15- ma’ruza
Transport vositasining texnik ekspluatatsiyasi monitoringi (4 soat)
Maqsad: Transport vositasining texnik ekspluatatsiyasi monitoringining (TVTEM) maqsadi va vazifalari, transport vositasining texnik xolati monitoringini amalga oshirish usullari va vositalari ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.
Reja:
Transport vaziyatlari monitoringi.
Transport vositalari ishi monitoringi.
Transport vositalari ko‘rsatkichlari nazorati.
Yoqilg‘i sarfi nazorati – tashkil etish variantlari.
Kalit so‘zlar: Haydovchiga TVni xavfsiz boshqarishga ko‘maklashuvchi tizimlar - DSSS: Driving Safety Support Systems, to‘qnashuvlardan ogohlantiruvchi tizim (Pre-crash Safety System), elektron raqamli taxograf, TV (transpor vositasi), YoMM (yoqilg‘i-moylash materiali), yoqilg‘i miqdorini ko‘rsatuvchi grafik, haydovchining chip-kartasi,
15.1. Transport vaziyatlari monitoringi.
Haydovchiga TVni xavfsiz boshqarishga ko‘maklashuvchi tizimlar - DSSS: Driving Safety Support Systems. Ushbu tizimlar avtotransport vositalarining haydovchilariga qiyin transport sharoitida (transport signallari, yo‘l belgilari va b.) axborotni olishga yordam beradi. Bu axborot yo‘l-transport infratuzilmasidan avtomobilga zamonaviy ITT texnologiyalari yordamida uzatilishi mumkin.
– Haydovchilarga o‘z vaqtida qizil chiroqni ko‘rishga yordam beradigan tizim. Bu tizim avtomobil tezligini aniqlaydi, qizil chiroq signalining yonish imkoniyatini taqqoslaydi va haydovchiga ogohlantirish yuboradi.
– Smartway tizimi avtomagistrallarda YTHlarini kamaytiradi. Tizimda haydovchilarni tirbandliklardan, yo‘l to‘siqlaridan, avariyalar va boshqalardan ogohlantiruvchi datchiklar, “yo‘l - avtomobil” kommunikatsiyalari va boshqa zamonaviy ITT texnologiyalari qo‘llaniladi.
– Yo‘l belgilarini aniqlash tizimi. Maxsus vidiokamera mashina oldidagi tasvirni qayta ishlaydi, yo‘l belgilarini aniqlaydi va avtomobilning old oynasidagi “virtual displey” yordamida tezlik chegarasi belgisini tasvirlaydi.
– Tungi ko‘rish ‒ tungi ko‘rish tizimi eng zamonaviy texnik yechimlarga asoslangan holda kechki payt va qorong‘uda ko‘rish imkonini beradi. Bunday tizimlarning asosi termokameralar bo‘lib, ular optik signalning o‘rniga ob’ekt harorati haqidagi ma’lumotlarni oladi. Ushbu tizimlar piyoda, hayvon yoki boshqa tirik to‘siqlarni ishonchli tarzda tanib olishi mumkinligi isbotlangan. Video ma’lumot va uni qayta ishlash, albatta, kelgusida intellektual mashinaning asosi bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda video ma’lumotlarga ishlov berish usullari hamma ilovalarni real vaqt shkalasida tadbiq etish imkonini beruvchi darajada emas. Biroq, texnikaning rivojlanish sur’atini hisobga oladigan bo‘lsak, bunday tizimlar bir necha yillar davomida avtomobillarning oddiy uskunalari qatoriga kirishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.
– Toyota kompaniyasining piyodani aniqlash funksiyasi mavjud tungi ko‘rish tizimi.
Ko‘rish yomon bo‘lgan sharoitlarida Night View tizimi haydovchiga piyodalarni, to‘siqlarni va avtomobildan oldingi yo‘l holatini ko‘rish imkonini beradi. Maxsus infraqizil nur manbaalari avtomobilning oldida ko‘zga ko‘rinmas yo‘lni yoritadi. Infraqizil nurlar yordamida aks etgan tasvirlar infraqizil kamerada qayta ishlanadi va suyuq kristalli displeyda namoyish etiladi. Agar piyoda 40–100 metr masofada joylashgan bo‘lsa, uning tasviri displeyda sariq o‘chib-yonib turuvchi xoshiya bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |