Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

SENSOR ALALIYA 
 
Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarim yuqori doirasining 
jarohatlanishi bilan bog‘liq, nutq-eshituv analizatori ishining natijasi bo‘lgan nutqni 
tushunishidagi kamchiliklar hisoblanadi. Bu esa nutq qo‘zg‘atuvchilarni tahlil va 
tarkibiy buzilishga, predmet va tovushli obraz o‘rtasidagi bog‘liqligining 
shakllanmasligiga olib keladi. Bola o‘ziga qaratilgan nutqni eshitadi, ammo 
tushunmaydi. 
Jarangli so‘z ta’siri ostida yuzaga keluvchi qo‘zg‘alish, miya to‘qimalarining 
rivojlanmaganligi sababli boshqa analizatorlarga tarqalmaydi va barcha so‘z bilan 
bog‘liq murakkab dinamik strukturaga qo‘zg‘almaydi. 
Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv 
analizatorining ildizi (Geshel halqasi) faoliyatini og‘ir analitik-sintetik buzilishlari 
kuzatiladi. 
Bunday 
bolalarda 
fonematik 
idrok 
shakllanmaydi, 
fonemalar 
differensiallashmaydi va so‘z yaxlit idrok eshitilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar 
rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati pasaygan bo‘ladi. 
Sensor alaliya motor alaliyaga nisbatan kam o‘rganilgan. Bu holat ma’lum 
ma’noda sensor alaliyani amaliyotda juda kam o‘rganish bilan bog‘liq. Sensor alaliyani 
mustaqil nutq buzilishi sifatida ko‘rinishi haqida hozirgi kunda ham ayrim mualliflar 
aniq bir fikr ayta olmaydilar. 
Nutqiy tushunishning yetishmasligi yoki yo‘qligida, eng avvalo, odamning 
eshitish holati haqida savol tug‘iladi. Bir necha marotaba o‘tkazilgan maxsus 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pgina hollarda sensor alaliyali bolalarda tonal 
(jismoniy) eshituvning sezilarsiz pasayishi mavjud, biroq u nutqiy tushunishning 
rivojlanishini tormozlashi uchun unchalik jiddiy emas. 
N.N. Traugotning ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lum bolalar 6 m uzoqlikda (bu 
normal eshitishda o‘rtacha balandlikda nutqni idrok etishning me’yoriy darajasi) 
o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma’nosini tushunmaydilar, 
bu bolalarda aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sensor 


alaliyada nutq pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda 
asosiy rolь o‘ynamaydi. 
Yu.A. Florenskayaning ko‘rsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik 
sindromida) akustik ta’sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining 
toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turg‘un emasligiga, eshituv 
differensatsiyalarining hosil bo‘lishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining 
sifatsizligiga olib keladi. 
Sensor alaliyada bolalarni eshitish qobiliyatini tekshirish juda murakkabdir. 
Maxsus elektroakustik apparatida tekshirilganida, eshituvning turg‘un emasligi 
aniqlangan: bir xil chastotali va balandlikdagi signallar goh idrok qilinadi, goh 
qilinmaydi. Sensor alaliyada eshituv diqqati va idrokining o‘ziga xos xususiyatlari, 
ularning sekinlashgani turg‘un emasligi eshitish holatini to‘g‘ri baholashga to‘sqinlik 
qiladi. Ixtiyoriy eshituv diqqatida ham kamchiliklar kuzatiladi: bolalar eshitmaydilar, 
tez charchaydilar, chalg‘iydilar, tovush ohangiga qiziqishni tez yo‘qotadilar va h.k. 
Audiometrik tekshiruv, qachonki uni bir necha marotaba o‘tkazilsa va bola 
vaziyatga ko‘nikib, vazifalarni to‘g‘ri tushuna boshlasagina birmuncha asosli bo‘ladi. 
Bolaning eshitish qobiliyati haqida yakuniy xulosalar, faqatgina 8 – 10 
tekshirishlardan olingan ma’lumotlar, audiogrammalarni taqqoslash natijasida 
keltiriladi. 
Eshituv analizatori tovush o‘tkazish funksiyasining saqlangan holatida bolalarda 
fazoda tovushni o‘rnini bilish qobiliyatining yo‘qligi aniqlanadi, eshituv xotirasining 
buzilishi, tovush ta’sirlovchilariga loqaydlik kuzatiladi. Tushunish, qiziqish va javob 
olish uchun murojaat qilingan signal (kattalar nutqi) juda zaif bo‘lib chiqadi. 
Diqqatning uyg‘onmasligi va uning tez toliqishi – yetishmovchilik sur’atidagi o‘ziga 
xos ko‘rinishlardir. 
N.N. Traugott, S.I. Kaydanova (1975) sensor alaliyali bolalarda yuqori chastotali 
ovozga eshituvning pasayishi va tonal (nutqiy bo‘lmagan) hamda nutqiy eshituv 
buzilishining o‘ziga xosligini ko‘rsatadilar: bola uchun yetarli balandlikdagi tovush 
ta’sirlovchilariga shartli aloqalar hosil bo‘lishi bolalarda qiyinlashgan. 
Normal rivojlanishida tushunish Shundan boshlanadi: idrok qilinayotgan 
so‘zlarni farqlash sodir bo‘ladi, ularni tanish amalga oshadi, bunda nerv aloqalari ishlab 
chiqiladi. Buning sharofati bilan turli tovush birikmalari so‘zda bog‘lanadi. Tovushlar 
so‘zda ma’lum tartibda talaffuz qilinadi va idrok qilinadi. Jaranglash va mazmun 
orasida aloqa o‘rnatiladi, aloqalar tizimi ishlanadi. Ko‘ruv, sezgi va boshqa his-
tuyg‘ular bilan tovushlar kompleksi assotsiatsiyasi asta-sekin yuzaga keladi va 
mustahkamlanadi. 
Sensor alaliyada predmet (harakat) va uni ta’riflovchi so‘z o‘rtasida bog‘liqlik 
shakllanmaydi. Bu holatni tadqiqotchilar tutashuvi akupatiya deb nomlaydilar. Sensor 
alaliyada eshituvning sifatsizligini tadqiqotchilar bosh miya po‘stlog‘i to‘qimalarining 
jarohatlangan yoki rivojlanmagan o‘choqlarining kattaligi bilan, bola miyasida tor 
o‘choqli xarakterdagi jarohatning yo‘qligi bilan tushuntiradilar. 
Ayrim hollarda sensor alaliyalik bolalar asossiz ravishda kar va zaif eshituvchilar 
uchun mo‘ljallangan maxsus muassasalarga yuboriladilar. N.N. Traugott (1940) maxsus 
maktablarda 200 ta kar o‘quvchilarni tekshirib, ularning ichidan 8 ta noto‘g‘ri 
tasniflangan sensor alaliyalik bolalarni ajratib ko‘rsatadi. 


Sensor alaliyada nutqni tushunishdagi buzilishlar, eshitish pasayishi natijasida 
kelib chiqadigan kamchiliklardan farq qiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, odatda, 
zaif eshituvchilar idrokida turg‘un va doimiy kamchilik kuzatiladi. Sensor buzilishlar 
esa idrokning turg‘un bo‘lmagan buzilishlari bilan farqlanadi. Bolalar bir xil 
balandlikdagi nutqiy signallarni goh eshitadilar, goh eshitmaydilar. Bu bolaning 
qo‘zg‘aluvchanligi yoki tormozlanganligidan ruhiy faolligi, atrof-muhit ta’siri, 
tekshirish paytidagi sharoit, signallarni berish usuli va qator boshqa omillar bilan 
bog‘liq. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi yetilmagan miya 
to‘qimalari ish qobiliyatini pasaytiradi. Bunda oliy nerv jarayonlari normal 
kecholmaydi. Gohida bolalar atrofdagilar nutqini ertalab yaxshiroq idrok etadi – tungi 
uyqudan so‘ng miya po‘stlog‘i ish funksiyasi yuqori, kechga borib toliquvchanlikning 
o‘sishiga qarab nutqni tushunish yomonlashadi. Boshqa hollarda bolalar nutqni kechki 
payt yaxshi idrok etadilar, ko‘rinishidan, ertalab tormozlanish tungi uyqudan so‘ng hali 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘ladi, kechga borib esa, mashqlarga qarab idrok 
birmuncha yaxshilanadi, miya to‘qimalari misoli ishga kirishadi. 
Murojaat qilingan nutq balandligini ko‘tarish zaif eshituvchi bolalar tushunishini 
yaxshilaydi va sensor alaliyali bolalarda qayta samaraga erishiladi. 1. Haddan 
tashqari 
kuchli ta’sirlovchilar bosh miya po‘stlog‘ida haddan tashqari himoyalovchi 
tormozlanishni keltirib chiqaradi va bunda to‘qimalarning rivojlanmaganligi funksional 
blokada holatiga tushadi, tormozlanuvchi jarayon oshadi, to‘qimalar faoliyatdan 
o‘chadi. Sensor yetishmovchilikka ega bolalar, odatda, birmuncha sekin, tinch nutqni 
shovqinli, baland nutqga qaraganda yaxshiroq idrok qiladilar. Eshitish apparatlaridan 
foydalanish zaif eshituvchilar idrokini yaxshilaydi va sensor alaliyada idrokning 
yaxshilanishiga olib kelmaydi. 
Sensor alaliyali bolalar eshituvi haqida bir xil fikrlar bo‘lmasa ham, alohida 
tadqiqotchilarda shu narsa o‘rnatilgan: chastotaning barcha diapazonlarida eshituvning 
sezilarsiz pasayishi, eshituv diqqati va idrokining yuqori darajada toliqishi kuzatiladi. 
Sensor alaliyada idrok qilish imkoniyati tovush ta’sirlovchilarining kirish tempi, 
ular orasidagi intervalning borligi, tovushlar sifatiga (idrok uchun ko‘rsatiluvchi) 
bog‘liqdir. Toza ovozlar, odatda, yomonroq idrok qilinadi. 
Sensor alaliyada zaif eshituvchilardan farqli ravishda giperakuziyalar kuzatiladi 
(giperakuziya – atrofidagilar uchun befarq bo‘lgan tovushlarga sezgirlikning oshishi). 
Masalan, chakillab tomayotgan suv ovozi, eshik g‘irchillashi va h.k. Zaif eshituvchi 
bolalar bu signallarni idrok etmaydilar. Toliqish, ta’sirlanish, psixik buzilish, yuqori 
nevrozik holatidan tashqari sog‘lom odamlar bunday tovushlarni eshitadilar, biroq 
ularga beparvo qaraydilar, ularga ta’sirlanmaydilar. Sensor alaliyali bolalar bunday 
tovushlarni keskin idrok qiladi, ularga salbiy reaksiya ko‘rsatadilar: bezovtaladilar, 
yig‘laydilar, quloq va bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar va h.k.lar. Bu bolada 
eshituvning saqlanganligi ortiqcha guvoh bo‘ladi va odatlanmagan jaranglashlar gohida 
miya po‘stlog‘ining yetilmagan to‘qimalari uchun haddan tashqari kuchli ta’sirlovchi 
bo‘lishining ko‘rsatkichidir. Gohida istalgan balandlikdagi notanish tovushlarga sensor 
alaliyali bolalar butunlay ta’sirlanmaydilar. 
Sensor alaliyali bolalar alohida bo‘g‘inlarni, tovush birikmalarini, so‘z va qisqa 
iboralarni maxsus o‘rgatishsiz spontan takrorlashi mumkin, chunonchi ularni takrorlash 
turg‘un bo‘lmasa ham. Og‘ir darajadagi eshitishi buzilgan bolalar atrof-muhitdan so‘z 


va iboralarni mustaqil oddiy ololmaydilar. Sensor alaliyada tovushlarga taqlid qilish 
doimiy emas va ko‘p holda vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Sensor buzilish bolalarning 
predmet va uning nomi orasidagi aloqani hosil qilolmasligi, ular tomonidan eshitilgan 
va talaffuz etilgan so‘zlarning predmetli nisbati shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. 
Bolaning passiv lug‘ati turg‘un emas va faol lug‘atdan sezilarli orqada qoladi. 
Ko‘pincha bola istalgan vaziyatda predmetni nomlaydi va faqat tanlangan ma’lum 
sharoitlarda uning nomini bilib oladi. Eshituvi buzilgan bolalarda maxsus ta’lim 
natijasida so‘z va predmet o‘rtasidagi aloqa tez o‘rnatiladi va bu aloqa turg‘undir. 
Zaif eshituvchi va sensor alaliyali bolalarning ovozi turlichadir. Zaif eshituvchi 
bolalar ovozi jarangdor emas, ovoz balandligi va ohangi hissiy ma’no kasb etmaydi. 
Sensor alaliyada esa ovoz me’yorda bo‘lib, tovush va so‘zlarni me’yoriy ohang va 
modulyatsiyaga ko‘ra bayon etadilar. 
Zaif eshituvchi bolalar sensor alaliyali bolalarga nisbatan muloqotga tez kiradilar. 
Yuqorida keltirilgan va boshqa belgilar bolalardagi nutq buzilishlarni to‘g‘ri tasniflash 
imkonini beradi, to‘g‘ri tashxis esa korreksion tarbiyaviy ta’sir tizimida samarali 
metodik vositalarni to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish