Ayupova M. Yu


Alohida mashg’ulotning struktura qismlari (tuzilish qismlari)



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

 
Alohida mashg’ulotning struktura qismlari (tuzilish qismlari) 
 
Har bir logopedik mashg’ulotda ketma-ketlik tamoyili uning tuzilishi qismlariga muvofiq 
ifodalanadi: tayyorlov, asosiy va tugallovchi qismlar. 
Logopedik mashg’ulotning tayyorlov qismi, bolalar jamoasini uyushtirishni, psihologik 
xarakterdagi suhbatlarni, nutqiy mashqlarni, o’tgan mashg’ulotda o’tilgan nutqiy materialni
takrorlash va mustahkamlashni, bo‘lajak ishga bolani tayyorlashni o’z ichiga oladi. 
Mashg’ulotning asosiy qismi, albatta, yangi nutqiy mashqlar to‘rini yoki ular o’tkaziluvchi
yangi sharoitlarni o’z ichiga oladi.
Mashg’ulotning tugallovchi qismida logoped yangi materialni mustahkamlaydi, bolalar 
ishiga yakun yasaydi, ularning qo’lga kiritgan yutuqlariga diqqatni qaratadi. Logopedik 
mashg’ulotlardan tashqarida nutqni mashq qildirish uchun vazifa va maslahatlar beradi.
Alohida logopedik mashg’ulotning bunday tuzilishi, uni duduqlanuvchi bolaga qaratilgan, 
yo’naltirilgan va sistemali korreksion-pedagogik ta’sirning yagona bir butun ketma-ketligini tashkil 
qiluvchilar qatorida ko’rishga imkon beradi.
Mashg’ulotlarda bolalarning ongliligi va faolligi 
 
Pedagogikada onglilik va faollik tamoyili faqat bilish faoliyati doirasida ko’rinmay, balki, 
emotsional – hissiy sohada, ya’ni amaliy – sezgi faoliyatida ham ko’rib chiqiladi. Ta’lim, turli 
materiallarda va turli sharoitlarda o’xshash harakatlarni ko’p marotaba ongli bajarishni ko’zda tutadi.
Duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logopedik ishda onglilik va faollik didaktik 
tamoyilini amalga oshirish Etakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Duduqlanuvchilar 
tomonidan logopedik mashg’ulotning maqsadini tushunish – 
duduqlanuvchi o’z kamchiligini anglagan, undan uyalgan, tashvishlangan, turlicha berkitgan yoki 
bartaraf etishga o‘ringan, o’z kamchiligini his qilgan holatlar duduqlanishni bartaraf etishning muhim 
shartlaridan biridir. 
Shu sababli, logoped logopedik mashg’ulotlar maqsadini faqat nutqiy nuqson, uning 
belgilarini bartaraf etishda deb bilmasdan, balki ular bilan bog’liq duduqlanuvchining xulqi va 
shaxsiyati xususiyatlarini bartaraf etish; uning o’ziga, nuqsoniga, atrofdagilarning baholashiga
munosabatini qayta qurish zaruriyati ham e’tiborga olinadi.
Duduqlanish belgilarini bartaraf etish, o’z nutqi va harakatlari xususiyatlari bo’yicha 
logopedik usullarni egallash vaqti bilan duduqlanuvchiga nutq kamchiligini va unga bog’liq 
kamchiliklarni bartaraf etish jarayoniga faol va muvaffaqiyatli kirishish imkonini beradi.
G.D.Netkachyovning fikricha, o’zining faolligi bilan duduqlanishdan qutilishga erishgan 
duduqlanuvchi, to’g’ri nutqi o’zining shaxsiy yutug’i – mehnati va quvvati mahsuli va hech qachon 
undan olib qo’yilmasligini doimo yodida tutadi. Duduqlanuvchilar bilan ishlashda logoped ta’limning 
o’ziga xos vositalariga ham tayanadi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish