Mavzu: Geografik qobiqda suvning aylanma harakati



Download 484,76 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi484,76 Kb.
#818827
  1   2
Bog'liq
Geografik qobiqda suvning aylanma harakati


Mavzu: Geografik qobiqda suvning aylanma harakati

Yerda suv qayerdan paydo bo‘ladi? Ibtidoiy Yer magmadan tarkib topgan qaynoq shar ko‘rinishida bo‘lgan. Ammo, barcha magmalar tarkibida suv mavjud bo‘ladi. Magmadan ajralib chiqqan suv Yerning atmosferasini sovitishni boshlagan. U Yer yuzasida suyuq holatda bo‘lmagan. Vulqonli faollik hozirgacha saqlanib qolgan. Uning natijasida atmosferaga suv ajralib chiqib, yer usti va yer osti suvlarining hajmini oshirishda davom etmoqda.


Suvning aylanma harakati boshlang‘ich nuqtaga ega emas. Lekin biz, o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqta deb, Yerdagi eng ko‘p suv miqdori – okeanlarni olamiz. Suvning aylanma harakatini boshqaruvchi Quyosh okeanlardagi suvni isitadi. Suvning maʼlum bir qismi bug‘lanib, havoda bug‘ holatiga o‘tadi. Muz va qor to‘g‘ridan-to‘g‘ri sublimatsiya jarayoniga uchrab, suv bug‘iga aylanishi mumkin. Havo oqimlarining ko‘tarilishi evapotranspiratsiya suvi, yaʼni o‘simliklardan ajralib chiqadigan va tuproqdan bug‘lanib ketgan suvlar bilan birga atmosferaga bug‘ni ko‘taradi. Bug‘ havoga ko‘tarilib, past harorat uni kondensatsiya jarayoniga uchratadi va bulut ko‘rinishiga olib keladi.

Kredit: USGS, jamoat mulki. Shahriyor Toshevning tarjimasi. Ushbu diagrammada inson ta’siri hisobga olinmay faqatgina suvning tabiiy aylanma harakati ko‘rsatilgan.

Havo oqimlari bulutlarni Yer shari bo‘ylab harakatlantiradi, bulut zarralari to‘qnashishadi, ular ko‘payadi va atmosfera yog‘inlari ko‘rinishida osmondan yog‘adi. Ba’zi atmosfera yog‘inlari qor ko‘rinishida yog‘adi va minglab yillar davomida muzlagan, suv to‘plash mumkin bo‘lgan muzlik qoplamalari hamda doimiy muzliklar ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Qor qoplamalari ko‘p hollarda iliq iqlim va bahor faslining kelishi bilan eriydi hamda quruqlik orqali erigan qorlar ko‘rinishida oqadi.


Atmosfera yog‘inlarining katta qismi okeanlarga yoki quruqlikka qayta tushadi. Tortishish kuchi taʼsirida atmosfera yog‘inlari yer usti suvlari oqimi ko‘rinishida oqadi. Oqimning bir qismi vodiylardagi daryolarga qo‘shiladi va okeanga qarab yo‘naltiradi. Suv oqimi va yer osti suvlarining shimilishi yig‘ilib, chuchuk suv ko‘rinishida ko‘llarda to‘planadi. Barcha suv oqimi daryolarga quyilavermaydi. Uning katta qismi yerga siziladi. Baʼzi suvlar yer ostiga chuqur sizilib, uzoq vaqt davomida juda ko‘p miqdordagi chuchuk suv to‘planadigan suvli qatlamlarni (suvga to‘yingan tog‘ jinslari) to‘ldiradi.
Sizilgan suvlarning bir qismi yer yuzasiga yaqin joylarda qolib ketadi va yer osti suvlarining oqimi ko‘rinishida suv havzalariga (okeanga) qayta qo‘shiladi. Yer osti suvlarining qolgan bir qismi esa yer yuzasiga yo‘l topib, chuchuk suv buloqlari ko‘rinishida yer yuzasiga chiqadi. Vaqt o‘tishi bilan barcha bu suvlar harakatlanishda davom etadi. Ularning bir qismi suvning aylanma harakatining “so‘nggi nuqta”siga, yaʼni “boshlang‘ich nuqta”siga yana qayta okeanga quyiladi.

Download 484,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish