Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga
yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning
barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratadi.
Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi.
Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi.
Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va maxsus
dastur bo‘yicha maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiriladi yoki u maktab ta’limiga
qo‘shimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni
Shunday
tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o‘zlashtirishga
tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog
(nevropatolog, psixiatr) tomonidan o‘tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik
muolajalar fonida har tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi.
Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi.
Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni
aniqlanadi.
Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi:
motiv, aloqa bog‘lash maqsadi, bayonning ichki dasturi,
uning leksik-grammatik
vositalarini tanlash grammatik tuzilishi shakllantiriladi.
Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli foydalanish uquvi
rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni egallash uquvi orttiriladi.
Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga,
bo‘yashga, shtrixlashga o‘rgatiladi, tugunchalar bog‘lashga, mozaykalar va geometrik
materiallardan naqshlar chizish o‘rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo‘l barmoqlari harakati
rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi
isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati
mukammallashadi.
Ishning boshlang‘ich bosqichlarida nutqning
psixofiziologik asoslari
shakllantiriladi, bolada muloqotga ehtiyoj hissi uyg‘otiladi.
Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik
faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini
shakllantirish muhimdir.
Faoliyat motivini tarbiyalash va bayon qilish dasturini tashkil qilish muhim baza
yaratadi; alaliyali bolalarda o‘zi shakllana olmaydigan, nutq rivojlanishi uchun vositalar
qatori. Bu qatorlarning asosiysi, predikativ tizimni rivojlantirish va grammatik qurilish
elementlarini egallash hisoblanadi.
Faqatgina nutqiy buzilishlargina bartaraf etilmay, nutqiy bo‘lmagan kamchiliklar
bartaraf etiladi, tahlil, tarkib jarayonlari rivojlantiriladi, nutqiy rivojlanish uchun muhim
sanalgan diqqat, idrok, umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari ham shakllantiriladi. Bu
buyumlarni shakli, rangi kattaligiga ko‘ra farqlashga va nomlashga o‘rgatiladi. Tevarak-
atrofga munosabati bo‘yicha predmet holatini ajratish va nomlashga o‘rgatish olib
boriladi (tepada, o‘rtada va h.k.). Ko‘ruv idroki va fazoviy solishtirishning
shakllanmaganligini bartaraf etishda, vaqt va fazoviy tasavvurlarni
shakllantirishda
bolaning fazoda faol ko‘chishi bilan, qayta saflanish, yo‘nalishli yurish va h.k. li
o‘yinlardan foydalaniladi. Figura detallarini farqlash bo‘yicha ish olib boriladi. Ko‘p
miqdordagi elementlari bo‘lgan murakkab figuralar tahlil qilinadi, konstruktorlash
qobiliyati va konstruksiyalarni fahmlash rivojlantiriladi. Analiz, sintez operatsiyalari,
nutqiy bo‘lmagan materialni umumlashtirish (solishtirish, taqqoslash, o‘xshatish,
predmetlarning o‘xshashligi va farqini ajratish, belgilari bo‘yicha taqqoslash – rang,
kattalik, shakl), o‘rnatilgan sabab-oqibatning o‘zaro munosabatlari nutq shakllanishi
uchun muhim shart-sharoit yaratadi.
Nutqni rivojlantirish uchun ritmika va logaritmika
usullaridan foydalanish
samarali natija beradi. Musiqa, so‘z va harakatlar turli mashqlarda uyg‘unlashib,
harakat va nutq-harakat faoliyatini shakllantiradi, bolalarning ritmik, nutqiy va
shaxsiyat rivojlanishidagi uzilishlarni to‘ldirishni ta’minlaydi.
Nutqni rivojlantirish uchun bola uchun qulay darajadagi muloqot amaliyoti
muhimdir: mazmunli kontekst bilan birlashmagan (savollarni tushunish, ularga batafsil
javob berish) jumlalar bilan, alohida so‘zlar bilan o‘tkaziluvchi operatsiyalar (ko‘rsat,
qaytar, nomla) bola uchun emotsional va semantik ahamiyatli bo‘lgan vaziyatlar
fonidagi mazmunli kontekst bilan qo‘shilgan iborali material bilan (o‘yinchoqni
so‘rash, mashg‘ulot turini tanlash va h.k.), tanish rasmlar bilan o‘tkaziladigan
operatsiyalar, dialogik so‘ng monologik nutqdan foydalanib o‘tkaziluvchi o‘yinlar bilan
va h.k. lar. Asta-sekin leksik-grammatik materal hajmi va murakkabligi oshib boradi.
Nutqni to‘g‘rilash ishlari amaliy predmetli faoliyat bilan bog‘liq
va unga
tayanadi. Bola o‘z harakatlarini tushunish shakllantiriladi
men o‘tiryapman,
chopayapman, sakrayapman
. Bola nutqining rivojlanishi imkoniyatlariga ko‘ra,
bajarilayotgan ish yuzasidan bog‘langan va to‘g‘ri tushuntirish nutqi
hisobot
rivojlantirib boriladi.
Logoped bolalarda faol diqqati, tushunishni tarbiyalab borish bilan birgalikda,
bolaning jumlani oxirigacha eshitishga, leksik-grammatik shakllarni tushunishga, savol
mohiyatini tushunishga
Nima yemoqdamiz? Nima bilan yemoqdamiz va va h.k.
o‘rgatib boradi.
Bolalarda leksik-grammatik shakllarni qo‘llash,
intonatsiya ustidan ongli
kuzatuvchanlik tarbiyalandi, flektiv munosabatlarni tushunish mustahkamlanadi, turli
xil birikmalarda so‘zlar aloqasi, so‘z va grammatik strukturalar ketma-ketligi
tarbiyalanadi.
Ish jarayoniga turli analizatorlar eshitish, ko‘rish, taktil analizatorni jalb etish
muhim.
Bola buyum nomini eshitishi, kuzatib ko‘rishi, imo-ishora bilan ko‘rsatib
berishi, nomlashi zarur. Buning natijasida bola ongida qo‘shimcha bog‘lanishlar yuzaga
keladi, nutqiy material mustahkamlanadi.
Ko‘pgina analizatorlar faoliyatiga tayanib, taqqoslash va qarama-qarshi
qo‘yishdan foydalaniladi. I.P. Pavlov bularni differensirovkalar shakllanishining asosiy
uslublari sifatida tavsiya qilgan. Ishda qo‘shimcha tayanch tahlili va hisoblaridan
foydalaniladi, shu jumladan, ramziylik va modellashtirish.
Ko‘pincha ishning o‘yin shaklidan foydalaniladi, chunki u qiziqishni uyg‘otadi,
muloqotga ehtiyoj tug‘diradi, nutqiy taqlidni, motorikaning rivojlanishiga yordam
beradi, ta’sirning emotsionalligini ta’minlaydi, biroq o‘yinda ham bir qator hollarda
bunday bolalarni maxsus o‘rgatishga to‘g‘ri keladi, chunki ularda o‘yin
harakatlari
shakllanmagan bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan
to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’iy nazar, ta’sir butun nutq tizimiga
qaratiladi: lug‘atini aniqlash va boyitish, frazali va bog‘langan nutqni shakllantirish,
tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va
o‘ziga xos ish mazmuni aniqlanadi.
Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni
tarbiyalash, passiv va faol lug‘atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo‘lmagan
hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli
muloqotning birlamchi ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqichda lug‘at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali
nutqi shakllantiriladi.
Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish
olib boriladi.
Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha
bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: