2022-yil “INSON QADRINI ULUG’LASH VA FAOL MAHALLA” YILI ISH REJASI
<> Samarqand viloyat Ko`zi ojizlar kutubxonasi direktori ____________ Q.Yusupova `` ``________2022 yil
SAMARQAND VILOYAT KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIGA QARASHLI PAYARIQ TUMAN FILIALINING 2022 YILGA MO`LJALLANGAN
ISH REJASI
Payariq 2022 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 sentyabrda chiqarilgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi 739-son Qarori, shu asosida Samarqand viloyati hokimining 627-sonli qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 5 ta muhim tashabbusi tashkil etildi. Ushbu tashabbusning 4-qismi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”ishlariga bag‘ishlandi. 2020-yilning 15 oktyabrida "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohadagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham jamiyat va davlat oldida to‘la huquqli ekanligi, barcha jabhalarda ularni qo‘llab quvvatlash hamda ko‘maklashish maqsadida Pastdarg‘om tuman Juma shahari ko‘zi ojizlar kutubxonasi ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, bugungi kunda kutubxonaga kelishi imkoniyati yo‘q kitobxonlarga uyma-uy yurib kitob etkazib berish ishlari amalga oshirildi.
Payariq tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun, qarorlar hamda boshqa masalalar yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 2022 yil davlatimiz rahbari tomonidan“______________________________________________________” yili deb belgilandi. Bu esa birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodning yanada ilm-ma’rifatli bo‘lishlari hamda ma’naviyatli bo‘lib, kamol topishlarida biz kattalarning cheksiz mehnat qilishimiz hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamlarning roli katta ekanligini chuqur anglatadi. Yilning bunday nomlanishi har bir soha vakillari uchun yana bir bora o‘z sohalarini mukammal o‘rganib, kelgusida ulkan yangiliklar, yangi g‘oyalar yaratish lozimligini yana bir bor ta’kidlaydi.