Logopedik mashg’ulotlar kursi duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan, vaqt, vazifa va
mazmun bo’yicha yaxlit, tugallangan ish tizimidan iborat va davrlarga bo’linadi (tayyorlov, mashq
qiluvchi, mustahkamlovchi). Har bir davrda bir qator bosqichlarga ajratish mumkin (masalan, gapir-
maslik, uyg’unlashgan, aks ettirilgan nutq, nutq o’rgatuv tartibi va h.k.). Logopedik ishning har bir
bosqichi o’zaro bog’liq mashg’ulotlardan tashkil topadi.
Tayyorlov bosqichi vazifalariga avaylovchi tartib yaratish, bolani mashg’ulotlarga
tayyorlash, to’g’ri nutq namunalarini ko’rsatish kiradi.
Avaylovchi tartib quyidagilardan iborat: salbiy ta’sir etuvchi omillardan bola psixikasini
himoyalash; tinch, osuda muhit, do’stona va to’g’ri munosabat yaratish; noto’g’ri nutqqa o’rganib
qolishga yo’l qo’ymaslik; kun tartibini belgilash va rioya qilish; tinch va turlicha mashg’ulotlarni
nazarga olish; shovqinli, harakatli o’yinlar, mashg’ulotlar bilan ko’mib tashlashga yo’l qo’ymaslik.
Shuningdek, duduqlanuvchi bolani tinchlantirish, o’z nuqsoniga qaratilgan tushkun
e’tiborni chalg’itish va shu bilan bog’liq taranglikni yo’qotish muhim. Imkoniyatga qarab
duduqlanuvchining nutqiy faollligini cheklash va shu orqali noto’g’ri nutqiy stereotipni susaytirish
maqsadga muvofiqdir.
Bolani mashg’ulotlarga jalb etish uchun, radioko’rsatuvlar, magnitofon yozuvlar,
plastinkalar, adabiy asarlar haqidagi suhbatlardan foydalanish, atrofdagi odamlarning ifodali
nutqiga ijobiy belgilariga duduqlanuvchining e’tiborini qaratish, mashg’ulotgacha va
mashg’ulotdan so’ng bolalar nutqining magnitafon yozuvlari orqali namoyish qilish (ayniqsa, mavjud
duduqlanishni ular tomonidan ongli anglash hollarida) lozim.
Mashg’ulot boshidagi yomon nutq va mashg’ulot so’ngidagi to’g’ri, erkin nutq orasidagi
qarama-qarshiliklar, bolalarda yaxshi gapirishga o’rganish istagini tug’diradi. Shu maqsad uchun
mashg’ulotlar kursini o’tab bo’lgan bolalar chiqishlari va sahna ko’rinishlaridan foydalanish
mumkin.
Logoped birinchi mashg’ulotlardan bola bilan to’g’ri nutqning muhim sifatlarini ishlay
boshlashdi: balandlik, ifodalilik, shoshmaslik, to’g’ri ibora to‘zish fikrlarni ketma-ket bayon qilish,
suhbatlashganda erkin va ishonch bilan gaplashish va boshqalar.
Mashq qiluvchi bosqich vazifalariga bola uchun murakkab bo’lgan barcha nutq shakllari
va nutqiy vaziyatlarni egallash kiradi. Bolaning birinchi bosqichda qo’lga kiritgan bilim, ko’nikma
va malakalariga tayangan holda, erkin nutq malakalarini tarbiyalash va nutqning turli shakllarida va
turli xil nutqiy vaziyatlarda to’g’ri xatti-harakatlarni tarbiyalash bo’yicha ish olib boriladi.
Duduqlanishning birmuncha murakkab ko’rinishlarida mashq qiluvchi bosqich
uyg’unlashgan aks ettiruvchi nutqdan boshlanadi. Agar to’g’ri nutqning barcha talablari bu
bosqichda oson va yaxshi bajarilsa, logoped bola bilan iboralarni birgalikda takrorlashdan voz
kechadi va unga iboradan mustaqil nusxa olish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: