Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


XIII. To‘xtash va to‘xtab turish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XIII. To‘xtash va to‘xtab turish
88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov
qismining chetida va ushbu Qoidalarning 
89-bandida 
ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va
to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Aholi punktlaridagi ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir
tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y.,
09/19/292/2915-son)
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli
yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
89. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel
ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat
etiladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y.,
09/19/292/2915-son)
Qatnov qismining ayrim kengaytirilgan joylarida boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit
bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda qo‘yishga ham ruxsat etiladi.
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar,
mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 
5.15 
yo‘l belgisi bilan birga 
7.6.2

7.6.3

7.6.6 — 7.6.9
qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq
vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida
ruxsat etiladi.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
18/70
91. Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi:
tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit
beradigan bo‘lsa;
tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida;
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va
estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l
qismlari bundan mustasno);
to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi
chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3
metrdan kam bo‘lgan joylarda;
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda;
qatnov qismining xavfli burilishlarida;
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kam masofa
qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq
yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 
1.17 
chizig‘i
bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va
bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada.
(yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish
uchun to‘xtash bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan,
boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki
piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
3.27 
yo‘l belgisi yoki 
1.4
 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5.15
va 
7.17
yo‘l belgilari yoki 
1.24
yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi
bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli 
qaroriga
asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y.,
09/18/321/1154-son)
92.To‘xtab turish taqiqlanadi:
to‘xtash taqiqlangan joylarda;
aholi yashash joylaridan tashqarida 
2.1
yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov
qismida;
temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada;
3.27 — 3.30 
yo‘l belgilari yoki
 1.4

1.10 
yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5.15
va 
7.17
yo‘l belgilari yoki 
1.24
yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi
bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli 
qaroriga
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y.,
09/18/321/1154-son)
93.To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan
olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
94. Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf
tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
95. Transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan
foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini
tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
19/70

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish