Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


XVII. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XVII. Piyodalarning o‘tish joylari va yo‘nalishli transport vositalarining bekatlari
109. Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining
haydovchisi qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborish uchun tezligini
kamaytirishi yoki to‘xtashi shart.
110. Agar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi oldida transport vositasi harakatini
sekinlashtirsa yoki to‘xtasa, qo‘shni bo‘laklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu
transport vositasi oldida piyoda(lar) yo‘qligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina harakatlanishni
davom ettirishlari mumkin.
111. Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi
ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni
tugallashiga imkon berishlari kerak.
112. Piyodalar o‘tish joylaridan keyin paydo bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o‘tish
joyida to‘xtashga majbur bo‘ladigan bo‘lsa, piyodalar o‘tish joyiga kirish taqiqlanadi.
113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o‘tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq
hassa bilan ishora berayotgan ko‘zi ojiz piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborishi kerak.
114. Agar yo‘lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan
maydonchada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, haydovchi bekatda to‘xtagan yo‘nalishli transport
vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi kerak.
115. “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositasi to‘xtaganda unga
yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo‘lsa, to‘xtashi va bolalar guruhini
o‘tkazib yuborishi kerak.
XVIII. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish
116. Transport vositalarining haydovchilari temir yo‘llarni faqat temir yo‘l kesishmalari orqali
poyezd (lokomotiv, drezina) larga yo‘l berib kesib o‘tishlari mumkin.
117. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo‘l belgilari va chiziqlariga,
svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko‘rsatmalariga amal qilishi,
yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yo‘qligiga ishonch hosil qilishi shart.
118. Temir yo‘l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda,
kesishmani to‘suvchi qurilma ko‘tarilib turgan yoki ko‘tarila boshlagan holatda;
shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi
bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko‘tarib tursa yoki qo‘llarini yonga
uzatsa);
kesishmadan keyin hosil bo‘lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga majbur
bo‘ladigan hollarda;
agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib
kelayotgan bo‘lsa.
Bundan tashqari taqiqlanadi:


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
21/70
kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib
aylanib o‘tish;
shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish;
kesishma orqali qishloq xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda
mexanizmlarni olib o‘tish;
temir yo‘l distansiyasi boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo‘lgan
transport vositalarini harakatlanishi.
119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i, 
2.5
yo‘l
belgisi yoki svetofor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum
bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10 metr qolganda to‘xtashi kerak.
120. Temir yo‘l kesishmasida majburan to‘xtab qolgan transport vositasining haydovchisi
darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo‘shatish choralarini ko‘rishi.
Shu bilan bir vaqtda haydovchi:
imkoniyati bo‘lganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga to‘xtash ishorasini berish
qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo‘l yoqasi bo‘ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga
(agar bir kishi bo‘lsa — uni yo‘l yaxshi ko‘rinmaydigan tomonga) yuborishi;
transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar ishorasini berishi;
poyezd ko‘ringanda to‘xtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.
To‘xtash ishorasi qo‘lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko‘rinadigan biror narsa bilan,
tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
Umumiy xatar ishorasi bo‘lib, berilgan bitta uzun va uchta qisqa tovush seriyasi xizmat qiladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish