Ayupova M. Yu


Ovoz buzilishlarini oldini olish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

 
Ovoz buzilishlarini oldini olish 
 
Ovoz buzilishilari, ko‘pincha ovozdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida va 
ko‘p hollarda katta ovoz yuklamasi bilan bog‘liq bo‘lgan kasb kishilarida hamda 
qo‘shiq aytuvchilarda uchraydi. Shuning uchun ovozdan doimiy ravishda 
foydalanuvchi kishilar ovoz hosil bo‘lish asoslarini bilishlari va ovozdan 
foydalanishga oddiy ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishlari lozim. 
Bolalik yoshidan ovozning xirillashi, asosan, ovozning haddan tashqari zo‘riqishidan kelib 
chiqadi. Buning oldini olish uchun bolaning baqirishga majbur qilmaslik va shu bilan birga bolaning 
har qanday baqirishiga ham javob bermasligi kerak. 
Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalarning ko‘pchiligida ovozning xirillashi 
kuzatiladi. Buning sababi – nutqda va ashula aytishda noto‘g‘ri foydalanishdir. O‘qituvchining baland 
va qattiq ovoz bilan gapirib o‘quvchilarga shaxsiy namuna ko‘rsatish natijasida o‘quvchilar ham 
shunday baland va qattiq ovozda javob berishga odatlanadilar. Bu ovoz buzilishlarini kelib chiqishi 
uchun birinchi turtki bo‘ladi. 
Odatda, ovozning kuchi bilan hurmatga, intizomga erishishga intilayotgan o‘qituvchi bu 
narsalarga hech qachon erisha olmaydi. 


Bolalarni gavdani to‘g‘ri tutishga o‘rgatish lozim va gavdani tutishdagi kamchiliklarini 
yo‘qotish muhimdir. Chunki bu kamchiliklar nafas va ovoz muskulaturasini zo‘riqish holatini keltirib 
chiqaradi va bu ham ovoz buzilishiga olib keladi. 
Ovozdan noto‘g‘ri foydalanishning sababi noto‘g‘ri rahbarlik ostida xorda qo‘shiq aytish yoki 
o‘qish ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qo‘shik aytish ovoz va nutqni tarbiyalash va rivojlantirish uchun 
katta ahamiyatga ega. Qo‘shiq aytish estetik his-tuyg‘u va jamoa aloqalarini rivojlantiradi. Qo‘shiq 
aytish salomatlik uchun ham foydalidir: chunki qo‘shiq aytish vaqtida nafas olish intensiv bo‘ladi, 
nafas muskulaturasi mustahkamlanadi, yurak faoliyati va moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Agar 
qo‘shiq aytish bola uchun jismoniy jihatdan qiyin bo‘lsa, uni o‘z vaqtida vrachga ko‘rsatish lozim. 
Chunki bu turli kasalliklarning natijasi bo‘lishi mumkin.
Mutatsion davr ota-onalar va o‘qituvchilarni bolalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini talab 
qiladi. Bunda ovoz diapazonining kuyi registrida ovoz mashqlari o‘tkazish lozim. Bu davrda ovozda 
buzilishlarining kelib chiqishi ehtimoli o‘qituvchi e’tiboridan chetda qolmasligi zarur.
Ovoz buzilishlarini oldini olish uchun ovozdan tabiiy nutq registrida, tabiiy diapazonda va 
o‘rtacha balandlikda foydalanish prinsipial jihatdan zarurdir.
Ovoz o‘z kuchi va balandiligi jihatdan individual fiziologik imkoniyatlardan oshmasligi kerak. 
Ovozdan foydalanish xarakteri va unga baho berish kishilar bilan aloqa munosabati uchun 
muhimdir. Chunki ovozning ifodalilik darajasiga qarab odamning ruhiy holatini aniqlash mumkin. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish