokamasi atrofidagi bahslar, qanchalik qoralashlariga qaramay, asarning adabiyotimizning katta yutugi bolganligi korsatib beriladi. Kibriyo opaning holvasi (2002) deb nomlangan oxirgi etyud A.Qahhor bilan K.Qahhorova ortasidagi insoniy munosabatlar, rafiqasining adib hayoti va ijodida tutgan orni qiziqarli va samimiy tarzda hikoya qilib beriladi.
Ozod Sharafidsinov kop olimu adiblarii qadrlar, hurmat qilar edi. Lekin Abdulla Qahhor O.Sharafiddinov uchun yolchi yulduz boldi. U kishi Abdulla Qahhorga ergashar, oshanday bolishga intilardi. Ustoz ijodida Abdulla Qahhor, uning asarlarn, oilasi, turmush tarzi haqida yozilgan portret, esse, taqriz, tadqiqotlar kop. Korinadiki, O.Sharafiddinov umrining oxirgi daqiqalarigacha A.Qahhor, Oybek singari buyuk soz ustalari haqida yozishdan tolmagan, ana shu jihatlari bilan bugungi tanqidchiligimizga namuna boladigan munaqqid sifatida yashab koladi.
Ozod Sharafiddinov orta va oliy talim muammolari haqida kator maqolalar yozdi. Dastur va darsliklar yaratish ishida faol qatnashdi. Ozi oqigan dorilfununda bir necha on yillar mobaynida talabalarga saboq berdi. Mohir tarjimon sifatida ozbek kitobxonlariga jahon adabiyoti namunalarini tuhfa etdi. Istiqlol davriga kelib yozgan onlab publitsistik maqolalarida Mustaqillikni yanada mustahkamlashga davat etib, fidoiy millatparvarlik namunasini korsatdi. Uning Mukaddas burch, Buyuklarimiz bagrimizga qaytdi, Modernizm jon hodisa emas..., Garoyib haqiqatni kashf etdim, Istiqlol adabiyoti eng ilgor adabiyotdir, Adabiy tanqid va yangi tafakkur, Istedod bilan uchrashish bayrami kabi maqolalari yangi davr tanqidchiligining ibratli namunalarn bolib koldi. Etikodimini nega ozgartirdim? nomli iqrornoma-maqolasi esa, XX asr oxirida insoniyat tarixida roy bergan ulkan ozgarishlarning sabab va oqibatlari haqida teran tasavvur beruvchi jahon publitsistikasining eng sara namunalari qatorida turadi. Olimning Davlat mukofotiga sazovor bolgan Ijodni anglash baxti, Dovondagi oylar kitoblari ozbek tanqidchiligining yuzini korsatuvchi asarlardir.
Umuman, O.Sharafiddinov adabiyotning bosh vazifasi: Olam, Qalb va Gozallikni tasvirlash degan azaliy qadriyatga sodiq koldi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O.Sharafiddinovni ozbek xalkining fidoiy, millatparvar va jasoratli farzandi deb tariflar ekan, undagi eng muhim fazilatlarni nihoyatda aniqlik bilan topib aytgan edi. Uning Ozbekiston Qaxramoni yuksak unvoniga sazovor bolgani el, yurt, davlat ozining fidoiy farzandlariga korsatayotgan yuksak ehtiromi namunasidir.
O.Sharafiddinov haqidagi zamondoshlarining dil sozlaridan iborat toplam Matonat va muhabbat deb nomlangan (1999). Mana shu ikki sozda O.Sharafiddinovning asosiy xislatlari mujassam deyish mumkin. Darhaqiqat, Olloh bergan benazir istedod sohibi bolmish bu odam Qodiriy iborasi bilan aytganda, shaxsi butun zot, matonat, shijoat egasi edi. Bu fikr Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida (2009) nomli kitobdagi deyarli har bir maqolada oz ifodasini topdi.
O.Sharafiddinov keyingi yillarda koplab xotira, esselar yaratdi. Soz sanati fidoyilari, ustozlar, qalamkash dostlar, shogirddar, shuningdek, ilm-fan, marifat ahli, jamoat arboblari haqida gozal badialar bitdi. Ularda ilmiy tafakkur bilan badiiy istedod singishib ketdi.
Olimning yangi bosqichdagi ijtimoiy, ijodiy faoliyati nechogli rang-barang bolmasin, birinchi navbatda u munaqqid, adabiyotshunos edi. Avvalgi bosqichlardagi kabi uning keyingi on besh yil davomida chop etilgan kitob, risola, maqola, esse va adabiy suhbatlari yangilanayotgan zamonaviy milliy adabiy tafakkurning yorqin namunalari bolib qoldi. Ularning kopchiligi hasbi hol xarakteriga ega. Mustabid tuzum asoratlaridan dadil voz kechib, XX asr ozbek adabiyoti tarixini yangicha qayta idrok etish, tahlil va talqin qilish, qolaversa, umuman, badiiy ijodni, ijodkor shaxsini, inson zotini shoro davrida shakllangan andozalardan xoli, umumbashariy mezonlarda turib, chin insoniy, ilmiy anglash O. Sharafiddinovning yangi bosqichdagi adabiy-tanqidii ishlariga xos muhim xislatlardir
M.Qoshjonovning adabiy-tanqidiy qarashlari
Etuk tanqidchi va adabiyotshunos OzR FA haqiqiy azosi, Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti savrindori, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qoshjonov ozbek tanqidchiligida fikrlash tarsi va ifoda uslubi, jangavor haqgoyligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik ananalarini ijodiy ozlashtirib, yangi sharoitlarda ozbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir.
Matyoqub Qoshjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akadimizm usulini qollamaydi, oquvchi zavqlanib oqiydigan, zerikmaydigan uslub yonalishini tanlaydi. Bu esa uning sanat asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namayon etadi. Bu narsa, birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, manaviy va axloqiy masalalar togrisida keng fikr yuritishida korinadi.
Yetuk tanqidchi va adabiyotshunos, OzR FA haqiqiy azosi, Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor M.Qoshjonov ozbek tanqidchiligida fikrlash tarzi va ifoda uslubi, jangovar haqgoyligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik ananalarini ijodiy ozlashtirib, yangi sharoitlarda ozbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir.
Bizga taqdir ikki buyuk tanqidchi – Ozod Sharafiddinov va Matyoqub Qoshjonovni nasib etdi. Ularning har ikkovi ham ijodini jasorat bilan boshlab, oziga xos ravishdagi jasorat bilan tugatdilar. Agar jahon adabiy tanqidchiligi antologiyasi chop etilsa, ularning har ikkovi ijodidan namunlar kiritilsa, har tomonlama adolatli ish bolur edi. Haqiqatan ham, M.Qoshjonov jahon va rus tanqidchilari estetik tamoyillarini ijodiy ozlashtirib, oziga xos sharoitda, ozbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-munaqqiddir,
M.Qoshjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumanidagi Haplang qishlogida 1918 yilning 5 mayida chopon oilasida tugildi. Toliqsiz orta malumot olgandan song Chorjoydagi oqituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942 yilgacha Toshhovuzdagi orta maktabda ozbek tili va adabiyotidan dars berdi. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, chapdast snayper sifatida jang qildi. Jasorati uchun orden va medallar bilan mukofotlandi. Urushdan qaytgach, Orta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida masul lavozimda ishladi (950-1953). Moskvadagi ijtimoiy Fanlar akademiyasiga oqishga tavsiya etiladi (1953). Tahsil davomida qobiliyati va fikrlash doirasining kengligi bilan safdoshlari orasida ajralib turdi. Oqishni tugatib qaytgach, Orta Osiyo universiteti filologiya fakultetining ozbek adabiyoti kafedrasida ishladi (1957- 1960). Talabalarga maruza oqidi. Maruzalarga shu qadar jiddiy tayyorlanardiki, matnlarning aksari toliq holda matbuot sahifalarida alohida-alohida maqola tarzida bosildi. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga katta ilmiy xodim bolib ishga otdi (1960), u yerda ilmiy xodim, bolim mudiridan direktorlikkacha bolgan yolni bosib otdi.
M.Qoshjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy Fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida boshlandi. 1956 yili gazetada "Bir tanqidiy-biografik ocherk haqida" nomli birinchi taqrizi elon qilindi. Adabiy tanqidchi bolishdek qiyin sohaning masuliyatini chuqur his etgan yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin korsatib turardi. U asta-sekin nainki adibning, balki ozining ham mahorati haqida oylaydigan tanqidchi, nazariya masalalariga alohida etibor bilan qarovchi, estetik qarashlarini obrazli ifodalashga intiladigan adabiy tanqidchi sifatlarini namoyon eta bordi. Oz asarlarida ijodkorlar badiiy mahorati masalasiga koproq diqqatini qaratdi. Uning tadqiqotlarida xulosa chiqarishga nisbatan asarni xolisona, aniq tahlil kilib, oquvchi muhokamasiga havola etish xususiyati ustundir. Tanqidchi oquvchiga oz tayyor xulosalarini quruq taqdim etib qolmasdan, uni ham faol fikr yuritishga davat etadiki, bu uning ijodkorligidan dalolat beradi.
Olimning dastlabki bosqich ijodida Oybek romanlaridagi shakl va mazmun birligi masalasiga sotsialistik realizm nuqtai nazaridan yondoshilgan bolsa-da, umuman, ozbek adiblari ijodiga maxsus shu muammo - adabiyot va estetikaning eng muhim masalalaridan biriga maxsus yondoshuv M.Qoshjonovning shu maqolalaridan boshlandi, deyish mumkin.
Olimning "Mano va mezon" (1974), "Mohiyat va badiiyat" (1977), rus tilidagi "Talant qirralari" (1975), "Oybek" (1976), "Mahorat masuliyati" (1977) nomli kitoblari hozirgi ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining prinsipial yutuqlari bolib qoldi. "Mano va mezon", "Talant qirralari" kitoblari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boldi. Olimga "Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi" degan yuksak unvon berildi (1978). Ozbekiston Fanlar akadimiyasi
haqiqiy azoligiga saylandi.
M.Qoshjonov tanqidiy qarashlarining shakllanishida rus tanqidchilari tasiri katta boldi. Tanqidchi tahlilga kirishar ekai, kop hollarda V.Belinskiy uslubiga xos yol tutib, fikrni asar haqida malumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaqqid asarlarining oqishli va qizikarli bolishini taminlaydigan muhim omilga aylanadi. U hakda shunday yozadi: "Tanqidchilarimiz obrazlarni tanqidiy yol bilan qayta tiklash priyomini egallab oldilar. Yozuvchi badiiy asar yaratib, kitobxonni oz goyasiga bir marta sherik qilsa, tanqidchi osha asarni tahlil qila turib, asar goyasiga, estetik qimmatiga kitobxonni ikkinchi bor sherik qiladigan boldi. Shu yol bilan tanqidchi asarning tasir kuchini oshiradigan, adabiyotning kuchiga kuch qoshadigan boldi".
Maqoladan asarda, matn mohiyatida yashiringan fikrlarni anglash, yozuvchi mahorati sirlarini idrok etish esa, oqilayotgan ish qadr-qimmatini yanada oshiradi. Belinskiy uslubiga xos bu fazilat M.Qoshjonovning tanqidchilik mahoratiga malum darajada tasir korsatdi. Bunday uslubni munaqqidning 70-yillar ozbek nasridagi kompozitsiya muammolari organilgan qator maqolalarida, xususan, "Mano va mezon" nomli adabiy-tanqidiy maqolalar toplamida korish mumkin. Shu tufayli M.Qoshjonovning U.Nazarov, O.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev, O.Muxtor, Z.Alam asarlari tahliliga bagishlangan ilmiy-tanqidiy ishlarida shu uslub yorqin sezilib turadi.
M.Qoshjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akademizm usulini kollamaydi, oquvchi zavqlanib oqiydigan, zerikmaydigan uslubiy yonalish tanlaydi. Bu esa uning sanat asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi. Bu narsa birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, manaviy va axloqiy masalalar togrisida keng fikr yuritishida korinadi.
Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yogdular. Otgan salkam yuz yil mobaynida kodiriyshunoslik ozbek tanqidchiligining muhim tarmogi va mustahkam tarkibiy qismi sifatida qaror topdi. Bu yonalishda oz kuchini sinab kormagan, Qodiriy ijodidagi yangi bir qirrani ochishga harakat qilmagan, yoxud uning noyob asarlarini oqib, u haqdagi hayajon va muhabbatini ozgalarga malum qilishni istamagan taniqli ozbek adibi va adabiyotshunosni topish qiyin. Bu yonalishda, ayniqsa, Oybek S.Husayn, I.Sulton, H.Yoqubov, M.Qoshjonovlar salmoqli ishlar yaratdilar! A.Aliyev, I.Mirzayev, F.Nasriddinov, U.Normatov, S. Mirvaliyev, B.Karimov va boshqalarning mehnati barakali boldi.
A.Qodiriy sanati va mahoratini organish M Qoshjonov ijodining markaziy muammolaridan birini tashkil etdi. Uning "Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanati" nomli asari adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor gozalliklari va qudrati bilan tahlil etilgan ozbek adabiyotshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot sifatida XX asr ozbek tanqidida mustahkam orin egalladi. Olim A.Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish omillarini aniqlash, sanatkorlikdagi jozib nuqtalarni topish, xususan, sir saqlash sanatini birinchilardan bolib M.Qoshjonov kora oldi.
Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor kabi ulkan sanatkorlar ijodiga xos xususiyat "voqealarni sirli bayon etish sanatini korsatishga keng orin berildi. Zotan, voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bolib xizmat qildi, degan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy mahoratining qirralarini olim (sir saqlash, perepitiya, ichki va tashqi kolliziyalar birligi, antiteza) asardagi nainki asosiy obrazlar - Otabek va Kumush xarakteri orqali ochish, balki bu ikki qahramonga kelib tutashuvchi va ularga aloqador bolgan, beistisno, barcha katga-kichik obrazlarni ham tahlil etish orqali korsatishga intiladi. Lekin asosiy etiborini Otabek va Kumushga qaratadi, albatta. Otabek va Kumush xarakteri asardagi barcha hujayralarni bir-biriga boglovchi, harakatlantiruvchi asosiy kuch "Romanning bosh goyasi asosan yetakchi obrazlarda ifodalangani uchun bu obrazlarning yaratilishi togrisida koproq toxtash foydalidir. Chunki bu masapa yozuvchi sanatini belgilovchi asosiy omillardandir", deb yozadi olim.
"Otkan kunlardagi xarakterlarni taxlil qilish jarayonida M.Qoshjonov oz qalbida tugilgan his-hayajonlarni kitobxonda ham uygotishga intiladi: "Ota-ona orzusi"! Ozbekchilikning bu odati qancha- qancha sof insoniy his va muhabbatni, insoniy gozalliklarni oz olovida kuydirib yubormadi. Ota-ona orzusi deb qanchadan-qancha gul gunchalari ochilmay sondi. Bu mudhish otmish sarqiti hozir ham ozod, baxtiyor yoshlarimiz oldida bazan gov bolib turmaydimi?" - deya achinish bilan yozadi tanqidchi Otabekning ota-ona orzusi yolida ikkinchi marta uylanishga majbur bolayotganidagi ruhiy holatini tahlil etarkan. Tanqidchi qalbidagi bu iztirob tezda kitobxonga ham "yuqadi" va uning xayoliga ham yangi yogdular sochadi.
"Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanati" kitobini muallif mustaqillik yillarida qaytadan nazardan otkazib, ixchamlashtirib va boyitib, "Ozbekning ozligi" nomi bilan nashr ettirdi. Tarixiylik tamoyillariga qatiy amal qilgan tanqidchi bu kitobda ozining qator yangi qarashlarini istiqlol mafkurasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqillik ruhi bilan sugorilganligi, A.Qodiriy ijodining bugungi zamonamiz uchun ahamiyatli jihatlariga etibor berilishi bilan diqqatga sazovordir.
M.Qoshjonov buyuk adib Abdulla Qodiriy asarlarini katta etibor oilan urgandi, u hakda jiddiy monografik tadqiqotlar yaratdi "Mohiyat va badiiyat" kitobining "Ustozlar sabogi" deb nomlangan katta bolimi A.Qodiriy, Oybek, Sh.Rashidov va Gulxaniy ijodining tahliliga bagishlangan.
M.Qushjonov kopincha oz ijodini yirik va olmas siymolar bilan bogladi. Hamza, S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor kabi adiblar ijodi haqida salmokdor, kolamli va teran tadkiqotlar yaratdi. 60-80-yillar nasriga xos qator tamoyillarni ochib berdi, ayni zamonda konflikt, syujet kompozitsiya kabi nazariy masalalarga oid umri uzoq maqolalar tadqiqotlar yaratdi.
Oybek ijodi tanqidchi nigohida. M.Qoshjonovning tanqidchilikka kirib kelishidagi dastlabki etiborli maqolalaridan biri A.Muxtorning Opa-singillar" romaniga bagishlandi. Lekin munaqqid nomini kitobxonga tanitgan, yani darhol tilga tushgan ishlardan biri Qutlug qon togrisidagi katta maqola boldi. Boshqa kop fazilatlaridan tashqari oddiy ozbek yigiti Yolchi xarakterining shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilingan bu maqola gazetada elon qilinish bilan tilga tushdi. Shu maqoladan boshlab M.Qoshjonov Oybek ijodini, uning mahorat sirlarini organish borasida kop mehnat qildi.
I.Sulton otgan asr 60-yillari arafasidayoq tanqidchilarni M.Qoshjonovdan ornak olishga davat etishi bejiz emas "Oybek romanlarida xarakterlarni tasvirlash mahorati" mavzusida rus tilida yozilgan nomzodlik dissertatsiyasining asosiy natijalari kitob holda 1959 iilda bosilib chikdi. "Xosh, M.Qoshjonov Oybek haqidagi avvalgi tadqiqotlardan song oybekshunoslikda nimalarni kashf etdi? Aslida adabiyotshunos H.Yoqubov kitoblaridan keyin bu borada hammaga manzur boladigan ish qilish nihoyatda ulkan masuliyat talab qilardi. Bu ishni amalga oshirish uchun faqat tanqidchi talantining ozi kifoya qilmasdi. Talantga qoshimcha tinimsiz mehnat, yuksak did, puxta nazariy bilim kerak edi. Uzoq izlanishlar, bir necha yil Moskvaning jahonga mashhur olimlari davrasida bolish, klassiklar asarlarini sinchiklab organish yosh olimni bu jasoratga undadi".
Kitobning fazilati yozuvchilik sanatining asosiy va muhim tomoni sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida korindi. Asar Z. Kedrina, G.Lomidze kabi taniqli olimlar tomonidan ozbek adabiyotshunosligining jiddiy yutugi deb yuksak baholandi
M.Qoshjonov Oybek asarlari haqidagi kuzatishlarini davom ettirib, yuksak mahorat namunasi bolgan "Oybek mahorati asarini yaratdi va unda, asosan, adibning nasriy ijodini tadqiq etdi. Bu asar "adabiy hodisaga faqat nazariyotchi olim kozi bilangina emas, balki sanatkor kozi bilan ham qarashning, ilmiy tafakkurni badiiy tafakkur bilan dialektik aloqada olib borish"nint gozal namunasi bolish Oybek mahorati" monografiyasi oybekshunoslikni yangi bosqichga olib chikdi. Oybekshunoslikning yangi bosqichga kotarilishi, ayni vaqtda, umuman, ozbek adabiyotshunosligining yuqori bosqichga kotarilayotganidan dalolatdir.
Bu kitobda ham tahlil markazida xarakter masalasi turadi. Oybek mahorati"ning adib haqidagi boshqa tadqiqotlardan farqlanuvchi oziga xos fazilatidan biri shunda. Xarakter harakatining dalillash sanatini ochishda namoyon bolgan A.Qodiriyga bagishlangan tadqiqotidagi tajriba, anana davom ettirilib, Oybekka doir bu ishda yangi asarlarga murojaat asosida yanada chuqurlashtirildi. Bu tadqiqot qahramon xarakteriga bogliq holda konflikt, syujet, kompozitsiya muammolari ham uzviy birlikda organilgan ozbek adabiyotshunosligi erishgan salmoqli yutuq boldi. M.Qoshjonov Oybek sheriyatiga kop murojaat etmaydi. Uning poemalariga, asosan, prozaga otishdagi muhim sifatlarning shakllanishini belgilash nuktai nazaridan yondashadi. Shu manoda munaqqidni Oybek sheriyatida epik xususiyatlar jalb etadi. M.Qoshjonov ularni tahlil etar ekan, shoir sheriyatda ham yirik polotnolar, keskin ziddiyatlar, katta syujet yaratish ustasi ekanligini ochib beradi. Bu Oybekning katta ijod maydoniga kirib kelishi uchun zamin boldi deb xulosa chiqaradi.
M.Qoshjonovning Oybek ijodi haqidagi izlanishlari izchillikka ega.Uning "Talant jilolari", "Mahorat darsi", "Ijod saboqlari kitoblarida ham Oybek mahorati xususidagi nozik kuzatishlarga duch kelamiz. Olim Oybek asarlaridagi ayrim qahramonlarni yozuvchi shaxsi, tarjimai holi biografiyasi bilan boglanishda yoritishga harakat kiladi. "Qutlug kon"dagi Yolchi,"Ulug yoldagi Zumrad, Umarali obrazlaridagi oz-ozini anglash, ruhiy-manaviy uygonishlar, sozsiz, yosh Oybekiing uz boshidan otgan" degan xulosa asar strukturasidagi oziga xosliklarni ochishdan tashqari u hakda kuzatishlar olib borilayotgan ilmiy ishning ham jonliligi va hayotiyligini oshirdi.
Abdulla Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisi. XX asr ozbek adabiyotshunosligining tarkibiy qismi qahhorshunoslikni ham M.Qoshjonov tadqiqotlarsiz tasavvur etish kiyin. U A.Qahhorning deyarli barcha asarlarini, ulardagi estetik tamoyillarni keng planda, yangilanib borayotgan fikrlar asosida yangicha uslubda tahlil kildi. Bu hol A Qahhorning ijodiy individualligini, yani A.Qodiriy, Oybek va boshqa yirik nosirlar ijodidan farq qiladigan qirralarini tolaroq gavdalantirish imkonini berdi. Bu, oz navbatida tadqiqotchini adib mahoratini chuqur va teran tadqiq qilish yolida jiddiy izlanishlarga undadi. "Adashganlar fojiasi" deb atalgan tadqiqot A.Qahhor ijodini, maxorat sirlarini organish yolidagi ana shunday izlanishlar natijasi boldi.
M.Qoshjonovning "Mahorat sirlari" (1968) nomli asarida A.Qahhorning epik asarlari yuksak did bilan tahlil qilindi. Adib haqida navbatdagi "Hayot va nafosat"(1970) kitobida yozuvchining hikoyanavislik sanati va dramatik asarlari organildi. "Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor" asarida esa yozuvchining hajviy mahorati tadqiq etildi.
A.Qaxhor muammolarga qanday yondashdi, voqelikka munosabati qanday, boshqa ijodkorlardan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi, talanti yonalishini belgilaydigan omillar nimalardan iborat? M.Qoshjonov yuqoridagi kitoblarida ana shu masalalarga javob qidiradi va, eng asosiysi, bu murakkab muammolarni asosli dalillar bilan chiroyli uslubda ochib beradi. Butun diqqat-etibor yetakchi bir nuqtaga- yozuvchining ijodiy prinsiplari nimalardan iborat ekanligini tahlil qilib berish va shu asosda uning oziga xosligini korsatishga qaratiladi.
A.Qahhor haqidagi ishning A.Qodiriy, Oybek ijodiga bagishlangan tadqiqotlardan farqlanuvchi ayrim xususiyatlari shundaki, tanqidchi endi asarning goyaviy-badiiy qimmatini belgilovchi qahramon xarakterini organishdan tashqari bir karashda oddiy kitobxon koziga tashlanavermaydigan ohang va tafsilotlargacha alohida etibor berishga intiladi. Bu, ayniqsa, "Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor" kitobida yaqqolroq kozga tashlanadi. Munaqqid asarlarni qiyosiy tahlil qilish yolidan boradiki, bu A.Qahhor mahoratini yanada aniqroq korsatish imkoniyatini yaratadi. Bunday yondashuv ozbek adibini jahonga mashhur novellistlar bilan bir qatorda turadi degan xulosaga olib keladi. Ayni vaqtda, ulardan farqlanuvchi oziga xoslikni xam ishonarli dalillaydi.
A.Qahhorning nodir xususiyatlaridan biri-hayotni, qahramonlarni ruhiy tahlil kilish mahoratiga egaligidir. M.Qoshjonov "Sarob" va "Sinchalak"ni ozgalarga oxshab umuman emas, shu muammo nuqtai nazaridan tahlil etdi. Ularning oziga xosligi shu xususiyatlarda namoyon boladi degan fikrga keldi. M.Qoshjonov adibning adabiy-estetik qarashlarini organishga ham alohida etibor berdi.
"Otmishdan ertaklar" ozbek adabiyotidagi oziga xos bir yetuk avtobiografik asar ekani; Saidiy kiyofasidagi murakkablik, qarama- qarshilik, turli ruhiy iztirob faqat uning emas, davr va zamon obraziga ishora ekani; "Anor"dagi haqiqiy fojianing snri; "Ogri"dagi yigi va kulgi birligi; "Ming bir jon" va "Asror bobo"dagi komizm bilan fojia, mutoyiba va yumor mushtaraklish; "Bashorat", "Millatchilar", "Boshsiz
odam" zamiriga yashiringan yozuvchi ideali haqidagi mulohaza va ilgari surilgan fikrlar, nainki adabiyot va tanqid rivoji, balki, ayni vaqtda kitobxon estetik didiga ham tasir qiladi.
M.Qoshjonov maqola, ilmiy tadqiqotlarida fikrni obrazli ifodalash sanati bilan kitobxon badiiy-estetik didini ostirishga munosib hissa qoshgan tanqidchi hisoblanadi. Uning fikricha, "Badiiy yetuk asarga bagishlangan tanqidiy tahlil shundagina ozini oklaydiki, toki uni oqigan odamning badiiy asardan olgan malumot va estetik hissi ikki barobar oshsin". M.Qoshjonov tadqiqotlari ozi qoygan ana shu talablarga javob beradi. Uning sanatkorlarga bagishlangan kitoblari fazilatan badiiy asar kabi zavq bilan oqilishi sababi shundan.
Adabiy portretnavis maxorati. Ozbek tanqidchiligida Izzat Sulton, O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, N.Karimov, U.Normatov, A.Rasulov singari munaqqidpar adabiy portret ustalari sifatida mashhurdirlar. M.Qoshjonov ular safidagi peshqadamlardan biri sifatida adabiy portretlarida badiiy mahorat masalasini tadqiq markaziga qoyishi bilan ajralib turadi. U muayyan asardagi badiiy mahoratni tekshirish orkali ayrim muhim nazariy xulosalar chiqaradi. Munaqqid ijodida adabiy portret janri yetakchi orinlardan birini egallaydi.U har bir asar tahlilida yozuvchidan teran hayotiylik, yuksak badiiylikni talab qiladi. Adabiy portretda ham asosiy masalaga shu nuqtai nazardan yondoshadi. Shu jihatdan M.Qoshjonovning I.Sulton, Q.Hikmat, O.Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayevga bagishlangan kichik-kichik adabiy portretlari, A.Oripovning Armon toplamiga yozgan sozboshisi hamda S.Meliyev bilan hamkorlikda yozgan Abdulla Oripov nomli kitobi xarakterlidir.
Shoro yillarida yaratilgan adabiy portretlarda yozuvchining faqat ijodi markazda tutilib, uning insoniy fazilatlari, hayotidagi dramatizm, oila, muhit kabi masalalarga kam etibor berildi. Holbuki, adolat, xolislik, haqqoniylik va ilmiylik jihatidan, hamda Sent-Byov alohida takidlaganidek, yozuvchi ijodi va siymosi yagona ekan, uning kundalik hayoti va odatlariga ham ahamiyat berish lozim: Meni hamisha maktublar, suhbatlar, fikrlar, xarakterlarning turli holatlari, ruhiyati, bir soz bilan aytganda, mashhur yozuvchilar tarjimai holini organish rom etib keldi, deb yozgan edi.
Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy, Oybek ijodiga oid portretlarni kozdan kechirar ekanmiz, tanqidchining boshqa janrdagi tadqiqotlarida yetakchi bolgan-obrazlarni adabiyotshunoslik yoli bilan qaytadan yaratish usuliga duch kelamiz.
Nafosat shaydosi portreti Oybek qiyofasini yaratish yolidagi izlanishlardan biridir. Oybek hayoti va ijodiga bagishlab monografiya, ilmiy-biografik ocherk, portret kabi janrlarda koplab tadqiqotlar yaratildi. M.Qoshjonov asarining ulardan farqli jihati shundaki, u Oybek ijodi haqida umumlashtiruvchi xarakterdagi adabiy portretni yaratdi. Unda ham yozuvchining ijodiy qiyofasi namoyon boladi, ham asarlaridagi qahramonlarning oddiy kitobxon sezmagan, payqamagan fazilatlari bilan butun toliqlikda gavdalanadi.
M.Qoshjonov yozuvchi ijodining oziga xosliklari, asarlarining badiiyati orqali ochiluvchi muxtasar ijodiy portretlar yaratdi. Jumladan, u I.Sulton, K.Yashin, Sh.Rashidov, Qudrat Hikmat, O.Yoqubov, P.Qodirov, A.Oripov, Sh.Xolmirzayev, O.Muxtorov portretini yaratar ekan, har bir ijodkorning kopchilikka nomalum mahorat sirlarini kashf etdi. Tanqidchi portretlari kopincha, oquvchi diqqatini tezda oziga jalb etaydigan kiziqarli usulda boshlanadi. Bazan adabiy portretning birinchi jumlasidanoq oquvchi etiborini sirli tugunga havola etadi. Natijada, kitobxon birinchi jumladagi sirli tezis (kod)ga ergashib, adabiy portretni oqib qoyganini sezmay qoladi. Masalan, H. Olimjon haqidagi portretda shoirning oz sozlari sarlavhaga olib chiqilgan: «Men ozbek xalqi nomidan sozlayman!», Qudrat Hikmat haqidagi adabiy portret ham «Eshiting, sher oqiyman» degan shoirning oz iborasi bilan boshlanadi. Yani sarlavhadanoq tanqidchi fikr yuritayotgan ijodkor asarlarining bosh konsepsiyasi yarq etib kozga tashlanadi. Munaqqid har bir adabiy portreti muqaddimasida biror chiroyli tafsilot, hayotiy voqea yoki ibratli lavha keltiradi. Ular shunchaki okuvchi diqqatini jalb etish uchun keltirilmay, kop orinlarda adabiy portret uchun uq ildiz, maqsadni birlashtiruvchi, ichdan umumlashtirib, ruhan yorituvchi nurli tomir (B.Nazarov) xizmatini bajaradi. Adabiy portretni oqib chiqqandagina, tanqidchi bu lirik chekinishni bekorga, shunchaki jimjimadorlik uchun keltirmaganligiga ishonch hosil qilamiz.
Sh.Xolmirzayev, O.Muxtorov ijodiga oid portretlar ham jonli xotiralar asosida yozilgani bilan etiborga loyiq.
M.Qoshjonov bolalar adabiyotini organishga ham munosib hissa qoshdi. Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, H.Polat ijodiga bagishlangan adabiy portretlarda bolalar adabiyoti muammolarini organdi.
M. Qoshjonovning portretnavis sifatidagi uslubini quyidagicha belgilash mumkin: 1) adabiy portretda ijodkor qiyofasi, tabiati, faoliyatini yaqqol gavdalantirish. Bu tipga Oybek, A.Qahhor, A.Oripov haqidagi adabiy portretlari kiradi; 2) portretni shu ijodkorning ozi haqidagi fikrlari bilan toyintirish va adibning ijodiy qiyofasini yaratishda ulardan unumli foydalanish, ozining mulohazalari bilan omuxtalashtirib, asar yaratish. A.Qodiriy va S.Ayniy haqidagi asarlar shu tipga mansub; 3) yozuvchi yoxud shoirning butun ijodi haqida fikr yuritmay, adabiy portretga chizgilar bilan kifoyalanish. M.Sholoxov, Hamza, Asqad Muxtor va boshqalar haqidagi asarlar.
M.Qoshjonov Sayyorning Hulkar romaniga yozilgan Xayol boshqa, boshqa taqrizi hamda undagi ayovsiz tanqidiy fikrlari bilan ozbek tanqidchiligidagi talabchanlik va prinsipiallikning ajoyib namunasini korsatdi. Ibrohim Rahimning Generap Rahimov, Yusuf Shomansurning Qora marvarid romanlariga yozilgan taqrizlar ham shunday xarakterga ega. Keyingi asar jiddiy qayta ishlanishii munosabati bilan tanqidchi u haqda qator ijobiy fikrlar ham aytdi.
Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin. Birinchidan, keyingi 60 yillik ozbek adabiy tanqidchiligini M.Qoshjonov ijodisiz tola tasavvur etish mumkin emas. Uning xizmatlari, avvalambor, ulkan sanatkorlar mahoratini teran tahlil qilishda namoyon boladi.
M.Qoshjonov haqidagi maqolalardan biriga "Mahoratshunos olim" sarlavhasi qoyilgan. U ozbek munaqqidlari orasida birinchilardan bolib, shunday nom oldi. Chindan-da, tanqidchi ilmiy ishlari zamirida mahorat masalasi birinchi orinda turadi. U adabiyot nazariyasi bilan shugullansa ham, tanqidchilikka oid ishga kol ursa ham, xalq, jamiyat manfaatini nazarda tutadi. Uning barcha ishlarida sanatkor va zamon masalasi markaziy orinda turadi.
Adabiy tanqid zamonaviy adabiy jarayonni atroflicha teran va chuqur tahlil etishi, uning ichki rivojlanish qonuniyatlarini istiqbol nuri bilan korsatishi, ayni vaqtda, har bir ijodkor oz imkoniyatlarini tola darajada adabiy hodisalarga "kochirish"ga komaklashishi, istedodlarning togri yoldan borishini taminlashda hamroh va yelkadosh bolishi lozim. M.Qoshjonovning munaqqid sifatidagi xizmatlari ana shu xususiyatlarda namoyon boladi. Ayniqsa, uning keyingi yillardagi ozbek sheriyati, nasri xususida bildirgan fikr-mulohazalari, umumlashtiruvchi maqolalari jamoatchilik etiborini jalb etib kelyapti. Masalan, uning "Ijod saboqlari" kitobida adabiyotshunoslikning qator dolzarb masalalari - ijodkor masuliyati, zamonaviylik va mahorat, shaxsiyat va ijod, sanatkorning manaviy dunyosi kabi qator jiddiy muammolar yuzasidan muhim fikr-muloxazalar bildirilgan bolsa, Diydornoma kitobida onlab adib, olim va davlat arboblarining yorkin va ochmas qiyofalari gavdalantirildi.
"Ijod saboqlari" - yoshlarga ornak bolarli fazilatlarga boy asar. Shulardan biri, shubhasiz,tanqidchi samimiyatidir.
M.Qoshjonovning doimo diqqat markazida bolib kelgan muammolardan yana biri adabiyot nazariyasi masalalaridir. Uning syujet, kompozitsiya, obraz, xarakter, goya kabi nazariy muammolarga bagishlangan maqola va tadqiqotlari ozbek adabiyotshunosligining nazariy asoslarini mustaxkamlashda muhim orin tutadi. U ikki jildlik "Adabiyot nazariyasi"ning mualliflaridan biridir.
"Adabiy tanqid ham ixtiro qiladi, ixtiro qilingan talantlarni ardoqlaydi", M.Qoshjonovning shiorlaridan biri mana shu fikrda.
mujassam. Jonkuyar tanqidchi ozining bu tamoyiliga butun umr sodiq yashadi. Moskvada chop etilgan Shedrost talanta kitobi ozbek tankidchiligini Ozbekistondan yiroq-yiroqlarga tanitdi.
Mustaqillik yillarida olim shu davrgacha yaratilgan ayrim asarlarini istiklol mafkurasi asosida qaytadan korib chiqdi. Hujjatli, avtobiografik asosdagi janrlarda oz kuchini sinab, yangi-yangi asarlar yaratdi Kongilda qolib ketgan gaplar (2006), hatto ozining urush yillaridagi xotiralari asosida badiiy asar ham yaratdi. Dagish, Alam singari asarlar bunga misol. Jonli xotiralar, iqrorlar asosidagi badiiy publitsistik ruhdagi bunday asarlar yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda ahamiyatga egadir.
Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv (М.Қўшжонов ва О.Шарафиддинов қарашлари мисолида)
Uslub ijodkor siyratining aks etishi. Siyrat ozlik, individuallik, hech kimnikiga oxshamaydigan asos. Istedod individuallikning tiniq korinishi, shaxs betakrorligining yorqin ifodasi. Istedodli shaxs boshqalar orasida ajralib turadi. Asrlar boyi shakllangan tartib, qonun-qoidalarga boysunavermaydi. Fojia shundaki, bazan tuzum, ijtimoiy mafkura istedodga qarshi chiqishi ham mumkin.
Malumki, adabiy tanqid ham fan, ham sanat. Tanqidchilik tarixida oz uslubiga ega, yorqin istedodli munaqqidlar kop bolgan. Mazkur faslda biz XX asrning ikkinchi yarmidagi ozbek tanqidchiligida iz qoldirgan, betakror uslubga ega bolgan ikki munaqqid - Matyoqub Qoshjonov (1918-2005) va Ozod Sharafidsinov (1929-2005) uslubi xususida fikr yuritishni lozim deb bildik. Birinchidan, mazkur munaqqidlar ijodida aksariyat tanqidchilarimizga xos xususiyatlar aks etgan. Ikkinchidan, munaqqidlar uslubi talqini avvalgi bob, fasllarda bildirgan fikrlarimizni toldiradi degan fikrdamiz.
Istedodli ijodkor faoliyatida dadillik diqqatni darhol jalb qiladi. «Oybek 1936 yilda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagishlangan ilmiy asarini yozib tugatdi, - deb yozadi Ozod Sharafiddanov. - Aytish kerakki, u vaqtlarda Navoiy haqidagi tasavvurlarimiz hali juda kambagal edi. Uning haqidagi malumotlar har xil manbalarda tarqoq holda yotar, qatiy bir sistemaga solinmagan edi... Oybek birinchi marta Navoiyning hayoti va ijodiga doir materiallarni qagiy sisgemaga soladi, ularga sinfiy pozitsiyadan yondashib, Alisher Navoiyning qiyofasini mukammal ochadi. Bu tadqiqotda Oybekning bilimi goyat chuqur ekani, fikrlash doirasi benihoya kengligi, murakkab va chigal masalalarni dadil qoya olishi aniq korinadi». Dadillik - masuliyatni his qilish. Masuliyat his qilinmas ekan, tanqidchilik ham, shoirlik ham ermak, shunchaki koyinmay, yurakni yondirmay yuraverishdir. «Meni eng kop ranjitadigan narsa shuki, bazan yosh tanqidchi zimmasidagi ulkan masuliyatni mutlaqo his qilmagan holda qoliga qalam oladi. - deb yozadi Ozod Sharafidsinov, - maqolasida esa asar hakida ham, yozuvchi haqida ham dabdurustdan esiga kelib qolgan gaplarni mulohaza qilib otirmay, yozib tashlayveradi. Holbuki, eng kichkina taqriz ham bosilib chiqqanidan keyin minglab, bazan yuz minglab nusxada tarqaydi. Demak, siz minglab odamga gap aytasiz, ularni boshqa ishlardan ajratib olib, ogzingizga qaratasiz».
Dadillik nafaqat tanqidchilik, balki badiiy adabiyotning, umuman, sanatning barcha turlari uchun zarurdir. Ozod Sharafiddinov «Sher kop, ammo shoir-chi?» maqolasida yozadi:
«Xosh, nega endi bugungi sheriyatimizda ortamiyonachilik kuchayib ketyapti? ... Nega sherlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?»
Menimcha, bu hodisaning bosh sababi «shoir» degai tushunchani tola anglab yetmaslikda. Nazarimda, kopgina yoshlarimiz shoirliqdan oson kasb yoq deb oylaydi, shekilli; vazn nimaligini, turoq qanday bolishini, qofiyalash hunarini organib olsang, oxshatish va majozlardan xabaring bolsa boldi, sher yozaverish mumkin». O. Sharafiddinov ijodkor uchun istedodning suv bilan havoday zarurligini takidlaydi, istedod «ichki nigoh» ekanligini soqir Gomer, kar Betxoven asarlari misolida isbotlaydi. Nihoyat, munaqqid istedodning zarurligini qayta-qayta takidlagach, «Shoirlik - hamisha etiqodliliqdir. Shoirlik - hamisha vijdonning uygoqligidir. Shoirlik - hamisha bezovtaliqdir. Shoirlik hamisha ulug masuliyatdir», - degan xulosaga keladi. Boshqacha aytganda, dadillik - ulug masuliyat, doimiy bezovtalik, yuksak etiqod.
XX asr ozbek tanqidchiligida dadillik namunasini korsatgan munaqqidlar kop. Lekin ular orasida Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Ozod Sharafidsinov, Matyoqub Qoshjonovlar alohida ajralib turadilar.
Ozod Sharafiddityuv «Xarakger badiiylik mezoni» maqolasida: «...xarakter yaratish masalasi badiiy adabiyotning eng murakkab va eng jumbokli vazifasidir. Jahon adabiyoti biri-biriga oxshamagai, biri-biridan mukammal rango-rang xarakterlarga nihoyatda boy... Turli tuman asarlarni tahlil qilib, ularda harakter qanday yaratilganini aniqlash mumkin, lekin uni qanday yaratish kerakligi haqida retsept berib bolmaydi»1, - deb yozadi. Otgan asrning 50-yillari oxirida ozbek adabiyotidagi badiiylik mezoni - xarakter muammosini teran tadqiq etish masuliyatini dadillik bilan oz zimmasiga olgan munaqqid paydo boldi. U Matyoqub Qoshjonov edi. Ozbek adabiyotida hamisha adabiiy xarakgerlar bolgan: asarni mukammal xarakgerlarsiz tasavvur etib bolmaydi. Matyoqub Qoshjonov faoliyati: xarakger masalasini badiiylikiing yuksak korinishi sifatida namoyon etdi. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslikning diqkati xarakger muammosiga jalb etildi.
Jahon xalqlari adabiyotshunosligida «xarakger» (karayuye) atamasi keng qollaniladi. Ingliz, nemis, yapon, turk adabiyotshunosligida xarakter masalasiga bagishlangan tadqiqotlar nihoyatda mol. Qolarversa, adabiyotshunoslik ilmining boshlanishidayoq Aristotel «Poetika» va boshqa asarlarida inson tabiati, uning badiiy ijodda aks etishi xarakter haqida toxtalingan edi.
Badiiy adabiyot qahramonini simvol (yunoncha «simvo- lon») deb atash ham umumlashgan. Ozbek adabiyotshunosligida «simvol», «ramz» sozlari teppa-teng qollanilaveradi. Turk adabiyotshunosligida adabiy qahramonni «simge» (simvol) deb atash odat tusiga kirgan.
XX asr ozbek adabiyotshunosligida adabiy qahramon ne-ne nomlar bilan atalmadi, deysiz?! Sotti Husayn «Otkan kunlar» ham otgan kunlar» taqriz - risolasida Abdulla Qodiriy qahramonlarini «suvrat» deb ataydi (Chunki, realistlar qahramonlariga suvratni ozlarining ahvol ruhiyatlariga qarata qabul qildiradilar. Abdulla Qodiriy turli suvratlar yaratadi. Ammo suvratlar ustida ozi fikr yurgizib baho qoya boradi»).
Vohid Zohidovning bazi asarlarida «sajiya» atamasi xarakter manosida qollaniladi.
Hozirgi adabiyotshunoslikda, xususan, maktab darsliklari, majmualarida «timsol» atamasi keng qollanilmoqda. «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugati»da (Toshkent-1984, II jild. 231-bet), «Farhangi zaboni tojik» (Moskva, «Sovetskgy ensiklopediya», 1969, II jidd, 363-bet) da timsol surat, naqsh, rasm manosini anglatishi aytilgan. Navoiy asarlari tili lugatini tuzganlar timsolning yana bir qancha manolarini keltiradilar.
Ozbek mumtoz adabiyotida qollanidgan tiynat (tinat) atamasi hozirgi adabiyotshunoslikka ham kirib kelmoqda. Alisher Navoiy adabiy qahramonga qarata «tiynati pokiza», «Ariq tiynatli» iboralarni qollaydi. «Farhangi zaboni tojik» «tiynag» fel, tabiat, sirisht, yaratilish manosini anglatishini bildiradi. «Tiynat» soziga «nihod», «fitrat» ham manodoshdir. Alisher Navoiy «nihod», «fitrat»ni tabiat, yaratilish manolarida qollaydi. Boshqacha aytganda, tiynat, nihod, fitrat sozlari, «ozlik», «asos», «ozak» manolarini anglatadi. Biz xarakter haqida gapirar ekanmiz, uning individual, betakror, oziga xos, yaratilishidayoq tabiiylik bolishligini nazarda tutamiz. Tiynat, figrat - xarakter asosi. ozagi, moyasi. Adabiy qahramonni «tiynat», «fitrat» iboralari bilan atasak, xarakterdagi «Ijtimoiy munosabatlar “jamuljami»ni diqqatdan soqit qilayotganday bolamiz. Aslida-ku, tiynat, fitrat iboralarida ham ijtimoiy munosabatlar birligi anglashiladi.
Xarakter insoniy muyaosabatlar yigindisi. Insoniy munosabatlar allaqanday, gayrishuuriy tanlov yoli bilan asosga, tiynatga yonalinib, kirib boradi. Aksariyat munosabatlar shunchaki, tiyiatdan tashqarida davom etaveradi. Tiynatga dahldor munosabatlar kam, ammo ulugvor boladi. Ota-onaga, yorga, dosti sodiqqa, farzandga munosabat tiynatga taalluqli bolishi mumkin. Xulosa shuki, ijtimoiy munosabatlar hamisha ichki harakatda, ozgarishda boladi. Bazi munosabatlar tiynatga kirib boradi, bazilar ozak, asosdan chiqib ketadi. Yashash zavqi shundaki, inson hamisha munosabatlarni qiyoslab, tanlab, baholab, saralab boradi. Tiynatga kirib boradigan munosabatlar insonni uluglaydi, ruhini yoritadi. Aksincha, munosabatlarning buzilishi, insonga ruhiy azob beradi, hatto shaxs sifatida yemirilishiga olib keladi. Demak, inson tabiatidagi munosabatlarda harakat, yashovchanlik ruhi bor.
Xarakterning asosi - ozlik, tiynat, afol, fitrat, «vatan ichra vatan»ni muqaddas xudbinlik, ruhiy-manaviy tashnalik nuqtasi, inson va insoniylik asrori, bezovta ruh maskani, tinib-tinchimagan xushyoqar ogriq makoni deyish joiz. Boshqacha aytganda, barcha ijtimoiy munosabatlar jamuljami hisoblangan xarakterning asosini ruhiy-manaviy qadriyat, ilohiy nemat belgilaydiki, bu haqda Imom Gazzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Immanuel Kant, Xeorg Xegel asarlarida yozilgan. Ekzis- tensializm talimoti namoyandalari, xususan, Jan Pol Sartr ham insonni, uning xarakgerini anglashda ananaviy qarashlarga suyanadi. Farq shundaki, ekzistensializm talimoti namoyandalari insonni anglashda ilohiy qarashni emas, ilmiy qarashni asos deb biladilar. «Inson qandaydir insoniy tabiat egasi, - deb yozadi Jan Pol Sartr. - Ana shu «insoniy» tushuncha hisoblangan insoniy tabiat hamma odamlarda bor. Bu esa har bir alohida inson faqat «inson» degan umumiy tushunchaning xususiy hodisasi ekanligini bildiradi. Kantdagi mana shu umumiylikka kora, yovvoyi odam - tabiiy inson ham, burjua ham bir xil tarif bilan izohlanadi, bir xildagi asosiy sifatlarga egadir. Binobarin, bu yerda ham inson mohiyati biz tabiatda uchratadigan uning tarixiy mavjudligidan oldinroq sodir bolgan ekan».
Mumtoz adabiyotda, XX asr adabiyotida xarakter mohiyatini bexato anglash uzluksiz davom etgani holda shoro adabiyotida xarakterni sayoz anglash va talqin qilish paydo boldi. Bunday nazariy chalkashlikning ildizi, avvalo Marks va Engels asarlarida korindi. K.Marks «Feyerbax togrisida tezislar»ining 6-bandida: «...insonning mohiyati ayrim individga xos bolgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir», - deb yozgan.
Shoro adabiyotshunoslitida, xususan, ozbek adabiyotshunosligida xarakter muammosi bir yoqlama - ijtimoiy munosabatlar majmuyi sifatida organildi. Matyoqub Qoshjonov tadqiqotlari yaratila boshlaganidan keyin ham xarakter haqidagi bir yoqlama fikrlarni aytish davom etdi. Bora-bora olimning maqolalari tilga tushdi, ilmiy-adabiy jamoatchilik diqqatini jalb etdi. Tanqidchi tilini uzun qilgan, jamoatchilik oldida obrosini oshirgan asosiy omil uning ilmi, mushohadasining kengligidir. «Yaxshi asarning xislatlarini korsatish uchun qay darajada did va mushohada kerak bolsa, zaif asarning nuqsonlarini korsatish uchun ham shu darajada, balkim undan ham otkirroq did va mushohada kerak boladi... Tanqidchi inkor qilib bolmaydigan dalillarga suyanishi kerak boladi, toki uning fikrlarini yozuvchi tan olsin, kitobxon ishonsin. Dalilsiz tanqid quruq safsatadan boshqa hech narsa emas», - deb yozadi M.Qoshjonov. Olimning ilk kitobi «Masterstvo izobrajeniya xarakgerov v romanax Aybeka» (1959) deb ataladi. Keyinchalik u «Hayot va mahorat» (1962), «Jizn, xarakteri, masterstvo» (1963), «Oybek mahorati» (1965) kitoblarini yaratdi. Bu asarlar ruhi, ularda kotarilgan muammolar, xususan, xarakter yaratish masalasi ozbek ada- biyotshunosligiga chuqur singib bordi. Yosh yozuvchilar, adabiyotshunosu tanqidchilar M.Qoshjonov qarashlari asosida xarakter yaratish muammosiga jiddiy etibor berib shakllana boshladilar.
Matyoqub Qoshjonovning ozbek tanqidchiligidagi katta xizmati shundaki, u sotsialistik realizm metodi, kommunistik mafkura adabiyot va adabiyotshunoslikda hukmron bolib turgan bir paytda adabiy jamoatchilik va yoshlar diqqatini ilm ozaniga yonaltirdi. Boshqacha aytganda, ilmiy qarash, fanniy tafakkur mafkuraviy, siyosiy qarashlardan ustun kela boshladi. Matyoqub Qoshjonov mafkura maydonining yetakchilari bilan ilmiy qarashlari sohasida ziddiyat, kurashga kirishmadi. Aksincha, olim Oybek romanlarini, xususan, «Qutlug qon»ni tahlil qilar ekan, Yolchining inqilobchi bolib yetishishi jarayonini kuzatadi. Olim tahlillari, kuzatishlari kitobxonni befarq qoldirmaydi. M.Qoshjonov «Navoiy» romanini talqin qilar ekan, ilmiy mantiqka, xarakter irodasi yonalishiga etibor qaratdi. Uning ilmiy uslubi sotsrealizm metodidagi adabiyotshunoslik - tanqidchilikka, sirtdan qaraganda, zid kelmas edi. Lekin adabiyot sohasidagi mafkurachilar M.Koshjonov qarashlarini qabul qilmas, ulardagi allaqanday ruh, asosga gashlik qilardilar. Jiddiy oylab korilsa, M.Qoshjonov na sotsrealizmga, na partiyaning adabiyot sohasidagi siyosatiga kor-korona qarshi chiqmasa-da, ilmiy mantiq, olimona iroda yonalishi bilan sotsrealizm, mafkura payini qirqib borar edi. Qizigi shundaki, M.Qoshjonov kommunistik partiya azosi sifatida shoro davridagi bosh yoldan chetga chiqmadi. Aksincha, uning maqola, kitoblarida partiya sezdi qarorlari, mafkuraviy davatlarga xayrixohlik bildirilar, rasmiy hujjat-maqolalardan iqtiboslar keltirilardi. Shubhasiz, M.Qoshjonov bu ishlarni atayin, yuqoridagilarga yoqish uchun qitmagan. M.Qoshjonovda ikki qarash ozaro kurashar, biri-birini yengishga intilar edi. Ulardan biri kommunist M.Qoshjonov qarashlari, bosib oggan hayot yoli. M.Qoshjonov yoshligidanoq yangi tuzum ruhida tarbiyalanadi, sovet maktabida oqidi. Xarakteri jangchi shinelida toblandi.
Matyoqub Qoshjonov mohiyati uning ilmiy qarashlari, olimlik olamida kozga tashlaiadi, Ilmiy haqiqatni ochishga intilar ekan, M.Qoshjonov fan mantiqiga, dalillar tahliliga beriladi. Ilmiy izchillik, tanqidchilikka sadoqat olimning mafkuraviy-partiyaviy qarashlaridan ustun keladi. Ilmiy faoliyatining asosi - xarakger yaratish muammosi uning oz tabatiga ham singab ketgan. M.Qoshjonov yarim asr davomida yuzlab maqolalar yozdi, maruzalar oqidi, ellikka yaqin kitob yozdi. Togri, hozir olim yarattan kitoblardagi hamma fikrlar, qarashlar beistisno zamonaga mos keladi deya olmaymiz. Lekin olimning xarakter haqidagi qarashlari, nazariy tadqiqotlari, bosh asarlarni fosh etib yozgan otli maqolalari hamon qiziqish bilan oqiladi.
Olim ijodini sinchiklab kuzatsangiz, qiziq holatlarga duch kelasiz. 50-60-yillarda M.Qoshjonov Oybek, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy roman, qissalaridagi asosiy xarakgerlarni tahlil qilgan bolsa, keyinchalik yetuk ozbek roman, qissalari poetikasini keng kolamda talqin qiladigan boldi. Mazkur ishlar asosida hamisha xarakterlar talqini masalasi turar edi. Olim xarakter muammosini turli rakurslardan yoritishga intildi: xarakterning barcha tomonlari, masalalarini ochdi. Nazarimizda, M.Qoshjonovning xarakgerni anglashdagi tushunchasi quyidagi tarifda oz ifodasini topganday: «Marksizm-leninizm talimoti shuni takidlaydiki, har bir shaxs ijtimoiy hayot mahsulidir. Bu shak-shubhasiz, aksioma. Ammo har qanday jamiyat ham har bir shaxs taqdirini oldindan belgilab qoymaydi. Har bir kishining ijtimoiy hayot negizidan, shuningdek, ozining individual xususiyatlaridan kelib chiqadigan, boshqalarnikini takror qilmaydigan, yaxshimi, yomonmi, ozining taqdiri, hayot yoli bor. Lekin ijtimoiy tuzum kishilar taqdirining mazmunini ozgartirib, malum bir yonalishga solib turadi». Mazkur tarif xarakter asosi-individual betakrorlik, tiynat, fitratni ham; xarakterda aks etadigan ijgimoiy munosabatlarni ham qamrab oladi, muhimi, sotsialistik realizm metodi adabiyotda hukmron bolgan davr ruhiga ham zid kelmaydi. M.Qoshjonov ishlarida sotsrealizm metodi ijodkor erkini cheklashidan zorlanish yoq. Ayni vaqtda, olim zinhor sotsrealizm metodiyu mafkuraviy cheklanish doirasida qolib ketmaydi: ilmiy izchillik, masala mohiyatiga kirish M.Qoshjonov tadqiqotlarining asosini belgilaydi. Olim Botaboy («Hukm» Said Ahmad), Yolchi («Qutlug qon» Oybek), Navoiy («Navoiy» Oybek), Saida («Sinchalak» A.Qahhor), Otabek va Kumush («Otkan kunlar» AQodiriy) xarakterini tahlil qiladimi, masala ildiziga kiradi-qahramon qalbining qaridagi asl xususiyatlarnn yuzaga olib chiqadi. Lekin olim mazkur qahramonlar xarakterining asosidagi iymon, insof, halollik, ozganing haqiga xiyonat qilmaslik singari fazilatlar asrlar davomida shakllanib borganligini roy-rost aytmaydi. Kitobxonda shunday fikr paydo boladiki, ijobiy qahramonlar! aslida yaxshi edilar, ular zinhor ozgarmaydilar. Yolchini Tantiboyvachcha bebiliska topilgan pulga orgatmoqchi boladi, Nuri norgul yigit Yolchini buzuqlik yoliga tortadi, lekin tabiati toza, iymoni butun Yolchi qingir yollarga zinhor burilmaydi. Muhimi, Yolchi Gulnorni Qora Ahmad panjasidan qutqarib olgach, qiz bilan yakka-yolgiz qoladi. Shu paytda ham Yolchini shayton yoldan urmaydi, u nafs rayiga erk bermaydi.
Sotsialistik realizm metodining mohiyati shunday ediki, u ijobiy fazilatlar yomonliklarga qarshi kurashda namoyon bolishini taqozo etardi. Yolchi, Navoiy, Saida singarilar mohiyati salbiy kuchlarga qarshi kurashda ochilmogi joiz edi. Mirzakarimboy, Husayn Boyqaro, Qalandarov singarilar ijobiy qahramonlarga nisbatan «charx» vazifasini otashlari yoxud salbiy tomonlari bilan korinishlari kerak edi. M.Qoshjonov talqinni shunday olib boradiki, kitobxon salbiy qahramonlar tabiatida insoniy fazilatlar, ornak boladigan tomonlar borligini his qila boradi.
M.Qoshjonovning xarakterni yoritishdagi oziga xosligi uchta masalada aniq kozga tashlanadi. Olim har bir asarida konkret vazifani belgilab oladi, Boshqacha aytganda, xarakgerni talqin qilishda yurilmagan «yolakcha»dan boradi. «Sinchalak» qissasini talqin qilishga kirishar ekan, munaqqid-olim aniq maqsadni belgalaydi: «Kishi psixologizmini yaratishda A.Qahhor ijodida yana bir muhim xususiyat bor. Bu kishi ichki dunyosining dialektikasini chizishdan iboratdir. Bu ijodiy uslub yozuvchining bazi bir hikoyalarida kozga tashlanadi. Uning «Sarob» romanida esa, bu uslub tendendiyasi kuchliroq seziladi. «Sinchalak» povestida bu holat oz kamolotiga erishdi». M.Qoshjonov «Sarob»ni ham, «Sinchalak»ni ham, ozi takidlaganiday, ichki dunyo dialektikasi nuqgai nazaridan talqin qiladi. Lekin «Sinchalak» talkinidagi ruhiy dunyo dialektikasini ochish oziga xos korinishda namoyon boladi. Tadqiqotchi mazkur tadqiqotida yozuvchi kechinmalarini qayta jonlantiradi yoxud kechinmadoshlik yolidan boradi.
Badiiy asarni oqish, aslida, uni ozi uchun qaytadan ijro etishdir. Kitobxon asardagi voqea, holatlar ishtirokchisiga aylanadi; qahramonlarni jonlantiradi, harakatga keltiradi, ularning gap-sozlarini eshitadi, ruhiy holatlarini ozida his etadi. B.Tomashevskiy aytishicha, «kitobni oqib» biz uni «ichki nutq» shakliga keltiramiz yoxud uni gapirtiramiz, ovoz holiga keltiramiz.
Kitobxon qalbi asar ijro etila boshlagan sahnaga aylandimi, bilingki, qahramonlar ham kitobxon inon- ixtiyoriga otgan hisoblanadi.
Badiiy asarni oqish, his qilish kitobxon-talqinchining yozuvchi olamiga kirib borishi jarayonidir. Oqish, his etish olam hamisha emas, olamning ichida turib fikrlashdir. Oqish-tadqinchining kechinmadoshlik holatidir. Boshqacha aytganda, badiiy asarni yaratishda yozuvchi ruhidan kechgan holatlar qayta jonlantiriladi. M.Qoshjonovning «Sinchalak» nomli tadqiqoti badiiy kechinmadoshlikning aniq qurinishidir. «Sinchadak» asarini yaratgan A.Qahhorni quyosh desak, «Sinchalak» tadqiqoti muallifini oyga tenglashtirish joiz: quyosh nuri oyga otyapti. Oyning oziga xos nuridan bahra oladiganlar qanchadan-qancha?!
Kechinmadoshlik - badiiy asar ruhini his etishdir. Badiiy asardagi voqea, hodisa, qahramonlar yodda saqlanadi, lekii asar ruhi uzoq saqlanmaydi. Kechinmadoshlik ruhini beruvchi talqinchi hamisha ozini matnga yaqin tutishi kerak boladi. M.Qoshjonov «Sinchalak» tadqiqotida qissadan koplab iqtiboslar keltiradi. Talqinchining «Sinchalak» matniga bot-bot murojaat qilishi kitobxonga malol kelmaydi. Aksincha, talqinchi qarashlari asar matni bilan koshilib, birlashib oziga xos manaviy-ruhiy ozuqa tayyorlaydi.
Matyoqub Qoshjonov ijodining betakror tomonidan yana biri shundaki, u hamisha badiiy matnni zaruriy ashyo deb biladi. «Qutlug qon», «Navoiy», «Sarob», «Otkan qunlar», «Dunyoning ishlari», hatto «Odam qanday toblandi» asarlari haqidagi taqriz-tadqiqotlarda matn tahlili yetakchilik qiladi. Matnga yaqin bolish - M.Qoshjonov asarlarining hayotiyligini, jozibasini belgilaydi. M.Qoshjonov nega sotsrealizm qonun-qoidalari doirasida qolib ketmadi, nega mafkuraviy davatlarga berilmadi? Olim hamisha jonli holat - badiiy matnga suyanib ish olib bordi. M.Qoshjonov yozishga emas, yozishdan oldingi holat - uqish, anglashga jiddiy etibor beradi. Nazarimda, M.Qoshjonov talqin qiladigan asarlari matnini yodlash darajasida ozlashtiradi.
«Munaqqidlik va adabiyotshunoslikka kirishimda ozimga yol tanladim deb oylayman. Moskvada oqigan paytlarimda matn ustida ishlashni ozimga shart qilib qoydim. Shu maqsadda asarni oqib, «asar» yaratishga urindim. Aksariyat hollarda biror hikoyani 1-2 marta oqiyman-da, kitobni yopib osha asarni qayta yozaman. Keyin asl matn bilan so- lishtiraman va yol qoygan kamchiliklarimni anglab olaman. Kamchiliklarimni hisobga olib ikkinchi marta yozishga otiraman va yana matnga solishtiraman. Konglim tolguncha bu jarayon davom qiladi. Shu yosinda matnga nisbatan muhabbat tuygusi shakllandi menda. Asarni tahlil qilganda asl manoga nisbatan har bir soz, har jumla, har bir tinish belgisining orni qay darajada ekanini anglaydigan boldim. Mening ilk bora «Zvezda Vostoka» jurnalida elon qilingan «Formirovaniye xaraktera» nomli maqolam shu uslubda yaratilgan. Hanuzgacha men shu uslubga sodiqman...
Men 50 yil davomida 40 ga yaqin kitob va risolalar, 500 ga yaqin maqolalar elon qildim. Umuman olganda, men ijodimdan qanoatlanaman... Menda qanoat hosil qilgan asarlarim asosan matn tahliliga bagishlangan».
Shoro davri ozbek tadqiqchiligida matnga beparvo munosabatda bolish avj oldi. M.Qoshjonovga oxshash bir necha tanqidchilar matnni uqish, tahlil qilishni muqaddas bildilar. Olim badiiylik darajasiga yetmagan matnlarni tahlil qilishda ham shijoat korsatdi. Matnning badiiy emasligini aytish uchun bilim, uquv, mahoratdan tashqari jasorat, fidoyilik bolishi kerak. M.Qoshjonov oz ijodi davomida qanchadan qancha matnlarning badiiy emasligini, emotsional tasirdan yiroq ekanligini roy-rost aytdi. Mana shunday vaziyatda tanqidchi uslubining asosiy xususiyatlari kozga yaqqol tashlanadi. Xosh ular nimalardan iborat? Birinchidan, tanqidchining dadilligi, masuliyat burchini teran his qilishi. Zaif asarni hamma, jumladan, tanqidchilar ham oqiydi. Lekin bazi tanqidchilargina zaif asarning ojizligini ochiq-oydin aytadi. Boshqacha aygganda, tanqidchi kora-bila turib ozini otga uradi, jangga kiradi. Yozuvchi ham odam, oz shani uchun kurashadi. Qolaversa, yaxshimi - yomonmi asar-yozuvchi farzandi. Hatgo qongiz bolasini oppogim, tipratikon yumshogim degan ekan. Tanqid qilingan asar muallifi tanqidchini oz dushmani deb biladi. Shunday ekan, jang maydoniga kirish, xudbinona oylaganda, oziga dushman orttirish kimga zarur? Tanqidchining asli haqiqatni dadil, roy-rost aygishi, jangovarligi bilan taniladi. Jangovarlik tanqidchining bosh belgisi emas. Shunday tan- qidchilar bolganki, jangovorligi bilan tanilgan bolsa-da, tanqid qilinayotgan asar haqida asosli fikr-mulohaza aytolmay mulzam bolgan. Matyoqub Koshjonov nafaqat jangga dadil kiradi, u raqibi kuragini yerga tekkazadi: shunday dalil, isbotlar keltiradiki, kitobxon asarning zaif ekanligiga ishonadi. Tanqid qilinayotgan asar muallifi, tilida bolmasa-da, dilida tanqidchiga tan beradi. Tanqidchini galabaga olib kelgan asosiy omil uning bilimi, mushohadasining kengligidir. M.Qoshjonov Yu.Shomansurning «Qora marvarid», Sayyoriing «Hulkar» qissalar topla- mini, Mirmuhsinning bir qancha asarlarini, Ibrohim Rahimning «Odam qanday toblandi» romanini asosli tanqid qilgan. I.Rahim romanining tanqidi uchun munaqqid garoyib usul tanlagan. U yozuvchini maydonga taklif qilgan, fikrlarini ochiq xat shaklida, betga aytganning zahri yoq qabilida ifoda etgan. Dalil sifatida M.Qoshjonovning «Davr talabi va ijod masuliyati» (Ibrohim Rahimga ochiq xat) maqolasidan kochirma keltiramiz:
«Siz suddan keyin uni («Odam qanday toblandi» romanining qahramoni Erkin haqida gap boryapta - A.R.) katta qurilishga ketayotgan yolovchilarga qoshib qoyasiz. Mana osha satrlar. «Orqamdan gruzovik keldi. Kuzovda besh-olti odam. Meni oz yonlariga taklif qilshdi. Qayoqqa borishlarini ham soramay ularga qoshilib oldim».
Nega yolovchilar uni taklif qilishdi? Yolda boshqalar ham bor edi-ku! Nega u surishtirmasdan mashinaga chiqadi? Nahotki uning uchun qayoqqa ketishning farqi bolmasa? Telba odamlargina shunday qilishi mumkin. Siz «qahramonning holati shunddy edi» dersiz. Unday bolsa, qani osha holat tasviri? Koramizki, qahramonning xatti-harakati uning ichki ruhiyasidan uzoqda. Siz uni GRES qurilishiga jonatmoqchisiz, uni yolga chiqardingiz, yuk mashinasini toxtatdingiz, ichidagi odamlarga taklif qildirdingiz, uni mashinaga chiqarib qoydingiz... Manzilga yetib borgach ham taklif qilganlar «biz bilan ishlayverasan...» deyishdi. U «eng shimarib ishga» tushadi. Qahramoningiz buncha oson кo‘nuvchan bo‘lmasa?!...».
Munaqqid nazariy lavhalar yaratadimi, adabiy sharhlar bitadimi, taqriz yozadimi, hamisha xarakter muammosini diqqat markazida tutadi. M. Qo‘shjonovda ziyrak odamlarga xos his etish (intuitsiya) tuygusi kuchli. 70-yillarda u interpretatsiya talimoti kuchayayotganini his qildi, mano badiiy asardagi asosiy mohiyat ekanligini angladi. 1974 yilda yaratgan asarini «Mano va mezon», 1977 yilda chop etgirgan toplamini «Mohiyat va badiiyat» deb atadi. «Mano va mezon» kitobida. eng kop qollangan soz «mano»; «umuman mano izlab topish»; «katga mano baxsh etmasdan»; «qissalarda mano bordek sezilsa»; «Manoning shu xilda tarqoq bolishi ham manosizlikning bir korinishidir»; «Tarixdan ham mano izlash zarur»; «degan mano chiqarayotgandek boladi»; «shu manoda asar yaxshi niyat bilan yozilgan».
M.Qoshjonov mano haqida kop gapiradi-yu, fikrni talqinu baholashga emas, asar goyasiga keltirib boglaydi. Lekin bazan olimdagi ichki sezish talqinning muhim ozagini anglaydi:
«Demak, har bir asarga va har bir obrazning talqiniga konkret shu obraz manosi, umuman asar manosi, unda tasvirlanayotgan gozallik talabi nuqtai nazaridan yondashilsagina togri xulosa chiqarish mumkin».
Qarangki, XX asrning 70-yillarida M.Qoshjonov tolib-toshib ijod qilayotgan, tadqiqotlar yaratayotgan paytda Garbiy Yevropa, anglo-amerika adabiyotshunosligida retseptiv estetika, gsrmenevtika, aksiologiya, strukguralizm hakida yangidan-yangi nazariy-metodologik qarashlar taraqqiy etayotgan edi. M.Qoshjonov xorijdagi adabiyotshunoslik, estetikaning ilgor yutuqlaridan tola xabardor emas edi. Lekin u mano va mezon, qalb va qiyofa, matnda sozning orni, vazifasi haqida shunday qarashlarni bildirdiki, ular strukturalizm. ekzistensializm singari qarashlar bilan uygunlashib ketdi. Olimning bunday ziyrakligi, nazariy qarashlar ildizini kora bilishi uning oziga, ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga katta naf keltirdi. M.Qoshjonov oz kuchi, imkoniyatlarini yaxshi bilardi. U «Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasining 2002 yil 3 va. 10 maydagi sonlarida «Yelkam yer kormadi» maqolasida yangilikka intilish, ilmiy teranlikka yonalish hamishalik yoldoshi bolganini yozadi.
M.Qoshjonov usluban tarkibshunos (strukturalist) munaqqid edi. Ozining etiroficha, «matn tahlili, birinchidan, sozni his qilish, uning orni, vazifasi, mano yukini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, matn mohiyatini anglash - yozuvchi kechinmalarini qayta his qilish. Uchinchidan, matndagi soz, ohang, pafosni anglash - asar yutugi, kamchiliklarini aniq-tiniq korish kaliti.
M.Qoshjonov hayotining songgi 14 yili Mustaqillik davrida kechdi. Bu davrda u oz qalbini «Ozbekning ozligi», «A.Qodiriy - erksizlik kurboni», «Abdulla Oripov» singari ilmiy, «Dagish”, “Armon”,”Alam”, “Diydor” singari asarlarida to‘laligicha ifadalay oldi.
U.Normatov, A.Rasulov, B.Sarimsoqovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari
Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida (1952–1957), soʻng aspiranturasida (1959–1962) taʼlim olgan. 1962 yildan Milliy universitet oʻzbek adabiyoti kafedrasida ishlaydi, filologiya fanlari doktori, professor. 1974–2000 yillari Hozirgi oʻzbek adabiyoti kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillari kafedrada O. Sharafiddinov, A. Aliyev, A. Rasulov, N. Xudoyberganov, S. Sodiqov, B. Karimov, A. Ulugʻov, R. Qoʻchqorov, D. Quronov, U. Hamdam singari isteʼdodli munaqqid-adabiyotshunoslardan iborat ilmiy jamoa shakllandi; mazkur jamoaning saʼy-harakati tufayli O. Sharafiddinov boshliq milliy tanqidchilik maktabiga asos solindi.
U. Normatov 1957 yildan matbuotda koʻrina boshladi, 500 dan ortiq maqolalari, 50 dan ortiq adabiy-tanqidiy asarlari, darslik, oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. Adabiyotshunos-olimning adabiy-tanqidiy ishlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga bagʻishlangan; uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari tahlili, oʻziga xos talqini, bu adabiyotning oʻnlab namoyandalari adabiy portretlari, nihoyat, yangi oʻzbek adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillariga oid ilmiy-nazariy ishlari ahamiyati adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Munaqqidning “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bogʻi” (1996) kitoblari zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yutugʻidir.
Umarali Normatov tanqidchi-adabiyotshunos sifatida mustaqillik yillaridagi milliy adabiy jarayonni qadam-baqadam sinchiklab kuzatib, adabiyotimizda paydo boʻlgan yangicha adabiy-estetik tamoyillarni aniqlash, bugungi adabiy jarayonning nazariy muammolarini tadqiq etish yoʻlidan bordi. “Umidbaxsh tamoyillar”, “Tafakkur yogʻdusi”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Koʻngillarga koʻchgan sheʼriyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sehri”, “Ijodkorning daxlsiz dunyosi” kitoblari, matbuotda eʼlon etilgan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalari ayni shu muammolarga bagʻishlangan.
Umarali Normatov 1991 yildan umumtaʼlim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish boʻyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5,9, 11-sinflar uchun darslik, qoʻllanmalar muallifi sifatida qatnashdi; uning ishtirokida oliy oʻquv yurtlari uchun “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi oʻzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.
U. Normatovning adabiyotshunoslik, taʼlim-tarbiya sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi (1981), Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989); Oʻzbekiston Respublikasi Xalq maorifi aʼlochisi nishoni (1992), “ToshDU mohir pedagogi”(1998) unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Tafakkur” jurnallari mukofotlarini olgan.
Umarali Normatov adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan, hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqdizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlot holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi õzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yõnaltirilgan.
1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ILMIY darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari”, “Yetuklik”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy boği”, “Umidbaxsh tamoyillar” singari asarlarida yangi õzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining mühim tomonlari yoritib berilgan.
Umarali Normatov 1991-yildan umumtalim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish bõyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5, 9,11-sinflar uchun darslik, qõllanmalar muallifi sifatida qatnashdi. Uning ishtirokida oliy õquv yurtları uchun “XX asr õzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi õzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.
U.Normatov adabiyotshunoslik, ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U Õzbekiston respublikasi Fan arbobi, Õzbekiston davlat mukofoti laureati, Õzbekiston respublikasi xalq maorifi pedogogi unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun Sharq yulduzi, Tafakkur, Guliston jurnallari mukofotlarini olgan.
Qodiriy mõjizasi kitobi orqali õquvchi olimning qalb haroratini his etadi, zavq-shavqqa tõla hayajonli adabiy-ilmiy tahlillarga guvoh bõladi. Albatta, olim bu kitobni bir-ikki yıl ichida yoki bir õtirishda yozgan emas. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodining barcha qirralarini, adibga munosabat bildirgan ilmiy asarlarni õrganish, tadqiq etish – uzoq davom etgan mashaqqatli ish. Umarali Normatov bu ish bilan umri davomida mashğul bõldi.
Õrni kelganda izlanishlarini, kuzatishlarini qoğozga tushirdi. Agar diqqat qilinsa, U.Normatovning vaqtli matbuotda bosilgan maqolalarining soni besh yuzdan kõp, alohida nashr qilingan kitoblari soni yigirmadan ortiq. Ammo, mening nazarımda, “Qodiriy mòjizasi” – bu mutlaqo õzgacha, zavq-shavq bilan, tõlib-toshib, mehr-muhabbat yozilgani jihatidan barchasidan ajralib turadi. Kitobning “Qodiriy boği” deb nomlagan dastlabki
Bõlimida adibning hayot yõlini, boshidan õtgan yaxshi-yomon kunlarni, olim u yashagan murakkab adabiy-ijtimoiy muhit ruhini, uning atrofida kechgan iğvoyu malomatlar mohiyatini chuqur his etib yozadi: “Qamoqda, tergov paytida ustiga bõhtondan iborat ayblar qõyilganda, ayniqsa, hamkasblarining yuzsizlarcha munofiqlik qilganini kõrganda adib qanday ahvolga tushganini, bu imoni butun, õta Halil, rostgõy, mard yiğit
Qalbida qanday tuğyonlar kechganligini hayolan tasavvur qilish mumkin. Agar õsha keskin dramatik ruhiy holat tõla tiklansa, shekspirona tragediya tuğilishi aniq”. Bunday fikr-mulohazalarni manbalarni chuqur õrgangan va adibning ruhiy va psihologik holatini hayolan tugal tasavvur qilgan odamgina yoza olası.
Umarali Normatov yozuvchining asarlarini va arxiv hujjatlarini, mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda biografik malumotlarni qayta nazardan õtkazadi, yozuvchi dunyosini, ham iste’dodli ijodkor, ham õz zamonasining ziyolisi sifatidagi xususiyatlarini teran tushunadi. Adib dunyoqarashi shakllangan muhitga, ta’lim-tarbiya maskanlarining saviyasiga tõğri tashxis qõyadi, bir qancha chigal masalalarga oydinlik kiritadi. Olim muayyan muammo istifa FIKR yuritar ekan, õz talqinlarida ijod psixologiyasiga, inson tabiatiga xos barcha xususiyat va mayllarni inobatga oladi.
Kitobdan õrin olgan Õtgan kunlarning mano va badiiyat jilolariga, Mehribdan chayon va Obid ketmon asarlarining yangicha talqinlarida bağishlangan sahifalarda ham olimning qalb harorati ufurib turadi.
Umarali Normatov adabiy tanqidchilik haqida
So‘z san’atining mehrigiyosimi yoki taqdir taqozosimi, umr yo‘ldoshim Veneraxon ham filolog – uzoq yillar maktabda adabiyotdan dars bergan, hozir nafaqada, oilada eng faol kitobxon. Uning tasirida beshta sing-lisi barchasi filolog bolib yetishdi. Bojalarimizdan biri mashhur adabiyotshunos Begali Qosimov, yana biri zukko bilimdon tilshunos Mahfuzillo Rahmonov. Qizim Shoira filologiya fanlari nomzodi, oliy oquv yurtida dotsent. Uch oglim boshqa kasb egalari bolsa-da kitobsevarlikda ota-onalaridan qolishmaydi. Shavkat Rahmonning tongich qizi Nodiraxon xonadonimizga kelin bolib tushgan, sakkiz yashar nabiramiz Nasima hozirdan yurgan yolida sher toqiydi Ustozu shogirdlar, hamkasblar oz yoliga. Dostu birodarlarim, ulfatlarimning ham deyarli barchasi adabiyotga daxldor odamlar. Tabiiyki, xonadonimizdagi davra suhbatlarining bosh mavzusi Adabiyot. Mana, yarim asrdan oshibdiki, deyarli har kuni biznikida majolis-un nafois.
Salkam yetmish yildan beri dastavval adabiyot shaydosi bolib, adabiyot boyicha talim olib, song filolog-adabiyotshunos, munaqqid sifatida adabiy davralarda yurib, adabiyot haqida betinim oy surib, u-bu narsalar bitib, talabalarga dars berib, soz sanati insoniyat yaratgan, aniqrogi, Alloh bandalariga inom etgan noyob nemat, sirli-sehrli xilqat ekaniga takror-takror iqror boldim. Har gal chinakam sanat asarini oqiganda, tomosha qilganimda hayratdan ozimda yoq yayrayman, bir necha kun ozimga kelolmay yuraman. Shu yoshimda ham bolalikdan qolgan bu odat meni tark etgani yoq. Shunday noyob mojiza bilan tanishmay, bu dunyodan otib ketish odam zoti uchun katta yoqotish-ku, deb qoyaman ozimga ozim. Kongilga shu xil tuygu solgani, soz sanatiga mayl, mehr uygotgani, rizqimni shu sohadan bergani uchun Yaratganga shukronalar aytaman. Inson faoliyatidagi hech qaysi soha adabiyotchalik sir-sinoatga boy emas, inson va uning tabiati, qismati, qalbi, ruhiyati togrisidagi haqiqatni kashf etishda hech bir soha soz sanati bilan boylasha olmaydi, uning ornini bosolmaydi.
Fandagi buyuk ixtiro, kashfiyotlarni, chunonchi, nisbiylik nazariyasini Eynshteyn bolmasa, boshqa bir daho olim yarataverishi mumkin. Sanat, adabiyotdagi buyuk kashfiyotlarning tugilishi esa nihoyatda shaxsiy-individual xususiyatga ega. Gernikini faqat Pikasso, Ulissni faqat Joys, Otkan kunlarni esa faqat Qodiriygina yaratishi mumkin. Sanatning boshqa turlarini aslo kamsitmagan holda, badiiy adabiyotning imkoniyatlari beqiyosdir, desam mubolaga bolmas. Masalan, rangtasvir, arxitektura, musiqa, kino bajarishi mumkin bolgan vazifalarni yozuvchi, shoir soz sanati orqali ado etaverishi mumkin. Sanat asari yaratish uchun kopdan-kop ashyo, asbob-uskunalar kerak. Elektr energiyasi bolmasa, kino hech narsa. Badiiy ijod uchun esa qalam bilan qogoz bolsa bas. Hatto ular bolmaganida, ogzaki tarzda ham yaratilaveradi. Badiiy ijod ana shunaqa noyob xilqat Uni ardoqlamay boladimi axir!
Boz ustiga, inson faoliyatiga oid sohalar ichida soz sanatichalik tutqich bermaydigan, qolip-qoidalarga tushmaydigani yoq. Jahonda otgan, bugun qalam tebratayotgan har bir chin ijodkor, ular qalamiga mansub har bir chin asar ozicha bir dunyo; yangi asari bilan ijodkor har gal yangicha yol, usul, qoidalar kashf etadi. Buning ustiga, ijodkor shaxsidek sirli, sehrli ajabtovur zot boshqa soha odamlarida topilmasa kerak. Alloh inson zotiga xos jamiki kuchli va zaif, ziddiyatli, mojizakor sifatlarni mujassam etish uchun yozuvchilik istedodini, shoiru yozuvchilarni yaratgan bolsa ajab emas. Ozingiz oylab koring, Alloh ozining mislsiz qudratini namoyon etish uchun bu yorug olamni, koinot javhari sanalmish insonni yaratgan. Qarangki, yozuvchi-sanatkor balki Allohning shu yaratuvchilik sifatiga taqlidan soz orqali insonni, togrirogi, inson timsolini yaratishga jurat etadi.
Abdulla Qodiriydek birgina mislsiz istedod sohibi yaratgan badiiy kashfiyotlarni eslaylik. Yusufbek hoji, Ozbek oyim, Otabek, Kumush, Zaynab, Anvar, Rano, Solih maxdum, Obid ketmon singari tirik insonlarni ozbekning rang-barang tabiatli farzandlari siymosini ayni tirik, balki tiriklardan tirikroq odamlar kabi gavdalantirish chindan-da mojiza, axir!
Adabiyot ilmi badiiy ijod tabiati, ijodkor shaxsi, ijod psixologiyasi bobida kop ishlar qildi, qilyapti. Ammo ular mutlaqo yetarli emas. Bu borada chin kashfiyotlarga kora chalgishlar, har tomon ogishlar molroq. Insoniyat hali ulkan istedodlar xizmatini munosib qadrlash darajasiga kotarilgani yoq. Biz hanuz chinakam istedod sohiblari bilan bu sohaga davogar tamagir, havaskor kosiblarning farqiga yeta olganimizcha yoq.
Otgan asr boshlarida, kop asrlik adabiyotimiz tub yangilanish yoliga kirgan kezlari Adabiyot nadir?, Teatr nadir? degan savollar qatori Tanqid nadir? degan masala ham kondalang qoyildi. Shunda, taraqqiyparvar ijod ahli vakillaridan biri, ozbek jadidlarining otasi Behbudiy adabiy tanqid haqidagi maqolasida hayot-mamot ahamiyatiga molik savolga javob axtarib tanqid saralamoqdir degan oqilona javob topdi. Darhaqiqat, adabiy tanqidning bosh vazifasi, asl funksiyasi adabiy jarayonni sinchiklab kuzatib, bilimdonlik, nozik did, farosat, bundan ham muhimi, xolislik bilan yondashib, undagi, yani katta oqimdagi xas-xashaklar orasidan chinakam badiiy kashfiyotlarni, chin istedodlarni topa bilish, kashf etish, ularga odilona baho berish, chin asarlarning chin nafosati, asl mohiyatini ochib berishdan iborat ekani osha kezlardayoq ayon edi. Milliy tanqidchiligimizning ilk bosqichida Vadud Mahmud, Cholpon, Abdulla Qodiriy va Oybeklar ayni shu yoldan bordilar
Afsus, ming afsus, totalitar rejim hamma jabhani, jumladan, adabiyotga rahnamolikni qolga olganidan keyin bu xayrli tamoyil barbod boldi, tanqid maydonida qiyomat qopdi. Ulkan milliy uygonish tufayli qad rostlay boshlagan soglom adabiy jarayonda paydo bolgan har bir yorqin istedod, chin badiiy kashfiyot deyishga arzigulik har bir asar, Abdulla Qahhor sozlari bilan aytganda, nayza kotarib qarshi olindi; Cholpon, Qodiriy, Fitratlar qismati, Cholpon sheriyati, Otkan kunlar, Fitrat dramalari, Sarob, Qutlug qon, Navoiy, Jaloliddin, Qoshchinor, keyinroq Tobutdan tovush, Yulduzli tunlar tevaragida kechgan mashum mashmashalar, adabiy jaholat, togridan-togri demagogiyadan iborat kampaniyalar yaqin kechmishimizning eng kirlik qora kunlari tarzida tarixda qoldi.
Istiqlol yillarida kop xayrli ishlar qatori bu jabhadagi xatoliklar bartaraf etildi, adolat tik-landi. Tanqidchilikda demagogiyaga yol ochadigan mus-tabid mafkura, adabiy siyosatning ildizi qirqildi.
Afsuski, bugungi tanqidchiligimizda ham saralamoq bobidagi ojizlik, oqsoqlik butunlay bartaraf etilgani yoq, u boshqacha korinishlarda davom etyapti. Bir vaqtlar Abdulla Qahhordek talabchan adib: Adabiyot daryosi qurib-qaqshab yotgandan kora, loyqa bolsa ham tolib oqqani maqul, botana oqim ham oxir-oqibat tinadi-da axir degan edilar. Hozir bizda shunday jarayon ketyapti: Istiqlol bergan erkinlik tufayli milliy adabiyotimiz daryosi tolib-toshib oqyapti, bu oqimda xas-xashaklar, kopigu quyqalar behisob. Didli kitobxon hafsalasini pir qiladigan xashaki ijod namunalari bilan barobar, gavharga arzigulik badiiy topilmalar ham yoq emas. Bugungi adabiy jarayonni sinchiklab kuzatib, astoydil saralansa, adabiyotimizning hozirgi kuni va ertasiga umid uygotadigan hayotbaxsh tamoyillarni ozida mujassam etgan ijod namunalari ham mavjud ekaniga amin bolamiz. Hamkasblarimga ogir botsa ham bir gapni dangal aytay: tanqid adabiy jarayondan ortda qolyapti. Sorab, surishtirishlar shundan dalolat berayotirki, keyingi on yil ichida, jahon adabiyotini qoya turaylik, ozimizda elon etilgan asarlarni tola-tokis oqib, kuzatib borgan birorta ham munaqqidni topolmaysiz. Bir vaqtlar shaxsan ozim adabiyotimizdagi birorta asarni ham etibordan chetda qoldirmay kuzatib, oqib borardim. Hozir ham imkon boricha harakat qilaman, ammo hammasiga ulgurolmayman. Ehtimol, shu yoshda men uchun bu hol uzrlidir. Ammo yoshroq munaqqidlarni bu borada aslo kechirib bolmaydi. Tanqid maydonida turgan, ozini munaqqid sanovchi azamat uchun bu mashaqqatli yumush majburiydir. Adabiyot daryosida gavvos kabi suzmay, oqimdagi hamma narsalardan yaxshi xabardor bolmay turib, uni saralash aslo mumkin emas. Afsus, ming afsus, sohilda turib olib oqim xususida xayolan, taxminan hukm chiqarishga urinishlar, nolishlar kozga tashlanayapti. Bir vaqtlar ulug bir rus adibi afsus-nadomat bilan, yaxshi munaqqidlarning etiborsizligi, hafsalasizligi tufayli qanchadan-qancha noyob istedodlar, badiiy kashfiyotlar el nazaridan chetda qolib ketayotganini aytgan edi.
Sir emas, bugungi adabiyotimizda jiddiy jonlanish, kotarilish jarayoni ketyapti, bu hol barcha adabiy avlod vakillariga xos, shu bilan barobar, milliy adabiyotimiz dargohiga yangi bir navqiron avlod shitob bilan kirib kelayotgani quvonarli hol. Ularning minbarlardagi ilk chiqishlarini, matbuotdagi ilk hikoya, sherlarini, ilk toplamlarini oqib koring-a, ularni bundan 20-30 yil burun adabiyotda paydo bolgan yosh ijodkorlar mashqlari bilan solishtirganda, bugungi navqiron avlodning boyi bir necha barobar baland ekaniga iqror bolasiz. Shu yil aprel oyida Fargona viloyatida otgan adabiyot bayrami kunlari yosh shoir va nosirlarning chiqishlari koplar qatori meni ham lol qolirdi. Ayniqsa, Margilondagi pedagogika kollejida otgan adabiy anjumanda yoshlar oqigan sherlar Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzodek taniqli Xalq shoirlari qatorida turib, minbardan sher aytishning ozi bolmaydi! Zalda Xalq shoirlariga qanday olqishlar yogdirilgan bolsa, yoshlarning sherlari ham oshanday gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi. Yana bir ajib holat. Yosh shoir, shoiralarning ayrimlari ona tilida aytgan sherlarini oz tarjimasida rus, ingliz, nemis va yapon tillarida oqidi! Tarjima boyicha mutaxassislar ular haqida iliq gaplar aytdi.
Qisqasi, 30-40 minutga moljallangan anjuman uch yarim soatga chozildi. Birorta odam ham zalni tark etmadi. Tantanadan song alohida-alohida ijodiy gurunglar yana uzoq vaqt davom etdi. Shaxsiy suhbatlar chogi yoshlar orasida, sheriyat bilan barobar, hikoya, qissa, drama, hatto roman yozganlari, adabiy tanqid bilan qiziqadiganlari ham borligi malum boldi.
Bunday manzarani boshqa viloyatlarda ham kuzatish mumkin. Yomon kozdan asrasin, yaqin kelajakda milliy adabiyotimizda mavj urayotgan yangi tolqin, albatta, oz natijalarini berajak.
Aziz jurnalxon! Navqiron avlod ijodiga oid mulohazalarimni boshqa alohida maqolaga qoldirib turayin-da, shu kungi joshqin oqimdagi javharga teng birgina zarra Zulfiya Qurolboy qizining Yoshlikda otgan yili elon etilgan bir hikoyasi talqinini hukmingizga havola etsam.
ONA ShANIGA QASIDA
(Bir hikoya talqini)
Jahon adabiyotida hamisha ona-Vatan kabi bosh harf bilan yozilishga loyiq tabarruk Ona zotining mushkul damlarda tuqqan farzandiga beqiyos mehr-muruvvati xususida kop va xob yozilgan. Milliy nas-rimizda ham oshalar qatorida turishga loyiq asarlar bor. Ustoz Said Ahmad qalamiga mansub Ufq romanidagi Onaxonning gunohkor qochoq ogliga nisbatan armon, alam-okinch bilan yogrilgan parvonaligi ifodasi adabiyotimizda jiddiy hodisa bolgan edi. Zulfiya Qurolboy qizi Yozsiz yil hiokyasida ayni shu yonalishda butunlay ozgacha Ona timsolini yaratdi.
Shuni alohida takidlash joizki, hikoyaning syujet qurilishi puxta ishlangan, voqealar tadriji personajlar ruhiy evrilishlari tahlili bilan uygunlikda mohirona ifodalangan. Goh quvonch-taskin, tengsiz umid, goh dard xuruji, azob-uqubat, tahqiru nadomat, goh yilt etgan surur, xayoldagi aldamchi farogat, aslida esa adogi yoq musibatlar bilan otgan ikki bandai ojiz Ona va ogil korgiliklari butun boshli bir romanga tatigulik beorom daqiqalar, kunlar, oylar, yillar silsilasi birgina hikoya bagridan munosib joy olgan. Hikoyada tigiz vaziyatlar bot-bot takrorlanadi va har gal muallif benazir zot Ona vujudida mujassam beqiyos mehrigiyoning yangi-yangi qirralarini kashf etishga erishadi.
Asar bilan tanish oquvchi biladi: Sobir avtohalokat tufayli nogiron bolib qolgan. Bu mudhish falokatning azob, iztirobi oglidan kora ham onaxon Buvgul xola tani-jonini qovuradi. Hikoya davomida xola vujudini yondirgan otash, xasta ogil kongli, oromi deb chekkan zahmatlari alangasi taftini oquvchi har doim sezib, his etib turadi. Hayotning turfa nagmasini qarangki, Sobir shu holda qishloqning tengi yoq suluv qizi Marvaridga kongil bergan, qiz ham, oz navbatida, yigitga oshiqu shaydo. Ularning Layliyu Majnun sevgi dostonini eslatadigan ishqiy muloqotlari har qanday tama, hirs va nafs mayllaridan xoli, ikki farishta oshigu mashuqaning sof qalb talpinishlaridan iborat. Ayni shu jihati bilan asar bugungi zamonaviy adabiyotda urf bolgan ishqiy kechinmalar talqinidan butunlay farq qiladi. Ikki yosh orasida yashiradigan hech qanaqa sir yoq. Har ikki tomon ham oradagi mudhish korgilikdan voqif. Ammo bu hol ularning kongil mayllariga aslo tosiq bololmaydi. Ular bir umrga birga bolishga qatiy ahd qilganlar. Visol damlarida Sobir dardini butunlay unutadi, yayrab-yashnab ketadi. Qiz rayi, istagiga kora, Onasini qiznikiga sovchilikka borishga undaydi
Halokat, xastalik, nogironlik asoratlaridan ham kora mushkulroq dramalar ana shu daqiqalardan boshlanadi. Yigit tomonda johil, qalban soqir aka, qiz tomonda esa bagritosh ota ikki oshiq yoshlar mayliga tish-tirnogi bilan qarshi turadilar. Faqat Onaizorgina oglon bilan qiz qalbining, qiyosi yoq chin muhabbatining yagona himoyachisiga aylanadi. Bilasiz, qishloq muhitida gap yotmaydi. Shaxsiy-oilaviy intim sir darhol oshkor boladi, har xil giybat, past-baland gap-sozlar ormalaydi. Bu hol katta ogil bilan qiz otasi xurujini alanga oldiradi. Ana shunday tigiz damlarda katta ogil dagdagalariga, qiz otasi yogdirgan malomat toshlari, odamlarning tana-dashnomlariga, tahqiru nadomatlariga, qoyingki, jamiki balo-qazolarga shu mushtipar Onaxongina mardona qarshi turib beradi. Xasta, ammo chin oshiq oglon kongil mayli uchun har daqiqa jonini, jahonini berishga tayyor.
Nachora, johillar qoli baland keladi, Marvaridni yaqin qarindoshi ogliga zorlab uzatadilar, u qaytib keladi, song uni oyoq yetmas tog qishlogiga unashtiradilar. Oshiq yigit jim turolmaydi, xastaligiga qaramay qish chillasida uning izidan boradi, mashuqasining albatta qaytib kelish vadasini olib, bir dunyo quvonch, yorqin umid bilan qaytadi Endi ham oglon, ham Ona koksida umidsizlik bir dam chekinib, yashash ishtiyoqi josh uradi.
Afsus, bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, vada ushalmay qoladi.
Biz yuqorida oquvchini tanishtirish uchun keltirgan voqealar tafsiloti shunchaki quruq hikoya qilinmaydi, balki ruhiy-psixologik holatlar tahlili jorligida kitobxonni larzaga soladigan tarzda beriladi. Hikoyani oqiy turib, ruhiy iztiroblar ogushida xayolga tolasan kishi: hayotda mojizalar ham roy berishi mumkin-ku! Ehtimol, bedavo darddan ham xavfliroq odamlar johil, qahri qattiq kimsalar qarshilik qilmaganida, bu ikki yosh qovushganida Sobir butunlay sogayib, tokis turmushga qaytishi ham mumkin edi-ku! Axir hayotda shu holda ham totuv yashab otgan juftlik-lar bolgan. Bundan keyingi hijron ifodasi, kundan-kun tanni yemirib borayotgan xastalik azoblarini ogil va Ona bab-baravar tortadi, ikki vujud bir jon-bir tan bolib yonadi. Hijron alamlari xuddi mumtoz gazaliyotimizdagi poyonsiz figonlar kabi avj pardalarda aks-sado beradi.
Galdagi lavha bundan-da hayajonli. Marvarid yangi yil arafasida kelishga vada qilgan edi. Xas-ta Sobir mashuqasini intizorlik bilan kutayotir, ammo undan darak yoq. Osha topdagi Ona bilan bolaning mohir rassom gavdalantirgandek unsiz dramatik holatlari tasviri kongillarni zir titratadi. Aniq korib, his etib turasiz: derazadan kochaga intizor tikilib turgan Sobirning bir mahal yelkalari silkina boshlaydi, Buvgul xola, kongli vayron holda, ogliga tomon talpinadi. Shu payt birdan Sobir Ona tomon ogiriladi. Dunyoning butun dard-alami kozlarida jam Uning qonsiz yuzida yirik-yirik tomchilar dumalaydi. Endi Sobirga hammasi ayon, ozining uzoq yashamasligini ham, Marvaridning kelmasligini, keltirmasliklarini ham biladi, biladi-yu, onasidan yashiradi, xuddi onasi undan yashirganday Mashhur Asror bobodagi chol bilan kampirning mudhish sirdan voqif holda, bir-birini asrash niyatida bir-biridan sir saqlash holatini kongillarni zir titratadigan vaziyatni eslatadigan, ammo taqliddan butunlay xoli noyob badiiy lavha!
Osha mudhish damlarda Ona vujudini kemirayotgan iztirobni bildirmaslikka harchand urinmasin, ozini tutolmaydi, bari bir onaligiga borib, ogli boshini koksiga bosadi. Qaynoq koz yoshlar endi uning koksini kuydirib, yuragiga tomchilar va undan qon bolib, tomirlariga sizib oqardi deb yozadi hikoyanavis. Bu jumlalarni qalamga tushirish chogi muallifning qoli titrab turganligini baralla his etasiz.
Bunday tigiz sanatkorona chizilgan lavhalarni sharhlash qiyin, har qanday sharh uning asl jozibasini, sehrli ruhini tushirib yuborishi mumkin. Eng muhimi, hikoyanavis personajlarni ana shunday mushkul vaziyatlardan eson-omon olib ota biladi. Bu endi chin sanat mojizasi.
Qarangki, oshiq yigitning hayot shami ochay deb turganida ham, hayotga ishtiyoqi, visolga umidi butunlay sonmaydi. Ajab, endi mavjud hayotda amalga oshmagan visol hayot-mamot yuzma-yuz kelgan damlarda, kechinmalar jazavasi avjida xayolda, tasavvurda sodir boladi. Mashrab qismatini yodga tushiruvchi oshiq yigit taqdirida mojiza roy beradi, goyo Mashrab yanglig arshning kungurasida yor visoliga erishadi. Osha visol chogi Marvarid Sobirga qarata asl muddaosini oshkor etadi; faqat uning yuraginigina sevishini, boshqasi aslo qiziqtirmasligini dangal aytadi. Boshqa hech bir ayol bunday demagan bolardi. Shuning uchun ham uni telbalarcha sevib qoldim-da, deya onajoniga songgi dil rozini izhor etadi. Visol bazmi chogi Onaizor Baxtli bolinglar, iloyim Qosha qarib yuringlar iloyim deya duo qiladi. Shu sozlarni aytayotganida Buvgul xola okirib yuborishdan bazor ozini tiydi deb yozadi muallif. Shu lavhani oqiyotib, oquvchi ham ayni Ona holiga tushadi.
Tasvir yana zaminga, mavjud hayotga qaytadi. Katta ogil, hissiz nodon kimsalar goyo Onaizorni avaylash maqsadida uni kuni bitgan ogildan ajratishga urinadilar, bu niyat otmagach, ojar kampirni iymonsizga chiqaradilar. Shunda u Mening iymonim bolam! deya hayqiradi. Nihoyat, ogil jon taslim qiladi, onaizorning ustunga suyanganicha Men yomon qoldim, sen yaxshi bor, bolam degan sozlarni duoday ojizona takrorlab turganini korib, yurak-bagringiz ezilib ketadi. Song bundan-da zalvorliroq holatga duch kelamiz. Pirovardida, onaizor birdan osmonga tikilib: Odamni ermak uchun yaratib, uni eplay olmay qolganingdan keyin olimni oylab topdingmi? deya savdoyilarcha shivirlaydi.
Bunday isyonkorona shivirlash aslo taqdiri azal hukmiga nisbatan shakkoklik emas, balki Ona qalbidagi farzandiga bolgan ilohiy mehrning songgi yakuniy tasdigi kabi yangraydi.
Milliy adabiyotimizda paydo bolgan bu noyob yangilik muazzam, mungli mehr-muhabbat qoshigi shu tarzda intihosiga yetadi, oxir-oqibat Ona shaniga bitilgan qasida kabi yangraydi.
Malum bolyaptiki, hikoya personajlari qismati bilan bogliq korgilik, ruhiyatdagi iztiroblar boisi ijtimoiy omillardan aytarli xoli. Hayotda yuz berib turadigan tasodif, osiy, toshbagir bandai ojizlarning qilmishlari oqibati tarzida talqin etiladi; Zulfiyaning bir vaqtlar tanqidchilikda mensimay qaraladigan, uncha xush korilmaydigan ijtimoiylikdan xoli sof kongil mayllari nagmalari tahlili bobidagi adabiy tajribalar yolidan borib yaratgan qator hikoyalari, ayniqsa, Yozsiz yil ozining badiiy-manaviy tasir kuchi jihatidan sof ijtimoiy yonalishdagi yetuk asarlardan aslo qolishmaydi.
Adibaning inson shanini himoya qilish va uluglashdek motabar mavzuni yanada teranroq va kolamdorroq yoritish, muammolarning betakror yechimini topish yolidagi izlanishlarida omad tilab qolamiz.
Abdugʻofur Rasulov
1937 yil 1 iyulda tugʻilgan. Oʻrta maktabni, hozirgi OʻzMUning filologiya fakultetini bitirgach, Qarshi Davlat pedinstitutida (1959–1968 yillar) oʻqituvchi boʻlgan. 1969 yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy universitetida dotsent, dekan, kafedra professori vazifasida faoliyat olib bormoqda. 1966 yilda filologiya fanlari nomzodi, 2002 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlagan.
“Ilmi gʻaribani qoʻmsab…” (1998), “Istedod va eʼtiqod” (2000), “Atoqli adib” (2001), “Tanqid, talqin, baholash” (2006), “Sharafli Sharafiddinovlar” (2006), “Badiiylik – bezavol yangilik” (2007), “Betakror oʻzlik” (2009) asarlarining muallifi.
1979 yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” (2003), “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” (2007 yil).
Abdugʻafur Rasulov 2014 yil 17 sentyabr kuni vafot etdi.
Abdug’afur Rasulov
ALG’UL YULDUZI – IZTIROB RAMZI
Jahon ilmu faniga bebaho hissa qoshgan siymolardan biri Mirzo Ulugbekdir. XX asrning II yarmidan boshlab uning olimu podshohligi haqida koplab sher, doston, qissa, roman, drama, ilmiy badia yaratildi.
Xurshid Davron badiiy ulugbekshunoslikka Algul (Sharq yulduzi, 2013 yil, 1-son) tragediyasi bilan hissa qoshdi.
Asarda makon kengligi, vaqt aniqligi diqqatni tortadi. Xurshid Davron Mirzo Ulugbek hayotining oxirgi kunini tasvirlaydi. Vaqt tigiz: tajribasiz yozuvchi shoshib qolishi, xarakterlar va sharoitni qorishtirib yuborishi mumkin edi. Algulda izchil marom, qahramonlar harakatlanadigan adabiy maydon, xarakterlarning betakror ozligi aniq seziladi. Dramaturg maydonni kengaytirib, qahramonlarni ixcham gapirtirib, izchil harakat qildirib nimaga erishadi?
Algul tragediyasida falsafiy mulohaza, voqea-qahramonlarni qiyoslash, uzluksiz rivojlanib, bir-birini toldirib borayotgan fikr tayanch nuqta vazifasini otaydi. Dramaturg asarida ramz, qiyos, oxshatish kop. U asarning badiiy tasir kuchini orttiradi. Algul matniga quloq tutsangiz qaerdandir Choli iroq, Tanovar, Segoh singari kuylar borligingizni sehrlayotganday boladi.
Ulugbek va Ali Qushchi aro suhbatlarda badiiylikka chulgangan falsafiy qarashlar yoddan chiqmaydi:
Ulugbek: Huv anovi yulduz Baytul Javzodur. Xuddi gazabga mingan Abdullatif kozlariga oxshaydur!
Ali Qushchi: Shomliklar ani iblis kozi demishlar
Ulugbek: Algul yulduzini bilursan, Ali.
Ali Qushchi: Filhaqiqat, Algul galatdur. Uch kun yonib, songra sonadi-da, yana paydo bolub avvalgidek porlab turaveradi.
Ulugbek: Koksimdagi iztirob ana shu Algulga oxshaydur, Ali! (60-bet)
Algul yulduzi, ruhdagi iztirob Segoh kuyi sehri sharhiga ulanib ketadi. Kuy haqidagi gap tragediya oxirigacha davom etadi. Asarga mantiqiy tarzda Toyjon timsolini olib kiradi.
Tragediya mantiqiy bogliq voqea-hodisa, timsol, personajlardan iborat. Asar uch samarqandlik suhbati bilan boshlanadi. Shaharliklar Ulugbek faoliyatidan, yurtdagi notinchlikdan boxabar. Lekin ularni turmush tashvishlari qiziqtiradi: Men uchun zamin, oyu yulduz harakati emas, tegirmon toshining harakati muhimroqdir (59-bet).
Ulugbek Alguldagi voqealar markazi, bahs-tortishuvda yetakchi kuch. U Xoja Nizomiddin, Xoja Burhoniddin, Shamsiddin Miskinday saroyning tayanch kuchlari bilan uchrashadi. Bularning har biri oz vazifasini yaxshi biladi, vaziyatga kora ish yuritadi. Ota va Ogil aro murosasiz jang yetilmoqda. Amaldorlar Abdullatifga maktub jonatish tarafdorilar. Ulugbek Temur nabirasi, gururi baland zot. Avval ham Abdullatifga maktub bitilgan kelishuvga davat qilingan. Ogil shitob bilan Samarqandga yaqinlashmoqda: Otaga qarshi jangu jadalga oshiqmoqda. Ulugbek jangari ogilni yengishi tayin. Ammo u oz farzandiga qarshi jang qilishni ep bilmaydi. Podshoh qalbida iztirob avjlanaveradi. Qolaversa, saroy amaldorlari tili bilan dili bir deb bolmaydi: doppi tor kelib qolsa, ulardan birontasi Abdullatif tomonga otib ketishi mumkin. Buni donishmand, siyosat maydonida bolaverib pishib ketgan Ulugbek ham yaxshi anglaydi. Arkoni saroy bilan uchrashuv Ulugbek iztirobini kuchaytiradi.
Ulugbek Bobo Husayn Turkistoniy, Mironshoh Qovchin, Sultonshoh Barlos, Shoh Vali singari amirlar bilan uchrashadi, konglida quvonch uchquni yaltiraydi. Nega? Bir toda amirlar Abdulatifga bosh urib bordilar, ayrimlar Abulxayrxon panohiga intiladilar. Eng dahshatlisi shundaki, Ulugbek kokaldoshi, amir Vafodor qochib ketayotganida qolga olindi. Ulugbek va Vafodorni donishmand Saroymulkxonim tarbiyalagan edi. Tragediyada amaldor, amirlar bilan uchrashuv, xoinu qochoqlar haqida malumot olish Ulugbek gamiga gam, iztirobiga iztirob qoshadi. Podshoh har bir voqeani chuqur tahlil qiladi, amiru beklar qilmishini qalbidan otkazadi. Asarda ostki asosiy oqim va voqea-hodisalar sirti tasvirlangan. Kitobxon fikr-tafakkuriga qarshi ikki oqimni qiyoslab boradi. Algulning tragediya sifatidagi mohiyatini ostki (falsafiy mushohadalar) va ustki (bevosita jarayon) oqim belgilaydi. Maydonning keng olinishi oy, qiyos, fikrlashga imkoniyat beradi. Timsol, personajlar (Ali Qushchi, Toyjon singarilar istesno A.R.) ham ikki tilda gapiradilar: tilida bir gap, dilida boshqa oy. Ulugbek bilan uchrashganlardan Vafodorning onasi va Bobo Turkistoniy obrazi alohida ajralib turadi. Ona podshoh huzuriga nodon ogli qilmishi uchun uzr soragani keladi. Farzandi gunohidan otishni soramaydi. Amir Vafodorni zahar berib oldirganini aytadi. Onaning bunday jasorati kamdan-kam uchraydi.
Bobo Husayn Turkistoniy, ozga amirlar singari, Ulugbekni nobakor ogilga qarshi jangga kirishga undaydi. Amirlar podshohga xiyonat qilmaydilar. Ayni damda Ulugbek oy-xayolini chulgab olgan fikrlarni anglamaydilar.
Ulugbek olim-faylasuf, tajribali yurtboshi, sarkarda, Amir Temur siymosini aniq tasavvur qiladi. U oz jigarbandiga qarshi maydonga chiqqan. Ota yurtboshilarni, oqpadarlik tamgasini ilib Otaga qarshi kurashgan farzandlarni yaxshi biladi. Ulugbek tirik ekan, ogliga qarshi jang qilmaydi. Uning olimlik, odil shohlik etiqodi shunday. Algulning kuchli asarligi marifat va jaholat aro kurash mudom davom etishida korinadi. Shu goya asarning oq tomirlaridan biri. Insoniyat, adolat, ezgu niyat bor ekan, mazkur goya mangu yashayveradi. Marifat nur manbai sifatida loqaydlik, xoinlik, beparvolik, dangasalik, ikki yuzlamachilikni fosh etadi. Goyaviylik illatlarga qarshi ot ochadi, ruhiy-marifiy jasorat tomon undaydi. Alguldagi fidoyi amirlar Ulugbekka sodiqlikni har qanday yosinda isbotlashga tayyor. Abdullatif amir-beklar raqibi. Agar u otasiga qarshi kurashib taxtni egallasa, unga osoyishtalik, huzur-halovat begona. Bobo Turkistoniyning quyidagi gaplari ontday yangraydi: Eshitinglar, shahzodaning bu yerdagi quloqlari ham eshitinglar: agar u Sizning joningizga qasd qilsa, Parvardigor haqi aytaman, men uni sog qoymayman. Ul nobakor Nizomiy hazratlari aytgan
hikmatni unutmasun:
Shoh bolmas otani oldirgan odam,
Oshmas olti oydan agar bolsa ham.
Ajabki, Odil Yoqubov romanida Abdullatifni Bobo Turkistoniy oldirganligi aytiladi.
Yetuk asarda mantiq izchilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ulugbek Ali Qushchi bilan bir voqeani eslaydi. Ustoz va shogird bir avliyo devonaga duch keladilar. Ulugbek oz taqdirini soraydi. Shunda devona: Seni Sheruya oldiradi, deydi. Sheruya Nizomiy Ganjaviyning Xusrav va Shirin dostonidagi yetakchi obrazlardan biri. Yana bir fikr bor. Ulugbek zinhor yulduzlarga qarab fol ochmagan. Lekin uning ruhida yulduzlar bilan tillashish xususiyati bor. Baytul Javzo Iblis yulduzida u Abdullatif ruhi, kozlaridagi yovuzlikni koradi. Uch kun yaraqlab turgach, yoq bolib ketadigan Algulda qalbida mudom davom etayotgan notinchliklarni anglaydi.
Bashorat hikoyasida Abdullaziz avlodi taqdirini Ulugbek aqlli kelini iltimosiga kora bexato aytib beradi. Ulugbek, garchi dunyoviy olim bolsa-da, yulduzlarning falakdagi joylashishiga kora vaqti-vaqti bilan bashorat qilib turardi. Algulda ulug munajjimning bashoratlariga imo-ishora bor. Xurshid Davron tragediyasi Ulugbekning yuksak darajadagi olimligi, ilohiyot bilan bogliqligini ostki mazmun tarzida ifodalagan.
Na Maqsud Shayxzoda, na Odil Yoqubov, na Borivoy Ahmedov ikki zid qutb kishilari Ulugbek va Abdulatifni baqamti tasvirlagan. Xurshid Davron ota va ogilni qurol ishlatilmaydigan, har bir soz zaharlangan oq-yoy vazifasini otaydigan maydonga olib chiqadi. Ulugbek qahr otiga mingan, farzandi qilmishini zinhor qollamaydi. Ammo u otalik maqomidan pastlamaydi. Abdullatif maydonga gazab bilan kiradi, otasini yer bilan yakson qilib tashlashga tayyor. Uning asosiy, zaharlangan oq yoyi shundaki, Ulugbek ichi qora, xudbin, istedodli odamni, garchi farzandi bolsa-da, yoqtirmaydi. Abdurahim istedodli edi. Shuning uchun u ota qahriga uchraganmish. Bechora Abdurahim on ikki yoshida vafot etib ketmaganida ota gazabiga duchor bolardi. Abdullatif jon-jahdi bilan Abdullazizni yomon koradi. Ayniqsa uning valiahdlikka tayinlanishi ogani ortab yuboradi. Unga tentak, manaviy buzuq singari ayblarni yuklaydi. Yigirma beshga tolgan Abdullatif tezroq podshohlik tojini kiymoqchi. U ozining qattiqqol bolib yetishishida Gavharshodbegim Ulugbek onasi tasiri borligini qistirib otadi. Abdullatif dadil, doq-popisa bilan gapiradi. Ammo uning davolari puch, dalillari asossiz. U Ulugbek hukmronligi paytida necha amaldor oldirilganini ham hisoblab yurgan. Abdullatif podshohni Padari buzrukvor desa-da, eng ashaddiy dushman ekanligini yashira olmaydi.
Tragediyada Ulugbek va Abdullatif aro fikr toqnashuvi kul`minatsion nuqta vazifasini otaydi. Marifatli, fanda maktab yaratgan Ota johil, kaltabin oglini haq yoliga bura olmasligini anglaydi. Aksincha, ichi qora, butun borligi-la taxtga intilgan Abdullatif qalb mayliga zinhor quloq solmaydi:
Ulugbek: Hu, anavi yulduz Baytul Javzadur. Huddi gazabga mingan Abdullatif kozlariga oxshaydur!
Ali Qushchi: Shomliklar ani iblis kozi demishlar(60-bet).
Matiqan, asar shu dramatik holatda tugaydi. Qon tokilmaydi. Xurshid Davron asari shu jihatdan ananaviy tragediyalardan farq qiladi. Xususan, Maqsud Shayxzoda Mirzo Ulugbek tragediyasida Ulugbekning Sayyid Obid ogli Abbos tomonidan oldirilishi qon tokilishini korsatadi:
Abbos (chochib sipohlariga): Jadal boling, tez otlaning, darhol ketamiz,
Mana qasos, mana sizga otamning xuni!
Ulugbek koksiga xanjar tiqadi (M.Shayxzoda. Asarlar. 6 tomlik. 3-tom, 252-bet).
Odil Yoqubov Ulugbek xazinasi romanida Ulugbekning oldirilishigina emas, balki padarkush Abdullatifning ham tigdan otkazilishini tasvirlagan: Niqoblarini yulib olgan bu ikki suvoriyning biri amir Sulton Jondor edi. Ikkinchisi yo rab! Xuddi tushida barkash kotarib kirgan navkarga oxshagan bu ikkinchi suvoriy kopdan beri fitna qozgab qochib yurgan Bobo Xusayn Bahodir edi!
Shahzoda jonholatda otining boshini burdi tosatdan yelkasiga zarb bilan qadalgan oq-yoy uni bukchaytirgancha egardan agdardi
(312-bet)
Tragediya yozishga qol urgan adib qiyin yolni tanlaganini biladi. Xurshid Davron bevosita qon tokilishini korsatmaydi. Qora rang, motamsaro kuyni maromida tasvirlab oziga xos tragediya yaratadi.
Ulugbek olim ostonasida turganiga qaramay, rasadxonani toliq tamirlashni Ali Qushchiga topshiradi. Asosiy xazinasi kitoblarni yashirib qoyishni shogirdidan otinib soraydi.
Segoh kuyi tragediyadagi yetakchi obrazlardan biriga aylanadi. Ulugbek bir necha bor bu garoyib kuyni tilga oladi: Toyjon xonish qilgan Segohga quloq tutib oltirgan kezlarim yuragimni kaftimga olib tomosha qilgandek bolaman. Segoh alamimga, sirqirab ogrigan jonimga oxshaydur (60-bet).
Fojeiy operada shunday ariyalar borki, ular musiqiy asar joni vazifasini otaydi. Shoir Xurshid Davron hayot bilan vidolashayotgan Ulugbek ruhi, qalbi, jonini aks ettirmasligi mumkinmasdi.
Asar nihoyasida ixcham, ramziy voqea bor. Mirzo Ulugbek Xirotda tugilib, voyaga yetayotan bola haqida Toyjondan soraydi:
Podshohim ul oglonning ismi Alisherdur. Amir Giyosiddin farzandi volidasi dugonamdur, dedi Toyjon (86-bet).
Istedodli Ulugbek mohir qoshiqchidan ertangi kunning yorug yulduzi Alisher haqida soraydi.
Algul misoli ostin-ustun qavatli mustahkam bino. Yuqori qavat guyoki keng-mol sahna, ijrochilar oz rollarini ijro etadilar. Birinchi qavat mano-mazmun, matn osti, shovullab oqadigan daryo. Har ikki qavatda ramziy hayot josh uradi, Segoh kuyi yangrab turadi. Holat, kayfiyat roy berajak fojiadan xabar berib turadi. -dur,, -men singari qoshimchalar asar tasirchanligini oshiradi. Algul ozbek dramaturgiyasining nurli asari bolib qolishiga ishonamiz.
Manba: «Yoshlik» jurnali, 2014
B.Sarimsoqov
Zabardast olim, filologiya fanlari doktori Bahodir Sarimsoqov nisbatan qisqa umri davomida oʻziga xos ilmiy dunyoqarash, oʻziga xos izlanish, hattoki, oʻziga xos akademizmga ega boʻlgan faoliyat bilan shugʻullandi. Uning ilmiy izlanishlari nafaqat oʻzimizda, balki Turkiya, Germaniya kabi bir qator chet mamlakatlarda ham tan olingan hamda oʻz izidan koʻplab ilm toliblarini yetaklagan. Bunday izlanishlar sirasiga “Oʻzbek adabiyotida sajʼ” (1978), “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-oʻzbekcha izohli lugʻati” (1979), “Oʻzbek marosim folklori” (1986), “Adabiyot nazariyasi” (2000), “Badiiylik asoslari va mezonlari” (2004) kabi va yana bir qator kashfiyot darajasidagi asarlarini kiritishimiz mumkin.
ALISHЕR NAVOIY POETIK
SINTAKSISIDAGI BIR USUL XUSUSIDA
Bahodir Sarimsoqov
Fil. fanlari doktori, professor
Poetik sintaksis masalalari ozbek adabiyotshunosligida juda zaif organilgan ilmiy sohadir. Holbuki, poetik nutq va uning shakllari, badiiy kechinmaning ifodalanishida ijodkorning mahorati nazariy poetikaning dolzarb muammolarini tashkil etadi. Chunki badiiy soz santida favqulodda poetik fikr kashfiyoti qanchalar muhim bolsa, ana shu fikrni oziga xos tarzda ifodalash ham shunchalar ahamiyatli. Mana shu ikki jihatning, boshqacha aytganda, shakl va mazmunning uygunligi azal-azaldan adabiyot nazariyasida yetakchi mavzu sanalib keladi.
Gap Alisher Navoiydek daho sanatkorning poetic sintaksisi haqida ketar ekan, ushbu masalaning qamrovi, tahrirga tortiladigan sathlarni oldindan belgilab olish lozim. Shu bois ushbu maqolamizda biz Navoiy sheriyatidagi poetik sintaksisning ikki sathi mavjudligini va bu sathlarning poetik janrlar spetsifikasi bilan aloqadorlikda hal etilishini alohida takidlab otishni lozim topamiz.
Birinchi sath masnaviy, murabba, ruboiy, tuyuq, muxammas, musaddas, musamman kabi sheriy janrlarda poetik fikrning ifodalanishiga asos bolgan apperseptiv ochoqlarni belgilab olish. Mana shu jihatdan qaraganda, masnaviy, gazal, qita, ruboiy, tuyuq, murabba, fard kabi janrlarda apperseptiv ochoqlar vazifasini bayt birligi ado etadi. Chunki ushbu janrlarda poetik fikr qamrovi va uning ifodalanishini bevosita baytlar tahlili orqali hal qilish mumkin.
Ikkinchi sath muxammas, musaddas, musamman kabi janrlarda esa apperseptiv ochoqlar vazifasini misra va sheriy band doirasida belgilash maqul. Chunki ularda fikriy ifoda bevosita mustaqil sintaktik qurilishga ega misralar orqali amalga oshadi va yakuniy poetik xulosa band orqali ifodalanadi. Musammat sheriy shakllar poetik sintaksisi alohida kuzatishlarni talab etadi. Shu bois biz asosan Alisher Navoiy gazallaridagi poetik sintaksis masalalari haqida toxtalamiz.
Malumki, gazal besh baytdan ortiq nisbiy fikriy va sintaktik mustaqillikka ega bolgan baytlardan tashkil topuvchi va albatta yagona poetik xulosa bilan yakunlanuvchi janr. Shu bois gazal janriga xos poetik sintaksisning ham ikki aspektdagi tadqiqot yonalishi mavjud. Birinchisi gazal matlasidan boshlab maqtasigacha bolgan baytlarning sintaktik shakllari, ular ortasidagi mazmuniy hamda mantiqiy aloqadorlikni ochish. Bunday aspekt ham maxsus tadqiqot talab etuvchi soha hisoblanadi. Ikkinchisi gazal tarkibidagi har bir baytning sintaktikasi va uning ikki misrada ifodalanishidan iborat. Bizning mulohazamiz bevosita mana shu aspect doirasida ketadi.
Alisher Navoiy gazallarida apperseptiv ochoq hisoblanmish baytda soz qollash, poetik jumla tuzish, har bir poetik jumlaning bayt doirasidagi shakli va lirik kechinmani ifodalashdagi shoirning mahoratini kuzatish oziga xos qiziqarli muammo. Chunki poetik sintaksis, ayniqsa, uning bayt doirasidagi inkishofi shoirning fikriy qamrovi va uni ifodalashdagi evfonik, ritmik va hissiy uygunlik bevosita mahorat masalalari bilan aloqadordir. Demak, gazaldagi eng kichik apperseptiv ochoq hisoblanmish baytning ham poetik sintaktik tabiatida juda koplab usullar, poetik figuralar mavjud. Biz ulardan biri baytning birinchi misrasidagi fikrning ikkinchi misraga kochishi, yani anjambeman fikriy kochuv hodisasi haqida toxtalamiz.
Odatda, sherda misralar mazmunan va shaklan tugal bolishlari talab etiladi. Biroq shoir aytmoqchi bolgan poetik fikr, u ifodalamoqchi bolgan lirik kechinma murakkabligi tufayli baytdagi sheriy misralar mustaqilligi buziladi; birinchi misrada boshlangan poetik fikr ikkinchi misrada yakunlanadi. Tabiiyki, sheriy jumlaning birinchi misradan ikkinchi misraga kochishi va bayt mazmuni, vazni va ohangini buzmagan holda davom etishi ijodkorning sanatkorligini belgilaydi. Alisher Navoiy gazallari poetik kochuv uchun benihoya kop material beradi. Chunki, XY asr, hattoki, undan keyingi davrlar ozbek gazalchiligida hech bir shoir Navoiychalik poetik kochuv hodisasini kop va xob qollamagan. Aytish mumkinki, sintaktik kochuv hodisasi shoir gazaliyotida maxsus poetik ifoda usuli darjasiga kotarilgan.
Alisher Navoiy gazallarida bayt tarkibidagi sintaktik kochuvning quyidagi korinishlari mavjud.
1. Sintaktik kochuv birinchi misradagi ikinchi hashvdan keyin, yani aruz ruknidan boshlanadi. Bu kochuv turi shoir gazaliyotida yetakchi ifoda usuli hisoblanadi. Misollar:
Yana ichimga magar ishq soldi otki,/ chiqar
Shararlari qotilib oh ila figonimga.
GS, 420-bet.
Charxi soyir goyiyo oshiqdururkim,/ kechalar
Bor aning ham men kibi kop ashkiyu oz uyqusi.
GS, 457-bet.
2. Sintaktik kochuv birinchi misradagi hashvdan oldin, yani sadr ruknidan keyingi oringa togri keladi. Bunday kochuv turida bazan birinchi hashvning bir hijosi yoki sadrning bir hijosi vazn nuqtai nazaridan kochuv hodisasiga halal bergandek holatda boladi, ammo fikriy kochuv nuqtai nazaridan bu narsa etiborga olinmaydi. Misollar:
May ichingkim, // dahr eli ichra kop istab topmaduq
Ahxdu paymonida bolgon ustivor, ey dostlar.
BV, 106-bet.
Sham hamdardimdurur hijron tunikim, // men kibi
Hajr otida qovrulur ul dogi oz yogi bila.
GS, 428-bet.
3. Sintaktik kochuv ikkinchi nisradagi birinchi hashvning birinchi hijosidan keyingi oringa togri keladi. Misollar:
Rishtayi zulfi xayolidin havo qilgan kongil
Bir qushedurkim, // qochibdur goyiyo bogi bila.
GS, 427-bet.
Hajr shomi tiyralik birla meni devonani
Chun halok etti, // yana boshinda savdosi nedur.
BV, 115-bet.
4. Sintaktik kochuv birinchi misradagi birinchi va ikinchi hashvlar ortasiga togri keladi. Biroq bu xildagi kochuv nihoyatda kam uchraydi. Misol:
Xoblarga chun vafo yoq, // avlo uldurkim, kongil
Ozni ul qattig kongulluglarga mutod etmasa.
GS, 437-bet.
5. Sintaktik kochuv bazan birinchi misradagi ikkinchi hashvning birinchi hijosidan keyingi oringa togri keladi. Misol:
Kechalar hajringda bexudmen, // mening holimgadur
Shamning goh kuymagi, goh nolasi, goh riqqati.
GS, 456-bet.
Navoiy gazallari sintaktik kochuvi nuqtai nazaridan kuzatishlar olib borish ushbu hodisaning yuqorida qayd etilmagan, xususan, ikkinchi misradagi ikkinchi hashvdan keyingi, yani ajuz (zarb) ruknidan oldingi orinlarga togri keluvchi korinishlarining ham topilishiga olib kelishi mumkin.
Poetik kochuv hodisasi shunchaki kochuv hodisasi emas, u baytdagi poetik mazmunni togri, mantiqiy ifodalashning muhim vositasi. Shoir gazallaridagi anjambeman hodisasi boyicha kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy kabi sabab-oqibat, yani kauzal munosabatdagi boglanishli sheriy baytlar tuzuvchi ijodkor ozbek adabiyotida juda kam topiladi.
Ushbu sintaktik hodisa, kopincha, baytda aytilgan poetik oqibatning sabablarini yoki sababning oqibatlarini izohlashga, binobarin, baytda ifodalangan poetik fikrni togri anglab olishga imkon beradi. Quyidagi baytda sintaktik kochuv birinchi misradagi ikkinchi hashvning ortasiga, yani kun sozidan keyingi oringa tushgan.
Aylamang bekasligimni tan, bir kun // bor edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey dostlar.
BV, 106-bet.
Agar gazalni oqishda ikinchi hashvdagi bir kun birikmasini ozidan oldingi hashvlarga qoshib oqilsa bir mazmun, aruzga qoshib oqilsa boshqacha mazmun anglashiladi.
Agar bir kun birikmasi sadr va undan keyingi ruknlar bilan bogliqlikda olib qaralsa, quyidagicha mano yuzaga keladi. Ey dostlar, mening hech kimim yoqligini bir kuni tana qilmang, menda ham bir kun (bir paytlar) oynoqi ot mingan nozanin ot bor edi.
Yuzaki qaralsa, baytdagi poetik kochuv arzimas juziy hodisadek tuyuladi. Lekin birinchi misradagi aruz ruknining ikkinchi misraga kochishi bayt mazmunini boshqacha, birinchi misradagi ikkinchi hashvning bir qismi bilan aruz ruknining ikkinchi misraga kochishi esa bayt mazmunining butunlay boshqacha talqin etilishiga olib kelmoqda. Anjambeman hodisasining ikki xil holatidan qaysi biri gazal mazmuniga, lirik kechinma oqimiga, eng muhimi, shoir kozlagan badiiy mantiqqa mos keladi.
Bizningcha, birinchi holat, yani birinchi misradagi faqat aruz ruknining ikkinchi misraga kochishi gazal ruhiga, lirik kechinmalar oqimiga, shoir kozlagan badiiy mantiqqa mos keladi. Bunday xulosaga kelishimizga esa quyidagicha asoslarimiz bor.
Birinchidan, lirik qahramon yorga, mahbubaga yoki raqibga emas, balki dostlarga murojaat etmoqda. Milliy ruh, milliy xarakterdan, turki xalqlar mentalitetidan kelib chiqilsa, dostlar har kuni eas, faqat bir kun payti, vaziyati taqozo etgandagina lirik qahramonning yorsizligini tana qilishlari mumkin. Darhaqiqat, lirik qahramon dostlarining bir kun payti kelganda tana qilishlaridan hadiksiraydi. Agar u mahbuba yoki raqibga murojaat qilganda edi, ikkinchi hashvdagi bir kun birikmasi ham ikkinchi misraga kochishi togriroq bolar edi. Mana shunday notogri qarash, aniqrogi, anjambeman hodisasini togri bilmaslik oqibatida Navoiy asarlarining 20 tomligida tan sozidan keyin vergul qoyilgan. Holbuki, bu orinda vergulning mutlaqo keragi yoq.
Ikkinchidan, mumtoz gazalchilik ananasida sherning ritmik tuzilishi va misralarning taqtelanishi bevosita vaznning izchil qoidalariga boysunadi. Shunday ekan yuqorida keltirilgan baytda, ikkinchi hashv bilan aruz rukni chegarasi sozlar chegarasiga mos kelgan. Demak, ikkinchi misraga sintaktik kochishda aruz rukni uchun imkoniyat katta. Qolaversa, baytning umumiy mazmuni ham, ruhi ham aruz ruknining kochishini talab qiladi.
Uchinchidan, Navoiy gazalllaridagi sintaktik kochuv hodisasini kozdan kechirish shuni korsatadiki, aksariyat baytlardagi anjambeman hodisasi faqat aruz ruknining kochishiga togri kelishini tasdiqlaydi. Navoiy gazaliyotida alohida usul darajasida kotarilgan sintaktik kochuvning bu korinishi keng tarqalganligini inobatga olib, boshqacha aytganda, analogiya qonuniyatlaridan kelib chiqib, biz aruz ruknining kelib kochishini togri deb hisoblaymiz.
Fikrimizning togriligini ayni shu gazalning navbatdagi baytida qollanilgan sintaktik kochuv orni ham tola tasdiqlaydi.
Yorsiz vayronda qon yiglarmen oxir, // siz qiling
Yor birla gashti bogu lolazor, ey dostlar.
Mazkur baytdagi aruz rukni siz qiling hech qanday ehtimolsiz ikkinchi misraga taalluqli. Chunki baytning umumiy mazmuni shuni taqozo etadi: Men oxiri bir vayronada qon yiglayman, ana shunda yor bilan bog va lolazorlar gashtini suring, ey dostlar.
Demak, Navoiy gazallaridagi sintaktik kochuvlar va ularning bayt mazmunini togri talqin qilishda bazan ijodkor poetik uslubiga tayanish va analogiya qonuniyatiga asoslanish ham yordam beradi.
Gazal baytlaridagi anjambeman hodisasi misralararo sabab-oqibat munosabatlarini togri anglab olish va shu orqali baytning umumiy mazmunini ijodkor nazarda tutgan goya asosida talqin qilishga imkon beradi. Sintaktik kochuv kop hollarda muayyan oqibatning koplab sabablari mavjudligini alohida takidlab korsatishga keng yol ochadi. Quyidagi baytda lirik qahramon chiqargan poetik xulosaning sabablari bir nechta ekanligi faqat anjambeman hodisasi vositasida tasirchan ifodalangan. Biroq bu baytda gazalning vazn tuzilishi, taqtesi bilan sintaktik kochuv chegarasi mos kelmaydi. Chunki kochuv hodisasi ikkinchi hashvning oxirgi hijosi hisoblangan bordan oldingi oringa togri keladi:
Xilqatim bogida ul gul hayfkim, // bordur manga
Zor tan, majruh jon, mahzun kongul, gamnok ruh.
BV, 83-bet.
Xulosa qilib aytganda, sintaktik kochuv hodisasi bayt mazmunini, gazal mohiyatini togri anglashga imkon beruvchi poetik nutq hodisasidir. Poetik kochuv gazaldagi monotonlikka barham beradi, sheriy nutqni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, eng muhimi, poetik fikrni aniq, mantiqli ifodalashga yol ochadi.
Shu orinda bir narsani alohida takidlab otishni lozim topamiz. Ayrim adabiyotshunos va tanqidchilar lirika subyektivlik saltanati, shu bois bir sherni har bir sherxon ozicha talqin etishi mumkin deb qaraydilar. Togri, lirika subyektivlik salatanati, ammo bu narsa sherxonga har bir asarni istagancha subyektiv talqin etishga xuquq bermaydi. Haqiqiy sherxon asardan shoir kozlagan, lirik qahramon ruhiga mos keluvchi mano va mazmunni topib olishi lozim. Lirikaning butun jozibasi, nazokati, subyektivligi ana shunda. Poetik tashxisning bunday murakkab jarayonida sherga singdirilgan nafaqat hissiy, fikriy boylik, balki ana shu boylikni royobga chiqarish uchun xizmat qiladigan poetik sintaksis ham belgilovchi ahamiyatga ega. Poetik sintaksisning eng murakkab, eng jozibali figuralari, usul va vositalari Alisher Navoiy gazaliyotida mujasssamlangan. Ularni izlab topish, ilmiy asosda tahlil etish, yani Navoiyning potik sintaksisi muammolarini tadqiq etish endi boshlanajak.
Manba: Ozbek tili va adabiyoti jurnali,2001 yil, 2-son.
B.Karimov, U.Hamdam, U.Jo`raqulovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari
Bahodir Karimov
1966 yil 7 fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida tugʻilgan.
1983 yili Toza-yormish qishlogʻidagi 30-oʻrta maktabni bitirdi.
1984–1986 yillarda Primorye oʻlkasida harbiy xizmatda boʻldi.
1986 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilindi va uni 1991 yili imtiyozli diplom bilan bitirdi. Bu dargohda O. Sharafiddinov, U. Normatov, B. Qosimov, N. Xudoyberganov, L. Qayumov, I. Qoʻchqortoyev, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, Yo. Tojiyev, T. Solihov, M. Joʻraboyeva kabi ulkan olimlardan tahsil oldi. Talabalik yillarida “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallarida, “Maʼrifat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalarida dastlabki adabiy-tanqidiy maqolalari nashr qilindi.
1991–1994 yillarda shu universitet aspiranti, 1996–1999 yillarda shu universitet doktoranti boʻlgan.
1994–1996 yillarda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Hozirgi oʻzbek adabiyoti” kafedrasida XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi fanlari boʻyicha maʼruzalar oʻqigan; shuningdek, dekanning ilmiy ishlar boʻyicha muovini, soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini vazifalarida ishladi.
1995 yil 7 iyunda OʻzFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi Ixtisoslashgan kengashda “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi oʻrni” mavzusida nomzodlik (ilmiy rahbari – akademik Baxtiyor Nazarov) dissertatsiyasini himoya qildi. Munaqqid Vadud Mahmudning adabiy-ilmiy faoliyatini batafsil yoritdi. Shu ilmiy tadqiqotning amaliy tatbiqi oʻlaroq ushbu munaqqid faoliyatini oʻrganish oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlaridan oʻrin oldi.
2002 yil 26 iyunda “XX asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (qodiriyshunoslik misolida) mavzusida doktorlik (ilmiy maslahatchi professor Umarali Normatov) dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiyada tushunish, tushuntirish, talqin, tahlil, tanqid masalalari qodiriyshunoslik misolida tekshirildi. B. Karimov tadqiqotida jahon adabiyotshunosligidagi ilgʻor tadqiqot metodlaridan, jumladan, germenevtika – talqin nazariyasidan unumli foydalandi. Tadqiqot ilmiy jamoatchilikda oʻziga xos yangicha yoʻnalishi bilan juda yaxshi taassurot qoldirdi.
2003 yil yanvaridan 2006 yil yanvariga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani vazifasida ishladi. 1999 yil noyabridan 2016 yil avgustigacha shu universitetning “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.
Hozir B. Karimov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi mudiri.
B. Karimov 2003–2006 yillarda OʻzMU qoshidagi filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun disssertatsiyalar himoyasi boʻyicha Ixtisoslashgan Kengash raisi sifatida faoliyat koʻrsatdi.
2005 yilda akademik M. Qoʻshjonov, professor U. Normatov hamda yozuvchi Rahimjon Otayevlarning tavsiyalari bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi.
2001–2008 yillarda OʻzMU qoshida Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy adabiyot kursining oʻquv jarayonini boshqardi. Respublika markaziy-ilmiy nashrlarida chop etilgan 200 ga yaqin maqolalari, ulardagi yangicha talqinlar B. Karimovning ilmiy salohiyatini, maʼnaviyat va maʼrifatga munosabatini koʻrsatadi. Shuningdek, Turkiya, Germaniya, AQSH, Turkmaniston, Ozarbayjon, Ukrainada ham maqolalari bosilgan.
Bahodir Karimov “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud” (1999), “Qodiriy qadri” (2003), “Yangilanish sogʻinchi” (2004), “Choʻlpon va tanqid” (2004. matnlar), “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin” (2006), “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” (2012), “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur” (2014), “Qodiriy nasri – nafosat qasri” (2014 “Oʻzbekiston”), “Ruhiyat alifbosi” (2016. Gʻafur Gʻulom nashriyoti) kabi ilmiy kitoblar muallifi.
Vadud Mahmudning “Tanlangan asarlar”ini nashrga tayyorlab chop ettirgan (2007 yil. “Maʼnaviyat nashriyoti), D. Defoning Robinzo hikoyasi asarining qisqa nusxasini 1911 yilda bosilgan nusxasidan tabdil qilib (2011 Muharrir nashriyoti) nashr qildirgan. Shuningdek, uning Bunda bir hikmat bor (2003, 2010), Nega
(2004, 2010),
Odam (2008, 2014) kabi ilmiy-publitsistik ruhda yozilgan risolalari nashr qilindi.
B. Karimov “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”ga, Turkiyada nashr qilingan “Turk dunyosi adabiyotchilari soʻzligi”ga bir qancha maqolalar yozdi. Koʻplab kitoblarga masʼul muharrirlik qildi; soʻzboshilar yozdi. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga taqrizchi boʻldi.
B. Karimov Turkiya (Istanbul, 2004, Anqara, 2005), Germaniya (Leypsig, 2005, Berlin, 2008, 2012), Xitoy (Pekin, 2005), Ukraina (Semfiropol. 2011), Turkmaniston (Ashxobod, 2014, 2015)da oʻtkazilgan xalqaro anjuman hamda tadbirlarda qatnashdi.
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyotida bosilgan “XX asr oʻzbek sheʼriyati antologiyasi” (2007 yil), “XX asr oʻzbek hikoyasi antologiyasi” (2009 yil), “XX asr oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Antologiya” (2016), “Turon-iqbol” nashriyotida chiqqan “XX asr adabiy tanqidi. Antologiya” (2011) kitoblarining gʻoya muallifi va tuzuvchilaridir biridir. Ayni choqda XX asr folklorshunosligiga oid loyihalar ustida ishlamoqda. Respublika miqyosida oʻtkazildaigan adabiy-ilmiy anjumanlarda, tadbirlarda, yosh ijodkorlarning seminarlarida faol qatnashib keladi.
“Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur” kitobi 2015 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda “Vatan uchun yashaylik” tanlovida ikkinchi oʻrinni olgan.
“Xalq taʼlimi aʼlochisi” (2016 yil).
Баҳодир Каримов
АБДУЛЛА ҚОДИРИЙ ИЖОДИНИНГ ЯНГИЧА ТАЛҚИНЛАРИ
(Мустақиллик арафаси ва мустақиллик йиллари мисолида)
90-йилларнинг бошлари ва, айниқса, мустақиллик йилларида улкан истеъдод эгаси Абдулла Қодирий ҳаёти ва ижодини янгича ўрганиш бошланди. Энг муҳими, қачонлардир Абдулла Қодирийнинг дилбар романларини ўқий туриб, ундаги миллий пафосдан руҳланган, аммо барча ҳис-эҳтирослари дилининг туб-тубида сақланган олиму уламоларнинг, шоиру шуароларнинг баҳри-дили очилди. Таъқиб, таҳдид ва таҳликадан омонликда қалам тебратиш имконияти пайдо бўлган муҳитда улуғ адибимизга дахлдор қувонч ва сурур, ғам ва ташвиш афсус ила надомат – барча-барчаси тўкиб солинди. «Бир авлод умри давомида Абдулла Қодирий таъқиқланди ва таҳқирланди. Бу инсонга қарши, инсониятга қарши, халқларнинг маънавий мулки бўлган тарихи, маданияти ва ифтихор туйғусига қарши, тили, одати, дини, ихлос-эътиқодига қарши қилинган буюк жиноятнинг бир кўриниши эди…».[1] Бундай эътирофлар, ҳақиқат тантанаси баъзан шеърий йўсинда ифода этилди:
«Азалий ҳақ гапни яширмоқ нечун,
Завол йўқ энг асл истеъдод учун.
Агарда коинот тегирмон бўлиб,
Оламни янчса ҳам, қолгай у бутун».[2]
Айни замонда адабиётшунослик илми Абдулла Қодирий ҳаёти ва ижодини, «Ўткан кунлар», «Меҳробдан чаён»дек гўзал романларига муносабат тарихини қайта идрок этиш, қайта баҳолаш, қайта талқин қилиш жараёнига қадам қўйди.
Илмий тадқиқот қоидасига кўра объект тарихига назар ташланади; мавжуд манбаларнинг ҳолати илмий нуқтаи назардан кузатилади. Шу маънода қодирийшунослик ўзининг янги майдони ва босқичига кирар экан, табиийки, айтилажак айрим янги фикрларни аввало мавжуд манбаларга муносабатдан келтириб чиқариши керак эди.
Шу ўринда адибнинг невараси Хондамир Қодирий томонидан 1992 йили «Ўткан кунлар» романи 1926 йилги, «Меҳробдан чаён» эса 1929 йилги нашрлари асосида қайта нашр эттирганини таъкидлаш лозим бўлади.Ўзининг ижодий-илмий фаолияти давомида Абдулла Қодирий асарларига мурожаатни канда қилмаган адабиётшунос олим Матёқуб Қўшжонов 90-йилларга келиб, кўпгина кузатишларини «Қодирий-эрксизлик қурбони» ҳамда «Ўзбекнинг ўзлиги»[3] деган китобларида жамлашга муваффақ бўлди.
М.Қўшжонов «Қодирий – эрксизлик қурбони» китобида адабий танқидчиликнинг улуғ адиб ижодига муносабатининг айрим қирраларини текширади. Ижоддаги, фикрдаги эрксизлик Қодирий ижодини талқин этишда нақадар ғайриилмий ёндашувларга олиб келганлиги устида қимматли фикрлар билдиради. Абдулла Қодирий ижодини талқин қилган М.Шевердин, С.Ҳусайн, Ойбекнинг илмий қарашлари билан баҳсга киришади. Адабиётшуноснинг мукаммал шаклланган эстетик позицияси бадиий асарга эстетик воқеа, санъат намунаси, маънавиятнинг кўркам обидаси сифатида қарашга имкон беради. Агарда инсонда бу ички дид-фаросат, гўзалликни англаш, ҳис этиш, тушунишдек неъмат йўқ бўлса, адабиётдек покиза майдонга, сўз салтанатининг олтин қасрига кўзсиз қалб, қалбсиз кўз билан киришдан фойда йўқ.
Бадиий матн талқинида эса мазмун-моҳиятдан узоқлашиш, матннинг имманент хусусиятларидан келиб чиқмаслик бирёқламаликлар, субъективизм, сиёсий мафкурага мослашишга олиб келади. Матнни тушуниш ва тушунтириш – талқин жараёнидир. Агар воқеликнинг бадиий талқинини илмий тилга кўчиришда, тушуниш, тушунтириш ва ҳис этишда матн моҳиятидан узоқланиш англашилмовчиликни юзага келтиради.
«Меҳробдан чаён»нинг ёзилганига олтмиш йил тўлган маҳалда «Романнинг машаққатли йўли»4] номли мақоласи билан чиқиш қилган Абдуғафур Расулов матн ва талқин орасидаги зиддиятларни, хатолик ва англашилмовчиликларни фактлар асосида кўрсатди; қодирийшунос-ликдаги тадқиқотларга, дарслик китобларга мурожаат этди. Хусусан, ижодий метод ва роман моҳияти юзасидан ўринли фикрларни билдирди. Мақолада «Меҳробдан чаён» қаҳрамонларини иложи барича янгича талқин қилишга интилиш сезилади. «Меҳробдан чаён» романининг текстида сермаънолилик, рамз, ишора ниҳоятда кучлидай» туюлиши айтилади. Ўзигача бўлган талқинлардан қониқмаслик ва албатта, роман матнидаги ўша сермаъноликни, рамзни, ишорани, жозибани намоён этиш кайфияти сезилади.
Орадан беш йил ўтиб, олим яна «Меҳробдан чаён» романига мурожаат этади. «Тақдирлар талқини» дея номланган бу мақола «Романнинг машаққатли йўли» негизида ёзилган; бойитилган, муҳими, асарга «янги ракурсдан боқиш, янгиланган концепциядан ёндашиш» (А. Расулов таъбири) жараёнида юқорида келтирилган бир қатор жумлалар таҳрир қилинган. Мақолада олим гоҳ Отабек билан Анвар салоҳиятига, гоҳ Анвар билан Раъно ҳамда Насим дўстлигига, руҳий яқинлигига, баъзан Солиҳ махдум ва унинг мактабидан чиққан ўзбек адабиётидаги хасисларга, зиёлилар образининг қиёси ва баъзан «онҳазратнинг отган ўқлари» бўлмиш Гулшаннинг «жонли одам, тирик инсон» эканлигига диққатини қаратар экан, имкони борича янгича тафаккур мезонлари асосида иш кўради. Адабиётнинг чинакам инсоншунослик эканлигини таъкидлаб боради.
Табиийки, бадиий асарга, хусусан, Абдулла Қодирий романларига бундай янгича ёндашув, талқин ва таҳлиллар ижтимоий-сиёсий, адабий-илмий муҳитдаги тозаришлардан дарак беради.Бундай тозариш нафаси «Абдулла Қодирийнинг бадиий дунёси»[5] мажмуасига кирган мақолаларда, айниқса, профессор Умарали Норматовнинг «Қодирий боғи» («Ёзувчи» нашриёти, Т., 1995. 12 б.т.), «Ўткан кунлар» ҳайрати»[6] китобларида яққол сезилади.
Жадидчилик, миллий уйғониш даври ижодкорларига муносабат тубдан ўзгарган, уларнинг адабий меросини қайта идрок этиш, янгидан баҳолаш ва янгича талқин қилиш жараёнлари бошланган даврда профессор Умарали Норматов Абдулла Қодирий ижодини жиддий суратда қайта холис илмий назардан ўтказди. Улуғ адиб ижод оламининг, ҳаёт йўлининг турли-турли қирраларини янгича идрок асосида намоён этадиган ўндан ортиқ ниҳоятда салмоқли мақолалар ёзди. Ва уларнинг жамланишидан юқорида тилга олинган китоблар юзага келди.
Биз дунё адабиётшунослигида «Гёте эстетикаси», «Л.Н.Толстой эстетикаси» ёки «Ф.М.Достоевский эстетикаси» сингари сарлавҳаю таъбирларга кўп дуч келамиз. Зеро, муайян адиб ижодий дунёқарашидаги нафосатни, эстетик принципларни тадқиқ этишда жаҳон адабиётшунослигида адабий-илмий мактаблар бор. Шу жиҳатлар ўзбек адабиётшунослигида ҳам эртами-кечми ўз ифодасини топиши лозим. Ушбу эстетик масала қодирийшуносликда «Адиб эстетикаси» тарзида қўйилди. У.Норматовнинг бу йўсиндаги талқинларида ҳам янгича адабий-илмий тафаккур нафаси сезилади. Олим адибнинг адабий-назарий қарашларини талқин этиб, адиб эстетикасидаги, «адиб адабий-танқидий қарашларидаги бош гап-реализм масаласидир», «ҳақиқат, ҳаёт, ҳақиқатга садоқат – ёзувчининг ижодидаги бош шиордир…» деган хулосаларга келади.
Айни бир асарни ёш эътибори ила каттагина фарққа эга бўлган икки олим, адабиётшунос икки йўсинда талқин қилиши мумкин.
У.Норматов «Ўткан кунлар»нинг янгича талқинида социал муҳитни янгича кузатса, ёш адабиётшунос Муртазо Қаршибой роман негизида «Бир ишқ, ҳам чин бир ишқ»ни кўради. «Ишқ – адабий эҳтиёж, абадий мавзу»лигини таъкидлаган М.Қаршибой «Ўткан кунлар»да ишқий изтироблар нақадар теран тасвир этилганини далилларга асосланиб бир-бир тушунтиради. Роман ичидан яшил ип бўлиб ўтадиган асосий сюжет воқеаси Отабек ва Кумушнинг ишқи. Композиция ҳам шу асосга қурилган. Бу икки покиза қалб орасида пайдо бўлган муҳаббатни М.Қаршибой илоҳий ишққа яқинлаштириб қўяди ва баъзан фикри исботи учун ислом фалсафасидан илмий асослар келтиради. Хулосани эса, «Худди шундай, «Ўткан кунлар» ҳам «бир ишқ, ҳам чин бир ишқ» ҳақидаги ғуссали рўмондир»[7] деган сўзлар билан якунлайди. Айнан бир адабий-эстетик воқеликнинг, аниқроғи, бадиий образнинг нисбатан икки хил талқинига яна бир мисол келтирамиз. «Меҳробдан чаён» романидаги Солиҳ махдум образи янгича баҳоланаётган, «янгича ижтимоий-иқтисодий концепция»лар илгари сурилаётган шароитда баҳс объектига айланди. Адабиётшунос Азим Раҳимов «Солиҳ махдумда нима гуноҳ?» [8] номли мақоласида кўпроқ Солиҳ махдумдан фазилат излайди. Унинг илгариги талқинларига нисбатан янгиланган, самимиятга яқин талқинини беришни истайди. Солиҳ махдумни бундай «реаблитация қилиш» ёш адабиётшунос Муртазо Қаршибойга маъқул келмайди ва «Солиҳ махдум фариштами?» деган мақола билан чиқади. Адабиётшунослик ўзининг «муқим таянч нуқтаси – концепцияси»ни йўқотганлигини таъкидлаган муаллиф ўз қарашларида, романдаги инсон табиати, инсон қисматини янгича талқин этишда ўзи учун ислом фалсафасининг асосларини илмий концепция даражасига кўтариб олади. Шу боис онага яхшилик қилиш ҳақидаги, «Ҳаё-иймондандир», «Тангри наздида бандаларнинг энг яхшиси ўз аҳли-аёлига фойдаси кўп тегадиган кишидир», «Бир гуноҳ ишни кўрсаларинг, қўлларинг билан қарши бўлинглар. Қўлларинг билан қарши бўлолмасаларинг, тилларинг билан қарши бўлинглар. Мабодо тилларинг билан қарши бўлолмасаларинг, дилларинг билан қарши бўлиб туринглар. Аммо бу иймонларинг заифлигидан далолат беради» каби ҳадислар асосида ўз қарашларини исботлашга уринади. А.Раҳимов Солиҳ махдумни иложи борича зиёли, фазилатли қилиб талқин этишга интилса, М.Қаршибой кўпроқ иккинчи қироққа ўзини уради. Илгари ўта хасис, зиқна тип ўлароқ талқин этилган Солиҳ махдумнинг бир йўла оппоқ-серфазилат зиёли тўнини кийиши ҳам ёки янги шароитда иймонсиз, мунофиқроқ, шайтон, ҳаёсиз сингари сифатлар билан тавсифланиши ҳам айни образнинг бутун жозибасини, эстетик қийматини очиб бера олмайди. Қолаверса, «Меҳробдан чаён» романидаги энг ёрқин, табиий ва реалистик бақувват образи бўлгани учун ҳам ҳалига қадар Солиҳ махдумнинг кимлиги устидаги мулоҳаза- мунозаралар давом этмоқда. А.Раҳимов ва М.Қаршибойнинг баҳсларига муносабат билдирган махсус мақола ҳам ёзилди ва учинчи бир нейтрал талқин илгари сурилди.[9]
Муайян эстетик ҳодисанинг турлича талқини учун манба бўла олиши айни асарнинг бадиий қувватини кўрсатади. Бунга шубҳа йўқ. Таъкидлаш жоиз бўлган яна бир фикр шуки, ҳар бир адабиётшунос ўз билими, дунёқараши, ҳаётий тажрибаси, ўз имконияти, иймон-эътиқоди доирасида фикр айтади. Ўзи англаган, ҳис этган ҳақиқатнинг қайсидир қиррасини тушунтиради. Шунингдек, эстетик ҳодисани тушуниш ва тушунтиришда интерпретаторнинг табиати, психик темпераменти ҳамда ёши қайсидир маънода роль ўйнайди.
«Қуш тилини қуш билади», деганларидек, Абдулла Қодирий қаламининг жозибасини, тасвирларидаги психологик ҳолатларнинг айрим қирраларини очиб берган асар сифатида Хайриддин Султоновнинг «Шоирона, дарвешона, бир маъно» мақоласини кўрсатиш мумкин. Бунда зерикарли, бадиий асар вужудига бегона назарий гапларнинг қуруқ такрори йўқ. «Қодирийнинг маҳорат сирлари ҳақида» фикр юритар экан, Анвар билан Раънонинг муносабатларидан, Тойир аканинг хароба кулбасидан, Шариф, Раҳим ва Қобулбойларнинг қатъиятидан ва айниқса, баъзида «ўз қусурлари устидан ўзи ҳам кулишга қодир одам» – Солиҳ махдумнинг «табиатидаги ўзига хос жозиба»дан сўз очади. Бошқача айтганда, реалистик роман жозибасини, биз ташналик ила талабида бўлган, эстетик нуқтаи назардан ишонарли талқин этади. «Унинг (Солиҳ махдумнинг – Б.К.) қилиқларини кузатганингиз сари завқингиз ошиб бораверади, бироқ мийиғингиздаги табассум ҳеч вақт заҳарханда ёки ёвуз нафратга айланиб келмайди. Беихтиёр ич-ичингиздан: «Э, буям худонинг бандаси-да», деган хаёл кечади.
Чинакам санъаткорга хос жозибанинг қудрати ана шундай бўлади».[10]
Х.Султоновнинг бундай нозик, нафис талқинлари ёрдамида адабиётчилар баҳсидаги қандайдир мавҳумлик ёки бирёқлама-ликларни аниқлаштириб олиш мумкин, албатта.
«Адабиёт» сўзи «адаб»нинг кўплигидир. Сўз санъатининг мазкур алифбосини барча яхши билади. Азал-азалдан адабиёт одоб-ахлоқнинг такомилига, комил инсон маънавий қиёфасини юксалишига хизмат этган. Гарчанд кейинги йилларда бадиий адабиётнинг тарбиявий хусусиятига кам эътибор берилаётган бўлса-да, мазкур омилни сўз санъати негизидан ташқарида кўриш мумкин эмас. Эҳтимол, қандайдир асарларни тилга олиб, «бундаги воқеалар ибрати ёки қаҳрамонлар ҳаёти ўқувчида ҳаётга муҳаббат уйғотади» тарзидаги стереотиплардан холос бўлган ҳолда, бадиий адабиётнинг инсон руҳияти ва кайфиятини мавжуд бошқа реалликларга ҳам мослаштириши мумкинлиги вазифасини инобатга олмоқ жоиздир. Масалан, инсоннинг ўлимга муносабати. Ўлим ҳар қандай тирик махлуқ, жонли инсон бошига эртами-кечми келиб қўнадиган ҳодиса. Дунё яралгандан бери, Одам ота ва момо Ҳаво яралгандан буён ўлимдан ҳеч ким қочиб қутилган эмас. Зотан, инсоннинг бу ўткинчи дунёни бир кунмас-бир кун тарк этиб кетишлигига табиий кайфиятни, муносабатни, эҳтимол, адабиёт шакллантирмоғи лозимдир. Шахсан мен француз ёзувчиси Альбер Камюнинг «Бегона» асарини мутолаа қилганда ва айниқса, шарқ тасаввуф адабиётини ўқиганда, хусусан, Аҳмад Яссавий ҳикматлари мағзини чаққанда адабиётнинг «ҳаётга муҳаббат уйғотади» тарзидаги тарбиявий қийматидан ташқари «ўлимга кўникма ҳосил қилиш» тарзидаги хизмати борлигини ҳам ҳис этганман. Инчунун, бу алоҳида мавзу. Бу ўринда қодирийшуносликка алоқадорликда тарбиявий аҳамият хусусида сўз очилар экан, дунё илм-фанида адабий-фалсафий талқиннинг этик – одоб-ахлоқ йўналиши ҳам мавжудлигини эслаб ўтиш жоиздир. Моралистлар бадиий адабиётдаги инсон фазилати ва қусурлари билан боғлиқ ҳодисаларни тадқиқ этганлар, албатта. Масалан, Август Антонович Милтс исмли латиш профессори ўзининг «Виждон» номли мақоласида айни ахлоқий тушунчани адабий-фалсафий негизда тадқиқ этади. Унинг инсон ҳаётида нақадар муҳим ўрин тутишини таъкидлайди.[11]
Хайриддин Султонов айнан адиб романларини соф этик-эстетик нуқтаи-назардан талқин қилиб, «Андиша» номли махсус мақола ёзди. Жуда кўп олимлар илғамаган фазилатларни бир фокусга жамлади, маржондек бир ипга тизди. Зотан, Х.Султоновнинг айни мақоласи қодирийшуносликда, таъбир жоиз бўлса, айтиш мумкинки, кичик бир воқеа бўлди. Х.Султонов «Андиша» мақоласида шарқона ахлоқ мезонлари асосида Қодирий романларига назар ташлайди. Отабек, Анвар, Юсуфбек ҳожи, Кумушбиби ва Раъно сиймоларини бир-бир тадқиқ этади, улар табиатида собит иймонни, «инсон шарафининг гултожи бўлмиш андиша, ор-номус, уят каби муқаддас туйғуларни» кўради.
«Андиша, уят, ор-номус, виждон тушунчалари Қодирий романларининг маънавий устунларидир», дея ёзади муаллиф. Шунингдек, Х.Султонов Абдулла Қодирий романларининг умрбоқийлигини, жозибадорлигини таъминлайдиган баъзи унсурлар хусусида ижодий жараённи англаб, адибнинг бадиий сўзга ўта масъулият ва эҳтиёткорлик билан ёндашганлигини ҳис этган ҳолда кузатади. Бу кузатишларда жаҳон адабиётининг номдор вакиллари билан қуруқдан-қуруқ, номигагина қиёслашнинг ўзи йўқ. Фикрлар ҳам дунёнинг қайсидир бурчагидаги қандайдир бир ажнабий шахсларнинг асарларидан ўринли-ўринсиз қатма-қат кўчирмалар олинмасдан, камёб илмий атамалар атайлаб исроф қилинмасдан ифода этилади. Муҳими, муаллиф бизни ўзининг ноёб топилмаларига романларнинг ўзи орқали, матндаги сирланган нуқталар воситасида ишонтира олади. Ҳайратлантиради.
«Андиша»да «Ўткан кунлар» ва «Меҳробдан чаён»даги қаҳрамонлар андишасигина эмас, балки ўша машҳур қаҳрамонлар дунёсига кўчиб ўтган Абдулла Қодирийнинг инсон ва санъаткор сифатидаги юксак маънавияти юзасидан ҳам ғоят ўринли мулоҳазалар айтилган.
Х.Султоновнинг бу кузатишлари ва этик талқинларига қўшимча қилиб шуни таъкидлаш жоизки, Абдулла Қодирий бошқа ёзувчилардан ҳам айни юксак инсоний туйғу қонуниятлари асосида иш кўришни талаб этган эди. Хусусан, «Ёзғувчиларимизга» номли мақоласида адиб қуйидагиларни ёзади: «Аммо шу қалам олишдан илгари бир мунча андиша лозимдир; шошмаслик керак. «Шошган қиз эрга ёлчимас» мақолини балки эшитганингиз бордир. Ўн карра ўлчаб, бир мартаба кесмоқ яхши… Сўз сўйлашда ва улардан жумла тузишда узоқ андиша керак. Ёзувчининг ўзигина тушуниб, бошқаларнинг тушунмаслиги катта айб».[12]
Инчунун, андиша туйғуси, «ўн карра ўлчаб, бир марта кесмоқлик» ҳар қандай инсон учун, ҳар қандай қалам соҳиби ва айни пайтда адабиётшунос-талқинчилар учун ҳам жуда зарурдир.
Баъзан эстетик воқелик ҳис этилмасдан бадиий асар қаҳрамонларини гуруҳлаш, туркумлаш кўзга ташланиб қолади. Гоҳ ёзувчини алқаб, қаҳрамонни қоралаб, гоҳ санъатнинг мумтоз қоидаларини топтаб, қайсидир қаҳрамонларни оқлаб қалам сурилган ҳолатлар ҳам кузатилади. Яқин кечмишда муайян назарий метин қолипига айланган, анъанавий «ижобий» ва «салбий» сифатларни қўллашга бир оз истиҳола қилган ҳолда, уларнинг синонимларини қўллаб, эскича фикр, эскича талқинлар доирасида тентирашлар ҳам сезилади. Ҳолбуки, санъат-образли воқелик, рамзлар тилидир. «Унутилган тил»ни (Э.Фромм таъбири) қайта идрок этиш янгича тафаккур учун имконият остонаси ҳисобланади. Бадиий асар қаҳрамонларини қоралаш-оқлаш йўналиши «рамзлар тили»ни жўнлаштиради, камалакдек сержило санъатнинг юксак салоҳиятини тубанлаштиради.
Аслида талқинда умумназарий, ижтимоий-сиёсий омиллардан ташқари, адабиётшунос-талқинчининг индивидуал назари ҳам, шахсияти ва жинсияти ҳам муҳим аҳамият касб этади. Фикрий хилма-хиллик, сўз эркинлигига имконият юзага келган муҳитда бадиий асарларни янгича талқин қилишга эътибор кучаяди. Ҳатто адабиёт тарихида аниқ, реал илмий талқини, асар ғоясига, умумпафосига муносиб таҳлили мажуд бўлган ҳолатларда ҳам гоҳида, гарчи бир оз сунъийроқ туюлса-да, янгича фикр айтиш истаги пайдо бўлади. Бу истак меваси-ҳосиласи эҳтимол қандайдир эътирозга, баҳс-мунозарага ёки қўллаб-қувватлашлар ва «воқелик чегараларига ҳужум» эканини уқтиришга сабаб бўлиши ҳам мумкин.[13] Шу маънода Абдулла Қодирий ижоди юзасидан янгидан-янги талқинларнинг майдонга келишини, уларнинг тасдиқланиши ёки инкор этилишини, улар устида баҳс-мунозараларнинг авж олиниши илм оламидаги таибий ҳодиса сифатида қабул этмоқ жоиз. Зотан, адиб ижод боғидаги оғочларнинг илдизлари бақувват, мевалари тотлидир. Бу улуғ сўз неъматидан баҳрамандлик қалбга ширин безовталик олиб киради. Бу безовталик муайян фикр либосини кийгунча, фикр муайян шакл ва моҳият касб этгунча йиллар ўтади, ўйлашнинг адоғи кўринмайди, поэтик маъно чегараларига етиб борилмайди. Абдулла Қодирийнинг эстетик, руҳий дунёсига муносиб талқин ёзиш истаги кўнгилни тарк этмайди. Гоҳида бундай тадқиқотлар юзага ҳам келади.[14]
Вақт, замон тушунчаси муайян бутунликни, астрономик қаторни ташкил этади. Ижод аҳли тасвирлаётган воқеа-ҳодисаларининг ишончлилик қувватини ошириш учун шу астрономик вақтдан турли йўсинда ўз дунёқараши, маҳорати, фаҳм-фаросатига қараб фойдаланади. Бошқачароқ айтганда, бадиий асарда замон-вақт физикавий мазмундан адабий-фалсафий моҳиятига кўчади.
Абдулла Қодирий вақтдаги «Ўткан кунлар» мавҳумотини романнинг биринчи сатрларидаёқ парчалайди. Воқеалар саҳнага чиқаётган замон аломатини аниқ битиб қўяди: «1264-нчи ҳижрия, далв ойининг 17-нчиси, қишки кунларнинг бири, қуёш ботқан, теваракдан шом азони эшитиладир…».[15]
Кунлик воқеа-ҳодисалар тасвири-тавсифида ижод аҳли чексиз замоннинг айни парчасига жуда кўп мурожаат этадилар. Ва аксар ҳолатларда қуёшнинг чиқиши ва ботиши ёки соат милларининг югиришини вақт белгиси-аниқлиги учун илова қиладилар.
Қодирий романларида кунлик вақтнинг «қуёш ботқан», «саҳар пайти» ёки «бу кун соат ўн иккида…», «ҳозир соат кечки еттилар бўлиб қолган…», «кечки соат тўртларда…» тарзидаги ифодасини онда-сондагина кузатилади.
Гоҳо айни тарздаги ифода ёнида кичик бир изоҳ келади: «…қуёш ботқан, теваракдан шом азони эшитиладир», «саҳар вақти туриб чой ичдилар. Субҳ намозини ўқуб, арава қўшилди», «Кечки соат тўртлар, асрдан бир оз эртароқ ҳукумат аскари билан халқ орасида уруш бошланди…».
Вақт аломатининг ифодаси учун «шом азони» (шом вақти), «субҳ намози» (бомдод вақти), «асрдан бир оз эртароқ» (аср вақти) шаклидаги кичик бир изоҳ, аниқроқ қилиб айтганда, кунда фарз ўлароқ беш маҳал адо қилинадиган намоз вақтлари Абдулла Қодирий романлари хронотопида жуда юксак маъно касб этади; яъни адбий замоннинг поэтик тизими-қатори даражасига кўтарилади; деярлик ҳар доим кунлик вақт белгиси, тилшунослар таъбирича, пайт ҳолининг ифодасида намоз вақтлари асосий ўринни эгаллайди.[16]
Шунингдек, қодирийшуносликда адиб романларининг ўзидан кейинги авлод ёзувчилари ижодига таъсири масалалари ҳам янгича нуқтаи назардан талқин қилинди.[17]
Абдулла Қодирий ижоди юзасидан кейинги йилларда нашр қилинган энг муҳим ва жиддий асарлардан бири сифатида профессор У.Норматовнинг “Қодирий мўъжизаси” китобини кўрсатиш ўринлдир. У.Норматов бу китобида ёзувчининг асарларини ва архив ҳужжатларини, мавжуд илмий тадқиқотлар ҳамда биографик маълумотларни қайта назардан ўтказади. Абдулла Қодирий дунёсини, ҳам истеъдодли ижодкор, ҳам ўз замонасининг кишиси сифатидаги хусусиятларини теран талқин этади. Адиб дунёқараши шаклланган муҳит об-ҳавоси ҳароратига, таълим-тарбия масканларининг савиясига тўғри ташхис қўяди; бир қанча чигал масалаларга ойдинлик киритади. Олим муайян муаммо устида фикр юритар экан, бир қирғоқни ташлаб, иккинчи қирғоқни забт этиб «замона қаҳрамони»га айланишни хуш кўрмайди. Балки ўз талқинларида ижод психологиясини, инсон табиатига хос барча хусусият ва майлларни инобатга олади.[18]
Умуман олганда, мустақиллик йилларида майдонга келган янгича тафаккур ҳосилалари, янгича талқинлар ўзбек адабиётшунослиги тарихида, хусусан, қодирийшунослик соҳасида ўзининг жиддий изини қолдирди. Бу даврда эскича талқинлардан, қаҳрамонларни ижобий ва салбийга ажратиб таҳлил этишдан, талқинлардаги бирёқламаликлардан умуман воз кечилди.
Бадиий асарнинг поэтик моҳиятини, бадиий қийматини намоён этиш йўлида эстетик, этик талқинларга, тил ва услубни тадқиқ этишга, мавжуд адабий дурдоналарни ўзаро қиёслашга ҳам эътибор берилди.
Бу даврда Абдулла Қодирий асарларини макон ва замон нуқтаи назаридан ўрганиш, адабий таъсир ҳодисаларини талқин қилиш ҳамда романларни муайян маънавий-ахлоқий жиҳатларга боғлаб текшириш ҳам ўзининг ижобий самараларини берди.
Хуллас, эътироф этиш жоизки, ўзбек адабиётшунослигида илмий-назарий талқин бадиий асар моҳиятига яқинлашди. Буни Абдулла Қодирийга доир тадқиқотлар яққол кўрсатиб турибди.
Ulugʻbek Hamdam
Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.
1988-1993 yillarda ToshDU ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o‘qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko‘nyo shahrida taxsilni davom ettirgan. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet ozbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini oqigan.
1997 yilda "30-yillar ozbek sheriyatida "sof lirika" muammosi" (Oybek sherlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari - filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda "XX asr ozbek sheriyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009 yillarda Ozbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.
«Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) sheriy hamda «Yolgizlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004), «Sabo va Samandar», «Uzoqdagi Dilnura» (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar toplami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007).
U. Hamdam J. Rumiyning "Ichindagi ichindadir" (2001) va professor U. Turonning "Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi" nomli asarlarini turk tilidan o‘girgan.
HAMZA – YANGI O‘ZBЕK ADABIYOTI
ASOSCHILARIDAN BIRIMI?
Ulug‘bek Hamdam
Yangi adabiyot asoschilaridan biri bo‘lish uchun ijodkorga iste’dodli bo‘lib tug‘ilishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun u ijodkor sifatida omadli ham bolishi shart. Yani uning istedodi bilan davr ehtiyojlari bir-biriga muvofiq tushmogi kerak. Xuddi Dante, Navoiy, Pushkin zimmasiga tushgan omadli qismat yanglig. Shu manoda Hamza tolei kulgan ijodkor. U Behbudiy, Fitrat, Qodiriy va Cholpon bilan birga yangi ozbek adabiyoti tamal toshini qoyganlardan biridir. Nomlari zikr etilgan uluglarimiz butun bir millat oldiga davr yuklagan ulkan, kechiktirilmas muammolarni, avvalo, togri idrok etganlar, songra asosiylarini muvaffaqiyatli hal etganlar. Shunisi bilan ularning barchasi ijodkor sifatida juda ham omadlidirlar.
Ozbek adabiyoti keyingi 500 yil mobaynida chinakamiga ikki tub burilishni boshidan kechirdi. Birinchisi, Navoiy va Bobur davri ozbek (turkiy) adabiyot bilan bogliq bolsa, ikkinchisi, hech shubhasiz, jadidlar davri adabiyoti bilan bogliq burilishdir. Ehtimol, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cholponlarga nasib qilgan istedod kuchi Navoiy va Boburning dahosi bilan boylasha olmas, lekin ularning madaniyat, manaviyat, adabiyot, sanat va ilm sohasida amalga oshirgan ishlari buyuk salaflar xizmatidan aslo kam emas. Zero, jadid bobolarimiz oz zimmalariga davr yuklagan missiyani juda yuksak darajada ado etganlar. Behbudiy asosan mafkurada, Hamza dramada, Fitrat ilmda, Qodiriy nasrda, Cholpon esa sheriyatda ana shu ulug vazifani bekamu kost bajarganlar.
Akademik Naim Karimov yozadi: XX asr boshlarida tugilgan va shakllangan jadid adabiyoti oz oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qoydi va vazifani otash jarayonida shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bolmagan yangi adabiy tur va janrlar, tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi. Binobarin, bugungi, zamonaviy ozbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yolidan, jadidlar boshlab bergan qutlug yoldan rivojlanib borayotganligining oziyoq adabiyotimizda yuz bergan songgi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini korsatadi. XX va XXI asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy ozgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir boldi va bolmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz. Chunki tub burilish bolishi uchun istakning va hatto istedodning ozi yetmaydi. Buning uchun davrning qoynida yangilanish ehtiyoji paydo bolishi kerak. Behbudiy, Hamza, Fitrat, Qodiriy va Cholponlar ana shunday ehtiyoj tugilgan paytda dunyoga keldilar. Garchand ularning shaxsiy qismatlari fojiali yakun topgan esa-da, (birontasi oz ajali bilan olmagan, aksincha, yangi ozbek adabiyoti yolboshlovchilarining hammasi ayni ijodlari gullagan vaqtda qatagon qilingan!) nomlari zikr etilgan uluglar ijodkor sifatida chindan-da baxtlidirlar.
Hamza serqirra ijodkor. Umuman, serqirralik jadid ijodkorlarining aksariga xos. Hamza ulug dramaturg, Hamza anana va novatorlikni birlashtirgan shoir, Hamza boshlovchi nosir, Hamza otkir publitsist, Hamza mohir pedagog, Hamza milliy kompozitor, Hamza otashin notiq, Hamza rejissyor, Hamza teatr arbobi Bulardan tashqari, xalqimizning bu fidoyi ogloni yurtning kelajagi marifat, maorif, adabiyot, talim-tarbiya yolida amalga oshirgan ishlarining salmogi juda ogir tosh bosadi. Bu qutlug yolda Hamza molini ham, jonini ham ayamagan. Bu gaplar shunchaki chiroyli gaplar emas. Hamza va u kabi onlab ulug jadidlarimizning taqdir yollari chindan-da bugungi zamondosh insonni hayratga solishga qodir. Bu orinda biz Hamza ijodiy faoliyatining tort qirrasiga toxtalamiz, xolos. Bular Hamzaning drama, sheriyat, nasr hamda publitsistika sohalaridagi faoliyatidir.
Hamza dramaturgiyasi. XX asr avvalida ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangilanishlar asrlar davomida Sharq mumtoz adabiyoti ananalari ruhida taraqqiy etib kelayotgan ozbek adabiyotida dramatik turni paydo qildi. Dramaning tugilishi ozbek adabiyoti uchun xuddi roman janri kabi yangi hodisa edi. Hamza ana shu hodisaning boshida turdi va oz dramatik asarlari bilan ozbek dramaturgiyasiga asos soldi. Madomiki, soz shu masalaga kelib taqalgan ekan, Hamza va uning ozbek dramaturgiyasidagi orni masalasida bahsli qarashlar borligini aytish joiz. Xullas, masala qisqa va londa bayon qilinsa, shunday holga keladi: Mirmuhsin Shermuhamedov (Befarzand Ochildiboy, 1914 yil), Hamza (Yangi saodat yoxud Milliy roman, 1915) lar roman tajribasiga ilk marta qol urgan bolsa-da, ularning harakatlari bir tajriba, urinish darajasida qolgan edi. Qodiriy esa bir hamlada Otkan kunlar (1924) bilan roman janrining risoladagi talablariga javob beruvchi yirik nasriy asar yaratgan edi. Shuning uchun ham Qodiriy ozbek romanchiligining asoschisi deyiladi. Yoxud Navoiydan oldin Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiylar turkiy tilda ashor bitgani bilan bu tildagi ulug xizmatlari tufayli aynan Alisher Navoiyni ozbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi deymiz. Adabiyotshunoslik ilmining mana shu baholash mezonini dramaturgiya sohasiga tadbiq qilingudek bolsa, qarshimizda quyidagicha manzara qad rostlaydi: garchand Mahmudxoja Behbudiy Padarkush (1911) nomli 2,5 betlik pyesasi bilan ozbek adabiyotida pyesa yozib berishni boshlagan bolsa-da, dramaturgiyaning butun talablariga javob bera oladigan pyesalarni aynan Hamza Hakimzoda Niyoziy (Zaharli hayot (1916), Maysaraning ishi (1926), Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi (1927)ni yozdi. Bulardan tashqari, Burungi saylovlar, Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari, Qozining sirlari, El quzgunlari kabi 1921 va 1928 yillar orasida yozilgan katta-kichik dramalari mavjud. Bas, shunday ekan, Qodiriy ozbek romanchiligi asoschisi degan nomga qanchalik sazovor va haqli bolsa, Hamza ham ozbek dramaturgiyasi asoschisi degan unvonga shunchalar haqdor va munosib bolib korinadi. Albatta, ushbu masala yuzasidan mavjud faktlarni turli yosinda tahlilu talqin etib, bir-biriga qarama-qarshi xulosalarni ortaga tashlash mumkin. Ammo adabiyot ilmining baholash kriteriyalari hamma uchun bir xil bolishi adolatdan ekanligidan kelib chiqiladigan bolsa, Qodiriyga ravo korilgan adolat mezoni Hamzaga kelganda tavrini ozgartirmasligi lozim boladi. Albatta, bu jiddiy masalaning boshqa nozik jihatlari ham bolishi mumkin. Bunday jihatlar istisno qilinmaydi. Shuning uchun ham soha bilimdonlari ushbu bahstalab masala boyicha asosli, ilmiy mushohadalarini qaytadan ortaga tashlashsa, adabiyotshunoslik va dramaturgiya kesishgan nuqtadagi bitta muammoga oydinlik kiritilgan bolardi. Nima bolganda ham, hali dramaturgiyamizning ham amaliy, ham nazariy sahnasida amalga oshirilishi, hal etilishi kerak bolgan juda kop ishlar oldimizda turibdi. Bunga, jumladan, Hamzaning drama sohasidagi ota salmoqdor ijodi ham manba bolib xizmat qiladi.
Hamzaning 1916 va 1920 yillarda yozilgan Boy ila xizmatchi, Loshman fojialari, Fargona fojialari kabi asarlari yoqolgan. Faqat Loshman fojialarining Istibdod qurbonlari degan qismi hamda Boy ila xizmatchi dramasining afishasi saqlanib qolgan. Yaqin-yaqinlargacha teatrlarimizda qoyilib kelgan Boy ila xizmatchi dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun boyicha qayta tiklagan.
Hamzaning ozbek dramaturgiya sohasidagi faoliyatini qisqacha qilib, u oz davri xalq hayotini kozguga solib korsatib berishning uddasidan chiqdi, deyish mumkin. Bu esa, barcha zamonlar ijodkorining muqaddas orzusi hisoblanadi. Shuning uchun ham Hamzaning eng sara dramalari hozirgacha sahna yuzidan tushmay kelmoqda.
Bulardan tashqari, Hamzaning yana Haqiqat nima? degan asar yozganligi, lekin qolyozma nashr bolmay yoqolgani haqida malumot bor. Chunonchi, Shoirimiz Hamza Hakimzodaning qisqacha tarjimai holida Haqiqat nima? degan bir zor asar yozgon bolsada, tab ettira olmay yoqotgon degan malumot keladi. Bu haqda Hamzaning ozi Tarjimoi holida
eski podsholar turmushidan bir Haqiqat kimda? ismli havosiz operalik roman yozgan edim, ogurlatdim, bugunki, topilmaydir deb yozadi. Chunki zamon goyat algov-algovli edi. Hamzanig ozi ham goh maktab ochaman deb, goh xalq marifati yolida xizmat qilaman deb, goh teatr tashkil etaman deb doimo safarlarda yurgan, hayotning qaynoq quchogida oqimga qarshi xop suzgan. Binobarin, jadid ijodkorning oziga yarasha dost-dushmani kop bolgan. Boz ustiga, Hindiston, Makka, Madina, Shom, Beyrut bilan sayohat qilib, Stambulga oqishga kelgan bolsam ham
degan etiroflaridan Hamzaning bir qancha xorijiy mamlakatlarni kezib kelgani ham malum boladi. Bunday talotop va sayohatlarning ichida, tarafdor va raqiblarning davrasida osha asarning yoqolgani haqidagi malumot kishida shubha uygotmaydi.
Hamza sheriyati. Jadidlar sheriyatining yalovbardori Cholpon esada, Hamzaning tarjimai holi aynan sheriyatida koproq namoyon bolgan, deyish mumkin. Chunki sher mobil janr. Unda shoir imkon topdi deguncha qisqa vaqt ichida oz his-tuygularidan tortib, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, marifiy goyalarini birin-sirin qozozga tushirib qoyavergan. Chop-choplarning orasida aksar hollarda sherlarni qayta ishlash imkoni bolmaganidan mazmun va shakl mutanosibligi jihatidan qiyomiga yetmagan mashqlar koplab uchraydi. Qati nazar, Hamza sherlari uning bosib otgan yollaridan guvohlik berib turadi.
XX yuz yillik ibtidosida millatning tafakkur gullari marifatsizlikni yurtning eng ogriq nuqtalaridan biri deb bildilar. Shuning uchun ham ular istedodlarini elni oqimishli qilishga bagishladilar, bu yolda vaqtlari, kuchlari, mablaglari va hatto jonlarini ham ayamadilar. Ular xalqning marifatli bolishini yurt ravnaqi va millat taraqqiysining asosi, deb bildilar. Oqibat adabiyotda marifatli kishi obrazi paydo boldi. Avloniy, Sofizoda, Ibrat, Hamza, Fitrat, Cholpon kabi qator shoirlarning ijodida shu goya qayta-qayta ishlandi.
Uzun gapning qisqasi shuki, XX asr tongotarida Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cholpon tomonidan mafkura, ilm va adabiyot sohasida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati yuz yillarga emas, balki ming yillarga tatiydi. Chunki bugungi adabiyotimiz, teatrimiz va bu sohalar ilmi aynan ular asos solgan yoldan rivojlanib bormoqda. Ularning hurmatini joyiga qoyish, XX va XXI adabiyotiyu, teatrining sarchashmasi aynan yuqorida nomlari zikr etilgan bobolarimizning ijodlari ekanligini hamisha yodda tutishimiz siz bilan bizning ulug bobolarimizga nechogli munosib voris bolganimizni bildiradi. Shu manoda, adiblar xiyobonida Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy kabi uluglardan song aynan Behbudiy, Fitrat, Hamza, Qodiriy va Cholpon kabi jadid bobolarimizning haykallari qad rostlasa, bir tomoni, tarixiy haqiqat tiklanib, zamonaviy adabiyot va mumtoz adabiyot ortasiga koprik tashlagan,boshqa tomoni, hozirda bogni bezab turgan XX asrning zabardast ijodkorlari oz oldilariga kelib qo‘shilgan stozlarining davrasida qadlarini yanada adl tutgan bo‘lur edi.
Uzoq Joʻraqulov
1967 yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1998 yilda oʻzbek filologiyasi fakulteti “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” kafedrasida ilmiy xodim lavozimida faoliyat boshlagan. Hozirda OʻzMUdan ajralmagan holda, OʻzRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Adabiyot nazariyasi” boʻlimida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. “Fitratning tadqiqotchilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Yuzini yoʻqotgan odam” nomli kitoblari chop etilgan.
Ilmiy darajasi
Filologiya fanlari nomzodi
Umumiy maʼlumot
U. H. Joʻraqulov 1967 yil 1 yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tugʻilgan.
U. H. Joʻraqulov 1988 yilda, Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti kechki boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1994 yilda tugatgan. 1998 yilda “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” (10.01.03–Adabiyot tarixi; 10.01.08–Adabiyot nazariyasi) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.
Respublika matbuotida 100dan ortiq maqolasi eʼlon qilingan. 5ta kitobi nashr etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferinsiyalarda maʼruzalar qilgan.
U. H. Joʻraqulov jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, zamonaviy oʻzbek adabiyoti, adabiy tanqid, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.
Olgan taʼlimi va mehnat faoliyati
1985–1987 yy. – Harbiy xizmatda
1988–1994 yy. – Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻZMU) talabasi
1994–1997 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti aspiranti
1997–2004 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi katta oʻqituvchisi
2004–2013 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi dotsenti
12.2013 dan (25.12.2016gacha) OʻzMU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
2016 03.09-h. v. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi dotsenti
Hozirda qaysi fandan dars berayapti?
Badiiy tahlil asoslari.
Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi.
XX-XX1 asrlar adabiyoti.
Ilgari dars oʻtgan fanlari
Adabiyot nazariyasi.
Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi
Hozirgi adabiy jarayon
Rus adabiyoti tarixi
Jahon adabiyoti tarixi
Ilmiy faoliyati
Olib borgan ilmiy izlanishlari: jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, zamonaviy oʻzbek adabiyoti, adabiy tanqid, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.
v) Ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari roʻyxati:
Osoyish ayyomi. XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari. – T.: Fan, 2012. – B. 151-158.
Xos kalom xosiyati. Sharq yulduzi, 2013,3-son. – B. 129-132.
Koʻzgu siniqlari yoxud aytilmagan soʻz qudrati. Yoshlik, 2013,5-son. – B. 4-7.
XX asr jahon adabiyotshunosligi dargʻasi. Jahon adabiyoti, 2013, iyul. – B. 132-133.
Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida “yoʻl” va “tasodif” xronotopi. “XX1 asr – intellektual-innovatsion gʻoyalar asri”. Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallar. – T., 2014.
Ishq qismati shu azal-abad (A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”). Tafakkur jurnali, 2014,3-son. B. 262-263.
“Hayrat ul-abror”da yer va koinot tasviri. OʻzMU xabarlari jurnali, 2014,1/3-son. B. 54-61.
Mixail Baxtin kashfiyotlari. Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 142-151.
“Oʻtkan kunlar” romanidagi syujet poyetikasiga doir. Abdulla Qodiriy ijodining milliy gʻoya targʻiboti va barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli. Ilmiy maqolalar toʻplami.-T., 2014. B. 13-24.
El odami – Kavabata. Maʼnaviy hayot jurnali, 2014,3-son. B. 92-99.
Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. Tarjimon, soʻzboshi, sharh va izohlar muallifi U. Joʻraqulov. – T.: Akademnashr, 2015.12,15 b. t.
Mixail Baxtin kashfiyotlari. – Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 143-153.
Mangu bedorlik. Tafakkur jurnali, 2015,2-son. B. 74-81.
“Xamsa” janri muammosiga doir. “Alisher Navoiy “Xamsa”si va uning Sharq adabiyoti taraqqiyotidagi ulkan mavqei” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami, Samarqand: SamDU nashri, 2015.
Roman xronotopi masalasiga doir. TDPU ilmiy axborotlari jurnali, 2015, №1 (2). B 64-68-bet.
Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi matbaa-ijodiy uyi, 2015.22,25 b. t.
Komediyalar muarrixi. Oʻzbekiston matbuoti jurnali, 2016,3-son. B. 35-39.
“Hayrat ul-abror” va “Qutadgʻu bilig”. “Zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yangilanish tamoyillari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. – T., 2016. – B. 105-110.
Navoiyda “abror” istilohi. “Zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yangilanish tamoyillari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari.-T., 2016. B. 183-188.
Navoiyda “hayrat” tushunchasi. “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari.-T.: Tamaddun, 2016. B. 88-93.
Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv
Uslub ijodkor siyratining aks etishi. Siyrat ozlik, individuallik, hech kimnikiga oxshamaydigan asos. Istedod individuallikning tiniq korinishi, shaxs betakrorligining yorqin ifodasi. Istedodli shaxs boshqalar orasida ajralib turadi. Asrlar boyi shakllangan tartib, qonun-qoidalarga boysunavermaydi. Fojia shundaki, bazan tuzum, ijtimoiy mafkura istedodga qarshi chiqishi ham mumkin.
Malumki, adabiy tanqid ham fan, ham sanat. Tanqidchilik tarixida oz uslubiga ega, yorqin istedodli munaqqidlar kop bolgan. Mazkur faslda biz XX asrning ikkinchi yarmidagi ozbek tanqidchiligida iz qoldirgan, betakror uslubga ega bolgan ikki munaqqid - Matyoqub Qoshjonov (1918-2005) va Ozod Sharafidsinov (1929-2005) uslubi xususida fikr yuritishni lozim deb bildik. Birinchidan, mazkur munaqqidlar ijodida aksariyat tanqidchilarimizga xos xususiyatlar aks etgan. Ikkinchidan, munaqqidlar uslubi talqini avvalgi bob, fasllarda bildirgan fikrlarimizni toldiradi degan fikrdamiz.
Istedodli ijodkor faoliyatida dadillik diqqatni darhol jalb qiladi. «Oybek 1936 yilda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagishlangan ilmiy asarini yozib tugatdi, - deb yozadi Ozod Sharafiddanov. - Aytish kerakki, u vaqtlarda Navoiy haqidagi tasavvurlarimiz hali juda kambagal edi. Uning haqidagi malumotlar har xil manbalarda tarqoq holda yotar, qatiy bir sistemaga solinmagan edi... Oybek birinchi marta Navoiyning hayoti va ijodiga doir materiallarni qagiy sisgemaga soladi, ularga sinfiy pozitsiyadan yondashib, Alisher Navoiyning qiyofasini mukammal ochadi. Bu tadqiqotda Oybekning bilimi goyat chuqur ekani, fikrlash doirasi benihoya kengligi, murakkab va chigal masalalarni dadil qoya olishi aniq korinadi». Dadillik - masuliyatni his qilish. Masuliyat his qilinmas ekan, tanqidchilik ham, shoirlik ham ermak, shunchaki koyinmay, yurakni yondirmay yuraverishdir. «Meni eng kop ranjitadigan narsa shuki, bazan yosh tanqidchi zimmasidagi ulkan masuliyatni mutlaqo his qilmagan holda qoliga qalam oladi. - deb yozadi Ozod Sharafidsinov, - maqolasida esa asar hakida ham, yozuvchi haqida ham dabdurustdan esiga kelib qolgan gaplarni mulohaza qilib otirmay, yozib tashlayveradi. Holbuki, eng kichkina taqriz ham bosilib chiqqanidan keyin minglab, bazan yuz minglab nusxada tarqaydi. Demak, siz minglab odamga gap aytasiz, ularni boshqa ishlardan ajratib olib, ogzingizga qaratasiz».
Dadillik nafaqat tanqidchilik, balki badiiy adabiyotning, umuman, sanatning barcha turlari uchun zarurdir. Ozod Sharafiddinov «Sher kop, ammo shoir-chi?» maqolasida yozadi:
«Xosh, nega endi bugungi sheriyatimizda ortamiyonachilik kuchayib ketyapti? ... Nega sherlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?»
Menimcha, bu hodisaning bosh sababi «shoir» degai tushunchani tola anglab yetmaslikda. Nazarimda, kopgina yoshlarimiz shoirliqdan oson kasb yoq deb oylaydi, shekilli; vazn nimaligini, turoq qanday bolishini, qofiyalash hunarini organib olsang, oxshatish va majozlardan xabaring bolsa boldi, sher yozaverish mumkin». O. Sharafiddinov ijodkor uchun istedodning suv bilan havoday zarurligini takidlaydi, istedod «ichki nigoh» ekanligini soqir Gomer, kar Betxoven asarlari misolida isbotlaydi. Nihoyat, munaqqid istedodning zarurligini qayta-qayta takidlagach, «Shoirlik - hamisha etiqodliliqdir. Shoirlik - hamisha vijdonning uygoqligidir. Shoirlik - hamisha bezovtaliqdir. Shoirlik hamisha ulug masuliyatdir», - degan xulosaga keladi. Boshqacha aytganda, dadillik - ulug masuliyat, doimiy bezovtalik, yuksak etiqod.
XX asr ozbek tanqidchiligida dadillik namunasini korsatgan munaqqidlar kop. Lekin ular orasida Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Ozod Sharafidsinov, Matyoqub Qoshjonovlar alohida ajralib turadilar.
Ozod Sharafiddityuv «Xarakger badiiylik mezoni» maqolasida: «...xarakter yaratish masalasi badiiy adabiyotning eng murakkab va eng jumbokli vazifasidir. Jahon adabiyoti biri-biriga oxshamagai, biri-biridan mukammal rango-rang xarakterlarga nihoyatda boy... Turli tuman asarlarni tahlil qilib, ularda harakter qanday yaratilganini aniqlash mumkin, lekin uni qanday yaratish kerakligi haqida retsept berib bolmaydi»1, - deb yozadi. Otgan asrning 50-yillari oxirida ozbek adabiyotidagi badiiylik mezoni - xarakter muammosini teran tadqiq etish masuliyatini dadillik bilan oz zimmasiga olgan munaqqid paydo boldi. U Matyoqub Qoshjonov edi. Ozbek adabiyotida hamisha adabiiy xarakgerlar bolgan: asarni mukammal xarakgerlarsiz tasavvur etib bolmaydi. Matyoqub Qoshjonov faoliyati: xarakger masalasini badiiylikiing yuksak korinishi sifatida namoyon etdi. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslikning diqkati xarakger muammosiga jalb etildi.
Jahon xalqlari adabiyotshunosligida «xarakger» (karayuye) atamasi keng qollaniladi. Ingliz, nemis, yapon, turk adabiyotshunosligida xarakter masalasiga bagishlangan tadqiqotlar nihoyatda mol. Qolarversa, adabiyotshunoslik ilmining boshlanishidayoq Aristotel «Poetika» va boshqa asarlarida inson tabiati, uning badiiy ijodda aks etishi xarakter haqida toxtalingan edi.
Badiiy adabiyot qahramonini simvol (yunoncha «simvo- lon») deb atash ham umumlashgan. Ozbek adabiyotshunosligida «simvol», «ramz» sozlari teppa-teng qollanilaveradi. Turk adabiyotshunosligida adabiy qahramonni «simge» (simvol) deb atash odat tusiga kirgan.
XX asr ozbek adabiyotshunosligida adabiy qahramon ne-ne nomlar bilan atalmadi, deysiz?! Sotti Husayn «Otkan kunlar» ham otgan kunlar» taqriz - risolasida Abdulla Qodiriy qahramonlarini «suvrat» deb ataydi (Chunki, realistlar qahramonlariga suvratni ozlarining ahvol ruhiyatlariga qarata qabul qildiradilar. Abdulla Qodiriy turli suvratlar yaratadi. Ammo suvratlar ustida ozi fikr yurgizib baho qoya boradi»).
Vohid Zohidovning bazi asarlarida «sajiya» atamasi xarakter manosida qollaniladi.
Hozirgi adabiyotshunoslikda, xususan, maktab darsliklari, majmualarida «timsol» atamasi keng qollanilmoqda. «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugati»da (Toshkent-1984, II jild. 231-bet), «Farhangi zaboni tojik» (Moskva, «Sovetskgy ensiklopediya», 1969, II jidd, 363-bet) da timsol surat, naqsh, rasm manosini anglatishi aytilgan. Navoiy asarlari tili lugatini tuzganlar timsolning yana bir qancha manolarini keltiradilar.
Ozbek mumtoz adabiyotida qollanidgan tiynat (tinat) atamasi hozirgi adabiyotshunoslikka ham kirib kelmoqda. Alisher Navoiy adabiy qahramonga qarata «tiynati pokiza», «Ariq tiynatli» iboralarni qollaydi. «Farhangi zaboni tojik» «tiynag» fel, tabiat, sirisht, yaratilish manosini anglatishini bildiradi. «Tiynat» soziga «nihod», «fitrat» ham manodoshdir. Alisher Navoiy «nihod», «fitrat»ni tabiat, yaratilish manolarida qollaydi. Boshqacha aytganda, tiynat, nihod, fitrat sozlari, «ozlik», «asos», «ozak» manolarini anglatadi. Biz xarakter haqida gapirar ekanmiz, uning individual, betakror, oziga xos, yaratilishidayoq tabiiylik bolishligini nazarda tutamiz. Tiynat, figrat - xarakter asosi. ozagi, moyasi. Adabiy qahramonni «tiynat», «fitrat» iboralari bilan atasak, xarakterdagi «Ijtimoiy munosabatlar “jamuljami»ni diqqatdan soqit qilayotganday bolamiz. Aslida-ku, tiynat, fitrat iboralarida ham ijtimoiy munosabatlar birligi anglashiladi.
Xarakter insoniy muyaosabatlar yigindisi. Insoniy munosabatlar allaqanday, gayrishuuriy tanlov yoli bilan asosga, tiynatga yonalinib, kirib boradi. Aksariyat munosabatlar shunchaki, tiyiatdan tashqarida davom etaveradi. Tiynatga dahldor munosabatlar kam, ammo ulugvor boladi. Ota-onaga, yorga, dosti sodiqqa, farzandga munosabat tiynatga taalluqli bolishi mumkin. Xulosa shuki, ijtimoiy munosabatlar hamisha ichki harakatda, ozgarishda boladi. Bazi munosabatlar tiynatga kirib boradi, bazilar ozak, asosdan chiqib ketadi. Yashash zavqi shundaki, inson hamisha munosabatlarni qiyoslab, tanlab, baholab, saralab boradi. Tiynatga kirib boradigan munosabatlar insonni uluglaydi, ruhini yoritadi. Aksincha, munosabatlarning buzilishi, insonga ruhiy azob beradi, hatto shaxs sifatida yemirilishiga olib keladi. Demak, inson tabiatidagi munosabatlarda harakat, yashovchanlik ruhi bor.
Xarakterning asosi - ozlik, tiynat, afol, fitrat, «vatan ichra vatan»ni muqaddas xudbinlik, ruhiy-manaviy tashnalik nuqtasi, inson va insoniylik asrori, bezovta ruh maskani, tinib-tinchimagan xushyoqar ogriq makoni deyish joiz. Boshqacha aytganda, barcha ijtimoiy munosabatlar jamuljami hisoblangan xarakterning asosini ruhiy-manaviy qadriyat, ilohiy nemat belgilaydiki, bu haqda Imom Gazzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Immanuel Kant, Xeorg Xegel asarlarida yozilgan. Ekzis- tensializm talimoti namoyandalari, xususan, Jan Pol Sartr ham insonni, uning xarakgerini anglashda ananaviy qarashlarga suyanadi. Farq shundaki, ekzistensializm talimoti namoyandalari insonni anglashda ilohiy qarashni emas, ilmiy qarashni asos deb biladilar. «Inson qandaydir insoniy tabiat egasi, - deb yozadi Jan Pol Sartr. - Ana shu «insoniy» tushuncha hisoblangan insoniy tabiat hamma odamlarda bor. Bu esa har bir alohida inson faqat «inson» degan umumiy tushunchaning xususiy hodisasi ekanligini bildiradi. Kantdagi mana shu umumiylikka kora, yovvoyi odam - tabiiy inson ham, burjua ham bir xil tarif bilan izohlanadi, bir xildagi asosiy sifatlarga egadir. Binobarin, bu yerda ham inson mohiyati biz tabiatda uchratadigan uning tarixiy mavjudligidan oldinroq sodir bolgan ekan».
Mumtoz adabiyotda, XX asr adabiyotida xarakter mohiyatini bexato anglash uzluksiz davom etgani holda shoro adabiyotida xarakterni sayoz anglash va talqin qilish paydo boldi. Bunday nazariy chalkashlikning ildizi, avvalo Marks va Engels asarlarida korindi. K.Marks «Feyerbax togrisida tezislar»ining 6-bandida: «...insonning mohiyati ayrim individga xos bolgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir», - deb yozgan.
Shoro adabiyotshunoslitida, xususan, ozbek adabiyotshunosligida xarakter muammosi bir yoqlama - ijtimoiy munosabatlar majmuyi sifatida organildi. Matyoqub Qoshjonov tadqiqotlari yaratila boshlaganidan keyin ham xarakter haqidagi bir yoqlama fikrlarni aytish davom etdi. Bora-bora olimning maqolalari tilga tushdi, ilmiy-adabiy jamoatchilik diqqatini jalb etdi. Tanqidchi tilini uzun qilgan, jamoatchilik oldida obrosini oshirgan asosiy omil uning ilmi, mushohadasining kengligidir. «Yaxshi asarning xislatlarini korsatish uchun qay darajada did va mushohada kerak bolsa, zaif asarning nuqsonlarini korsatish uchun ham shu darajada, balkim undan ham otkirroq did va mushohada kerak boladi... Tanqidchi inkor qilib bolmaydigan dalillarga suyanishi kerak boladi, toki uning fikrlarini yozuvchi tan olsin, kitobxon ishonsin. Dalilsiz tanqid quruq safsatadan boshqa hech narsa emas», - deb yozadi M.Qoshjonov. Olimning ilk kitobi «Masterstvo izobrajeniya xarakgerov v romanax Aybeka» (1959) deb ataladi. Keyinchalik u «Hayot va mahorat» (1962), «Jizn, xarakteri, masterstvo» (1963), «Oybek mahorati» (1965) kitoblarini yaratdi. Bu asarlar ruhi, ularda kotarilgan muammolar, xususan, xarakter yaratish masalasi ozbek ada- biyotshunosligiga chuqur singib bordi. Yosh yozuvchilar, adabiyotshunosu tanqidchilar M.Qoshjonov qarashlari asosida xarakter yaratish muammosiga jiddiy etibor berib shakllana boshladilar.
Matyoqub Qoshjonovning ozbek tanqidchiligidagi katta xizmati shundaki, u sotsialistik realizm metodi, kommunistik mafkura adabiyot va adabiyotshunoslikda hukmron bolib turgan bir paytda adabiy jamoatchilik va yoshlar diqqatini ilm ozaniga yonaltirdi. Boshqacha aytganda, ilmiy qarash, fanniy tafakkur mafkuraviy, siyosiy qarashlardan ustun kela boshladi. Matyoqub Qoshjonov mafkura maydonining yetakchilari bilan ilmiy qarashlari sohasida ziddiyat, kurashga kirishmadi. Aksincha, olim Oybek romanlarini, xususan, «Qutlug qon»ni tahlil qilar ekan, Yolchining inqilobchi bolib yetishishi jarayonini kuzatadi. Olim tahlillari, kuzatishlari kitobxonni befarq qoldirmaydi. M.Qoshjonov «Navoiy» romanini talqin qilar ekan, ilmiy mantiqka, xarakter irodasi yonalishiga etibor qaratdi. Uning ilmiy uslubi sotsrealizm metodidagi adabiyotshunoslik - tanqidchilikka, sirtdan qaraganda, zid kelmas edi. Lekin adabiyot sohasidagi mafkurachilar M.Koshjonov qarashlarini qabul qilmas, ulardagi allaqanday ruh, asosga gashlik qilardilar. Jiddiy oylab korilsa, M.Qoshjonov na sotsrealizmga, na partiyaning adabiyot sohasidagi siyosatiga kor-korona qarshi chiqmasa-da, ilmiy mantiq, olimona iroda yonalishi bilan sotsrealizm, mafkura payini qirqib borar edi. Qizigi shundaki, M.Qoshjonov kommunistik partiya azosi sifatida shoro davridagi bosh yoldan chetga chiqmadi. Aksincha, uning maqola, kitoblarida partiya sezdi qarorlari, mafkuraviy davatlarga xayrixohlik bildirilar, rasmiy hujjat-maqolalardan iqtiboslar keltirilardi. Shubhasiz, M.Qoshjonov bu ishlarni atayin, yuqoridagilarga yoqish uchun qitmagan. M.Qoshjonovda ikki qarash ozaro kurashar, biri-birini yengishga intilar edi. Ulardan biri kommunist M.Qoshjonov qarashlari, bosib oggan hayot yoli. M.Qoshjonov yoshligidanoq yangi tuzum ruhida tarbiyalanadi, sovet maktabida oqidi. Xarakteri jangchi shinelida toblandi.
Matyoqub Qoshjonov mohiyati uning ilmiy qarashlari, olimlik olamida kozga tashlaiadi, Ilmiy haqiqatni ochishga intilar ekan, M.Qoshjonov fan mantiqiga, dalillar tahliliga beriladi. Ilmiy izchillik, tanqidchilikka sadoqat olimning mafkuraviy-partiyaviy qarashlaridan ustun keladi. Ilmiy faoliyatining asosi - xarakger yaratish muammosi uning oz tabatiga ham singab ketgan. M.Qoshjonov yarim asr davomida yuzlab maqolalar yozdi, maruzalar oqidi, ellikka yaqin kitob yozdi. Togri, hozir olim yarattan kitoblardagi hamma fikrlar, qarashlar beistisno zamonaga mos keladi deya olmaymiz. Lekin olimning xarakter haqidagi qarashlari, nazariy tadqiqotlari, bosh asarlarni fosh etib yozgan otli maqolalari hamon qiziqish bilan oqiladi.
Olim ijodini sinchiklab kuzatsangiz, qiziq holatlarga duch kelasiz. 50-60-yillarda M.Qoshjonov Oybek, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy roman, qissalaridagi asosiy xarakgerlarni tahlil qilgan bolsa, keyinchalik yetuk ozbek roman, qissalari poetikasini keng kolamda talqin qiladigan boldi. Mazkur ishlar asosida hamisha xarakterlar talqini masalasi turar edi. Olim xarakter muammosini turli rakurslardan yoritishga intildi: xarakterning barcha tomonlari, masalalarini ochdi. Nazarimizda, M.Qoshjonovning xarakgerni anglashdagi tushunchasi quyidagi tarifda oz ifodasini topganday: «Marksizm-leninizm talimoti shuni takidlaydiki, har bir shaxs ijtimoiy hayot mahsulidir. Bu shak-shubhasiz, aksioma. Ammo har qanday jamiyat ham har bir shaxs taqdirini oldindan belgilab qoymaydi. Har bir kishining ijtimoiy hayot negizidan, shuningdek, ozining individual xususiyatlaridan kelib chiqadigan, boshqalarnikini takror qilmaydigan, yaxshimi, yomonmi, ozining taqdiri, hayot yoli bor. Lekin ijtimoiy tuzum kishilar taqdirining mazmunini ozgartirib, malum bir yonalishga solib turadi». Mazkur tarif xarakter asosi-individual betakrorlik, tiynat, fitratni ham; xarakterda aks etadigan ijgimoiy munosabatlarni ham qamrab oladi, muhimi, sotsialistik realizm metodi adabiyotda hukmron bolgan davr ruhiga ham zid kelmaydi. M.Qoshjonov ishlarida sotsrealizm metodi ijodkor erkini cheklashidan zorlanish yoq. Ayni vaqtda, olim zinhor sotsrealizm metodiyu mafkuraviy cheklanish doirasida qolib ketmaydi: ilmiy izchillik, masala mohiyatiga kirish M.Qoshjonov tadqiqotlarining asosini belgilaydi. Olim Botaboy («Hukm» Said Ahmad), Yolchi («Qutlug qon» Oybek), Navoiy («Navoiy» Oybek), Saida («Sinchalak» A.Qahhor), Otabek va Kumush («Otkan kunlar» AQodiriy) xarakterini tahlil qiladimi, masala ildiziga kiradi-qahramon qalbining qaridagi asl xususiyatlarnn yuzaga olib chiqadi. Lekin olim mazkur qahramonlar xarakterining asosidagi iymon, insof, halollik, ozganing haqiga xiyonat qilmaslik singari fazilatlar asrlar davomida shakllanib borganligini roy-rost aytmaydi. Kitobxonda shunday fikr paydo boladiki, ijobiy qahramonlar! aslida yaxshi edilar, ular zinhor ozgarmaydilar. Yolchini Tantiboyvachcha bebiliska topilgan pulga orgatmoqchi boladi, Nuri norgul yigit Yolchini buzuqlik yoliga tortadi, lekin tabiati toza, iymoni butun Yolchi qingir yollarga zinhor burilmaydi. Muhimi, Yolchi Gulnorni Qora Ahmad panjasidan qutqarib olgach, qiz bilan yakka-yolgiz qoladi. Shu paytda ham Yolchini shayton yoldan urmaydi, u nafs rayiga erk bermaydi.
Sotsialistik realizm metodining mohiyati shunday ediki, u ijobiy fazilatlar yomonliklarga qarshi kurashda namoyon bolishini taqozo etardi. Yolchi, Navoiy, Saida singarilar mohiyati salbiy kuchlarga qarshi kurashda ochilmogi joiz edi. Mirzakarimboy, Husayn Boyqaro, Qalandarov singarilar ijobiy qahramonlarga nisbatan «charx» vazifasini otashlari yoxud salbiy tomonlari bilan korinishlari kerak edi. M.Qoshjonov talqinni shunday olib boradiki, kitobxon salbiy qahramonlar tabiatida insoniy fazilatlar, ornak boladigan tomonlar borligini his qila boradi.
M.Qoshjonovning xarakterni yoritishdagi oziga xosligi uchta masalada aniq kozga tashlanadi. Olim har bir asarida konkret vazifani belgilab oladi, Boshqacha aytganda, xarakgerni talqin qilishda yurilmagan «yolakcha»dan boradi. «Sinchalak» qissasini talqin qilishga kirishar ekan, munaqqid-olim aniq maqsadni belgalaydi: «Kishi psixologizmini yaratishda A.Qahhor ijodida yana bir muhim xususiyat bor. Bu kishi ichki dunyosining dialektikasini chizishdan iboratdir. Bu ijodiy uslub yozuvchining bazi bir hikoyalarida kozga tashlanadi. Uning «Sarob» romanida esa, bu uslub tendendiyasi kuchliroq seziladi. «Sinchalak» povestida bu holat oz kamolotiga erishdi». M.Qoshjonov «Sarob»ni ham, «Sinchalak»ni ham, ozi takidlaganiday, ichki dunyo dialektikasi nuqgai nazaridan talqin qiladi. Lekin «Sinchalak» talkinidagi ruhiy dunyo dialektikasini ochish oziga xos korinishda namoyon boladi. Tadqiqotchi mazkur tadqiqotida yozuvchi kechinmalarini qayta jonlantiradi yoxud kechinmadoshlik yolidan boradi.
Badiiy asarni oqish, aslida, uni ozi uchun qaytadan ijro etishdir. Kitobxon asardagi voqea, holatlar ishtirokchisiga aylanadi; qahramonlarni jonlantiradi, harakatga keltiradi, ularning gap-sozlarini eshitadi, ruhiy holatlarini ozida his etadi. B.Tomashevskiy aytishicha, «kitobni oqib» biz uni «ichki nutq» shakliga keltiramiz yoxud uni gapirtiramiz, ovoz holiga keltiramiz.
Kitobxon qalbi asar ijro etila boshlagan sahnaga aylandimi, bilingki, qahramonlar ham kitobxon inon- ixtiyoriga otgan hisoblanadi.
Badiiy asarni oqish, his qilish kitobxon-talqinchining yozuvchi olamiga kirib borishi jarayonidir. Oqish, his etish olam hamisha emas, olamning ichida turib fikrlashdir. Oqish-tadqinchining kechinmadoshlik holatidir. Boshqacha aytganda, badiiy asarni yaratishda yozuvchi ruhidan kechgan holatlar qayta jonlantiriladi. M.Qoshjonovning «Sinchalak» nomli tadqiqoti badiiy kechinmadoshlikning aniq qurinishidir. «Sinchadak» asarini yaratgan A.Qahhorni quyosh desak, «Sinchalak» tadqiqoti muallifini oyga tenglashtirish joiz: quyosh nuri oyga otyapti. Oyning oziga xos nuridan bahra oladiganlar qanchadan-qancha?!
Kechinmadoshlik - badiiy asar ruhini his etishdir. Badiiy asardagi voqea, hodisa, qahramonlar yodda saqlanadi, lekii asar ruhi uzoq saqlanmaydi. Kechinmadoshlik ruhini beruvchi talqinchi hamisha ozini matnga yaqin tutishi kerak boladi. M.Qoshjonov «Sinchalak» tadqiqotida qissadan koplab iqtiboslar keltiradi. Talqinchining «Sinchalak» matniga bot-bot murojaat qilishi kitobxonga malol kelmaydi. Aksincha, talqinchi qarashlari asar matni bilan koshilib, birlashib oziga xos manaviy-ruhiy ozuqa tayyorlaydi.
Matyoqub Qoshjonov ijodining betakror tomonidan yana biri shundaki, u hamisha badiiy matnni zaruriy ashyo deb biladi. «Qutlug qon», «Navoiy», «Sarob», «Otkan qunlar», «Dunyoning ishlari», hatto «Odam qanday toblandi» asarlari haqidagi taqriz-tadqiqotlarda matn tahlili yetakchilik qiladi. Matnga yaqin bolish - M.Qoshjonov asarlarining hayotiyligini, jozibasini belgilaydi. M.Qoshjonov nega sotsrealizm qonun-qoidalari doirasida qolib ketmadi, nega mafkuraviy davatlarga berilmadi? Olim hamisha jonli holat - badiiy matnga suyanib ish olib bordi. M.Qoshjonov yozishga emas, yozishdan oldingi holat - uqish, anglashga jiddiy etibor beradi. Nazarimda, M.Qoshjonov talqin qiladigan asarlari matnini yodlash darajasida ozlashtiradi.
«Munaqqidlik va adabiyotshunoslikka kirishimda ozimga yol tanladim deb oylayman. Moskvada oqigan paytlarimda matn ustida ishlashni ozimga shart qilib qoydim. Shu maqsadda asarni oqib, «asar» yaratishga urindim. Aksariyat hollarda biror hikoyani 1-2 marta oqiyman-da, kitobni yopib osha asarni qayta yozaman. Keyin asl matn bilan so- lishtiraman va yol qoygan kamchiliklarimni anglab olaman. Kamchiliklarimni hisobga olib ikkinchi marta yozishga otiraman va yana matnga solishtiraman. Konglim tolguncha bu jarayon davom qiladi. Shu yosinda matnga nisbatan muhabbat tuygusi shakllandi menda. Asarni tahlil qilganda asl manoga nisbatan har bir soz, har jumla, har bir tinish belgisining orni qay darajada ekanini anglaydigan boldim. Mening ilk bora «Zvezda Vostoka» jurnalida elon qilingan «Formirovaniye xaraktera» nomli maqolam shu uslubda yaratilgan. Hanuzgacha men shu uslubga sodiqman...
Men 50 yil davomida 40 ga yaqin kitob va risolalar, 500 ga yaqin maqolalar elon qildim. Umuman olganda, men ijodimdan qanoatlanaman... Menda qanoat hosil qilgan asarlarim asosan matn tahliliga bagishlangan».
Shoro davri ozbek tadqiqchiligida matnga beparvo munosabatda bolish avj oldi. M.Qoshjonovga oxshash bir necha tanqidchilar matnni uqish, tahlil qilishni muqaddas bildilar. Olim badiiylik darajasiga yetmagan matnlarni tahlil qilishda ham shijoat korsatdi. Matnning badiiy emasligini aytish uchun bilim, uquv, mahoratdan tashqari jasorat, fidoyilik bolishi kerak. M.Qoshjonov oz ijodi davomida qanchadan qancha matnlarning badiiy emasligini, emotsional tasirdan yiroq ekanligini roy-rost aytdi. Mana shunday vaziyatda tanqidchi uslubining asosiy xususiyatlari kozga yaqqol tashlanadi. Xosh ular nimalardan iborat? Birinchidan, tanqidchining dadilligi, masuliyat burchini teran his qilishi. Zaif asarni hamma, jumladan, tanqidchilar ham oqiydi. Lekin bazi tanqidchilargina zaif asarning ojizligini ochiq-oydin aytadi. Boshqacha aygganda, tanqidchi kora-bila turib ozini otga uradi, jangga kiradi. Yozuvchi ham odam, oz shani uchun kurashadi. Qolaversa, yaxshimi - yomonmi asar-yozuvchi farzandi. Hatgo qongiz bolasini oppogim, tipratikon yumshogim degan ekan. Tanqid qilingan asar muallifi tanqidchini oz dushmani deb biladi. Shunday ekan, jang maydoniga kirish, xudbinona oylaganda, oziga dushman orttirish kimga zarur? Tanqidchining asli haqiqatni dadil, roy-rost aygishi, jangovarligi bilan taniladi. Jangovarlik tanqidchining bosh belgisi emas. Shunday tan- qidchilar bolganki, jangovorligi bilan tanilgan bolsa-da, tanqid qilinayotgan asar haqida asosli fikr-mulohaza aytolmay mulzam bolgan. Matyoqub Koshjonov nafaqat jangga dadil kiradi, u raqibi kuragini yerga tekkazadi: shunday dalil, isbotlar keltiradiki, kitobxon asarning zaif ekanligiga ishonadi. Tanqid qilinayotgan asar muallifi, tilida bolmasa-da, dilida tanqidchiga tan beradi. Tanqidchini galabaga olib kelgan asosiy omil uning bilimi, mushohadasining kengligidir. M.Qoshjonov Yu.Shomansurning «Qora marvarid», Sayyoriing «Hulkar» qissalar topla- mini, Mirmuhsinning bir qancha asarlarini, Ibrohim Rahimning «Odam qanday toblandi» romanini asosli tanqid qilgan. I.Rahim romanining tanqidi uchun munaqqid garoyib usul tanlagan. U yozuvchini maydonga taklif qilgan, fikrlarini ochiq xat shaklida, betga aytganning zahri yoq qabilida ifoda etgan. Dalil sifatida M.Qoshjonovning «Davr talabi va ijod masuliyati» (Ibrohim Rahimga ochiq xat) maqolasidan kochirma keltiramiz:
«Siz suddan keyin uni («Odam qanday toblandi» romanining qahramoni Erkin haqida gap boryapta - A.R.) katta qurilishga ketayotgan yolovchilarga qoshib qoyasiz. Mana osha satrlar. «Orqamdan gruzovik keldi. Kuzovda besh-olti odam. Meni oz yonlariga taklif qilshdi. Qayoqqa borishlarini ham soramay ularga qoshilib oldim».
Nega yolovchilar uni taklif qilishdi? Yolda boshqalar ham bor edi-ku! Nega u surishtirmasdan mashinaga chiqadi? Nahotki uning uchun qayoqqa ketishning farqi bolmasa? Telba odamlargina shunday qilishi mumkin. Siz «qahramonning holati shunddy edi» dersiz. Unday bolsa, qani osha holat tasviri? Koramizki, qahramonning xatti-harakati uning ichki ruhiyasidan uzoqda. Siz uni GRES qurilishiga jonatmoqchisiz, uni yolga chiqardingiz, yuk mashinasini toxtatdingiz, ichidagi odamlarga taklif qildirdingiz, uni mashinaga chiqarib qoydingiz... Manzilga yetib borgach ham taklif qilganlar «biz bilan ishlayverasan...» deyishdi. U «eng shimarib ishga» tushadi. Qahramoningiz buncha oson кo‘nuvchan bo‘lmasa?!...».
Munaqqid nazariy lavhalar yaratadimi, adabiy sharhlar bitadimi, taqriz yozadimi, hamisha xarakter muammosini diqqat markazida tutadi. M. Qo‘shjonovda ziyrak odamlarga xos his etish (intuitsiya) tuyg‘usi kuchli. 70-yillarda u interpretatsiya talimoti kuchayayotganini his qildi, mano badiiy asardagi asosiy mohiyat ekanligini angladi. 1974 yilda yaratgan asarini «Mano va mezon», 1977 yilda chop etgirgan toplamini «Mohiyat va badiiyat» deb atadi. «Mano va mezon» kitobida. eng kop qollangan soz «mano»; «umuman mano izlab topish»; «katga mano baxsh etmasdan»; «qissalarda mano bordek sezilsa»; «Manoning shu xilda tarqoq bolishi ham manosizlikning bir korinishidir»; «Tarixdan ham mano izlash zarur»; «degan mano chiqarayotgandek boladi»; «shu manoda asar yaxshi niyat bilan yozilgan».
M.Qoshjonov mano haqida kop gapiradi-yu, fikrni talqinu baholashga emas, asar goyasiga keltirib boglaydi. Lekin bazan olimdagi ichki sezish talqinning muhim ozagini anglaydi:
«Demak, har bir asarga va har bir obrazning talqiniga konkret shu obraz manosi, umuman asar manosi, unda tasvirlanayotgan gozallik talabi nuqtai nazaridan yondashilsagina togri xulosa chiqarish mumkin».
Qarangki, XX asrning 70-yillarida M.Qoshjonov tolib-toshib ijod qilayotgan, tadqiqotlar yaratayotgan paytda Garbiy Yevropa, anglo-amerika adabiyotshunosligida retseptiv estetika, gsrmenevtika, aksiologiya, strukguralizm hakida yangidan-yangi nazariy-metodologik qarashlar taraqqiy etayotgan edi. M.Qoshjonov xorijdagi adabiyotshunoslik, estetikaning ilgor yutuqlaridan tola xabardor emas edi. Lekin u mano va mezon, qalb va qiyofa, matnda sozning orni, vazifasi haqida shunday qarashlarni bildirdiki, ular strukturalizm. ekzistensializm singari qarashlar bilan uygunlashib ketdi. Olimning bunday ziyrakligi, nazariy qarashlar ildizini kora bilishi uning oziga, ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga katta naf keltirdi. M.Qoshjonov oz kuchi, imkoniyatlarini yaxshi bilardi. U «Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasining 2002 yil 3 va. 10 maydagi sonlarida «Yelkam yer kormadi» maqolasida yangilikka intilish, ilmiy teranlikka yonalish hamishalik yoldoshi bolganini yozadi.
M.Qoshjonov usluban tarkibshunos (strukturalist) munaqqid edi. Ozining etiroficha, «matn tahlili, birinchidan, sozni his qilish, uning orni, vazifasi, mano yukini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, matn mohiyatini anglash - yozuvchi kechinmalarini qayta his qilish. Uchinchidan, matndagi soz, ohang, pafosni anglash - asar yutugi, kamchiliklarini aniq-tiniq korish kaliti.
M.Qoshjonov hayotining songgi 14 yili Mustaqillik davrida kechdi. Bu davrda u oz qalbini «Ozbekning ozligi», «A.Qodiriy - erksizlik kurboni», «Abdulla Oripov» singari ilmiy, «Dagish, Armon,Alam, Diydor singari asarlarida tolaligicha ifadalay oldi.
Istiqlol davri adabiy tanqidchiligining oziga xos xususiyatlari
Ozbekiston mustaqillikka erishgandan song barcha sohalarda erkin rivojlanish boshlandi. Bu hol ilm-fan, adabiyot va sanat taraqqiyotida ham oz ifodasini topdi. Shoro davri iskanjasidan va siyosatlashgan mafkura tazyiqidan qutilgan badiiy tafakkur erkin ijod yoliga otdi. Adabiy tanqid badiiy asarlarga milliy goya va umumbashariy mezonlar asosida baho bera boshladi. Ayni vaqtda, ana shunday yonalishlarda yangi asarlar yaratilishiga tasir korsatishni asosiy maqsad qilib qoydi.
Ozbek adabiy tanqidchiligi istiqlol yillariga kelib har tomonlama kolamdorlik kasb etdi. Badiiy asarga baho berish, yni jahon miqyosida tahlil etish ufqlari kengaydi. Ayniqsa ijd erkinligining, fikrlash ozodligining rivoj topishi adabiy-tanqidiy qarashlar salmogini oshirib yubordi. Munaqqidlik sohasida etuk olimlar faoliyat korsatdilar. Adabiy tanqidning barcha janrlarida barkamol asarlar maydonga keldi. Taniqli munaqqidlardan O. Sharafuddinov, N. karimov, U. Normatov, B. Nazarov, A. Rasulov, I.Haqqulov va boshqalar sermazmun asarlar yaratdilar. Istiqlol davri adabiy tanqidchiligi katta jarayonni hosil qiladi.
Mustaqillik davri ozbek tanqidchiligining istiqlol goyalariga esh ekanligi.
Tanqidchilikning yana bir xosiyati-milliyligidadir. Milliylik va baynalminallik dialektikasi hozirgi zamon badiiy tanqidchiligidagi ozak masalalardan biri sanaladi. Zero, sanatning milliy oziga xosligi va milliy harakter, umuminsoniylik dialektikasi, qardosh millatlar badiiy madaniyatlarining bir-biriga ozaro tasiri va bir-birini boyitishi hozirgi badiiy jarayonning botiniy estetik mohiyatiga tegishli jahonshumul muammolaridir. Chinakam xalqchil tanqidchilik bu muammolarii oz tahlilidan chetda qoldirmaydi. Chunki hozirgi badiiy jarayonning ozi milliy hayot va milliy ong estetik inikosi sifatida harakat qiladi.
Sotsialistik realizm metod haqidagi nazariy qarashlarning inqirozi. Tanqidchilik metodologiyasida yangilanishlar. «Boy ila xizmatchi», «Yolchi yulduz», «Jangchi Tursun», «Kokan», «Jontemir», «Zaynab va Omon» singari asarlarga xolis yondashuv. «Sarob» romani haqidagi bahs. Hamza, A.Qodiriy, Cholpon, Fitratlarning yangicha talqini, baholanishi.
Badiiy asarni baholashda mafkuraviylik, sinfiylik, partiyaviylik, soxta xalqchilik prinsiplaridan voz kechilishi.
Tanqidchilik uchun metodologik asos bolib kelgan eski talimotga oid prinsiplar ornini umumbashariy xolis meyorlar egallay boshlashi. Bu meyorlarning oz qadriyatlarimiz asosidagi milliy mezonlar bilan boyitilishi. Quron motivlari, Hadis talqinlari zamiridagi hamda Amir Temur shaxsi yoritilgan, otmishimiz, tariximizni badiiy aks ettirgan asarlarga munosabatda ozbek tanqidchiligi bashariy meyorlar bilan bir qatorda ozining mustaqil mezonlarini ham ortaga qoyishi.
Mustaqidlik davri ozbkek tanqidchiligining istiqlol goyalariga esh ekanligi.
Badiiy asarga biografik, tarixiy-funksional, ontologik, genetik yondashuvning kuchayishi. Biografik metodning tanqidchilikda keng qollanilishi.
Germenevtik, izox, sharx, talqin haqidagi yangicha qarashlar.
Aksiologaya baholash nazariyasi. A.Qodiriy, Cholpon, Gafur Gulom, Oybek, Zulfiya asarlarining yangi taxlillari.
Badiiy asarni talqin qilish, baholashda subektivlik muammosi.
Tanqidchilikda ijtimoiy taxlil qatori mikroanaliz, qiyosiy-tarixiy talqinning kuchayib borayotganligi.
Ozbek adabiy va tanqidchiligiga ilgor jahon adabiyoti va tanqidchiligi tasiri kuchayganligi. Badiiy adabiyotga Kafka, Kamyu; tanqidchilikka Baxtin, Ortegelar tasiri. Badiiy adabiyot xayotni realistik aks ettirib qoya qolmay ongdagi oqimni mukammal aks ettirishta intilishini, badiiy qahramon obrazini ochishda oziga xos izlanishlar paydo bolayotganini adabiy tanqid ham
mutanosib idrok etayotgani. Bu boradagi bahslar. Modrenizm, absurdizm, avangardizm, neorealizm, postmodrenizm, strukturalizm, ekzistensializm, singari oqim va tushunchalarga adabiy tanqid munosabati. Adabiy asarni anglash qonunyatlari retseptiv estetika haqida ozbek tanqidchiligidagi fikrlar. Yangi zamondagi yozuvchi, kitobxon, jamiyat aro uzviy uchlik boglanishi muammolari yangi ozbek tanqidchiligi talqinida. «Anglashning azobli yoli» (Q.Yoldoshev) singari maqolalardagi ozbek tanqidchiligining sifat ozgarishlari. Adabiy tanqid matnni oqish, uqish mashaqqatlari haqida. Ozbek adabiyotida paydo
Adabiy tanqid sanatkorning fikr doirasini kengaytirishga, mahoratining takomillashuviga komaklashmogi kerak. U estetika ananalarini rivojlantirish bilan birga goyaviy-badiiy jihatdan beriladigan baholarning aniq bolishini, estetik talabchanlikni chuqur ijtimoiy taxlil bilan, istedodga, uning samarali izlanishlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bolish bilan qoshib olib borishi kerak.
Adabiy tanqid shakllanish va rivojlanish jarayonita ega hodisa bolib, ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Bu jarayon mustaqillik yolida izlanayotgan ayni kunlarimizda ham oz kuchini saqlab qolayapti. Shu sababli tanqid tarixini organish faqat tarixiy-marifiy jihatdan emas, balki ijtimoiy-estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyatga molikdir: adabiy-badiiy tanqid tarixi saboqlari sanat va adabiyotning bugungi hamda ertangi taraqqiyoti vazifalari va yollarini tayinlashga yordam beradi. Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika ananalarini rivojlantirish vazifalari turadi. Demak, tanqid: 1) ijtimoiy hayotda ham; 2) ijodkor faoliyatida ham; 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham oz orniga ega. U: a) ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarni; b) ijodkorlarning ilgor qarashlarini, v) kitobxonning istak-mulohazalarini aks ettiradi, sanatning oz-ozini anglash shakli sifatida korinadi, muayyan davr estetik tafakkurining umumiy va ichki rivojlanish qonuniyatlarini oydinlashtiradi.
Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi insonni va uni orab olgan voqelikni badiiy tasvirlash vositasida komil insonni tarbiyalashdan iborat. Binobarin, adabiy tanqidning vazifasi ham komil inson harakterini, uning estetik didini tarbiyalashga qaratilgan boladi. Zero, Belinskiy takidlaganidek, "adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir. "Hukm qiluvchi tanqid bilan, hukm qilinuvchi adabiyotning mazmuni birdir".
Adabiy tanqid "harakatdagi estetika"dir. Adabiy tanqid adabiyot hodisalarini, adabiy asarlarni tahlil qiladi, ularga baho berar ekan, ozining bir qancha xususiyatlarini kashf eta boradi. Ilgor adabiy tanqid har doim: 1) badiiy asarlarni keng targib etishga; 2)kitobxonlarning estetik didi va zavqini oshirishga; 3) soz sanatkorlarining ijodiy takomiliga xizmat qiladi.
V.G. Belinskiy adabiy tanqid va ijtimoiy fikr ortasidagi aloqani kozda tutib, haqqoniy tanqid hamisha jamiyatning oy va orzularini ifodalaydi, deya etirof etgan edi.
Tanqid, yuqorida qayd etilganidek, ayrim paytlarda oz davri uchun tamoman yangi bolgan haqiqatlarni kashf etib, oz davrining sanat va adabiyoti rivojida yangi bosqichning boshlanishiga asos solishi mumkin. Ammo bu hodisa. Belinskyning tabiri bilan aytganda, "buyuk va nodir hodisadir".
Tanqidning yana bir xususiyati - uning publitsistika bilan chambarchas aloqadorligidadir. Joriy adabiy jarayonning hodisalarini va badiiy ijodning ayrim asarlarini tahlil etib, ularning qimmatini keng ommaga tushuntirib berishga va ommaning estetik didini tarbiyalashga moljallangan tanqid oz oquvchisiga matbuot-jurnal va gazetalar orqali murojaat etadi. Bu, ayniqsa, xalq va uning adabiyoti tarixida boshlanayotgan yangi davrlarga oiddir. XIX asrning birinchi yarmida Belinskiy: "Tanqid allaqachon bizning ommaning (oquvchilar va tomoshabinlar ommasining) ehtiyoji bolib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tanqid va bibliografiya bolimisiz yashay olmaydi", -deb yozgan edi. Bu hol hamma madaniy xalqlar tarixi, shu jumladan, keyingi davrlarda Orta Osiyo xalqlari tarixidagi dalillar bilan ham tasdiq etiladi. Shuni esda tutish kerakki, tanqidning adabiyotshunosliqdan uning mustaqil qismi sifatida ajralib chiqishi qator xalqlarda, asosan, XIX asrning ikkinchi choragida sodir boldi. Hatto Belinskiy zamonasida ham, jumladan, uning asarlarida adabiyotshunoslik kopincha bir butun hodisa sifatida maydonga chiqqan.
Ozbekistonda esa tanqid ilk bor mahalliy matbuotning yuzaga kelishiga aloqador holda XIX asrning songgi choragida kurtak ota boshlaganliti malum haqiqatdir.
Tanqidning obrazliligi oziga xos xususiyati bolib, ilmiy-tahliliy mazmunga singgan holda namoyon boladi. Yozuvchi oz qarashlarini, orzu-istaklarini obrazlar vositasida qalbining "dardi", his-hayajoni bilan oquvchilar ommasiga yetkaesa, asosiy maqsad qilib oquvchilar ruhiy olamiga, ruhiyatiga tasir qilishni nazarda tutsa, adabiy tanqidchi oz fikr-muloxazalarini va qarashlarini izchil mantiq vositasida muntazam va aniq bayon qilish yoli bilan ommaga yetkazadi, asosiy maqsad qilib kitobxon aqliga tasir qilishni nazarda tutadi. Binobarin, tanqidchi badiiy asarlarni baholash jarayonida shu asar tufayli qalbida tugilgan his-hayajonni ifodalab berishi lozim.
Xudda shu nuqtada adabiy tanqidning oziga xos ilm va sanat ekanligi kozga tashlanadi: tanqidchi ilmiy tafakkuriga, mantiqiga oz badiiy tafakkurini boysundirgandagina ularning ozaro dialektik birligini taminlagandagina oz vazifasini bajarishga qodir boladi. Chunki, his-hayajon va obrazlilik bilan charxlangan fikr sovuqqon, hissiz fikrga nisbatan oquvchida kuchli ishonch hosil qiladi va hayajon bilan qabul qilinadi.
Tanqidchi obrazli fikrlashi kerak, lekin obrazli fikrlash ilmiy fikrlashga boysunishi va bu tabiiy kechishi shart. Bunda tanqiddagi obrazlilikni adabiyotdagi obrazlilik tushunchasiga tenglashtirmaslik, badiiy tafakkurni ilmiy tafakkurdan yuqori qoymaslik lozim. Aytaylik, rus yozuvchisi Ye.Vinokurov: "Men adabiy-tanqidiy maqolalar toplamini roman kabi oqishni xohlardim", deganida shu tamoyilni yoqlagandek korinadi. Tanqidchi, albatta, obrazli fikrlashga haqli, obrazli fikrlashi shart ham, biroq obrazli tafakkur ilmiy tafakkurga boysunishi va tabiiy bolmogi lozim.
Tanqidchi badiiy adabiyot asarini tekshirishda ikki meyorga tayanib ish koradi: birinchi olchov-real hayot, ikkinchisi - estetik qonunlar, bular obektiv dunyo demokratiyasidir. Shu ikki meyorga- hayot haknqati va estetika qonunlariga binoan asar tekshirilganidagina uning ijtimoiy-estetik qimmatini chinakam ilmiy asosda belgilash imkoni barqarorlashadi.
Tanqidchilikning yana bir xosiyati- milliyligidadir. Milliylik va baynalminallik dialektikasi hozirgi zamon badiiy tanqidchiligidagi ozak masalalardan biri sanaladi. Zero, sanatning milliy oziga xosligi va milliy harakter, umuminsoniylik dialektikasi, qardosh millatlar badiiy madaniyatlarining bir-biriga ozaro tasiri va bir-birini boyitishi hozirgi badiiy jarayonning botiniy estetik mohiyatiga tegishli jahonshumul muammolaridir. Chinakam xalqchil tanqidchilik bu muammolarii oz tahlilidan chetda qoldirmaydi. Chunki hozirgi badiiy jarayonning ozi milliy hayot va milliy ong estetik inikosi sifatida harakat qiladi.
Xullas, tanqidchilikning tor manoda tushunilgan bevosita tadqiqot obekti milliy-badiiy jarayondir. Jarayonning baynalminal va milliy qirralari bolib, bu uning badiiy dialektikasida zuhur etadi. Zero, milliyliksiz haqiqiy badiiy inikosning, chinakam badiiy obrazning, chinakam badiiy adabiyotning bolishi mumkin emas.
Adabiy-badiiy tanqid jahon miqyosida amal qilayotgan baynalminal hodisadir. Ozbek tanqidchiligining jahon miqyosiga kotarilish uchun tinmay izlanayotganligi ijobiy xususiyatlaridan biridir.
Adabiy tanqid tor adabiy mavzular doirasida oralashib qolmasligi va umumestetik mezonlarni yoqotib qoymasligi uchun adabiy jarayonning yetakchi tamoyillarini tinmay kuzatib turishi, u yoki bu yozuvchining ijodiy portretiga xos qirralarni, ijodiy yoliga xos xususiyatlarni yoritishi, badiiy asarni hozirgi davrning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-manaviy muammolari doirasida tahlil etishi kerak.
Adabiyotning hozirgi muammolari, goyalari va qahramonlarini tarixiylik tamoyili asosida qay darajada aks ettirayotgani tanqidning diqqat markazida turishi va u badiiy asarning goyaviy-estetik tahliliga shu nuqtai nazardan yondashuvi lozim.
Tanqidiy fikr qanchalik haqqoniy va talabchan bolsa, hozirgi adabiyotimizning muhim masalalarini qanchalik dadillik bilan kotarsa - uning mavqei shunchalik kuchli, natijasi esa shunchalik samarali boladi. Fidoyi munaqqidlarning erkin fikr borasidagi chiqishlari yozuvchilarni ham yangi mazmundagi asarlar yozishga chorladi,milliy istiqlol goyalariga hamohang asar yaratish,tarixu madaniyatimizga ehtirom tuygusini oshirishga etibor kuchaygani hammaga malum. Shu xildagi xolis talabchanlikka sugorilgan chiqishlar hozirgi kunlarda mustaqillik goyalarini mustahkamlash manaviy-estetik ehtiyojga aylangan bir sharoitda, ayniqsa, avj olishi kerak. Shundagina adabiy tanqidchilik ilmiy-estetik hodisa sifatida istiqlolni kuylovchi adabiyotimizning taraqqiyotiga yanada samaraliroq tasir korsatajak.
Istiqlol davri tanqididagi yangilanish tamoyillari keng qamrovli bolib,unda yangilanayotgan metodologik asoslarni chuqur anglash, adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish jarayoni hamda omillarini organish, madaniy merosni,xususan, XX asr ozbek adabiyotini qayta baholash yuzasidan adabiy jarayonda kechgan izlanishlarni turli yondashuv va usullar asosida organishni kasb etish,masalaga milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashish tamoyillarini ozlashtirish ,ayni chogda adabiy jarayondagi xilma xil shakl,uslub izlanishlarini badiiylikning yangicha mezonlari asosida tadqiq etish muhim masalaga aylandi.
Mustaqillik davrida badiiy adabiyotning estetik tamoyillari ozgardi. Mustaqillik adabiyoti degan atama paydo boldi. Yangicha ifoda usullari, yangicha shakllar, dunyoni idrok etishning yangi yonalishlari adiblar ijodiy faoliyatlariga tadbiq etilmoqda. Biroq ana shunday rang-barang asarlar g’oyaviy mazmunining asosini milliy mafkura, milliy g’urur muxtasar aytganda milliylik tashkil etishi darkor (1999 7 may № 9. “O’zAS”). Zotan, bugun zamon o’zgardi, ijtimoiy, siyosiy vaziyat ozgardi. Yangi jamiyat qurildi. Kechagi salbiy qahramon bugun ijobiy qahramonga aylandi. Kechagi ijobiy qahramon esa salbiy bolib qoldi. Biroq adabiyot rivojlanishdan toxtab qolgan emas. Yangi-yangi romanlar paydo bolayapti. Bundan keyin milliy nasrimizdagi tamoyillar, uning uslublari qay darajada rivojlanishi kerak? Mazmun har bir yozuvchining oz ixtiyorida, lekin ozbek nasrining sanat yoli qayoqqa qarab ketayapti? Adabiyotimizdagi mahorat masalasi, sanatkorlik masalasi qanday? Bugun biz mana shu masalalarni tahlil etishga, ana shu savollarga javob berishimiz lozim. Adabiyotshunos Qozoqboy Yoldoshevning takidlashicha adabiyot bozorga moslashib bormoqda, bozorbop badiiy mahsulotlar koplab yaratilayotgani, milliy adabiyotimizda sarguzasht, sirli voqyealarni tasvirlashga moyillik kuchayib borayapti. Adabiyot-adabiyotga davogardir. Adib esa betizgin vaqtni tizginlashga urinadigan zot. Birgina 1998 yilda hikoyalarga nisbatan qissalar koproq yozildi. 1998 yilda on sakkizta qissa chop etilgan. Osha qissalarning yettitasi sof detektiv janrda, yana torttasida shunday unsurlar yetakchilik qiladi. Inson tuygularini tadqiq qilishga, uning taqdiridagi murakkabliklarni mahorat bilan korsatishga erishilgan qissalar juda oz.
Shu narsani ham alohida qayd etish lozimki, istiqlol davri adabiyoti istiqloldan keyin paydo bolgan, deb qarash unchalar togri emas. Bu davr adabiyoti qanchalar galati korinmasin, istiqloldan oldinroq shakllana boshlagan va muayyan darajada mustaqilligimizning amalga oshishiga ham tasir korsatgan, deyish mumkin. Chunki millat miqyosida roy bergan har qanday ijtimoiy hodisa avval millatning ruhida, shuurida, tafakkurida sodir boladi va songgina kelajakka aylanadi. Milliy ruhiyatdagi evrilishlar esa malumki, adabiyotda boy korsatadi. Shu manoda istiqlol davri mustaqillik adabiyotining mevasi sifatida paydo boldi, deyish ham mumkin (OzAS, 2000 yil 4 avgust). Mashrab Boboyevning takidlashicha, bugunning qahramoni ham har bir davrning qahramoni singari inson, jonli inson bolishi kerak. Shorolar davridagi qishloq hayotidan yoz, sanoatni yoz, degan mafkuraviy yoriqlar yoq. Mana shu yoriqlar juda kop hollarda yozuvchilarimizni yoldan adashtirgan, ular zamon talabiga javob beraman, deb suniy qahramonlar siymosini chizgan edi. Endi, yana takrorlanmaydi, zamon ozgardi. Biroq, Inson, jonli inson siymosini chizar ekanmiz, baribir, uning qay millat, qanday yurt, qaysi davrga mansub ekanini unutmasligimiz lozim. Mustaqillik tuygusi, yurtni ezozlash, yurtga fidoyilik tuygusi har bir qahramonning etiboriga aylanishi kerak. Shu orinda yana bir narsani aytib otish zarurati bor. Men kopgina asarlarda qahramonlar muallifning topshirigini bajarib, u chizib bergan chiziqdan chiqmay, demakki, suniy harakat qilishini kuzatganman. Qahramon ozi tabiiy harakat qilsin, biz buni qogozga tushiraylik. Qahramon ozini Mustaqil Ozbekiston fuqarosi sifatida tutsin, uni libosidangina emas, yuragidan, madaniyatli, muomilasidan ham ozbek sifatida taniylik. Toir Islomov: Bugungi adabiy-tanqidning asosiy vazifasi bugunning qahramonini payqashda, kopchilik ichidan ajrata bilishda, deb biroz kesatiqli tarzda bugunning qahramoni kim? degan savolga javob beradi: Eshikdan kirib kelgan bemorning hamyoniga emas, dardiga etibor qilgan shifokor, operasiya lozim taqdirda avval haq masalasini hal qilishni oylab otirmay ishga kirishadigan jarroh bugungi kunning qahramoni. Tarozidan urmagan, birni onga pullayotgan insofli tijoratchi bugunning qahramoni. Katta ishda ham, mayda ishda ham qonun ustuvorligini birday turib himoya qila oladigan qozi yoki mirshab, muruvvatli, sahovatli bobodehqon, oz mansabini suiistemol qilmaydigan, fuqarolar manfaatidan koz yummaydigan hokim, kocha-kuylarimizga kork baxsh etadigan muhtasham binolarni, yangi avtomobillar va samolyotlarni yaratayotgan ishchi-muhandislar, qoyadigan bahosiga pul olmaslikni jasorat emas, hayot tarzi deb his etuvchi oliy maktab mualliflari bugunning qahramoni... (OzAS 2000 yil 7 iyul). Mustaqillik davri adabiyotida N.Eshonqul, Salomat Vafo, Nemat Arslonov, Sotiboldi Topiboldiyev, Jamila Ergasheva kabi modern usulida asar bitayotgan adiblarning ham oz orni bor. Endilikda moderncha adabiyotga ishtiyoq va did ham oquvchilarda tez shakllanib borayotganligini ham alohida qayd etish lozim boladi. Modernizm dastlab X1X asr avvalida Garbiy Ovropa zaminida paydo boldi. U Garb kishisi ruhiyatida roy bergan manaviy inqirozning adabiyot va sanatdagi aks-sadosi degan qarashlar ham eshitilib qoladi.
Kafka, Joys va M.Prust singari bu yolning daholari bor. Modernizm jahonni zabt etdi, realizm goyo eskirdi, degan qarashlar ham, bahsli munozaralar ham bolib turibdi. Mas, Suvon Meli (OzAS, 2000 18 avgust). Chunki, zamon, dunyo evrildi, faqat manguliklar yashab qolishiga ishondik. Xullas, Ovrupa realizmidan ham uzoqlashib, boshqacha, yani donishmandona bir adabiyotga yetishamiz. Mohiyat, maqsad aniq, magzi tola adabiyot yaratiladi. Bu esa osha Chor darvish, Sadiyning Guliston, Boston, Faxriddin Attorning Mantiq ut-tayr va boshqa klassiklarimizning yolini davom ettiradigan adabiyot boladi. Rasul Gamzatovda Mahorat, sen qanisan, qaylarda qolding? Senga yetishguncha yemirilib boldim degan bir sher bor. Ha, shoir aytgandek mahorat doimo adabiy tanqidchilikning bosh mavzusi bolib qolaveradi. Sh.Xolmirzayevning fikricha: 70 yillik shorolar davrining oz qonuniyatlari, oz yonalishlari bor edi. Osha vaqtdagi asarlar ham boshqacha bolishi kerak edi... Shunisi qiziqki, u adiblar adabiyotning bosh mavzui inson ekanligini tushunishmadi. Bosh mavzu mafkura deb bildilar. Vohalanki, Sharq adabiyotida komil inson tushunchasi bor. Bugungi kunda biz, bizdan keyingi avlod, mana shu narsani anglab, miyaga quyib olish kerakki, oshalarning shunday bolishi sabablarini tahlil etib, teran tushunib, demak, undan kerakli xulosalar qilish lozim. Ha, kelajakda ozbek adabiyotida garoyib asarlar paydo boladi. Ular, shubhasiz, toxtab qolgan Abdulla Qodiriy prozasiga yaqin proza boladi. Men ishonamanki, oddiy hikoyalardan kora hikoyatlar ustun keladi. Rivoyat tariqasidagi hikoyalar ustun boladi. 1998 yilda Mirjamid Zokirovning Sizdan chiqqan chaqmoqlar, Normurod Norqobilovning Uvlayotgan it, Ulugbek Abdulvahobning Yolgizlik, Shoyim Botayevning Shorodan qolgan odamlar, Nazar Eshonqulning Tun panjalari qissalarini, Said Ahmadning Qorakoz Majnun, Ahmad Azamning Gozallikning qirralari hikoyalari badiiy jihatdan ancha pishiq hikoyalar sifatida talqin etildi. Shuningdek, Isajon Sulton, Abduqayum Yoldoshev, Shodiqul Hamroyev, Luqmon Borixon kabi yosh hikoyanavistlar ijodi ham diqqatga sazovordir. 1998 yilda koplab romonlar yozildi. Yoldosh Sulaymonning Armon, Abduqahhor Ibrohimovning Uyqu kelmas kechalar, Omon Muxtorning Maydon, Murodjon Mansurning Judolik diyori, Asad Dilmurodning Mahmud Tarobiy, Fano dashtidagi qush, Nemat Arslonning Mavhumot, Uygun Roziyevning Atirgul romanlari shular jumlasidandir. Umuman, mustaqillik davrida yozilgan romanlarning ifoda jihatidan, uslubiy-shakliy oziga xosliklari jihatidan rang-barang ekanligi kishini quvontiradi. Masalan, Omon Muxtor romanlarining yangicha mushohada tarzi, ramziylikning quyuqligi, tilning oziga xosligi bilan etiborni jalb etadi. Asad Dilmurodning Fano dashtidagi qush romani milliy dunyoqarashning, badiiy tafakkurning ildizlarini eslatishi bilan, Zarbulmasalga xos yangicha ifoda yonalishi bilan diqqatga sazovor. Mustaqillik davrida jahon miqyosidagi taraqqiyotga erishdik deb bong orayotganlar ham yoq emas. ...Xolis tanqid bolishi kerak. Va undan ranjish shaxsiyatparastlik va kuchsizlikning ayni ozidir. Ammo mening fikrimcha, noorin talqinlar qanchalik tanqid qilinmasin, orinli talqinga aylana qolmaydi. Qoldan kelsa, yangi talqin, yangi tadqiqotlarni amalga oshiraverish lozim (I.Haqqul. «Meros, mohiyat va talqinlar, OzAS. 16 may, 20-son). Biz oz tariximizning shorolar davrini yakunlab, yangi mustaqillik davriga qadam qoydik. Bu insoniyat tarixining navbatdagi bir asri oxiriga togri keldi: biz ota mafkuralashgan eski dunyo bilan, boshqa ilgor mamlakatlar ancha avval tark etgan totalitar tuzum bilan xayrlashdik. Va bozor iqtisodi, deb atalayotgan ota moddiylashtirilgan, hatto xayolni, orzu-istakni goyalashtirish odati oz ornini endilikda moddiylashtirish bilan almashtirila boshlandi. Bu jarayonning yutuq va kamchiliklari bor. Davr ozgardi, kecha buyuk deb yurgan kishini bugun bazan buyuk deyishga ham uyalasan (O.Muxtor). Biz Sharq va Garb orasida turgan buyuk mamlakatmiz. XX1 asrda ozbek adabiyoti bularning ikkisini ham anglab yetgan holda yuksaklikka kotariladi, deb oylayman. Hozir adabiyot Garb va Sharqqa bolingan, bir-biriga oxshamagan ikki ohangda faoliyatini davom ettirib kelayotgandek! Buning ustiga otayotgan asr bizni biroz majruh qilib qoygan edi. Bugungi oddiy kitobxon emas, duppa-durust ziyolilarimiz ham bazan otmish shoirlarimiz gazalini deysizmi, baxshilarimiz toqib qoldirgan xalq dostonlariga deysizmi!-tishlari otmay turishadi. Xolbuki, oz otmish madaniyatimizdan, ayniqsa, rivoyatlar, ertaklar, eski ozbek nasri namunalaridan uzilgan holda kelajak adabiyoti yaratilishi mumkinmi... Adabiyotshunos Yoldosh Solijonov Yozuvchi gazetasining 2000 yil 10 avgust sonida elon qilingan Tuygular musavviri maqolasida talantli shoir Farida Afrozning ijodi haqida shunday yozadi: Uygoq ruhning teran nigohi bilan dunyoni anglab, inson qalbini, dardini tushunib, oziniki, deb bilgan shoiraning sherlarini jongina oqish mumkin emas:
Bu kunlar ham ganimat,
Qorlar bahor bitmoqda.
Kelsa, bahor omonat,
Otsa, umr otmoqda.
Kel, ey mening mensizim,- deya pokiza muhabbatni soginib, soginchlari tolqinlantirayotgan qalb nolalarini faqat toliqib, joshib oqish mumkin. Shoiraning Sochlarimni rayhon opdi, Sen osiysan, men noshukur, Nadomat sherlari kitobxonning mudroq tuygularini uygota boshlaydi, sof muhabbatni soginib, qadriga yetib yashashga, ozlikni, haqiqatni anglashga chorlaydi. Beixtiyor kongilga sezdirmay nozik chertib otadi. Farida Afroz tuygulari uygoqligini inson tirikligining mezoni, deb biladi. Adabiyotshunos Matnazar Abdulhakimning Lahzadagi mangulik (OzAS, 1 yanvar, 2001 yil) maqolasi ham adabiyotshunoslik tarixi, ayniqsa, navoiyshunoslik bobida malum darajada yangicha tashlangan qadam boldi. Maqolada kechmish ming yillikning ulug siymolaridan hazrat Navoiyning vaqt haqidagi poetik mulohazalari bilan oquvchi oshno qilinadi. Alisher Navoiy inson umrining otkinchi ekanligini takidlarkan, sherxonni yelib borayotgan vaqtni ezozlashga davat etadi. Hamsada shunday baytlar bor:
Soqol oqi olumga peshiravdur,
Yigitlik maysasi uzra qiravdur.
Ani uzmoq yigit bolmoq gamida.
Soqol yulmoq erur oz motamida.
Ikki uchni yulub yuz aylagan resh
Topar besh-olti kundin song on-on besh.
Shoir raqamlar tadriji bilan takidlayotgan mano-otayotgan vaqtga bizning bogliqligimiz, bizni yana ham faolroq bolishga, fanoga erishmakka, yani umrning otkinchiligini anglab, boqiy qoladigan ishlarni amalga oshirmoqqa davat. Bu haqda u gapiribgina qolmasdan, betimsol bir ibrat namunalarini ham korsatib ketgan. A.Navoiy hatto Ollohdan Vaqtni otkazmay turishini iltijo qiladi, Jondin seni kop sevarmen, ey umri aziz ruboyisida. Umuman, M.Abdulhakimning mazkur maqolasi Navoiy haqida hali aytilmagan yangi fikrlarga boyligi bilan ajralib turadi. Umuman, ananaviy bir qolipdagi shorolar adabiyotini inkor qilish va yaratilajak yangi adabiyotga umidvorlik kayfiyati nafaqat bizda, balki boshqa xalqlar adabiyotida ham mavjud edi. Rus yozuvchisi Ye.Dobrenko shunday yozadi: Asr songgida hamisha eski adabiyotning tanazulli va yangi adabiyot haqida gapirayapti. Biroq tanazzul ham, yangi adabiyot ham bolmaydi. Faqat kurashlar jarayoni bor, xolos. Istiqlol adabiyotining qanday bolishi kerakligi haqida boshlangan bahs 1993-1995-yillar orasida bir oz susaygan bolsa-da, songgi uch yil ichida yana shiddatli tus oldi. Bu jarayonni Ozbekiston adabiyoti va sanati gazetasi muntazam yoritib bordi. Ayniqsa Bahs rukni ostida berilgan munozarali maqolalar, undan keyinroq tashkil etilgan Jarayon ruknidagi yoshlarning erkin chiqishlari bugungi tanqid va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolarini hal etishda muhim ahamiyatga egadir. Bahslarda hozirgi ijobiy jarayonda yuzaga kelgan turli xil janrlarga xos badiiy asarlarni qanday tamoyillarga asoslanib tahlil qilishdan tortib, adabiyotning bosh mezoni nima bolish kerakligi, matndagi shakl va mazmun uygunligi masalalariga aniqlik kiritish imkon qadar yoritildi. Unda yosh ijodkorlar va munaqqidlar faol ishtirok etdilar. Buni Umarali Normatov shunday izohlaydi : Avvalida Bahsni yangilikka chanqoq yoshlar davom ettirdi, tajribali ustozlar, munaqqidlar sukut saqlab turdilar, ochigi, ular bunaqa kutilmagan, keskin janglarga tayyor emasliklarini sezdirib qoydilar. Jamiyat hayotining, adabiy tafakkurning keskin burilishi, yangilanish, tozarishni umumjahon adabiy meyorlaridan kelib chiqish bunyod etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bahs va Jarayon ruknlari ostida elon qilingan maqolalarni kozdan kechirar ekanmiz, ularning mazmuni va salmoqi balandligining guvohi bolamiz. Taniqli adabiyotshunos ustoz olimlar O.Sharafiddinovning Inson yol izlaydi, U.Normatovning Adabiyot jarayonidagi garoyib robitalar, Tafakkurning tozarishi, Bahs bahsga chorlaydi, Norboy Xudoyberganovning Sirlar kopu, saboqlarchi?, Ijodiy fikrlash mevalari, Yombi boru, ammo?, Tanqiddan tonamizmi? N.Karimovning Zamin va zamon, H.Abdusamatovning Yangi zamon va yangi adabiyot maqolalari qatorida bugungi adabiy jarayonda ozlarining keskin va dadil chiqishlari bilan faol ishtirok etayotgan yosh munaqqidlardan R.Qochqorning Assalom, erkin ijodiy ruh, Sen tanqidni soginmadingmi?, U.Abdulvahobning Yangi manzil - Inson, Zamonaviylik va tag qatlam , R.Rahmatning Sifat darajalari, Kongilsiz inson ijodkormi?, S.Melining Bu maydon yoxud badiiylik qonuni, Tanqidchiligimizning kelajagi yaxshi bolishiga umid bor, A.Ulugovning Sozga munosabat, A.Yoqubning Omma adabiyoti, Arxiv mulkiga aylandi kabi maqolalarida Istiqlol adabiyotining kelajagi ijoddagi badiiy sozning mislsiz qadru qimmati, inson ruhiyatidagi cheksizliklarni va ziddiyatlarni ochib berishda, mustaqillik ruhi bilan yogrilgan ijodiy erkinlik haqidagi turli xil qarashlar oz ifodasini topgan. Biz maqolalarning har biriga toxtalib otish imkoniyati yoqligi tufayli mazmuni va mohiyati yaqinligiga qarab ularni muayyan turkumlarga ajratib oldikki, bu ishimizga aniqlik kiritadi, deb oylaymiz. Malumki, adabiyotda umuminsoniylik tamoyili yetakchi orinni egallaydi. Shu bois yangi asr adabiyoti ham insonni tushunish, uning ruhiy dunyosi, qalb kechinmalari, aqliy faoliyati, turmush tarzi, orzu-umidlarini badiiy ifodalash adabiyoti boladi. Bir guruh mualliflar oz maqolalarida istiqlol adabiyotida inson jumbogini, uning sir-sinoati, murakkabliklari, muqaddasligi va notavonligi, olijanobligi va xudbinligi, gunohi va savobini badiiy obrazlar orqali yoritishni ilgari suradi. U.Normatovning Gozal inson madhi, M.Qarshiboyning Haq gapning ozi kifoya emas maqolalarini bunga misol qilish mumkin. Hozirgi adabiy jarayonda oz fikr-mulohazalari bilan qatnashayotgan mualliflar, U.Abdulvahob iborasi bilan aytganda, goyo bir manzilga turli yollardan kelayotgan kishilarni eslatadi, manzil esa-Inson. Inson jumbogi haqida astoydil bosh qotirish yetakchi tamoyillarning asosiy vazifasiga aylanmoqda. Istiqlol adabiyotida yana bir muhim tamoyil - badiiylikdir. Chunki insonning teran manaviy olami badiiy obrazlar orqali oz aksini topadi. Biz yuqorida adabiyotimizda Sozga, badiiy Sozga munosabat ozgarganligini takidlagan edik. Bahsda ishtirok etganlarning aksariyati badiiylikning yetakchi tamoyil sifatida muhim orin egallashini asoslashga harakat qilishgan. Bu orinda Ya.Qosimning Erkin ijod va ijod erkinligi, J.Eshonqulning Ommaviylik mezon emas kabi maqolalarini alohida takidlash joiz. Dunyoda avval ham, hozir ham minglab asarlar yoziladi, kitoblar kashf etiladi. Lekin faqat bir qismigina yashab qoladi. Demak, yaratilajak adabiy asarlarni beshafqat saralaydigan bir kuch, qonun bor. U hyech kimga boysunmaydi, na shohga, na gadoga. Bu - badiiylik qonunidir deb yozadi S.Meli. Istiqlol adabiyoti tamoyillari haqida gapirar ekanmiz, unda milliylik ham muhim mezon ekanligini unutmasligimiz kerak. Zero, badiiylik faqat milliy shaklda voqye boladi. Ayniqsa, adabiyotimiz kelajakda jahon miqyosiga chiqib, oz ornini topganda ham milliy oziga xoslikni inkor etaydi. O.Sharofiddinovning 20-30-yillar jadid adabiyoti, R.Rahmatning Xazina, B.Rozimuhammadning Uygonish fasli kabi maqolalarda adabiyotning milliyligi haqidagi oziga xos qarashlarni kuzatish mumkin. Bahs-munozaralarda, shuningdek, mustaqillik adabiyotida tarixiylik, xalqchillik, mafkuraviylik tamoyillari ham oz aksini topishi haqida fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, adabiyotda yangilikdan sekin-asta aniq tamoyilga aylanib borayotgan absurd adabiyotiga xos talqinlarning paydo bolishi qizgin tortishuvlarga sabab bolmoqda. Birov bunga XX asr garb adabiyotining tasiri, deb qarasa, boshqa birov yangilik sifatida qarab garb adabiyotiga taqlid, demoqda; yana kimdir bu tamoyil adabiyotimiz uchun yangilik emasligini, bu korinishlar mumtoz adabiyotimizdan otgan meros, deb takidlamoqda.
Xullas, asrimiz songgida yangi asr bosagasida adabiy hayotdagi yangiliklar, ular atrofidagi munozaralar, bir-birini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi qarashlarning bolishi tabiiy hol va ayni paytda soglom tarixiy-madaniy jarayondir. Zero, yangi asr adabiyoti qanday bolishi otmish va bugunning saboqlari bilan belgilanadi. XXI asr ozbek adabiyoti tom manoda erkin adabiyot boladi,-deydi Suvon Meli (OzAS, 1999 yil 1 yanvar). Chunki u mustaqil millat va mustaqil mamlakat adabiyoti. U xalqimiz, boshqa xalqlar va davrlar yaratgan bilim va tajribani oziga singdirib, erishilgan barcha badiiy yutuqlardan ijobiy foydalangan holda, otgan davr adabiyoti yol qoygan xato va kamchiliklarni aylanib otib, milliy manaviyatimizga mos, oziga xos badiiy ijod yolidan boradi. Milliy manaviyatga asoslangan tom manodagi realistik adabiyot boladi. XXI asr adabiyotida kurash, menimcha, haqiqiy istedod bilan chala istedod, tom manodagi badiiylik bilan badiiynoma asarlar orasida kechadi. Badiiy adabiyot ozining tub mohiyati bilan ijtimoiy hodisa. Yakka shaxs yaratadigan, lekin kopchilikka moljallangan xalqona. Shu tufayli u jamiyatning ruhiy atmosferasi bilan chambarchas boqliq. Jamiyatga ijtimoiy ideal kerak. Prezidentimiz tomonidan tashlangan Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari shioridagi kuchli jamiyatning yetakchi belgisi, oz ijtimoiy idealiga ega bolishidir. Ijtimoiy ideal misoli mayoq bolib, jamiyat qayoqqa va qanday maqsadda qadam otishida goyaviy mafkuraviy va manaviy-ruhiy yol korsatib turishi lozim. Ijtimoiy ideal zaruriyati shunda. Badiiy adabiyot ijtimoiy idealga muhtoj. Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar risolasida ilgari surilgan davatlar mohiyatini xalqimiz, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish, istiqlol mafkurasi, milliy etiqodni shakllantiruvchi asosiy manbaga aylantirish bugun bizning bosh maqsadimiz bolmogi kerak. Negaki, millatimiz, xalqimizning yangi asrdagi taraqqiyot yoli bizning mana shu jarayonning nechogli faol ishtirokchisi bolishimiz, binobarin, yangi asrning uygoq vijdonli ijodkori bola olishimiz orqali ruyobga chiqadi. Biz XX asrda Qodiriy nasri sehridan bahramand boldik. Cholpon, G.Gulom, Mirtemir sheriyatining toza mavjlaridan hayratlanib yashadik. Oltmishinchi va yetmishinchi yillar sheriyatidagi erk va ozodlikka tashnalik ruhi, bu davrning dilbar poeziyasi XXI asr oquvchisining ham manaviy mulki bolib qolishi shubhasizdir.
Adabiy tanqid keng qamrovli soha.Unda har bir ijodkor oz dastxatini qoldirishga intiladi. Munaqqid faoliyati halollik, shijoat, qanoat, sinchkovlikni talab etadi.Badiiy asarni xolis baholash, manolar qatini ochish tanqidchiga katta masuliyat yuklaydi.U badiiy asarni uqib,satrlar qariga teran nigoh tashlasagina maqsadiga erishadi.Adabiy asarni anglash qonuniyatlari retseptiv estetika haqidagi talimotga rioya etishni talab qiladi. Yangi zamondagi yozuvchi, kitobxon, jamiyat aro uzviy uchlik boglanishi muammolari yangi ozbek tanqidchiligi talqinida. «Anglashning azobli yoli» (Q.Yoldoshev) singari maqolalardagi ozbek tanqidchiligining sifat ozgarishlari. Adabiy tanqid matnni oqish, uqish mashaqqatlari haqida. Ozbek adabiyotida paydo bolgan modern asarlar haqidagi maqola, sharh, taqrizlar. X.Dostmuhammad, N.Eshonqul, Faxriyor, B.Rozimuhammad, P.Qodirov, B.Sarimsoqov, U.Normatov maqolalari.
U.Normatov taqdirida Ozbekiston Milliy universiteti.
Deyarli yarim asrlik ozbek adabiy jarayonida U.Normatovning sistemali ravishda oldingi safdagi faol tanqidchilardan biri ekani. Malumot, dalil, materialni misqollab yigish, uni umumlashtirish, analizdan sintezga, sintezdan analizga otish U.Normatov uslubining yetakchi xususiyati. Hikoya, qissa, roman, lirik sher, ballada, poema singari janrlar takomilini organishdagi U.Normatov roli. Olim maqolalari, tadqiqotlaridagi shakliy, janraviy rang-barangliklar... taqriz, maqola, diolog, baxs, maktub, oy-mulohoza, suhbat shakllarining keng qollanilishi. Munaqqidning ijodkorlar bilan suhbatlari: Uning Said Ahmad, Nazir Safarov, Hamid Gulom, Mirmuhsin, Asqad Muxtor, Shuhrat, Rahmat Fayziy, P.Qodirov, O.Yoqubov, E.Vohidov, Sh.Xolmirzayev, X.Toxtaboyev, O.Hoshimov bilan qurgan suhbat-maqolalari tarkibi, tartibi. Suhbat-maqolada munaqqid va yozuvchi obrazi. Adabiy jarayondagi tezkor maqolalar asosida jamoatchiligimizda simpatiya-antipatiyalarning namoyon bolishi. U.Normatovning Mahmud Nurmatov, Usmon Azimov bilan suhbat «jangi» namoyon boluvchi yozuvchi, faylasuf, tanqidchining ijodiy harakteri. U.Normatov maqola, taqrizlarida kelgusidagi yirik muammoviy tadqiqotlarning qiyofa-mohiyati zohir bolishi. Hikoya janridagi asarlar haqida yaratilgan onlab taqrizlaridan shu janr
kamoloti izchil organilgan asarlarning yetishib chiqishi. M.Qoshjonov bilan hammualiflikdagi «Mahorat sirlari» (1968), «Janr imkoniyatlariya» (1970)kitoblari. U.Normatovnint 70- yillardagi maqolalarida shu davr adabiyotining tarakkiyot tamoyillari organilishi. Olimning «Nasrimiz ufqlari» (1974), «Nasrimiz avanalari» (1978) kitoblarida ozbek adabiyotining turli davrlar va boshqa xalqlar adabiyoti bilan qiyosiy tadqiq etilishi.
U.Normatovning «Said Ahmad» (1979), «Shuhrat», «Gozallik bilan uchrashuv» (1976), Mirmuhsin haqidagi «Ijodning qosh qanoti» adabiy portreti, «Talant tarbiyasi» (1680) asarlarida 80-yillar ozbek adabiyotidagi mahorat muammolarining yoritilishi.
Milliy istiqlol yillarida U.Normatov ijodi yangi bosqichga kotarilganligi. «Umidbaxsh tamoyillar» (2000), «Qalb inqilobi», «Tafakkur yogdusi» (2005) kitoblarida milliy mustaqillik davri adabiyotining yetakchi tamoyillari tahlil etilishi.
U.Normatovnin A.Qodiriy, A.Qahhor ijodi haqidagi «Qodiriy bogi» (1995), «Qahhorni anglash mashaqqati» (2000) kitoblarida bu sanatkorlar ijodiga yangicha yondashuvlar. Ushbu asarlarni shu adiblar ijodi haqida avvalgi bosqichlarda yaratilgan tadqiqotlar bilan qiyosiy organish.
Songgi yillarda U.Normatov maqolalarida modern oqim, absurd yonalishdagi asarlar tadqiqi. Modern adabiyot haqidagi U.Normatov qarashlariga tanqidchilikning munosabati.
U.Normatovning adabiy-tanqidiy tafakkur haqidagi qarashlari. Munaqqid uslubi.
N.Karimovning yangi ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchilikdagi orni. Hamid Olimjon mahorati haqidagi dastlabki maqolalari deyarli 50 yil davomida N.Karimov diqqat markazida bolgan muammolar tasnifi va ularning munaqqid tomonidan organilish tadriji.
N.Karimov qarashlarida sheriyatdagi badiiylikning ichki qonuniyatlari, badiiy shakl muammolari. «Hamid Olimjon» (Shoir hayoti va ijodidan lavhalar) (1979) asarida badiiy asarning yaratilish tarixi va ijodkor biografiyasi bilan mustahkam aloqadorlikda organilishi. 1). H.Olimjon hayotining muhim voqealarn, 2). Shoir fitratini yoritib beruvchi kozgular. 3). Ijodkor hayoti va dunyoqarashining qaltis nuqtalari tanqidchi transformatsiyasida tahlil materialiga aylanadi.
N.Karimovning «Urushdan keyingi davr ozbek sovet adabiyoti»
(1982) nomli tadqiqotida davr adabiyotining yutuq va kamchiliklari xolis organilishi. Adabiyotshunosning «Ozbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslublar rang-barangligi» 1983) toplamidagi Sahiy istedod sohibi, Sheriy shakllar va uslubiy yonalishlar maqollarida badiiy asarning nazariy muammolari bilan aloqadorlikda tadqiq etilishi. N.Karimov Oybek hayti, ijodi, asarlari tarixini organuvchi yirik mutaxassis. «Oybek» (1985), «Ilhom chashmasining ajib mavjlari» (1982), «Oybek va Zarifa» (2005) asarlarida olimnint Oybek hayoti, ijodining biografik metod asosida organinsh mahorati. Olimning 20 jildlik Oybek mukammal asarlar toplamini nashr etishdagi xizmatlari.
Qatagon qilingan yozuvchilar hayoti va ijodining organishda N.Karimovning orni va roli. Uning bu yonalishdagi publistik faoliyati. «Usmon Nosir» (1993), «Usmon Nosirning songgi kunlari» (1994) asarining ozbek adabiyotshunosligidagi orni.
H.Olimjon, Oybek, U.Nosir haqidagi asarlar misolida ozbek adabiyotida ajoyib kishilar hayoti, turmushdagi singari biografik ilmiy-badiiy janrga asos solinishi. Bu asarlarga ilmiy va badiiy-estetik fikrlash uygunligi.
N.Karimovning Cholpon haqidagi risola va tadqiqotlari. Ularning O.Sharafiddinov, S.Mamajovov, D.Quronov va boshqalar yozgan. Cholpon haqidagi tadqiqotlari bilan qiyosiy tahlili. N.Karimovning «Cholpon» (2003) marifiy romani ozbek adabiyotidagi biografik janrning yangi korinishi sifatida. Roman haqidagi ilk taqrizlar .
N.Karimovning A.Qodiriy, Hamza, Shayxzoda, Shukrullo, A.Oripov, H.Xudoyberdiyeva haqidagi hujjatli biografik maqolalarida ilmiy-estetik uygunlik.
Oliy talim va orta maktablar uchun yangi tipdagi adabiyot darsliklarining yaratilishida N.Karimovning orni.
Abdugafur Rasulov sozni qadrlaydigan,mano qatlamini teran idrok etadigan adabiyotshunos.U ilmiy manbalarni chuqur ozlashtirish barobarida nazariy masala mohiyatini sinchiklab organgan.Sharq va garb adabiyotshunosligidagi yangilanish tamoyillarini muqoyasa etib,unga birinchilardan munosabat bildirgan. Atoqli olim Ilmi garibani qomsab,Tanqid,talqin,baholash,Badiiylik-bezavol yangilik,Betakror ozlikasarlarida sohaga doir muammolarga etibor qaratib, tanqid ilmining estetik mohiyatini,metodologik asosini izchil yoritadi.Asarlarda jarayon davomiyligi,anana barhayotligi turli davr sanatkorlarining falsafiy,estetik qarashini uygunlashtirishda kozga tashlanadi.Olim har bir masala negiziga urgu berib,genezisini puxta organadi. Tanqid ilmi, shakllanishi, yangilanish tamoyillari doim ziyraklik bilan kuzatilgan.Adabiy oqim ,ularga mansub asarni baholash meyori,ijodkorga munosabat nozik masala.Bazan badiiyat namunasini nohaq qoralab muallifni jazoga hukm qilish tarixda kuzatilgan. Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cholpon kabilar mafkura qurboni bolgani malum. Abdugafur Rasulov shoro tanqidchiligining xato siyosatini korsatib,sotsialistik metodning salbiy oqibatini dalillar bilan asoslaydi.Badiiy matn poetikasini ozlashtirish nafosatiga alohida toxtalib,mafkuradan holi baholashga chorlaydi.Yaratilgan asardan sinfiy kurash tasvirini emas,soz jozibasi, ohangi, salmogini axtarib uni xolis,asosli tahlil qilish fikrini bildiradi.Tanqid saralamoqdiraqidasini togri anglash,fikr,tuygu oqimini ilgay olish,tovush,soz mohiyatiga qunt qilish ruhiy manaviy tasirni orttirishi takidlanadi. Muallif yozuvchi, badiiy matn,kitobxon uchligi,uygunligini londa ifodalaydi: Bu shunday uzviy bogliqlikki, unda abiyotshunoslik, tanqidchilik, estetika, psixologiya fanlarining juda kop tomonlari oydinlashadi.Yozuvchi-badiiy matn-kitobxon bogliqligida ichki bir harakat,biridan ikkinchisiga otish,otkazish jarayoni borki,u badiiy kommunikatsiya nomi bilan mashhur.Badiiy kommunikatsiya ijod psixologiyasi,badiiy idrok etish estetikasi;semiotika va strukturalizm; adabiy, badiiy tanqid,tanqidchi; asarni talqin qilish (germenevtika) ,baholash (aksiologiya) nazariyasini keltirib chiqaradi .
Talqinshunos asar ruhiga kirib,mano salmogi,tayanch nuqta(semiotik markaz)ni belgilab oladi. U avvalo,sarlavha, ilk jumla, ismlarga etibor qaratib muallif badiiy niyatini uqishga kirishadi. Asarni yaxlit qurilma sanab, har bir qatlamiga nigoh tashlaydi. Matn ostidagi nihon mano magzini chaqib,mano nuqtalarni jamlab aniq,izchil fikr aytishni qadrlaydi.U asarlarni sinchiklab kuzatib voqea, holat, obrazlarning jahon adabiyotidagi oxshash jihatini topib,muqoyasa orqali tahlilni davom ettiradi.Xususan,darbadar,devona obrazlari dunyoadabiyotida ham uchrashi,ularning say harakati orqali haqiqat,adolatga ishora qilinishi,hayot hikmatini uqishga chorlanishi etirof etiladi. Shu bilan bir qatorda badiiy adabiyotda xarakter yaratish masalasi yillar davomida munaqqid tomonidan sinchiklab kuzatiladi.U xarakter,tiynat,fitrat,siyrat kabi tushunchalar etimologiyasiga etibor berib, atamalar haqidagi malumotni lugatlar vositasida aniqlab boradi.Aristotel,Immanuel Kant,Gegel kabi mutafakirlarning muammoga doir qarashlari sharq allomalari fikri bilan yaxlit tarzda organiladi.Song mumtoz ijodkordan tortib zamonaviy qalamkashlar yaratgan betakror xarakterlarni talqin etishga kirishadi. Bunda adabiy xarakter ruhiga kirib,insoniylik asrori nozik yoritilib, mohiyati singdirib boriladi.
Sozshunos talqinchi matnni ozlashtirish ,xususiyatini mukamal organishga intildi. Munaqqid asarlar poetikasini teran uqib,ilmiy qarashini ilgari suradi. Munaqqid faoliyatida ijodkor hamda adabiyotshunoslar haqidagi adabiy portret,maqolalar kop.U Istedod va etiqodasarida Ozod Sharafiddinovning olimlik qiyofasini,odamiylik fazilatini yoritib berdi.Ustoz fitratidagi matonat ,sozga sadoqatini ilmiy yaratiqlari kontekstini izchil organish orqali asoslab berdi.Betakror ozlik asarida Ozod Sharafiddinovni anglashda katta vaqt tushunchasi mohiyatini uqishga chorlaydi. Abdugafur Rasulov Matyoqub Qoshjonov, Homil Yoqubov, Ibrohim Gafurov, Baxtiyor Nazarov kabi munaqqidlarning tanqidchilik maydonidagi orniga etibor qaratadi.Uning Xudoyberdi Toxtaboyev, Anvar Obidjon haqidagi portreti bolalar adabiyotining solnomasiga munosib hissa boladi.Zero,tarix,jamiyat,bola dunyoqarashi uygun namoyon boladi. MunaqqidArdoqli adibasarida biografik malumotni jamlab, Otkir Hoshimov ijodiga yangi chizgilar kiritadi.Uslub-istedod portreti asarida Erkin Azam ijod laboratoriyasi sinchiklab kuzatiladi.Olimning ijtimoiy faoliyati
Begali Qosimov adabiy-ijodiy, ilmiy-pedagogik foliyatiga nazar tashlanganda, yuqorida sanalgan sifatlarning kopchiligiga guvoh bolish mumkin. Bunday muazzam sifat va fazilatlarga ega bolish uchun, tabiiyki, soz sanatiga, badiiy adabiyotga mehr-muhabbat, adabiy manbalar talqini uchun chuqur nazariy bilim, oz ishiga fidoyilarcha yondashuv lozim boladi. Begali Qosimov shaxsiyatida ayni jihat yuksak darajada edi.
Uning u qadar uzun bolmagan umr yoli, ijodiy faoliyat davrini kuzatgan, har bir inson agar chin dildan istasa, ilm-marifat kishisi qisqa vaqt ichida ham ulkan ishlarni amalga oshirishi mumkinligiga guvoh boladi. B.Qosimovdan qolgan salmoqli ilmiy-adabiy meros, hech ikkilanmay, shunday dadil xulosa chiqarishga imkon beradi.
U mumtoz adabiyot deb atalmish azim dengiz mavjlarini nozik his qila olgan, bu dengiz tubidagi javohirlar koniga qadar shongish va topildiq lazzatini tuyish sharafiga noil bolgan katta olim edi. Zotan, B.Qosimovning Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Fuzuliy, Muhammad Solih, Bobur, Mashrab, Turdi Farogiy, Ogahiy kabi sharq mumtoz adabiyotining faxri bolgan onlab ijodkorlar haqidagi tadqiqotlarining har birida ayni xulosamiz uchun yetarli asos bor.Milliy uygonish davri adabiyotini organishga munosib hissa qoshgan olim talabalar uchun darslik yaratishga muvaffaq bolgan.
Adabiy portretning janr xususiyatlari
Portret (frantsuzcha portret, qadimgi frantsuz portretidan - "do'zaxda nimanidir yaratish", eskirgan. Parsuna - lotincha persona - "shaxs; shaxs") - shaxs yoki odamlar guruhining tasviri yoki tavsifi, mavjud yoki mavjud bo'lgan narsalar, shu jumladan badiiy vositalar (rasm, rasm, gravür, haykaltaroshlik, fotosurat, bosib chiqarish), shuningdek adabiyot va sud ekspertizasida (og'zaki portret). Adabiyotdagi portret badiiy xarakterni aks ettirish vositalaridan biri bo'lib, yozuvchi o'z qahramonlarining tipik xususiyatlarini ochib beradi va ularga nisbatan g'oyaviy munosabatini qahramonlarning tashqi qiyofasi: ularning shakllari, yuzlari, kiyimi, harakatlari, imo-ishoralari va odob-axloqi orqali ifoda etadi. Tasviriy san'atda portret mustaqil janr bo'lib, uning maqsadi modelning vizual xususiyatlarini namoyish etishdir. "Portret o'tmishda mavjud bo'lgan yoki hozirgi paytda mavjud bo'lgan aniq, haqiqiy odamning tashqi qiyofasini (va u orqali ichki dunyoni) aks ettiradi." Portret - bu plastik shakllarda, tirik yuzning chiziqlarida va ranglarida takrorlanish va ayni paytda uning g'oyaviy va badiiy talqini.
Xususiyatlari:
- Nusxalash - portret asl nusxaga faqat tashqi ko'rinishga o'xshaydi ("tom ma'noda" tasvir);
- Rasm - portret uchun haqiqiy odamning yuzi ishlatiladi va uning tasvirini rassomning o'zi (qadimgi Rim qo'mondoni, qirol qiyofasidagi odam) yaratadi;
- Yaxshi portret nafaqat tashqi qiyofani, balki ichki dunyoni ham namoyish etadi, model bilan hissiy o'xshashlikka ega bo'lishi kerak (ya'ni, portret mavjud bo'lganda, shaxsning o'zi borligi seziladi), buning uchun rassom tashqi o'xshashlikdan biroz farq qilishi mumkin;
Portret nafaqat shaxsning o'ziga xosligini aks ettiradi, balki rassomning badiiy shaxsiyatini ham namoyon etadi. Rassom model qiyofasiga ko'nikib qolgan, shuning uchun u inson individining ma'naviy mohiyatini anglaydi. Bunday tushunish faqat modelning o'zini va muallifning o'zini birlashtirish jarayonida xayrixohlik (reenkarnasyon) aktida yuzaga keladi. Natijada aktyor va uning roli o'rtasida yuzaga keladigan narsaga o'xshash yangi birlik yuzaga keladi. Bunday qo'shilish natijasida portretdagi model go'yo u tirik ekan ko'rinadi "
Portret muallifi, qoida tariqasida, portretning tashqi va ichki xususiyatlarini inkor etuvchi ro'yxatga oluvchi emas: rassomning modelga shaxsiy munosabati, o'ziga xos dunyoqarashi va ijodiy uslubi asarda aniq iz qoldiradi. Nikolay Evreinovning ta'kidlashicha, madaniyatsiz xalqlar orasida portretga nisbatan odamning tirik joni bo'yalgan tasvirga kiradi degan ishonchga asoslangan xurofot mavjud; lekin aslida portretchining ruhi o'z lahzali, daqiqali yoki soatlik tajribasida o'ziga jalb qilinadi. Shu tufayli, portret rassomining "qo'li" uning asarlarida osongina tan olingan.
4. Adabiy portret a) Portret qahramonga xos xususiyat sifatida:
- Ichki dunyo. U dialoglar va monologlar, ichki dialoglar, xulq-atvor, harakatlar, fikrlar, tush ta'riflari (qahramonning ichki holati. Masalan, Evgeniy Bazarov (I. Turgenev "Otalar va o'g'illar"), Ilya Oblomov (Goncharov "Oblomov") yordamida)
- Tashqi ko'rinish. Uning ko'rinishini (badiiy portret) ko'rsatib, qahramonning tavsifi ishlatiladi.
b) Portret badiiy asarning tafsiloti sifatida:
- ichki qismning tafsilotlari (xonani bezatish);
- Asarning "Qahramoni" (ishda muhim rol o'ynaydi: Gogolning "Portreti" odamlarga kuchli ta'sir qiladi, uni aqldan ozdiradi; Valdning "Dorian Grey portreti" o'ziga xos asosiy qahramonga oshiq bo'lib, qalbining tubidir; Turgenevning "Faust" filmida) Eltsovaning keksa ayolning portreti bor; Dostoevskiyning "Aqlli" asarida Nastasya Filippovnaning fotografik portreti juda katta ta'sirga ega).
5. Portretning adabiyotdagi roli to'g'risida xulosalar:
- qahramonning xarakterini ochib beradi (pul o'tkazuvchi portreti - Gogol "Portret");
- Dunyoqarashni, qahramonning ichki holatini o'zgartiradi (Veresaevning "Ona" hikoyasi).
Portretning adabiyotdagi o'rni
Asarlardagi portretning rolini bilish uchun keling, portret nima o'zi va uning tasviriy san'atdagi o'rni nimada ekanligini ko'rib chiqaylik.
Portret - insonning yuzini, shaklini aks ettiruvchi rasm, rasm yoki fotosurat. Tasviriy san'atning barcha janrlarida portret: rasm, chizma, gravür, haykaltaroshlik va hk. Tasviriy san'atda portret mustaqil janr bo'lib, uning maqsadi modelning vizual xususiyatlarini namoyish etishdir. "Portret o'tmishda mavjud bo'lgan yoki hozirgi paytda mavjud bo'lgan aniq, haqiqiy odamning tashqi qiyofasini (va u orqali ichki dunyoni) aks ettiradi."
Portret odamni tom ma'noda aks ettirishi, tashqi qiyofasining har bir tafsilotini nusxalashi mumkin, va rassom qandaydir tasvirni yaratishi mumkin, masalan, qadimgi Rim qo'mondoni yoki qiroli timsolida modelni tasvirlashi mumkin.
Yaxshi portretning o'ziga xos xususiyati shundaki, u nafaqat odamning tashqi qiyofasini, balki ichki dunyosini ham namoyish etadi, modelga nisbatan hissiy o'xshashlikka ega (ya'ni, portret mavjud bo'lganda, shaxsning o'zi borligi seziladi), buning uchun rassom tashqi o'xshashlikdan biroz farq qilishi mumkin.
Har qanday portretning yana bir o'ziga xos xususiyati - bu rassomning shaxsiyatining portretga ta'siri. Portret nafaqat shaxsning o'ziga xosligini aks ettiradi, balki rassomning badiiy shaxsiyatini ham namoyon etadi. Rassom model qiyofasiga ko'nikib qolgan, shuning uchun u inson individining ma'naviy mohiyatini anglaydi. Bunday tushunish faqat modelning o'zini va muallifning o'zini birlashtirish jarayonida xayrixohlik (reenkarnasyon) aktida yuzaga keladi. Natijada aktyor va uning roli o'rtasida yuzaga keladigan narsaga o'xshash yangi birlik yuzaga keladi. Bunday qo'shilish natijasida portretdagi model go'yo u tirik ekan ko'rinadi.
Portret muallifi, qoida tariqasida, portretning tashqi va ichki xususiyatlarini inkor etuvchi ro'yxatga oluvchi emas: rassomning modelga shaxsiy munosabati, o'ziga xos dunyoqarashi va ijodiy uslubi asarda aniq iz qoldiradi. Nikolay Evreinovning ta'kidlashicha, madaniyatsiz xalqlar orasida portretga nisbatan odamning tirik joni bo'yalgan tasvirga kiradi degan ishonchga asoslangan xurofot mavjud; lekin aslida portretchining ruhi o'z lahzali, daqiqali yoki soatlik tajribasida o'ziga jalb qilinadi. Shu tufayli, portret rassomining "qo'li" uning asarlarida osongina tan olingan. Alfons Daudet unga boshqa tomondan qarab, ehtiyotkorlik bilan xulosa qiladi: "uzun burunli rassom o'zi chizgan barcha portretlarda burunlarini cho'zishga harakat qiladi". Shu sababli, turli xil rassomlar tomonidan bitta odamdan qilingan portretlar ichki dunyoni uzatishda mutlaqo farq qilishi mumkin. Bunga misol sifatida rassomlikning turli davrlarida turli xil rassomlar tomonidan chizilgan Ambroiz Vollard portretlarini keltirish mumkin. Masalan, (rassom tomonidan modelning tashqi ko'rinishini qasddan buzish va ba'zi tafsilotlarni rad etish jihatidan), Pikassoning Ambroise Vollard portreti bilan bog'liq voqea ma'lum. Vollar portretni yoqtirmadi va rasm Moskvadagi Shukinga sotildi. Shunga qaramay, rasm kubizmda qilinganiga qaramay, Pikasso Vollardni haqiqiy ravishda chizgan hamkasblariga qaraganda Vollardni yanada muvaffaqiyatli va ta'sirchan tarzda tasvirlaganiga ishonishadi.
Texnologiyaning rivojlanishi va kameralarning paydo bo'lishi bilan qo'lda chizilgan portretlarga ehtiyoj yo'qoldi, ammo ba'zi odamlar oddiy fotosuratlar portretini afzal ko'rishadi. Xo'sh, nega ular rassomga bo'yalgan portretni olish uchun bir necha soat davomida suratga tushishga tayyor, agar siz bir necha soniya ichida portretni olsangiz?
Men bo'yalgan portret sahnalashtirilgan fotografiyadan qanday farq qilishini aniqlash uchun so'rov o'tkazdim. So'ralganlarning 32 foizi portret fotosuratdan ko'ra jonli va tabiiyroq deb hisoblashadi, portret orqali siz modelning ichki dunyosini etkaza olasiz. Fotosurat - bu shunchaki odamning nusxasi, u hech qanday his-tuyg'ularni va his-tuyg'ularni etkazmaydi, muzlatilgan rasm, "ikkinchi kadr".
30% portret - bu rassomning modelni ko'rishi bilan bog'liq qarashlari, degan fikrni bildiradi. Respondentlarning 38 foizi fotografiyani afzal ko'rishadi va fotografiya portreti aniqroq va aniqroq bo'lishiga ishonishadi.
Keling, ba'zi taniqli kishilarni taqqoslashni ko'rib chiqaylik. Yuriy Lotman shunday deb yozadi: "Har kuni namoyish portret va fotografiya funktsiyalarini aniqlashga intiladi: har ikkala ob'ekt ham inson yuzining aksidir va bu aks ettirish asosan tabiiy" tuyuladigan va rasmning nazariy asoslanishini talab qilmaydigan mexanik portretdir. Aftidan, agar biron bir narsani aytsak: portret - bu fotografiya hali ixtiro qilinmagan paytda fotografiya funktsiyasini bajargan rasm, unda biz rasmning ushbu janri haqida o'ylashni boshlaganimizda, beixtiyor yuzaga keladigan asosiy savollarni tugatamiz. Madaniyatdagi portret funktsiyasining "sir" va "tushunarsizligi" haqidagi so'zlar uzoq tuyuladi. Shu bilan birga, bunday e'tirozlardan qo'rqmasdan, biz portret umumiy haqiqatni to'liq tasdiqlashini aytishga jur'at etamiz: tushunarli, tushunarsizdir.Fotosuratda o'tmish va kelajak yo'q, har doim hozirgi zamonda. Portretning vaqti shiddatlidir, uning "hozirgi" si har doim o'tmish xotiralari va kelajakni bashorat qilish bilan to'lib-toshgan. Portret haqiqatan ham badiiy ikki baravar va mistik aks ettirish arafasida doimo o'zgarib turadi. " 18-asrdagi rassom Latur o'zining maktublaridan birida o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi: Yuzda yuz berayotgan o'zgarishlarga qaramay, fikrlarning o'zgarishi, qalbning his-tuyg'ularidan kelib chiqqan holda, yuzlardagi o'zgarishlarga qaramay, harakatning birligini saqlab qolish uchun qancha konsentratsiya, mahoratni birlashtirish, qancha og'riqli izlanishlar kerak; Va har bir o'zgarish yangi portretni yaratadi, bu doimiy ravishda o'zgarib turadigan va quyosh va vaqtning harakatiga qarab ranglarni o'zgartirishga majbur qiladigan yorug'likni eslatmaydi . Shunday qilib, portret, fotosuratdan farqli o'laroq, muallifning ko'p vaqt va aqliy kuchini sarflagan "yasalgan" san'at asari ekanligi, shunda sifat va uzatish darajasi jihatidan ancha murakkab va ko'p bosqichli ish bo'lib, undan ham yaxshiroq translyatsiya qilinishini anglatadi. shaxsiyat.
Portretning inson hayotidagi roliga o'taylik. Qadimgi davrlarda portretlar sehr bilan bog'liq edi: odamning o'xshash tasviri bu odamning o'rnini bosdi. Rim imperiyasida imperatorning portretlari sud tartibining majburiy atributi bo'lib, bu majlisda hukmdorning borligini ko'rsatgan. Ota-bobolaridan tortib olingan vafotdan keyingi niqoblar uylarda saqlangan va bu portretli haykallar oilaga homiylik qilgan. Boshqa jamoalar ham portretni yodgorlik sifatida ishlatishgan (Qadimgi Misr, Yaponiya, Okeaniya).
Ko'pgina jamiyatlarda portretlar kuch va boylikni belgilashning muhim usuli sifatida qabul qilinadi. O'rta asrlarda va Uyg'onish davrida donorlarning portretlari ko'pincha donorning homiyligi, qudrati va qadr-qimmatini tasdiqlovchi san'at asariga kiritilgan bo'lib, go'yo ushbu vitray oynani, qurbongoh tasvirini yoki freskani yaratgan kim uchun pul to'laganini ta'kidlaydi. Oldingi davrda - Vizantiya va Qorong'u asrlar - portretning asosiy xususiyati o'xshashlik emas, balki idealizatsiya qilingan tasvir edi, model kim bo'lganining ramzi edi (qarang imperator Konstantin va Teodosius II portretlari). Siyosatda davlat rahbarining portreti ko'pincha davlatning o'zi ramzi sifatida ishlatiladi.
Boshqa jihatlar ham bor edi: "Portretlar temir yo'l egalariga tegishli bo'lgan tuzlarni bezatadi, ular ba'zan har qanday ma'naviy hayotdan uzoqdir, lekin moda yoki mag'rurlik tufayli ular o'zlarining shaxslari va ota-bobolariga ega bo'lishni zarur deb bilishgan va kulgini ham, hatto xayolni ham sezishmagan. ularning bashang va bema'ni yuzlari tomonidan yaratilgan satirik effekt.
Adabiyotlardagi portretni ko'rib chiqing. Adabiy portretisiz biron bir adabiy asarni tasavvur qilib bo'lmaydi. Birinchidan, portretning eng muhim roli qahramonning tasviri. Adabiy portret faqat asar oxirida yaxlit rivojlanadi: bu nafaqat odamning tashqi qiyofasini, balki ichki dunyosini ham ifodalaydi, u dialog va monologlar, ichki monologlar, xulq-atvor, xatti-harakatlar, fikrlar, shuningdek qahramonning orzulari (masalan, Goncharovning "Oblomov") orqali o'quvchiga ochib beriladi. Oblomovning orzusi, "Turgenevning otalari va o'g'illari" - Bazarovning orzusi, "Dostoevskiyning jinoyati va jazosi" - Raskolnikovning orzulari).
Adabiyadagi portret, shuningdek, qahramonni qandaydir xarakterlashi, uning adabiy portretiga tavsif qo'shishi mumkin bo'lgan ichki qismning tafsilotlari bo'lishi mumkin.
Shuningdek, portret asarning "qahramoni" bo'lishi mumkin, ya'ni asarda muhim rol o'ynashi mumkin. Masalan, Gogolning portreti, unda sudxo'rning portreti odamlarga kuchli ta'sir qiladi, ularni aqldan ozdiradi; Uoldning "Dorian Grey portreti", unda portret o'zining asosiy qahramoniga oshiq bo'ladi, u qalbining idishi; Turgenevning "Faust" ida kampir Eltsovaning portreti bor; Dostoevskiyning "Ahmoq" asarida, ulkan ta'sir kuchiga ega Nastasya Filippovnaning fotosurati.
Muallif portretni asarning "qahramoni" sifatida ishlatganda, u portretning ba'zi funktsiyalarini namoyish etadi. Birinchidan, bu qahramonning ichki dunyosining aksidir, chunki yaxshi portret, yuqorida aytib o'tilganidek, qahramonning ichki dunyosini aks ettiradi. Bunga Gogolning "Portreti" va Valdning "Dorian Grey portreti" ni misol qilib keltirish mumkin, bu erda qahramonlarning juda real portretlari o'zlarining ichki dunyolarini juda yaxshi aks ettirgan, ular qalblarining ziyofati bo'lgan.
Ikkinchidan, bu portretning insonning ichki dunyosiga ta'siri. Masalan, bu Veresaevning "Ona" qissasida bosh qahramonning ichki dunyosini va uning dunyoqarashini o'zgarishini tasvirlaydi, u Rafaelning "Sistin Madonna" ning ajoyib portretini ko'rganidan keyin.
Uchinchidan, bu portretning inson hayotiga ta'siri. Masalan, Oskar Vildning "Dorian Grey portreti". Bazil Xollvud tomonidan chizilgan portret, o'zining go'zalligi va hayotini o'zgartirishi bilan Dorian Greyga oshiq bo'ldi. Nikolay Gogolning "Portret". Pul beruvchining portreti uni chizgan rassomning hayotini o'zgartirdi. U monastirga bordi, uzoq vaqt davomida rasm chizmadi. Portret, shuningdek, uning egasi bo'lgan odamlarni aqldan ozdirdi. Rassom Chartkov juda iste'dodli edi, lekin pul sotuvchi portretining ta'siri tufayli u san'atni o'zgartirdi va pulga rasm chizishni boshladi.
Veresaevning "Raqobat" qissasi shuni isbotlaydiki, insonning ichki dunyosi yaxshi portret orqali uzatiladi, u odamlarga yaxshi ta'sir etuvchi chiroyli qizning portretidan ko'ra ko'proq ta'sir qiladi. Bu Zabolotskiy o'zining "Yomon qiz" she'rida bergan inson go'zalligi haqidagi abadiy savol:
go'zallik nima
Nega odamlar uni xudo deb atashadi?
Bo'shliq bo'lgan idish
Yoki kemada olov miltillab ketayaptimi?
Ilohiy go'zal qizning portreti uni ko'rganlarni hayratda qoldirdi. Rasm uning ko'zlarini ko'r qildi va ular rasmdan ajralib, atrofga qarashganda, hammasi qorong'i, xira va noaniq bo'lib tuyuldi. Bunday ilohiy go'zallikni ko'rgan har kim o'z sevgiliga qaradi va uni xunuk va o'zini baxtsiz ko'rdi.
Oddiy qiz Zorkaning portreti ko'proq yoqdi, garchi u go'zal bo'lmagan bo'lsa-da, lekin ichida go'zal edi va bu go'zallik Zorkaning qiyofasidagi ba'zi sharmandalikka soya solardi. Rasmdan chiqadigan yorug'lik yumshoq, quvnoq, iliq edi. Rasm meni hayotimdagi eng yaxshi daqiqalarni eslashga undadi va har bir qiz Zorkada xuddi shu nurda porladi.
Shunday qilib, portret adabiyotda muhim rol o'ynashini bilib oldim. Birinchidan, u asar qahramonini yaxshiroq tushunish, uni muallifning tasavvurida tasavvur qilish uchun kerak (adabiy portret). Muallif portretni asarning "qahramoni" sifatida ishlatganda, u portretning funktsiyalaridan kundalik hayotda foydalanadi, bu asarni haqiqatga yaqinlashtiradi, bu nafaqat asarni yaxshiroq tushunish va tushunishga yordam beradi, balki portret orqali etkazilgan haqiqiy san'at va haqiqiy go'zallik haqidagi savollarga ham ta'sir qiladi.
xizmatqiladi: "bitta chapaqay obli, yonoqdagi belgi va ma'baddagi sochlar yirtilgan".
Badiiy adabiyotda og'zaki san'at sifatida portret boshqa o'xshash vositalar bilan kompozitsion birlikda ishlatiladigan xarakterlash vositalaridan biridir: harakatni syujetda joylashtirish, qahramonlarning fikrlari va kayfiyatlarini tavsiflash, qahramonlarning muloqoti, vaziyatni tasvirlash va boshqalar. Masalan, portret. Asya Turgenevning portretini olib kelish uchun: "Mening ko'zlarim qalpoqcha va keng ko'ylagi bo'lgan chiroyli yigitga tushdi; u kalta qizning qo'lini ushlab turdi, uning ustki qismini somon shlyapa kiyib olgan edi. Bunday xarakterli vositalarning o'ziga xos tizimi adabiyotda badiiy obrazni yaratadi va portret badiiy obrazning tomonlaridan biriga aylanadi.
Portretni tasvirlashning boshqa barcha usullari orasida u maxsus vizual ravshanlik bilan ajralib turadi va peyzaj va kundalik tasvirlar bilan birgalikda asarga maxsus vizual kuch beradi. Bu erda, masalan, juda noodatiy portret N.V. Gogol: "U o'lgan va chiroyli edi: uning jasur yuzi, yaqinda kuchlari va xotinlar uchun yengilmas jozibasi bilan baribir ajoyib go'zallikni ifoda etdi; qora qoshlar, motam baxmaliga o'xshab, rangpar ranglarini bo'yadi.
Portret badiiy obrazning tomonlaridan biri bo'lib, rasm uchun zarur bo'lgan asosiy fikrlarni o'z ichiga oladi. Qahramon portretida, butun rasmidagi kabi, umumiy, o'ziga xos xususiyatlar va individual xususiyatlar mavjud. Bir tomondan, adabiy qahramon ko'p hollarda ijtimoiy va tarixiy shaxs, ma'lum bir ijtimoiy davrning vakili, ma'lum bir sinf va sinf guruhlari sifatida tasvirlangan; uning tashqi ko'rinishi, harakatlari, odob-axloq qoidalari odatda yozuvchi o'z asarida umumlashtirgan va g'oyaviy jihatdan baholagan ijtimoiy muhitni tavsiflaydi. Boshqa tomondan, adabiy qahramon atrof-muhitning boshqa a'zolaridan farq qiladigan ijtimoiy va tarixiy shaxs sifatida namoyon bo'ladi; individual xususiyatlarni tanlash va birlashtirish orqali uning yozuvchi portreti qahramon vakili bo'lgan ijtimoiy guruhga o'z mafkuraviy munosabatini ham ifoda etadi.
Portret xususiyatlarining madaniyati asta-sekin rivojlanib bordi va muallifning bevosita baholari bilan bevosita bog'liq edi. Birinchi adabiy portretlar jurnallarda bosilib chiqdi. S. Pont-Byu G'arbiy Evropada "Pioner" bo'ldi. 1829 yilda u "Revue de Paris" jurnalida Kornel, Boilo, Lafonteyn portretlarini yaratdi. Rus tanqididagi portret tarixi Evropaning Karamzin Heraldidan boshlanadi, unda nashriyotning o'zi I.F.ning tarjimai holini nashr etgan. Bogdanovich (Evropa byulleteni, 1803, № 9-10). Ko'plab rus jurnallarida, jumladan san'at tarixida "Biografiya" yoki "Biografiya va nevrologiya" deb nomlangan maxsus bo'limlar mavjud edi. Shunday qilib, "1811 yil uchun drama jurnali" da (Moskva), "Tasviriy san'at jurnali" da (Sankt-Peterburg, 1823); "Rus teatri repertuari" jurnali (1823); "Rassom" jurnali (Moskva, 1889) va boshqalar, maxsus portretlar mavjud bo'lib, ularda shu kabi portretli insholar chop etildi. Keyinchalik, janr tanqidiy qismlardan chetga chiqib, jurnal turidagi nashrlarning chegaralarini kesib o'tdi.
Adabiy portretning paydo bo'lishi xususiyati Evropada va Rossiyada "yangi romantik usul" ning paydo bo'lishi munosabati bilan adabiy tanqidning janri sifatida tug'ilishidir. Adabiyot rivojlanishining dastlabki bosqichlarida portretlar metafora, taqqoslash va yorqin epitetsiyalarga boy edi: "Bu yigirma yigit edi, ular yaqinda ozod qilingan seminaristlarga o'xshab yuzdan qarar edilar. Ularning kuchli, sog'lom yuzlari ustara hali tegmagan sochlarning birinchi sochlari bilan qoplangan edi." Uning rang-barangligiga qaramay, bunday portret qahramonning individual xususiyatlarini aniq aks ettira olmadi. Bu holat adabiyotda 19-asrgacha saqlanib qoldi.
Turli adabiy janrlarda portret
Turli adabiy avlod va janrlarda portret badiiy uslublar, uslublar va adabiy yo'nalishlarning o'zgarishi bilan o'zgaradi. Adabiy taraqqiyotning turli bosqichlarida, turli daqiqalarda, portret o'zining g'oyaviy tarkibiga qarab o'ziga xoslik darajasi va individualizatsiya darajasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy va umumlashtiruvchi yoki realizmga intiluvchi yozuvchilarning asarlarida chuqur ijtimoiy ziddiyatlarni ochib beradigan tabiiylikka intilish, qahramonlar portreti odatda haqiqiy ishonchlilik va o'ziga xoslik bilan ajralib turadi. Qahramon o'zining odatiy, har kungi kundalik munosabatlari va sharoitlarida o'z muhitining odatiy vakili sifatida tasvirlangan; Qahramonlar portretida hech qanday g'ayrioddiy va g'ayrioddiy narsalarga ega bo'lmagan kundalik hayotiy belgilar ko'proq ta'kidlanadi. "Palto" dagi bunday qahramonni N.V. Gogol: "mansabdor shaxsni juda ajoyib, qisqa, biroz bo'rtiq, bir oz qizg'ish, biroz ko'r, peshonasida kalta dog'li, yonoqlarining ikkala tomonida ajinlar va gemorroyoidal deb atash mumkin emas".
Yozuvchilarning turli xil romantizm va ilmiy fantastika asarlarida ajralib turadigan asarlarida ko'pincha odatiy va har kungi nafratni ko'rish mumkin. Qahramonlar g'ayrioddiy shaxslar sifatida, g'ayrioddiy, kamdan-kam uchraydigan holatlarda tasvirlangan va ularning portreti juda g'ayrioddiy, bo'rttirilgan va ba'zan hayoliydir. Bunga misol taras Bulbaning kiyingan o'g'illarining batafsil ta'rifi: Bursaklar birdan o'zgarib ketishdi: ular eski kir botinkalar o'rniga, qizil, kumush taqinchoqlari bilan paydo bo'ldi; Qora dengizdagi keng shimlar, ming qirrali va to'plamlari bilan oltin ramkaga o'ralgan; naycha uchun ramkaga uzun tasmalar, shoyi va boshqa naqshinkorlar qo'yilgan. Qirmizi rangdagi kazak, yong'in kabi yorqin mato, naqshinkor kamar taqqan; boletli turk pistoletlari bo'lgan
kamar tomonidan tortib olingan; shayton oyoqlarida shangilladi. Ularning yuzlari hanuzgacha mayin rangda, oqlanganga o'xshaydi; yosh qora mo'ylov endi qandaydir tarzda o'zlarining oqligini va yoshlikning sog'lom va kuchli rangini soya qildi; Ular oltin qoplamali qora po'stinli shlyapalar ostida yaxshi edilar. "Bu endi uy emas, balki asosan romantik she'rlar, balladalar va lirikada ishqiy portret. Biroq, realist yozuvchilarning portreti har doim ham uy sharoitida mavjud bo'lgan xususiyatlarni saqlab qolish bilan ajralib turmaydi. Romantika yoki satirik kayfiyat bilan bezab realizm yozuvchilarining ba'zi asarlarida biz giperbolizatsiyalangan kundalik aloqalarda yoki undan tashqarida tasvirlangan tipik qahramonlarning odatiy portretini topamiz. Adabiy uslubning xususiyatiga qarab, portretning mazmuni va unga berilgan joy o'zgaradi. Demak, adabiyot tarixidagi portretning juda xilma-xil shakllari - boy tarzda yaratilganidan deyarli to'liq yo'q bo'lishigacha (masalan, Symbolistlar orasida). Romantiklar oldingi barcha estetik me'yorlardan voz kechishdi, ammo uzoq vaqt davomida mustaqil bo'lib qololmadilar. Ularning portretlari asta-sekin kanonizatsiya qilindi: romantik qahramon bo'lishi kerak ko'zlar xiralashgan va ma'yus , qattiqlik va sog'inchda.
"Ular suiiste'molliklar haqida ogohlantirish izini qoldirdilar
Qora qoshlarning ajinlari.
Qo'l va kiyimdagi qon;
So'nggi g'azablangan kiyimda
Miyadagi qo'l muzlab qoldi. "
(Demon, M.Yu.Lermontov)
Sentimental portret qahramonning boy ma'naviy olamini tasdiqlaydi. Insonning ma'naviy dunyosiga e'tibor beriladi va hissiyotlar birinchi navbatda turadi. "U go'zal qiyofali, chiroyli kiyingan bir yigitni ko'chada uchratdi. U unga gullarni ko'rsatdi va qizil rangga aylandi. "Bechora Liza" asaridan ushbu portretda N.M. Karamzin yigitning yuziga va tashqi ko'rinishiga ahamiyat bermaydi. Faqatgina aytilishicha, yigit (Erast) yosh va kelishgan va qiz uni ko'rganida "qizarib ketgan".
Folklorda ertaklarning ijobiy qahramonlari har doim go'zaldir. Og'zaki folklordagi yaxshilikning hayoliy go'zalligi yovuzlikning giperbolik xunukligiga ziddir.
"Rostini aytganda, juda yaxshi
Darhaqiqat, malika bor edi:
Uzun bo'yli, ingichka, oq,
Va ong va hamma oldi;
Ammo keyin mag'rur
Ilohiy va rashkchi
("O'lik malika va yetti ritsar haqidagi ertak", A.S. Pushkin)
- U uzun bo'yli, ingichka, ko'zni qamashtiruvchi oppoq ayol edi.
Qor malikasi; Uning ustidagi mo'yna va shlyapa qordan qilingan edi.
(Qor malikasi, G.X. Andersen)
Faqat real portret shaxsiylashtirildi, unda og'zaki rasm tabiatning o'ziga xosligini aks ettiruvchi murakkablik va ko'p qirrali tabiatni qamrab oluvchi tahlil bilan to'ldirildi. XIX asr rus yozuvchilari tomonidan chiroyli portret galereyasi yaratilgan. Ularning har biri o'zining ma'lum bo'lgan fokuslarini adabiy portret sohasidagi kashfiyotlari bilan to'ldirdi.
Qahramonning tashqi qiyofasini birinchi batafsil tahliliy xususiyatlaridan biri romanda M.Yu.Lermontov tomonidan taklif qilingan Bizning zamonamiz qahramoni . Ushbu asarda barcha badiiy vositalar muallifning asosiy maqsadi - qahramonni turli qahramonlarning ko'zlari bilan ko'rish, asta-sekin o'quvchini Pechorin shaxsiyati sirini ochib berishga yaqinlashtiradi, xarakteri rivojlanib, oshkor qilinadi. Yozuvchi rejasini amalga oshirishda qahramonning romanda joylashtirilgan psixologik portreti muhim rol o'ynaydi Maksim Maksimich . Pechorinning paydo bo'lishi murakkab ichki tashkilotning tamg'asini bosadi. Qahramonga qarab, o'quvchi uning fe'l-atvorida ko'p narsani tushuna boshlaydi. Portret Pechorinning charchaganligi va sovuqqonligidan dalolat beradi. Grigoriy Aleksandrovich aristokratik davr odamiga xos bo'lgan nafislik va nafislikni saqlab qoladi, ammo ular uni hayotga befarqlikdan qutqarmaydilar. Qahramonning ko'zlari qahramonning ko'zlariga qattiq ta'sir qiladi: "u kulganida ular kulishmadi! .. Bu yo yovuzlik yoki chuqur qayg'u alomati. Yarim kirpiklar tufayli ular qandaydir fosforik porlashi bilan porlashdi ... Bu ruhning isishi yoki xayolotni aks ettirish emas edi: bu silliq po'latdan yasalgan yorqin, ko'zni qamashtiruvchi, ammo sovuq ... "Pechorin yuzining har bir xususiyati shunga o'xshash muallifning izohi bilan birga keladi. . Yozuvchi uning qahramoni - qalbi orzular olovini o'chirgan odam ekanligini ko'rsatadi. Hislar uning yuzidan chiqib, unga iz qoldirdi va Pechorinni endi xursand qilmaydigan oxirigacha bekor qilingan kuchlar taassurotini qoldirdi. U o'z taqdiriga, o'tmishiga befarq.
Keyinchalik, N.V.Gogol, I.S. Turgenev, F.M. Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy asarlarida tashqi ko'rinishning batafsil xususiyatlari bitta alohida, ammo juda mazmunli tafsilotlarni belgilaydigan portretlar bilan almashtirildi.
Masalan, Gogolning Akaki Akakievichning portretidagi asosiy xususiyati - mukammal jasorat, yozuvchi tomonidan har tomonlama ta'kidlangan: Qancha rejissyorlar va har xil xo'jayinlar o'zgarmadi, hamma uni bir joyda, bir xil holatda, bir xil holatda, bir xilda ko'rdi. yozuvchi amaldor, shuning uchun ular uning dunyoga mutlaqo tayyor, formali va boshida kal boshi bilan tug'ilganligiga amin bo'lishdi .
I. Turgenev "Bojin o'tloqi" asarida besh nafar bolaga alohida e'tibor qaratgan: Fedya, Pavlush, Ilyusha, Kostya va Van. U ularning har birining tashqi ko'rinishi va kiyimlarini batafsil bayon qiladi: "Birinchisi, eng keksa Fedya, sen o'n to'rt yilni berarding. U go'zal va ingichka, ozgina mayda-chuyda, jingalak sarg'ish sochlari, sarg'ish ko'zlari va doimiy, xushchaqchaq, yarim sochilib ketgan tabassumli bola edi. Hisob-kitoblarga ko'ra, u badavlat oilaga tegishli bo'lib, dalaga zarurat uchun emas, balki o'yin-kulgi uchun chiqdi. U egniga chintz ko'ylak kiygan edi; Qopqoq kiygan kichkina yangi arman ayol, tor yelkasida bir oz ushlab turardi; moviy kamarga osilgan taroq. Oyoqsiz oyoq etiklari otasiga emas, balki uning etiklariga o'xshar edi . Fedi portretidan xulosa qildi: u badavlat oilaga tegishli. Buni uning kiyimi ko'rsatdi, shuningdek, muallif bolaning otasining etiklarini emas, balki o'zinikini kiyishini ta'kidladi. "Ikkinchi bola, Pavlushi, sochlari tarashlangan, qora, ko'zlari kulrang, yonoqlari keng, yuzi oqargan, quloqlari qimirlamagan, og'zi katta, ammo muntazam, butun boshi katta, ular aytgandek, pivo qozoniga, tana tuzilishiga, bema'ni. Kichkina xunuk edi - gapirishga hojat yo'q! - va shunga qaramay, men unga yoqdim: u juda aqlli va to'g'ridan-to'g'ri qaradi va ovozi kuchli edi. U kiyimlarini yashira olmadi: ularning barchasi oddiy ko'ylak va pullik portlardan iborat edi. "Yomon xislatlarga qaramay, muallif Pavlushga alohida e'tibor qaratdi va unda qiziqarli narsalarni topdi. «Uchinchi Ilyushaning yuzi unchalik ahamiyatsiz edi: qichqirgan, cho'zilgan, ko'r, u qandaydir zerikarli va og'riqli g'amxo'rlikni ifodalagan; lablari qimir etmasdi, qoshlari qimirlamas edi - go'yo olovdan qulab tushganday bo'ldi. Uning sariq, deyarli oq sochlari past kigiz shlyapa ostidan o'tkir yalang'ochlangan bo'lib, u ikkala qo'li bilan quloqlarini itargan edi. Uning ustiga yangi bosh kiyim va tufli; Qalin arqon uch marta lager atrofida buralib, puxta qora varaqasini yig'di. U va Pavlush o'n ikki yoshda edilar ". Turgenev tashqi ko'rinishi tufayli bolani umuman yoqtirmasdi, bu uning portretida aks etgan. "To'rtinchi, o'nga yaqin bola Kostya, o'ychan va g'amgin nigohlari bilan mening qiziqishimni uyg'otdi. Uning butun yuzi kichkina, ingichka, burishgan, pastga, xuddi sincap singari; lablarni ajratib ko'rsatish qiyin edi; ammo uning katta, qora, suyuq yaltiroq ko'zlari hayratlanarli taassurot qoldirdi; ular biron bir narsani aytishni xohlashayotganday tuyuldi, ular uchun hech bo'lmaganda uning tilida so'zlar yo'q edi. U bo'yi past, bo'yi past va etarlicha kiyinmagan edi. "Bu portretni ishqiy deb atash mumkin. Kolya o'zining tashqi ko'rinishida romantik obrazga xos xususiyatlarni to'plagan va uni muallif juda qo'llab-quvvatlagan. Ammo u Vanya avvaliga u sezdi va sezmadi Shuning uchun Turgenev uni qisqacha ta'riflab berdi: "u erda yotar edi, jimgina burchak ostida yotar edi va faqat vaqti-vaqti bilan oq sochli jingalak boshini ostidan chiqarib tashlardi. Bu bola atigi yetti yoshda edi ».
Qahramonning tashqi qiyofasining ahamiyatini F. M. Dostoevskiy bergan. O'z qahramonlarining ichki dunyosini ochib beradigan yozuvchi, qarama-qarshi kuchlarning to'qnashuvini, ong va bilinçaltı o'rtasidagi davom etayotgan kurashni, bu niyatni amalga oshirish va amalga oshirishni ko'rsatishga intildi. Uning asarlarining qahramonlari shunchaki tashvishlanmaydilar, ular azob chekishadi. Xarakterning chuqur psixologik motivatsiyasiga yo'naltirilgan F. M. Dostoevskiy portret xarakteristikasini ushbu vazifaga bo'ysundiradi. Ammo u oq oqshomdagi bir keksa odamni juda aniq tasvirlab bergan: "Fiziologiya juda muhim, o'ychan; u hamma narsani burnining ostiga pichirlaydi va chap qo'li bilan to'lqin qiladi, o'ng tomonida esa oltin tugmachasi bilan uzun tugunli qamish bor. Shunday qilib, u bitta qahramonning asosiy ajralib turuvchi xususiyatlarini o'z ichiga olgan bitta kichik portretni beradi va tabassum, sochlar, ko'zlarni tasvirlamaydi. Shunga qaramay, keksa odamning qiyofasini osongina tasavvur qilish mumkin.
Nafaqat rus tilida, balki jahon adabiyotida ham tan olingan psixologik tahlil ustasi L. N. Tolstoydir. Yozuvchini xarakterlarni aks ettirishning eng sevimli usullari orasida portret alohida o'rin tutadi. Tolstoy go'yo ko'zguda aks etdi inson fiziologiyasining hayotiy haqiqati , noyob xususiyatlar bilan inson ichidagi hamma narsani tashqariga chiqardi . Tolstoy qahramonlarining portretlarida hamma narsa o'zgaruvchan, harakatchan. Tashqi ko'rinish qahramonning ruhiy hayoti dinamikasini etkazish vositasi bo'lib xizmat qiladi.Masalan, "To'pdan keyin" qissasidagi Varenkaning portreti: "U hatto ellik yoshda ham ajoyib go'zallik edi. Ammo uning o'n sakkiz yoshida jozibali: uzun bo'yli, nozik, nafis va ulug'vor, aniqrog'i, ulug'vor edi. U har doimgiday g'ayrioddiy tarzda o'zini tutar edi, go'yo boshqacha bo'lishi mumkin emas, boshini bir oz orqaga burgan va bu uning go'zalligi va baland o'sishi bilan, ingichka, hatto suyak bo'lsa ham, undan qo'rqib ketadigan qandaydir o'ziga xos ko'rinishga ega edi. yoqimli, har doim quvnoq tabassum va og'iz, yoqimli, yarqiragan ko'zlar va uning barcha shirin, yosh maxluqlari bo'lmas edi. " Ushbu portretda shuningdek romantizmga oid yozuvlar mavjud.
Masalan, zamonaviy adabiyotda Tatyana Tolstoyning "Kis" asarida juda g'ayrioddiy portretlarni topish mumkin: "Portlashdan keyin kim tug'ilgan bo'lsa, har xil oqibatlarga olib keladi. Kimning qo'llari xuddi yashil un bilan go'yo xuddi non orqali gaplashayotgandek, kim gillga ega ekanligi kabi supuriladi; boshqasida hali xo'roz alangasi bor. Va shunday bo'ladiki, hech qanday oqibatlar bo'lmaydi, bundan tashqari, qarilikdan tashqari, ko'zlar ostidagi sivilcalar oyoq osti qilinadi yoki soqol tanho joyda tizzalariga o'stira boshlaydi. Yoki burun teshiklari tiz cho'kib o'tiradi. "Roman qahramonlari odamlarga qaraganda hayvonlarga o'xshaydi, garchi ular odatda kiyinishsa-da, karikatura dialektida gaplashishadi.<#"justify">Xulosa
portret qahramon adabiyoti romantik
Xulosa qilish uchun. Portretlar 19-asrda jurnallarda paydo bo'ldi va Rossiyada u "yangi romantik usul" ning paydo bo'lishi munosabati bilan adabiy tanqidning janri sifatida paydo bo'ldi. Romantik portretlar kanonizatsiya qilindi. Romantik qahramonlar ma'lum tashqi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak, ular hayajonlangan bo'lishi kerak. Folklorda yaxshilik va yomonlikning doimiy qarshiligi mavjud. Agar ijobiy qahramonlar har doim chiroyli va mehribon bo'lsa, unda salbiylar tashqi va ichki xunuklar bilan ajralib turardi. Sentimental portretda asosiy narsa qahramonning his-tuyg'ulari va qalbiga murojaat qilishdir, ammo haqiqiy portretda, aksincha, tabiatning o'ziga xosligi qadrlanadi. Hayoliy portret barcha chegaralar va qoidalarni buzishi mumkin. Bunday portret har qanday narsani o'z ichiga olishi mumkin.
Turli xil mualliflar tomonidan turli janrdagi asarlardagi portretlar bilan tanishib, ishonch bilan ayta olamanki, portret eng murakkab va qarama-qarshi qahramonlarni tushunishga yordam beradigan eng muhim badiiy vositalardan biridir. Qahramonni tasvirlashning boshqa usullaridan farqli o'laroq, xoh u tasviriy san'at, xoh haykaltaroshlik bo'lsin, badiiy asardagi portret eng jo'shqin, tashqi qiyofasini, yuz ifodalarini, imo-ishoralarini va shaxsiy harakatlarini to'liq ifoda eta oladi. Aynan shu to'liqlik va qiziqish nafaqat adabiy portretni, balki butun adabiyotni qiziqtiradi.
Adabiy tanqidiy suhbatlar
Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan “Adabiy tanqid: bugun va ertaga deb nomlangan davra suhbatida ayni sohaga oid kamchiliklar ortaga tashlandi, adabiy tanqidning ijodiy jarayon kozgusi ekani, adabiyotning taraqqiyot yolini belgilab berishi, uning hayotiy zarurat ekanligi takidlandi.
Tahririyatimiz davra suhbatida aytilgan fikr-mulohazalarni gazetada yoritib, adabiy jamoatchilikni, keng kitobxonlar ommasini tanqidchilik muammolaridan, bu soha jonkuyarlarining say-harakatlaridan, taklif va tavsiyalaridan xabardor qilishni rejalashtirgan edi. Albatta, bu ijodiy muloqot davomida aytilgan hamma gapni gazeta sahifasiga sigdirishning imkoni yoq. Shu bois ishtirokchilarning tanqidchilik ahvoli va rivoji uchun foydali, bevosita mavzuning oziga doir fikr-mulohazalarini sahifaga olib chiqishni maqsad qildik.
Davra suhbatini Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi raisi taniqli olim Suvon Meli olib bordi.
Suvon Meli, filologiya fanlari nomzodi:
Bugungi adabiy jarayonda tanqidning orni va roli har qachongidan-da muhim. Zero, ijodiy sharoit barcha janrlarda, turli uslublarda yozish imkoniyatini yaratib berdi, badiiy tafakkur ufqlari kengaydi. Ananaviy, realistik uslubdagi asarlar bilan bir qatorda har xil adabiy oqimlarga xos usuldagi asarlar ham chop etilayotir. Bugun tanqidchilik oldida mazkur jarayonni organish, jamoatchilikka, keng kitobxonlar ommasiga ularning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, estetik didni tarbiyalash, joriy adabiy tafakkurdagi osish-ozgarishlarni aniqlab, istiqboldagi taraqqiyot yollarini korsatishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bu vazifalarni ado etishga choglangan adabiy tanqidning ayni paytdagi faoliyati qoniqarlimi? Adabiy tanqid sustlashdi, taqrizchilik holiga tushib qoldi, hatto tanqidchilik atamasidan voz kechib, adabiyotshunoslik atamasi bilan kifoyalangan maqul, degan fikrlar qanchalik rost?..
Bugungi davra suhbatimizda yuqoridagi kabi bir qator savollarga birgalikda javob qidirsak, muammolarni roy-rost ortaga tashlasak, aniq taklif va mulohazalarimizni bayon etsak. Maqsad badiiy tafakkur taraqqiyotining yetakchi kuchi bolgan adabiy tanqidning yanada faollashuviga, tahlil va talqinda teranlashuviga, ommabop va hozirjavobligiga turtki berishdan iboratdir.
Nurboy Jabborov, filologiya fanlari doktori:
Mustaqillik barcha sohalar qatori adabiyotshunoslik va adabiy tanqid rivoji uchun ham katta imkoniyat yaratdi. Bu imkoniyatni voqelikka aylantirish masalasiga kelsak, afsuski, buni tola-tokis uddalay olayotganimiz yoq. Adabiy tanqid aslida ijodning alohida turi mavqeiga kotarilishi kerak. Mahmudxoja Behbudiyning Tanqid saralamoqdur degan tarifi bu sohaning mohiyatini aniq va londa ifodalagan. Lekin bizda bu soha mudom oqsab keladi. Nima uchun? Yana Behbudiyga murojaat etamiz:
hanuz tanqid davriga yetishganimiz yoq. Ittifoqo, tanqid shaklinda bir nimarsa yozilsa, bizlarga qattiq tegar. Yozganlarimizni(ng) buzuqligi va fikrimizni(ng) xatoligi, ishimizni(ng) noqisligini biror kishi korsatsa, achchigimiz kelur. Va ul odamni dushman korub, shaxsidan nafrat va fikriga norozilik bayon eturmizki, bul bizni(ng) yangidan ishga boshlaganimizdan, boshqa til ila noqisligimizdandur. Bu birinchi va bosh sabab. Bugungi kunda ham ruhiyatimizda ayni holat yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham munaqqidlarimiz keskin tanqiddan saqlanishga urinadi. Boshqacha aytganda, dushman orttirmaslikka intiladi. Natijada, bozorbop sherlar, yengil-elpi, ulug hazrat Navoiy sozlashni boisi beadablik deb atagan uyatli holatlarni bayon etuvchi nasriy asarlar urchib ketdi. Axir, bizda chinakam tanqidiy asarlar, yozuvchi-shoirlarimiz tan olgan munaqqidlar bor edi-ku. Ustoz Ozod Sharafiddinovning qolma-qol oqilgan Ozbeknoma haqidagi mashhur maqolasini eslang. Matyoqub Qoshjonovning, Norboy Xudoyberganovning matbuotdagi chiqishlari-chi? Togri, bugun ham tanqidiy maqolalar bosilib turibdi. Lekin barmoq bilan sanarli. Qolaversa, bir-ikki maqola bilan adabiy jarayonning oziga xos tendentsiyalarini, tamoyillarini aniqlab, baholab bolmaydi.
Keyingi paytda adabiy tanqidchilikda yana bir nojoiz urf kozga tashlanmoqda. Bu urf bizda yaratilgan badiiy asarlarni suniy ravishda Garbda paydo bolgan izmlarga boglashga intilish bilan bogliq. Ayon haqiqat shundaki, muayyan asar saviyasi qaysidir izmga aloqadorlikda emas, muallifning badiiy mahoratida namoyon boladi. Munaqqid asar badiiyatini, muallifning ijodiy uslubidagi oziga xoslikni, obrazlilikda, qahramonlar ruhiyati tasvirida erishilgan yutuqlarni yoki aksincha, kamchiliklarni chuqur tahlil etishi, shu asosdagi mantiqiy dalillangan xulosalarni bera olishi zarur. Uning adabiy-tanqidiy maqolasini oqigan tajribali adibu shoirlar ham, yosh boshlovchi qalamkashlar ham nimadir organsin, ozida izlanish zaruratini sezsin. Munaqqid shundagina oz vazifasini bajargan hisoblanadi. Ustoz shoiru adiblardan: Ijod qilayotganimda, har doim Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qoshjonov yelkamdan qarab turgandek tuyuladi. Bu asarni oqiganda ular nima der edi, qanday baholardi, degan andisha meni mudom taqib etadi, degan etiroflarni kop eshitganmiz. Ana shunday shaxsiyatlar yetishmogi adabiy tanqid rivojining asosiy shartlaridan.
Adabiy tanqid borasida ham muvaffaqiyatlarimiz oz emas. Biroq biz bu yutuqlar bilan cheklanib qolmasligimiz, muttasil izlanishda bolmogimiz zarur. Adabiy tanqid bevosita adabiy jarayon bilan baravar qadam bosishi, uning taraqqiyot yonalishini, rivojlanish istiqbolini belgilashga yordam berishi kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlar mujassam. Ijodiy erkinlik ham, ilmiy salohiyat ham yetarli. Navqiron, umidli munaqqidlarimiz ham bor. Eng muhimi, adabiy tanqidning xolis, juratli, tasirchan va yuqori saviyali bolishiga erishmogimiz, tanqidni togri qabul qilishga organishimiz zarur. Bu esa, oz navbatida, adabiy-estetik tafakkurning osishiga, milliy adabiyotning ravnaqiga olib keladi.
Bahodir Karimov, filologiya fanlari doktori:
Tanqidchining ishi oson emas. Bu yukni his qilish kerak. Manisiz, tanqiddan tuban asarlarni doppini hidlab oqish, songra yozguvchini savalash odamga xushkayfiyat bagishlamaydi. Sanat durdonalari haqidagi har qanday adabiy-tanqidiy maqola esa osha badiiy asarlar bilan yonma-yon yashaydi. Tanqidchilik martabasi kop hollarda badiiy asarning poetik darajasiga bogliq boladi. Agar odamni tafakkurga chorlaydigan, qalbga zavq, fikrga quvvat beradigan betakror, gozal va umrboqiy asarlar yozilmasa, adabiy tanqid harakatdan toxtaydi.
Adabiy jarayon har doim ozining original tahlil usullariga, xos dunyoqarashi va uslubiga ega munaqqidlar soziga muhtoj. Davradoshining yangi bosilgan kitobiga taqriz yozish, ora-orada uyushtiriladigan yubiley anjumanlarida umumchapakka jor bolish bilan munaqqid bu sohada oz qalbi va qiyofasini namoyon eta olmaydi. Munaqqidning talqinlari va tanqidlarini oqigan kitobxon badiiy asar sirini, jozibasini, mohiyatini, adabiy haqiqatni anglasin.
Meningcha, ikki sababga kora adabiy jarayonda paydo bolayotgan asarlar etiborsiz qoladi. Birinchidan, yangicha badiiy tafakkur mahsulini tushunish va tushuntirishga munaqqidning idrok kuchi yetmasligi mumkin. Ikkinchidan, hikoya atalgan voqeanoma, sher deyilgan darak gap hech kimga tasirsiz, hech qanday sirlarsiz, hammaga malum, jon, tanqid qilishga arzimaydigan narsalar boladi. Bugungi kunda tarozi pallasini shu ikkinchi sabab bosib ketgandek taassurot bor. Nasrda ramz va ibratdan kora quruq gapbozlik, oilaviy giybat va gurbat mashmashalari, korpa-yostiq va qoydi-chiqdi intrigalarning bayoni avj oldi. Nosirlarda nazariy bilim yetarli emas, syujet va kompozitsiya takomilini rejalashtira olmaydi; ichki manera ustida bosh qotirmaydi, parallelizm va simmetriyaga ahamiyat bermaydi; detalga yuk yuklamaydi, badiiy nutqni ishlamaydi Sheriyatda esa sen-mensirash, obrazsizlik, manisizlik, uslubsizlik, tilsizlik, tovushsizlik, rangsizlik, ayniqsa, oz yoliga ega istedodli shoirlarga taqlid kuchaydi.
Oquvchi badiiy asar egasining musohibi. Yozuvchi uchun yozganini birov oqimaganidan kattaroq fojea bolishi mumkinmi? Ozim uchun yozaman, degan kamtarlik ortida manmanlik bor. Tanqidga etibor bermayman, degan odamning gapi arazli.
Mashhur frantsuz munaqqidi Sharl Sent-Byov oz davrida: Chinakam tanqidchi odamlardan ozib ketadi, jamoatchilik fikrini boshqaradi. Agar xaloyiq boronlar algov-dalgovida adashib, togri yoldan chalgigan bolsa, munaqqid aslo ozini yoqotmasdan bor ovozi bilan Ortga qaytmoq kerak, deya qichqiradi, deb yozgan edi. Bu gap qaysidir manoda hozir ham oz qimmatiga ega. Xuddi shu olim manaviy olam nafosati va ulugvorligini ezozlagan holda adabiyotdagi merkantilistik kayfiyatlarni, yani manfaatparastlik, foydaxorlikni tanqid qiladi. Bu noxush kayfiyat egalari haqiqiy sanatkor va olimlarga davrdosh boladi, ammo oradan yillar otishi bilan izsiz yoqoladi. Bu ham tarixning bir ibratli sabogidir.
Birovdan eshitgan yoki har joydan choqib oqiganlari asosida, ayniqsa, hozirgi internetlashuv zamonida korganlaridan kochirib maqola yozish qiyin ish emas. Epik asar syujeti yoki voqeiy sherlarni qayta gapirib berish bilan ham qogoz qoralash mumkin. Ammo asl adabiy tanqidiy maqola chinakam sanat asariga oxshab tugiladi. Uning oziga xos uslubi, kompozitsion qurilishi boladi.
Meningcha, bugun adabiy tanqid shakl va mazmun jihatidan yangilanishi kerak. Ushbu ilm sohasi ozining nazariy mezonlarini dunyo adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlarga uygunlashtirishi lozim. Chunki jahon adabiyotshunosligida adabiy tanqidchilikning struktural va immanent analiz, semiotik, intertekstual, genetik, germenevtik, psixotanqid kabi turlari mavjud. Bunday usullar organilib, ozbekona adabiy-ilmiy tafakkur bilan sintezlashishi natijasida bizda ham yangi tanqid maydonga keladi. Garb adabiyotshunosligida badiiy asarga bir xildagi yondashuvlardan, jon ijtimoiy talqinlardan, yaxshi va yomon, real va noreal, oq va qora tarzidagi atigi ikki sifatdan bezish oqibatida yangi tanqid paydo bolgan edi. Zero, nazariy mezonlar maktablarga, maktablar shaxsiyatlarga, shaxsiyatlar muayyan millatlarga mansub. Shu manoda bizda ham kelajakda dunyo adabiyotshunosligiga oz tasirini otkazadigan yuksak ilmiy saviyali olimlar va ularning individual maktablari paydo bolishini orzu qilamiz.
Adabiy tanqid jonlanishi uchun nazariy qarashlarni kuchaytirish barobarida bevosita amaliy ishlar ham zarur: birinchidan, oliy oquv yurtlarining filologiya fakultetlari magistratura bosqichida maxsus Adabiy tanqid nazariyasi yonalishini ochish va unga istedodli yoshlarni oqishga qabul qilish kerak. Mutaxassis shakllanadi, ilm oladi. Bu faoliyat turini adabiy togaraklar doirasida hal qilib bolmaydi; ikkinchidan, Nusratullo Jumaxoja togri takidlaganidek, adabiy tanqidga doir maxsus jurnalga zarurat bor; uchinchidan, nufuzli jurnallar va nashriyotlarda bosilayotgan badiiy asarlarni ichki taqriz orqali mutaxassis nazaridan otkazish nizomlarini ishlab chiqish lozim.
Saydi Umirov, filologiya fanlari nomzodi:
Tanqidchilar yillik hisobot yigilishlarini kutmay vaqt-vaqti bilan, bugungiday toplanib, dolzarb masala, muammolarni muhokama etishi foydadan xoli emas.
Tanqid naqd fikr, taqriz qarz kalom degani. Yutuqlar ozimizniki, ular bor, bundan koz yumib bolmaydi. Lekin har doim ham naqd gapni aytayotibmizmi? Yoq-da. Qanchadan-qancha yaxshi, ortamiyona, bosh asarlar yozilayotibdi, kopchiligi haqida naqd gap, nasiya vada u yoqda tursin, umuman, hech narsa demayotibmiz. Sukutni alomati rizoga yoyib, iqtidori hamin qadar nazmbozlarning hissiz-tuzsiz shigirlarini toy-tomoshalarda estradamizning yorqin yulduzlari gumburlatib ijro etishayotibdi. Xayriyat, adabiyot gazetamizda bir-ikki otkir luqmalar, tishli-tirnoqli fikr-mulohazalarni oqib xursand boldik.
Ustoz Matyoqub Qoshjonov uchta taqriz yozsang bitta muammoli maqolaga zamin yaratasan deb aytar va buni ozi amalda korsatardi. Hozir taqriz anqoning urugi bolib qoldi, kop sheriy, publitsistik asarlar, sovchi kutgan qizlarday, munaqqidlar qiyo boqishi, fikri, bahosini kutib turibdi. Togri, chop etilayotgan har bir kitobga bir taqriz bagishlash imkoni yoq, bunday hollarda mushtarak mavzularda yozilgan asarlar umumiy kuzatuvdan otkazilgan, mano, mahorat jihatidan tahlil qilingan obzor maqolalar qol keladi.
Tasdiqlash orqali bevosita tasdiqlovchi, inkor etish orqali bilvosita tasdiqlovchi tanqid bor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, birinchi xilining, yani yozuvchi ijodidan, asaridan fazilat qidiruvchi, topuvchi, badiiy mahoratining yangi qirralarini kashf etuvchi, tasdiqlovchi tanqid namunalari koproq. Konkret asar yoki asarlarning mazmuni, tili, uslubiga xos kamchilik, nuqsonlarni dalillar, mantiqiy muhokamalar orqali korsatib, isbotlab beruvchi maqola, taqrizlar kam. Bazan bir necha asar, muayyan turkum haqida naridan-beri fikr yuritgandan kora bir sher, bir hikoyani batafsil tahlil qilish, fazilatlari yoki nuqsonlarini dalillar bilan korsatib berish koproq samara keltiradi. Bunga misollar talaygina. Cholponning Raqamli sevgi sherining bir satri nashrda siyna sozi sana deb berilgani oqibatida asar mazmuni ozgarib ketganini Boybota Dostqorayev Siynani sanaga almashtirib bolmaydi sarlavhali maqolasida asoslab bergan edi. Shu orinda Qozoqboy Yoldosh Halima Xudoyberdiyevaning Yoldadirman nomli gozal sheri, Murtazo Qarshiboyev Erkin Azamning Manana hikoyasi tahliliga maxsus maqola yozib elon qilganini ham takidlash joiz.
Keyingi yillar tanqidchiligimizda bir tamoyil koproq kozga tashlanayotibdi. Bu bir qator maqola, taqriz, esse, tadqiqotlarning ilmiy-falsafiy va badiiy-publitsistik ruh kasb etayotganidir. Falsafiy, publitsistik unsurlar muallif diqqatini chetga tortmaydi, oquvchini chalgitmaydi, aksincha, goyani kengroq, teranroq ochib berishga, asar voqealarini hayot hodisalari bilan qiyoslab organishga, matnning yanada maroqli, jozibali, oqishli chiqishiga yordam beradi. Gafur Gulom shoh sherlaridan Vaqtning Suvon Meli tomonidan yangicha teran talqini, Qurdosh Qahramonovning Eshqobil Shukur sheriyatiga bagishlangan maqolasi, Shuhrat Rizayevning Bahodir Yoldoshev teatri essesi shunday usulda bitilgan maroqli, oqishli asarlardandir.
Keyingi paytlarda tanqidchilik ishi, asosan, bir guruh mutaxassislar va ayrim yoshlar chekiga tushayotir. Iqtidorli, umidli yosh munaqqidlar safi kengaymayotgani tashvishlanarli. Turfa soha kishilari, keng oquvchilar ommasi fikr-mulohazalari, etirof, etirozlari matbuotda, efir va ekranda negadir kam berilayotir. Turfa kasb sohiblarining ijodiy jarayon, adabiyot, tanqidchilik, publitsistika, sanat haqidagi kutilmagan, noananaviy, dangal, togri fikr-mulohazalari, xulosa, takliflarini ozaro gurung, norasmiy muloqotlarda tez-tez eshitib turamiz. Qaniydi shularning bir qismi matbuot, kitob sahifalarida chiqsa.
Nusratullo Jumaxoja, filologiya fanlari doktori:
Adabiy tanqidning hozirgi ahvoli, muammolari, yechimlari togrisida Adabiy tanqid: bugun va ertaga mavzusidagi davra suhbati tashkil etilgani juda orinli, deb hisoblayman. Nazarimda, adabiy tanqidning bugungiday ahvolga tushib qolishiga ikkita asosiy sabab bor. Birinchisi, adabiy tanqidchi va adabiyotshunoslarning jarayonga loqaydliklari, boshashib ketganliklari, oz vazifalarini sidqidildan bajarmayotganliklari bolsa, ikkinchisi, ommaviy axborot vositalarida tanqidiy tafakkurga kamroq orin berilayotgani, adabiy-tanqidiy ruknlardan foydalanilmayotganligi, adabiy-tanqidiy maqolalar turli sabablarni rokach qilib chiqarilmayotganidadir.
Avvalo, shuni aniqlab olish kerakki, adabiy tanqid mafkuraviy masala emas, balki adabiy-estetik muammodir. Shu sababli, mafkuraviy ozgarishlar jarayonida adabiy tanqidga xavotir bilan qarash orinsizdir. Adabiy tanqid jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi uchun eng zarur bolgan adabiy hamda abadiy qadriyatdir.
Shayx Sadiy Sheroziy Guliston asaridagi bir hikmatida juda chiroyli asoslab bergan: Uch nimarsa uch nimarsasiz poydor qolmagusidurur: mol tijoratsiz, ilm bahssiz, mulk-mamlakat siyosatsiz. Mana shu bahslar vositasida taraqqiyotga turtki beruvchi ilmlar turkumiga tanqid va adabiyotshunoslik ham kiradi. Afsuski, bahs mohiyatini notogri tushunish, bahs madaniyatiga rioya qilmaslik matbuotdagi adabiy bahslarga barham berdi. Adabiy tanqidning ijtimoiy zaruriyati yana shunda korinadiki, tanqidning chekinishi yoki cheklanishi ortamiyona, sayoz asarlarga keng yol ochib berdi. Aslida, atoqli munaqqidlar Matyoqub Qoshjonov, Ozod Sharafiddinov, Norboy Xudoyberganov, yozuvchilar tanqidchisi Abdulla Qahhorniki singari jangovar maqolalar elon qilinib turganida, shubhasiz, adabiyotdagi xaltura chekingan bolar edi.
Tanqidchi, adabiyotshunos ham ijodkor. U ham mehrga, ragbatga, qollab-quvvatlashga muhtoj. Ne hafsala bilan, mashaqqat tortib yozgan asari chop etilsa, ragbatlanadi, ilhomlanadi, yana ijod zavqiga toladi. Yuqoridagidek munosabat esa har qanday ijodkorga tosiq qoyadi. Chinakam tanqidiy tafakkurga yol bermayotgan tushunchalardan biri jangovarlik bilan jangarilikni bir narsa deb tushunishdir. Aslida, bular insonlardagi boshqa-boshqa xususiyatlar. Jangovarlik kurashchanlik, dadillik, jasurlik, fidoyilik, galaba, yutuq keltiruvchilik fazilatidir. Jangarilik esa urushqoqlik, janjalkashlik qusuridir. Nomlari yuqorida tilga olingan atoqli munaqqidlarimizning yetakchi fazilatlari ham jangovarlik edi. Umuman, tanqidchini adabiy jarayonning eng oldingi safida tutuvchi asosiy fazilati ham jangovarlik bolishi kerak.
Yaqinda sheriyat mavzusidagi davra suhbatida bir ijodkor dostimiz asarini tanqid qilgan munaqqidga kutilmaganda tashlanib qoldi. Axir, uning asarini kimdir oqigani, diqqat-etibor bilan bosh qotirgani va davra suhbatida tahlil doirasiga tortganidan minnatdor bolishi lozim emasmidi? Zotan, to bir kishi ayb qilmaguncha shoir oz sherlarining aybini sezmaydi ham.
Xalqda: Odam oz kindigini ozi kesmaydi, degan naql bor. Yozuvchi ham oz kamchiligini ozi topib, ozi tuzata olmasligi mumkin. Biroq Abulgozi Bahodirxon: Oksiz (yani, chorasiz) odam oz kindigini ozi kesar ekan, deydi. Shunday ekan, asarlarining birinchi tanqidchisi yozuvchi-shoirning ozi bolishi kerak. Oz asarlarining aybini aniqlay olgan, kamchiliklarini isloh eta olgan, yani ozini ozi tanqid qilolgan ijodkor haqiqiy sanatkordir. Diqqat qiling: Koproq oqiyapman, uchinchi jildga kiritilgan hikoyalarni yana bir bor qaytadan oqib chiqyapman, bu menga hayot bagishlaydi, deb yozgan edi atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev qiziga maktubida. Bu gap navqiron yozuvchilarimizga saboq bolishi kerak. Yozuvchi umrbod yozgan hikoyalarini qayta-qayta oqigan, demakki, ular ustida uzluksiz ishlagan. Anglashiladiki, oz asarlarini qayta mutolaa etishda, ishlashda ham lazzat, ham hikmat bor. Yangi adabiyot namunalarini oqir ekanman, oyga tolaman: bu yozuvchilar oz asarlarini, hech bolmasa, navbatdagi yangi nashrdan oldin yana bir bor tahririy nazar bilan oqib chiqarmikinlar? Afsuski, shunday bolib chiqmayapti. Yosh yozuvchilarimizni qoya turayligu, hikoyalari Ozod Vatan saodati toplamidan orin olgan, ayni yetuklik davridagi ijodkorlarimizning hikoyalariga nazar tashlaylik. Matbuotda chizib-chizib oqiganim bir necha hikoyani katta kitobdagi nusxasi bilan solishtirib oqidim. Bu hikoyalar ayni gazetamizda badiiy til togrisida davomli bahs-munozara otkazilgan kezlar chop etilgan edi. Qayta oqirkanman: Qani, muhtaram yozuvchilarimiz asarlari ustida bir necha yil mobaynida qanday ishlashdi ekan? degan savol meni oylantirardi. Biror jumla yoki sozni ozgartirishdimikin? Yoq, 50-60 yosh oraligidagi bu zabardast yozuvchilar hikoyalaridagi tumtaroq jumlalar, noorin qollangan soz-iboralar aynan matbuotda chop etilganiday joy-joyida turibdi. Chunki ularning sozlarini hech kim ayb qilmagan va ular isloh topmagan. Kitob muharriri ham tahrir etmagan. Mana shunday badiiy haqiqatlarni aytsak, matbuot chop etarmikin va bunga atoqli yozuvchilarimiz chidasharmikin?
Mamlakat adabiy tanqidchiligining markaziy ochogi Yozuvchilar uyushmasining Tanqid va adabiyotshunoslik kengashidir. Oz-ozini tanqid tushunchasining mazkur kengashga ham tegishliligidan kelib chiqsak, Kengashning amaliy faoliyati qanoatlanarli, deya olmayman. Kengashning yillik rejasi talabga javob bermaydi. Kengash rejasiga yil boshida biz tavsiya etgan tadbirlarning kopchiligi qabul qilinmadi.
Aytilgan fikr-mulohazalar asosida quyidagi xulosalarni taklif etamiz: Tanqid va adabiyotshunoslik kengashining tarkibini haqiqiy ishlaydigan mutaxassislar hisobiga yangilash va kengaytirish lozim. Kengash joriy rejasini qayta korib chiqib, takomillashtirish maqsadga muvofiq. Adabiy tanqid muhitini jonlantirish zarur. Adabiy jamoatchilikda tanqidni togri tushunish, qadrlash tuygularini shakllantirish muhimdir. Yuqorida takidlanganidek, adabiy tanqid uchun alohida nashrga ehtiyoj borday. Shu boisdan, adabiy tanqid buguni va ertasini taminlash maqsadida, adabiy-badiiy gazeta-jurnallar sahifalarida adabiy-tanqidiy maqolalarga keng orin ajratishni tashkil etish bilan birga, Yozuvchilar uyushmasi hamda Ijod fondi muassisligida har uch oyda bitta chiqadigan yangi Adabiyot masalalari nomli adabiy-tanqidiy jurnal tasis etilsa yaxshi bolardi. Shuningdek, Suvon Meliyevning har yili otkaziladigan yosh ijodkorlar seminarlari dasturiga adabiy tanqid nominatsiyasini, albatta, kiritish kerakligi haqidagi taklifini qollab-quvvatlayman.
Suvon Meli:
Adabiy tanqidning nafaqat amaliy, balki nazariy muammolari ham bor. Istiqlol davrida adabiy tanqidning orni va mavqei haqida gap borar ekan, nazarimda, dastlab uning goyaviy-estetik printsiplarini belgilab olish va ishlab chiqish lozim. Bunga jiddiy ijtimoiy talab bor. Istiqlol va dunyoning globallashuv holati mamlakatimizda yangi adabiy muhitni hosil qildi. Yangi muhitda esa adabiy tanqid oziga yuklatilgan missiyani uddalash uchun, yuqorida aytilganidek, uning goyaviy estetik printsiplari ishlab chiqilishi, adabiy tanqid va tanqidchilik jarayoniga izchil tadbiq etilishi zarur. Bu printsiplar, bizningcha, quyidagilar: estetik ideal (u ozida jamiyatning oliy maqsadlarini gozallik qonunlari asosida jamlaydi), olijanob goya, sof his-tuygu, axloqiylik va hokazo.
Adabiy tanqid yaratilayotgan va ozbek tiliga ogirilayotgan asarlardan ushbu printsiplar tasdigini talab qilishga haqli, deb oylayman.
Prezidentimiz Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida shunday yozadi: Manaviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, etiqodidan qati nazar, har qaysi odamning tom manodagi erkin inson bolib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kozda tutadigan mafkuraviy, goyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb oylayman.
Shahar bedarvoza emas degandek, adabiyot ham bedarvoza emas. Uning muqaddas hududiga har qanday goya, voqea va kechinmalarni olib kirish mumkin emas. Adabiyot yomonlikdan asranmogi lozim. U hech qachon manaviy tahdid quroliga aylanmasligi, aksincha, bunday tahdidga qarshi faol kurashmogi kerak.
Adabiy tanqid esa hamisha manaviy soglom adabiyot tarafida qoim turishi lozim.
Adabiy tanqid ozining yuksak nuqtalarida milliy va jahoniy badiiy tafakkurning akkumullyatoridir. Malumki, akkumullyator elektr va issiqlik energiyasini keyinchalik foydalanish uchun toplaydigan qurilma, texnik asbobdir. Xuddi shunday adabiy tanqid ham yaratilgan va yaratilayotgan buyuk badiiy obidalar jismi jonidagi ulug haqiqatlar, ezgu hissiy kashfiyotlarni qayta kashf etib, umumning aqliy va kongil mulkiga aylantirguvchi adabiy ijod sohasidir.
Tanqid muayyan manoda adabiyot falsafasi, badiiy adabiyotning yuksak manodagi koz-kozidir. Adabiy tanqid oz tahlilu kashfiyotlari bilan yaratilajak buyuk asarlarga doyalik qilsa, qanday yaxshi.
Bugungi suhbatimizda koproq adabiy tanqid muammolari haqida gapirildi. Yutuqlarga kam toxtaldik. Adabiy-badiiy nashrlarimizda bosilayotgan tahliliy maqolalar, taqrizlar, adabiy suhbatlardan, chop etilayotgan adabiy-tanqidiy toplamlardan koz yummagan holda aytish joizki, bugungi adabiy tanqid oz vazifasini baholi qudrat bajarayotir. Shu orinda men Ozbek adabiyoti masalalari, Ozbek adabiyoti. Tasir va tipologiya, Istiqlol. Adabiyot. Tanqid toplamlarini, taniqli adabiyotshunos olimlarimizdan Nomon Rahimjonovning Istiqlol va bugungi adabiyot, Nurboy Jabborovning Zamon. Mezon. Sheriyat, Damin Torayevning Rangin tasvirlar jilosi, Hakimjon Karimovning Hayot, davr va adabiyot nomli kitoblarini misol tariqasida takidlab aytishni istardim. Ozbekiston adabiyoti va sanati gazetasida Vatan mavzusidagi sherlar tahliliga bagishlangan turkum chiqishlar, Sharq yulduzi jurnalida adabiy jarayon muammolariga doir izchil berib borilgan savol-javoblarni ham eslaylik. Mana, Yoshlik jurnali yosh ijodkorlarning bir asari va unga ikki-uch muallifning munosabat-taassurotini elon qilayotir. Izlanishlar davom etayotir, bugun siz, biz kuyunib aytayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilinayotir. Eng muhimi, tanqidda faollikni oshirsak, loqaydlikka chek qoysak, fikr-mulohazalarimizda xolis va begaraz bolsak, marra bizniki. Bugungi davrda suhbatimiz ham ana shu yoldagi muhim qadamlardan biri boldi, deb ishonaman.
Jahon adabiy tanqidchiligining o`zbek adabiy tanqidchiligiga tasir
Sanat asari ijodkor bilan kitobxon ortasidagi muloqotni tashkillashtiradi . Sharq adabiyotshunosligida ahli dark, ahli idrok, ahli zurafo singari istilohlar kop uchraydi,bunda badiiyat olamidan huzurlanuvchilar tushuniladi. Sharq adabiyotshunosligida ilmi naqd badiiy asarni baholaydigan soha tarzida rivojlangan.Naqadaozagidan kelib chiqqan tanqid istilohi tekshirmoq ,organmoq, yutuq, kamchiligini aniqlamoq kabi manoni bildiradi.Yunonchada kritiksozi bilan ifodalangan tanqid keng manoda mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq manolarida qollangan. Munaqqidlar matn bilan ishlashda soz zamiridagi mano qatlamni anglash,sharhlash orqali badiiy qimmatini belgilab borganlar.Bu jarayonni organish talabani mustaqil fikrlash, ilmiy salohiyatini oshirishga zamin yaratadi.
Badiiy asar yaratilishi bilan unga baho berilar ekan,malum mezonlarga asoslanadi.Qadimda asar yutuq ,kamchiligini korsatishda munaqqid yuksak didi, dunyoqarashi muhim ahamiyatga ega bolgan.Al mojam,Badoyi us\sanoye kabi asarlar sharq tanqid ilmi tarixini yoritishda muhim sanaladi. Aristoteldan Gegelgacha adabiy tanqidni harakatdagi estetik harakat tarzida taqdim etib,badiiy asarni yaxlit tuzilma tarzida organganlar. Sharqda sharh,tafsirning qadri baland bolib,zehni kuchli allomalar bunday sharafli,masuliyatli vazifani uddalaganlar.Har bir soz,belgi ,imo,ishorani ilgash,aniq hamda togri sharhlash ,asoslash katta ilmiy salohiyatni talab etgan. Muqaddas kitobga tafsir bitish tilni puxta bilish, soz mano xususiyatini anglash,quvvai hofizaga egalikni taqazo etadi. Garb tanqidshunosligida ham matn talqini talimotiga etiborni kuchaytirgan. Germenevtika talqin nazariyasi,manoni anglatish talimoti bolib, asarni ozlashtirishni osonlashtiradi. Aksiologiya, ontologiya, germenevtika ilmi hozir ham jahon munaqqidlarini qiziqtirayotgan dolzarb masala hisoblanadi.Badiiy asar yashovchanligini belgilovchi nazariy talimotlar filologik tadqiqotlarga yol ochadi.
Adabiy tanqidning oziga xos xususiyati aniq badiiy asarlarni oz qiziqish doirasiga kiritishi bolib, adabiyotshunoslikning muhim ahamiyatga ega va adabiy jarayon taraqqiyotiga jiddiy tasir korsatuvchi qismlaridan biri sanaladi. Zero, adabiyotshunoslik uch tarkibiy qismdan iborat: adabiyot tarixi. adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid.
Adabiyot tarixiy badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, yani "orqaga nazar tashlab turib", otmishda kechgan hodisa sifatida tekshiradi. Boshqacha qilib aytganda, adabiyot tarixi badiiy ijodning tarixga mansub bolib qolgan yoki qolayotgan qismini organadi, tekshiradi. Adabiyot tarixi soz sanatining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiq etadi, umumlashtiradi, bir xalqning va umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi.
Soha soz sanatining mohiyatini, taraqqiyot qonuniyatini, kishilik jamiyati rivojidagi orni va rolini, oziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish meyorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi otmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jarayonidan nazariy xulosalar chiqaradi.
Adabiy tanqid esa adabiy ijod oqimining borishiga bevosita aralashadi, uning hamma hodisalariga ishtirok etadi, adabiyotning asosiy xususiyatlari shakllanishiga tasir korsatadi. Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan organadi, baholaydi, fazilat, nuqsonlarini aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy osishlariga va adabiyotning ravnaqiga komaklashadi.
Adabiyotshunoslikning shu uchala tarkibiy qismi orasidagi mushtarak tomonlar shundaki, har uchalasi ham estetik bilimning oziga xos aniq korinishlaridir, falsafa va estetika ularning umumiy metodologiyasidir, ular xalq tarixi, xalq tili, xalq madaniyati, folklor va xalq estetik tasavvurlarining jonli taraqqiyot tarixi negizida rivoj topadi. Shu boisdan kop hollarda bir olimning ozi, aytaylik, I.Sulton yo M.Qoshjonovlar ayni holatda ham adabiyotshunos, ham munaqqiddirlar.
Adabiyotshunoslikning uch tarkibiy qismi ortasidagi ozaro tafovutlarga kelganda shuni aytish zarurki, ayirmalar koproq xalqning zamonaviy hayoti va milliy adabiyotga munosabati masalalariga bevosita daxldorlikda korinadi. Binobarin, adabiy tanqidni adabiyotshunoslikdan farqlashga imkon beradigan estetik xususiyatlar quyidagilar: 1) xalq va jamiyatning zamonaviy hayoti bilan bevosita boglanganlik; 2) zamonaviy milliy-badiiy jarayonni tahlil etish va bu orqali ijtimoiy hayotga estetik tasir korsatish; 3) xayot va adabiyotni estetik bilishga yonalganlik, hayot orqali adabiyot togrisida muhokama yuritish: 4) umuman, adabiyotshunoslik zamon sinovidan otgan ijobiy adabiy-badiiy, hodisalarni tadqiq etadi va ulardan ijobiylarini alohida takidlab korsatadi; 5) tanqidda badiiy jarayon tahlilida ilmiylik, sotsial pafos va mahoratshunoslik ozaro uygunlashib ketadi; 6) tanqid chaqqon harakatchanlik, estetik jangovarlik va publitsistik uslubga moyildir; 7) tanqid tezkor va tezpishar estetikadir, oziga xos aniq amaliy estetikadir; 8) adabiyot tarixi estetika tarixi bilan, adabiyot nazariyasi-estetika nazariyasi bilan uygun bolsa, adabiy tanqid estetik tanqid bilan uygundir.
Adabiyotshunos va tanqidchi orasidagi farqlar ham anchagina, bular quyidagilardan iborat: 1) adabiyotshunos ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa ilmiy va badiiy tafakkurning qoshilish maydonida harakat qiladi; 2) adabiyotshunos otmish adabiy meros ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida soz yuritadi; 3) adabiyotshunos otmish adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa, aniq asarga koproq urgu beradi; 4) adabiyotshunos "yaxshi manodagi akademizm"ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqid esa operativlikka va bevosita faollikka suyanadi; 5) adabiyotshunos mutaxassislarga qarata sozlaydi, adabiy tanqidchi esa ommaga qarab sozlaydi; 6) adabiyotshunos estetikani boyitadi, adabiy tanqidchi adabiyotshunoslikni va hokazo.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ozaro uzviy boglangan bolib, biri ikkinchisini toldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning tadqiqot tamoyillari bitta, ammo predmeti bir-birinikidan farq qiladi.
Adabiyotshunoslikda, jumladan, rus adabiyotshunosligida ham tanqid tarixiga taalluqli talay asarlar yaratilganiga qaramay, bu sohada hamma adabiyotlar uchun maqul va manzur tushadigan mushtarak metodika hali maydonga kelganicha yoq. Hozircha ilmda hamma uchun manzur tushgan birdan-bir qoida tanqid tarixini adabiyot tarixining asosiy bosqichlari bilan aloqadorlikda organishdir. Bu yonalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy jarayonda adabiyot va sanatning tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini doimo kozda tutadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tanqid tarixi adabiyot tarixining takrori bolmasligi lozim. Adabiyot va sanat tarixida tanqidga oid material ikkinchi orinda turgani kabi tanqid tarixida ham adabiyot tarixiga oid material faqat yordamchi orinnigina zgallashi mumkin. Bunda tanqid tarixining badiiy adabiyot tarixi bilan chambarchas aloqasi va tanqid tarixining nisbatan mustaqilligi adabiy tanqidchilikning rivojini tayin etuvchi shart-sharoitning oziga xos xususiyatlarini, albatta, etiborga olmoq demakdir.
Bu oziga xoslik shundan iboratki, ozbek adabiy tanqidi ham sanat va adabiyot taraqqiyotining asosiy qonunlari allaqachon kashf etilgan davrda rivoj topdi. Bunday sharoitda tanqidchining vazifasi xuddi shu kashf etilgan qoidalarni chukur anglash va shundan kelib chiqib togri, xolis baholashdan iborat bolib qoladi.
Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchilar ijodini, adabiyotimizda voqea darajasidagi badiiy asarlarni tahlil etish va shu asosda adabiyot rivojiga turtki boladigan mummolarni kotarib chiqish, tekshirish va estetik mohiyatini ochish va baholash, umumlashtirishdan iborat.
Adabiyot hayotdagi, jamiyatdagi real voqelikni, insonning hayotini badiiy aks ettirishi va uning barkamol yetuk obrazni yaratishi lozim bolsa, komil tanqidning vazifasi hayotning voqea-hodisalarini, kishilar hayotini yozuvchi qanchalik aks ettirgan yo ettira olmaganini, bordi-yu bu yetarli darajada keng va chuqur aks ettirilmagan bolsa, buning tub sabablarini korsatishi shart. Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini ham hayotni teran kuzatish va chuqur oylashga davat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari va uslublarining rang-barangligi muhim ahamiyatga molik. Zero, tanqidga oid asarning tasirchanlik darajasi va oqishliligi aslida xuddi shu usul va uslub jozibasiga bogliq. Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik tadqiqot, struktural tahlil yoki asar matnini detallashtirib qiyosiy (qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik) tahlil qilish va boshqa tahlil shakllari uchraydi. Tanqidchi U.Normatov "Jahon adabiyoti" jurnalining 2000 yil mart sonida yosh olim R.Rahmat bilan, shuningndek, "Jahon adabiyoti" jurnalining 2008 yil mart sonida H.Boltaboyev bilan "Yangi nazariy tamoyillar" haqidagi suhbatlarida XX. asrda Garb, jahon adabiyotshunosligida onlab ilmiy yonalishlar, maktablar: qiyosiy adabiyotshunoslik, psixoanaliz va adabiyotshunoslik, analitik psixologiya, intuitivizm, formalizm, ritual-mifologik maktab, antologik germenevtika, ekzistensializm va estetik kommunikatsiya. neomarksizm va sanat sotsiologiyasi, falsafiy germenevtika, strukturalizm, poststrukturalizm kabilar bolganligini aytib, A.Qodiriy XX asr boshlaridayoq "Yozuvchi boladurgon har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak"ligini takidlaganiga etiborni qaratadi. Biroq, afsuski, ozbek adabiy tanqidchiligida uning butun tarixi davomida sotsiologik tahlil usuli yetakchilik qilib keldi.
Mustaqillikka zrishganimizdan song ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi jahon adabiyotshunosligi mezonlari, uslubiy yonalishlaridan xabardor holda rivojlanmoqda.
Poetik matn talqini Yevropa adabiyotshunosligida allaqachon oz tarixiga ega sohalardan biriga aylangan. XIX asrda Yevropada tushuntirish, talqin sanatiga asoslangan "germenevtika" deb atalgan soha rivojlangan bolib, u qadimiy adabiy yodgorliklarni tushunib, manosiga yetib talqin etishning maxsus usuli sifatida namoyon bolgan. Garchi juda kop ozbek adabiyotshunoslari germenevtikaning qaysidir prinsiplarini oz ilmiy faoliyatlarida qollasalar ham, osha fikrlash tarzi, gipotezalari. taqqoslari, hukm va xulosa chiqarish usullarining qaysidir jihati germenevtik tafakkurga daxldorligini xayollariga ham keltirmaydilar. Chunki biz yaqingacha dialektik materializm falsafasidagi gnoseologiya-bilish nazariyasini chukur organganimiz holda germenevtika-matn talqini talimotining jahon ilm-fanidagi atamasidan ham aksar holatlarda bexabar qolingani borasida B.Karimov eslatib otadi.
Germenevtika atamasining etimologiyasi "tushuntirish", "talqin qilish" degan manolarni bildiradi. Uning ayrim yonalishlari qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan.
Bizning davrimizda adabiy asarni tushunishning bu usuli filologik tanqidchilik fani sohasiga kirib, uning mohiyatini adabiy asarning chin, asl matnini tiklashga va uning adabiyot tarixidagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari yigindisi tashkil etadi. Germenevtikaning asosini tashkil etuvchi nazariy prinsiplar sifatida: 1) umumiy, kontekstual prinsipni: 2) shu soha doirasiga kiruvchi talqin usullarini: 3) muallif maqsadi va mulohazalarini hisobga olgan holda matnning tarixiy va ijtimoiy sharoitdagi hayoti,unda sodir bolishi mumkin bolgan ozgarishlar va ularning kopchilik nusxalari talkinini qayd etish mumkin.
Garb adabiyotshunosligi usullari fandagi har qanday hodisaga detalli (unsurma-unsur, uzvma-uzv, bolakma-bolak) yondashuv xususiyati bilan ajralib turadi. Badiiy talqin yoki sharh usuli qadimdan Sharq adabiyotshunosligida ham mavjud bolib, bu usul talqinda germenevtika qayd etgan barcha imkoniyatlarni nazarda tutgan holda umumiyroq fikr bildirish, umumiyroq xulosalar bayon etish bilan farqlanadi.
Germenevtikaning nazariy-metodologik imkoniyatlartni, ilmiy xulosalar chiqarishdagi asosiy tamoyillarini ozbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga tatbiq etish payti yetib keldi. Shu bois XX asr ozbek adabiyotshunosligidagi yangicha talqinlar 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda maydonga keldi. Bu davrda chinakam sanat asarining turlicha bir-birini takrorlamaydigan talqinlari ham kozga tashlanmokda. Xullas, ozbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi jahon miqyosiga chiqishi uchun jahon adabiyotshunosligidagi eng muhim tamoyillarni, nazariy qarashlar, usul va metodologiyalarni ozlashtirmogi lozim.
Adabiy tanqidning boshqa fanlar bilan munosabati. Adabiy tanqid tarixini badiiy ijod, soz sanati tarixidan ajratib olib organish, tadqiq etish mumkin emas. Negaki, ular bir-biriga chambarchas bogliq bolib xalqimizning ongu tafakkurini rivojlantirishga, manaviy kamolotini taminlashga safarbar etilgan. Ayni chogda ularning har biri takrorlanmas qiyofasi, uslubi, oziga xos qonuniyatlariga ega bolsa-da, bir-biridan ajralib turmogi kerak. Ularning hayotda, real voqeliqda oz orni, mustaqil vazifalari, bir-birinikiga oxshamagan vositalari, qurollari bor.Binobarin, adabiy tanqid ilmiy muhokama va mushohadaga toyintirilgan soz sanati hisoblanadi. Tanqidchi, N.Xudoyberganov togri takidlaganidek, "soz sanatining oziga xos yaratuvchi, kashf etuvchi ijod sahifasi ekanligini hech kim inkor etmaydi, ammo adabiy tanqidchilikning mustaqil ijod turi ekanligi hamon shubha uygotadiki, masalaga aniklik kiritish maqsadida uning tuzilishi, shakllanishi, rivojlanish jarayonini chuqur organish, tadqiq etish talab qilinadi. Ammo tarixga murojaat etish zarurati faqat shu bilan belgilanmaydi. Birinchidan, qaysi sohaning yoki shaxsning tarixi bolmasin, uni buzib talqin etish, yoq narsani bor, aksincha, borini yoq deb korsatishga yol qoyilmaydi. Ikkinchidan, tarixni hozirgi kun nuqtai nazaridan ozgartirib, bugunning talabiga muvofiq baholash butunlay zararlidir. Uchinchidan, uni baholash, tadqiq etishda osha davr taraqqiyotining asosiy xususiyatlari, tendensiyalaridan kelib chiqib, hozirgi zamonga mushtarak ijobiy hamda salbiy hodisalarni aniqlash, yaxshilarini qollab-quvvatlab, ularni yanada mustahkamlash, rivojlantirish, yomonlarni fosh etib, ularning ravnaq topishiga chek qoyishga alohida etibor beriladi. Yana shunisi borki, har uchala holat bir-biriga tabiiy ravishda birlashib, koshilib ketadi, ularni bir-biriga qarama-qarshi qoyish yoxud ajratib tashlash mumkin emas"18.
Adabiy tanqidning oziga xos ijod turi, fan sohasi ekanligini noyob va nodir istedodli tanqidchilar, ular yaratgan asarlar ham isbotlab turibdi. Bunga Alisher Navoiy, N.Gogol va V.Belinskiy ijodlari yetarli darajada misol bola oladi.
Adabiyot, sanat hayotni, voqelikni badiiy ozlashtirishda oziga xos obrazlilik vositalari bilan inson qalbi va aqliga tasir qilib, jamiyatning rivojlanishiga yordam beradi. Xuddi sanat singari adabiy tanqid ham shu vazifani bajarishi tufayli kishilik taraqqiyotiga va tafakkurining rivojlanishiga tasir korsatishi tabiiydir. Xuddi shu xususiyatining oziyoq tanqidiy asarlarning sanat asari bolmogini taqozo etadi. Buning uchun sanat asari haqida fikr yurituvchi tanqidchining ozi sanatkor bolmogi darkor. Biroq bukda adabiy tanqidchi qay darajada sanatkor bolishi va qaysi shaklda muhokama yuritishi ayricha qimmatga ega. Hayotni badiiy ozlashtirish, uni obraz, kartinalarda aks ettirish sanatning vazifasi-ku! Tanqid sanat kabi hayotni badiiy tasvirlay olmas ekan, demak, u badiiylikdan, sanatlikdan mahrum bolib qolmaydimi? Yuzaki qaraganda, bu mulohaza togriga oxshaydi. Binobarin, L.Tolstoyning "Tanqidchilar sanatkor bolishga hamma vaqt tirishuvchi, lekin sanatkor bolishga ulgurmagan kishilardir" degan pichingi ham asossiz aytilmagandek tuyuladi.
Demak, tanqid bilan sanat, tanqidchi bilan sanatkor ortasida qandaydir farqlar mavjud. Bu farqlar nimalardan iborat? Buyuk tanqidchi V.G.Belinskiy "har ikkisining mazmuni bir, farqi faqat shakldadir", -degan edi. Adabiy tanqid, birinchi navbatda. hayotni badiiy ozlashtirish qonuniyatlarini organuvchi, tadqiq qiluvchi fandir. U badiiy adabiyotga ijodiy jarayonning usul va tamoyillarini, oziga xos qonun-qoidalariki organuvchi adabiyotshunoslik fanining bir bolagidir.
Har qanday fanga xos asosiy xususiyat, yani "oziga tegishli" bolgan hayot voqea - hodisalarini tadqiq qilish asnosida unga baho bermok. atroflicha asoslamoq va isbotlamoq adabiy tanqidga ham xosdir. Shunga kora adabiy tanqid muayyan adabiy hodisani tahlil qilar zkan, uning tahlilida izchil mantiq, asos va isbot birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Biroq adabiy tanqid tahlilida oziga xos va mos vositalardan foydalanmasa, u ozining ijtimoiy vazifasini bajara olmaydi, yozuvchi uchun ham. oquvchi uchun ham tarbiya maktabi bola olmaydi.
Hayot va uning mohiyatini tashkil etuvchi odamlar badiiy mjodiyotning ham, tanqidning ham asosidir. Shu sababli adabiyotni "hayot darsligi" deyishadi.
Adabiy tanqid oz mohiyati bilan falsafiydir. Tanqid shu manoda falsafiyki, uning marifiy va goyaviy, ijtimoiy va estetik vazifalari malum darajada falsafa fanining vazifalari bilan mos tushadi. Lekin adabiy tanqid aniq ijtimoiy fan bolgani tufayli oznning maxsus tadqiqot predmetiga va oziga xos vazifalariga egadir. Xuddi shu xususiyati tufayli tanqid falsafadan ham, boshqa ijtimoiy fanlardan ham, adabiyotshunoslik fanining boshqa sohalaridan ham farqlanib turadi. Adabiy tanqid jamiyat badiiy taraqqiyotini ilmiy bilishning aniq korinishlaridandir. Shu tufayli falsafa va tanqid orasida ozaro munosabat ilmiy metodologiya va aniq adabiyotshunoslik fanlari orasida ozaro munosabat sifatida namoyon boladi. Shunday ekan, adabiy tanqidchilikning barcha tur, shakl va janrlari: 1) mantiqiy izchillik; 2) ilmiy yaxlitlik; 3) tanqidiy dalillanganlik; 4) tuzilish jihatdan tugallik va mukammallik kabi fazilatlarga ega bolmogi shart. Agar bularning birortasi yetishmasa, tanqid oz vazifasini bajarolmaydi.
Tanqid estetika bilan chambarchas bogliq. Tanqid bilan estetikaning ozaro uzviy bogliqligi bu ikki fan vazifalarining ozaro mushtarak tomonlarida kozga tashlanadi. Modomiki, tanqidning predmeti badiiy jarayonning aniq tamoyillari, aniq tomonlari va aniq asarlarini tahlil etishdan iborat ekan, uning vazifasi, umuman olganda. voqelikni estetik ozlashtirish va ozgartarishga xizmat qilishdir. Bu jihatdan estetika va tanqid bnr jonu bir tandir. Shu umumiy vazifasini bajarishda tanqid: birinchi tomondan, badiiy asar bilan voqelik; ikkinchi tomondan, fan bilan sanatkor; uchinchi tomondan, sanat bilan kitobxon; tortinchi tomondan, sanatkor bilan kitobxon ortasida munosabat ornatadi. Bunda tanqid badiiy jarayon va badiiy asarniig ichki estetik tamoyillari, yonalishlari va fazilatlarini tadqiq qilish asnosida oz maqsadiga erishadi.
Tanqidchilik hozirgi kunda tadqiqotchilik sohasi kabi analitik harakterga ega. U jiddiy adabiy-tarixiy, retrospektiv va nazariy umumlashmalar chiqarishdan tashqari, tarix, falsafa, sotsiologiya kabi bir-biriga yakin fanlar bilan aloqani kuchaytirdi. N.G.Chernishevskiy esa badiiy tanqidni yana ham aniqroq tariflab, tanqidning oziga munosib va jiddiy vazifalaridan biri bosh asarlarni taqiblash va asarlarning soxta mazmun tufayli ichki nomuvofiqligi va hech nimaga arzimasligini, imkon qadar fosh etishdan iborat ekanligini takidlagan edi.
Hozirgi zamon estetikasi uch tarkibiy qismdan tarkib topadi: 1) estetika tarixi; 2) estetik nazariya; 3) estetik tanqid.
Estetik tanqid misolida estetika va badiiy tanqid bir-biriga juda yaqinlashib, bazi jihatlardan hatto ozaro uygunlashib ketadi. Zero, estetik tanqid quyidagi masalalarni oz ichiga oladi: a) estetikaga oid ilmiy adabiyotlar tanqidi; b) adabiyot va sanat asarlarini estetikaning mushtarak qonun-qoidalariga asoslangan tanqidi; v) hozirgi garb estetikasi, sanati va adabiyotini tanqid; g) tanqidni tanqid, yani adabiy tanqidga doir ilmiy ishlarni estetikaning umumiy qonun-qoidalariga asoslangan tanqidi. Tanqidni tanqidda estetika va adabiy tanqid bir-biriga ozaro singib, bir-biriga bevosita tasir etib, ajib bir hamjihatlik kasb etadi. Chunonchi, estetika va badiiy tanqid estetik tarbiyani amalga oshirish nuqtai nazaridan deyarli bir xil maqsad uchun kurashadi, u ham bolsa, kitobxonni estetik tarbiyalashni kozlaydi.
Estetik bilishning umumiy estetik va xususiy adabiy-badiiy muammolarini, yani estetika, adabiyotshunoslik va badiiy tanqidning mushtarak nazariy va aniq badiiy muammolarini ozaro taqozodorlikda va jamuljam dialektik birlikda olib tadqiq etish davr talabidir.
Garb adabiyotshunosligi, tanqidchiligidagi hozirgi strukturalizm ozining ilmiy usul (metod)larini ishlab chiqishda hozirgi tilshunoslik, ruhshunoslik, antropologiya, kibernetika, matematika, axborotlar nazariyasi, statistika, kimyo va fizika fanlari yutuqlariga tayanadi. Bunda Garb olimlari adabiyotshunosliqda aksariyat hollarda bilishning statistika, tilshunoslik va biologiyaga xos ilmiy shakllari va usullarinigina etirof etadilar, badiiy tadqiqotda anatomiyalashtirish va alohida atomlarning mikrodunyosini tahlil etish tamoyilini yoqlab chiqadilar. Strukturalizmning bu tamoyili estetik ijodning ichki dialektik butunligi va ijtimoiy estetik oziga xosligi nuqtai nazaridan, umumiylikning xususiylikdan mohiyat etibori bilan farklanishi va badiii jarayonning jonliligi nuqtai nazaridan kerakli tamoyildir. Ammo buni shu paytgacha shorolar zamonida hukmronlik kilgan markscha-lenincha estetika tarafdorlari tan olmadilar.
Oz-ozidan ayoiki, bugungi kunda bu fikrlar nainki eskirdi, hatto yaroqsiz bolib qoldi. Avvalo mazkur fikrning ozi ziddiyatli: quruq shakl mazmunsiz bolsa - qanday qilib jahon miqyosiga chiqarkan? Shuning oziyoq garb estetikasining ilgorlab ketganligini yaqqol tasdiqlaydi.
Tanqid kitobxonlar qarshisida shu jihatdan, ayniqsa, masulki, u sanat va adabiyot "istemolchisi"ning, yani retsipiyentining estetik talablari va estetik mohiyatlari darajasini chuqur va atroflicha organib, ularni estetik tarbiyalash togrisida qaygurishi lozim.
V.G.Belinskiy tanqid filosofiya, tarix, estetika, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, psixologiya, pedagogika, logika kabi ondan ortiq fanlardan naf olgan; tanqidda faqat ijtimoiy fanlargina emas, balki tabiiy fanlar ham qatnashishi mumkin deb hisoblaydi. U "ogmachi va hayiquvchi tanqidga hech qanday mubolaga va sukunatni bilmovchi, haqiqatga nisbatan cheksiz bolgan muhabbat"ni qarshi qoyadi. Haqiqatan ham Belinskiyning ijodiy dahosi ozida ijtimoiy pafos va falsafiy tafakkurni, estetik his va adabiy talant, ilmiy umumlashtirish va poetik fantaziyani birlashtira olganligini koramiz.
Shuni ham unutmaslik lozimki, mavzu, qiziqish taqozosiga kora, bazi maqola yoki bazi tanqidchi ijodida tarixchilikka, bazisida sotsiologiyaga moyillik kuchliroq boladi.
Demak, tanqid sintetik (yigma)likda kinoga oxshaydi: kino rassomlik, badiiy adabiyot, muzika, fotografiya, vokal sanati, teatr va boshqalardan foydalangani kabi, tanqid ham sotsiologiya, adabiyot, filosofiya, tarix, iqtisod, psixodogiyadan naf oladi.
Harakatdagi estetika sifatyda etirof etilgan tanqid estetika xazinasini boyitish uchun katta material berishi mumkin.
Malumki, predmetning nazariyasisiz uning tarixi bolmagani kabi predmetning tarixisiz uning nazariyasi ham bolishi mumkin emas. Shuning uchun tanqid tarixini organish zaruriyati kelib chiqadi. Bu tabiiy holdir, albatta.
Adabiy tanqid tarixining goyaviy-estetik vazifasi, albatta, tanqidning har qanday tarixiy sharoitda oynagan rolini, tutgan ornini. uning nzlanishlari va topilmalarini aniq baholab berishdan iborat. Bulardan hozirgi zamon adabiy-badiiy jarayoni, uning asosiy tamoyillari, yonalish va qonuniyatlarigika adabiy tanqidning tahlil va tadqiq predmetiga aylanadi. Badiiy tanqid voqelikni manaviy ozlashtirishning badiiy tafakkur jarayonini ilmiy bilishning oziga xos korinishi hisoblanadi.
Adabiy tanqidning ijtimoiy-axloqiy vazifasi yuksak sanat uchun kurash olib borish va shuning vositasida komil insonni tarbiyalashga xizmat etishdan iborat.
Adabiy tanqidning maqsadi badiiy ijodning hamma masalalarini jamiyatning hayoti, uning moddiy va manaviy boyliklarini yaratish yolidagi kurash bilan boglab organish va tushuntirishdan iborat.
Adabiy tanqid tarixi fani oz oldiga quyidagi maqsadlarni qoyadi: adabiy tanqid tarixini organish, eng muhimi, uni tadqiq etish niyatida bu tarixni ilmiy-estetik jihatdan organish va umumlashtirish, uning barcha tomonlarini hech bir ozgarishsiz nazardan otkazish asnosida, qaysi nuqtalari bugungi taraqqiyotga qanday tasir korsatishini, qaysi jihatlarini rivojlantirish, boyitish va mustahkamlash, ilmiy-estetik tafakkur, adabiy tahlilu talqin tarixini, hozirgi ahvolini, kelajagini korsatishga asqotishini yoritish. Zero, Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek: "Bizning maqsadimiz bir necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalarni yoqotmaslik, ularning eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik meyorlarga, milliy manfaatlarimizga, mustaqilligimizga mos kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalarni yangi mazmun bilan boyitishdan iboratdir"19.
Adabiyot hayotdagi, jamiyatdagi real voqelikni, insonning hayotini badiiy aks ettirishi va uning barkamol yetuk obrazini yaratishi lozim bolsa, komil tanqidning vazifasi hayotning voqea-hodisalarini, kishilar hayotini yozuvchi qanchalik keng va chuqur aks ettirgan yo ettira olmaganini, bordi-yu bu yetarli darajada keng va chuqur aks ettirilmagan bolsa, buning tub sabablariii korsatishi shart. Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini-da hayotni chuqur bilishga davat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |