Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


XIV. Chorrahada harakatlanish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XIV. Chorrahada harakatlanish
96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan
o‘tayotgan 
piyoda(lar)ga, 
shuningdek 
velosiped 
yo‘lkasidan 
yo‘lni 
kesib 
o‘tayotgan
velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.
97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport
vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari
kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib
boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi
bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga
solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga
amal qilishlari shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib
kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli 
qaroriga
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y.,
09/19/292/2915-son)
XV. Tartibga solingan chorrahalar
99. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport
vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga
burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o‘zaro ushbu
qoidalarga amal qilishlari kerak.
100. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning
yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi
boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga
bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish
huquqiga ega bo‘ladi.
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining
yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda
harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi
svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo‘nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq
chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash
chiziqlari (yoki 
5.33 
yo‘l belgisi) bo‘lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.
103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni
tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan
piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish