To‘qnashuvlardan ogohlantiruvchi tizim (Pre-crash Safety System). Tizimda, millimetrli to‘lqin uzunligida ishlaydigan radarlar va kameralardan foydalaniladi. Radar avtomobil oldidagi maydonni ko‘zdan kechiradi, elektron blok bo‘lsa to‘siqqa (etakchi avtomobilga) yaqinlashuv tezligini hisoblab chiqadi. Agar xavsizlik masofasi buzilgan bo‘lsa tizim haydovchini bu haqida ogohlantiradi, kerak bo‘lganda esa tormoz tizimini faollashtiradi. Agar to‘qnashuv muqarra bo‘lsa – tizim xavfsizlik kamarlarini oldingi qismlarini faollashtiradi, avtohalokat natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish uchun avtomobilning boshqa tizimlari ham faollashishi mumkin.
Bugungi kunda avtomobilning nafaqat old tomonidagi maydonni, balki, yon tomondagi yo‘l tutashmalarini skanerlovchi bir nechta radarlar bilan jihozlangan tizimlar yaratilyapti, ular avtoulovning yon tomondan to‘qnashishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Orqa tarafga o‘rnatilgan radar transport vositasining ortidan kelayotgan mashina bilan to‘qnashuvidan xabardor etadi. Bunday falokat oqibatida yuzaga keladigan zararni kamaytirish uchun tizim avtomobildagi o‘rindiqlarni faollashtirib, ularni xavfsiz holatga keltiradi.
Transport vositalari ishi monitoringi.
Avtotransport vositalari ekspluatatsiyasining asosiy jihati – bu ularning ishlab chiqarish bazasidan ajralgan holda, ya’ni, tashish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarish joylaridan uzoqda faoliyat yuritishi hisoblanadi. Shunday qilib, tashish jarayonini samarali boshqarish uchun ushbu transport operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxona tashqarisida shakllanadigan ishonchli axborotlarni olishi kerak. Bu maqsadda avtomobil transportida taxograflar deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar qo‘llaniladi.
Taxograf – bu bosib o‘tilgan yo‘l v harakat tezligini, haydovchining ish vaqti va dam olish vaqtini uzluksiz ro‘yxatga olish va nazorat qilish qurilmasidir.
Yaqin kelajakda diskli taxograflar asta-sekin elektron taxograflar bilan almashtiriladi. Taxogramma diskini haydovchining fotosurati bilan identifikatsiyalangan maxsus plastik kartochkalar egallab, ularga avtotransport vositasining uzoq vaqt davomidagi harakat rejimlari yoziladi, shuningdek, o‘rnatilgan printerlar yordamida operativ axborotni chop etish mumkin (masalan, harakat yo‘nalishi davomida).
Amalda faoliyat ko‘rsatayotgan taxograflarning ishlash muddati yakunlanishi yoki buzilishi bilan ularni ta’mirlashga berilmaydi, balki ularni zamonaviy analoglari (raqamli taxograflar) bilan almashtiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, raqamli taxograflarni o‘rnatish majburiyatini yuklaydigan qoidalar kuchga kirmagunicha mexanik qurilmalar muomalada qoladi.
O‘zi avtomagnitolaga o‘xshash elektron taxograf (15.1-rasm) bir yil mobaynidagi axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega xotira xajmi bilan ta’minlangan. Taxografga bir vaqtning o‘zida ikkita kartochkani o‘rnatish mumkin. Elektron taxografni avtomobilning boshqa tizimlari bilan bog‘lash hamda nazorat va texnik xizmat xodimlari ishlatishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha axborotlarni olish mumkin.
Yangi taxograf haydovchini, agar u sutka davomida belgilangan vaqtdan ko‘proq to‘xtovsiz avtomobilgi boshqarsa uni ogohlantiradi. Shunga ko‘ra, ko‘pgina qo‘shimcha funksiyalar ko‘zda tutilgan: masalan, printerda axborotni chop etish, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ulanish, ATKga ma’lumotlarni avtomatik uzatish, TVni o‘g‘irlashga qarshi funksiyalari va shu kabilar. Taxograflardan foydalanish avtomobil transportida taxograflardan foydalanish qoidalaridan kelib chiqib belgilanadi.
15.1-rasm. Elektron-raqamli taxograflar turlari.
Raqamli taxograf bilan ishlash uchun to‘rt turdagi chip-kartalar mavjud (15.2-rasm).
15.2-rasm. Taxograf uchun karta turlari:
Raqamli taxograf uchun haydovchining kartasi.
1.1.2. Raqamli taxograf uchun korxona kartasi.
Raqamli taxograf uchun ustaxona kartasi
Raqamli taxograf uchun nazoratchi kartasi
Haydovchining shaxsiy kartasi (15.3-rasm) 5 yil muddatga beriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi: haydovchining familiyasi, ismi va tug‘ilgan sanasi, kartaning boshanish va amal qilish muddati, kartani chiqargan vakolatli organning nomi, haydovchilik guvohnomasi raqami, karta raqami, haydovchining fotosurati, imzosi va doimiy yashash manzili.
15.3.-rasm – Shaxsiy (chip-karta) kartalarning namunaviy turlari.
Xizmat kartasi 1 yil muddatga beriladi va yil davomida axborotni qayd qilishni ta’minlaydi hamda taxografning parametrlarini o‘zgartirishga imkon beradi.
Kompaniya kartasi taxografa xotirasidagi axborotni o‘qishga ruhsat beradi va keyingi foydalanuvchilar tomonidan kompaniyaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘qishning oldini oladi (agar mashina ijaraga olingan bo‘lsa savdo sirlarini saqlab qolish uchun).
Nazorat kartasi yordamida taxograf xotirasida saqlangan ma’lumotlarga kirish nazorat organlari tomonidan tekshiriladi.
Kompaniya va nazorat kartalarining amal qilish muddati milliy qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Barcha kartalar denatsionaliziya qilinadi va yo‘qotilgan, zarar yetkazilgan yoki amal qilish muddati tugagan taqdirda almashinuv shartlariga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortiladigan hujjat hisoblanadi. Haydovchi o‘zining kartasini taxografga kiritmasa ham, qurilma transport vositasi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni qayd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |