(ovozni tiklash)
Bo‘g‘izning organik buzilishlari bo‘lgan bolalarda ovozni tiklash bo‘yicha logopedik ishning
qiyinchiliklari bir qator omillar bilan bog‘liq. Bu omillar quyidagilardan iborat: bo‘g‘izning anatomik
jihatdan yaxlitligining buzilganligi, bolaning jismonan zaifligi, nutq taraqqiyotining sustligi. Shuning
uchun bolalarda organik ovoz buzilishlarini bartaraf qilish metodikasi katta odamlarda nutq ovozini
tiklash funksional ovoz buzilishlarini bartaraf qilish metodlaridan juda katta farq qiladi. Ovoz hosil
qilishning organik buzilishlari ustida ish olib borishda nutq va ovozning normadagi va patologiyadagi
anatomo-fiziologik mexanizmlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda ovozni hosil qilish
uchun muayyan mashqlar sistemasi tavsiya qilinadi. Bunda un paychalarining artikulyatsion
organlarning ko‘p yoki kam darajada zo‘riqishi impedans, ya’ni og‘iz rezonatoridagi havoning akustik
qarshiligi va un paychalari ostidagi havo bosimining oshishi natijasida bola uchun talaffuz qilish
qiyinchiliklarining ortib borishi hisobga olinadi. Bundan tashqari uning va undosh tovushlarning
hosil bo‘lishi obertonlarning u yoki bu chastotalar oblastiga tushishda kuchayishi yoki bo‘shashishi
(ya’ni, format oblasti ), shuningdek, tovushlarning hosil bo‘lishi usuliga va o‘rniga, ularda ovoz va
shovqinning ishtirokiga, hiqildoq va og‘iz rezonatorlarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu ma’lumotlar
ovozni tiklash jarayoni haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi, ovozni tiklash jarayoni
murakkablashib boruvchi 3 bo‘limdan iborat:
1. Ovoz tovushini hosil qilish.
2. Hosil qilingan ovozni mustahkamlash.
3. Ovoz hosil qilish jarayonini avtomatizatsiya qilish.
1. Ovoz tovushini hosil qilish – tiklovchi ta’limning eng muhim, eng murakkab va eng uzoq davom
etadigan bosqichi. Ovoz tovushini ingrash yoki mo‘rash imitatsiyasi orqali hosil qilish maqsadga
muvofiqdir. Hosil qilingan ovoz tovushi («m» tovushi) ochiq va yopiq bo‘g‘inlarda «u», «o», «a»,
«i», unli tovushlari bilan birlashtiriladi.
Mo‘rash og‘izni yopiq holda saqlab nafas chiqarishda qisqa, sekin, oldin, past ovozda tilni
tinch holatda saqlab amalga oshiriladi. Tovush zo‘riqishsiz quyi notalarda hosil bo‘lishi kerak.
Tovush yumshoq atakada, ya’ni un paychalari chiqayotgan havo ovoz teshigi orqali o‘tishidan ilgari
emas, balki shu o‘tish bilan bir vaqtda yoki undan keyin birlashish kerak.
Ovoz hosil qilishda «m» tovushini talaffuz qilishda ovozning erkin chiqishiga muvaffaq bo‘lish
kerak. Ovoz kuchini va ovoz jarangini oshirish uchun
hosil qilingan «m» tovushga «u» unli tovushini qo‘shib nafas chiqarish paytida «mu» ochiq bo‘g‘inini
talaffuz qilish kerak. «U» unli tovushini qo‘llash quyidagi
hollar bilan tushuntiriladi:
1)
burun tovushlari o‘z sonorligi tufayli unli tovushlarga yaqin turadi;
2)
unli tovushlarini talaffuz qilishda impedans kam bo‘ladi, ya’ni havo oqishi og‘iz bo‘shlig‘ida
to‘siq qarshiliklarga uchramaydi, undosh tovushlarini talaffuz qilganda impedans ko‘p bo‘ladi.
Impedansning kamligi unli tovushning kuchini oshishiga olib keladi;
3)
yuqorida aytilgan barcha unli tovushlarga tegishli bo‘lgan xususiyatlardan tashqari «u» unli
tovushi yana bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
a) «m» tovushini ko‘p martalab talaffuz qilish natijasida un paychalarning aktivligi oshadi, shuning
uchun «mu» bo‘g‘inini talaffuz qilish bolaning ovoz apparati uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi;
b) «u» tovushni talaffuz qilishda bo‘g‘iz birmuncha quyi holatda bo‘ladi. Bu holda hiqildoq
uzaygan holatda bo‘ladi va bu talaffuz uchun qulaylik yaratadi. Agar bo‘g‘iz yuqori holatda bo‘lganda,
ovoz tembri xirrillagan bo‘lar edi. Bo‘g‘izning quyi holatda bo‘lishi un paychalarining kam energiya
sarflab, yaxshiroq akustik effekt bergan holda ishlashi ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |