9.
Alaliyali bolalar bilan kar bolalarga qiyosiy tavsif bering.
10.
Alaliya va dizartriya nutq kamchiligidagi artikulyatsion apparat harakatidagi
kamchiliklarni qiyoslang.
11.
Motor alaliyani bartaraf etishdagi logopedik ish tizimini yoritib bering.
12.
Sensor alaliyani bartaraf etishdagi logopedik ish tizimini yoritib bering.
13.
Sensor alaliyali bolalarning nutqiy va psixologo-pedagogik
xususiyatlarining
o‘ziga xosligini yoriting.
14.
Alaliyali bolalarni savodga o‘rgatishda namoyon bo‘ladigan qiyinchiliklarning
o‘ziga xosligini yoritib bering.
15.
Alaliyali bolalarda nutq faolligini rivojlantirish uchun o‘yin mashqlarini
tanlang. Logopedik ishning turli bosqichlarida undan
foydalanish imkoniyatlarini
ko‘rsating.
16.
Maxsus
muassasalarga
borganda
alaliyali
bolalar
nutqini
barcha
mashғulotlarda kuzating va tahlil qiling.
Tayanch so‘zlar
1.
Alaliya (grekcha a – inkor qilish, lalia – nutq so‘zlaridan) –
embrional, ilk
rivojlanish davrida bolaning bosh miya po‘stlog‘idagi nutq zonasining organik
jarohatlanish natijasida nutqning rivojlanmay qolishi.
2.
Adekvat (lotin. Adaequatus – tenglashtirmoq) –
tamoman munosib
tenglashmoq.
3.
Afferent – nerv tizimining tashqi va ichki muhim taassurotlaridan olingan
ma’lumotlarni markazga yetkazuvchi tolalari tizimi.
4.
Verbal parafaziya (para – grek. Phasis – nutq) – so‘zlarni boshqa so‘zlarga
almashtirishda namoyon bo‘ladigan nutq buzilishi.
5.
Gnozis (grek. Gnosis – bilish) –
predmetlarni, hodisa-voqealarni,
ularning
ma’no-mazmunini, mohiyatini bilish.
6.
Gipenakuziya – atrofdagilar uchun befarq bo‘lgan tovushlarga sezgirlikning
oshishi.
7.
Disfaziya (dis – grek. phasis – nutq) – kelib chiqishga ko‘ra turlicha bo‘lgan
bercha nutq kamchiliklarning umumiy nomi.
8.
Kinesteziya (kin. – grek. aesthesis – sezgi) – odam gavda qismlarining turli
holatda bo‘lishi yoki ular harakatinig fazoda joylanishini sezish. Bu hissiyotning kelib
chiqishida ichki retseptorlar (teri, ko‘ruv va vestubulyar) ishtirok etadi.
9.
Korrelyatsiya (lotin. Correlatio – o‘zaro munosabat) – o‘zaro munosabat, bir-
biriga bog‘liqlik (predmetlarni, organlarni, tushunchalarni).
10.
Lateralizatsiya – juft organlarning o‘ng yoki chap tomonning ustunligi.
11.
Logorreya (logo – grek.
rhoia oqim, jarayon) – to‘xtovsiz so‘zlar oqimi,
ko‘pincha keraksiz alohida so‘zlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
12.
Negativizm (lotin. Negativus inkor etilgan) – ba’zi bir psixik kasallikning bir
simptomi.
13.
Parafaziya (para – grek. phasis – nutq) – nutq buzilishi,
qaysiki bunda
alohida tovush yoki so‘z noto‘g‘ri qo‘llaniladi.
14.
Praksis – maqsadga yo‘naltirilgan avtomatlashgan harakat aktlarini bajarish
qobiliyati.
15.
Tavtolgiya (grek. tautologia, tauto so‘zindan – logos – so‘z) –
maxsus yoki
ehtiyotsizkorlik bilan so‘z birikmasi, jumlalar tarkibida so‘zlardan foydalanish, asosan
bir o‘zakli hamda ma’nosi ifoda etilgan va bir xil tovushlarni qaytarish.
16.
Eliziya – so‘z qismlaridagi tovushlarni tushirib qoldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: