Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XII. Quvib o‘tish
82. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:
o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh
ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat
qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
shu bo‘lakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish)
ishorasini bermayotganligiga;
quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari
egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
83. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Biroq
chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o‘tish o‘ng
tomondan amalga oshiriladi.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
17/70
84. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki
boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
85. Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo‘lagiga
qaytishi shart (o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib o‘tishdan tashqari).
Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, ushbu
Qoidalarning 
67-bandini 
hisobga olgan holda, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka
qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan
katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida
harakatlanishni davom ettirishi mumkin.
86. Quvib o‘tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib;
tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda
(aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o‘tish, kajavasiz ikki g‘ildirakli transport vositalarini
quvib o‘tish va ruxsat etilgan hollarda o‘ng tomondan quvib o‘tish bundan mustasno);
piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda;
temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini;
tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish
yo‘nalishiga chiqib;
3.20 
va 
3.22 
yo‘l belgilari ta’siri doirasida.
87. Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli
transport vositasini quvib o‘tish qiyin bo‘lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini
iloji boricha yo‘lning o‘ng tomoniga olishi, zarur bo‘lganda esa orqasida to‘planib qolgan transport
vositalarini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtashi kerak.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish