Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


IX. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana11.03.2022
Hajmi3,39 Mb.
#490170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

IX. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish
53. Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib
olish, quvib o‘tish va aylanib o‘tish) va to‘xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga
va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
54. Yondosh hududlardan yo‘lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport
vositalari va piyodalarga, shuningdek yo‘ldan chiqishda harakat yo‘nalishini kesib o‘tayotgan
piyodalar va velosipedchilarga yo‘l berishi kerak.
55. Haydovchi qayta tizilishda yon bo‘lakda yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatlanayotgan
transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida
haydovchi o‘ng tomondagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
56. Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan
boshqa barcha hollarda, o‘ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo‘nalishda
harakatlanishi mo‘ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.
Agar
5.8.1
yoki 
5.8.2
yo‘l belgilari yoxud 
1.18 
yo‘l chizig‘i bilan boshqa harakatlanish tartibi
o‘rnatilmagan bo‘lsa, qatnov qismining o‘rtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yo‘nalishdagi
tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalaqit
bermasligi kerak.
57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan
chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat bo‘lagiga o‘tib ketmasligi kerak.
O‘ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining o‘ng tomoniga
yaqinroqda harakatlanishi kerak.
58. Transport vositasi o‘zining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga ko‘ra ushbu
Qoidalarning 
56-bandi 
talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta’minlab,
boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi.
59. Relssiz transport vositasining haydovchisi yo‘lning chorrahadan tashqari joyida chapga
burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanayotgan transport vositalariga
va bir yo‘nalishdagi tramvayga yo‘l berishi shart.
Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish
uchun yetarli bo‘lmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining o‘ng chetidan (yo‘lning o‘ng yoqasidan)
amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yo‘nalishdagi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi
transport vositalariga yo‘l berishi shart.
60. Transport vositalarining harakat yo‘nalishlari kesishadigan va o‘tish navbati Qoidalarda
nazarda tutilmagan hollarda haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga
yo‘l berishi kerak.
61. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘layotgan haydovchi o‘z vaqtida shu
bo‘lakka o‘tishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.


09.03.2022, 15:54
370-сон 24.12.2015. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-2850459
14/70
Yo‘lga chiqish joyida tezlashish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo‘shni
bo‘lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, transport oqimiga qo‘shilishi kerak.
62. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:
piyodalarning o‘tish joylarida;
tunnellarda;
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday
manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
temir yo‘l kesishmalarida;
yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
63. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlashi va boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tug‘ilganda
haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 
62-bandiga 
muvofiq qayrilib olish
mumkin bo‘lmagan joylarda taqiqlanadi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish