Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


XXV. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

XXV. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatish yopiq maydonchalarda yoki
avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.
147. Yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish faqat avtomototransport vositasini yoki shahar elektr
transportini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori ishtirokida, dastlabki boshqaruv
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘rganuvchiga ruxsat etiladi. O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va
ularga amal qilishi shart.
148. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlar instruktori boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli
toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.
149. O‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida “A” toifadagi avtomototransport vositalarini
boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun — 16 yoshga, “V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga, “D”
toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
150. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni
o‘rgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va o‘rgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning
qo‘shimcha tepkilari, orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu bilan jihozlanishi kerak.
151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda
boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi.
XXVI. Odam tashish
152. Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “S” toifasidagi transport vositalarini
boshqarish huquqiga ega bo‘lgan, odamlar soni kabinadagi yo‘lovchilarni ham qo‘shib
hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo‘lganda esa, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalarini
boshqarish huquqiga ega bo‘lgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq
boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
153. Odam tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30
santimetr pastda joylashgan o‘rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi o‘rindiqlar
mustahkam suyanchiqqa ega bo‘lishi kerak.
Bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida tashish taqiqlanadi.
154. Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki
tog‘li yo‘nalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o‘tirish uchun
jihozlangan o‘rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
155. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo‘lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish
va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.
Haydovchi 
harakatni 
boshlashdan 
oldin 
yo‘lovchilarni 
xavfsiz 
tashish 
sharoiti
ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
156. Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish
uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda ular
bortlardan pastda joylashgan o‘rindiqlar bilan ta’minlanishlari kerak.
157. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida (salonda) katta yoshli kuzatib
boruvchi shaxs (kuzatib boruvchilar) bo‘lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa
tomoniga “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak.
158. Haydovchi transport vositasi to‘la to‘xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi,
eshiklar yopilgandan so‘nggina harakatlanishni boshlashi va to‘la to‘xtamaguncha ularni ochmasligi
shart.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
25/70
159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam
tashishdan tashqari);
traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk
mototsikllari yukxonasida;
mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek yengil avtomobilga
bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindig‘ida;
12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining texnik
tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat
etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish