Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik
metodikaning birinchi mualliflari N.A. Vlasova va E.F. Rau o’z metodikalarini murakkablashtirib
boriladigan nutqiy mashqlar, bolaning mustaqil nutqi darajasiga ko’ra tashkil etadilar.
N.A. Vlasova nutqning 7 xil ko’rinishini farqlaydi. Bular:
1) logoped bilan birgalikdagi nutq;
2) aks etgan nutq;
3) tanish rasmlar asosida savollarga javob berish;
4) tanish rasmlarni mustaqil ta’riflab berish;
5) eshitilgan kichik hikoyani qayta hikoya qilib berish;
6) mustaqil nutq (notanish rasmlar asosida hikoya to‘zish);
7) me’yordagi nutq (suhbat, taklif va iltimoslar).
E.F. Rau logopedik mashg’ulotlar vazifasini quyidagicha tasavvur etadi, «duduqlanuvchi
bolalar nutqini yuklamadan sistemali rejali mashg’ulotlar yo’li bilan xalos qilish, shuningdek,
noto’g’ri talaffuzni bartaraf etish va aniq, to’g’ri artikulyatsiyani tarbiyalash». Duduqlanuvchi
bolalar nutqini qayta tarbiyalash uchun mo’ljallangan barcha mashg’ulotlar murakkablashib
boruvchi 3 bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqichda
mashqlar logoped bilan birgalikdagi nutq va aks ettirilgan nutqni
tarbiyalash uchun maxsus ishlar olib boriladi.
Ikkinchi bosqichda bolalar rasmlarni savollar asosida ta’riflab berish, berilgan mavzuga
oid yoki seriyali rasmlar asosida mustaqil hikoya tuzish, logoped o’qib bergan hikoyani qayta
hikoya qilib berishga o’rgatib boriladi.
Uchinchi, yakunlovchi bosqichda bolalarga egallagan malakalarini o’yin, suhbat,
mashg’ulot va boshqa bolalar hayotiy daqiqalarida do’stlari, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot
davomida mustahkamlash imkoniyati taklif etiladi.
N.A. Vlasova va E.F. Rau metodikasi asosini bolalar mustaqil nutqini turli darajalari
tashkil etadi. Uzoq vaqtlar mobaynida berilgan metodika duduqlanuvchi bolalar bilan olib
boriladigan logopedik ishlar metodikasi ommaviy usullardan biri bo’lib hisoblanib kelinardi. Hozirgi
kunda logopedlar mazkur metodikaning ayrim tarkibiy qismlaridan foydalanmoqda.
N.A.Chevelyova qo‘l faloliyati jarayonida duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlarning o’ziga xos tizimini taklif etadi. Muallif psihologik konseptsiyadan kelib
chiqib, bolaning bog’langan nutqini vaziyatli nutqdan mustaqil nutqqa o’tish yo’li bilan
rivojlantirishni taklif etadi. Shundan kelib chiqib, u nutqni quyidagi shakllarini farqlaydi:
1. Kuzatuvchi nutq
2. Yakunlovchi nutq
3. Amalga oshiruvchi nutq
Bolalarda duduqlanishning bartaraf etishning 5 bosqichi farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: