“Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi
to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentga kiritilayotgan o‘zgartirish
74-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“74. Barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazishi
kamida 70 foizni tashkil etishi kerak. Ushbu talablar avtotransport vositasi tomida o‘rnatilgan
tuynuklarning oynalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
M1 toifali avtotransport vositalarining orqa oynalarida har
ikki tomonda ushbu Texnik
reglament talablarini qoniqtiradigan orqa tomonni ko‘radigan tashqi ko‘zgular mavjud bo‘lgan
taqdirda pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘zgu sifatida aks ettiruvchi oynalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘yalgan va pardoz berilgan shamolni to‘sadigan oynalar oq, sariq, qizil, yashil,
zangori
ranglarni to‘g‘ri qabul qilishni buzmasligi kerak”.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-
dekabrdagi 370-son
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi
qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 11-
dekabrdagi 472-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 75-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 21-noyabrdagi 241-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-
son, 87-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari
xavfsizligini
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-martdagi 44-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi
QT, 2007-y., 2-3-son, 14-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 16-oktabrdagi 216-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-
son, 57-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida
tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarorining
3-bandi
va qarorga
3-ilova
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va
tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi
PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son
qaroriga ilovaning
17-bandi
(O‘zbekiston
Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son
qarori)” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga ilovaning
7-bandi
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-
y., 10-son, 72-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3-son, 23-modda; 2017-y., 36-son, 958-modda;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-
son, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son,
19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 18.12.2020-y., 09/20/796/1639-son)