Ayupova M. Yu


MAKTAB YOShIDAGI DUDUQLANUVChI BOLALARDA DUDUQLANIShNI



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

MAKTAB YOShIDAGI DUDUQLANUVChI BOLALARDA DUDUQLANIShNI 
BARTARAF ETISh MAShG’ULOTLAR METODIKASI 
 
O’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning o’z xususiyatlari va farqlari mavjuddir: 
1. Etakchi faoliyat turi o’zgaradi: o’yin faoliyatining elementlari o’quv faoliyati bilan birga 
mavjud bo’lsa ham asosiy faoliyat o’quv faoliyati hisoblanadi. 
2. Mashg’ulotlarning o’yin shakli dars bilan almashtiriladi. 
3. Agar maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha ishlar oila, tarbiyachilar orqali olib borilsa, 
maktab yoshida logoped logopedik ta’sir etishni o’qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 
4. Maktabgacha yoshda nutqning barcha elementlari o’yin faoliyati jarayonida logopedga
taqlid qilish asosida tarbiyalanadi. Maktab yoshidagi nuqsonni ongli bartaraf etishdagi 
ko’rsatmalarga, nutq ustida mustaqil mashqlar bajarishga ko’proq ahamiyat qaratiladi. 
5. Duduqlanish maktabda barcha predmetlarning o’tish jarayonida bartaraf etiladi. 
6. Bilvosita psixoterapiya bilan bir qatorda ratsional psixoterapiya ko’rinishlaridan ham
keng foydalaniladi. 
7. Nutqiy material va logopedik mashg’ulot turlari maktab amaliyoti bilan yaqinlashadi 
(tafovut kamayib yo’qoladi). 
Duduqlanishni bartaraf etishda maktab o’qituvchisining roli kattadir. U sinfda
duduqlanuvchiga g’amxo’r munosabatda bo’lish muhitini yaratadi. Asta-sekin duduqlanuvchini
doska oldida mustaqil javoblar berishiga olib boradi. O’qituvchi duduqlanuvchining oilasi va 
logoped bilan doimiy aloqada bo’ladi. Duduqlanuvchi tushkun kayfiyatga tushgan vaqtlarda 
o’qituvchi uni ruhlantirishi, dalda berishi kerak, uning diqqatini shaxsiyatining ijobiy tomonlariga, 
o’zini qiziqtirgan faoliyatiga yo’naltiradi. O’qituvchi duduqlanuvchini sinfning ijtimoiy hayotiga jalb 
etadi. Aynan kichik sinflar o’qituvchisi duduqlanuvchining asosiy qiziqishini aniqlaydi va uning
rivojlanishiga yordam beradi. 
Zamonaviy logopediya yutuqlari shuni ko’rsatadiki, nutq-ustida olib boriladigan korreksion
ish hech qachon faqat rasmiy mashqlar bilan chegaralanmasligi lozim. Duduqlanuvchi bolaning
faqat nutq mashg’ulotlari (korreksiyasi) tizimi haqida gapirmay, balki uning reabilitatsion tarbiyasi 
haqida ham gapirishi muhimdir. 
Ayni vaqtda duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlarda 
taklif qilingan metodik tavsiyanomalardan foydalanilyapti. Bu tavsiyanomalar maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan (kichik maktab o’quvchilari uchun) yoki o’smirlar va kattalar bilan ishlash 
uchun (katta yoshli amaktab o’quvchilari uchun) taklif etilgan. Masalan, N.A.Cheveleva qo’l
mehnati faoliyati jarayonida 1-4 sinf duduqlanuvchi o’quvchilar nutqini to’g’rilash tizimini taklif 
etadi. Aslini olganda bu metodika avvalgi tavsiya etilgan logopedik mashg’ulotlar tizimidan kam farq 


qiladi. Asosan o’quvchilar bilan ishlash uchun taklif etiladigan, qo’lda yasaladigan buyumlar 
murakkabligi va tanlash o’zgartirilgan. O’quv choraklariga mos ravishda muallif logopedik
mashg’ulotlar izchilligining 4 davrini ajratadi: 
1. Kuzatuvchi nutq; 
2. Yakunlovchi nutq
3. Dastlabki nutq; 
4. Mustaqil nutq malakalarini mustahkamlash. 
Qo’l mehnati jarayonida duduqlanuvchi bolalar nutqini to’g’rilash bo’yicha mashg’ulotlarni 
N.A.Cheveleva maktab, shifoxona qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus maktablarda o’tkazish 
mumkin deb hisoblaydi. 
Shifoxona qoshidagi logopedik kabinet, maxsuslashgan statsionar yoki sanatoriya 
sharoitidagi duduqlanuvchi o’quvchilar bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlar tizimi ham
yuqorida bayon etilgan kompleks metodikadan deyarli farq qilmaydi. Buni V.I. Seliverstov taklif 
etgan bo’lib, undagi o’zgarishlar faqat bolalar yoshining birmuncha kattaligi ularning rivojlanish 
darajasining o’sganligi bilan bog’liqdir. Bu logopeddan bolalarning o’zini ongli faolligiga ko’proq 
tayanishini talab etadi. 
A.V. Yastrebovaning logopedik ish tizimi o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini 3 davrga
ajratadi: 
Birinchi davrda duduqlanuvchi o’quvchilar til sohasidagi o’zlarining bilimlarini
oydinlashtiradilar va kengaytiradilar. Bu nutqning tovush tomoni ustidagi maqsad sari yo’naltirilgan 
kuzatuvlar singari, nutqning tempi va ravonligini tartibga solish, yo’lga qo’yish bo’yicha faol 
mashqlar jarayonida ham namoyon bo’ladi. Birinchi davrdagi logopedik mashg’ulotlar mazmuni 
quyidagilarga yordam beradi: 
1. Nutq tempi, ritmi va ravonligini tartibga solishga; 
2. Lug’at boyligini tasavvur va tushunchalarni aniqlashtirish va kengaytirishga; 
3. Nutqning grammatik qurilishini o’zlashtirishga; 
4. So’zni tovush va morfologik analiz qilish malakalarini rivojlantirish va mustahkamlashga. 
Mashg’ulotlarning ikkinchi davrida o’quvchilarning til sohasida olgan bilimlarini
faollashtiriladi va birmuncha murakkab nutqiy materialda ravon, ritmik va ifodali nutq malakasi 
mustahkamlanadi. Bu keyinchalik lug’at boyligini kengaytirish, nutqiy tasavvur va tushunchalarni 
kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Mashg’ulotlarning uchinchi yakuniy davrida nutqning tovush va intonatsiya (ohang) 
tomonidan olib boriladigan ish davom ettiriladi. Til sohasining fonetiko-fonematik, leksik-grammatik 
va intonatsiya tarkibidagi olingan bilimlardan o’quvchilarning ongli foydalanishiga qo‘yilgan 
talablar amalga oshiriladi. Shu bilan birga istalgan hayotiy vaziyatda ravon va ifodali nutq malakasi 
ham tarbiyalanadi. 
Nutqning to’liq rivojlanmaganligi elementlari bilan duduqlanuvchi o’quvchilarning og’zaki 
va yozma nutqning holati logopedik ishning quyidagi asosiy yo’nalishlarini yuzaga keltiradi: 
a) nutq tempi va ravonligi ustida olib boriladigan ish jarayonida o’zaro ta’sir etuvchi asosiy
nutq komponentlarini maqsad sari va har tomonlama rivojlantirish (fonetik, leksik, grammatik); 
b) logopedik mashg’ulotlarning nutq materialini, boshlang’ich sinf ona tilisi bo’yicha dastur
mazmuni bilan mustahkam o’zaro aloqasi; 
v) bolalarning nutqiy faolligini rivojlantirish. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda duduqlanuvchi bolalar uchun mavsumiy (yozgi) logopedik 
sanatoriyalar va sanatoriya tipidagi o’quvchilar dam olish maskanlari tashkil etildi. Duduqlanuvchilar 
bilan korreksion-pedagogik va davolash-sog’lomlashtirish ishlari o’qishdan bo’sh vaqtlarda
o’tkaziladi va dam olish bilan qo’shilib ketadi. Bunda iqlimiy va tabiiy omillardan keng foydalaniladi. 
Bolalar dam olish maskanlarining oldida quyidagi vazifalar turadi: 
1. Bolalarni umumiy sog’lomlashtirish; 
2. Bolalarning nerv sistemasini mustahkamlash; 
3. Bolalarda duduqlanishning Engil shakllarini bartaraf etish va uning qaytalanishdan 
ogohlantirish. 


Bolalarda duduqlanishning turli darajasi, hattoki, eng og’ir shakli, shuningdek, 
duduqlanishni boshqa nutq kamchiliklari bilan birga namoyon bo’lishi mavsumiy maxsus 
sanatoriyalarga yuborish uchun asos bo’ladi. Bolalar oromgohlariga duduqlanishni davolash kursini 
o’tgan, duduqlanishning Engil shakllari bo’lgan bolalar yuboriladi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish